SIFATLI TA’LIM: ZAMONAVIY O‘QITISH USULLARIDAN IBRATLI MISOLLAR (Nabirasi Kaliforniyada o‘qiydigan boboning kuzatuvlari)
Sinflarda o‘quvchi soni 25 nafardan oshmaydi. Sinfda 6 ta bolalar stoli bo‘lib, har bir stol atrofida 4 nafar o‘quvchi o‘tiradi. Qo‘shimcha stol, yonida esa 2-3 ta katta rezina koptoklar bor. Bola istasa, dars payti koptokda o‘tirishi yoki sakrashi ham mumkin. Doska yonida mamlakat bayrog‘i osilgan. Har kuni ertalab barcha sinflarda dars bayroq oldida o‘z Vataniga sodiqlik haqida qasamyod qilish bilan boshlanadi.
👉batafsil👈
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
TA’LIMGA E’TIBOR − KELAJAKKA POYDEVOR
So‘nggi yillarda mamlakatimiz aholi sonining jadallik bilan ortib borayotganligi, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘lamini ham oshirish zaruratini keltirib chiqardi. Ichki va tashqi bozorlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun, albatta, kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lishi zarur.
👉batafsil👈
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
SEMINAR O‘TKAZILDI
Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlishtirish hududiy boshqarmasi, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 1-kasb-hunar maktabi hamkorligida shu tumandagi 2-kasb-hunar maktabida ''Professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish''ga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
👉batafsil👈
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
TA’TIL QISHDA BO‘LSA- 2...
yoxud avlodlar haqiga xiyonat qilmaylik
XX asr oxirlarida Ruminiyada mamlakat tashqi qarzlaridan qutulishi uchun resurslarini nihoyatda tejashgani ma’lum. XX–XXI asrlarga kelib esa, hatto dunyodagi eng boy va qudratli davlat hisoblanadigan Amerika Qo‘shma Shtatlari, yoqilg‘i-energetika resurslariga nisbatan, nemislarga nisbatan ham tejamkorroq siyosat yuritmoqda. Ya’ni o‘z mamlakatidagi resurslarni kelajak avlodlarga asrab, o‘z ehtiyojining katta qismini chetdan olinadigan resurslar hisobiga qondirib kelmoqda...
👉batafsil👈
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi
SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?
Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlab boriladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
Bizni kuzating➡️@marifatziyo
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.
2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.
Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.
Bizni kuzating➡️@marifatziyo
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI HILOLA UMAROVA:
Maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida fikr bildirib o‘tmoqchiman.
Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandis-u shifokor, dunyoga mashhur olim-u sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim.
Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.
👉batafsil👈
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan
Xilola Uktamovna Umarova Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.
Xilola Umarova Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, bugungi kunga qadar taʼlim sohasidagi qator masʼul lavozimlarda mehnat qilib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi.
U Toshkent shahridagi INHA universitetining bosh menejeri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimlarida samarali faoliyat yuritib kelgan.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Yashnobod tumanidagi 52-alohida ta'limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda "Yangi yil sarguzashtlari " deb nomlangan musiqiy katta tadbir bo‘lib utdi.
Ushbu tadbirda Ollovuddin, Buratino, Karib orolidan kelgan qaroqchilar, Yalmog‘iz kampir, Sehrli archa, Cheburashka, Qorbobo va Qorqiz ishtirokida ajoyib sarguzashtlar bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchilar she’r va musiqali chiqishlarini namoyon etdilar.
Maktab ma’muriyati va mehmonlar bolajonlarga sovg‘alar ulashdilar.
Bolajonlar uylariga katta taassurot bilan qaytdilar.
Munisa SHOKIROVA, maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
2 ta OTM rahbari lavozimidan ozod etildi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan:
➖Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining rektori Ulugʻbek Botirovich Azizov;
➖Buxoro muhandislik-texnologiya institutining rektori Nusratullo Rajabovich Barakayev lavozimidan ozod qilindi.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Prezident Shavkat Mirziyoyev: «Eng qimmat, eng katta boyligimizni, farzandlarimizni muallimlarga topshiramiz.
Agar har birimiz o‘zimizning ertangi kunimiz, farzandlarimiz, nevaralarimizning ertangi kuni davomiyligini qoldiramiz desak hayotda, faqat va faqat muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz kerak. Faqat murabbiy uchun sharoit yaratishimiz kerak».
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
«500 ming kishi yashaydigan Yangi Andijon shaharchasini barpo etyapmiz. U yerda ta’lim sohasiga ham ko‘p e’tibor qaratamiz. Nasib qilsa, Andijon markazidan Yangi Andijonga qadar yer usti metrosini ham olib boramiz.
Nafaqat Yangi Andijon, barcha hududlarimizda muallimlarga ham, o‘quvchilarga ham katta e’tiborni kuchaytiramiz», — Shavkat Mirziyoyev.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Yangi darsliklarning o‘ziga xosligi nimada?
▪️ Bugun Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklarining o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK) asosini 4K tamoyili tashkil etadi:
Kritik (tanqidiy) fikrlash;
Kollaborasiya (jamoaviy ishlash);
Kreativlik (ijodkorlik);
Kommunikasiya (muloqot ko‘nikmalari).
▪️ Ushbu darsliklar quruq ma’lumotlarni yodlatish, yoki shunchaki o‘qish/yozishni o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Ular orqali o‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi.
▪️ Shuningdek, darsliklar bolalarga o‘yin orqali ta’lim berishga ham moslashgan. Ya’ni bolalar psixologiyasi hisobga olingan. O‘quv-metodik komplekslar Android, iOS platformalarida ongni o‘stiradigan o‘yinlar to‘plamiga ega.
▪️ Darslikdagi ma’lumotlar rang-barang rasmlar, grafikalar, sodda matnlar orqali berilgan. U o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaydi, aksincha yanada qiziqtiradi.
▪️ 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi bolalar zamonaviy texnologiyalarni bizdan yaxshiroq tushunadi. Shu sababli gadjetlar orqali ta’lim olish ularni yanada fanga qiziqtiradi;
▪️ Estudy elektron ta’lim platformasi ishlab chiqilgan. U turli fanlardan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun 300 dan ziyod ongni oshiradigan o‘yinli vazifalarni o‘z ichiga oladi. Platformadan darsda ham, bo‘sh vaqtda uyda ham foydalanish mumkin.
▪️ Darsliklarni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) talablari to‘liq inobatga olingan. Finlyandiyadagi nufuzli ta’lim kompaniyasi ekspertlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan va sertifikat olingan.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.
«So‘nggi 5 yilda mingta maktab qurdik. 7 millionta kompyuter sinflarini tashkil qildik. Bu kabi ishlarga 14 trillion mablag‘ berdik. Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablag‘. Lekin ta’lim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz», — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev 1 yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytdi.
«Keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb o‘rganishi kerak. Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi prezident.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Yangi avlod darsliklari bo‘yicha respublikamiz bo‘yicha 14 ta tajriba maktablari tanlab olindi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab ushbu maktablarda yangi darsliklar bo‘yicha ta’limni olib borish rejalashtirilgan. Ularning o‘qituvchilari seminar-treninglarda qatnashib, o‘qitishning yangi metodikalarini o‘zlashtirdilar.
Mazkur maktablar misolida mamaklatimizdagi barcha o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalar uchun texnik va infratuzilma standartlari ishlab chiqiladi.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining
2023-yil 11-yanvar kungi sonida:
👉Sifatli ta'lim: zamonaviy o‘qitish usullaridan ibratli misollar (Nabirasi Kaliforniyada o‘qiydigan boboning kuzatuvlari)
👉Qanday maqsadni ko‘zlab chet tili o‘qitamiz, o‘rganamiz?
👉Tushunchalar mantig‘i yoxud ta'limda korrupsiya
👉Intervyu berishni xohlayman
👉Yig‘ilishda tanqid qilmang!
👉Kitobga qanday qaytaramiz?
👉Rahbar pedagog firibgar bo‘lsa...
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
Telegram |Facebook |🌐Veb-sayt
Mobil ilovamizni yuklab oling ⬇️
https://play.google.com/store/apps/details?id=co.fazon.marifatApp
marifat.uz
Ma’rifat – Учитель Узбекистана - Ma’rifat – Учитель Узбекистана
Главная
HILOLA UMAROVA: “OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI”
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkazildi.
Unda viloyat bosqichlaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng o‘qituvchilar uchun vazir bilan “ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
BUYUKLIKKA ELTUVCHI YO‘L
Tarixga nazar solsak, ajdodlarimizda kitob o‘qishga mehr juda baland bo‘lgan. O‘qishni biladiganlar bilmaydiganlarga kitob o‘qib bergan, g‘azallar yodlaganlar. Navoiyxonlik, bedilxonlik, mashrabxonlik singari adabiy o‘qishlar muntazam o‘tkazib turilgan. Bu an'ana jadidlar tomonidan, ayniqsa, yuksak maqomda davom ettirilgan. Xususan, Toshkentdagi “Beklar begi” madrasasida o‘tkazilgan oqshomlar, Xadrada ochilgan kitob do‘koni, Saidnosir Mirjalilovning “Turkiston” shirkatida Cho‘lpon va boshqa shoirlar to‘planib, ijodiy gurunglar o‘tkazishgan.
👉batafsil👈
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
“O‘qituvchilar olimpiadasi” ning Respublika bosqichi musobaqalari boshlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Yakkasaroy tumanidagi 118-umumta’lim maktabida maktab o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” ning Respublika bosqichi musobaqalari boshlandi.
Joriy yilgi olimpiada musobaqalari uch bosqichda tashkil qilinadi. Olimpiadaning dastlabki bosqichida ixtiyoriy ravishda jami 30 ming nafarga yaqin ustozlar ishtirok etishdi.
👉batafsil👈
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.
Bizni kuzating➡️@marifatziyo
“Ma’rifat” gazetasining
2023-yil 4-yanvar kungi sonida:
👉Hilola Umarova: "Endilikda fizika va kimyo fanlarini amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish ustida bosh qotirishimiz zarur".
👉Ta'til qishda bo‘lsa-2... yoxud avlodlar haqiga xiyonat qilmaylik
👉 Ta'limdagi korrupsiya kechirilmaydi
👉O‘qituvchi nimani o‘ylaydi?: sarhisob
👉"Ma'rifat yulduzlari – 2022"
👉"Tabiiy fan" – yaratuvchanlik
👉"Ma'rifat" – 2022 mundarijasi
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
Telegram |Facebook |🌐Veb-sayt
Mobil ilovamizni yuklab oling ⬇️
https://play.google.com/store/apps/details?id=co.fazon.marifatApp
marifat.uz
Ma’rifat – Учитель Узбекистана - Ma’rifat – Учитель Узбекистана
Главная
marifat.uz
Ma’rifat – Учитель Узбекистана - Ma’rifat – Учитель Узбекистана
Главная
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan:
🟢Achilbay Jumaniyazovich Ramatov ─ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
🟢Jamshid Anvarovich Qo'chqorov ─ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
🟢Jamshid Abduxakimovich Xo'jayev ─ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
🟢Zulayho Baxriddinovna Maxkamova ─ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
🟢Sherzod Davlatovich Qudbiyev ─ Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
🟢Laziz Shavkatovich Qudratov ─ Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
🟢Bobir Farxodovich Islomov ─ Oʻzbekiston Respublikasi
togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
🟢Botir Irkinovich Zokirov ─ Oʻzbekiston Respublikasi
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimiga;
🟢Behzod Anvarovich Musayev ─ Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
🟢Ibrohim Yo'lchiyevich Abdurahmonov ─ Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
🟢Hilola O'ktamovna Umarova ─ Oʻzbekiston Respublikasi
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga;
🟢Aziz Abduqaxxorovich Abduhakimov ─ Oʻzbekiston Respublikasi tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
🟢Adxam Ilhomovich Ikromov ─ Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
🟢Sherzod Xotamovich Shermatov ─ Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
🟢Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov ─ Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
🟢Joʻrabek Tursunpo'latovich Mirzamahmudov ─ Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga;
🟢Amrillo Shodiyevich Inoyatov ─ Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Bizni kuzating ➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
- Vladimir Imamovich Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi;
- Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
⚡️SSV O‘zbekiston aholisiga «Dok-1 Maks» dorisini sotib olmaslik bo‘yicha SMS yuborishni boshladi.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan:
– Eshbolta Qobulov Atamurodovich Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimidan;
– Abduqahhor G‘aniyev Gadoyevich Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimidan ozod etildi.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
❗️Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar uchun imtiyozli ipoteka kreditlari foizini yana tushirishni taklif qildi.
«O‘qituvchilarning sharoitini yanada yaxshilash uchun yana nima kerak bo‘lsa, qilishga tayyorman. Kerak bo‘lsa, ularga beriladigan ipoteka kreditlari (foizini) tushirishga ham tayyorman. O‘qituvchilarimizdan bu borada takliflarni eshitishga tayyorman», dedi prezidentimiz bugun Kongress-hollda bo‘lib o‘tgan boshlang‘ich sinflar uchun joriy etilayotgan yangi avlod darsliklarining taqdimotidagi nutqida.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Prezident Shavkat Mirziyoyev tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limlarini tanqid qildi
«Biz hammani matematik qilishni istaymiz, ammo buning iloji yo‘q. Nari borsa 10 foiz bola matematik bo‘lishni istar. Biz bolaning istagidan kelib chiqib, uning talabiga ko‘ra ta’lim berishni o‘rganishimiz kerak. Bola o‘ziga nima qiziq ekanini yaxshi biladi, unga hamma fanni birdek o‘rgatishni to‘xtatib, qiziqish sohasiga urg‘u qaratish lozim.
«Rayono» va «oblono» siz uchun prokuror. Bu ikki tashkilotni yo‘q qilishni istayapman, maktablarning o‘zi «rayono» va «oblono» bo‘lishlaring kerak.
O‘rtadagi boshqa pog‘onalar nimaga kerak? Ular bo‘lgani uchun o‘qituvchi qadam qo‘ya olmaydi. Buni sindiradigan vaqt keldi.
Tartib kerak albatta, ammo buning uchun vazirlik bor. Bizda hamon eski tizim saqlanib qolmoqda. Maktab aslida «gorono»ga xo‘jayinlik qilishi kerak.
Biz eski tizimga moyillik qilamiz, «Rayono» nima desa shuni qilamiz. Zamon o‘zgarmoqda, kechirasizu, qishloq xo‘jaligida paxtaga tizim o‘zgartirdik. Endi paxta ham, tizim ham ishlamoqda.
Qachon qishloq xo‘jaligida ikki millard dollarlik eksport bo‘lar edi? Endi mana tekstil ishlamoqda, boshqa ishlab chiqarish bor», — dedi Prezident.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi avlod o‘quv darsliklari taqdimotida nutq so‘zlamoqda:
“Xo‘sh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim yetkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obro‘sini ko‘tarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida ta’lim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab yetyapmiz.
Bugun yoshlarimiz, bolalarimizning o‘zi “Bizga kechagi kun ta’limi kerak emas” degan talabni qo‘yishyapti. Hozirgi islohotlarimizni rejalashtiryapmiz, katta-katta marralarni qo‘yyapmiz. Ularni aytish oson, lekin bajarish azob. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin biz farzandlarimiz uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz shart.
Yilimiz nomini ham ta’limga bog‘laganimiz bejiz emas. Bu masala mening doimiy diqqat markazimda bo‘ladi. Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz bo‘lishi bilan yana ko‘paytiramiz”.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Prezident yangi avlod darsliklari bilan tanishuv jarayonida xalqaro tajriba sinovi darslari bilan tanishdi.
O‘quvchilar zamonaviy gadjetlar orqali qanday bilim olayotgani namoyish etildi. Chunki bugungi jamiyatimiz texnologiyalar va gadjetlar bilan bevosita bog‘liq. Shu bois o‘quvchilarga ta’lim berishda zamonaviy kommunikasiya vositalari imkoniyatidan samarali foydalanish, o‘quvchilarning ham o‘ynab, ham o‘rganishi uchun sharoit yaratishga harakat qilinyapti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda bolalar bilan suhbatlashdi. O‘quvchilar, xususan, alohida ta’limga muhtoj bolalar dars jarayonlarini qanday o‘zlashtirayotgani bilan qiziqdi.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishmoqda.
Bizni kuzating➡️ @marifatziyo
Telegram|Facebook|🌐Veb-sayt|Mobil ilova