marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Jarayon

“Bitmas xazina” festivalining asosiy qismi mualliflik huquqiga oid masalalar bilan boshlandi.

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Xon atlas” haftaligi

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbilash, milliy liboslarning go‘zalligi va jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent gumanitar fanlar universitetida "Xon atlas" haftaligi bo‘lib o‘tdi.

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Qiymati 11 mln AQSH dollari bo‘lgan pedagoglar malaka oshirish markazi quriladi

Toshkentda 4000 nafar maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malakasini oshirishga mo‘ljallangan markaz qurilishiga start berildi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 11-sentabr kungi sonida:
👉 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligiga murojaat
👉 Eng yangi avlod darsliklarini yaratish masalalari
👉 Pedagogika mazmun mukammalligiga mas'ul yoxud soxta pedagogik falsafadan saqlanish
👉 Imom Buxoriy va Alisher Navoiy

👉 Sun'iy intellekt – texnologik rivojlanishning asosi sifatida
👉 Shunaqa gaplar
👉 Jahonning
birinchi ledisi

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ayni dam Hilton mehmonxonasida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy muhitni mustahkamlash, O‘zbekistonda davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish-korrupsiyaning inklyuziv qamrovda oldini olish maqsadida TOSHKENT XALQARO MEDIA FORUMI bo‘lib o‘tmoqda.

Forumda asosiy urg‘u ommaviy-axborot vositalarining erkinligi, axborot etikasi, korrupsiyani aniqlashda tahliliy jurnalistika istiqbollari va jurnalist surishtiruvlarining roliga qaratildi. Unda bir qator mahalliy va xalqaro mutaxassis speker va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishmoqda.

Akiko Fujii, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili:

Gazeta, jurnallar chop etilishdan to‘xtasa yoki jurnalistlar faoliyati susaysa korrupsiya avj olishi tayin. Ayniqsa sun’iy intellektning media makonga kirib kelishi ham jurnalistlar faoliyatini biroz cheklab qo‘yishi, oqibatda korrupsiya holatlarini aniqlashda bir muncha qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkin.


Jonatan Henik, Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:
Korrupsiya holatlarini aniqlashda jurnalistlarga doim bosimlar bo‘lib kelgan. Lekin tan olish kerakki, ommaviy axborot vositalari har bir davlatning manfaatlari uchun xizmat qiladi. Bu yerga esa aynan ularning manfaatlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirishga ko‘maklashish uchun yig‘ilganmiz.


Xalqaro Media Forum kunning ikkinchi yarmiga qadar davom etadi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🗣INGLIZ TILI O‘QITUVCHISIDA KASBIY KOMPETENTLIK NEGIZI

📝Yetuk mutaxassis aslida yangi-yangi g‘oyalar izlovchi va ularni o‘z tajribasi va kontekstidagi voqelikdan kelib chiqqan holda tanqidiy baholay bilishi lozim! Mutaxassis hayotining muhim bir qismi esa, maqsadi aniq bo‘lgan innovatsiyadir.

Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Kun_hikmati

❗️Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil — muallim, uning tafakkur dunyosidir.
A.Disterveg


🔆Assalomu alaykum, boshlangan haftangiz barokatli bo‘lsin!

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Jarayon

🌏 “Hozirgi notinch va tahlikali dunyodagi voqea-hodisalardan xulosa chiqarib, yurt ozodligini asrash, millat taraqqiyoti uchun kurashish muhim vazifa ekanligini Turkiston muxtoriyati tarixi misolida yaqqol ko‘rsatadi”

Fanlar akademiyasi Tarix institutida institut bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning 2023 – 2024-yillari “Fan” nashriyotida chop etilgan “O‘zbekiston XX asrda” (ikki jilddan iborat), “Turkiston muxtoriyati tarixi" va “O‘zbekiston tarixi” kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Jarayonda akademik va professorlar ushbu kitoblarning yutuqlari, muallifning ko‘zdan qochirgan ba’zi nuqtalarini muhokama qildi. Jumladan, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova “Turkiston muxtoriyati tarixi” kitobi haqida shunday deydi:

“Kitob hozirgi notinch va tahlikali dunyodagi voqea-hodisalardan xulosa chiqarib, yurt ozodligini asrash, millat taraqqiyoti uchun kurashish muhim vazifa ekanligini Turkiston muxtoriyati tarixi misolida yaqqol ko‘rsatadi”.

Muxtasar aytganda, taqdimotdagi fikr-mulohaza, takliflar orqali tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning kelgusi ilm yo‘lidagi rejalari yanada oydinlashtirildi.

📱 Telegram     📱 Instagram
📱 Facebook    📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️ 2024/2025-oʻquv yili uchun respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga kontrakt toʻlashning muddatlari quyidagicha belgilandi:

➖ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi 1-kurslar uchun 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

➖ belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizini 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

☝️ Mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega(ular o‘z tizimidan kelib chiqib muddatlarni o‘zgartirishi mumkin).

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️ Pul bilan mukofotlanadigan olimpiadalar soni 22 tadan 28 taga oshiriladi

4-sentabr kuni prezident maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda quyidagilar nazarda tutilgan:

🔹 qamrovni kengaytirish maqsadida maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish;

🔹 davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik materiallar, dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtirilishi hamda undan bepul foydalanilishi;

🔹 maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida “Bolaning rivojlanish xaritasi”ni yuritish;

🔹 bog‘cha tarbiyachilari uchun malaka kurslari oralig‘ida “Metodik mahorat soati” va “Metodik mahorat kuni” tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, bu yo‘nalishdagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish;

🔹 davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish;

🔹 xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish va terma jamoalarga chet ellik mutaxassislarni jalb qilgan holda xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkazish;

🔹 respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alarni daromad solig‘idan ozod etish.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Bilimlar_kuni

Bugun O‘zbekistonda 700 mingga yaqin o‘quvchi olam-olam orzular bilan ulug‘ maskanga ilk bor qadam qo‘ydi. Birinchi qoʻngʻiroq chalindi va Mustaqillik darslari oʻtildi.
Olmaliq shahridagi 14-maktabda ham bu kunga munosib tayyorgarlik ko‘rilib, jarayon ko‘tarinki ruhda kechdi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📢❗️”MENING TAJRIBAM” tanlovida belgilangan shartlar bo‘yicha quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi

📣Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

MEHRIBON O‘QITUVCHIM

Barcha ustozlarga,
kasbdoshlariga bayram tabrigim!

Tunlari mijja qoqmay,
Hali qush qanot qoqmay,
Uyg‘onadi tong otmay,
Shogirdin o‘ylaguvchim,
Mehribon o‘qituvchim.

Har bir ishi sarishta,
O‘zi misli farishta,
Fidoyi, dilga rishta,
Mehnatdan tolmaguvchim,
Pokdamon o‘qituvchim.

Bo‘yi-basti barvasta,
El uchun kamarbasta,
Ilohim, bo‘lmang xasta,
Halol-u pok yurguvchim,
Sog‘-omon o‘qituvchim.

Qalbi oq, misoli qor,
Dili to‘la iftixor,
Vatan ishqi unga yor,
Xalqiga jon berguvchim,
Fido-jon o‘qituvchim.

Osmondagi to‘lin oy,
Doim go‘zal, xushchiroy,
Beqiyos ma’naviy boy,
Quyoshim-nur sochguvchim,
Onajon-o‘qituvchim.

E’zozdadir kasbingiz,
Shon-u shavkat, nasbingiz,
Qalbimdadir aslingiz,
Yuraklarda qolguvchim,
Kuch-darmon o‘qituvchim.

Bergansiz puxta bilim,
Qutlasam yashnar dilim,
Ta’rifga ojiz tilim,
Siz ziyo taratguvchim,
Nur-iymon o‘qituvchim.

Yangi O‘zbekistonga,
Jannatmakon bo‘stonga,
Dunyolarga dostonga,
Sizdir asos solguvchim,
Qaxramon o‘qituvchim.

Fidokor o‘qituvchim!!!
Bunyodkor o‘qituvchim!!!

Abdurashid ERGASHEV, Asaka tumanidagi 26-maktab
o‘qituvchisi

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

AKADEMIYADA “VATANGA 
QASAMYOD” TADBIRI
O‘TKAZILDI

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga bu yilgi kirish imtihonlari shaffoflik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib, yuqori saviyada o‘tkazildi.


⚡️Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda"

Yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida katta bayram tantanasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, eng aziz va muqaddas bayram bilan mamlakatimiz xalqini tabrikladi.

Mustaqillik bayrami har yili bir-biridan oʻzgacha fayz-tarovat bilan oʻtadi. Bugungi bayram shukuhi ham yaqindagina qoʻlga kiritilgan Olimpiada-2024 muvaffaqiyatlari bilan oʻzgacha kechdi. Xususan, Prezidentimiz ham "Har bir ish, har bir yutuqda istiqlolning buyuk qudrati yorqin namoyon bo‘layotgani, Vatanimiz dunyoga, dunyo esa yurtimizga keng ochilayotganini" ta’kidlab oʻtdi.

Prezident oʻz nutqida yurtimizning barcha sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida soʻzlarkan hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda asosiy e’tibor 5 ta ustuvor yo‘nalishga qaratilayotganini ta’kidladi.

Bular: sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish; biznesni rivojlantirish; korrupsiyadan xoli, adolatli sud tizimini yaratish; sog‘liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash; ekologik barqarorlikni ta’minlash.

– Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir. Shu sababli maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha katta dastur qabul qildik.

Maktablarimizda avvalo ona tili va adabiyotini chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farzandlarimizga chet tillaridan sifatli ta’lim berish maqsadida xorijiy til egalarini olib kelmoqdamiz.

Maktab o‘quvchilari jahondagi ilg‘or tajribalar asosida tayyorlangan zamonaviy darsliklar bilan ta’minlanmoqda,

– dedi Prezident.

Shuningdek, yurtimizda aholi sonining ko‘payib borayotgani ham islohotlarni jadallik bilan amalga oshirishni ham taqazo etishi ta'kidlandi.

– Biz endi 37 millionlik katta xalqmiz. O‘zbekiston hozirgi kunda aholi soni bo‘yicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi.

Bu raqamni islohotlarimiz, mehnatimiz, bilim va qobiliyatimiz bilan katta salohiyatga aylantirishimiz kerak.

Dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklanganini inobatga olib, e’tiborimizni kreativ sohalarga qaratishimiz, ularni jadal rivojlantirishimiz zarur. Jahonda kreativ sanoat mahsulotlari eksportidan yiliga milliardlab dollar daromad topayotgan mamlakatlar ko‘p.

Binobarin, shunday mahsulot ishlab chiqarishga bel bog‘lagan ijodkor ishbilarmonlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni har tomonlama rag‘batlantiramiz,

– dedi Shavkat Mirziyoyev.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     🤖 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ayni vaqtda OAV vakillari Uzreport telekanali tashabusi bilan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Green hills resort va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “BITMAS XAZINA” nomli adabiyot festivaliga yetib keldi.

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📣 DIQQAT: O‘QITUVCHILAR UCHUN TANLOV

➡️Aziz ustozlar! Ish tajribangiz va metodikangizni ommalashtirishni istaysizmi?

➡️Ta'lim jarayonida samaraga erishayotgan dars o‘tish usullaringizni boshqa hamkasblar bilan bo‘lishishni, tajriba almashishni-chi?

➡️"Ma'rifat" gazetasida eng yaxshi dars ishlanma va metodik maqolalaringiz chop etilishini xohlaysizmi?

Unda “Mening tajribam” tanloviga marhamat!
📌O‘zingiz amaliyotda qo‘llagan va samaraga erishgan metodikalarni qanday qo‘llash haqidagi maqolalar
📌  faningizga doir dars ishlanmalar
📌 dars jarayonidan qisqa videoroliklarni bizga yuboring!

"MA'RIFAT"
gazetasi har bir yuborgan ishingizni e'tiborsiz qoldirmaydi. Eng yaxshi maqola,  dars ishlanma va videorolik muallifi "Mening tajribam" tanlovida g‘olib bo‘ladi. G‘olib  pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

O‘tgan mavsumdagi g‘oliblar ro‘yxati mana bu yerda 👇
👉 /channel/marifatziyo/13194
👉 /channel/marifatziyo/13206

O‘z ishlaringizni quyidagi telegram manzillariga yuboring:
@Marifatga_murojaat_bot
yoki @zilola_muhammadali
@fayozafar

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Yiliga 4000 nafar pedagog-kadrlarni qayta tayyorlash markaziga tamal toshi qoʻyildi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog-kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish loyihasiga start berildi.
❇️ Ushbu loyihaga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi(KOICA) Prezidenti Chang Von Sam tomonidan tamal toshi qo‘yildi.

Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 500 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, yiliga 4000 nafar pedagoglar malakasini oshirishga mo‘ljallangan markaz faoliyat boshlaydi.


Mazkur loyiha ishga tushishi natijasida:

❇️ erta yoshda ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash;
❇️ shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv dasturlari bo‘yicha tayyorlangan pedagoglar sonini ko‘paytirish;
❇️ maktabgacha ta’lim sifatini oshirish kabi ko‘rsatkichlarda sezilarli natijalarga erishish kutilmoqda.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🎓 Yangi o‘quv yili – yangi bilim va yuksak maqsadlar muqaddimasi

Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

➡️ Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Iqtisodchi Otabek Bakirov o‘qituvchi qanday daromadlarini oshirishi mumkinligi haqidagi g‘oyasiga nima deysiz, fikrlaringizni yozing.

Podkastni to‘liq ko‘rish

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Yangiyo‘l tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak –vatanmiz" shiori ostida mustaqillik darslari tashkil etildi.

Umid AMINOV,

Yangiyo‘l tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi o‘qituvchisi

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Maktablarda laborant lavozimi tugatildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 30-avgustdagi buyrug‘i bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra:

sinflar soniga qarab “kutubxonachi” shtatini ajratish amaliyoti bekor qilinadi hamda barcha maktablarda “Kutubxona mudiri” (1 shtat birligi) lavozimi ajratiladi;

psixolog lavozimi maktabdagi oʻquvchilar soni 1500 nafargacha boʻlganda 1 birlik, 1500 nafardan ortiq boʻlganda 2 birlikdan shtat ajratiladi;

laborant lavozimi tugatilib, laboratoriya xonasi mavjud boʻlganda fizika yoki kimyo fani oʻqituvchisidan biriga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     🤖 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Moskva shahrida XXIV xalqaro Pushkin tanlovi laureatlari uchun dasturning birinchi kuni yakunlandi


Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi raisi, “Российская газета” bosh muharriri o‘rinbosari Yadviga Yuferova moderatorlik qilgan davra suhbatida ekspertlar rus tilining jahondagi o‘rnini muhokama qilishdi.

Dastur rossiyalik yozuvchilar Pavel Basinskiy va Mixail Vizel bilan ijodiy uchrashuv tarzida davom etdi. Shundan so‘ng laureatlar Moskva markazining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️ “Faslning eng yaxshi ijodkori” tanlovining yoz fasli g‘oliblari aniqlandi

Batafsil ro‘yxat bilan yuqoridagi rasmlar orqali tanishishingiz mumkin.

👏 G‘olib bo‘lgan mualliflarni tahririyat nomidan muborakbod etamiz!


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

➡️TA’LIM SIFATINI OSHIRISH – BOSH VAZIFAMIZ

Yangi o‘quv yilidan yosh hamda iqtidorga qarab 16 ta guruhda  ta’lim-tarbiya olayotgan 450 nafar kichkintoylarning nutq, san’at, rassomchilik, sport, qo‘l mehnati, o‘qish va yozish bilan shug‘ullantirish, bilimlarini oshgirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️ Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berish boshlandi

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

☝️ Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

👉 Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 4-sentabr kungi sonida:

👉 Maktabgacha va maktab ta’limi: islohotlar qanday natija bermoqda?
👉 Qullik sarhadlarida – 5 yoxud internetning turfa qurbonlari
👉 Pedagog emas, fasilitator bo‘lishi kerak
👉 Vaymardan maktub!
👉 Zamonaviy darslik va qo‘llanmalar qanday bo‘lishi kerak?
👉 Urgutliklar (tarixiy hujjatli kichik qissa)
👉 Shaharda nimadir bor edi…


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

‼️ SSV maktab oshxonalarida tayyorlash va sotish taqiqlangan oziq-ovqatlar ro‘yxati haqida maʼlumot berdi. Bular:

🍔 go‘sht qo‘shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);

🍭 sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar, bo‘yoqlar, aromatizatorlar qo‘shilgan qandolat mahsulotlari;

🍿 sun’iy konservantlari bo‘lgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;

🥤 rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;

🍗 veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;

🥚 tashqi qavati toza bo‘lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;

🫙 bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o‘zgargan, yorlig‘i bo‘lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har xil turdagi konservalar;

🍡 turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;

🎂 kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);

🫘 xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog‘idan tayyorlangan hamda kalla go‘shti ruletlari, o‘pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;

🍶 pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo‘lbola qatiq, epizootik noxush xo‘jaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo‘lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;

🍄 qo‘ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;

🫗 kvas;

🍤 xom dudlangan go‘shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;

🌶 sirka, xantal, xren (yerqalampir), o‘tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o‘tkir ziravorlar;

🍾 o‘tkir ta’mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;

🧋tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;

🧉 pazandalik moylari, cho‘chqa yog‘i, margarin va boshqa gidrogen yog‘lar;

danakli mevalarning mag‘zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);

🍳 okroshka va sovuq sho‘rvalar, yog‘da qovurilgan tuxum, pashtet, go‘sht va tvorogli quymoqlar;

🥡 tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️So‘rovnomaga ovoz berish o‘z nihoyasiga yetdi.

Читать полностью…
Подписаться на канал