marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🏆 Bugun, 2-noyabr kuni poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha o‘quvchi-yoshlar o‘rtasidagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” respublika musobaqasi g‘oliblarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, vazirlik mas’ullari, tegishli tashkilot va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Final musobaqasida 112 nafar sportchi o‘quvchilar qatnashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqaning respublika bosqichi jamoaviy  bahslarida:
🥇 1-o‘rin: Toshkent shahri jamoasiga;
🥈 2-o‘rin: Jizzax viloyati jamoasiga;
🥉 3-o‘rin: Sirdaryo viloyati jamoasiga
;

Yakka ishtirokchilar yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin: Xolmurodova Samira — Toshkent shahri;
🥈 2-o‘rin: Naimjonova Sabina —
Namangan viloyati;
🥉 3 -o‘rin: Jo‘rayeva Samira —
Buxoro viloyati
o‘quvchilariga nasib etdi.

Musobaqa gʻoliblari vazir kubogi, maxsus diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

© Xursanoy Pirboyeva

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘zbekiston jamoasi 2024-yilning sentabridan oktabrigacha ijtimoiy loyiha ustida ishlash doirasida TechWomendasturida g‘alaba qozondi

TechWomen - STEM (fan, texnologiya, muhandislik, matematika) sohalaridagi qizlar va ayollar uchun professional almashinuv dasturi bo‘lib, unda ishtirokchilar 5 hafta davomida Amerika kompaniyalarida amaliyot o‘taydi.

O‘zbekistonlik jamoa 9 yillik ishtiroki davomida birinchi marta
g‘alaba qozondi va o‘z loyihasini rivojlantirishni davom ettiradi. Loyiha "Bolajonim" deb nomlanib, autizm spektri buzilishi haqida ota-onalarning xabardorligini oshirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda autizm spektri buzilishini (ASB) erta tashxislash xabardorlikning pastligi, mutaxassislarning yetishmasligi va ijtimoiy stigma tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu odatda 5 yoshdan keyin kech aniqlanishga olib keladi, natijada
davolash imkoniyatlari cheklanadi. Oqibatda autizm bilan kasallangan bolalar rivojlanishdan orqada qolib, ularning jamiyatga va mehnat faoliyatiga moslashuvi qiyinlashadi.

O‘zbekistonda, ayniqsa qishloq joylarda sog‘liqni saqlash infratuzilmasining cheklanganligi va autizmni tashxislovchi mutaxassislarning yetishmasligi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.


"Bolajonim" loyihasi ota-onalarga Telegram orqali o‘zbek tilidaM-CHAT-R/F usuli yordamida skriningdan o‘tishni taklif etadi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📚Bugun Professional malaka oshirish nodavlat ta’lim muassasasida “Kelajak odimlari” mavzusidagi ma’naviy-ma’riiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni PMONTM direktori Hulkar Kamolova ochib berdi. “Professional malaka oshirish istiqbollari” mavzusida esa filologiya fanlari doktori, professor Sultonmurod Olimov nutq so‘zladi. Tinglovchilardan Muazzam Otaboyeva o‘qish davomida yangi noodatiy ta’lim usullarini o‘rganganini mamnuniyat bilan gapirdi. Tadbirda bir oy davomida o‘z ustida ishlab, malakasini oshirgan birinchi qaldirg‘och bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.


✏️Tadbir san’atkorlarning badiiy chiqishlari bilan davom etib, qatnashchilarning o‘yin-kulgisiga ulandi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Yosh eksportchilar” loyihasi yakuniga yetdi

Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoshlarni kelgusida meva-sabzavot eksporti jarayoniga jalb etish, eksport amaliyoti bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish bo‘yicha avgust-oktabr oylarida respublika miqyosida “Yosh eksportchilar” loyihasi amalga oshdi.

Dastlabki 600 nafar xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, birinchi bosqichda 65 nafari saralab olindi va 57 nafari muvaffaqiyatli o‘qishni tamomladi. O‘quv seminari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da bir hafta davom etdi.

Sentabr-oktabr oylarida Respublika bo‘ylab seminar va o‘quv dasturlari Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatlarini qamrab oldi. O‘quv seminarlida so‘ng, hududlarda yosh fermerlardan, eksportga endi kirib kelayotgan va ancha yillik tajribaga ega eksportyorlardan ish jarayoni bilan uyg‘unlikda intervyular olindi.
Umumiy ushbu loyihada jami 8000 yaqin yoshlar ishtirok etib, ulardan 1500 dan ziyoda xorijiy (ingliz, rus, xitoy, arab) til sertifikatiga yoshlar edi.



📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Maktabda harbiy va yoshlar uchrashuvi

📞Parkent tumanidagi 9-maktabda “Men ham harbiy bo‘laman” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Chirchiq shahrida joylashgan 23-229-sonli harbiy qism vakillari Bekzod Jabborov va Sherzod Komiljonovlar ishtirok etib, o‘quvchilarga harbiy xizmatning ahamiyati, uning asosiy tamoyillari, harbiy intizom va reja asosida faoliyat yuritish bo‘yicha muhim jihatlar xususida ma’lumot berishdi.


📢Uchrashuvda yoshlar harbiy xizmatga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi, ushbu kasbga bo‘lgan talablar va uning zaruriyati haqida vakillari bilan fikr almashdilar. Jarayon davomida o‘quvchilarga harbiy soha faqat o‘sha kasbni tanlagan kishilar uchun emas, balki har bir fuqaroni o‘z Vataniga sadoqatli xizmat qilishga undashda katta ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.

📌Farrux BOTIRBOYEV,
Parkent tumanidag
i 9-maktab o‘qituvchisi

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📝VI MARKAZIY OSIYO KONGRESSI START OLDI

Klinik formokologfiya bu tibbiyot sohasining muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, kasallik hamda sindromlarda dori vositalarining klinik va farmakologik jihatlarini hisobga olib dorilarni berish, uni organizmga taʼsirini oʻrganishdan iborat. O‘zbekiston sharoitida dori vositalarini shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilmaslik, retseptsiz dori vositalarini sotish, dorilarni ichish dozalari va yaroqlilik muddatiga amal qilmaslik kabi holatlarni ko‘p uchratamiz. Hozir ayni shu mavzuga bag‘ishlangan tadbir qizg‘in pallada.


🔋O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda “Klinik farmakologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida VI Markaziy Osiyo Kongressi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda mahalliy mutaxassislardan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan bir qator soha vakillari ishtirok etib, kongress doirasida klinik farmakologiya fanining istiqboli, zamonaviy farmakoterapiyaning asosiy muammo, yechim va yutuqlari muhokama qilinmoqda.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Maktab yangidan chiroy ochdi

Poytaxtning Mirobod tumanidagi 154-maktab mukammal ta’mirlanib, qaytadan chiroy ochdi.
Yangicha qiyofa kasb etgan maktabning ochilishiga bagishlab, “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Karnay-surnay navolari ostida maktab hovlisiga yig‘ilgan yoshu qarining yuzlarida tabassum, hamma 1967 yilda qurilgan qadrdon maskanini yangicha qiyofada ko‘rganidan shod ekanini ta’kidlaydi. 950 nafarga yaqin bolajonlarni o‘z bag‘riga chorlayotgan maktab binosida hamma sharoitlar mujassam. Yorug‘ va shinam o‘quv va fan xonalari, kutubxona va oshxona, o‘g‘il bolalar va qiz bolalar uchun alohida duradgorlik hamda tikuvchilik xonalaridagi yaratilgan qulayliklar kishi ko‘zini quvontiradi.
Yig‘ilgan mehmonlar, shu maktabni bitirgan sobiq o‘quvchilar maktab xonalarini ko‘zdan kechirdilar.

O‘quvchilar va ustozlar bilan muloqot qildilar. Ayniqsa, yoshi ulug‘ nuroniylarimiz bugungiday dorilomon kunlarga shukrona keltirib, bor kuch-g‘ayrati, imkonini bilim olishga sarflashlari kerakligini yoshlarimizga ta’kidladilar.
Ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqovlar qatnashdilar.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️“Yangilangan baholash tizimi” mavzusida ovozli chat boshlandi.

Ovozli chatga qo‘shilish

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Daxldorlik

SAYLOVDA OVOZ BERISH MUHIM(MI?)

👉Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ovozli chat uchun savol yuborish muddati yakunlandi!

✔️ Savolini yuborishga ulgurmay qolganlar 25-oktabr kuni 18:00 da jonli efir davomida savollarini bevosita mutaxassisga berishlari mumkin.

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️Diqqat!❗️

25-oktabr kuni soat 18:00 da “Yangilangan baholash tizimi” mavzusida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

Baholash tizimiga oid savollaringizni @zilola_muhammadali ga yuborishingiz mumkin. Savol yuborish muddati 24-oktabr 18:00 ga qadar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📚Yangiyo‘l tumanidagi 1-kasb-hunar maktabida 21-oktabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan ma’naviy va ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

📖Tadbirda Yangiyo‘l shahar Tatar milliy madaniyat markazi xodimlari va o‘quvchi yoshlari ham ishtirok etishdi. Tadbirda o‘quvchilar o‘z chiqishlari turli xil sahna ko‘rinish va raqslarini namoyish etishdi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Har birimiz davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim”.


Shavkat MIRZIYOYEV

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Bugun Toshkent shahridagi 110-maktabda “Ezgulik, bilim va ma’rifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik” shiori ostida ota-onalar majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisning bosh maqsadi etib, yangi zamon kishisi, Yangi O'zbekiston yoshlarini qanday tarbiyalash belgilandi. Bugungi tahlikali davrda ezgu maqsadlarga yetish uchun insonga hushyorlik va ogohlik, qat'iy iroda, yuksak bilim va keng dunyoqarash, zamonaviy
kasb-hunarlar har qachongidan ham zarur ekanligi aytib oʻtildi.
Shuningdek ushbu majlisda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi rasining 1-oʻrinbosari shoir Minxojiddin Mirzo,
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi rasining oʻrinbosari shoir G’ayrat Majid, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, shahar Ma’rifiy targʻibot markazi direktori oʻrinbosari
"Shuxrat" medali sohibi Xidirov Mirzohid va boshqalar ishtirok etib, ota-onalarga oʻz maslahatlarini berishdi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Jarayon

Yashnobod tumanidagi 282-maktabda O‘zbek tili qabul qilinganining 35 yilligi keng nishonlandi. Maktabning o‘zbek tili va adabiyoti metod birlashmasi o‘qituvchilari tomonidan ta’lim rus va o‘zbek tilida olib boriladigan sinflar o‘rtasida sheriy tanlov, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari taqdim etildi. Tadbirga tuman hokimligi xotin-qizlar faollari va boshka mehmonlar tashrif buyurdi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📷Kosonsoy tumanidagi 11-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Aziza Shonazarova tomonidan 2-"B" sinf oʻquvchilari bilan birgalikda oʻtkazilgan "Mehrjon sayli" tadbiridan fotolavhalar.


📱Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Bugun M.V Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filialida bitiruvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni”

MDUning ushbu filialida 5 ta ta’lim yo‘nalishi mavjud bo’lib: “Amaliy matematika va informatika”, “Psixologiya”, “Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar”, “Filologiya” (rus tili va adabiyoti), Menejment. Respublikamizning turli hududlaridan 900 dan ortiq talaba tahsil olmoqda, ularga 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, jumladan M.V. Lomonosov
nomidagi Moskva davlat universitetidan taklif etilgan mutaxassislar bilim bermoqda.

Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida bugun M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi. Universitet bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash tizimli amalga oshirmoqda. Potentsial ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik, talabalarni kasbga yo‘naltirish, bitiruvchilarni ish sharoitlariga moslashtirish masalalarida faol ishlar olib borilmoqda.

Ochiq eshiklar kunida 20 dan ortiq korxona va tashkilot vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va xodimlarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumotlar berishdi. Universitet qabulxonasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Kunning ikkinchi yarmida tadbir filialning axborot-resurs markazida davom etdi. Korxona va tashkilotlar vakillari o‘z faoliyatlari haqida ma’ruza qilib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 30-oktabr kungi sonida:

👉 “O‘qituvchi bo‘laman, lekin boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi emas...”
👉 “Sinf soati”ni kim o‘tgani ma’qul?
👉 Xalqaro reytinglarda yetakchi Kanada ta’lim tizimi siri nimada?
👉 Xo‘jalik mudiri ekanimdan faxrlanaman! yoxud shu maoshga roziman!
👉 Talaba manfaatini ko‘zlab qilinayotgan ishlar...
👉 Tabiiy fanlardan mantiqiy fikrlashni rivojlantiraylik!
👉 Pedagogik amaliyot: muammo va yechimlar
👉 Militsionerlarga ham oson emas
👉 Bolalikni o‘g‘irlamang!
👉 Fin ta’limi – loqaydlikdan yiroqlashtiradi
👉 Oddiy muallim-da, oddiy muallim


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ayni damda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi qaroriga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun malaka test sinovlari boshlandi. Toshkent shahar va Toshkent viloyati ta’lim muassasalari pedagoglari ishtirokidagi attestatsiya sinovlari poytaxtimizdagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida bo‘lib o‘tmoqda.

✏️

Ta’kidlash joizki, 19-25-oktabr kunlari attestatsiyadan o‘tuvchi pedagoglarni ushbu malaka sinovlariga tayyorlash maqsadida onlayn repetitsiya o‘tkazilib, ular test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan tanishtirildi.

Yangi tartibga ko‘ra sinovlar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda mutaxassislik fanidan pedagoglarning bilimi (bilish, qo‘llash, mulohaza qilish ko‘nikmalari), ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratlari baholanadi. Har ikkala bosqich ham komyuterda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi.

Joriy sinovlarda ishtirok etish uchun 190 mingdan ortiq talabgor pedagoglardan ariza kelib tushgan. Ulardan 153 ming nafardan ortig‘i test sinovlarida qatnashishi kutilmoqda. Attestatsiya natijalari QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga yuboriladi.

Attestatsiya natijasiga ko‘ra, pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan o‘zgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun UzASBO yoki boshka moliyaviy hisob-kitob dasturlariga yuboriladi.


💡Sinov jarayonlari 16-noyabrga qadar davom etadi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️ Nodavlat universitetlar maqsadi ta’limmi yoki tijorat?

📱 “Ziyo” podkastning ilk sonini YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Tomosha qilish

Podkastni ko‘rib o‘z fikr-mulohazalaringizni qoldirishni unutmang!


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Xususiy universitetlar maqsadi ta’limmi yoki tijorat?

📱 Bugun 19:00 da “Ma’rifat” gazetasining YouTubedagi rasmiy sahifasida “Ziyo” podkastning ilk sonini tomosha qiling!

Marifatgazetasi1931">YouTube kanalga ulanish

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Yangilangan baholash tizimi” mavzusidagi ovozli chatimizga kira olmaganlar efirning yozib olingan audiosini tinglab, bemalol savollariga javob olishlari mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Yangilangan baholash tizimi” mavzusida ovozli chat boshlanishiga 1 soat qoldi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

😎 Har bir o‘qituvchi uchun manfaatli bo‘lishi kutilayotgan efirda ishtirok etishni unutmang!

➡️ Jonli efirda qatnashish

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

‼️ Xususiy universitetlar maqsadi ta’limmi yoki tijorat?

Bugun nodavlat universitetlari qanchalik o‘zini oqlayapti? Ular kelajak universitetlari bo‘la oladimi?

Biz yoshlarni yo‘qolib ketadigan yo‘nalishlarda 4 yil o‘qityapmizmi?

Universitetlarda pedagog kadrlar yetarlimi?


✔️ Mutaxassislar bilan shu savollarga javob topishga harakat qilamiz.

📱 Tez kunda “Ma’rifat” gazetasining YouTubedagi rasmiy sahifasida “Ziyo” podkastning ilk sonini tomosha qiling!

Marifatgazetasi1931">YouTube kanalga ulanish

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ta’lim sifati − bosh maqsadimiz

Maktabimizda 1635 nafar o‘quvchilarga 101 nafar ustozlar dars berib kelmoqda. Ulardan 15 nafari oliy toifali, 25 nafari 1-toifali, 32 nafari 2-toifali, 20 nafari mutaxassis hamda 9 nafari to‘liqsiz oliy ma’lumotli o‘qituvchilardir. O‘tgan 2023-2024 o‘quv yilida pedagogik jamoamiz hamda o‘quvchilarimiz ko‘plab yutuqlarga erishdi. Jumladan, 1 nafar bitiruvchimiz oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 12 nafar o‘quvchimiz oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdi, 5 nafar bitiruvchilar davlat universitetlari, 16 nafari esa xususiy universitetlarga o‘qishga kirdilar.
Yurtboshimiz da’vati va qo‘llab-quvvatlashi bilan davom etayotgan “Besh tashabbus” doirasidagi sport va san’at tanlovlarida ham yaxshi natijalarga erishib kelmoqdamiz. Futbol va voleybol turlari bo‘yicha viloyatda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdik. Texnologiya fani o‘qituvchisi Turdiali Soliyevning 8-“B” sinfidagi shogirdi Abdurahmon O‘rmonbekov robototexnika bellashuvida respublikada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Karving” bo‘yicha musobaqaning tuman bosqichida ustoz Zarifaxon Raxmonovaning 9-“D” sinfdagi o‘quvchisi Ziyoda Salohiddinova 1-o‘rinni oldi. 11-“A” sinf o‘quvchisi Mohlaroy Xolmirzayeva yengil atletikaning sakrash turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Musiqa va san’at o‘qituvchisi Azizbek Zuhriddinovning 9-“B” sinfidagi shogirdi Oyatillo Zokirjonov “O‘zbekiston – Vatanim manim” shiori ostidagi tanlovda “Eng yaxshi ijro etilgan qo‘shiq” turi bo‘yicha viloyat g‘olibi bo‘ldi.
Biz, o‘qituvchilarning bosh vazifasi ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishdan iboratdir. Men jamoamizning bu yo‘lda yanada faollik bilan ishlashlariga ishonaman.


Abrorbek YO‘LDOSHEV,
Asaka tumanidagi 6-maktab direktori


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘zbek tilim-jon-u dilim!

📚21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan Yunusobod tumanidagi 72-maktabning 3-sinf o‘quvchilari ishtirokida, “O‘zbek tilim-jon-u dilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✅Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan, til davlat timsoli, uni asrash, til millat qiyofasining bir bo‘lagi, tilimizni asrab-avaylash ruhidagi she`r, qo‘shiq, raqs va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.


📖Shoira TOLIPOVA,
Yunusobod tumanidagi 72-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️Diqqat!❗️

25-oktabr kuni soat 18:00 da “Yangilangan baholash tizimi” mavzusida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

Baholash tizimiga oid savollaringizni @zilola_muhammadali ga yuborishingiz mumkin. Savol yuborish muddati 24-oktabr 18:00 ga qadar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Farg‘ona tumanidagi 1-maktabda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lganligi munosabati bilan "Til barqaror –Millat barqaror" nomli ijodiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir taassurotlaridan ilhomlangan hamda ta'sirlangan o‘quvchilarimizning ona tilimizga yanada hurmati oshdi.

Tadbirni ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi tashkillashtirdi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 23-oktabr kungi Ona tilimizga bagʻishlangan maxsus sonida:

👉 Ona tili ta’limi: yutuqlar, muammolar, yechimlar
👉 O‘zbek me’yoriy lug‘atchiligi yoxud lug‘at qonunchiligi muammolariga doir
👉 Poygakda qolib ketayotgan Ona tilimiz...
👉 Ona tilimizni asrash o‘z qo‘limizda
👉 O‘zbegim, tilingdagi xotirani o‘ldirmagil!
👉 Turkona harbiy istilohlar so‘zligi
👉 Millatimiz nomini to‘g‘ri yoza olamizmi?
👉 “Mutribo, bir iltimosim – o‘zbekona kuylagin”
👉 Davlat tili maqomini mustahkamlash omillari
👉 “O‘zbek tili – mening tilim” “Davlat tili haqida”gi qonunning 35 yilligiga
👉 So‘z ichida yonma-yon kelgan bir xil undoshlar ularning talaffuzi va imlosini o‘rganamiz
👉 “O” va “A” unlilari qiyosi haqida

👉 Tinish belgilari (hikoya)

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱
Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Jarayon

O‘zbek tilimizning boyligi, kuch-qudrati yanada ziyoda bo‘lsin! — Shavkat MIRZIYOYEV

🇺🇿O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan konsert nihoyasiga yetdi.
Jarayon avvalida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng tilimiz rivoji uchun o‘tgan va yakunlanayotgan yilda amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z bordi.
💫O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining o‘zbek tilidagi chiqishlari, hatto qo‘shiq kuylay olishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, konsert davomida jadidlar hayotidan parchalar sahnalashtirildi.
💥Bayram ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…
Подписаться на канал