“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 14-avgust kungi sonida:
👉 Iyundagi dars taqsimoti yoxud yangi o‘quv yiliga tayyorman...
👉 “Beshbarmoq – 2” “Maktab hayoti” turkumidan
👉 Arifmetik va geometrik progressiyalar mavzusiga doir tarixiy masalalar va tarixiy ma’lumotlar
👉 Bu shirin tashvish!
👉 O‘quvchingiz kreativ bo‘lishi uchun...
👉 Bolaning to‘g‘ri kasb tanlashi kimga bog‘liq?
👉 Topqirlik, tezkorlik, zukkolikni oshiramiz!
👉 Kreativ fikrlashga doir metodikalar
👉 Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar faolligini oshirish
👉 Ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy usullari
👉 Tashlaysan, yashaysan!
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Ingliz tilini o‘rganamiz
📷 Sovrindorlarni kutib olish marosimidan lavhalar
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
O‘qituvchilar oyligi 1-oktabrdan oshiriladi
Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq budjet tashkilotlarida ishlovchi maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Mening_tajribam_tanlovi
Aylana yordamida naqsh chizish
Matematika darsida "Aylana yordamida naqsh chizish" mavzusidagi 1-topshiriqni bajarish jarayoni
Gulsara AXROROVA,
Mirzaobod tumanidagi
1-maktab o‘qituvchisi
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ O‘qishni ko‘chirish sinovlarida 44 mingga yaqin talabgor qatnashadi
2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.
Shundan:
– Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan – 33 255 nafar;
– Xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan — 657 nafar;
– Xorijiy davlatlarning OTMlaridan – 9 970 nafar.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Mening_tajribam_tanlovi
Ona tili darsida "Tovush va harflar" mavzusini mustahkamlash
Muhabbat ALIMOVA,
Uchquduq tumanidagi 20-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅ Dars taqsimoti mavzusidagi ovozli chatimizga kira olmaganlar efirning yozib olingan audiosini tinglab, bemalol savollariga javob olishlari mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
📣 Dars taqsimoti mavzusidagi ovozli chat boshlanishiga yarim soat qoldi. Maktabingizda dars taqsimoti bilan muammoga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki adolatli dars taqsimoti qanday tamoyillarga asoslangan holda bo‘lishini bilib olmoqchi bo‘lsangiz, albatta jonli efirda ishtirok eting!
✅ Mavzu yuzasidan savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi bosh mutaxassisi Farruxjon URUNOV javob beradi.
➡️ Ovozli chatda ishtirok etish ⬅️
🔍 Yosh tarixchilarning 3-yozgi oʻqishlari
Bugun Tarix institutining Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Yosh tarixchilarning 3-yozgi oʻqishlari” yuzochdisi boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizning turli viloyatlaridan yosh tarixchilar, Turkiyaning Pamukqalʼa universiteti rektori boshchiligidagi tadqiqotchilar va Najmiddin Erbaqon universitetining tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Ochilishda soʻzga chiqqan Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo mazkur yozgi oʻqishlardan koʻzlangan bosh maqsad, yurtimizdagi yosh tarixchilarni birlashtirib Oʻzbek davlatchiligi tarixini tadqiq etishni yangi bosqichga olib chiqish va yosh avlodni vatanparvar qilib tarbiyalashda tarixning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shundan soʻng, Pamukqalʼa universiteti rektori, professor Ahmet Qutluhon soʻzga chiqib, bu hamkorliklarni qoʻllab-quvvatlash, ikki davlat tarixchi olimlari ishtirokida ilmiy loyihalarni yanada kengaytirish haqida gapirdi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Sport turlari bo‘yicha
Sportchilarimiz jami 8 sport turi bo‘yicha medallarga sazovor bo‘lgan.
Boks
🥇10 oltin — 🥈2 kumush — 🥉8 bronza
Erkin kurash
4 — 3 — 4
Taekvondo
2 — 1 — 0
Og‘ir atletika
2 — 1 — 0
Dzyudo
1 — 2 — 7
Grek-rim kurashi
1 — 0 — 1
Sport gimnastikasi
0 — 0 — 1
Batutda sakrashЧитать полностью…
0 — 0 — 1
O‘ZBEKISTON MEDALLARI
8 oltin medal qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston uchun sakkizinchi olimpiada medallar borasida mutlaq rekord darajada bo‘ldi: 🥇8 oltin, 🥈2 kumush, 🥉3 bronza!
1996 — 2024-yillarda 8 ta olimpiadada sportchilarimiz olgan medallar:
🥇20 oltin;
🥈9 kumush;
🥉22 bronza.
Atlanta — 1996 (0-1-1)
Armen Bagdasarov — 🥈kumush (dzyudo);
Karim To‘laganov — 🥉bronza (boks).
Muhammadqodir Abdullayev — 🥇oltin (boks);
Artur Taymazov — 🥈kumush(erkin kurash);
Sergey Mixaylov — 🥉bronza(boks);
Rustam Saidov — 🥉bronza(boks).
Artur Taymazov — 🥇oltin (erkin kurash);
Aleksandr Dokturishvili — 🥇oltin (grek-rim kurashi);
Magomed Ibragimov — 🥈kumush (erkin kurash);
Bahodir Sultonov — 🥉bronza(boks);
O‘tkirbek Haydarov — 🥉bronza(boks).
Artur Taymazov — 🥇oltin (erkin kurash);
Soslan Tigiyev — 🥈kumush (erkin kurash);
Abdulla Tangriyev — 🥈kumush (dzyudo);
Rishod Sobirov — 🥉bronza (dzyudo);
Anton Fokin — 🥉bronza (sport gimnastikasi);
Yekaterina Xilko — 🥉bronza (batutda sakrash).
Artur Taymazov — 🥇oltin (erkin kurash);Читать полностью…
Rishod Sobirov — 🥉bronza (dzyudo);
Abbos Atoyev — 🥉bronza (boks).
Oltinchi oltin medal!
Razambek Jamalov Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
G'alabaaaaa!
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev boks bo‘yicha yozgi olimpiya o‘yinlari g‘olibi!
O‘zbekiston hisobidagi oltinlari soni 4 taga yetdi!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🥇 IKKI BOR OLIMPNI — QUCHDING HASANBOY
Osuda yarim tun, lek barcha uyg‘oq,
O‘zbekiston uyg‘oq, his-tuyg‘u qaynoq.
Tilak bir, niyat bir, qor kabi oppoq,
Qo‘l ochgan duoga, barcha hoynahoy:
"Gʻalaba sen bilan, bizning HASANBOY".
Raqibingga qo‘ymay hech bir shubha-o‘y,
Ayni payti, o‘zni, bir ko‘rsatib qo‘y,
Tantana boshlanar, Yurtda katta to‘y,
Tan bersin keng jahon, ham "Rolan" saroy,
Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a HASANBOY!
RIO ham tan bergan, raqiblaring ham,
Senga qoyil qolar, bugun keng olam,
Ota-onang deydi: “Kam bo‘lma, bolam",
Parij o‘yga botgan, silkinar saroy,
Chempion bo‘lasan, bizning HASANBOY!
Mana, jang boshlandi, sen o‘sha-o‘sha,
Mardonovor yurish, yutuqqa tashna.
Kuchli zarbalar ber, qadamni tashla,
Har bitta yurishing uslublarga boy,
Kam bo‘lma, ofarin, yasha HASANBOY!
Final bu o‘zga jang, mardlar maydoni,
Kuchli zarbalaring quvonchning oni,
Senda jo‘sh urmoqda o‘zbekning qoni,
Lol Farang, lol Parij, Luvr uzra oy,
Gʻolib suppasida, sensan HASANBOY!
Vatanga keltirding katta sharaf-shon,
Sen asli azaldan, yurtga fido-jon,
Xalqimiz kutmoqda, kutar Andijon,
Sen g‘urur, sen ishonch, sen ma’naviy boy,
Kam bo‘lma, CHEMPION, bizning HASANBOY!
Vatanim bayrog‘i bunchalar xushro‘y,
Madhiyam yangrasa, yurtda bo‘lar to‘y,
Ollohning yo‘lida so‘yilajak qo‘y,
Yurtda to‘y bayrog‘in tutding, HASANBOY!
Ikki bor OLIMPNI quchding, HASANBOY!
Chempionga sovg‘a o‘rnida.
Abdurashid ERGASHEV,
Asaka tumanidagi 26-maktab oʻqituvchisi
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
O‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan talabalar arizalarini 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
✖️15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
❗️Eslatma o‘rnida, bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️1-SENTABRDAN OYLIKLAR 15% OSHADI.
Batafsil videoda.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️ O‘zbekistonlik olimpiada o‘yinlari sovrindorlari Vatanga yetib keldi
Sportchilarimiz aeroportda hukumat vakillari, oila aʼzolari va jurnalistlar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
✅ Maʼlumot o‘rnida, olimpiadada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga 8 ta Tahoe (oltin sohiblariga) hamda 5 ta BYD Song Plus Champion (kumush va bronza sohiblariga) avtomobillari sovg‘a qilinmoqda.
Shuningdek, g‘oliblar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi:
🥇200 ming dollar;
🥈100 ming dollar;
🥉50 ming dollar.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili 4-sentabr kunidan boshlanadi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❓ Ikkinchi toifaga ega bo'lgan stajyor-o'qituvchilar ham kasbiy sertifikat olishi kerakmi?
Savol: Birinchi yil ishga kirib, navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tgan va ikkinchi toifani olgan stajyor-o'qituvchilar kasbiy sertifikat imtihoniga ham qatnashishi kerakmi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentga ko‘ra stajyor o'qituvchi — davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma'lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.
Mazkur reglamentda kimlar
sertifikat olishga jalb etilmasligi belgilangan?
Unga koʻra:
• fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
• magistrlik darajasiga ega mutaxassislar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g‘risidagi nizomga ko‘ra ilgari attestatsiyadan o'tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy ta'lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so'ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o'tkaziladi.
Ammo pedagog kadrlar o'z xohishiga ko'ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tkazilishi mumkin. Agar stajyor-o'qituvchilar navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tib, ikkinchi malaka toifani olgan bo‘lsa ham, bu toifa kasbiy sertifikat o'rnida o'tmaydi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, navbatdan tashqari attestatsiyadan o'tgan va ikkinchi malaka toifani olgan stajyor-o'qituvchilar ham kasbiy sertifikat imtihoniga jalb qilinadi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullarining bildirishicha, navbatdan tashqari attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan stajyor-oʻqituvchilar ham kasbiy sertifikat imtihoniga jalb qilinadi degan xulosaga kelgandi. Keyinchalik malaka toifasiga ega bo‘lgan
pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilmaslik bo‘yicha tegishli hujjatlarga o'zgartirishlar kiritiladi. Amaldagi hujjatda esa mazkur qoida nazarda tutilmaganligi sababli, hozircha malaka toifasiga ega bolgan stajyor-o'qituvchilar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo'ladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
📣Hurmatli ustozlar!
❔Dars taqsimotiga oid savollaringizni @Shahnoza_1727 ga yuboring. Savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislaridan javob olinib, “Ma’rifat” gazetasining keyingi sonlarida e’lon qilib boriladi!
📘“Ma’rifat” gazetasi murojaatlaringizni befarq qoldirmaydi! Yangi o‘quv yili oldidan gazetamizga obuna bo‘lishni unutmang!
🔄@marifatziyo kanalimizga qo‘shiling va ta’limga oid eng qaynoq yangiliklardan xabardor bo‘ling!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda
Ayni vaqtda umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun joriy etilayotgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Matbuot anjumanini «Uzreport TV» telekanali hamda quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.
Jonli efir
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️Diqqat!
12-avgust kuni soat 11:00 da dars taqsimoti masalasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Ma’rifat” gazetasi hamkorligida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.
Mavzu yuzasidan savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi bosh mutaxassisi Farruxjon URUNOVdan javob olinadi.
✅ Dars taqsimotiga oid savollaringizni @Shahnoza_1727 ga yuboring (bir xil mazmundagi savollar takrorlanmasligi uchun ko‘rib chiqiladi, muddat – 7-avgustga qadar)!
☝️ Shuningdek, savollarini 7-avgustga qadar yubora olmagan o‘qituvchilar ovozli chat mobaynida mutaxassisga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
VATAN BAYROGʻI...
Parij-2024 Olimpiadasi chempionlariga
Hilpiraysan ko‘rsatib chiroy,
Ma’naviyat, qadriyatga boy,
Senda aksin ko‘rar yangi oy,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!
Qator yulduz yarashgan xoling,
Ikki daryo qosh-u hiloling,
Oyning nuri shonli iqboling,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!
Sohibqiron hikmati senda,
Manguberdi xislati senda,
Shayx Kubroning qismati senda,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!
El-u yurtga tug‘rosan, tug‘san,
Buyuk urug‘, noming ulug‘san,
Keng dunyoga ketgan dovrug‘san,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!
O‘zbekiston — mangu sharaf-shon,
Hilpirayver, ko‘rk olar osmon,
Sen baxtimga berilgan imkon,
Mangu yasha, Vatan bayrog‘i!
Abdurashid Ergashev
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Rio-de-Janeyro —2016 (4-2-7)
Hasanboy Do‘smatov — 🥇oltin (boks);
Shaxobiddin Zoirov — 🥇oltin (boks);
Fazliddin G‘oyibnazarov — 🥇oltin (boks);
Ruslan Nuruddinov — 🥇oltin (og‘ir atletika);
Shahram G‘iyosov — 🥈kumush (boks);
Bektemir Meliqo‘ziyev — 🥈kumush (boks);
Murodjon Ahmadaliyev — 🥉bronza (boks);
Rustam To‘laganov — 🥉bronza (boks);
Diyorbek O‘rozboyev — 🥉bronza (dzyudo);
Rishod Sobirov — 🥉bronza (dzyudo);
Ixtiyor Navro‘zov — 🥉bronza (erkin kurash);
Magomed Ibragimov — 🥉bronza (erkin kurash);
Elmurad Tasmuradov — 🥉bronza (grek-rim kurashi).
Bahodir Jalolov — 🥇oltin (boks);
Ulug‘bek Rashidov — 🥇oltin (taekvondo);
Akbar Jo‘rayev — 🥇oltin (og‘ir atletika);
Davlat Bobonov — 🥉bronza (dzyudo);
Bekzod Abdurahmonov — 🥉bronza (erkin kurash).
Diyora Keldiyorova — 🥇oltin (dzyudo);Читать полностью…
Ulug‘bek Rashidov — 🥇oltin (taekvondo);
Razambek Jamalov — 🥇oltin (erkin kurash);
Hasanboy Do‘smatov — 🥇oltin (boks);
Abdumalik Xalokov — 🥇oltin (boks);
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — 🥇oltin (boks);
Lazizbek Mullajonov — 🥇oltin (boks);
Bahodir Jalolov — 🥇oltin (boks);
Akbar Jo‘rayev — 🥈kumush (og‘ir atletika);
Svetlana Osipova — 🥈kumush (taekvondo);
Muzaffarbek To‘raboyev — 🥉bronza (dzyudo);
Alisher Yusupov — 🥉bronza (dzyudo);
G‘ulomjon Abdullayev — 🥉bronza (erkin kurash).
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshall Cavendish Education” xalqaro ta’lim tashkiloti dasturi asosida o‘tkazilayotgan treninglar yakunlandi.
Treninglarda 30 nafar menejer direktor, 34 nafar matematika fani va 102 nafar tabiiy (Science) fan yo‘nalishi bo‘yicha mentor-trenerlar qamrab olindi.
🔹Hududlardan kelgan biologiya mentorlariga viloyat biologiya fani metodisti kordinator Nargiza Ahmedova, master trenerlar Munisxon Xolboyeva, Zulfiya Toshbekova, Imomiddin Musoyev boshchiligida seminar-treninglar olib borildi.
🔹Rasmiy yakunlash marosimida Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sanobar Suyarovaning ma'ruzasi tinglandi. Ishtirokchilarga A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining maxsus sertifikatlari topshirildi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Taʼlim bu gʻisht qolipi emas | Tanga II son
▪️Xalq taʼlimi: SSSRdan qay holatda chiqdik?
▪️Oʻqituvchilar bilim salohiyati qanday?
▪️200 000 oʻqituvchining test natijasi.
▪️Ijodiy taʼlim: darsliklar, laboratoriya va oʻquv-texnikalari qay darajada taʼminlanadi?
Toʻliq YouTubeʻda:
https://youtu.be/YBihzQZ6mOQ?si=ZPiBW-V5wcW8bv_Z
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#jarayon
🗓 Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi “Ziyo-zukko” umumtaʼlim maktabiga Yaponiyaning Nagoya universiteti Pedagogika va inson resurslarini rivojlantirish oliy maktabi professorlaridan iborat delegatsiya mehmon boʻldi.
Samimiy muloqotda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi “Ziyo-zukko” umumtaʼlim maktabi hamda Yaponiyaning Nagoya universiteti Pedagogika va inson resurslarini rivojlantirish oliy maktabi o‘rtasida pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga doir hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat ta’lim muassasalaridagi o‘xshash metodlarni yanada rivojlantirish, yangicha metodlarni o‘rganish har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.
⚡️Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda “Ziyo-zukko” maktabida 730 o‘quvchiga 130 dan ortiq o‘qituvchi saboq bermoqda. Matematika, O‘zbekiston tarixi, ingliz tili, arab tili va ona tili fanlari ixtisoslashtirilgan tarzda o‘qitiladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Ilm bilan dovrug‘ qozongan maktab
Namangan viloyati Pop tumanidagi dong‘i nafaqat viloyat yoki vodiyga, balki respublikamizga ham taralgan qishloq haqida eshitganmisiz? Bu tarixan “Ming uyli Sang” deb nomlangan Sang qishlog‘idir. Ayni paytda qishloqda 21 ming nafar aholi istiqomat qiladi.
▶️ Batafsil
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova