marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

BUTUN JAMIYAT ISHI

Bu illat davlat va jamiyatni ichidan kemiruvchi “qurt” misoli tugatib borib, iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta xatardir.
Mazkur xavfni, ayniqsa, ta’limga yaqinlashtirmaslik birlamchi vazifamizdir.

👉batafsil👈

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2023-yil 22-fevral kungi sonida:

👉 Ta’til qishda bo‘lsa – 5 yoxud unutilgan yozgi vaqt
👉 Ta'lim tizimimiz islohotga muhtoj!
👉 Rag‘bat bo‘lmasa ta’lim sifati oshadimi?
👉 “Siz” va “sen”
👉 Jonxarosh va g‘arib etuvchi dardlar kelajakka meros qilib shularni qoldiryapsizmi?
👉 Qurbonlarmi, do‘stlar?... yoxud jonivor boqish jo‘n ish emas
👉 Qo‘shilsam maylimi, karvoningizga?..
👉 Enxeduanna
👉 Nima uchun maktablarga mustaqillik kerak?

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

Telegram |Facebook |🌐Veb-sayt
Mobil ilovamizni yuklab oling ⬇️
https://play.google.com/store/apps/details?id=co.fazon.marifatApp

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Kuni kecha Yashnobod tumanidagi 227-maktabda o‘quvchilarning boʻsh vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan matematika toʻgaragida "Oʻyla, izla, top" bellashuvi boʻlib oʻtdi.

Bellashuv 4-"A" va 4-"V" sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazildi. Guruhlar oʻz jamoasi bilan "Yosh magistr" va "Yosh matematik" nomlarida ishtirok etishdi.

Musobaqa oʻquvchilarning faolligi va qiziqarli savollar bilan ajoyib tarzda oʻtdi. Natijaga koʻra bellashuvda "Yosh magistr" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va maktab maʼmuriyati tomonidan maqtov yorligʻi bilan taqdirlandi.

Gulnora Abdurahmonova
227-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

Bizni kuzating👉
@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Sirdaryo viloyatida О‘zbekiston xalq shoiri Tо‘ra Sulaymon tavalludining 89 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan viloyat bolalar kutubxonasida “Tо‘ra Sulaymon – xalqona she’riyat asoschisi!” mavzusida ijodiy kecha tashkil etildi.
Unda О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Noriniso Qosimova, Guliston shahridagi 17-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchusi Kommuna Ahmedova va yana ko‘plab mehmonlar qatnashdi.
Noriniso Qosimova Tо‘ra Sulaymonning dolzarb masalalarga bag‘ishlangan asarlari haqida gapirib berdi. Kommuna Axmedova shoir bilan bog‘liq hayotiy xotiralarini о‘quvchilarga sо‘zlab berdi.
Tо‘ra Sulaymon tomonidan yozilgan “Kommuna singlimga” nomli she’ri barchada qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir so‘ngida Guliston shahridagi 6-maktabning 8-sinfida tahsil oluvchi Tо‘ra Sulaymonning nevarasi Safarova Zamira bobosi haqida ma’lumotlar berib, she’rlaridan о‘qidi.

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“FAN VA ILM TO‘GRISIDA BIZ HANUZ KOMIL EMAS”

Mahmudxo‘ja Behbudiy “Risolayi jo‘g‘rofiya Rusiy” (Rossiya geografiyasi, 1904), “Risolayi jo‘g‘rofiya umroniy” (Aholi geografiyasiga kirish, 1905), ”Muntahabi jo‘g‘rofiyayi umumiy” (Qisqacha umumiy geografiya, 1906) kabi asarlarida o‘zining geografik qarashlarini bayon etgan.

👉 batafsil 👈

Bizni kuzating➡️ @marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Mirzacho‘l tumanidagi 9-maktabda shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Bobur kabi seving vatanni" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir o‘tkazaladigan joy Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘llari aks etgan fotolavhalar bilan bezatildi.
Tadbirga faxriy ustozlar, ota-onalar ishtirok etdilar.
Ona tili va adabiyot haftaligida ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari S.Do‘smatova, S.Qudratova tomonidan ochiq darslar o‘tilib, sinflar kesimida insholar va rasmlar ko‘rik- tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu tadbir o‘quvchilarda ajoyib tassurot uyg‘otdi.

Mutal YOQUBOV,
Mirzacho‘l tumanidagi 9-maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari


Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ilmli ayol — oila baxti
Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida, “Men muvaffaqiyatli ayolman” loyihasi doirasida, kutubxona foydalanuvchilari va AKM mutaxassislari uchun “Ilmli ayol − oila baxti” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi teatr Arboblari uyushmasi,taniqli jurnalist Gulchehra Umarova taklif qilindi. Davra suhbatini AKM direktori Hafiza Karimova ochib, olima ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni haqida gapirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi G.Umarova o‘zining ilm va ma’rifat yo‘lidagi 45 yillik tajribasi hamda ish jarayonidagi erishgan yutuqlari xususida batafsil so‘zladi.
Tadbir davomida “Olima ayollar − yurt ravnaqi” mavzusida adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh berildi.
D.RAHIMBOBOYEVA,
Toshkent shahar “Bilim”
AKM mutaxassisi

Bizni kuzating👉
@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Pastdarg‘om tumanidagi 24-maktabda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
2 "A" -sinf rahbari Dilorom Qo‘chqorova tomonidan tayyorlangan tadbirda faol o‘quvchilar ikki buyuk zot ijodiga mansub g‘azal va ruboiylardan o‘qishdi. Ayniqsa, shoirlarning hayoti haqidagi sahna ko‘rinishlari o‘quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.
Gulsun ISROILOVA,
Pastdarg‘om tumanidagi 24-maktab o‘qituvchisi


Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Olmazor tumanidagi 261-maktabda ulug‘ mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan “Ikki buyuk siymo” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
⚡️Unda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jamoat xavfsizligini ta’minlash kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori, professor Isamiddin Ismoilov hamda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Lobar Shoyusupova, ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar qatnashdi. Ishtirokchilar buyuk adiblarning adabiyot va san’atga qo‘shgan hissasi haqida ko‘plab ma’lumotga ega bo‘ldi.
Sahna ko‘rinishlari, she’rxonlik va g‘azalxonlik kabi chiqishlar o‘quvchilar tomonidan mohirona tarzda ijro etildi. Kuyga solingan qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘ngliga xush yoqdi.
Tabir yakunida faol o‘quvchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Azim AXTAMOV


Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

IKKI BUYUK SIYMO
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 12-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning tavalludi kunlari munosabati bilan "Ikki buyuk siymo" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilarimiz buyuk bobolarimizning g‘azal va ruboiylaridan ifodali o‘qib, badiiy sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli, taassurotlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

San'at QALANDAROV,
shu maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ikki nazm sarboni

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 207-maktabida "Ikki nazm sarboni" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir buyuk bobokalonimiz, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud sanalariga bag‘ishlandi.
Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bobokalonlarimiz yozgan she’r va g‘azallardan parchalar aytishdi. Badiiy mahorat mashqidan so‘ng Navoiy va Bobur asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi.


Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyida buyuk o’zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi jurnalistlar uyushmasi a'zosi, shoira Adiba Umirova hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyot nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi Ruxsora To‘laboyeva ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar dunyoning turli ilm va ma'rifat maskanlarida Navoiyning ijodiga, uning bosib o‘tgan hayot yo‘liga qiziqish yanada kuchayganini aytib o‘tdilar.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. O‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.


Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

KELAJAK UCHUN QADAM - OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Ta‘lim dargohlarida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilishi yoshlarning kelajakda yaxshi bir kasb egasi bo‘lishiga turtki beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi Qaroriga muvofiq ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

👉 batafsil 👈

Bizni kuzating➡️ @marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 74-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma‘naviy - ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilar va o‘qituvchilar faol qatnashdi. O‘quvchilar Alisher Navoiyning g‘azallari va ruboiylaridan ifodali o‘qib, badiiy sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Tadbir  juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi.

Jahongir TURANOV,
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Bizni kuzating👉
@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

BEBAHO MEROS
Mirzacho‘l tumanidagi 9-maktabda so‘z mulkining sultoni buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan “El desa Navoiyni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda faxriy ustozlar, maktab ota-onalar qo‘mita raisi, ota-onalar ishtirok etdilar.

👉 batafsil 👈

Bizni kuzating➡️ @marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“MARMARGA BITILGAN SEVGI”

Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida maxsus ishlab chiqilgan reja asosida Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, Turon Fanlar Akademiyasi a’zosi, olima, ijodkor D.Yormatovaning “Marmarga bitilgan sevgi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor, olima D.Yormatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist R.Zaripova, Chilonzor tumanidagi mahallalar Oqila ayollar yetakchilari M.Nishonova, Z.Mansurova, tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda kitobxonlar ishtirok etishdi.

👉 batafsil 👈

Bizni kuzating➡️ @marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“INSON HUQUQLARI – OLIY QADRIYAT”

20-fevral kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi.

👉Batafsil👈

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Turkiyada darslar qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Vazir: “Zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan 10 viloyatda 3 million 784 ming 411 o‘quvchi, 212 ming 992 o‘qituvchimiz bor. Biz chodir markazlari, yotoqxonalar va konteyner markazlari kabi turar joy joylarni ko‘chma ta’lim doirasiga kiritdik. Ya’ni, bu yerdagi o‘quvchilarimizni maktablariga bepul olib boramiz. Ularni issiq ovqat bilan ta’minlaymiz va keyin yana yashash joylariga qaytaramiz. Agar ota-onalar xohlasa, farzandlarini boshqa viloyatlardagi maktablarga o‘tkazishi mumkin.”

👉Batafsil👈

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

HASSAMIZNI YANA BIR MARTA YO‘QOTMAYLIK

Ommaviy axborot vositalarida maktabgacha va maktab ta’limi o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilinayotganligi haqida o‘qidim. Maktab bitiruvchilarini hayotga tayyorlash, jumladan, ularga kasbiy ta’lim berish hamisha dolzarb muammo bo‘lgan.

👉 batafsil 👈

Bizni kuzating➡️ @marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Sirg‘ali tumanidagi 317-maktabda bo‘lib o‘tgan “Navoiyni anglash” deb nomlangan tadbirda g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalqaro "Oltin meros" xayriya jamoat fondi raisi, shoir va tarjimon Amirqul Karim ishtirok etdi. Tadbirda o‘quvchilar Navoiy hayoti va faoliyatidan sahnalashtirilgan lavhalarni namoyish etdilar. Hazrat g‘azallaridan namunalar o‘qildi.
Tadbir nihoyasida A.Karim o‘z qalamiga mansub o‘nga yaqin kitoblarni maktab kutubxonasiga sovg‘a qilar ekan, Navoiy ijodidan milatning har bir  farzandi xabardor bo‘lishi zarurligini, buyuk shoir va davlat arbobining qalb saxovati ko‘plab insonlarga namuna ekanini qayd etdi.

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ma’rifat” gazetasining 2023-yil 15-fevral kungi sonida:

👉 Abdulla A'zam: Hassamizni yana bir marta yo‘qotmaylik
👉 Oshmagan malaka yoki sertifikat olsam bo‘ldi...
👉 Konspekt yozish kerakmi, yo‘qmi?
👉 Otilmagan sopqon
👉 Ta'lim tizimini yaxshilashda eng katta to‘siq
👉 Eng yaxshi investitsiya yoxud aqlli odam pul emas, fikr almashadi
👉 O‘qituvchi qo‘rqoq emas, fidoyi!
👉 Dunyo uning to‘yiga tayyorlanyapti
👉 Illat ildizi

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

Telegram |Facebook |🌐Veb-sayt
Mobil ilovamizni yuklab oling ⬇️

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Bugun Oltinsoy tumanidagi 13-IDUMda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Badiiy kechada o‘quvchilar Bobur ruboiylari va g‘azallaridan namunalar o‘qishdi. Mutafakkir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Yashnobod tumanidagi 244-maktabda "ILM -FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI" munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Unda Nizomiy nomidagi  TDPU pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchi, pedagogika fanlari doktori Aziza Muhsiyeva ishtirok etdi.
Maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida kechgan suhbat  qizlar tarbiyasi, ularning jamiyat va oiladagi muhim o‘rni, ta'lim olishi va kasb egallashi qanchalik ahamiyatga ega ekanligi haqida bo‘ldi.

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

NAVOIY ASARLARI MAKTAB SAHNASIDA
Chilonzor tumanidagi 90-maktabda Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchilari Sh. Yangiboyeva, Sh. Normamatova, M.Hakimova, N. Qodirqulova, Q. Karimova, B. Mavlonova hamda ularning o‘quvchilari tomonidan o‘tkazilgan kechada Navoiy ijodiga mansub g‘azal va ruboiylardan namunalar yangradi. Mutafakkirning Navoiy va Guli, Layli va Majnun monologlari sahna ko‘rinishlari orqali mohirona tarzda namoyish etildi. Adabiy kecha yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Matluba FAYZULLAYEVA, maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Yashnobod tumanidagi 227-maktabda ham ulugʻ ajdodlarimiz xotirasi yodga olindi.
Maktabning 2-sinf oʻquvchilari hamda sinf rahbarlari birgalikda soʻz mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy va benazir ijod sohibi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuniga bagʻishlab “Bobolarim merosi” nomli maʼrifiy-badiiy tadbirni tashkil etishdi.
Tadbirda oʻquvchilar tomonidan ajdodlarimiz hayotida roʻy bergan voqealar sahnalashtirildi, qolaversa, oʻquvchi qizlar tomonidan  milliy raqs va qoʻshiqlar ijro etildi.

Shuningdek, tadbir davomida oʻquvchilar tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga mansub ruboiy va gʻazallar yod olindi.

Gulnora ABDURAHMONOVA,
227-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Yashnobod tumanidagi 52-maxsus maktabda "Mangulikka muhrlangan mutafakkir!" deb nom olgan musiqali she’rxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Maktabning barcha sinfdagi o‘quvchilari ushbu tadbirda  ishtirok etib, buyuk shoirimizning ruboyi va g‘azallaridan parchalar yodladilar.
O‘quvchilar tomonidan qo‘yilgan sahna ko‘rinishida Alisher Mirzoning yoshligi, hayotidagi ibrat bo‘lguvchi parchalar  tomoshabinlarga havola etildi. 
Tadbirda rusiyzabon o‘quvchilar tomonidan shoirning rus tiliga tarjima qilingan ruboiylari ham aytildi.
Ilm maskanimizning ustoz- murabbiylari ham musiqali ko‘rinish, o‘zlari yozgan she’rlaridan o‘qib tadbir mehmonlarini hushnud etdilar.                                               
Munisa SHOKIROVA,                          maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Bizni kuzating👉@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Poytaxtimizdagi 328-maktabda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirobod tuman bo‘linmasi kengashining III Plenum qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Mirobod tuman bo‘linmasi kengashi Dasturi ijrosi, tuman bo‘linmasi kengashi faoliyatining 2022-yil yakunlari va 2023-yil ustuvor yo‘nalishlaridan  kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida hamda tuman taftish komissiyasi hisoboti kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Plenum yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Bizni kuzating👉
@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Sirg‘ali tumanidagi 33-ATEBBUI maktabda "Alisher Navoiyga munosib voris bo‘laylik" deb nomlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Navoiy ijodidan g‘azal va ruboiylar yoddan aytildi. Buyuk bobokalonimiz haqida qisqa metrajli hujjatli film ham o‘quvchilarga manzur bo‘ldi.

Badiiy kecha so‘ngida o‘quvchilar tomonidan Navoiy va Husayn Boyqaro haqida kichik spektakl sahnalashtirildi.

***

Shuningdek, maktab sport zalida qizlar o‘rtasida "Balli qizlar" sport musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada qizlar turli chiniqtiruvchi mashqlar asosida o‘zaro bellashdilar. Bellashuvda "Nihol" jamoasi g‘alaba qozondi.

***

Maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi Shohida Xo‘jayeva tashkil etgan tikuvchilik to‘garagida bugun 9-sinf qizlari yostiq tikishni o‘rganishdi.


Bizni kuzating👉
@marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

NAVOIYNING IJOD YOʻLI

Farg‘ona shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar kasb-hunar maktabida ham ana shu sanaga bag‘ishlab ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona davlat universiteti Filologiya fakultetining O‘zbek tili yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirok etib, Navoiyning g‘azal hamda ruboiylari ijrosi bilan ma’rifiy kechaga ko‘tarinkilik bag‘ishladilar.

👉 batafsil 👈

Bizni kuzating➡️ @marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

BEQIYOS MA’NAVIY XAZINA
Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt o‘tibdiki ulug‘ mutafakkir bobolarimiz, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Shu kunlarda, yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 582 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.

👉 batafsil 👈

Bizni kuzating➡️ @marifatziyo

Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova

Читать полностью…
Подписаться на канал