#doktorantura
📍Turkiyada doktorantura uchun oʻzbekistonliklarga stipendiyalar taʼsis etiladi
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovni Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yoʻnalishlari xususida fikr almashildi.
Turkiya Oliy taʼlim kengashi raisi Erol Oʻzvar oʻzbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun Turkiya universitetlarining doktorantura bosqichida tahsil olishga stipendiyalar ajratilishi joriy yildan yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#yangilik
#tanlov
⭐️Badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot taʼsis etiladi
🗣Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:
⏺ oʻzbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
⏺ oʻzbek adabiyotining sheʼriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
⏺ oʻzbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
⏺ xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
⏺ xorijiy tillarda yaratilgan sheʼriy asarlardan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
⏺ xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan oʻzbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.
✅Gʻoliblarning har biri maxsus diplom, koʻkrak nishon va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 5-iyun kungi sonida:
👉 “4K” modeli asosida yaratilgan darsliklar
👉 Sehrli tayoqchani izlab...
👉 “Besh barmoq”
👉 Sondan kub ildiz chiqarish
👉 Test ishlash texnologiyalari yoxud “Matematik tenglik” usuli
👉 Xotiraga aylangan “xotira”lar
👉 Karikatura va hayot
👉 Taqdir zarbasi – tuhfa
👉 Ajoyib odam
👉 “Faslning eng yaxshi ijodkori” va “Mening tajribam” tanlovlari g‘oliblari aniqlandi
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️Nogironligi bor abituriyent qanday imtiyozlarga ega?
📌 Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan barcha ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi lozim.
Ular quyidagi imtiyozlarga ega:
☑️Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod.
☑️ I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o‘rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo‘nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plashi kerak.
☑️ Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.
☑️ Nogironligi bor fuqarolarga “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.
☑️ OTMlarda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi kerak.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔺 Maktablarda suvni filtrlash tizimi o‘rnatildi
📍 “Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena” loyihasini amalga oshirish doirasida Vobkent tumanidagi 8-maktab, Peshku tumanidagi 30-maktab, Shofirkon tumanidagi 37-maktab va Kogon tumanidagi 7-maktabda quduqlardan suv olish, uni filtrlash va chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatildi. Ichki va tashqi suv ta’minoti va oqova uchun muhandislik tarmoqlari, hojatxonalar va dush xonalari qurildi. Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha biologik tozalash tizimlari barpo etildi.
📶 Maktablar joylashgan aholi maskanlarida yashayotgan 15 000 nafarga yaqin odam ham toza va xavfsiz ichimlik suvidan bahramand bo‘ldi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️Rasman: 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon bekor bo‘ldi
▪️ 2024-yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMlarda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTMlar kabi test imtihoni o‘tkaziladi:
✔️ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
✔️ Samarqand davlat chet tillar instituti;
✔️ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
✔️ Toshkent davlat pedagogika universiteti;
✔️ Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
✔️ Nukus davlat pedagogika instituti;
✔️ Andijon davlat chet tillar instituti;
✔️ Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#bolalarni_himoya_qilish
🔄 “Onajonim, birga oʻynaymizmi?”
⭐️Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusiga koʻra ijtimoiy rolik suratga olindi.
Videoda ota-onalarning farzandlari bilan munosabatlarda ularni tushunishga intilishi, fikrlarini hurmat qilishi va ularga vaqt ajratishi zarurligi aks ettiriladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Befarq_emasman
#talaba_amaliyoti
❗️Befarqlikning natijasi
✅ Hech e’tibor berganmisiz, bankomat oldiga axlat uchun qo‘yilgan qutilar chek qog‘ozlari-yu, har xil plastik chiqindilardan to‘lib toshmoqda. Chek qog‘ozi kerak bo‘lmasa nega uni chiqarishar ekan-a?! Axir, shahar ozodaligiga fuqaro sifatida har birimiz mas’ulmiz!
Nigina IKROM olgan suratlar
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔵 Kamalak oromgohi – bizlarga hamroh
🗣 Bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan 14-maktab o‘quvchilari uchun, Kamalak oromgohiga start berildi.
Bolalarning vaqtini unumli o‘tkazishlari uchun tarbiyachi ustozlar tomonidan qiziqarli o‘yinlar ishlab chiqildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
Rozilik...
Nigora oilada yolg‘iz farzand, endigina maktab ostonasiga qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchisi shuningdek, bobosi Azamat otaning ham suyukli va erkatoy nabiralaridan biri edi. U judayam aqlli, maktabda a‘lo bahoga o‘qigan, va uning sevimli mashg‘uloti rasm chizish edi. Biroq Nigora erkatoy qiz bo‘lganligi tufayli doim uning ko‘ngliga qarashar, aytgan narsasini muhayyo qilishar edi. Bir kuni Nigora maktabdan qorni och holatda yugurib uyga kirib keldi, qarasa, hovlidagi so‘rida bobosi, oyisi, va dadasi tushlik qilib o‘tirishardi, so‘ngra oyisiga qarab:
– Oyijon tushlikka nima ovqat qildingiz judayam qornim ochib ketdi..?
– Kelaqol qizalog‘im, tushlikka mazali sho‘rva qildim.
Nigoraning qovoqlari osilib jahli chiqib oyisiga dedi:
– Uff oyijon yana sho‘rvami, men ichmayman, yomon ko‘raman sho‘rvani; ovqatingizga qarashni ham istamayman!
Oyisi bu so‘zlarni eshitgancha biroz vaqt jimgina qoldi va yana qiziga jilmayib qaragancha dedi:
– Qizalog‘im, hozircha shu ovqatni yeb turgin ertaga, albatta, sen xohlagan ovqatni pishirib beraman, deya takrorladi. Ammo Nigora oyisining gapiga quloq solmadi. Shunda bobosi Azamat ota erkatoy nabirasiga yuzlanib:
– Obbo, mening shirin qizim! Ovqat judayam mazali chiqibdi-ku, nega yemaysan?
Agar ovqatingni oxirigacha yeb qo‘ysang, senga atagan sovg‘am bor.
Nigoraning yuziga tabassum yugurib ko‘zlari chaqnab ketdi va hayajonda:
– Qanday sovg‘a bobojon?
– Agar tushlik qilib olsang bir necha kundan so‘ng nafaqam chiqsa, sen uchun ko‘ylak olib beraman!
Bu gaplarni eshitgan Nigora quvonchi ichiga sig‘may darrovda tushlik qilib oldi.
Oradan kunlar o‘tdi, Azamat ota qon bosimi oshgani tufayli shifoxonaga tushib qoldi, u yerda betobligi uchun bir necha kunlab qolib ketdi.
Bobosini ko‘rishga borgan Nigora u bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Keyin esa bobosi unga vada qilgan ko‘ylak haqida gapirdi:
– Bobojon menga ko‘ylak olib beraman degan edingiz, lekin olib bermadingiz qachon meni bozorga olib borasiz?
– Shoshma, qizalog‘im, ozgina tobim yo‘q tuzalib qolay, albatta, olib beraman deya tinchlantirdi Azamat ota.
Afsuski, Azamat ota nabirasiga bergan vadasining ustidan chiqolmadi, chunki ahvoli og‘irlashib, shifoxonaning o‘zida vafot etgandi.
Ertasi kuni janozada hamma yig‘ilgan, Imom esa “Hamma rahmatli Azamat otadan rozimi, u kishining hech kimdan qarzi yo‘qmi?” deya so‘radi. Shu payt ichkaridan hovliga yugurib chiqqan Nigora rozi emasman deya baqirdi. Hamma hayratdan qotib qolganicha Nigoraga qaradi. Keyin esa, amakisi qo‘lidan ushlagancha uyga olib kirdi va Nigoraga qarab dedi:
– Nigora nega hammaning oldida bunday deding? Axir, bobong seni juda yaxshi ko‘rardi-ku.
– Chunki bobom menga ko‘ylak olib beraman deb vada qilgan edi, ammo olib bermadi, shunga bobomdan rozi emasman!
Bu gaplardan so‘ng amakisi shu kunning o‘zidayoq Nigorani bozorga olib borib yangi ko‘ylak olib berdi va “Nigora bu ko‘ylak bobongning nomidan senga sovg‘a” dedi. Nigora o‘zida yo‘q xursand “Bobomni yaxshi ko‘raman!” degancha uyga yugurib kirib ketdi...
Mohizoda XOLIQOVA,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
...BEGʻUBOR BOLALIK...
"1-iyun–Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga
Eng lazzatli on edi,
Bolalik ertaklari.
Meva pishgach chorlardi,
Hovlining etaklari.
Unutilmas payt edi,
Chechak tergan pallalar.
Qulog‘imdan ketmaydi,
Onam aytgan allalar.
So‘ritokning tagida,
Loy supa bo‘lar edi.
Rayhon tevaragida,
Iforga to‘lar edi.
Tepada ishkom to‘la,
Yaltirar pishgan uzum.
Yodimda hali hamon,
Qamashtirardi ko‘zim.
Supa to‘la, jamul-jam,
O‘qir edik kitobni.
Ko‘ngillar yayrab har dam,
Yod olardik har bobni.
Qaniydi, qaytib qolsam,
Beg‘ubor-beboshlikka.
Tashakkur aytib olsam,
Baxt ulashgan yoshlikka.
Abdurashid ERGASHEV
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
🌐Inson miyasi kompyuterdek kuchli
⌨️ Salk biologik tadqiqotlar instituti (Kaliforniya) olimlari inson miyasi qancha ma’lumot saqlashi mumkinligi haqidagi yangi axborotni taqdim etdi. Tadqiqot natijalari Neural Computation ilmiy jurnalida chop etildi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
O‘zDJTU talabasi
Go‘zal G‘AFUROVA tayyorladi.
#bayram_muborak
#bolajon
⭐️Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!
👑 Barchangizni 1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan chin qalbimdan tabriklaymiz. Birgina tabassumingizda shu qadar ko‘p samimiylik va ishonch mujassam-ki, ular eng badjahl va qattiqqo‘l yurak sohibini ham eritishga qodirdir. Shu bois hamisha kulib yuring!
⭐️ Beg‘ubor bolalik olamingiz quvonch va kulgi ila rang-barang bo‘lsin, o‘zingiz orzu qilgan ertak qahramonlaridek dovyurak, ziyrak, aqlli bo‘ling.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
⌛ Prezident, ijod ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari qanday amalga oshiriladi?
✅Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Prezident, ijod ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari” mavzusidagi matbuot anjumani oʻtkazildi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Tinch yurtimizga, bayramlar yarashadi
Shunday bayramlardan biri bitiruvchilarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilariga faxriy yorliqlar berilib, ularni o‘qitgan ustozlar ham maktab rahbariyati tomonidan taqdirlanishdi. O‘quvchilarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, maktab rahbari Zebixon Yusupovna hamda yillar davomida talim tarbiya berib kelayotgan ustozlarga ham minnatdorchilik bildirdi.
O‘ylaymanki mana shunday insonlar yurtimiz rivoji, yoshlarimiz kelajagi uchun haqiqiy jonkuydiradigan insonlar sirasiga kiradi. Ularni harqancha tariflasak kam.
Maktabimizda Zebixon Yusupovna rahbar hamda ikkinchi ona sifatida talim-tarbiya berib, bilim berib qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Yurtimizda o‘z ishini fidoyilari ko‘payaversin.
Muallif: Nesibeli SAPAYEVA
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Qabul2024 #Abituriyent2024
✅ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
🖥 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
🗓 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
✅️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#xalqaro_reyting
🔈 Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi
🔄 Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.
📈 Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi.
🌐 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.
Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Ilm_fan
Kataloniya ilg‘or arxitektura instituti talabalari o‘z dissertatsiyalari uchun deyarli har qanday avtomobilga biriktirish mumkin bo‘lgan noyob mobil uy yaratdilar.
U MO.CA deb nomlanadi.
MO.CA ning og‘irligi qariyb 3,5 tonna.
#Taqriz
📌Oxirgi paytlarda hamma kinolar yengil-yelpi mavzular asosida suratga olinayotgandek tuyular, ko‘rishga arzugulik filmlar qolmadi deb o‘ylardim. Ammo iroqlik Karzan Kader tomonidan suratga olingan “Bekes”, ya’ni “Yetimlar” filmi fikrim o‘zgarishiga sababchi bo‘ldi.
📌Batafsil
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️Maktablarda obuna uchun ham, “remont” uchun ham majburiy pul yig‘ish mumkin emas
🗣Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, maktablarga beg‘araz homiylik qilish istagida bo‘lgan fuqarolar buni qonuniy yo‘l bilan, ya’ni homiylik mablag‘larini maktabning hisob-raqamiga o‘tkazgan holda rasmiylashtirishi mumkin. Hududlardagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ta’lim maskanlarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlash mahalliy hokimliklar zimmasida.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#foydali
🔄 Kirish imtihonida qatnashishda kimlar toʻlov qilmaydi?
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, o‘rta ta'limni tugatganiga kamida 1yil boʻlgan abituriyentlardan OTMga kirish imtihonlarida qatnashish uchun BHMning yarim baravari (170 ming soʻm) miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan.
Kirish imtihonlarida qatnashishda quyidagi shaxslar to‘lov qilmaslik imtiyoziga ega:
◾ o‘qishni shu yili tugatgan bitiruvchilar;
◾ nogironligi bo‘lgan shaxslar;
◾ mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
◾ bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
◾ "ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro'yxatdan o‘tgan shaxslar va ularning farzandlari;
◾ “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅ BARKAMOL AVLOD-BARKAMOL KELAJAK
🔄 Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishini, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʻnikmalarni rivojlantirish, sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalariga sport zaxirasini tayyorlash, oʻquvchi va talabalarni sport mashgʻulotlariga uzluksiz jalb etishga qaratilgan sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari “Barkamol avlod” sport oʻyinlarida oʻz aksini topdi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#abituriyent
Qabul boshlanishiga 2 kun qoldi
📶Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi;
Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.
✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.
2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#yangiliklar
❓Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi?
✔️ Yangi qarorga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga milliy sertifikat imtihonlarida C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.
Boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika, oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:
70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Turkiy_davlatlar_hamkorligi
⚡️Oʻzbekistonda ilm-fanga yaratilgan yangi imkoniyatlar tufayli Tarix institutining tashabbusi hamda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKА) Oʻzbekistondagi vakolatxonasini qo‘llovi bilan 2 – 12-iyun kunlari “Turk dunyosi yosh tarixchilarining 3-yozgi oʼqishlari”ni oʻtkazish uchun Fanlar akademiyasining Tarix instituti yosh olimlari Turkiya Respublikasiga yo’l oldi.
Bu yilgi yozgi o‘qishlar Sivas Jumhuriyat Universiteti hamda Anqara Universitetlarida bo’lib o’tadi.
Mazkur ilmiy seminarlar, ma'ruza va mashgʻulotlardan bosh maqsad davlatimizda milliy tarix ilmini yanada rivojlantirishdir.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
📍Yangiyer shahrida ta’lim sifati yangi bosqichga olib chiqilmoqda
⏺Yangiyer shahridagi 7-maktab viloyatda yagona bo‘lgan “Innovatsion maktab” maqomini oldi.
🔈 Maktab kutubxonasi haqida gapiradigan bo‘lsak, qariyb qirq yildan buyon mehnat faoliyatini ushbu maktab kutubxonasida olib borayotgan Azizova Salima opa so‘nggi ijobiy o‘zgarishlardan minnatdor. Axir, uning sevimli kutubxonasidagi kitoblar xazinasi 1200 tadan 3064 taga yetkazildi. Qolaversa, kutubxona har kuni kitobxonlar bilan gavjum. Bejizga “kitob-jonsiz, ammo insonga eng sodiq do‘st” deyilmagan.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⭐️Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!
✨Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…
👑Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.
⭐️Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.
Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.
🔥Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Yoshlar_siyosati
✅ YOSHLAR BIRLASHMASI TUZILDI
⭐️ Mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish, ularda mavjud muammolarni hal etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
📶 Xasta tabiatning sassiz sadosi
❗️Sayyoramiz halokatli inqiroz yoqasida. Inson faoliyatining atrof-muhitga ta’siri tabiiy ekzotizmning keng miqyosda buzilishi va yo‘q qilinishiga olib keldi, bu esa yovvoyi tabiat uchun ham, insoniyat uchun ham og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ma'lumki, tabiatning nobud bo‘lishiga olib keladigan sabablardan biri o‘rmonlarning kesilishidir.
✅ Batafsil
Sevinch XASANOVA,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
✅ Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi
✅ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova