#maktab
⭐️“Dunyoning eng yaxshi maktabi” mukofotiga sazovor bo‘lgan maktablar haqida bilasizmi?
Dunyoning eng yaxshi maktab mukofotiga ega bo‘lgan har bir maktabga 50 000 dollardan beriladi.
Ular esa quyidagilar:
1.“SPARK Soweto” Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahridagi mustaqil qisman hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan bolalar bogʻchasi va boshlangʻich maktabi;
2.“Institusion Educativa Municipal Montessori sede San-Fransisko” Kolumbiyada joylashgan boshlangʻich va oʻrta maxsus maktabi:
3. “Riverside” maktabi Hindistonning Gujarat shtati, Ahmadobod shahridagi mustaqil xalqaro maktab;
4. “Max Reyne Hand In Hand Quddus” maktabi Isroildagi yagona ikki tilli, yahudiy-arab integratsiyalashgan boshlangʻich oʻrta maktabi;
5. “EEMTI Joaquim Bastos Gonsalves” Karnaubul shahridagi hukumat oʻrta maktabi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🗣“Sog‘lom tanda - sifatli ta’lim”
🟦Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, turli soha vakillari orasidan iqtidorlilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✔️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#gazeta
📝GRAMMATIKA IKKINCHI DARAJALI EMAS
➡️Muammo nimada o‘zi?! Bugun
ona tili o‘qitish metodikasida ikki
xil tendensiya ketmoqda.
🔵Birinchisi uzoq yillar chuqur lingvistik bilimlar soyasida qolib kelgan nutqiy ko‘nikma va malakalarni zamonaviy usullar orqali rivojlantirish masalasi bo‘lsa, ikkinchisi – nutqiy kompetensiyani hosil qilishda asos vazifasini o‘tayotgan nutqiy mavzular soyasida qolayotgan grammatik bilimlarni darslik va qo‘llanmalarda qanday berish muammosi.
🟣 O‘zi nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, o‘quvchini muloqot jarayonlariga tayyorlashda grammatik bilimlarga qanchalik ehtiyoj bor?
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#sport_life
🪄Samarqand bahslarining ilk g‘olibi aniqlandi
✅Samarqandda o‘tayotgan “World Triathlon Cup Samarkand—2024” va “World Triathlon Para Cup Samarkand—2024” musobaqalarining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlari yakunlandi.
👏Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, jahon chempionatlaridagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra, jahon reytingida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi bahslarda germaniyalik Lena Maisnir g‘oliblikka erishdi.
👍Musobaqalar davom etmoqda.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#sertifikat
⚡️2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:
➖ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Siz nima deysiz? tilshunoslikdagi ajabtovur ishlar
Yaqinda facebookda “O‘zbek tili sinonimlarining o‘quv lug‘ati” (“BOOKMANY PRINT”, Toshkent – 2023) chop etilgani xabari e’lon qilinib, mualliflar H.Dadaboyev, M.Abjalova, U.Rashidovalar tabriklandi. Postda yangi lug‘at rasmi, undan ayrim sahifalar ham joylanibdi. Bu ayrimlar uchun quvonchli xabardir, balki ular 1974-yili yaratilgan “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” (“O‘qituvchi” nashriyoti, Toshkent – 1974) va uning muallifi Azim Hojiyevni bilishmas. Izoh uchun: Azim Hojiyev
O‘zR FA akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor. “Fe’l”, “To‘liqsiz fe’l”, “Ko‘makchi fe’l” kabi yirik monografiyalar muallifi.
✅ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
SPORT – SOG‘LIK GAROVI
🥋Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvando va sport faoliyati fakultetida kurash va dzyudo sport turlari bo‘yicha katta musobaqa tashkil etildi.
⚡️ Bellashuvda fakultetning barcha kursdagi sportchi talabalari kichik, o‘rta va og‘ir vaznda gilamga chiqishdi.
🏆G‘olib ishtirokchilarga: diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Azamat JUMAYEV,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talabalar_amaliyoti
“KITOBXON YOSHLAR LIGASI”
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovining 3-mavsumi o‘tkazildi.
Unda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 125 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar qamrab olindi.
Har bir hududdagi test ishlash jarayonlari Zoom platformasi orqali tashkiliy ishchi guruh tomonidan kuzatib borildi. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi.
🥇 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;
🥈 Samarqand davlat chet tillar instituti;
Jizzax davlat pedagogika universiteti.
🥉 Toshkent davlat yuridik universiteti;
Navoiy davlat pedagogika instituti.
Shu bilan birga, tanlov targ‘ibotida faol qatnashib, eng ko‘p referal ball to‘plagan 10 nafar ishtirokchi ham tanlovning “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
Xolida RAHMATBOYEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#talabalar_amaliyotda
Zamonaviy gajetlarning yosh avlodga ta’siri
XXI asr ilg‘or texnologiyalar davri desak adashmaymiz. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan dunyoda nafaqat kattalar, balki yosh bolalarni ham texnologiya va turli xil gajetlardan cheklab qo‘yolmaymiz. Raqamli texnika va uskunalar barcha sohalar: ta’lim, tibbiyot, moliya, bojxona, transport, savdo-biznes...ga kirib keldi. Hayotimizni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaydigan darajaga yetdik. Hatto xalqimiz orasida “Chaqaloqlar ham texnologiyalarni bilib tug‘ilyapti” kabi istehzoli gaplar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda nafaqat katta yoshlilar va o‘smirlarda, balki maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ham zamonaviy smartfon, planshet va kompyuterlar mavjud. Turli davlatlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, gajetlar bolaning muntazam, sog‘lom rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Avvalo, miya rivojlanishi sustlashadi. Shuningdek, ularning nutq qobiliyati, his-tuyg‘ulari va ijtimoiy xarakteriga, diqqatni jamlash, ko‘rish qobiliyatiga yomon ta’sir o‘tkazadi. Egoist, pessimist bo‘lishiga olib keladi. Raqamli texnologiyalardagi turli-tuman videoo‘yinlarga qaramlik tufayli bolalar real hayotdan uzilib qoladi. Tabiatida tajovuzkorlik, dushmanlik, nafrat va odamovilik ko‘zga tashlanadi.
Zamonaviy qurilmalar hayotimizga kirib kelishi bilan ijtimoiy yashash tarzimiz butunlay o‘zgardi. Cheksiz qulayliklar va imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Shuni ta‘kidlab o‘tishimiz lozimki, o‘sib kelayotgan avloddagi raqamli qullik tufayli ularning fikrlash doirasi o‘zgarishsiz qotib qolmoqda. O‘qish va boshqa mashg‘ulotlarida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ancha past. Oila a’zolari va do‘stlari bilan suhbatlashish, vaqt o‘tkazish o‘rniga telefon va noutbuklarga vaqtini zoye ketkazayotganligi sababli nutqi ham rivojlanmay, o‘z fikrini to‘la-to‘kis, ravon bildira olmayapti.
Kamharakatlilik natijasida semizlik yosharib bormoqda. Shu o‘rinda ota-onalarga ham to‘xtalsak. Yosh avlodning yetuk, barkamol inson bo‘lishida, avvalo, ota-onaning o‘rni beqiyos. Farzand uchun ilk ideal insonlar bu – ularning ota-onasi. Shu sababli, ota-ona farzandiga o‘rnak bo‘lib, birgalikda kitob o‘qisa, turli xil mavzularda suhbatlar va muzokaralar olib borsa, birgalikda o‘yinlar o‘ynasa, farzand ham ota-onasining izidan ketishga harakat qiladi. Xalqimizda: “Baliq boshidan sasir”, degan maqol bor. Holbuki, bugungi kunda ota-onalarimiz ham raqamli texnologiyalarga qullikni boshidan kechirmoqda. Ilg‘or, ko‘p funksiyali texnikalar ish, o‘qish uchun foydali bo‘lgan taqdirda ham me’yorida, belgilangan vaqt doirasida foydalangan ma’qul. Zero, “Asalning ham ozi shirin” naqli bejiz aytilmagan.
Dilrabo MUHAMMADIYEVA,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✔️Ertaga O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bo‘ladi
⚡️18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi va shu kuni O‘zbekiston muzeylarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi, yaʼni kirish tekin bo‘ladi. Muzeylarda o‘nlab bayram dasturlari, yangi ko‘rgazmalar ochilishi rejalashtirilgan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#kutubxona
✔️ “Jizzaxda Central Asia -2024, fan, taʼlim madaniyat va biznesda internet va axborot -kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiya oʼz ishini boshladi
💬Konferensiyada nutqqa chiqqanlar xususan sohasidagi mavjud kamchiliklarni hal qilish, bo‘shliqlarni to‘ldirish, istiqbolli loyihalarni taqdim etish, xalqaro darajada hamkorlikni kengaytirish, nazariy-amaliy tayanch bo‘lib xizmat qilishini taʼkidladi.
💬Tadbirda, shuningdek MDH davlatlari kutubxonalari direktorlari ham nutq soʻzlab, kutubxonachilikni rivojlantirish strategiyalari ushbu tizimni rivojlantirishning ustuvorligi, xizmat sifatini oshirish zamonaviy tendensiyalari va boshqa muhim masalalar yuzasidan tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Xolida RAXMATBOYEVA
OʼzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🗣“Spektakllar kuni” hammaga quvonch ulashdi
💬 O‘quvchilarning ma'naviy va madaniy saviyasini oshirishda teatrning o‘rni beqiyos. Darhaqiqat, teatr – ma’naviyat va tarbiya o‘chog‘i.
Afsuski, qishloq joylaridagi bolajonlar teatr tomoshalariga borishdan benasib ulg‘ayishadi. O‘quvchilarimizning iqtidor va qiziqishlarini hisobga olgan holda va ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida yaqinda maktabimizda “Spektakllar kuni” tashkil etildi. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Langarbobo qishlog‘ida joylashgan 600 o‘rinli mo‘jazgina maktabimizda o‘tkazilgan ushbu tadbir haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Uch kun davom etgan tadbirda boshlang‘ich sinflar kesimida “Eng yaxshi sahna ko‘rinishi” tanlovi bo‘lib o‘tdi. 1-sinfdan tortib, 4-sinflargacha o‘quvchilarimiz o‘zlari tayyorlagan “Bo‘g‘irsoq”, “Sholg‘om”, “Uch o‘g‘il”, “Zumrad va Qimmat”, “Izza – bir qoshiq jizza”, “Oltin tarvuz”, “Ur to‘qmoq” kabi ertak va hikoyalar asosidagi sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir o‘quvchilar uchun haqiqiy teatr muhitini yaratib bera oldi nazarimda. Sahna ko‘rinishlari ijrosida bolajonlar bor mahoratlarini ishga soldilar. Namoyish etilgan spektakllarni hakamlar hay'ati kuzatib bordi va g‘oliblarni aniqlab, rag‘batlantirdi.
Zilola ISOMIDDINOVA,
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 18-maktabning
oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱Mobil ilova
✔️ Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari Oʻzbekistonda
⚡️ Ayni kunlarda Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Bugun kun davomida mazkur delegatsiya ishtirokida qator uchrashuv va tadbirlar tashkil etildi.
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda vazir maslahatchisi Ulugʻbek Toshkenboyev, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri maslahatchisi N. Djusupbekova hamda vazirlik masʻullari ishtirok etdi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston taʼlim tizimiga doir mavjud tajriba va amaliyotlar oʻrganilishi maqsad qilingan. Jumladan, maktabgacha va maktab taʼlimida raqamlashtirish, IT texnologiyalari, elektron jurnal va kundaliklar, bolalar uchun moʻljallangan raqamli platformalardan foydalanishga doir qator tajribalar oʻrganiladi.
🗣 Shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli kredit berish mexanizmlari, bogʻchalar va maktablar faoliyatini monitoring qilish va baholash tizimi, maktab oʻquvchilarining taʼlim natijalarini baholash, maktab taʼlimida STEM yondashuvlaridan foydalanish jarayonlari tahlil etiladi.
Qirgʻiziston Respublikasi Fan va taʼlim vazirligi delegatsiyasi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida poytaxtimizda joylashgan 100-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🔈16-MAY – FATHULLA MAS'UDOV TUGʻILGAN KUN
🗣Fathulla Mas'udov 1963-yil 16-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘z faoliyatini 1986-yilda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi sifatida boshlaydi. Fathulla Mas'udov dublyaj sohasida ham besh yuzdan ortiq film qahramonlariga ovoz berib, tomoshabinlar qalbidan joy egallagan. Barchamizga tanish «Shaytanat» serialidagi Anvar obrazini Fathulla Mas'udovning ovozisiz tasavvur etish qiyin. Ijodkor suratga tushgan «Tangalik bolalar», «Kichkina tabib», «Dada» kabi filmlar esa xalqimiz tomonidan hanuzgacha katta qiziqish bilan tomosha qilinadi. Aktyor o‘zining faoliyati davomida «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni, «Shuhrat» medali va «Mehnat shuhrati» ordenlari bilan taqdirlangan.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✔️ O‘zbekiston sport ta’limini rivojlantirishda Xitoy tajribasi qo‘llaniladi
🗣 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Xitoyning Pekin sport universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning 14 may kuni Universitet rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Pekin sport universiteti rektori Zhang Jian boshchiligidagi rahbariyat tarkibi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, universitetning amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan basketbol, voleybol, badminton stol tennisi, suzish, qilichbozlik, taekvondo, boks, gimnastika turlari hamda sport kurashlariga ixtisoslashgan yopiq sport inshootlari bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv yakunida Pekin sport universiteti jamoasi O‘zbekiston sport ta’limini rivojlantirishda o‘z tajribalari bilan yordam berishga tayyorligini bildirdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
⚡️Parkentda “AT shaharchasiʼʼ qurilmoqda...
Joriy yil 15-mayda Prezidentimizning “Hududlarda yoshlarga raqamlashtirish va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan “AT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
🔈Shu maqsadda Toshkent viloyati Parkent tumanining Samsarak qishlog‘ida “Villayat Samsarak: CREATIVE ECO IT VILLAGE” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ushbu hududda tashkil etilishi rejalashtirilgan “AT-shaharcha” qurilishiga start berildi.
💬Ta’kidlash lozimki, “AT- shaharcha” hududda yoshlar o‘z kasbini topishi, rivojlanishi va atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashash orqali jamiyatga o‘z hissasini qo‘shishi, ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun noyob makon bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Xolida RAHMATBOYEVA
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#kitobxonlik
⚡️Kitob o‘qish millat yukini yengil qiladi!
Yunusobod tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxon onalar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir Rеspublika Ma’naviyat markazi Yunusobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Nuroniylar jamg‘armasi, Buvijonlar maktabi va “Uvaysiy” mahallasi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbir davomida “Buvim o‘qib bеrgan kitoblar”, “Oilamizdagi sеvimli kitoblar”, “Kitob va kino” ko‘chma kutubxonalari tashkil qilindi. O‘zbеkiston xalq shoirasi Halima Xudoybеrdiyеvaning xotirasiga bag‘ishlab saylanma kitoblari taqdimoti hamda shoiraning ijodidan shе’rlar o‘qildi. Tumandagi 258-maktab o‘quvchi qizlari tomonidan “Zakovat” intеllеktual o‘yini o‘tkazildi. O‘zbеkiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kеchgan umrlar” kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Shoira Oyshabеgim Usmonxo‘ja qizi va umidli yosh shoira, “Zulfiya” mukofoti sovrindori Nilufar Bo‘riyеvalar o‘z ijod namunalaridan o‘qib eshittirdi.
Tadbirda yangi adabiyotlar, QR-kodli kitoblar targ‘ibot qilindi.
Zamira ZAYNUTDINOVA,
Yunusobod tumani Axborot-kutubxona markazi abonеmеntlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✔️ Attestatsiya sinovidan ozod etilgan oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari diqqatiga
✅Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 36-bandida oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyasining oʻquv fani boʻyicha malaka sinovida maksimal 80 ball berilishi belgilangan.
✔️Shu munosabat bilan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatlarga ega oʻqituvchilar roʻyxati eʼlon qilinmoqda.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Zakovat
⚡️Zakovat intellektual o‘yini
✅Oltinsoy tumanidagi 13-AFCHO‘M 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, matematika, tabiiy fan, va tarix fanlaridan tuzilgan qiziqarli savollar asosida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbirda 5- “A” va 6-“D” sinf o‘quvchilari 1-o‘rinni, 5-“B” sinf o‘quvchilari 2-o‘rinni va 5-“D” sinf o‘quvchilari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
⚡️Tadbir barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Faol o‘quvchilar esa faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Sport_life
#talaba_amaliyoti
⚡️Yoqutxon Xolbekova jahonda tengsiz
Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida para atletlarimizning muvaffaqiyatli odimlari davom etmoqda.
Ayollar o‘rtasidagi T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 5.48 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Yoqutxon Xolbekova 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 5.54 metr natija bilan kumush medal hamda “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
✍️ Xolida RAHMATBOYEVA
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
⚡️Boshlang‘ich ta’limning istiqbollariga bag‘ishlandi
Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika unversitetida “Yangi O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’limning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari’’mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyaga Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkiya davlatlaridan ko‘plab pedagogika fanlari doktorlari, professor o‘qituvchilar kelishdi. Tadbirda mehmonlar o‘z ish tajribasidan kelib chiqqan holda bilim va ko‘nikmalari, xorijiy trendlarning o‘ziga xos xususiyatlari, “Bilsam modeli”, zamonaviy tendensiyalarning o‘rni, darslarni qiziqarli o‘tish, o‘quvchilarning mediamadaniyatini rivojlantirish va shu kabi masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.
✅ Batafsil
Nilufar RAIMOVA,
O‘zJOKU 2-kurs talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#talaba_amaliyoti
🔴Imlo insonning saviyasi va bilim darajasini darrov oshkor qilib qoʻyadi. Kishi oʻzini qanchalik bilimli va zukko qilib koʻrsatmasin, yozuvi uni baribir "sotib qoʻyadi".
Afsuski, yurtimiz aholisi ona tilimiz hurmati, qadr-qimmati haqida koʻpam bosh qotirishni istamaydi. Buni koʻcha-koʻydagi, ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlar isbotlaydi.
Bu kim uchundir oddiy holat boʻlib tuyulishi mumkin, ammo ona tilimizni hurmat qilmaslik, hurmatsizlik qilganlarga befarqlik men uchun achinarli.
Qaysi sohada ishlamaylik bilim va savodli boʻlish, millat va til qadrini his qilish kerak, deb oʻylayman. Chunki har sohada ham bilimsizlik, kichik xatolar jamiyatni tanazzulga yetaklaydi.
✍️Nargiza Bafoyeva,
OʻzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“VATANPARVARLAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Kuni kecha markaziy harbiy okrugga qarashli “Sazagan” poligonida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari o‘rtasida mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Mudofaa vazirining o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev ishtirok etdi.
Musobaqaning respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari quyidagicha baholandi.
1⃣ Birinchi o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qanliko‘l tumanining “Lochin” va Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanining “Lochin” jamoasiga
2⃣ Ikkinchi o‘rin – Toshkent shahri Uchtepa tumanining “Temurbeklar” jamoasiga
3⃣ Uchinchi o‘rin – Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining “Yosh lochinlar” jamoasiga nasib etdi.
Azamat JUMAYEV,
O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️Gandbol: Toshkentda Markaziy Osiyo ochiq chempionati boshlandi
🗣Shu kunlarda poytaxtimizdagi respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida gandbol bo‘yicha erkaklar va ayollar oʼrtasida Markaziy Osiyo ochiq chempionati musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Musobaqalar oldidan O‘zbekiston Gandbol federatsiyasida o‘tkazilgan texnik komissiya, jamoa rahbarlari, hakam va mutaxassislar ishtirokida yig‘ilishda chempionatning reglamenti, hakamlar hayʼati tarkibi, o‘yinlarning tartib tamoyili va tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Hindiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston jamoalari ishtirokidagi bahslarga qurʼa tashlandi. Bellashuv 21-mayga qadar davom etadi.
Xolida RAXMATBOYEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❓ Qaysi holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etiladi?
✔️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.
Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#Vatanparvarlik marshi
✔️ Respublika bo‘ylab “Vatanparvarlik marshi” o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024 yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning may-iyun oylari davomida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli sport tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.
⚡️ Tadbir doirasida quyidagi nominatsiya va ko‘rik-tanlovlar o‘tkaziladi:
– “Yoshlar jinoyati va huquqbuzarligidan holi mahalla” nominatsiyasi;
– “Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor” nominatsiyasi;
– “Xavfsiz va ravon yo‘l” nominatsiyasi;
– “Ichki ishlar vaziri kubogi” voleybol bo‘yicha sport musobaqasi;
– “Zakovat” intellektual o‘yinlari;
– “Dillarda vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq tanlovi;
– “Dillarda vatan madhi” shiori ostida sheriyat tanlovi;
– “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovi.
Yangi O‘zbekiston bog‘ida o‘tkaziladigan tadbirda g‘olib bosh sovrin – 10 mln so‘mni qo‘lga kiritish imkoniga ega.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🗣Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Ma’naviy barkamol yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori,” deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi 3-ilmiy anjumani o‘z ishini boshladi
💬 Ma’ruzalar bevosita hamda onlayn tarzda tinglandi.
Anjuman oltita:
Kimyo fanlari bo‘limi;
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi va dori turlari texnologiyasi bo‘limi;
Tibbiy-biologik fanlar bo‘limi;
Farmatsevtika ishini tashkil qilish bo‘limi;
Farmakognoziya bo‘limi;
Ijtimoiy fanlar bo‘limi
shoʻbalarida faoliyat olib boradi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️Hamdo‘stlik Forumi doirasida qator memorandumlar imzolandi
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan " Central Asia 2024: fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot -kutubxona resurslari" xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya MDH davlatlari kutubxonalari direktorlari yalpi majlisi bilan davom etadi.
Yalpi majlisda kutubxonalar direktorlari o‘z maʼnaviyat va maʼrifat muassasalarida amalda oshirilayotgan yangicha innovatsion loyihalar qabul qilindi.
✔️ Kutubxona ichida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
✔️ Ijtimoiy media davrida mutolaa: inqiroz yoki renessans;
✔️ Shuningdek, xalqaro ijodiy tanlovlar kutubxonalar va hamdo‘stlik kutubxonalarining bir maydonda birlashishlari, yoshlarni mutolaaga jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar amaliy-tajribaviy faoliyatlari boʻyicha taqdimotlar bilan bo‘lishdi.
📍 Xalqaro forumning keyingi manzili 16-may kuni Jizzax viloyatida boʻlib o‘tadi.
Raxmatboyeva Xolida
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✅ Baku shahrida hamkorlik memorandumi imzolandi
🗣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari S.Radjabov boshchiligidagi delegatsiyaning Bakuga tashrifi doirasida А.Аvloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori А.Ismailov Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim institutida bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.
⚡️Ozarbayjon Respublikasi Taʼlim instituti rektori Аliyev Elnur Gazanfar o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazib, ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi.
⚡️Xususan, maktab rahbarlari salohiyatini rivojlantirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy taʼminotni yaxshilash, shuningdek, baholash natijalaridan rivojlanish maqsadlarida foydalanishda tajribalar almashish masalalari muhokama qilindi.
✔️ Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✔️ Bugun ustoz jurnalist Abdusaid Koʻchimovning tavallud kuni
💬 Abdusaid Koʻchimov 1951-yil, 15-may kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida tavallud topgan. 1972-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini "Oʻqituvchi" nashriyotdan boshlagan. Bolalar gazetasida bosh muharrir, "Sharq yulduzi" jurnalida masʼul kotib lavozimida ish olib borgan. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, "Xabar" gazetasida bosh muharrir boʻlib
faoliyat olib borgan. " Kashfiyotchi bolalar", "Mening yulduzim", "Umid daraxtlari", "Ikki bahor" asarlari chiqqan.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoni "Mehnat shuhrati" ordeni hamda "Shuhrat" medali sohibi.
Abdusaid Koʻchimov 2017-yildan buyon Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori lavozimida ish olib bormoqda.
🔈
Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi fidoyi jurnalist Abdusaid Koʻchimovni tavallud ayyomi bilan tabriklab qolamiz. Kasbiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.