marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#xususiy_maktablar

📶 Xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda

Unda Savdo-sanoat palatasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Biznes-ombudsman, Soliq qo’mitasi rahbarlari ishtirok etyapti.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 2 ming 591 ta xususiy bogʻchada 166 ming 257 nafar tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda. Xususiy bogʻchalar soni 2017-yilga nisbatan 13,3 baravarga oʻsdi.

Shuningdek, 488 ta xususiy maktabda 82 ming 889 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Xususiy maktablar 7 yil ichida 16,2 baravarga koʻpaygan.

Bundan tashqari, mamlakatimizda 1 ming 755 ta oʻquv markazi faoliyat yuritmoqda.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#abituriyent

Bu yil qancha abituriyentga imtihonda qatnashishga ruxsat berilgani aniq bo‘ldi

Ro‘yxatdan o‘tish talablarini to‘liq bajargan 805 687 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berildi (2023-yilda – 948 ming 486 nafar).

Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarning 422 399 nafarini xotin-qizlar (52,4 %), 383 288 nafarini erkaklar (47,6 %), tashkil etadi.

Joriy yilda 489 118 nafar (60,7 %) abituriyent test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan to‘lovdan ozod etilgan.

Joriy yilda doimiy yashash hududi bo‘yicha eng ko‘p Samarqand viloyatida 95 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 636 nafar, Farg‘ona viloyatida 79 808 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Abituriyentlarning 46 244 nafari alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga, 12 851 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagini bildirgan.

✅ Ro‘yxatdan o‘tishda 22 632 nafar abituriyent chet tilidan xalqaro sertifikat yuklagan bo‘lib, ulardan 20 063 tasining haqiqiyligi tasdiqlandi, 2 569 ta sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmadi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#befarq_emasman

“Ko'chalar, ko‘chalar, vayron ko‘chalar...”

📍 Yunusobod tumani 11-mavze. Poytaxtning gavjum, markaziy hududlaridan biri bo‘lishiga qaramay ko‘chalari mana shunday achinarli. Nahotki, qo‘lidagi keraksiz buyumni duch kelgan joyga tashlab ketadigan xalqga aylandik?!
Izoh: Yunusobod tumanining juda ko‘p nuqtalarida shunday holatni kuzatish mumkin. Ayniqsa, yo‘l chetidagi ariqlar ko‘pincha axlat bilan to‘la! Bu esa atrofga noxush hid tarqalib, aholiga noqulaylik tug‘ilishiga sabab bo‘lmoqda. Mas’ullardan ushbu holat nazoratga olinishini so‘rab qolamiz.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#axborot_texnologiyalari

🇺🇿🇹🇷 Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida AT-sohasida hamkorlik mustahkamlamoqda

24–26-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Uzbekistan-Türkiye Business Forum” tadbiri doirasida Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan “Bilkent CYBERPARK” bosh direktori Faruk Inaltekin mamlakatimizga amaliy tashrif bilan keldi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv doirasida Faruk Inaltekin biznes-forumga tayyorgarlik jarayonlari haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuvda erishilgan natijalar AT-kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari va mamlakatning kadrlar salohiyati haqida maʼlumot berildi. 
Ma’lumot uchun: “Bilkent CYBERPARK” – Turkiyaning eng yirik texnoparklaridan biri boʻlib, maydoni qariyb 135 000 m² ni tashkil etadi, u turli sohalardagi 300 dan ortiq yetakchi ilmiy-tadqiqot kompaniyalarini, shuningdek, 4 ta tadqiqot markazi, 1 ta mikronanochip ishlab chiqarish zavodini oʻzida birlashtiradi. Texnoparkda 5400 nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mutolaa

❗️O‘quvchi – shaxs

Ilk darslarimizdan boshlab bir narsani niyat qilgandik: o‘quvchi sinfxonada “jonli ko‘rgazma” bo‘lmasin. Joni bor, aqli bor, yuragi bor inson – shaxs bo‘lsin.

Har bir o‘quvchining ism-familiyasini o‘zimiz uchun toza varaqqa yozib olamiz. O‘quvchilarning orzu qilgan kelajakdagi kasblarini ismlarining to‘g‘risiga yozib qo‘yamiz. Goh-goh darslarda har bir o‘quvchining ismini o‘qib, orzu qilgan kasbini eslatib o‘tamiz. Toki bola tez-tez orzusini eslab tursin, ozgina bo‘lsa-da kelajakka qadam qo‘ysin.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#o‘quvchi_qiz

⚡️ OLTITA FANDAN MILLIY SERTIFIKATGA EGA BO‘LGAN O‘QUVCHI

📍 Qiziltepa tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchisi Munavvara Cho‘liyeva oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish uchun avgust oyida o‘tkaziladigan davlat imtihonlarini kutib o‘tirmasdan 189 ball to‘plab bo‘ldi.

U 10-sinfda o‘qiyotgan paytida ingliz tili va biologiya fanlaridan, joriy yilda esa ona tili va adabiyoti, tarix, kimyo va matematika fanlaridan milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 646-son qaroriga muvofiq umumta’lim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Munavvara maktabni bitirib, tibbiyot oliy o‘quv yurtiga hujjatlarini topshirishni rejalashtirgan.



@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#mehr

⭐️ BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHILDI

Mamlakatimizda yoshlar va bolalar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Xorijiy tillar kafedrasi professor o‘qituvchilari va MO 76 guruhi talabalari bilan birgalikda poytaxtimizda joylashgan “Nurli maskan” 77-sonli maktabning jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlari bilan uchrashuv tashkil qilindi va bolajonlar uchun unutilmas bayram tadbirini tuhfa etishdi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 3-iyul kungi sonida:

👉 Guldona Karimova terma jamoadan nega chetlatildi?
👉 Kreativ fikrlash: O‘zbekiston o‘quvchilarining xalqaro PISA – 2022 tadqiqotidagi natijalari
👉  Qullik sarhadlarida – 2 yoxud seriallar iskanjasida
👉 “Do‘kon” nomli yangi o‘yin-dars
👉 “O‘qimagan qizlar”
👉 Repetitorlik finishga yetib keldi
👉 Kasb-korli bo‘lishning marg‘iloncha formulasi
👉 Qo‘qon xoni Xudoyorxonning jadid farzandlari tarixi
👉 “Plus” va “minus”


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

🟢 Ustozlarni qayta tayyorlash loyihasi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Koreya Ta'lim markazi bilan hamkorlikda umumta'lim ustozlarini kasbiy qayta tayyorlash loyihasiga start berildi.

Tadbir avvalida vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov so‘zga chiqib, ustozlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan mazkur loyihaning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Ushbu loyihada eng yaxshi natija qayd etgan ustozlar Koreyada amaliyot o‘tash uchun yuborilishi ko‘zda tutilgan.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#bayram

⭐️ Bugun, 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

1992-yil 2-iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Davlatimizning ramzi hisoblangan gerb bugun 32 yoshda.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#olimpiada

🌐 Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida 4 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi

“ICT4Girls” olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qizlar o‘rtasida butkemp tashkil etilib, butkemp so‘ngida Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida qatnashadigan 4 nafar ishtirokchi saralab olindi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#matematika_olimpiadasi

🥈 Matematika olimpiadasi

Joriy yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida 22 ta mamlakatdan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

28-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi yakuniy natijalariga ko‘ra. o‘zbekistonlik
o‘quvchilar tomonidan 3 ta kumush, 3 bronza medallari qo‘lga kiritildi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#marafon

⭐️ YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGI NAFAS MARAFONI

Mamlakatimizning 16 shahrida “Olympic day”, “Vatan Qalqoni” va “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan BYD “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda ishtirokchilar 3 kilometr masofada o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#ilm_ahlidan

🟢 Ilm yo‘lida...

Imom Buhoriy ‘’Sahihul - Buxoriy’’ kitobida ilm haqida shunday yozadi;

‘‘Imon va ilm bir- biri bilan chambar- chas bog‘liq. Ilm olishdan maqsad jamiyat taraqqiyoti va oxirat saodatidir. Ilmsizlik zarar keltirar.Bilimli inson o‘zini zararli illatlardan saqlaydi’’. (Mujodala surasi 11- oyat.)


Ilmning erta kechi yo‘q deyishadi. Necha yillik orzum ushalib Andijon davlat pedogogika instituti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirdim.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

⚡️ Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi

Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.

Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.

Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri andijonlik ustozlar bilan muloqot qildi

📍 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ustozlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham ishtirok etdi.

Muloqot davomida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga O‘tkirbek Shukurov tayinlanganligi e’lon qilindi.

Yig‘ilishda mas'ullarga yangi 2024-2025-o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilashga doir ko‘rsatmalar berildi.

Ochiq muloqot davomida ustozlarning fikr-mulohaza va takliflari ham tinglandi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mutolaa

⭐️ Kitob – ma’naviy boylik!

Qadim-qadimdan xalqimiz kitobni o‘ziga do‘st deb bilgan. Qadimgi Turon elida ko‘plab olim-u fuzalolar yetishib chiqqan. Bu esa azaldan xalqimiz kitobxon ekanligidan dalolatdir.

“Ma’rifat” gazetasining 1-may kungi 18-sonida Rizo Xudoyqulov va Oyshirin Xudoyqulova muallifl igida chop etilgan “Kitob – hayotining mazmuni edi” maqolasi bilan tanishib chiqdik. Maqolada keltirilgan Mahmud Sa’diy ijodi haqidagi ma’lumotlarni o‘qir ekanmiz, uning ustoz lari va hamkasblari ta’biri bilan aytganda “kitobxo‘r”ligi qaysidir ma’noda bizga ibrat ekanligini his qildik.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#raqamli_texnologiyalar

🌐 Raqamlashtirish yo‘nalishida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tajribasi o‘rganildi

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qaroriga muvofiq vazirlik va idoralarning raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga mas’ul tarkibiy bo‘linma xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish boradasi amalga oshirilgan ishlar, natijalar va muammolar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida vazirlikning “Yagona elektron tizimi – erp.maktab.uz”ni vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#tezkor

⚡️ Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi

“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Maktabgacha ta'lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Assalomu alaykum!
Boshlangan kuningiz
xayrli bo‘lsin!


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#yoshlar_siyosati

⚡️ Vazir: Har bir yoshning kelajagi ta’lim bilan chambarchas bog‘liq

2-iyul kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida vazirlikning kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar boʻyicha fikr almashildi. Bunda OTMlarning ish beruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va mustahkamlash, tarmoq korxona va tashkilotlarida kafedralar filiallarini tashkil etish va dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida urgʻu berildi.

Yigʻilish kun tartibidagi yana bir muhim masalalardan biri — oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun imtihonlar topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish boʻlib, abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun yetarli sharoitlarni yaratishga qaratilgan tashkiliy ishlarning holati boʻyicha axborot berildi. Oliygohlar rahbarlariga yangi oʻquv yilidan boshlab talabalarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi “Registrator ofislari” faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari lozimligi qayd etildi.

Yigʻilishda rektorlarning amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda fikr va mulohazalari tinglandi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#shaxmat_sporti

❗️GULDONA KARIMOVA TERMA JAMOADAN NEGA CHETLATILDI?

O‘zbekiston shaxmat rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanmoqda. Jahon shaxmat federatsiyasi – FIDE reytingi (erkaklar) kuchli yuzligidan ayni damda 5 nafar vakilimiz o‘rin olganligi buning yaqqol dalilidir. Sababi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga Alisher Sa’dullayev rahbar bo‘lgach, yurtimizda xalqaro musobaqalar ko‘paydi (“Rustam Qosimjonov kubogi”, “Women’s chess championship”, “Sohibqiron kubogi”, “Al-Beruniy kubogi” va h.k.), xorijiy turnirlarga boradiganlar ko‘paydi, xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylariga pul mukofoti ko‘paydi. Yarq etgan iste’dodlarga e’tibor oshdi. Shaxmatni yanada ommalashtirish harakati kuchayishiga shart-sharoit yaratilmoqda.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#shaxmatchilar

🇺🇿O‘zbekistonlik 12 yoshli shaxmatchi jahon chempionati finalida

Gruziyaning Batumi shahrida 8-12 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionati hal qiluvchi pley-off bosqichiga kirdi. Qiziqarli kechgan yetti turdan so‘ng barcha yosh toifalarida medallarga asosiy da’vogarlar nomi aniqlandi.

Oltita yosh toifasida sovrindorlikka nomzodlar qatorida o‘zbekistonlik Biloliddin Obidovning borligi mamlakatimiz jahon shaxmatiga yana bir iste’dod egasini yetishtirib berganidan dalolat.

Bugun, 2 iyul kuni Xaomin Ku - Biloliddin Obidov o‘rtasida tashkil etiladigan javob o‘yinida ham Obidovning qo‘li baland kelsa, 12 yoshlilar o‘rtasida jahon chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ladi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#mutolaa

✏️ “O‘G‘IRLANGAN” INSHO…

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 28-fevral sonidagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Hamroyevning “Aksilkorrupsiyaviy islohotlar amalda” maqolasini jamoamiz bilan o‘qib, tahlil qildik. Muallif dolzarb fikrlar, asoslarni keltirgan. Maqolani o‘qidum-u, korrupsiya qurboni bo‘lgan o‘quvchim yodimga tushdi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#qabul2024
#magistratura

🗣 Magistraturaga qabul boshlandi

2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#axborot_texnologiyalari

Bugungi kunda AT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari bugungi kunda AT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshganligini, yiliga ular ellik, yuz, hatto ikki yuz ming dollargacha eksport qilmoqdaligini ta’kidladi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Endilikda yoshlar til o‘rganganligi uchun moddiy rag‘batlantiriladi

“Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024) qabul qilindi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#yoshlar_sporti

O‘ZBEKISTON KUBOGI SOVRINDORLARI


Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish, fuqarolarning sog‘lom turmush tarzi ko‘rsatkichlarini oshirish hamda sog‘lom avlod tarbiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish so‘nggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani barchamizga ma’lum.


O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyun kunidagi “Sportning Armrestling turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 30/1008-A/F-son buyrug‘iga asosan, 25-27-iyun kunlari Toshkent shahrida sportning Armrestling turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

✔️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

✅BAYRAM MUBORAK

Yo sh l a r k u n i g a

Chorak asr ko‘proq ko‘rgan yoshlari,
Hurlikdan shashqator sevinch yoshlari,
El koriga tayyor Vatan yoshlari,
Aytay ezgu tilak — bayram muborak!

Dunyo qoyil qoldi shaxmat bobida,
Gʻolibsan Aljabr fan kitobida,
Ringda zarbalarni urib tobida,
Yo‘llay nurli tilak — bayram muborak!

Ustoz o‘gitiga gar qilsang amal,
Besh tashabbus senga dasturulamal,
Buyuk kelajakka qo‘ydik tosh-tamal,
So‘zlay yorqin tilak — bayram muborak!

Zamon zayliga boq, bo‘l jo‘r ovozi,
Loqayd bo‘lma, dilning bo‘lgin zo‘r sozi,
Shunda xalqing sendan bo‘ladi rozi,
Fikrimiz mushtarak — bayram muborak!

Respublikamizdagi barcha yoshlarni “30-iyun — Yoshlar kuni”
bilan asakalik pedagoglar nomidan samimiy muborakbod etaman!

Abdurashid ERGASHEV,
Asaka tumanidagi 26-maktab o‘qituvchisi

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#yoshlar_siyosati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.

Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.

Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.

Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.

Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…
Подписаться на канал