😀 Gazeta va jurnallarga obuna bo‘luvchilar uchun 10 va 20 foizgacha “Cashback” qaytaradigan “Obuna” elektron platformasi ishga tushirildi
Platforma UZINFOCOM tomonidan ishga tushirilgan.
😀 Ushbu platforma orqali obuna bo‘lingan gazeta-jurnallarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop nashr turlariga obuna narxining 10 foizi, bolalar uchun mo‘ljallangan nashrlar uchun obuna narxining 20 foizi miqdorida “Cashback” obunachilarining bank kartalariga qaytarib beriladi (Cashback qaytarib berish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar davom etadi).
📌 Obuna bo‘lingan gazeta va jurnallar obunachining yashayotgan manzili yoki eng yaqin bo‘lgan pochta bo‘limlarigacha yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu platformada obuna bo‘lgan gazeta va jurnallaringiz bo‘yicha barcha obuna ma’lumotlarini: obuna muddati, gazeta va jurnalning chop etilish davriyligi, obunani yetkazib beriladigan manzil va hokazolarni ko‘rish imkoniyati yaratilgan.
✅ Obuna platformasiga www.e-obuna.uz havolasi orqali kiring va o‘zingizni qiziqtirgan gazeta va jurnalga obuna bo‘ling.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Muallim_millatning_yuzi
📚
Jahonda boʻlmasa muallim agar,
Hayot ham boʻlmasdi goʻzal bu qadar.
⚡️ 1-avgustdan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi!
Talabalar arizalarini bugundan boshlab my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
❗️ Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
✅ Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️ 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️ 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️ 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
🖐 Ma’lumot uchun, 2024/2025-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️ Bugun soat 11:00 dan 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlanadi.
📝 My.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududdagi maktablarga bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha ariza topshirishingiz mumkin.
📌 Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🤩 “Ustoz AI” loyihasi taqdimotiga keling va sovgʻalar yuting
🇺🇿 Zamonaviy kasblar va fanlarni bepul oʻrgatuvchi loyihani qoʻllab-quvvatlash uchun taqdimot marosimiga taklif etamiz.
🎁 Sovgʻalar:
— 5 ta smartfon
— 1 kishiga oromgohda 1 haftalik dam olish
— 3 ta oʻn oylik biznes ta’limga grant vaucher
— 4 ta aqlli soat
— 5 ta maxsus sirli sovgʻalar
— 8 “Ustoz AI” oʻqituvchilari bilan milliy kechki ovqat va konsultatsiya
📍 Manzil: Yoshlar ijod saroyi
🕔 Vaqt: shanba, 3-avgust 18:00
❗️Taqdimotda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻting: forms.gle/Dis4xh24CauSVxRCA
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🎉 Xalqaro kimyo va Xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchilari tantanali kutib olindi
Bugun Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Xalqaro kimyo olimpiadasi va Hindistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Musobaqalar qatnashchilariga esdalik sovg'alar taqdim etildi.
O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Xalqaro matematika musobaqasida esa jami 18 ta medal sohiblariga aylanishdi.
✅ Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilab tan olingan Xalqaro fan olimpiadalari g’oliblariga davlat byudjetidan quyidagicha bir martalik pul mukofoti beriladi:
🥇1-o’rin (oltin medal) uchun:
● o'quvchiga — 500 baravar (170 mln so‘m);
● ustoziga — 450 baravar (153 mln so‘m).
🥈2-o’rin (kumush medal) uchun:
● o'quvchiga — 300 baravar (102 mln so‘m);
● ustoziga — 250 baravar (85 mln so‘m).
🥉3-o‘rin (bronza medal) uchun:
● o'quvchiga — 200 baravar (68 mln so‘m);
● ustoziga — 150 baravar (51 mln so‘m).
Shuningdek, ushbu o'quvchilar davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz grant asosida talabalikka qabul qilinadi. Ular keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz miqdorida har oylik ustama beriladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib
qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❕ “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkinmi?
Bunga batafsil javobni videodan olishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib
qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#qabul_2024
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi.
✅ Jami: 9 745 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:
➖ kunduzgi – 6 400 ta (grant - 1 742, kontrakt - 4 658);
➖ sirtqi – 2 606 ta (kontrakt);
➖ kechki – 458 ta (kontrakt);
➖ masofaviy – 281 ta (kontrakt).
❗️ Ushbu kvota faqat birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🎉 O‘zbekiston terma jamoasi 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
21-30-iyul kunlari Saudiya Arabistonida tashkil etilgan dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etgan 56-Xalqaro Kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar:
🥇Daler Rahimov (Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o‘quvchisi) — oltin medal;
🥈Axror Baxodirov (Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi) —kumush medal;
🥈Saida Abdullayeva (Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli AFCHO‘IM 11-sinf o'quvchisi) — kumush medal;
🥉Mirjahon Muxammadov (Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o‘quvchisi) — bronza medallari sovrindori bo‘lishdi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️ 9-10-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish uchun o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini @Piimaa_tayanch_natija_2024_bot maxsus telegram boti orqali bilib olishingiz mumkin.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ 2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
☝️ Ma’lumot uchun, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
💾 PDF shaklida yuklash
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilovaj
❗️Diqqat
⚡️ BMT: Sayyoramiz tobora issiq va yashash uchun xavfli joyga aylanmoqda
Quyoshda birdaniga ikkita chaqnash sodir bo‘ldi. Buning natijasida 29- va 30-iyul kunlari ulkan plazma bulutlari yеrga tushadi. Bugundan boshlab yerni 5—7 balli magnit bo‘roni qoplaydi.
✅ Zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmang.
✅ Yosh bolalarni qarovsiz qoldirmang.
✅ Ko‘proq suv iching.
✅ Yetarlicha dam oling!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Mening_tajribam_tanlovi
Darsni ko‘tarinki kayfiyatda boshlash o‘quvchilarning darsga qiziqishini orttiradi.
MAHBUBA NURMATOVA,
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 14-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi
✅ Unga ko‘ra:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
📍 Andijon viloyati – 183;
📍 Buxoro viloyati – 112;
📍 Jizzax viloyati – 81;
📍 Qashqadaryo viloyati – 193;
📍 Navoiy viloyati – 60;
📍 Namangan viloyati – 165;
📍 Samarqand viloyati – 227;
📍 Surxondaryo viloyati – 155;
📍 Sirdaryo viloyati – 50;
📍 Toshkent viloyati – 177;
📍 Farg‘ona viloyati – 221;
📍 Xorazm viloyati – 110;
📍 Toshkent shahri – 155.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Kun_mavzusi
Shavkat Mirziyoyev Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Befarq_emasman
Nima uchun ko‘p martalik idishlarni tanlash kerak?
✅ Albatta, yaqinlaringizga ham tavsiya qiling! Tabiatga g‘amxo‘r bo‘laylik!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🇺🇿Diyora Keldiyorovaning birinchi murabbiyi Xurshida XOLIQOVA:
DIYORANI POYTAXTGA YUBORGIM KELMAGAN, LEKIN…
Biz basketbol uchun mo‘ljallangan zalni uchga bo‘lib, bir qismida taekvondo, bir qismida basketbol va yana bir qismida dzyudo mashg‘ulotlarini olib boramiz.
🥇Meni bitta narsa qiynaydi, bilasizmi, shogirdlarimni ularning kelajaklari uchun, yaxshi sharoitlarda shug‘ullanib chempion bo‘lishlari uchun, yuragimni uzib berganday uchirma qilishga majburman. Agar bizda ham maxsus zal, mashg'ulotlar uchun maxsus anjomlarimiz bo‘lganda edi Diyoraga o‘xshagan uchirmalarim katta musobaqalarga puxta tayyorlanish uchun poytaxtga ketmagan bo‘larmidi?
🤔Endi insonlarni ham nusxalash imkoni bor
🧐Pekinda atigi 10 soniyada insonni suratga olib, uning qo‘g‘irchoq nusxasini yaratadigan noodatiy texnologiya paydo bo‘ldi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Befarq_emasman
🤯 Tabiat 100 yil davomida ham “hazm qilolmaydigan” chiqindilar haqida eshitganmisiz? Batafsil videoda👆
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
“Hoji qurti deb yozib qo‘yibdi, yaqinda eshon qurtiyam chiqadi” – Ahmadjon Meliboyev
“Ommaviy axborot vositalarida milliy kontent yaratish mas’uliyati” mediaforumida yuqoridagi kabi jiddiy masalalar ko‘tarildi.
⏭ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib
qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Sun’iy intellekt yordamida chizilgan haqiqat...
Sizning oilangiz portreti qay biriga mos keladi?
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 31-iyul kungi sonida:
👉Keksa o‘zbek nidolari
👉Qullik sarhadlarida – 3
yoxud gastarbayterlik jodusi
👉Buvisining qizi
👉Savol bering, javob beramiz
"O‘rindoshlik bo‘yicha ishlaydigan ayol xodimlar homiladorlik va tug‘ruq nafaqasini oladimi?"
👉 O‘quvchilarni partaga mixlab qo‘ymang!
👉 Daraxt bir yerda ko‘karadi
👉Sokin hujrada huzurbaxsh ibodat...
👉 "F" va "J" nega ajralib turadi? Yoki ko‘zi ojiz o‘quvchilarning klaviaturadan qulay foydalanishi
👉Bu dunyoda tomoshabin ko‘p
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib
qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshgan
Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshgan (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).
2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani bo'lsa, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori (78 ball).
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.
❓ Xo'sh, siz nima deb o‘ylaysiz, bu natijalarning qanchasi maktab qanchasi o‘quv markaz va repetitorlar ortidan?
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Live
Ayni vaqtda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida Nurafshon shahrida “Ommaviy axborot vositalarida milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusida respublika mediaforumi boshlandi.
👇Batafsil keyingi postlarimizda!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#FAKT
🧩 Miyamiz ikki qismdan iborat: chap va o‘ng.
📌Chap qism asosan mantiqqa o‘ng qismi emotsiyalarga javob beradi.
📌Chap qism matnli xotira hisoblanadi: turli xil so‘zlar, matnlar, raqamlar, faktlar, analizlar va h.k.
📌O‘ng qism emosional xotira hisoblanadi: beshta his-tuyg‘u – ko‘rish, eshitish, hid sezish, ta'm bilish va taktil xotira.
📌Chap qism 10% eslab qolish potensialiga ega. O‘ng qism 90% ma'lumot saqlab qolishga ega.
📌Chunki, bir o‘ylab ko‘ring, siz tasavvurlar orqali o'ylaysizmi yoki miyangizda matnlar paydo bo'ladimi. Albatta tasavvurlar yordamida.
📌Tasavvur 80% eslab qolish kuchiga ega. Qolgan his-tuyg‘ular 90% bo‘lishib oladi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
📝TRAMP FENOMENI
🗣AQSHning Pensilvaniya shtatida yaqinda bo‘lib o‘tgan respublikachilar partiyasining mitingida sobiq prezident Donald Trampga qarshi suiqasd sodir etildi. Respublikachi nomzodning omadi chopib, naqd ajalning o‘qidan omon qoldi.
🔋BATAFSIL
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suhbat natijalariga ko‘ra talabgorlar sirtqi va kechki taʼlim shakliga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida o‘qishi mumkin.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
💵 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt miqdori oshirildi
Bu haqda universitet saytida ma’lum qilingan. 2024/2025-o‘quv yilida kontrakt summalari quyidagicha belgilangan:
➖ 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 mln 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 mln 642 ming so‘m;
➖ 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 mln 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 mln 814 ming so‘m;
➖ Magistratura uchun – 27 mln 216 ming so‘m.
🔸 Ma’lumot uchun, 2023/2024-o‘quv yilida bakalavriat uchun stipendiyasiz o‘qish narxi – 18 mln so‘m, magistratura uchun – 21 mln so‘m edi.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🥇Diyora Keldiyorova 2016-yili Zulfiya nomidagi davlat mukofotini olganda “Ma’rifat” gazetasida u haqida maqola chop etilgandi. Ushbu maqolani e'tiboringizga havola qilmoqchimiz.
🏆Buvisining qizi
🥇…Juma paxta tozalash zavodi ishchisi Baxtiyor Mardonov oilasiga bugun ko‘pchilik havas qilmoqda. Oilada voyaga yetayotgan to‘rt farzand odob-axloqi, a’lo o‘qishi, sportda erishayotgan muvaffaqiyatlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib, barchaning havasini keltirmoqda…
G‘alaba onlaridan bahramand bo‘ling!
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova