marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

💻 Toshkent sun’iy intellekt va IT sohasidagi yirik konferensiyaga mezbonlik qildi

22-noyabr kuni Toshkent shahridagi “EDVENT Hall”da texnologik “AI EVOLUTION 2024 TASHKENT” konferensiyasiga bo‘lib o‘tdi. U sun’iy intellekt, innovatsiyalar va IT sohasidagi eng yangi tendensiyalarni yoritishga qaratilgan bo‘lib, mahalliy va xalqaro ekspertlar, yosh tadbirkorlar va texnologiya ixlosmandlarini birlashtirdi.

Tadbir mehmoni Chat GPT yaratuvchilaridan biri Zack Kass sun’iy intellektning hozirgi va kelajakdagi o‘rni haqida ma’ruza qilib, texnologiya qanday qilib, biznes va jamiyatni o‘zgartirishi mumkinligini tushuntirdi.

Shuningdek, yana bir mutaxassis Wikipedia asoschisi Jimmy Wales o‘z ma’ruzasida onlayn bilim platformalarining insoniyat taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shishini ko‘rsatib berdi.

Konferensiya davomida yosh dasturchilar tomonidan taqdim etilgan innovatsion start-up loyihalari baholandi. Natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rinni “MAY” jamoasi egalladi. Shuningdek, IT start-uplar taqdimoti o‘tkazilib, mahalliy va xalqaro jamoalar tomonidan ishlab chiqilgan eng ilg‘or texnologik loyihalar namoyish qilindi.


Konferensiya sabab bir qancha yosh tadbirkorlar o‘z start-up loyihalari uchun xalqaro investorlar bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kelgusi yillarda ushbu konferensiya davom etishi va yanada yirik miqyosda o‘tkazilishi kutilmoqda.

© Xursanoy Pirboyeva

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Sayohat

Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2-kasb-hunar maktab
ining bir guruh o‘quvchilari Toshkent davlat transport universiteti bilan yaqindan tanishish va kelajakda o‘z kasbining yuqori darajada yetuk mutaxassisi bo‘lish ushun ma'muriyat tomonidan sayohat tashkillashtirildi.

Universitetda o‘quvchilar "Avtomobil va avtomobil xo‘jaligi" kafedrasi, "Elektrotexnika" fakulteti, " O‘zbekistonda LU Ban ustaxonasi-o‘quv markazi", "Axborot taxnologiyalari amaliy o‘quv markazi" hamda universitetning bir necha yillik tarixga ega bo‘lgan muzey bilan tanishib, boy taassurotlar bilan qaytishdi.


Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🎗Sog‘lom hayot – sogʻlom kelajak

Bugun Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari professor- oʻqituvchilari va ishchi xodimlari oʻrtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda sportning 6 turi boʻyicha 3 bosqichli musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqada poytaxtimizdagi 15 ta oliy taʼlim muassasasidan 320 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Har yili ananaviy tarzda oʻtkaziladigan musobaqaning asosiy maqsadi xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va yoshlarni sportning ommaviy turlariga qiziqishini kuchaytirishdan iborat. Sportning mini futbol, stol tennisi, shashka, shaxmat, badminton va darts turlari boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqa qizgʻin va shiddatli kechdi. Tadbir yakunida esa faxrli oʻrinlarni egallagan jamoalar diplom va turli esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


©Feruza JO‘RAYEVA

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 🇹🇷 #Ilmiy_hamkorlik

Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi Xorijdagi turklar va qardosh jamoalar boshqarmasi
(YTB) boshlig‘i Abdullo Eren boshchiligidagi hay'atni qabul qildi.

➡️Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

Turkiya universitetlari va ilmiy markazlarida o‘zbek tarixchilik maktabi uchun zarur ixtisosliklar bo‘yicha bakalavr, magistr, doktorantlar tayyorlash; ✓Turkiya ilmiy, ta'lim, madaniyat muassasalariga qisqa muddatli ilmiy safarlar uyushtirish;
✓dolzarb ilmiy yo‘nalish va mavzularda ellararo yig‘inlar o‘tkazish;
✓turkiy dunyo merosini dunyoga tanitishga xizmat qiladigan ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Yakunda Tarix instituti va YTB o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi hamda uni amalga oshirish yuzasidan "yo‘l xarita"si ishlab chiqishga kelishildi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Befarq_emasmiz

😳TA’LIM SOHASI KORRUPSIYADA OLDINLAMOQDAMI?..

⚡️Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalari 1940 ta pedagog kadrining chet tillari hamda umumta’lim fanlar bo‘yicha “erp.maktab.uz” ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan milliy va xalqaro sertifikatlarining haqiqiyligi tekshirilganda 34 ta sertifikat qalbakilashtirilganligi va 17 tasi ustama to‘lanishiga mos bo‘lmasa-da, ularga ustamalar amalga oshirilganligi aniqlangan.

💵Batafsil

Siz ham shunday holatlarning guvohi bo‘lganmisiz? Fikrlaringizni
izohlarda qoldiring👇


📱 Telegram      📱  Instagram
📱  Facebook    📱  Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 18-noyabr kuni Muborak tumanidagi 5-maktabning 3-“D” sinfida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Mushtariybonu Sobirova boshchiligida “Hilpira bayrog‘im, hilpira mag‘rur” nomli bayram ertaligi sahnalashtirildi.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 Bayrog‘imizda mujassam iftixorimiz

Yaqinda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan respublika doirasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni baholash va uni sog‘lomlashtirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. Respondentlarning 81,6 % o‘zini vatanparvar deb hisoblaydi. Bu quvonarli holat albatta, ammo “Qayerda yaxshi hayot bo‘lsa, shu yer vatan” deguvchilar ham kam emasligi biroz kishini qayg‘uga soladi.


▶️ Batafsil ◀️

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Jarayon

💥Asaka tumanidagi 26-maktabda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 33 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.
🔜Jarayonda ijodkor ustoz Abdurashid Ergashev o‘zining vatan madhi va bayroq haqidagi she’rlarini o‘qib, tadbirga yanada ko‘tarinki ruh olib kirdi. Shuningdek, chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash fani o‘qituvchisi Muftoxiddin Temirov rahbarligida tayyorlangan yuqori sinf o‘quvchilari Mashhurbek Mo‘ydinov, Farhodbek Gʻulomov, Olimjon Yo‘ldoshev, Saidali Soliyev va Amirulloh Soyibjonovlar qo‘l jangi bo‘yicha jangovar chiqishlar namoyish etdi.
↪️Tadbir ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkillashtirildi.


📱 Telegram      📱  Instagram
📱  Facebook    📱  Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Jarayon

Olmaliq shahridagi 14-maktabda o‘tkazilgan
“VATANIMIZ BAYROG‘INI YUKSAKLARGA KO‘TARAYLIK!”
tadbiridan fotolavhalar.


📱 Telegram      📱  Instagram
📱  Facebook    📱  Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 13-noyabr kungi Adabiyotga bag‘ishlangan maxsus sonida:

👉 Navoiy qo‘llagan so‘z va tasvirli ifoda xususida
👉 Mashrab qachon tug‘ilgan? Akademik Vohid Abdullayev haqmidi yoki opponentlar? 👉 “She’rni xo‘b tanir zavq bila...”
👉 Navoiy toshbosma devoni kotiblari: Shohmurod kotib
👉 Shahrisabz-u Samarqand farzandi
👉 Tilsim qa’ridagi ovoz
👉 Munojot yoxud orzumand ko‘ngil nolasi
👉 Taxtdan voz kechib hajga ketgan aka-uka Imomqulixon va Nadrmuhammadxon ashtarxoniylar qismati


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🏆 O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi kubogi uchun “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yillik bayrami munosabati bilan tashkil etilgan edi.

Musobaqalar sportning 6 turi bo‘yicha tashkil etilib ularda jami 400 nafar ishtirokchilar bellashdi. Bular:
I. Mini futbol (erkaklar o‘rtasida);
II. Stol tennisi (erkak va ayollar o‘rtasida);
III. Shashka (erkak va ayollar o‘rtasida);
IV. Shaxmat (erkak va ayollar o‘rtasida);
V. Badminton (erkak va ayollar o‘rtasida);
VI. Darts (erkak va ayollar o‘rtasida).


🏆 Yuqoridagi sport turlari bo‘yicha quyidagi ishtirokchi va jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

1. Stol tennis bo‘yicha – “Eng chaqqon ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi Mirzo Ulug‘bek tumani o‘qituvchisi – Ikramova Mavjuda Hamidovna;
Erkaklar bo‘yicha – Sergeli tumani ishtirokchisi – Kazakov Nurali O‘razbayevich;

2. Shashka bo‘yicha – “Eng yaxshi uslub egasi” nominatsiyasi g‘olibi, Shayxontoxur tumani o‘qituvchisi – Nazarova Nodira Mamurjon qizi;
Erkaklar bo‘yicha – Chilonzor tumani ishtirokchisi – Durmatov Nosir Ikromovich;

3. Shaxmat bo‘yicha – “Eng yaxshi uslub egasi” nominatsiyasi g‘olibi, Uchtepa tumani o‘qituvchisi – Shokirxo‘jayeva Dildoraxon Muratxonovna;
Erkaklar o‘rtasida – Olmazor tumani o‘qituvchisi – Yunusov Mirusmon Maxmudovich;

4. Badminton bo‘yicha – “Eng chaqqon ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi, Shayxontohur tumani o‘qituvchisi – Isakbayeva Maxina Murodjon qizi;
Erkaklar o‘rtasida – Shayxontohur tumani ishtirokchisi – Xojayev Doniyor Alimovich;

5. Darts bo‘yicha – “Mohir mergan” nominatsiyasi g‘olibi, Uchtepa tuman o‘qituvchisi – Xoloshina Tatyana Yakovlevna;
Erkaklar o‘rtasida – Yakkasaroy tumani ishtirokchisi – Farmonqulov Ixtiyor Xudoyorovich;

6. Mini-futbol bo‘yicha – “Eng yaxshi himoyachi” nominatsiyasi g‘olibi, Olmazor tuman o‘qituvchisi – Samandarov Sanjarbek Sobirjonovich;
“Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasi g‘olibi – Olmazor tumani o‘qituvchisi – Allayorov Eldorbek Abduraxmonovich;
“Eng mohir darvozabon” nominatsiyasi g‘olibi, Olmazor tumani ishtirokchisi – Tojiqulov Abduraxim Ilxomjonovich.

🥇 Quyidagi ishtirokchi va jamoalar sport musobaqalarda faxrli 1-o‘rinni egalladi:

Stol tennisi bo‘yicha:
1. Chilonzor tumani ishtirokchisi – Sharipova Madina Zafarjonovna (ayollar o‘rtasida);
2. Yunusobod tumani ishtirokchisi – Mannopov Husan Abduvosiqovich (erkaklar o‘rtasida);

Shashka bo‘yicha:
3. Yunusobod tumani ishtirokchisi – Aliqulova Dilnoza Mengnarovna (ayollar o‘rtasida);
4. Uchtepa tumani ishtirokchisi – Zakrillayev Hojimurod Xayrulla o‘g‘li (erkaklar o‘rtasida);

Shaxmat bo‘yicha:
5. Chilonzor tumani ishtirokchisi – Rajabova Zulfiya Rahimovna (ayollar o‘rtasida);
6. Yangihayot tumani ishtirokchisi – Jafarov Donyor Ixtiyor o‘g‘li (erkaklar o‘rtasida);

Badminton bo‘yicha:
7. Yunusobod tumani ishtirokchisi – Abdurahmonova Mehriniso Choriyevna (ayollar o‘rtasida);
8. Yashnobod tumani ishtirokchisi – Nazarov Abdurasul Abdujabborovich (erkaklar o‘rtasida);

Darts bo‘yicha:
9. Yunusobod tumani ishtirokchisi – Qurbonova Faridabonu Sa’dulla qizi (ayollar o‘rtasida);
10. Yunusobod tumani ishtirokchisi – Ismailov Nodir Eshpo‘lat o‘g‘li (erkaklar o‘rtasida);

11. Mini-futbol bo‘yicha – Yashnobod tuman jamoasi.

Musobaqalarining Toshkent shahar bosqichida eng oliy sovrin Toshkent shahar Kengashi Kubogi jamoaviy hisobda eng ko‘p “ochko” yig‘gan Yunusobod tuman kengashi jamoasiga topshirildi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

✏️“Muqimiy” nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi tomonidan “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bag‘ishlangan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” ezgu g‘oya ostida taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirga Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, akademik lisey va kollejlar hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, pedagog, ishchi-xodim hamda tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy ustozlar tashrif buyurdi. Shuningdek, “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan ta’lim muassasalarida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlarni o‘z egalariga topshirdilar. Bundan tashqari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar Kengashi raisi o‘rinbosari Abror Tursunaliyev tomonidan sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar tarqatildi. So‘ng, tadbirni keyingi qismida ta’lim tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan ustozlarga Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi.


📌Tadbir yakunida teatr jamoasi tomonidan saxnalashtirilgan “Qaytar dunyo” nomli teatr tadbirga o‘ziga xos fayz berib barcha yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📖Bu yil shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludiga 300 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida Maxtumquli tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-maʼrifiy xotira kechasi bo‘ldi.

Unda taniqli davlat va jamoat arboblari, diplomatik korpus vakillari, mehmonlar, yozuvchi-shoirlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari, talaba va o‘quvchilar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari to‘plandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024-yil 19-fevral kuni “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” qaror imzoladi. Tadbirda mazkur qaror ijrosi va uning maʼnaviy hayotimizdagi ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shodurdi Meredov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, taniqli shoir Mirzo Kenjabek, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev so‘zga chiqib, Maxtumquli sheʼriyati haqida gapirdi.
Shuni ta’kidlash joizki, 2024-yil 11-oktabr kuni Turkmanistonda Maxtumqulining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Zamon va sivilizatsiyalarning o‘zaro bog‘liqligi – tinchlik va taraqqiyot asosi” mavzusidagi xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Maxtumquli Firog‘iy tavalludining
300 yilligiga bag‘ishlangan medal bilan taqdirlandi. Davlatimiz rahbari Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining o‘zbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari to‘plamini sovg‘a qildi. Maxtumquli tavalludining 300 yilligga bag‘ishlangan esdalik medali bilan shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va adabiyotshunos olim, professor Bahodir Karim ham taqdirlandi.


📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 6-noyabr kungi sonida:

👉 Savodxonlik va ta’lim
👉 “Mezonlarga asoslangan baholash tizimi”... mezonlarga asoslanganmi? 👉 Yagona Turkiston orzusi
👉 Bola huquqlari davlat himoyasida
👉 Mo‘g‘ullarning “Afsonaviy yengilmasligi” haqidagi qarashlarni yo‘qqa chiqargan janglar
👉 Til o‘rganishda mutafakkirlarimiz ibrati
👉 Hamma sog‘inadigan Soykechar
👉 “Tilla baliqcha”ni maktabda o‘rganish metodikasi
👉 Tog‘ay Murod ijodi tahliliga oid darslarda texnologiyalardan foydalanish


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🎓 Buyuk Britaniyaning TOP oliygohlari Toshkentda! 🇬🇧🇺🇿

Buyuk Britaniyada ta’lim olishni xohlaysizmi? U holda, yetakchi UK universitetlari vakillari bilan uchrashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🌍 Qabul imkoniyatlari, grantlar va kasbiy kelajak haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri universitet vakillaridan bilib oling!

📅 Sana: 2024-yil, 5-noyabr
⏰ Vaqti: 11:00-18:00
📍
Lokatsiya: Toshkent sh., Shahrisabz ko‘chasi, 25. U-ENTER innovatsion tadbirkorlik markazi.

Tadbirda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:

https://www.ukunifair.co.uk/tashkent/

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

FVV AKADEMIYASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI

Ma’lumki mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 2024-yil 28-oktabrdagi Hukumat komissiyasi yig‘ilishining tegishli bayoni ijrosini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumi oldidan yong‘inlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni yuqori saviyada o‘tkazishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Shu jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham
2024-yil 21-noyabr kuni
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda toshkent shahridagi 2-3-55-204-237-269-304-333-350-352-353-
384-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi-murabbiylari va o‘quvchilari Akademiya harbiy xizmatchilari, xizmatchilari, kursantlar keng jamoatchilik hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchi - yoshlar bilan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi, is gazidan zaharlanishning salbiy oqibatlari, favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimadagi mavjud maxsus asbob-anjomlar va texnikalarning texnik-taktik xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish borasidagi targ‘ibot tadbirlarini samarali o‘tkazish, shuningdek, yoshlarni qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat.
Tadbirda davomida Akademiyaga tashrif buyurgan yoshlar uchun ekskursiya tashkil qilindi. Akademiyaning “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida o‘quvchi yoshlarga Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tartibi va faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi va videolavhalar namoyish etildi.
Shu bilan birga, “Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning oldini olish va sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi” mavzusida qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Viktorina” o‘tkazildi. Ushbu viktorinada faol qatnashib, savollarga to‘g‘ri javob bergan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
Ochiq eshiklar kuni doirasida o‘quvchi yoshlar uchun Akademiyaning kichik stadionida mini futbol o‘yinlari tashkillashtirdi, katta stadionda esa yangi o‘quv minorasida ishg‘ol qilish narvoni orqali o‘quv minorasining 4-qavatiga chiqish, “Yong‘in vaqtida jabrlanganlarni va o‘z-o‘zini qutqarish”, “4x100 metr masofada estafetali yugurish”, qo‘l jangi mashqlarini bajarish bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyishi tashkil etildi.
Shuningdek, toshkent shahar FVB va Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qidiruv-qutqaruv markazining asosiy va maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi va uning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, Respublika qidiruv-qutqaruv markazining xizmat itlari tomonidan bajariladigan ko‘rgazmali chiqishlar, O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining mutaxassislari tomonidan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni bartaraf etish hamda tibbiy va ijtimoiy xizmatlari, maxsus vosita va avtomobillari namoyishlari o‘tkazildi.
Shu bilan bir qatorda mehmonlar Akademiya Axborot-resurs markazi hamda o‘quv sinflari bilan yaqindan tanishdilar va ularda katta taassurotlar qoldirdi.
Muxtasar qilib aytganda, yoshlar bilan mana shunday targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazilishi zamirida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish tartib-qoidalarini o‘rgatish bilan birga favqulodda vaziyatlarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, boshqalarni qutqarish bilan shug‘ullanadigan, albatta, ta’bir joiz bo‘lsa, yon‘in va suvda toblanadigan mashaqqatli va mas’uliyatli qutqaruvchilik kasbiga yanada qiziqtirish yotadi.


Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi
katta o‘qituvchisi, mayor

Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Buloqboshi tumanidagi axborot-kutubxona markazida tuman umumta'lim maktablari kutubxonachilari hamda kitobxon o‘quvchi, talabalar bilan “Ma'rifat”gazetasining yangi soni bilan tanishish maqsadida “Ma'rifat bilan uchrashuv” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda jurnalist, faxriy o‘qituvchi Umida Egamberdiyeva gazetaning bugungi o‘rni, undagi maqolalarning dolzarbligi haqida ma'lumotlar berdi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 Yashnobod tumanidagi 282-sonli umumta’lim maktabida maktabida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 33 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, tadbir doirasida “Bayrog‘im — faxrim, g‘ururim!” mavzusida rasmlar, insholar tanlovi o‘tkazildi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman hokimligi, Milliy gvardiya vakillari, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirokida o‘tgan tantanali marosimda o‘quvchi-yoshlar o‘z mahorat va chiqishlarini namoyish qildilar.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

KO‘P O‘TIRISH QANCHALIK ZARARLI?

AQSHning Kolorado shtati Boulder shahridagi Kolorado universiteti va Riversayddagi Kaliforniya universiteti olimlari Y avlod vakillari haftasiga o‘rtacha 60 soatdan ko‘proq vaqtini o‘tirib o‘tkazishini aniqlashdi. Bu esa yurak-qon tomir kasalliklarining xavfini va erta qarish ehtimolini oshiradi. Tadqiqot natijalari “PLOS One” jurnalida e’lon qilindi.


Izlanishlarda mingdan ortiq kishi ishtirok etdi va ma’lum bo‘ldiki, hatto kuniga o‘rtacha 20 daqiqa mashq bajarish ham o‘tirgan holda yashash tarzi keltiradigan zararni bartaraf etmaydi. Uzoq vaqt o‘tirgan holatda bo‘lish xolesterin darajasi va tana vazni indeksi (TVI) kabi salomatlik ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi. Tajribada ishtirokchilarga quyidagi shartlar: o‘rtacha to‘qqiz soat o‘tirib, 160 daqiqagacha jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi belgilandi. Natija kuniga 8,5 soatdan ortiq o‘tiradigan va jismoniy mashqlarni minimal darajada bajaradigan odamlarda yurak-qon tomir va metabolik kasalliklar xavfi sezilarli darajada ortishini ko‘rsatdi.

Feruza JO‘RAYEVA
tayyorladi
.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 20-noyabr kungi sonida:

👉 Umumiy oʻrta ta’limda baholash va ichki monitoring: muammolar, yechimlar va istiqbollar
👉 Bizni kemirguvchi illatlar 👉 Qiyomatga qolmagan qarz yoxud qirq yilda qaytgan kitoblar
👉 Turkiy shaxmat: Oltoy shatrasi
👉 AQSH: demokratiyadan Trampokratiyaga
👉 San’at yoʻlidagi fidoyi
👉 Xazinadan ayrilgan odam
👉 Ijodkor oʻqituvchi — oʻquvchilarning omadi
👉 “Kutubxonadagi barcha kitoblarni mutolaa qilganman”


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 Bayrogʻim — faxrim

Pastdargʻom tumanidagi 24-maktabda “Bayrogʻim — faxrim” mavzusida ma’naviy -ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni 9-“E” sinf rahbari Dilshoda Elmurodova olib bordi. Oʻquvchilar davlat ramzi boʻlgan bayogʻimiz ham Vatan kabi muqaddasligini oʻzlarining badiiy -harbiy koʻrinishlari, she’r va raqslari orqali ochib berishdi.

“Hozirgi tinch, osoyishta davrda bayroqlar mustaqillik va milliylikni aks ettirib turadi”, dedi maktab direktori Akbar Atamuratov.


Tadbir davomida CHQBT fani rahbari Sindor Sharipov maktabdagi “Vatan tayanchi” otryadining 12 nafar eng faol va eng a’lochi a’zolariga medal hamda guvohnoma (oliy va harbiy ta'lim oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun 5 foizli imtiyoz)larni topshirdi.

Mustaqil Oʻzbekiston bayrogʻi hamisha milliy gʻurur, fidoyilik va vatanparvarlikni shakllantirishda eng muhim vosita sifatida qadrlanib kelmoqda.

© Gulsun ISROILOVA,
Madina ABDUSATTOROVA


📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 "Qardosh O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunini nishonlamoqda"

Ozarbayjonning qardoshi, eng yaqin doʻsti va ittifoqchisi boʻlgan suveren, mustaqil Oʻzbekistonning Davlat bayrogʻi qabul qilingan kuni. Ildizlari bir, an’analari o‘xshash xalqlarimiz azaldan do‘st bo‘lib kelgan. Biz ozarlar o'zbeklar uchun juda qadrdonmiz. Bu yaqinlikning ildizi esa juda chuqurdir. Ikki davlat va xalqlarimiz o‘rtasidagi bu do‘stlik, qardoshlik bugungi kunda ham davom etmoqda.

O‘zbekistonda davlat suvereniteti timsoli bo‘lgan gerb va madhiya bilan bir qatorda davlat atributi bo‘lgan Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun ham nishonlanmoqda.
✔️Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasining alohida moddasida mamlakatda davlat ramzi sifatida bayroq borligi tasdiqlandi.
Davlat bayrogi ramzlari boshqa davlatlar bayroqlarining urf-odatlarini davom ettirib, ayni paytda milliy va xalq madaniyatini, mamlakatning tabiiy oziga xos xususiyatlarini o`zida aks ettiradi.
Bayroqdagi och moviy rang moviy osmon va musaffo suv timsoli, oq rang tinchlik, yashil rang esa tabiat timsolidir. Yarim oy va yulduzlarda o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analari aks etgan.
O‘zbekiston Davlat bayrog‘i rasmiy delegatsiyalarning xorijiy davlatlarga tashrifi, xalqaro tashkilotlar binolari va nufuzli forumlar oldida, jahon ko‘rgazmalari va sport musobaqalarida respublikamizni jahon arenasida ifodalaydi.
O‘zbekiston 1992-yil 2-martda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo etib saylanganidan beri uning bayrog‘i BMT binosi oldida hilpirab turibdi.
O‘zbekistonning Davlat bayrog‘i, shuningdek, mamlakat fuqarolari va respublikada yashovchi boshqa shaxslar tomonidan bayroqqa hurmat ko‘rsatish qonun bilan himoya qilinadi.
Bugun turkiy davlat sifatida mustaqil O‘zbekistonning jadal rivojlanib, dunyoga integratsiyalashuvi har birimizda faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otmoqda.

Bayramingiz muborak, aziz do‘stlar. Or-nomus timsoli bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i doimo balandda hilpirab tursin! Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi yashasin!

Namig Delidagli,
jurnalist/ Ozarbayjon


📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

VATAN BAYROGʻI...

Hilpiraysan ko‘rsatib chiroy,
Ma’naviyat, qadriyatga boy,
Senda aksin ko‘rar yangi oy,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!

Qator yulduz yarashgan xoling,
Ikki daryo qoshu hiloling,
Oyning nuri shonli iqboling,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!

Sohibqiron hikmati senda,
Manguberdi xislati senda,
Shayx Kubroning qismati senda,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!

Elu yurtga tug‘rosan, tug‘san,
Buyuk urug‘, noming ulug‘san,
Keng dunyoga ketgan dovrug‘san,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!

O‘zbekiston mangu sharaf- shon,
Hilpirayver, ko‘rk olar osmon,
Sen baxtimga berilgan imkon,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!

Abdurashid Ergashev,
Asaka tumani


📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“JAHONDA STANDARTLASHTIRISH VA TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” II-XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI

Har yili 14-oktabr jahonda Xalqaro standartlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Toshkent davlat texnika universitetida “Jahonda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida II-Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, sanoat va ishlab chiqarish tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, Milliy metrologiya instituti, standartlar instituti va boshqa tizim tashkilotlari bilan bir qatorda Milliy tadqiqot yadro universiteti (МИФИ) (Rossiya), Berlin texnika universiteti (Germaniya), Energetika va texnologiya instituti (Norvegiya), N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (Rossiya), Belarus milliy texnika universiteti (Belarus Respublikasi), Botken davlat universiteti (Qirg‘iziston ) va boshqa xorijiy mamalakatlarning soha mutaxassislari, ishlab chiqarish vakillari, nufuzli oliy ta’lim muassasalari olimlari va professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdi.

Anjuman doirasida soha bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar bilan bir qatorida davlat ilmiy-texnika dasturlari asosida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, hamkorlikda loyihalar va ishlanmalarni amalga oshirish, xo’jalik shartnomlarni tuzilish va boshqalar kelishib olindi.


Anjuman yakunida dolzarb mavzularda oʻz innovatsion g‘oya, maqola va ishlanmalarini namoyish etgan ishtirokchilar esdalik sovg‘a va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

S. RAHMATULLAYEV,
TDTU “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish,
standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi
katta o’qituvchisi


📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 🇹🇷 #Ilmiy_hamkorlik

📚Tarix institutida yil boshida tashkil etilgan, Istanbul universiteti Turkshunoslik tadqiqotlari instituti professori Shafoiddin Deniz boshchiligida olib borilayotgan o‘qishlarda institut yosh tadqiqotchilari usmonlicha qo‘lyozma va tarixiy hujjatlarni o‘qish, tahlil qilish sirlarini egallamoqdalar.

Institut direktori, akademik Azamat Ziyo tashabbusiga ko‘ra, ushbu o‘qishlarning eng oldi qatnashchilaridan iborat bir guruh yoshlar Tarix instituti ilmiy kotibi Odil Zaripov va professor Shefoiddin Deniz boshchiligida Turkiyaga 10 kunlik ilmiy safarga yo‘l oldi.

U yerda ular turli ilmiy, ta'lim, madaniy muassasalarda bo‘lib, usmonli manbalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanishish, turkiyalik yetuk olimlar bilan uchrashib, ma'ruzalar tinglash, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid yozma manbalarni aniqlash singari ishlar bilan shug‘ullanishlari ko‘zda tutilgan.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Jarayon

MEHNATGA OID HUQUQLARINGIZNI QAY DARAJADA BILASIZ?


👩‍💻👨‍💻Batafsil👇


📱 Telegram      📱 Instagram
📱  Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📣Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 2023-2024 o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo'lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, olimpiada g‘oliblari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 2023-2024 o‘quv yilida maktab o‘quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qo'lga kiritilgan bo‘lib, ushbu natija hozirga qadar eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.
Joriy yilda yurtimiz o‘quvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza) medalini qo'lga kiritdi. Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda 61 ta (10 ta oltin, 15 ta kumush, 36 ta bronza) medalni qo'lga kiritdi.


Davlatimiz rahbarining 2024-yil 30-sentabrdagi qaroriga muvofiq, joriy yilgi xalqaro olimpiadalarda 91 ta (11 ta oltin, 24 ta kumush, 56 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar turli darajadagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Kuni kecha O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetining Sport majmuasida 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi kubogi uchun Toshkent shahar bo‘linma xizmatidagi ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida “Sport –salomatlik garovi” shiori ostida sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichiga start berilgan edi.

Bugun, mazkur musobaqaning yakuniy bosqichi va taqdirlash marosimi bo‘lib o’tdi.
Unda 6 ta sport turidan jami 250 nafardan ortiq ishtirokchilar bellashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi. Murosasiz va qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan mazkur musobaqa yakunida umumiy hisobda eng yuqori natija qayd etgan Yunusobod tuman jamoasi musobaqa g‘olibi deb topilib, ularga Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi Kubogi tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan hamda musobaqada faol ishtirok etgan jamoa va yakka ishtirokchilarga 12 ta nominatsiya bo‘yicha Toshkent shahar kengashining diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

ILMIY-AMALIY ANJUMAN

📌

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 2024-yilning 30-oktabr kuni “Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni samarali bartaraf etishning zamonaviy yechimlari” Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti, Fanlar Akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi institute, Toshkent Davlat Transport universiteti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Yong‘in xavfsizligi va Favqulodda vaziyatlar muammolari Ilmiy tadqiqot instituti mas’ul xodimlari, FVV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, xizmatchilar va kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad - Anjumanning asosiy maqsadi - texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganda zamonaviy usullar va innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, favqulodda vaziyatlarning salbiy oqibatlarini kamaytirish va ularni samarali bartaraf etish, mazkur yo‘nalishda kursantlarga nazariy va amaliy ma’lumotlar, tushunchalar berish, ularning sohadagi bilimlarini boyitish, kabi dolzarb masalalarni o‘rganish, tahlil etish hamda sohada o‘z yechimini kutayotgan muammolarga javob bera oladigan, ilmiy asoslangan tavsiyalar, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va uni amaliyotga keng tadbiq etishdan iborat.
Anjumanni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kimyo fanlari doktori, (DSc) professor Odiljon Ziyadullayev ochib, yangi O‘zbekistonda yoshlarimizning har bir a’zosidan innovatsion yondashuvni, ilmiy ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar yaratishni taqozo etayotgani, yuqori texnologiyalarga ega bo‘lgan rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasidan kelib chiqib, innovatsiyalar va innovatsion faoliyatni takomillashtirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va samaradorligini yanada yuqori bosqichlarga ko‘tarish lozimligini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo‘lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bo‘lmaydi. Bu sohadagi o‘zgarishlarni xalqimizga keng targ‘ib qilmasak, odamlarda ko‘nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo‘lolmaymiz” deya bildirgan so‘zlari e’tirof etildi.
Yakunda tashkilotchilar tomonidan faol ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.


✏️Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, bugungi kunda barcha sohalar qatori ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarish, yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda, texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni samarali barataraf etishdagi muammolarning ilmiy yechimini topishda soha muammolarini yechimiga qaratilayotgan anjumanlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Akademiya axborot xizmati

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Afsuski, ota-onalarda “farzandim oliy ma’lumotli bo‘lsa, davlat ish bilan ta’minlaydi” degan tushuncha bor...”


Sizning bu borada fikringiz qanday?

➡️ Podkastni to‘liq tomosha qilish

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…
Подписаться на канал