marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

‼️ Diqqat ‼️

So‘rovnomaga ovoz berish jarayonlari bugun 23:59 ga qadar davom etadi. Undan keyin berilgan ovozlar soni hisobga olinmaydi!

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🎥 “Mening tajribam” tanlovida yoz fasli uchun yuborilgan videoroliklar:

1. Aylana yordamida naqsh chizish— Gulsara AXROROVA,
Mirzaobod tumanidagi
1-maktab o‘qituvchisi;

2. Ona tili darsida “Tovush va harflar” mavzusini mustahkamlashMuhabbat ALIMOVA, Uchquduq tumanidagi 20-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

3. Rus tili darsiNafisa ABDULLAYEVA, Buxoro tumanidagi 2-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

4. Darsni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash o‘quvchilarning darsga qiziqishini orttiradiHafiza KUBAYEVA, Jizzax viloyati Forish tumanidagi 15-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

5. Karra jadvalini pazl orqali mustahkamlab olish o‘yiniZarina DAVRONOVA, Vobkent tumanidagi 35-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

6. Dars jarayonida harakatli oʻyinlardan foydalanish o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada orttiradiOybek HUSANOV, Uchtepa tumanidagi 228-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi;

7. Matematika darsiNodira USMONOVA, Uchtepa tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

8. Ingliz tili darsiMarjona RAHMONOVA, Buxoro tumanidagi 16-maktabning ingliz tili oʻqituvchisi;

9. 5-sinf Matematika fanidan “Burchaklar” mavzusini o‘yin usulida mustahkamlash darsiFeruza SALAMOVA, Payariq tumanidagi 71-maktabning matematika fani o‘qituvchisi;

10. Darsdan tashqari mashg‘ulotSurayyo QOBILOVA, Andijon shahridagi 5-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

11. Matematika dars mashg‘ulotida “Kim chaqqon?” metodi orqali ko‘paytirish jadvalini mustahkamlashO‘g‘iloy MAVLONOVA, Xovos tumanidagi 18-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

12. Tasviriy san’at darsini qiziqarli tashkil etishMuhabbat JUMAYEVA, Zarafshon shahridagi 13-IDUMning tasviriy san’at fani o‘qituvchisi;

13. Darsni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash o‘quvchilarning darsga qiziqishini orttiradiMAHBUBA NURMATOVA, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 14-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

14. “Tabiat qoʻynida dars juda qiziq oʻtadi”Kamola TO‘XTAYEVA, Chirchiq shahridagi “YUKSALISH”
maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi;

15. “Kub yoyilmasi” mavzusi (58-bet)dagi 3-topshiriqni o‘quvchilar tomonidan qanday bajarilishiYulduz MUSAYEVA, Kattaqoʻrgʻon shahridagi 15-maktabning 3-“A” sinf o‘quvchilari;

16. Enerjayzer mashg‘ulotlari har qanday o‘quvchiga qaymoqdek yoqadi. Darsni boshlab olish uchun ajoyib mashg‘ulotNafisa ORTIQOVA, Uchko‘prik tumanidagi 29-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi.

❗️Videolarni ko‘ring va o‘zingizga maʼqul bo‘lgan rolik uchun quyidagi so‘rovnomada ovoz bering. 👇

‼️ Kuzatuvchilar va mualliflardan ovoz berish jarayonida haqqoniylikka amal qilishlarini so‘raymiz! Bot ulash va shunga o‘xshash nohaqlik yo‘llari bilan ovoz to‘plagan qatnashchilar tanlovdan chetlashtiriladi!

❗️ Ovoz berish jarayonlari 31-avgust 23:59 ga qadar davom etadi. Undan keyin berilgan ovozlar soni hisobga olinmaydi!

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     🤖 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Fakt

Bill Geyts bitta ham chet tilini bilmaydi va u ta'm ham sezmaydi Shunga qaramay u dunyondagi eng boy inson.

Kuningiz yaxshi o‘tsin!


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Maktab formasi bo‘yicha talablarni kim belgilaydi?

Ushbu savolga matbuot anjumanida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova javob berdi.

“Bugungi kunda maktab formasi bilan bog‘liq masalalar ko‘p muhokama qilinmoqda. Bilamizki, oʻquvchilarning maktab formasi va uni kiyishga boʻlgan yagona talablar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qarori bilan tartibga solingan.
Shuningdek, vazirlikning 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi bilan oʻquvchilarini kiyinish madaniyati boʻyicha oʻz tavsiyalarini barcha maktablarga yetkazgan va shu asosida ular tomonidan ichki tartib-intizom qoidalari ishlab chiqilgan”,

degan vazir.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Super-kontrakt narxlari tasdiqlandi

Ushbu miqdorlarni havoladagi bazaviy kontrakt summasiga ko‘paytirgan holda super-kontrakt narxini hisoblash mumkin.


Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini
2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirmaga ega bo‘lishadi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Matbuot_anjumani

“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani jarayonlaridan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🚌 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Bu 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilangan.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Yoshlar ishlari agentligining anjumanlar zalida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” bosh g‘oyasi ostida “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Bu yil tanlovning respublika bosqichiga 7 nominatsiya bo‘yicha 300 nafardan ortiq ijodkordan, 2100 dan ortiq ijodiy ishlar qabul qilingan bo‘lib, e’tiborli jihati, “Internet jurnalistikasi” nominatsiyasida bu yil o‘tgan yilgiga nisbatan 2
barobar ko‘p – 70 ga yaqin jurnalistlar 500 ga yaqin turli janrda e’lon qilingan ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimida jurnalistlar, shoir va yozuvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

ADOLATLI DARS TAQSIMOTI QANDAY BO‘LISHI KERAK?

Avgust – o‘qituvchilar uchun yangi rejalar, taraddud, hayajon va hatto ziddiyatlarga boy kunlar demakdir. Chunki har o‘quv yili oldidan bo‘ladigan dars taqsimoti jarayoni ko‘plab tushunmovchiliklar, muammo-yu savollarni keltirib chiqaradi. Ammo tizim va qonunlar, qoidalar to‘g‘ri ishlagan joyda hech qanday kelishmovchiliklarga o‘rin yo‘q. Bu jarayonda, albatta, ta’lim muassasalari rahbarlaridan qonun-qoidalardan xabardorlik va adolat talab etiladi.

▶️ Batafsil ◀️

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Farmondan_eslatma

Gazetalar sharhi kanalining yozishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 11-mayda PF-134-sonli farmoni tasdiqlangan.

Мilliy dasturga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi obuna uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida har bir maktabni

“Ma'rifat”, “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!”gazetalari, “Xalq ta’limi”, “Til va adabiyot taʼlimi”, “Boshlang‘ich ta'lim”, “G‘UNCHA”, “GULXAN”

jurnallari bilan ta’minlashlari zarur deyiladi xabarda.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘QUVCHINI JAZOLASHNING DUNYO TAJRIBASI

🇺🇸 AQSH

Eng dahshatli jazo — bu darslarga borishni taqiqlash. Amerikada maktab o‘quvchisi uchun bu fojia. Chunki yomon baho olganlar keyingi yilga qoldirib yuboriladi. Baholar esa kompyuter dasturi yordamida qo‘yiladi. Jiddiy maktab qoidabuzarliklari bilan politsiya va sud tizimi shug‘ullanadi.


🇯🇵 Yaponiya

Yaponlar bolani kichik yoshidan mehnatga o‘rgatadi. Sinfxonalar va maktab hovlisiga qo‘shib hojatxonani ham o‘zlari tozalaydi. Maktablarda intizomga qat’iy rioya qilinadi. Kech qolish, bo‘yanish yoki formasiz darsga kirish jismoniy mehnat yoki darra bilan jazolanadi.


🇩🇪 Germaniya

O‘quvchi darsdan  qochsa, voyaga yetmaganlar xizmati aralashadi. Agar ta’lim intizomi buzilgan bo‘lsa, maktab ma’muriyati poli
t
siyaga xabar beradi. Oyiga 3 kundan ortiq sababsiz dars qoldirganlarga 1000–2500 yevro jarima solinadi.


🇰🇷 Janubiy Koreya

O‘qituvchi itoatsiz o‘quvchilarni jismoniy jazolash huquqiga ega. Masalan, kaftlarga kaltak bilan urishi mumkin. Buning uchun ota-onalar hech qanday e’tiroz bildira olmaydi.


🇬🇧 Buyuk Britaniya

Dars paytida o‘quvchilarni maktab hududidan chiqarish taqiqlanadi. Faqat ota-onalar yoki kuratorning yozma iltimosi bilan ruxsat etiladi. Shu bilan birga, ota-onalar o‘z farzandini maktabdan olib ketgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Agar jarima 28 kunda to‘lanmasa, jinoiy javobgarlikkacha boradi.


🇫🇷 Fransiya

Agar o‘quvchi oyda to‘rt martadan ko‘p dars qoldirsa 150 dollargacha jarima solinishi mumkin. Agar o‘qishni qoldirish bolaning ta’limiga ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ota-onalar 2 yillik qamoq jazosi va 33 ming dollardan ortiq miqdorda jarimaga tortiladi.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿🇰🇬 “Ikki qardosh – jon qarindosh”

So‘nggi yillarda yurtimizda jadidlarga bo‘lgan e’tibor, qo‘shni davlatlar bilan adabiy aloqalarni abadiy yo‘lga qo‘yish bo‘yicha katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning misoli sifatida Abdulhamid Cho‘lpon jamoat fondidagi keng ko‘lamli ishlarni aytish mumkin.

Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️Bolani maktabga tayyorlash necha pulga tushadi?

Infografika Toshkent do‘konlari narxlari asosida tuzilgan.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#shaxmat

Kattaqo‘rg‘on tumani Enamyaxshi qishlog‘ida joylashgan “Village school” MTT “Ochil bobo” II xotira turniri shaxmat musobaqasida mezbonlik qildi.
Musobaqa 6–9 va 10–12 yosh o‘smirlarni bir maslak – g‘alaba uchun jamladi.
Batafsil👇
🎯“Ma’rifat” gazetasining 21-avgust, chorshanba sonida o‘qing!


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🎗 Prezident 37 nafar tadbirkorni “Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Kelajak bunyodkori”, “Shuhrat” medallari bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Maktablarda “Huquqiy sinf”lar tashkil etiladi

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi;
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi;
maktablarda huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
o‘quvchilar o‘rtasida “Huquqshunos bilimdon” olimpiadasi va huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkaziladi;
“Huquqiy sinf”ga davlat va huquq asoslari faniga qiziqqan 8-sinf o‘quvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrug‘i bilan o‘tkaziladi;
“Maktab – litsey – texnikum – OTM” uzluksiz ta’lim tizimi bo‘yicha akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (ikki yillik o‘qish davrida har o‘quv yilining yakuniy baholari “a’lo” va “yaxshi” bo‘lgan) bitiruvchilar 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri (to‘lov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     🤖 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

‼️ Diqqat ‼️

Adolatlilik va shaffoflikni taʼminlash uchun “Mening tajribam” tanloviga yuborilgan videoroliklar orasidan g‘olibni ovoz berish yo‘li orqali aniqlashga qaror qildik.

☝️ Biz quyida har bir videoni mualliflarini keltirgan holdagi ro‘yxatini joylaymiz. Siz esa ularning har birini ko‘rib chiqqan holda o‘zingizga maʼqul kelganiga sahifamizda o‘tkaziladigan so‘rovnoma orqali ovoz berishingiz mumkin.

‼️ Kuzatuvchilar va mualliflardan ovoz berish jarayonida haqqoniylikka amal qilishlarini so‘raymiz! Bot ulash va shunga o‘xshash nohaqlik yo‘llari bilan ovoz to‘plagan qatnashchilar tanlovdan chetlashtiriladi!

❗️ Ovoz berish jarayonlari 31-avgust 23:59 ga qadar davom etadi. Undan keyin berilgan ovozlar soni hisobga olinmaydi!

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️ Maktabgacha taʼlim tashkilotiga direktor tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi

Hukumatning 27-avgustdagi qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha taʼlimi tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kursida oʻqitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi etiladi.

2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.

✔️ Bunda tashkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud boʻlgan va ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     🤖 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Bilib_oling

Ba’zan bir gapdan ikki-uchta so‘zni olib tashlasangiz ham mazmun mutlaqo o‘zgarmaydi. Bu — tahrir ilmining bir jihati. Misol uchun:

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning mamlakatimizga amalga oshirgan ikki kunlik davlat tashrifi o‘z yakuniga yetdi.

👆


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Hilola UMAROVA: “6000 nafardan ziyod oʻqituvchi 1000$ maosh olyapti”

Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va vazirlikning barcha viloyat boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda. Poytaxtimizdagi 298-umumta’lim maktabida tashkil etilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusidagi ushbu matbuot anjumanida jurnalistlar oxirgi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ma’lumotga ega boʻlish bilan birga, sohada hali yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan ham savollarga javob oldilar.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 28-avgust kungi sonida:

👉 Tarix fanini o‘qitishga qo‘yiladigan bugungi talablar
👉 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki hisoblash qobiliyatini qanday rivojlantirish mumkin?
👉 “Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur”
👉 Ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini qanday o‘stirish mumkin?
👉 Buxoro-Samarqand musiqa uslubi haqida tushuncha (sozanda san’ati)
👉 Tabiiy fanni o‘quvchi ko‘z o‘ngida jonlantiraylik
👉 Olis-olislardagi orzular
👉 Darslar qiziqarli o‘tsin desangiz...


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#E’lon

Hurmatli ota-onalar! Aziz ustozlar!

📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yangi — 2024/2025-oʻquv yili davomida oʻquvchilarni darsliklar bilan toʻliq taʼminlash va ushbu yo'nalishdagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida har bir hudud uchun maxsus bot manzillari ishga tushirildi.

Agar siz darsliklarni yetkazib berishda muammoga duch kelsangiz, hududlar kesimida tashkil etilgan quyidagi botlar orqali o‘z murojaatingizni qoldirishingiz mumkin:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi:@Qrmshmbministrligisabaq_bot

📍Andijon viloyati: /channel/andijondarslikbot

📍Buxoro viloyati:/channel/Buxoro_viloyati_MMTB_darslik_bot

📍Farg‘ona viloyati: @Fardarslikmurojaat2024bot

📍 Namangan viloyati: @Namangandarslik_murojat_bot

📍Samarqand viloyati: http://t.me/Samdarslikhubbot

📍Navoiy viloyati: @Navdarslikmurojaat2024_bot

📍Jizzax viloyati: /channel/Jizzaxdarslikmurojaat_bot

📍Qashqadaryo viloyati: /channel/Qashqadaryodarsliklarbot

📍Surxondaryo viloyati: @Surxon_darslikBot

📍Sirdaryo viloyati: /channel/Sirdaryodarslikbot

📍Xorazm viloyati: /channel/Xorazmdarslikmurojaat_bot

📍Toshkent viloyati: /channel/Toshvildarslikmurojaatbot

📍Toshkent shahri: /channel/toshkentshahardarslik_bot

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

750 oʻringa moʻljallangan TTJ foydalanishga topshirildi

Chirchiq davlat pedagogika universitetida  yangi o‘quv yili arafasida 750 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib oʻtdi.

Zamonaviy talablarga javob beruvchi ushbu talabalar turarjoyida o‘quv zallari, amfiteatr, kutubxona, sport majmuasi, inklyuziv va psixologik ko‘mak olish xonalari, dam olish  maydonchalari, tikish va bichish uchun mo‘ljallangan xonalar mavjud. Yuqori sifatdagi xavfsizlik talablariga javob beruvchi ushbu talabalar turarjoyi yoshlar uchun faol va foydali ijtimoiy muhitga ega. Dam olish va darsdan boʻsh kunlarini samarali oʻtkazish uchun Radio, karaoke ham mavjud.
 
41 milliard so‘m evaziga bunyod etilgan ushbu TTJ 50% universitet hisobidan va 50% subsidiya hisobiga qad rostlagan. 750 oʻringa ega yotoqxona 60% ehtiyojmand talabalarni turar joy bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Markaziy Osiyo ovozi: milliy 
makondan mintaqaviy makon sari”

Bugun shu mavzuda davra suhbati O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) xalq diplomatiyasi markazi, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi, O‘zbekiston milliy media birlashmasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 21-avgust kungi sonida:

👉 “O‘tkan kunlar” muallifi kim?
👉 Adolatli dars taqsimoti qanday bo‘lishi kerak?
👉 Iqtibos keltirishni unutmang!
👉 Qullik sarhadlarida ─ 4 yoxud suratbozlik vasvasasi
👉 Yosh rahbarga eslatmalar
👉 “Elektromobil” mavzusi va kelishiklar
👉 “Hunarim menga halovat baxsh etadi”
👉 Navoiyning shaxsiy kutubxonasi haqida
👉 Omonat dunyoning omonatlari
👉 Oltin avlod izidan…


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Muallim_millatning_yuzi

📚

Ustoz-muallimsiz qolganda zamon,
Nodonlikdan qaro boʻladi zamon.

Abdurahmon Jomiy


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Qiziqarli_fakt

🤷‍♂

Ma'lumotlarga ko‘ra XXI asrda inson o‘zining 20% hayotini reklama roliklari, bannerlar va boshqa turdagi reklamalarni ko‘rishga sarflar ekan!


📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️ Magistratura mandati 20-avgustga qadar e’lon qilinadi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda O‘zA maʼlum qildi.

2024-2025 yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko‘rib chiqilishi asosida saralanadi.

Maʼlumot uchun, bakalavr bo‘yicha mandat 17-avgustga qadar eʼlon qilinishi kerak.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan prezident qator tadbirkorlarni “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Farmoyish bilan 104 nafar tadbirkor taqdirlanmoqda.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…
Подписаться на канал