marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Siz ham ko‘ring!

Jami oltin medallarimiz soni 3 taga yetdi va umumjamoa hisobida 25-o‘rindan 18-o‘ringa ko‘tarildik.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🥇Ulug‘bek Rashitov – ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbek taekvondochisi!

-68 kg vazn toifasida ishtirok etgan Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimni mag‘lubiyatga uchratdi va yurtimiz hisobiga ikkinchi oltinni olib berdi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Assalomu alaykum, ushbu e’lon bo‘yicha savollaringizni @Shahnoza_1727 ga yuboring va ovozli chatimizda faol ishtirok eting!🤗

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Jismoniy tarbiya darsi. Toshkent, 1935-yil.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi

📍 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

📍 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

✅ Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:
➖oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
➖oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
➖086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

☝️ Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

✔️ Hujjatlar qabuli 7-avgustdan 25-avgustgacha davom etadi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Inson eng avval moddiy jihatdan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Shunda uning o‘y-xayoli, ruhiy qobiliyati, iste’dodi va butun xatti-harakati bir burda non topishga emas, balki undan ko‘ra muhimroq, olijanobroq va yuksakroq maqsadlarga qaratiladi” deganida Nodar Dumbadze (“Abadiyat qonuni”) naqadar haq edi.

Yarim asr oldingi gap Sariosiyo tumanidagi 35-maktabning “zamon zayliga boqqan” bugungi ahvoliga qaratila aytilgandek.

Mutasaddilardan vaziyatga munosib yechim kutib qolamiz!

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

📣 DIQQAT: O‘QITUVCHILAR UCHUN TANLOV

➡️Aziz ustozlar! Ish tajribangiz va metodikangizni ommalashtirishni istaysizmi?

➡️Ta'lim jarayonida samaraga erishayotgan dars o‘tish usullaringizni boshqa hamkasblar bilan bo‘lishishni, tajriba almashishni-chi?

➡️"Ma'rifat" gazetasida eng yaxshi dars ishlanma va metodik maqolalaringiz chop etilishini xohlaysizmi?

Unda “Mening tajribam” tanloviga marhamat!
📌O‘zingiz amaliyotda qo‘llagan va samaraga erishgan metodikalarni qanday qo‘llash haqidagi maqolalar
📌  faningizga doir dars ishlanmalar
📌 dars jarayonidan qisqa videoroliklarni bizga yuboring!

"MA'RIFAT" gazetasi har bir yuborgan ishingizni e'tiborsiz qoldirmaydi. Eng yaxshi maqola,  dars ishlanma va videorolik muallifi "Faslning eng yaxshi ijodkori" nominatsiyasida g‘olib bo‘ladi. G‘olib  pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

O‘z ishlaringizni quyidagi telegram manzillariga yuboring:
@Marifatga_murojaat_bot
yoki
@zilola_muhammadali
@fayozafar

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Husan KARVONLI: SAMARQANDGA
IJOD MAKTABI
KERAK!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi;
Samarqand viloyati hokimligi diqqatiga!


⚡️ BATAFSIL

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mening_tajribam_tanlovi

Nafisa ABDULLAYEVA,
Buxoro tumanidagi 2-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Savol_bering_javob_beramiz

SAVOL: O‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan ayol xodimlar homiladorlik va tug‘ish nafaqasini oladimi?

📣Bu eng ko‘p uchraydigan savollardan biri.

📝JAVOB: http://marifat.uz/marifat/v_pomosh_uchitelu-marifat/savol/Savol-bering-javob-beramiz.htm

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Lekin_bu_fakt

👉1. Piyoda yurish juda foydali boʻlib, yurish vaqtida tananing 639 ta mushaklaridan 400 tasi harakatda boʻladi.

👉2. Biz hammamiz kamida 30 % vaqtimizda orzularga berilamiz. Baʼzilar esa bundan ham koʻproq vaqtini sarflashadi.

👉3. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, yaxshi munosabatlar mashq qilishdan koʻra uzoq umr koʻrish uchun koʻproq muhimdir.

👉4. Kelajak haqidagi optimistik eʼtiqod odamlarni jismoniy va ruhiy kasalliklardan himoya qilishi mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mening_tajribam_tanlovi

Kub yoyilmasi” mavzusida tayyorlangan ishlar

📹 Ushbu videoda 3-sinf matematika darsligi (3- qism) “Kub yoyilmasi” mavzusi (58-bet)dagi 3-topshiriqni o‘quvchilar tomonidan qanday bajarilishi ko‘rsatib berilgan.

Kattaqoʻrgʻon shahridagi 15-maktabning 3-“A” sinf o‘quvchilari.

👩‍🏫 Fan o‘qituvchisi: Yulduz MUSAYEVA

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

✅ Apellatsiya shikoyatlari 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.

❗️ Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborishning so‘nggi kuni

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun ariza yuborish bugun 5-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar ushbu jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa, o‘qishini ko‘chira oladi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

❗️Agar talabgorning arizasi hududiy ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqib rad etilsa, kamchiliklarni bartaraf qilib qayta ariza yuborish uchun qo‘shimcha muddat beriladi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ustoz Al” loyihasi taqdimoti qizg‘in boshlandi. Qatnashchilar esa kutilgandanda ko‘p. 👇Batafsil keyingi postlarimizda.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Uchinchi oltin ham bizniki!

Barakalla, Hasanboy!

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#jarayon

📚Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida matematika va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) o‘qituvchilariga 5 kunlik trening tashkillashtirildi.
Jarayondan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad –
✅ umumta’lim muassasalari matematika va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) o‘qituvchilarining xalqaro ta’lim dasturlariga oid bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat bo‘lib, trening davomida o‘qituvchilar Singapur tajribasi asosida kasbiy salohiyatini oshirish va o‘qitish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🏆 O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilarimiz dunyoda tengsiz!

⚡️Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida 🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida medallar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi:

Jami – 30 ta medal:

🥇8 ta oltin
🥈11 ta kumush
🥉11 ta bronza

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Bu yil dars taqsimoti qanday taqsimlanadi?

“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandiga ko‘ra o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
 
 
— xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
 
— o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
 
— chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6.0 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
 
— TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;
 
— asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
 
— o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
 
— respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda(yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
 
— oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
 
— birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
 
— asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
 
— ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
 
— pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
 
— belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
 
— oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
 
— qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
 
— oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
 
— pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
 
— oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
 
— oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
 
 
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
 
 
Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Foydali
🌳
Qog‘ozdagi eng yoqimli kuz daraxti

Siz limon yoki hatto qovoq urug‘idan foydalanishingiz mumkin!

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🎒 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” karvoni yo‘lga chiqdi

Kecha, 6-avgust kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan vazirlik huzuridagi “Taʼlim taʼminot” unitar korxonasiga press-tur tashkil etildi. Korxonada yangi o‘quv yilida 1-sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilar uchun Prezident sovg‘alari tayyorlanib, respublikaning barcha hududlari tomon karvonlar yo‘lga chiqdi.

▶️ Batafsil ◀️

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @MaqolaTanlovBot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 7-avgust kungi Adabiyotga bag‘ishlangan sonida:

👉 "Lison ut-tayr"ning yangi talqini (Baxtiyor Mengliyev tabdiliga so‘ngso‘z)
👉 Samarqandga ijod maktabi kerak!
👉 Taxallus va imlo
👉Abdusaid Ko‘chimov:
Tirik inson haqida yozish ancha mushkul...
👉 O‘zbek dostonlarida homiy momolar obrazi
👉 Suyukli nabiraning ayanchli qissasi
👉 Kitob o‘qimaganlar...
👉Vijdoningga ta'zim qil! (Ustoz ijodkor Farmon Toshev shaxsiyatiga chizgilar)
👉 "Asarlarim – hayotimning bir bo‘lagi" (Yozuvchi Xoliyor Safarov bilan suhbat)
👉 Tanasi boshqa –
dard bilgan shoir
👉 Bir armon iztirobi

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

BAHROM BAHRILLAYEV — JAHON CHEMPIONI!

Joriy yilning 1 – 8-avgust kunlari yurtimiz mezbonligida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari hamda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

📣 BATAFSIL

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️Diqqat!

12-avgust kuni soat 11:00 da dars taqsimoti masalasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Ma’rifat” gazetasi hamkorligida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi bosh mutaxassisi Farruxjon URUNOVdan javob olinadi.

Dars taqsimotiga oid savollaringizni @Shahnoza_1727 ga yuboring (bir xil mazmundagi savollar takrorlanmasligi uchun ko‘rib chiqiladi, muddat – 7-avgustga qadar)!

☝️ Shuningdek, savollarini 7-avgustga qadar yubora olmagan o‘qituvchilar ovozli chat mobaynida mutaxassisga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin!

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Qaysi davlatda kim bir ishni boshlamasin, “Avval o‘zbekdan maslahat olish kerak!”, “O‘zbeklarning manbasi ishonchli, ilmiy ishingni boshlashdan oldin ularning manbasi bilan obdon tanish!” deydigan darajaga yetishimiz kerak!” — Alisher SA’DULLAYEV

Batafsil

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Befarq_emasman

Ozodalik ko‘ngildan boshlanadi!

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mening_tajribam_tanlovi

Oʻynaymiz va oʻylaymiz

“Tabiat qoʻynida dars juda qiziq oʻtadi”.

Kamola TO‘XTAYEVA,
Chirchiq shahridagi “YUKSALISH”
maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

❗️Diqqat!

12-avgust kuni soat 11:00 da dars taqsimoti masalasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Ma’rifat” gazetasi hamkorligida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi bosh mutaxassisi Farruxjon URUNOVdan javob olinadi.

Dars taqsimotiga oid savollaringizni @Shahnoza_1727 ga yuboring (bir xil mazmundagi savollar takrorlanmasligi uchun ko‘rib chiqiladi, muddat – 7-avgustga qadar)!

☝️ Shuningdek, savollarini 7-avgustga qadar yubora olmagan o‘qituvchilar ovozli chat mobaynida mutaxassisga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin!

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🧐 Masʼuliyatsiz masʼullar

Bugun viloyat hokimi sayyor qabuliga borgandim. Oʻzimga emas, maktabimiz uchun qoʻshimcha oʻquv binosi va ichimlik suvi bilan taʼminlash masalalarida amaliy yordam soʻrab murojaat qildim.

Avvalo, viloyat hokimiga mana shunday issiq ob-havoda vaqt ajratib, oddiy xalqning dardini tinglagani uchun barcha samarqandliklar nomidan, oddiy xalq nomidan minnatdorchilik bildiraman. Va shu oʻrinda bir kichik eʼtirozim ham bor.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…
Подписаться на канал