#foydali
🔴 Kam uxlash qanday yomon oqibatlarga olib keladi?
❗️ Insonlar uyquni ko‘p hollarda vaqtni behuda sarflash deb o‘ylashadi, lekin bu xato ekanligi ushbu faktlardan ma’lum. Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan barcha yosh insonlar uchun uyqu davomiyligi standartlashtirilgan.
Kutish - bu bizning sog‘lig‘imiz va farovonligimizning deyarli barcha jabhalariga ta'sir qiladigan hayotning asosiy jihati. Yaxshi uyqu odatlarini tushunish va birinchi o‘ringa qo'yish jismoniy va ruhiy salomatligimiz uchun katta foyda.
#IT_xabarlar
🌐 Toshkentda Raqamli hukumat bo‘yicha milliy trening tashkil etildi
📍 Osiyo va Tinch okeani mintaqasining rivojlanish uchun AKT o‘quv markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekistondagi BMTTD bilan hamkorlikda joriy yil 5–7-iyun kunlari Raqamli hukumat transformatsiyasi boʻyicha milliy trening o‘tkazildi.
Mazkur treningning maqsadi – raqamli texnologiyalarning davlat boshqaruvi sifatini oshirishdagi o‘rni, raqamli hukumat siyosati yuritilishini samarali tashlik etish va ushbu yo‘nalishdagi muhim tamoyillar haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat edi.Uch kun davom etgan treningda “Raqamli texnologiyalar kundalik hayotda va boshqaruv”, “Raqamli hukumat strategiyalari”, “Inklyuziv raqamli rivojlanish - raqamli jamiyat”, “Inklyuziv raqamli rivojlanish – raqamli iqtisodiyot”, “Raqamli siyosat, rivojlanayotgan tendentsiyalar va oldinga yo‘l” kabi mavzularda sessiyalar tashkil etildi.
📶 “Vazir va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi”
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova bilan “Vazir va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
⏺So‘nggi pushaymon
Ta’tilni ham kutmay uyga jo‘nadim. Uyga kelishim bilan onam dasturxon yozdi va bisotida borini to‘kdi. “Uni ye, buni ye” deya tinmaydi. Men esa “Oyi, men o‘qishdan keldim, qamoqdan emas!” deya hazillashdim. “Shaharda bormi bular, mazza qilib yeb ol, yana to‘rt oydan keyin kelasan”... Shunday deb gaplashib o‘tirgandik, kimdir chaqirdi. Onam ukamga chaqirgan kishiga qarashini aytdi. Ukam esa “Qizingiz chiqsin, hamma narsani unga berayotgan edingiz-ku!” deya biroz onamdan xafa bo‘lganday bo‘ldi. “Mayli o‘tir o‘zim chiqaman”, deb endi o‘rnimdan turmoqchi edim, ukam chiqadigan bo‘ldi. Eshikdan “Mehmon bormi?” deya qo‘shnimiz Dilbar xola kirib keldi. Biroz gavdali, lekin juda ham chiroyli. Qishloqning eng oldi xotinlaridan. Uchta qizi bor. Lekin hech biri unga o‘xshamagan.
✔️ Davomi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🌐 AT sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida Oqqo‘rg‘on tumanida “Gap” ayollar AT-klubining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi
⌛ Jamiyatda xotin-qizlarimizning roli, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Monomarkazda “GAP” ayollar AT-klubi doirasida navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
160 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etgan ushbu uchrashuv, turli xil mavzularda debatlar, savol-javoblar, shuningdek, my.gov platformasidan foydalanish yo‘riqnomasi, bepul ta’lim olish uchun foydali havolalar, AT sohasidagi kasblar haqida tushunchalar, qo‘l telefondan to‘g‘ri foydalangan holda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar bilan bo‘lishildi.
⏺ Ma’lumot uchun: GAP ayollar AT klubi Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusida AT Park hamkorligida 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – AT sohasiga mamlakatimiz xotin-qizlarini jalb qilish va ularning sohadagi ulushini ko‘paytirishdan iborat.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅ Magistratura bosqichiga kirishda ham imtiyozlar beriladimi?
Xuddi bakalavrdagi kabi ayrim abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar magistraturada ham bor.
Qator toifadagi talabalar magistraturaga imtihonsiz grant asosida o'qishga kiradi:
Prezidentning davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari;
"Mard o'g'lon" davlat mukofoti sohiblari; fan olimpiadasi g'oliblari;
Ta'lim vazirligi o'tkazadigan fan olimpiadasi g'oliblari (3 ta o'rin)
Kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishini "qizil ga bitirganlar "o'z yo'nalishiga" imtihonlarsiz to'lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Imtiyoz bilan o'qishga kiradiganlar umumiy kvotadan tashqari magistraturaga qabul qilinadi. Ya'ni ular boshqalarga xalaqit bermaydi.
❗️Kun tartibini to‘g‘ri tuzish bo‘yicha foydali tavsiyalar
⏰ Soat 6:00 gacha baxt gormoni serotonin ishlab chiqariladi.
⏰ 6:00 dan keyin - tanamizni faol uyg‘onishga tayyorlaydigan kortizol gormonining darajasi oshadi.
⏰ Ertalab 500 ml suv ichib, jismoniy mashqlar qilsangiz, stress gormonlari yuvilib ketadi.
⏰ 7:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarilishi to‘xtaydi. Bundan keyingi uyquning qiymati 0 ga teng.
⏰ 10:00 - 14:00 oralig‘ida neyrogormon darajasi cho‘qqiga yetadi. Bu aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt.
⏰ 14:00 - 16:00 oralig‘ida - 20 daqiqa uxlash o‘sish, yoshlik va go‘zallik gormonini rag‘batlantiradi.
⏰ 17:00 dan boshlab - kortizol kamayishni boshlaydi. Muhim qarorlar qabul qilish va mashg‘ulotlar cheklanishi kerak, chunki mushaklarning oziqlanishi juda qiyin bo‘ladi.
⏰ 21:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarila boshlaydi. Tana harorati pasayadi. Organizm uyquga tayyor bo‘ladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Yosh_tarixchilar_yozgi_oʻqishlari
📍 “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 3-yozgi oʻqishlari” Sivas Jumhuriyat Universitetida boshlandi.
⌛ Hamkorlikdagi mahorat darslari turk milliy raqslari namoyishi bilan boshlandi. Shundan soʻng, universitetning tarixchi olimlaridan doktor Dilara Altash "Elxoniylar tarixiga oid manbalar", professor Ayshe Yanardagʻ "Ilk jumhuriyat davrida Turkiya", professor Zafar Qorademir "Usmonlilarning iqtisodiy qarashlari" va professor Mavlud Dede "Tarixiy tadqiqot nazariyalari" ilmiy maʼruzalari bilan qatnashdi. Ma'ruzalar so‘ngida savol-javob va munozaralar bo‘lib, Tarix instituti yosh tadqiqotchilari oʻzlarining ilmiy tadqiqot mavzulari boʻyicha universitet olimlari bilan fikr almashishdi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Karamay shahri meri bilan IT yoʻnalishida hamkorlik masalari ko‘rib chiqildi
🌐 Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Karamay shahri meri Chen Kay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv davomida Karamay shahri bilan aloqalar mustahkamlanib borayotgani va savdo-iqtisodiy aloqalar jadallashayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya
⌛ “O‘zbekisyon Turkiya biznes forumi”
🔄 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Turkiya Biznes forumi”da ishtirok etdi.
Mazkur forum doirasida “Davlat-xususiy sheriklik. O’zbek-Turk hamkorligining yangi istiqbollari” nomli panel sessiyasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida DXSH asosida hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
💬 Shuningdek, Turkiyaning bir qator yirik kompaniyalari bilan G2B formatida o‘zaro hamkorlik yuzasidan samarali uchrashuvlar tashkil qilinib, ularning yakuni bo’yicha anglashuv memorandumlari imzolandi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Xalqaro_tanlov
⭐️Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Gruziyada oʻtkazilgan xalqaro tanlovda 9 ta medalni qoʻlga kiritishdi
⚡️Joriy yilning 1-5-iyun kunlari Gruziyaning Batumi shahrida oʻtkazilgan “Black Sea Fest” tanlovida Samarqand viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻquvchilari ishtirok etdi hamda sovrinli oʻrinlarni egallashdi.
📍Yurtimiz oʻquvchilari vokal, raqs, folklor, tasviriy sanʼat, xalq cholgʻulari yoʻnalishlari boʻyichada tashkil etilgan tanlov natijalariga koʻra GRAN PRI sovrinini qoʻlga kiritdi hamda 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan taqdirlandi.
⏺ Jamoa aʼzosi F.Nazarova “Fiestalonia” Xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi vakili sifatida Ambassador sertifikati bilan taqdirlandi.
⚠️ Maʼlumot uchun: mazkur tanlovda dunyoning 8 ta — Gruziya, Ukraina, Moldova, Qozogʻiston, Hindiston, Polsha, Isroil va Oʻzbekiston davlatlaridan jami 170 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️ “Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarga qanday imkoniyatlarni beradi?
🔺 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Kelajak kasblari” loyihasi tashkil etilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar mazkur loyihada qatnashish uchun respublikamizdan 10 mingdan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.
Xo‘sh, “Kelajak kasblari” loyihasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
✅ “Kelajak kasblari” loyihasining oliy maqsadi ham bilimli, mehnatsevar, zamonaviy kasb va xorijiy tilni puxta o‘zlashtirgan, hayotda o‘z o‘rnini topa oladigan yoshlarni shakllantirish va ularni puxta tayyorlashdan iborat.
⭐️Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlarga zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun imkoniyat yaratish, zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha yoshlarga sifatli va bepul ta’lim berish loyihaning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#ilm_fan
#talaba_amaliyoti
🌐 Internetdagi ma’lumotlar o‘chib ketadimi?
❗️“Internetdagi ma’lumotlar abadiy saqlanib qoladi”, degan gaplarni ko‘p eshitamiz. Ammo The Independent gazetasi jurnalistlari Pew Research Center tahlil kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan tadqiqotga tayanib, global tarmoqning “o‘lmasligi” haqidagi afsonani yo‘qqa chiqardi.
✅ Mutaxassislar 2013-yilda mavjud bo‘lgan veb-sahifalarning 38 foizi hozirda o‘chib ketganini aniqladilar. Qolaversa, nisbatan yangi sahifalar ham yoʻqolib bormoqda — 2023-yilda mavjud veb-sahifalarning 8 foiziga 2024-yilning birinchi yarmiga kelib kirish imkonsiz bo‘lib qoldi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#tezkor
❗️ Yagona shoshilinch chaqiruv xizmati tashkil etiladi
🗣 Joriy yilning 29-mayida “112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, endi hodisa va favqulodda vaziyatlar roʻy berganda shoshilinch yordam koʻrsatish uchun “112” qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilinadi. Bunda chaqiruvga asosan avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#iqtibos
⏱ Umrni behuda sarflashdan koʻra, boylikni behuda sarflash yaxshiroqdir. Chunki boylikni qayta topish mumkin, vaqt esa – ortga qaytmaydi!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🌙 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🌐 ZTE ning BPO masofaviy xizmatlari markazi ochilmoqda
ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti O‘zbekistonda masofaviy xizmatlar eksporti BPO markazi ochilganini va bu yangi yo‘nalishda hamkorlikni yanada kengaytirishini ma’lum qildi.
👨💻
Uchrashuvda IT Park Uzbekistan hududida tashkil etilayotgan ZTE'ning BPO masofaviy xizmatlar markazining kelgusidagi faoliyati, ma’lumotlar markazi loyihasi holati, hamkorlikning keyingi bosqichlari bo‘yicha atroflicha suhbatlashildi.
⭐️ Har sohada faol Nargiza
❗️Kim bo‘lsam ekan, muallimmi yoki ota-onam xohlaganidek shifokor, yo jurnalistmi? Bu kabi o‘ylar har bir o‘smirning xayolidan o‘tadi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti filologiya va jurnalistika fakulteti 3-kurs talabasi Nargiza Rambergenova esa o‘zi qiziqqan har bir sohani birdek olib borishga harakat qilmoqda.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
✔️ SO‘NGGI QAROR
📍Tuvalu janubiy Tinch okeanining 9-mitti davlati hisoblanadi. Aholisi 11 ming kishi. 1999-yili dunyo bo‘ylab eng kambag‘al davlatlar ro‘yxatida 3-o‘rinni egallagan. Ammo hukumatining keskin qarori bilan tezda eng boy mamlakatlar qatoriga kiradi. Tuvalu ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining “TV” internet manzilini ochadi. “TV” sayti ko‘plab dunyo mamlakatlari uchun qiziqarli kontentlar ulashib boradi. Keyinchalik Kaliforniya ushbu tuvaliklarning “TV” saytini 40 mln dollarga sotib oladi. Orolliklar uchun bu juda katta mablag‘ edi.
✅️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
❗️Men nega jurnalist bo‘lmoqchiman?
“Jurnalistika bu ijod”, – deydi Xurshid Do‘stmuhammad. Dunyoni telbalar ko‘zi bilan ko‘rish esa, ijodkorlik nazarimda. Ushbu ijodkorlarga tahdidlar ham kam emas. Lekin telba baribir telbada, o‘z aytgan ishidan qolmaydi. Demak, o‘zimga ishongan holda bu telba va zalvorli kasbga asta-sekin qadam qo‘yayapman. Millat hayotiga telba qarashlarim va ijodim bilan chaqmoqday kirib borishga umid qilaman.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
🌐 Internet tushkunlikka sabab bo‘ladimi?
📍Amerikalik psixolog olim Jeykob Liberman: “Yigirma birinchi asr – rivojlangan texnologiya va ruhiy-asab kasalliklari davri” deya ta’kidlaganda ko‘pchilik unga shubha bilan qarashgan. Bugun esa olimning naqadar haqligini barchamiz kuzatib turibmiz…
Zamonaviy dunyoda ruhiy tushkunlik asosiy muammolardan biri: psixiatriyada hamda, tibbiyotda ham. Bu bejiz emas, chunki depressiya tarqalish darajasi bo‘yicha ruhiy patalogiyalar orasida birinchi o‘rinda turipti. Buxoro davlat tibbiyot kolleji psixologi Nargiza Baxranova bilan ayni mavzu yuzasidan suhbat uyushtirdik.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⭐️ Assalomu alaykum.
Boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin.
Kuningizni Ma'rifat gazetasi bilan boshlang!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔺 “Vazir va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi”
📍 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova bilan “Vazir va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova shunday dedi:
“Yurtimizda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, bitiruvchi talaba yoshlarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayapti.
Har yili mamlakatimizda 200 mingdan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tugatib O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib keladi. Ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligidan kelib chiqib ish o‘rinlari yaratish hozirgi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bularning barchasi mamlakatimiz rivoji va siz yoshlar uchun”.
Tadbir davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazir Hilola Umarovadan to‘laqonli javoblar olishdi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#abituriyent
❓Abituriyentlar maksimal ball olishi uchun milliy sertifikat darajasi qanday bo‘lishi kerak?
Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibini tushuntirdi.
Unga ko‘ra:
❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):
➖ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
➖ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
✔️Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🟡 OROMGOHLAR MAVSUMGA SHAY
✅ Bugungi kunda Samarqand viloyatida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 602136 nafarni tashkil etadi. Samarqand viloyatidagi sog‘lomlashtirish oromgohlarida 9610 nafar bolaning dam olishi rеjalashtirildi. Bahor faslidanoq “Yoz−2024” mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uyushqoqlik bilan boshlanib kеtdi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#abituriyent
❗️Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?
✅ 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:
1. Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2. Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3. Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4. Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5. Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
☀️ Assalomu alaykum! Juma tongi muborak boʻlsin, azizlar!
🌼 Tongda uygʻonishning oʻzi bir moʻjiza! Bugungi kuningiz ana shunday mo‘jizalarga boy bo‘lsin!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#yangilik
⭐️“Quyoshjon” bolalar maydonchasi
⌛ Prezidentimiz yosh avlodga juda katta e’tibor qaratib, ularning ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytirishga imkoniyatlar yaratib berganlar. Kuni kecha Shayxontoxur tumani 19-sonli maktabda, yozgi ta’til boshlanishi munosabati bilan maktabda yozgi “Quyoshjon” nomli bolalar maydonchasi ochildi. Maydoncha O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan ochildi.
Maydonchada ertak qahramonlari qatnashdilar. O‘quvchilar ertak qahramonlari bilan turli musobaqalar o‘tkazishdi. Bolalar ertak kitobidan ertaklar mutolaa qilishdi. Bayram ko‘tarinki ruxda davom etmoqda.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#yangilik
📈 Maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni so‘nggi 5 yilda 61,1 ming nafarga oshgan
📊 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.
✅ Bu ko‘rsatkich 2019-2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.
❗️Ma’lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#fotosuratlar_ko‘rgazmasi
⚡️ “Baxtli bolalik”
✔️ Joriy yilning 4-iyun kuni Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Ofarin” mukofoti sovrindori, fotojurnalist Ravil Albekovning “Baxtli bolalik” nomli shaxsiy foto ko‘rgazmasining ochilish marosdimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada fotojurnalistning 60 ta oq-qora fotosuratlari namoyish etildi.
Uning fotosuratlarida XX asrning 40-yillari, asosan, bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy hayotdagi xatti-harakatlari aks etgan. Kamera obyektivida bolalar va o‘smirlar bilan bog‘liq sport va san’at, ilm-fan a madaniyatning boshqa jabhalariga doir jarayonlar o‘z tasvirini topadi.
Ravil Albekovning fotosuratlari oq-qora bo‘lsa-da, mana shu ikki rang orqali u bolalar va o‘smirlarning fe’l-atvori, qiziqish va va yutuqlarini to‘laqonli kashf eta olgan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova