🎓 Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi
Bu 16-iyul kuni Prezident tanishgan hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimotda ko‘zda tutilgan edi.
▶️Batafsil◀️
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 17-iyul kungi talabalar ijodiga bag‘ishlangan sonida:
👉Ijodiy imtihon yakunlari (yoxud ta'limdagi muammolarimiz)
👉O‘qituvchi maqomi haqidagi qonun hujjatlarini o‘qib...
👉Yaxshi o‘qish uchun makon va zamon muhimmi?
👉 Ish yarmarkasidan talabaga nima foyda?
👉 O‘qituvchilar aybdormi?
👉 Nega bizda "Nemo" yoki "Simba" yo‘q?
👉 Ilmsizlikdan diplomsizlikkacha
👉 Bizga xususiy oliy ta'lim kerakmi?
👉 Uchinchi nusxa
👉 Tariximizning sirli sahifalari
👉 Atrofimizda bolalar yo‘qmi yoki bolalik?
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
📣 DIQQAT: O‘QITUVCHILAR UCHUN TANLOV
➡️Aziz ustozlar! Ish tajribangiz va metodikangizni ommalashtirishni istaysizmi?
➡️Ta'lim jarayonida samaraga erishayotgan dars o‘tish usullaringizni boshqa hamkasblar bilan bo‘lishishni, tajriba almashishni-chi?
➡️"Ma'rifat" gazetasida eng yaxshi dars ishlanma va metodik maqolalaringiz chop etilishini xohlaysizmi?
Unda “Mening tajribam” tanloviga marhamat!
📌O‘zingiz amaliyotda qo‘llagan va samaraga erishgan metodikalarni qanday qo‘llash haqidagi maqolalar
📌 faningizga doir dars ishlanmalar
📌 dars jarayonidan qisqa videoroliklarni bizga yuboring!
"MA'RIFAT" gazetasi har bir yuborgan ishingizni e'tiborsiz qoldirmaydi. Eng yaxshi maqola, dars ishlanma va videorolik muallifi "Faslning eng yaxshi ijodkori" nominatsiyasida g‘olib bo‘ladi. G‘olib pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
O‘z ishlaringizni quyidagi telegram manzillariga yuboring:
@Marifatga_murojaat_bot
yoki @zilola_muhammadali
@fayozafar
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#Gazetxon
✅Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev “Ma’rifat” ziyolilar gazetasi bilan.
📰Gazetamiz mushtariylari orasida viloyat hokimining ham boʻlishi xalq ziyolilarining yutuq va muammolari, murojaatlari e’tibor markazida ekanidan dalolat beradi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#olimpiada
⭐️O‘zbekiston 65-Xalqaro matematika olimpiadasida
Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
✅Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
✅Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi;
✅G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
✅Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
✅Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;
✅Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.
Terma jamoamiz a'zolariga omad yor bo‘lsin!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#kasbiy_imtihon
✏️ O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar yakunlandi
✅ 9−11-iyul kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatining “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Abituriyentlar ijtimoiy fanlar va chet tilidan gapirish bo‘yicha imtihon topshirdi. Imkoniyati cheklangan abituriyentlar uchun maxsus xonalar tashkil etilib, imtihon topshirishlari uchun sharoit yaratildi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#abituriyent
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi
Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o‘tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo‘ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o‘tkaziladi.
Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.
1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da boshlanadi.
⏺ Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o‘tadigan joyga kelishi kerak.
📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:
1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi.
Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, ruchka va suvni ichkarida o‘zlari beriladi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o‘zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo‘ladi.
❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
🗣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining telegram sahifasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari va 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari haqidagi savollarga javob berildi. Ulardan eng muhimlarini quyida keltiramiz.
❓ Prezident va ixtisoslashgan maktablardagi imtihon natijalari qachon chiqadi?
✅ Imtihon topshirgan kundan boshlab 20 kunda natijalar nomzodlarning shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va bu haqida shaxsiy kabinetga biriktirilgan telefon raqamiga sms xabar yuboriladi.
❓ Prezident maktablarining 2-bosqich imtihoni qachon o‘tkaziladi?
✅ Prezident maktablarining 2-bosqich imtihoni 26-27-iyul sanalarining birida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqida rasmiy maʼlumot vazirlik va agentlikning sahifalarida eʼlon qilinadi.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktablarga 24 ta kvota belgilangan. Lekin 23-24-25-26 kabi o‘rinlardagi o‘quvchilarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lsa qanday chora qo‘llanadi?
✅ Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonida o‘quvchilar 10 ta qiyin darajadagi va 10 ta oson darajadagi savollarga javob beradi. Agar yuqorida keltirilgan holat kuzatilsa, qiyin darajadagi 10 ta savoldan yuqori ball to‘plagan nomzod qabul qilinadi.
❓ Farzandimning hujjatlarini Samarqanddagi Al-Xorazmiy maktabiga topshirgan edik. Turmush o‘rtog‘imning kasbi harbiy bo‘lganligi sabab o‘quv yili boshlanganida boshqa hududga ko‘chishimiz mumkin. Agar farzandim imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tsa o‘sha hududdagi Al-Xorazmiy maktabida o‘qishi mumkinmi?
✅ Agar farzandingiz faqat ro‘yxatgan o‘tgan va hali imtihon topshirib ulgurmagan bo‘lsa hududini o‘zgartirish imkoni bor. Ammo, imtihon topshirgandan keyin u muvaffaqiyatli o‘tsa, faqat o‘qishni ko‘chirish yo‘li bilan boshqa hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qishi mumkin. Unda ham o‘sha maktabda belgilangan kvota ichida bo‘sh joy bo‘lsa.
❓ O‘tgan yili Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2 ta sinf uchun 48 ta kvota ajratilgan edi. Ammo bu yil ko‘p hududlarda 1 sinf uchun 24 ta kvota ajratildi. Lekin ro‘yxatdan o‘tganlar soni bilan solishtirilganda, 1 o‘ringa 200 dan ortiq talabgor to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli kvotalarni endi ham ko‘paytirishni imkoni bormi?
✅ Kvotalar har bir hududdagi maktabning quvvatidan kelib chiqib belgilanadi. Shuningdek, biz 48 ta o‘rin belgilasag-u o‘quvchilarning ko‘rsatgan natijasi talabga javob bermasa, biz buncha o‘quvchini o‘qita olmaymiz. Shu sabab agar imtihonda o‘quvchilar yuqori natija ko‘rsatsa va bunga tegishli maktabning quvvati yetarli bo‘lsa yana bir sinf qo‘shishimiz mumkin.
❓ Farzandimni 1-sinfda o‘qish uchun belgilangan mikrohududdagi maktabda ro‘yxatdan o‘tkazgan edim. Ammo endi uni shu mikrohududdagi o‘zim faoliyat yuritadigan boshqa maktabda o‘qitmoqchiman. Qayta ariza bera olamanmi?
✅ Ha, platformadagi shaxsiy kabinetingiz orqali qayta onlayn ariza berishingiz mumkin. Bunda maʼlumotlar avtomatik tarzda 1-ariza bergan maktabingizdan yangi ro‘yxatdan o‘tkazilgan maktabga o‘tadi.
❓ 1-sinfda o‘qishga ariza berish uchun platformada har bir mikrohududda maʼlum maktablar ko‘rsatilgan. Ammo, men farzandimni bu maktablarda o‘qitmoqchi emasman. Mikrohududdan tashqaridagi maktablarga qanday ariza topshirishim mumkin?
✅ Hozirda buning imkoni yo‘q. Ammo, siz mikrohududingizdagi biror maktabni tanlab ariza berishingiz va 1-avgustdan keyin mikrohududdan tashqaridagi maktablarni tanlash imkoniyati berilganda qayta ariza berishingiz mumkin. Hozir ro‘yxatdan o‘tib qo‘ymasangiz farzandingiz maʼlumotlari bazada shakllantirilmagani sabab keyinchalik ariza bera olmasligingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#olimpiada
🔄 58-xalqaro kimyo olimpiadasi 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi № 446-Gʻ farmoyishida aytilgan.
Olimpiada mamlakat poytaxti Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#vazir_uchrashuvi
⭐️ Vazir surxondaryolik faxriy ustozlar bilan uchrashdi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni hamda faol o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 10-iyul kungi sonida:
👉 Taraqqiyot va tanazzul chegarasi – 2 yoxud o‘xshamagan tajriba
👉 Texnologiya fani tarkibida robototexnika kerak(mi?)
👉 Ta’lim rivoji: jadidlar tajribasi biz uchun dasturulamal bo‘lsa... 👉 Oliy ta’lim islohotlari: yutuqlar va muammolar
👉 Qoidani yodlash emas, yaratishga o‘rgatamiz
👉 Navoiyni anglash qiyinmi?
👉 Abdurahmon Jomiy va Mutribiy Samarqandiy
👉 Olim qadri – olam qadri yoxud katta shatranj o‘yini
👉 Shahar va qishloq orasi
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#qabul_2024
#texnikum
⚡️ Rasman: texnikumlarni a'lo baholar bilan bitirganlarni 2-kursga qabul qilish boshlandi
Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
#murabiyylar
✨ 39 YILDAN SO‘NGGI UCHRASHUV
Barcha soha xodimlari qatorida murabbiylar ham talaba bo‘lishgan. Yaqinda sobiq Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini 1985-yilda bitirgan talabalari ayni paytda yosh avlod tarbiyasi va ta'limi yo‘lida ter to‘kayotgan bir guruh murabbiylar poytaxtda jam bo‘lishdi. Ular orasida badiiy ijod sohibi, olim, amaliyotchi pedagoglar, ta'lim tizimida rahbar lavozimida ishlayotgan, davlat va jamiyat hayotida faol, O‘zbekistonimizning turli go‘shalarida o‘z kasbini ardoqlab kelayotgan zamondosh murabbiylarimiz bor.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#boqiy_soʻz
Tushkunlik va xarobligimizning sabablaridan biri ilmsizlik va harakatsizlikdir.
#bitiruvchi_yoshlar
🎓 “Oq yo‘l sizga bitiruvchilar”
⭐️ Professional ta'lim tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida 5-iyul kuni bitiruvchi yoshlarning boshlang‘ich professional ta'lim darajasida davlat namunasidagi diplomlarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⏺ Tadbirda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti “Sun'iy intelekt” kafedra dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori K.Shukurov, shu kafedra katta o‘qituvchisi U.Xasanov, “Xosildor” MFYidagi “Shoxruhiya” MChJ tikuvchilik korxonasining menejeri M.Sultonov hamda ota-onalar ishtirok etishdi, va bitiruvchi yoshlarga o‘z tavsiyalarini berishib ularga oq yo‘l tilashdilar.
📣 DIQQAT: O‘QITUVCHILAR UCHUN TANLOV
➡️Aziz ustozlar! Ish tajribangiz va metodikangizni ommalashtirishni istaysizmi?
➡️Ta'lim jarayonida samaraga erishayotgan dars o‘tish usullaringizni boshqa hamkasblar bilan bo‘lishishni, tajriba almashishni-chi?
➡️"Ma'rifat" gazetasida eng yaxshi dars ishlanma va metodik maqolalaringiz chop etilishini xohlaysizmi?
Unda “Mening tajribam” tanloviga marhamat!
📌O‘zingiz amaliyotda qo‘llagan va samaraga erishgan metodikalarni qanday qo‘llash haqidagi maqolalar
📌 faningizga doir dars ishlanmalar
📌 dars jarayonidan qisqa videoroliklarni bizga yuboring!
"MA'RIFAT" gazetasi har bir yuborgan ishingizni e'tiborsiz qoldirmaydi. Eng yaxshi maqola, dars ishlanma va videorolik muallifi "Faslning eng yaxshi ijodkori" nominatsiyasida g‘olib bo‘ladi. G‘olib pul mukofoti va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
O‘z ishlaringizni quyidagi telegram manzillariga yuboring:
@Marifatga_murojaat_bot
yoki @zilola_muhammadali
@fayozafar
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#xalqaro_festival
⭐️ Belarus Respublikasida “Vitebsk-2024” xalqaro san’at festivali bo‘lib o‘tdi
Quvonarlisi, nufuzli festivalning Xalqaro bolalar musiqa tanlovida Yunusobod tumanidagi 51-IDUMning 5-sinf o‘quvchisi Yasmina Husniddinova Gran-pri sohibasi bo‘ldi.
Iqtidorli o‘quvchimizga mukofotni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Assalomu alaykum!
Kuningizni “Ma'rifat”gazetasi bilan boshlang!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
👤 TALABA-YOSHLAR RIVOJLANISHI UCHUN MUHIM OMIL
Bugungi kunida respublikamizdagi 130 ta oliy ta’lim muassasasida 3 ming 85 nafar tyutorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shundan 2879 nafari davlat, 162 nafari nodavlat hamda 44 nafari xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida faoliyat yuritadi.
Tyutorlik institutini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalarning oliy ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya jarayonlariga moslashuviga ko‘maklashish, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mavjud muammolarini bartaraf etish, shuningdek, shaxsiy-kasbiy rivojlanishida yaqindan yordam berishdan iborat.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Qabul2024
☄️ Bugundan “perevod” uchun qabul boshlandi
Amaldagi tartibga ko‘ra, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#trening
🟦 Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv trener
📍 A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti hamkorligida matеmatika va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun sеminar-trеning davom etmoqda.
Ushbu kasbiy rivojlanish kursida 200 nafar trеnеr mamlakatimizning 14 hududidagi o‘qituvchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni ulashmoqda.
⏺Trеningda xorijiy mutaxassislar tomonidan:
➖Ta’lim tajribasi va jarayonlarni rеjalashtirish;
➖Ustozlar uchun ish rеjasini tayyorlash va taqdim etish;
➖PISA tadqiqotlari va uning ahamiyati kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda.
🔴 Shuningdek, trening davomida o‘qitishda noodatiy yechim metodlari o‘rgatilib, jarayon amaliy mashg‘ulotlar bilan yanada qizg‘in kechmoqda.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#raqamlashtirish_tizimi
⚡️ Nogironlikni belgilashda raqamlashtirilgan tizimga oʻtiladi
Shavkat Mirziyoyev bugun ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Unda nogironlikni belgilashda oʻtilayotgan raqamli tizim haqida maʼlumot berildi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Sizning_fikringiz
"TARIXIMIZ yoshlarimizga repetitorlik asosida oʻqitiladigan fan emas! Eng katta xiyonat TARIX fani darsliklarimiz va uni oʻqitish metodikasida deb hisoblayman! Yosh avlodni uygʻotish, birlashtirish va vatanparvar qilib tarbiyalash uchun ham Mustamlakachilik siyosati, Jadidchilik, Milliy ozodlik harakatlari umuman Sovet hukumati siyosati tarixi xolisona oʻqitilishi shart! Tariximizni oʻqitishda sovetlar oʻrnatgan siyosiy gʻoyalardan butkul voz kechaylik!"
Zavqibek MAHMUDOV,
Tarix instituti kichik ilmiy xodimi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#yoshlar
🔺 Intellektual salohiyatli, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar – tayanchimiz
O‘zbekistonda oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib borishi sababli, u strategik masalaga aylanmoqda. Shuning uchun, bu sohada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy holatlar milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa sifatida baholanmoqda.
Manfaatlar to‘qnashuvi bor joyda sohalar rivojlanish o‘rniga orqaga ketadi. Millat potensiali bo‘lmish bo‘lajak mutaxassis zavolga uchraydi. Har tomonlama yetuk, bilimdon kadrlar o‘rtasida adolatsizlik kuchayadi, o‘zaro ishonch so‘nadi. Bu esa jamiyatda depsinish holatlarini vujudga keltiradi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#mutolaa
Ko‘ngilsizning “qilig‘i” (hikoya)
Bir tancha bo‘lib gurunglashib, g‘o‘za chuvib o‘ltirgan qiz-juvonlar qo‘yarda-qo‘ymay Sarvar xoladan o‘tgan gaplardan hikoya so‘ylatmoqchi bo‘ldilar. Sarvar xola qo‘lidagi ko‘sakning og‘zini yorar ekan, javob kutib tikilgan juvonlarga qaradi-da:
— Qurib ketsin o‘sha bema’ni gaplar, ishlaringizni qilsalaring-chi, aylanaylar,— dedi. Bunga Mukambaroy unamay:
— Ular, xola, nima qilarmish, biz ham o‘sha, sizning boshingizdan o‘tgan gaplardan eshitib qo‘ysak,— dedi.
📖 Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#jurnalist
✏️ MUNOSIB E’TIROF
Jurnalist – ijod mahsulini yaratuvchi shaxs. “Ijod” so‘zining lug‘aviy ma’nosi yangilik demakdir. Bugun o‘z kasbiga sadoqat bilan mehnat qiladigan jurnalistlar talaygina. Ular “Texnika asrida yashayapmiz, matbuotni keraksiz”, deb ayrimlar ayyuhannos solayotgan bir vaqtda, ter to‘kib, izlanib, sahifalarni ham shaklan, ham mazmunan boy qilishga harakat qilmoqdalar.
✔️Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#shaxmatchilar
⚡️Yana bir O‘zbekistonlik jahon chempioni
Marsel Shayusupov Serbiyaning Belgrad shahrida imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida klassik bahslarda chempion bo‘ldi. Shu yo‘nalishdagi 3-o‘rin esa yana bir hamyurtimiz Sardor Turg‘unboyevga nasib etdi.
Klassikada jahonda tengsiz deb topilgan Marsel blits bahslarida ham munosib ishtirok etib, bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#magistratura
⚡️ 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi.
📋 Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi.
🗓 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o'qish javoblari 20-avgustga qadar e'lon qilinadi.
📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy https://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova