#jarayon
💬 Yunusobod tumanidagi 302-maktab o‘quvchilari uchun “Milliy urf-odatlarimiz, milliy liboslarimiz” to‘garagi tashkil qilingan.
O‘quvchilar har bayramda tayyorlagan liboslari, milliy urf-odatlarimiz asosida sahna ko‘rinishlari namoyish qilishadi.
Bu kabi to‘garaklar turli millatdagi o‘quvchilarning milliy urf-odatlarimizga mеhrini oshirmoqda.
Ro‘zigul MIRZAYEVA, Yunusobod tumanidagi 302-maktabning o‘zbеk tili o‘qituvchisi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
KITOBLAR – OVOZSIZ MUALLIMLARDIR
📚Kitob hayotning eng olis va qorong’u yo’llariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir! Xoji Baktosh Valining bu satrlaridan zabonsiz eng yaxshi do’st kitob ekanligiga yana bir bor amin bo’lasiz.
Kitobsevarlar bor yurtda kitoblar ham, unga bo’lgan talab ham ziyoda bo’ladi. Lekin har bir qog’ozga tushurilgan naqshinkor gaplar ham foydali bo’lavermaydi, ular quruq gaplardan iborat yoki natijasi fojia bilan yakun topishi mumkin.
Amerikalik yozuvchi Deniel Xendlerning “Ma'nan yetuk kitoblarni tanlab o’qi. Aks holda bir dasta qog’oz hayotingni zaharlashi mumkin” degan fikrlari ham aynan shunga chorlaydi.
Muxlisaxon Odilova,
Feruzabonu Ergasheva,
O’zJOKU 2-kurs talabalari
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
📱 O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushdi
🌐 Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan.
Bugun o‘tkazilgan taqdimotda mas’ullar kelgusida ushbu sayt yanada takomillashib, yangi funksiyalar va qulayliklar qo‘shilishi haqida ma’lumot berishgan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#qoraqalpoq_unversiteti
🤝 Ikki universitet hamkorligi yo‘lida
Gulsara, Oybeka va Shohsanam – mening qoraqalpog‘istonlik dugonalarim. Qizig‘i, ular bilan endigina o‘rtoq tutingan esam-da, bir-birimizga tez da qadrdon bo‘lib qoldik. Ular bilan tanishishimga esa o‘zim o‘qiyotgan olim ta’lim dargohi delegatsiyasi safida yaqinda Nukus shahriga borganimiz, xususan, u yerda faoliyat ko‘rsatayotgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida o‘tkazilgan madaniy tadbirlarda ishtirokimiz sababchi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#tezkor
#abituriyentlar
🗣Tezkor: qabul 5-iyundan boshlanadi
📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅ Vazir: Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning yangi tizimini yoshlarimizga oddiy va xalqchil tilda tushuntirishimiz kerak
📶 29-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raisligida Prezidentimizning «Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq 2024–2025-oʻquv yilgi qabulni tashkil etishga doir qator muhim vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim muassasalari rektor va direktorlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, vazirlik mutasaddilari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda OTMlarga qabul joriy yilda 5-iyundan boshlanishi munosabati bilan yangi tizimni jamoatchilikka keng targʻib etish, qabul jarayonlari bilan bogʻliq ishlarni jadallashtirish, ijodiy imtihonlar oʻtkaziladigan stadionlar, binolar, inshootlar, auditoriyalarni tayyor holga keltirish masalalari muhokama qilindi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#maqola
✅ O‘QUVCHI HAM FIKR BILDIRISHGA HAQLI
⏺Odatda tushlikkacha maktabga, tushdan keyin o‘quv markaziga, qo‘shimcha darslarga boraman. U yerda o‘zim kabi o‘quvchilar ko‘p va biz bir-birimiz bilan doim fikr almashamiz. Bunday vaqtda ularning ko‘pchiligi o‘zlarining ayrim ustozlari o‘quvchilarning fikrini hurmat qilmasligi, eshitmasligi, ularga kelajak qo‘lida bo‘lgan inson emas, shunchaki har qanday holatda noto‘g‘ri fikrlaydigan o‘quvchi sifatida qarashi va bu ta’limga bolta uruvchi muammolardan biri ekanligini aytishadi.
O‘zlarining ham darslarga va mavzularga nisbatan takliflari borligi, ammo tanasida qon kabi suzayotgan fikrlarini eshituvchi ustozlarga ko‘proq ehtiyoji borligi ularning kuyunib so‘zlashidan bilinib turardi.
✅Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Mutolaa
💬 Tushkunlik va xarobligimizning sabablaridan biri ilmsizlik va harakatsizlikdir.
✏️ Abdurauf Fitrat
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#yoshlar_siyosati
Bitiruv imtihonlarini ochiq va shaffof oʻtkazish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi
✅Kuni kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova rahbarligida bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi hamda yoz mavsumida oʻquvchilarni maroqli hordiq chiqarish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami hamda “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbirlarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
📱 Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
🔈 Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilda mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 592 ming nafardan ortiq, 11-sinfini 400 ming nafarga yaqin oʻquvchilar bitirayotganligi, ushbu oʻquvchilar ishtirokidagi yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini tizimli tashkil etish lozimligiga alohida eʼtibor qaratdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 29-may kungi talabalar ijodiga bag‘ishlangan maxsus sonida:
👉 Milliylashishi qiyin bo‘layotgan kontentlar
👉 Jurnalist “maneken”dan farqli bo‘lishi kerak!
👉 200 ming so‘m sizga bo‘lsin!
👉 Ahvolimiz...
👉 Ta’mirtalab yozuvlar kimdan buyruq kelishini kutmoqda?
👉 AT – faqat yigitlar kasbimi?
👉 17 yoshli Ozodaxon – “Women in nuclear”ning dunyo bo‘yicha eng yosh olimasi
👉 “Ota-onam meni tushunmaydi”
👉 “Hayrat ul-abror” dostonida vafo va sadoqat talqini
👉 Bir qop kartoshka
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#ilm_fan_yoshlar
💬 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Britaniyaga tashrifi davomida mamlakatimiz elchixonasida ushbu davlatda tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🗣Tadbirda Britaniyaning Kembrij, London kollej universiteti (UCL), Qirolicha Meri universiteti (Queen Mary University), Reding, Brunel, Vestminister va boshqa oliygohlari turli mutaxassisliklarida tahsil olayotgan 50 nafardan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✔️ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi
⌛Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti:
oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;
professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.
O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#yangiliklar
#yoshlar
⌛ Umumta’lim maktablarini qancha o‘quvchi bitirmoqda
📈 Statistikga agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yili boshida 11-sinflarda respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan.
Shundan:
👩💻 qiz bolalar – 223,1 ming nafar;
👨💻 o‘g‘il bolalar – 191,5 ming nafar.
📍 Hududlar kesimida bitiruvchilar soni quyidagicha (ming kishi):
● Samarqand viloyati – 49,1;
● Qashqadaryo viloyati – 44,2;
● Farg‘ona viloyati – 43,4;
● Toshkent shahri – 36,2;
● Andijon viloyati – 34,7;
● Surxondaryo viloyati – 34,1;
● Toshkent viloyati – 31,0;
● Namangan viloyati – 30,0;
● Xorazm viloyati – 25,7;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 23,1;
● Buxoro viloyati – 22,9;
● Jizzax viloyati – 17,7;
● Navoiy viloyati – 12,2;
● Sirdaryo viloyati – 10,3.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#foydali
✅ILM OLISH SIRLARI
1⃣. Maqsad qo‘ying. Dars qilishga yoki kitob o‘qishga o‘tirganingizda o‘z oldingizga maqsad qo‘ying. Uni yakunlamaguncha o‘rningizdan turmang.
2⃣. Chalg‘ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg‘itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o‘chirib qo‘ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.
3⃣. O‘tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o‘qimang yoki dars qilmang. Chunki uxlab qolish ehtimolingiz juda yuqori.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔔Jaranglayver, soʻnggi qoʻngʻiroq!
🔈Soʻnggi qoʻngʻiroq...
Bu so‘z dillarimizda alyor bo‘lib yangragan, go‘zal xotiralar, birinchi muhabbatimiz nishonasi hisoblanadi.
Maktab tabarruk ostonasidan har yili qaldirg‘ochlarni katta hayotga tayyorlashga munosib hissa qo‘shadigan oshyon sanaladi. Dunyoda maktablar ko‘p, ammo ularning har birining o‘z o‘rini va qadr-qimmati bor.
⌛Kuni kecha bizning “Paxtakor” mahallamizdagi 42-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ham “Ilm – saodat kaliti!” shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#tadbir
🎓30-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida
“Bitirivchi talaba-yoshlar festivali” boʻlib oʻtdi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan universitet rektori Ilxomjon Toʻxtasinov bitiruvchi talaba-yoshlarni universitetni bitirganliklari bilan qutlab, ularga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida turli xil qiziqarli oʻyinlar, talabalar ijrosida qoʻshiq va raqslar namoyish etildi.
Azizbek Sharifov,
OʻzDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Nodavlat bog‘chalar soni ortib bormoqda!
⚡️Respublikamizdagi 3–7 yoshdagi bolalar soni 2 million 930 ming 844 nafarni tashkil etsa, ulardan 74 foizi bog‘cha tarbiyalanuvchilari. 2023-yilga qadar jami maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (33,942) 20foizinigina (6,780) davlat bog‘chalari tashkil etadi, 27 162 tasi esa nodavlat tashkilot hisoblanadi.
Ulardan 847 tasi xususiy, 24 927 tasi oilaviy, 1 388 tasi davlat xususiy sherikligi asosidagi tashkilotlar. Bu raqamlar 2022-yilgi ko‘rsatkichlardan 11 foizga oshgan. Nodavlat MMTlar bo‘sh ish o‘rni ortishi va pedagog tarbiyalovchilar ish bilan ta’minlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. O‘rtacha xususiy MMTlar 10–15 gacha tarbiyalovchini bo‘sh ish o‘rni bilan ta'minlay oladi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
O‘quvchining o‘ziga ishonchi muhim
⚡️O‘quvchilarning ona tiliga hurmat bilan qarashi, til qoidalarini o‘rganishga intilishi, ayniqsa, o‘zbek adabiyotiga, asar qahramonlariga asdoydil qiziqish bilan qarashlari e’tiborimni tortadi. Jumladan, yaqinda 6-sinf o‘quvchilarini Abdulla Qahhor asarlari bilan tanishtirdim. Mavzuni esa o‘quvchilar qay tariqa o‘zlashtirganliklarini tekshirib ko‘rish maqsadida lirik chekinish tarzda “PIYOLA” o‘yinidan foydalanaman.
Bunda guruh sardorlari taklif etiladi. Ular bir-biriga piyola bera turib, o‘tilgan mavzu yuzasidan 3 daqiqa ichida qo‘shimcha ma’lumotlarni aytish orqali savol-javob o‘tkazadilar:
1. Piyola navbat bilan har xil usulda uzatiladi.
2. O‘quvchi har xil ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
3. Piyola uzatayotgan o‘quvchi yangi usul topolmasa yoki harakat takrorlansa, o‘yindan chiqadi va g‘olib guruh aniqlanadi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_ijodi
Baxtlar vodiysida eng baxtiyorman
Vatan ─ beqiyos muqaddas makon,
Hatto uyqumda ham ko‘rishga zorman.
Bunda yashab o‘tgan Hamid Olimjon,
Baxtlar vodiysida eng baxtiyorman.
Yulduz shu’lasiga yuzimni chayib,
O‘zim ham yurt ichra bitta diyorman.
Yurmasman ruhan men cho‘kib, mung‘ayib,
Baxtlar vodiysida eng baxtiyorman.
Tong. Salqin shabada yuzimni silar,
Bu yerda men faqat zavqqa iqrorman.
Quyosh va oy ko‘kdan umrimni tilar,
Baxtlar vodiysida eng baxtiyorman.
Atrofda barq urar tengsiz ko‘rk, chiroy,
Bu go‘zallik ichra o‘zim ham borman.
O‘zimni qo‘yishga topolmayman joy,
Baxtlar vodiysida eng baxtiyorman.
Ko‘rkiga oshufta bitta men emas,
Doimo yurtimning baxtiga yorman.
Usiz zamin xushro‘y, osmon keng emas,
Baxtlar vodiysida eng baxtiyorman.
Sha’niga mehr-la dildan she’r yozib,
Fido bo‘lmoqqa ham doim tayyorman.
Bunda o‘zni erkin qush kabi sezib,
Baxtlar vodiysida eng baxtiyorman.
Sevara ERGASHEVA,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
MAKTABDA "QO‘RQMA" ASARI ASOSIDA ISHLANGAN SPEKTAKL BO‘LIB O‘TDI
✅ Prezidentimizning 2024-yil 1-apreldagi PF-55 sonli farmoniga muvofiq, tarixiy siymolar hayotini badiiy talqinda aks ettirish, milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan "Turon" teatr-studiyalarini maktablarda tashkil etish belgilangan edi.
Shu maqsadda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" asari asosida tayyorlangan spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl aktyorlari tomonidan asardagi muhim, ayni paytda dolzarb ahamiyat kasb etgan nuqtalar sahnada jonlantirildi.
Mahorat, puxta tayyorgarlik asosida maktab yuzini ko‘rgan spektakldas talabalarning maqsadsizligi, Vatan oldidagi burch kabi masalalarni yoritishga alohida e'tibor qaratildi.
Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi, -deydi maktab direktori o‘rinbosari Manuchexra Rizayeva.
Spektakl yakunida mehmonlar mazkur asarni sahnalashtirgan ustozlar va o‘quvchilarga minnatdorlik bildirdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔈 O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi
⭐️ “O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#tezkor_yangilik
❗️Rasman: abituriyentlar kirish imtihonida qatnashishga 170 ming so‘m to‘laydi
✅ O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.
💬 Hozir 1 BHM — 340 ming so‘m, uning yarmi esa 170 ming so‘m.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
🔅 Charchagan o‘qituvchilar, charchagan o‘quvchilar...
Ta’limga oid so‘nggi yangiliklardan - Marg‘ilondagi maktabda o‘qituvchi ruxsatsiz hojatxonaga chiqqan o‘quvchining boshini telefon bilan urib yorgani. Bundan oldinroq Xorazmda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini urgan edi. Chinozda esa o‘qituvchi o‘quvchining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazgan edi. Navoiyda o‘qituvchi ikki o‘quvchini kaltaklagan edi. O‘qituvchilarni sport zaliga yig‘ib sochini oldirish ham Navoiyda sodir bo‘lgan edi.
🟢Batafsil
Nigina IKROM
O‘zDJTU, Xalqaro Jurnalistika fakulteti
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅ Geologiya-mineralogiya fanlariga ixtisoslashgan oliy kengashlar faoliyati muhokama qilindi
⌛ Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yilning 28-may kuni geologiya-menerologiya fanlari yo‘nalishida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi hamda ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy kengashlar va uning huzuridagi ilmiy seminar kotiblari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida belgilangan vazifalar doirasida tashkil etilgan anjumanda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim o‘rin tutuvchi mineral-xomashyolardan unumli foydalanishda ilm-fanning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
ilm_fan_yoshlar
🗣Davlat grantiga oid o‘zgarishlar:
— yangi o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi;
— grant birinchi kursda belgilangan kvotaga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
— ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi, ya’ni kimlargadir 100% lik grant, kimlargadir 50% lik grant va boshqalar;
— stipendiya faqat to‘liq (100% lik) grantni yutgan talabalarga to‘lanadi;
— turli imtiyozlar asosida yoki maqsadli qabul doirasida o‘qishga kirgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda beriladi (o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar);
— grantda o‘qigan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️Endi xususiy OTM talabalari ham to‘lov-kontrakt shartnomasini onlayn olishi mumkin bo‘ladi
🖥 Prezident farmoniga ko‘ra, 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha oliy va professional ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shartnomasi kontrakt.edu.uz va prof.edu.uz axborot tizimlari orqali shakllantiriladi.
Demak, xususiy va nodavlat OTMlar ham o‘z tizimlarini ushbu platformalarga integratsiya qilishi kerak.
Shuningdek, yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ta’lim kreditini olish uchun arizalarni ta’lim-krediti.mf.uz va my.gov.uz portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba
#yangliklar
❗️Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi
Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi.
💬 Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
Birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktabda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
Shuningdek, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Natijada tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⭐️Assalomu alaykum, aziz ma’rifat ahli!
Boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin.
Kuningizni “Ma’rifat” gazetasi bilan boshlang!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅TAVSIYANOMALAR O‘Z EGALARIGA TANTANALI TOPSHIRILDI
⭐️Yangi O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, farzandlariga kvota asosida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirishlari uchun tavsiyanomalar berish, uy-joy, ma'ishiy sharoitini yaxshilash, farovon hayot kechirishlarini ta'minlash yo‘lida oqilona siyosat yuritilayapti. Ana shu islohotlar samarasini esa ota mas'uliyati va sharafli kasb egalarining har bir vakili qalban his etib turibdi.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova