#abituriyentlar
⚡️ 2024 - 2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish jarayonlari
Barchamizga ma’lumki, abituriyentlarni ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi 25-iyun kuni yakuniga yetdi. Bunda 894 279 ming nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan abituriyentlarning 410 334 nafari joriy yil bitiruvchilari bo‘lsa, 483 945 ming nafari avvalgi yillar bitiruvchilaridir.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#mukofot
⭐️ Prezident faoliyatida alohida yutuqqa erishgan bir qator yigitlarni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi
Shavkat Mirziyoyev fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, san’at, sport kabi yo‘nalishlarda alohida yutuqqa erishgan 28 nafar yigitni “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirladi.
O‘z bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan yigitlar mukofotlandi.
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirildi. Sovrindorlar, shuningdek, BHMning 50 baravari (17 mln so‘m) miqdorida pul mukofotini ham qo'lga kiritishdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#axborot_texnologiyalari
🌐 O‘zbekiston – Koreya AT biznes forumi tashkil etildi
📍 Koreyaning Seul shahrida AT Park Uzbekistan va Koreya xalqaro sanoat hamkorlik instituti (KIIIC) o‘rtasida O‘zbekiston-Koreya AT biznes alyansini tuzish va bu orqali ikki mamlakat texnologik tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zbek va koreys millatlari o‘rtasidagi tarixiy, siyosiy va madaniy yaqinlik, shuningdek, O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlarga ega bo‘lgan, nisbatan arzon biroq kuchli mutaxassislarga ehtiyoji bor koreyalik kompaniyalar uchun O‘zbekistonni tanlash ayni muddao ekanligini ta’kidlab o‘tdi.@marifatziyo
#tezkor
❌ Dahshatli statistika: atigi 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTXda vafot etdi
Joriy yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan.
O‘zingizni asrang, ehtiyotkor bo‘lishni unutmang.
#bayram_muborak
🖋 Bugun 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Shu munosabat bilan barcha jurnalistlarimizni bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizni tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik oilaviy xotirjamlik sira tark etmasin. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda barchangizga yangi yutuq va omad yor bo‘lsin!
Bayramingiz muborak boʻlsin aziz jurnalistlar!
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 26-iyun kungi Ona tilimizga bag‘ishlangan maxsus sonida:
👉 O‘zbek lingvistik sanoati istiqbollari
👉 O‘quvchingizni mustaqil ishlashga o‘rgating
👉 O‘zbek tili taraqqiyotida sharq tillarining o‘rni
👉 Himoyachi jigar
👉 “O‘g‘irlangan” insho
👉 “Pitbildiq, pitbildiq, kulchatoyni ko‘p qildik...”
👉 O‘zbek kompyuter lingvistikasi yalovbardori
👉 “Q” tovushi va “Qq” harfini mustahkamlash
👉 Asil ko‘mchu so‘zlarim
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#tezkor
🖥 O‘zbekiston yiliga ta’lim sohasiga qancha mablag‘ ajratadi?
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, joriy yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston budjetidan davlatga qarashli bog‘chalarga 3 trillion so‘m, maktablarga 10,4 trillion so‘m, oliy taʼlim muassasalariga 1,6 trillion so‘m ajratilgan.
2024-yilning dastlabki uch oyida davlat budjetidan ijtimoiy soha xarajatlarining 16 trillion so‘mini (47,2 foiz) taʼlim tizimi muassasalarini saqlash va rivojlantirish xarajatlari tashkil etgan. Bu mablag‘ 2023-yilning mos davridan 3 trillion so‘mga ko‘p.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#xayrli_kun
Assalomu alaykum.
Boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin.
Ma'rifat gazetasi doim siz bilan!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#harbiylar
👮♂️ AKADEMIYA BITIRUVCHILARIGA DIPLOM VA LEYTENANT HARBIY UNVONI TANTANALI TOPSHIRILDI
Shuni alohida ta'kidlash joizki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning - Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi - degan so‘zlari yurtimiz yoshlariga nisbatan bildirilgan yuksak ishonch va e'tiborning namunasidir.
⏺ 2024 yilning 22-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida bitiruvchi kursantlarga “Diplom va leytenant” harbiy unvonini topshirish tantanali tadbiri o‘tkazildi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#axborot_texnologiyalari
🌐 Dunyodagi eng qimmat kompaniya “NVIDIA” bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
🔺 Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari R.Karimjonovning “NVIDIA” kompaniyasi MDH boʻyicha biznesni rivojlantirish boʻyicha bosh menejeri Anton Dzhoraev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda:
⏺ O‘zbekistonda AT sohasini va sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal rivojlantirish imkoniyatlar o‘rganish;
⏺ xalqaro bozorga AT-kadrlarni tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash;
⏺mahalliy sun’iy intellekt yo‘naltirilgan startap loyihalarga sarmoyaviy qoʻllab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish;
⏺AT va sun’iy intellekt sohalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma rejalar ishlab chiqish masalalari batafsil muhokama qilindi.
🗣
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida amaliy reja ishlab chiqish, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishga kelishildi.
✅ Shu bilan birgalikda, joriy yil 17-20-sentabr kunlari bo'lib o'tadigan "ICTWeek 2024" tadbirida mintaqaviy hamkor sifatida qatnashishga taklif etildi.
Ma’lumot uchun:
Amerikalik chip ishlab chiqaruvchi “NVIDIA” birinchi marta dunyodagi eng qimmat ommaviy kompaniyaga aylandi. Kompaniya bozor qiymati bo‘yicha Microsoft va Apple’dan o‘zib ketdi.
#qabul2024
#abutrent
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi
21-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 528 ming 055 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 233 ming 662 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 294 ming 393 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
⏺ Davlatimiz rahbari sohani rivojlantirish uchun yangi tashabbuslarni ilgari surdi
🗣 Kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Texnika yo‘nalishidagi 36 ta oliygohda o‘qitish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini ilg‘or tajriba asosida to‘liq o‘zgartirish zarurligi ta’kidlandi.
Masalan, Davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklarni qisqartirish, kafedralarni birlashtirish mumkin. Universitet to‘liq dual ta’lim tizimiga o‘tadi. Fanlar kamida 30 foizga qisqaradi.
Oliygohdagi ta’lim Drezden texnika universiteti (Germaniya) va Sukuba universiteti (Yaponiya) dasturlariga moslashtiriladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar o‘rtasida "Zakovat" turnirida 74 jamoa o‘rtasida 10-o‘rinni oldik. Birinchi urinishga bo‘lar-a?!
Читать полностью…#Yoshlaruchrashuvi #Yoshlaroyligi
✅ Toshkent viloyatida yoshlarning takliflari o‘rganilmoqda
⚡️ Yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi, o‘qishi, kasb-hunar egallashi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi.
⚡️Jumladan, yoshlar oyligi doirasida Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari asnosida ham o‘g‘il-qizlarning murojaatlari eshitilmoqda, taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔄 2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi
📶 Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi.
2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.
Attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Attestatsiyada ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi tartib joriy etilib, unda 190 mingdan ziyod o‘qituvchilar qatnashib, shundan 51 ming nafarining toifasi oshirilgan.
#abituriyent
🛍 2024 - 2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish jarayonlari
Ma’lumki, 2024-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga muvofiq 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#abituriyent
Endi talabalarga 2 xil grant beriladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, talabalarga beriladigan grantlar ikki turga ajratiladi: ijtimoiy rag‘batlantiruvchi va ta’lim granti.
1⃣ Ijtimoiy rag‘batlantiruvchi ta’lim granti:
Qonunchilikda belgilangan imtiyozlar asosida davlat granti bo‘yicha va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilinganlarga ajratiladi. Bu grant tarmoq va sohalar, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblari uchun ham beriladi. Talabalar bu grantni o‘qishni tugatguncha saqlab qolishlari mumkin.
2⃣ Ta’lim granti:
Umumiy kvota doirasida talabalikka qabul qilinadigan yoshlarga bir yil muddatga beriladi. Keyingi yildan boshlab, grant bilimli talabalarning o‘zlashtirish natijalariga qarab qayta taqsimlanadi.
Yangi grant tizimi talabalarni rag‘batlantirish va ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#abituriyent
⚡️ Rasman: Test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi, mandat 22-avgustga qadar e’lon qilinadi
2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda 30-iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi.
13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin bo‘ladi) ushbu muddat yakunlanadi.
7 kunlik muddatdan so‘ng mandat hisoblanadi hamda 21-22-avgustda mandat e’lon qilinadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
👉“BIZGA OʻZBEK TILIDA KITOB BERING” YOXUD RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASIGA SAYOHAT➡️
✅…
butun boshli bolalar kutubxonasida o‘zbek tilidagi kitoblar va ensiklopediyalar bor-yo‘g‘i bir javon ekan, xolos. Kutubxonadan chet tillardagi bolalar uchun ertak, hikoya, qissa, ensiklopediya, qo‘llanma va boshqa turdagi kitoblarni bemalol topishingiz mumkin. Ammo, lekin, biroq…
#korrupsiya
❌ Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-iyundagi “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-228-sonli Qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bazaviy hamda maxsus o‘quv kurslari bo‘yicha Virtual akademiyada o‘qitish belgilandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari seminar-trening, o‘quv dasturlar, malaka oshirish kurslari doirasida oshirilib, joriy yilning o‘tgan davrida 120 ming 280 nafar xodim «Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusida o‘qitilgan.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Qabul2024 #Abituriyent2024
☄️ Bugun oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Bugun (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar bugun, 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#qabul_2024
☄️ Qabul tugashiga 1 kun qoldi
24-iyun soat 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 742 ming 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan:
joriy yil bitiruvchilari — 380 ming 583 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari — 361 896 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🤵♂ erkaklar — 353 ming 698 nafar;
👩🏻🔧 ayollar — 388 ming 781 nafar.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#axborot_texnologiyalari
🌐 Vazir va AT sohasida faoliyat olib borayotgan AT’chi qizlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
💬 Uchrashuv xotin-qizlarni AT sohasiga jalb etishning va ularning texnologiya sohasida ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi ishlarni tizimli ravishda muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AT sohasida ayollar ishtirokini kengaytirish hukumat uchun ustuvor vazifa ekanligini, innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishda fikrlar va g‘oyalar xilma-xilligi muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida AT sohasida faoliyat yuritishga intilayotgan qizlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tashabbus va dasturlar muhokama qilindi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba
#yangliklar
☄️ O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5 avgustga qadar qabul qilinadi
Belgilangan tartibga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirishi yoki qayta tiklashida ta’lim yo‘nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Ellararo_ilmiy_yigʻin
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo MDH tarixchi va arxivchilari ellararo uyushmasi yig‘ilishida qatnashib, uning doirasida o‘tgan “MDH mamlakatlarining birgalikda kechgan tarixining munozarali masalalari: zamonaviy qarashlar va yondashuvlar” (Дискуссионные вопросы совместной истории стран СНГ: современные взгляды и подходы) ellararo ilmiy yig‘inida “O‘zbekistonda raqamli tarix: jadidlar.uz platformasi to‘g‘risida” (Цифровая история в Узбекистане: о платформе jadidlar.uz) ma'ruza qildi.
Ma'ruzada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda tarix faniga bo‘lgan alohida e'tibor, xususan, uni rivojlantirish va tadqiqotchilarga shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar alohida ta’kidlandi. Ushbu islohotlarning amaliy namunasi o‘laroq davlat tomonidan jadidchilik harakati tarixini chuqur ilmiy tadqiq qilishga bag‘ishlangan jadidlar.uz platformasi uchun 1 milliard so‘m ajratilgani ko‘rsatib o‘tildi.
Loyiha doirasida platformaga Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi Turon xalqlarini birlashtirishga harakat qilgan, oqibatda mustamlaka tuzumining qurboniga aylangan jadid ma'rifatparvarlari faoliyati, ijodi, hayot yo‘liga oid barcha turdagi ma'lumotlar, Turkiston muxtoriyatiga oid hujjatlar joylashtirilgani, shuningdek, platformada 19-yuzyillik so‘nggi – 20-yuyillik boshida Turkistonda kechgan rus mustamlakachiligining mohiyati, zo‘ravonlik siyosati va uning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy asoratlari o‘z aksini topgani aytib o‘tildi. Amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasida 245 ta jadid aniqlangani, ulardan 172 tasining turmushi va faoliyatiga doir ma'lumotlar berilgani to‘g‘risida eslatib o‘tildi.
Azamat Ziyo ushbu ellararo yig‘inda Tarix instituti “O‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushida g‘alabaga qo‘shgan hissasi” deb atalgan tahliliy tadqiqot va hujjatlarni o‘z ichiga olgan to‘plamni (70 bosma taboq) tayyorlab, e'lon qilgani, mazkur nashr uyushma tomonidan xuddi shu masalada mo‘ljallanayotgan loyihada asqotishi ham ta'kidlab o‘tildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
Yigʻilishda 36 ta oliygoh rektorlari ham qatnashmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi murakkab vaziyatda barcha davlatlar ichki resurslarga tayanib, innovatsiyaga intilayotganini qayd etdi.
Yana bir masalaga to‘xtaldi.
Texnika oliygohlarida yoʻnalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas — dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari sohadagi muammo va yechimlarga toʻxtalib oʻtdi.
Yurtimizda yiliga 3 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilib, ularda 150 ming atrofida ish oʻrni yaratilmoqda. Shundan 35 mingtasi texnika yoʻnalishida.
Hozirda 36 ta davlat oliygohida ushbu yoʻnalishda 264 ming bakalavr, 3 ming magistr oʻqimoqda. Yiliga 67 ming nafar talaba bitirmoqda.
Lekin, texnika oliygohlarida yoʻnalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas. Masalan, Davlat texnika universitetidagi 76 ta bakalavr yoʻnalishidan 45 tasi, 73 ta magistratura mutaxassisligidan 51 tasi bugungi kunda yetakchi xorijiy texnika oliygohlarida oʻqitilmaydi.
▪️Oqibatda muhandislarning 60 foizi oʻzi oʻqigan yoʻnalishida ishlamayapti.
#gazeta
🔺 Ta’limning keyingi bosqichi qanday tanlanadi?
🔄 Bugunning dolzarb vazifalaridan biri umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini zamon talablariga moslashtirishdir. Ya’ni o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni amaliyot bilan birgalikda olib borish kеrak.
Ushbu jarayonda asosiy mas’uliyat maktabning kasb-hunarga yo‘naltiruvchi psixologi zimmasiga tushadi. Psixolog rahbariyat, sinf rahbari, texnologiya va boshqa fan o‘qituvchilari, to‘garak rahbari, kutubxona mudiri bilan doimiy hamkorlikda ishlaydi, ular olib borayotgan ish natijalarini muntazam kuzatib, tahlil qilib boradi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⏺ Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida press-tur
🗣 Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 avgustdagi PQ-5227-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, mehnat sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi Markaziy Osiyodagi yagona oliy ta’lim muassasasi sanaladi.
Akademiyaning asosiy maqsadi zamonaviy innovasion va ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlarini qo‘llagan holda, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida talab yuqori bo‘lgan kasblar, yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash, mehnat va ijtimoiy munosabatlar sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning innovasion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish sanaladi.
Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari Markazi Osiyoda yagona bo‘lgan ta’lim muassasasining faoliyati, bu yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, jurnalistlar o‘quv auditoriyalari, axborot-resurs markazi, sport majmualari hamda talabalar turar joyida bo‘lishib, mavjud imkoniyatlar va sharoitlarga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lishdi. Shuningdek, ular press-tur davomida Talabalar oshxonasi hamda Akademiyada faoliyat yuritayotgan
IT-PARK faoliyatini ham ko‘zdan kechirishdi.
#Mutolaa
⚡️ Maktab muallimlarini kasbiga sodiqlik bilan ishlatish mexanizmi
❗️ Pedagoglar malakasini oshirish doimo dolzarb masala. Bu borada Prezidentimizning qator qarorlari qabul qilindi. Jumladan, “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi Qarori barcha malaka oshirish markazlari uchun asosiy dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova