marifatziyo | Неотсортированное

Telegram-канал marifatziyo - “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

3211

Kuch — bilim va tafakkurda! Telegram: @marifatziyo Web-sayt: www.marifat.uz Pochta: info@marifat.uz www.facebook.com/marifat.uz Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot Tijorat uchun: (71) 233-85-09 (71) 233-56-45

Подписаться на канал

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Diqqat

Sirtqi ta’lim tugatiladi

✅ Sirtqi ta’lim shakli masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shaklini joriy etish orqali bosqichma-bosqich tugatiladi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Qalbimdagi_nur


Muallif: Sharofat Hazratzoda

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Tashkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabning 2"B"-sinf o'quvchisi Rahmjonova Muharramxon "Xotira va qadirlash "kuni munosabati bilan buvijonisi To'xtayeva Madina birgalikda G'alaba bog'iga borib,o'tganlarimizni ziyorat qilishdi.Buvijonisi nabiralariga ular haqida to'liq malumotlar berdi."Biz ularni qadirlaymiz va unutmaymiz!!!"- dedi nabiralar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kasaba uyushmalarida  an’anaga aylangan. Mazkur an’anaga muvofiq “9-may Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan “Kasaba uyushmalari - faxriylarga” aksiyasi tashkil etildi. Aksiya doirasida Kengash raisi A.Raxmonov hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i N.Xusanboyevalar hamkorligida ta’lim va kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillar samarali faoliyat ko’rsatgan bir guruh faxriylar holidan xabar olinib, esdalik sovg’alari ulashildi.

🖌️O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Magistraturaga chet tili sertifikati talabi pasayadi

Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

✅ Quyidagilar saqlanib qoladi:

Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja;

aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

FVV Akademiyasida 9-may - "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlangan yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha FVV Akademiyasida 9-may - "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan “Jasorat - millat g‘ururi va iftixori" shiori ostida "Yoshlar festivali" o‘tkazildi.

Festival davomida  urush qatnashchilarining  vatan tinchligi, yurt obodligi uchun jang maydonlarida ko‘rsatgan jasoratlarining e’tirof etilishi, shuningdek, jajji o‘g‘il-qizlarning vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari tadbir ishtirokchilarida o‘zgacha kayfiyat uyg‘otib, vatanga bo‘lgan sevgi va faxr tuyg‘ularini yanada oshirdi. Bundan tashqari, mehmonlar Akademiya va Yangihayot tumani FVB harbiy xizmatchilari tomomnidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlardan bahramand bo‘lishdi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Assalomu alaykum.
Boshlangan kuningiz hayrli bo‘lsin.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi: “Talabalarning kuchini o‘tin yorishga sarflamaymiz!”

Yoshlarning mehnat bozorida munosib ish oʻrinlarini topishida ko‘maklashish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu ma’noda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida bitiruvchilar hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotni taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur jarayonda 50 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi, talabalarning 70 ga yaqin ish beruvchi tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari imzolandi.

✅️ Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🥇 Oltin medal!

🥊 Ohangaron farzandi Feruza Kazakova Osiyo chempioni bo‘ldi. U finalda 52 kg vaznda qozog‘istonlik Anita Adishevaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
20 yoshli hamyurtimiz endi chempionlik shoxsupasida.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Bilimli abituriyentlar uchun ham zo‘r yangilik!

Endilikda muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

Avvallari ayrim abituriyentlar yuqori ball to‘plasa-da, topshirgan oliygohining kvotasi soniga qarab, o‘qishga kirolmay qolar edi. Masalan, qaysidir OTMda bitta yo‘nalishda 90 ball olgan abituriyent grantga o‘qishga kirar, boshqa OTMda esa xuddi shu yo‘nalishda 160 ball olgan abituriyent o‘qishdan yiqilar edi.

Endi davlat grantlari iqtidorlilarga, yuqori ball olganlarga yo‘naltiriladi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o‘qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o‘qisa, keyingi yili grantga o‘tishi mumkin.

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

BOGʻCHA OPA TOMONIDAN BOLA KALTAKLANIB QO‘LIGA IGNA  TIQILDI

Aytishlaricha, shovqin qilgan bolaga bog‘cha opa jahl ustida urib, qo‘liga igna sanchgani aytilgan foto, video tarqaldi.

❕Holat Xorazmning Gurlan tumanidagi Esabiy qishloq bog‘chalaridan birida bo‘lgani aytilmoqda.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Abituriyentlar o‘qimoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasini qanday kriteriyalar asosida tanlashlari kerak?

1. O‘z qiziqish va maqsadlarini aniq bilib olish. Avvalo, abituriyent o‘zining qiziqishlarini va kelajakdagi kasbiy maqsadlarini aniqlab olishi kerak.
2. Dastur va mutaxassisliklarni tahlil qilish. Abituriyentlar o‘zlarining qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlariga mos keladigan dasturlarni izlashlari kerak.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

GENDER TANGLIK

Xotin akam, gender, deydi,
Huquqimiz tengdir, deydi.
Ko‘ngilni sal kengroq tuting,
Kengga dunyo kengdir, deydi.

Men g‘ijinib, gender, deyman,
O‘ylab topgan sendir, deyman.
Mana, senga qora o‘choq,
Mana, senga tandir, deyman.

Xotin kulib, gender, deydi,
Kimdadir bet – chandir, deydi.
Aravani teng tortamiz,
Siz yoqa, men yengdir, deydi.

Men bo‘g‘ilib, gender, deyman,
Uyda erkak mendir, deyman.
Supurgini ho‘llab supir,
Toshko‘mirni sindir, deyman.

Xotin yana, gender, deydi,
Xotin-bo‘y, er endir, deydi.
Qizingiz bor, o‘ylang birrov,
Yomon erkak “sen” der, deydi.

Men bo‘shashib, gender, deyman,
Qizim – jonim, chindir, deyman.
Jon joyimdan ushlading-ku,
Ha, enangni emgir, deyman.


© Iqbol MIRZO

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mutolaa
Onang mehmon, otang omonat

Mast etmasin olqishlar zo‘ri,
Uzun-kalta xushtaklar jo‘ri.
Arslonmisan yo oqsoq bo‘ri,
Onang mehmon, otang omonat.

Yuzda ajin, soch oq, xasta xol,
Turmush yuki dasti qaddi dol.
Allasi xush, topgani halol,
Onang mehmon, otang omonat.

Kuzak kelib, ko‘klami ketgan,
Hech kam bo‘lmas qadriga yetgan.
Tomchi suvni sendek yer etgan,
Onang mehmon, otang omonat.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ma’rifat gazetasining yangi sonida...

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!

Tarix silsilasida biz guvohi bo‘layotgan ko‘plab voqеa- hodisalar orasida ona Vatanga fidokorona xizmat qilgan insonlar haqidagi hikoyalar alohida o‘rin tutadi. Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi O‘skan Hojimanov 100 yoshdan oshdi.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Joriy yilning 6-7-may kunlari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan Oriental Universitetining professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari uchun ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi. Ikki kunlik sayohat davomida universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari qadimiy Buxoro shahrida qad rostlagan me’moriy obidalar va tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

🖌️O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

🇺🇿 Ularning jasorati hech qachon unutilmaydi!

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mutolaa

KO’KLAM HISLARI

Boshimda olmaning xushbo’y oq guli,
Ulug’ yerni quchib yotibman uyg’oq.
Qulochim yetmasa qalbim yetkusi,
Insonning qalbiga quyosh jinchiroq.

Daraxtlar ko’tarmish gul qadahchalar
Ko’klamning, hayotning sog’ligi uchun…
Yasansa, quzonsa qirlar, bog’chalar,
Nega mehnat, yerni maqtamay bugun?

Birlashgan mehnat-la texnika va fan,
Hayot oltinini shaxdam qaziydi.
Kolxozning har yog’i tutash bir gulshan
Bu yerda ish — mehnat bir qo’shiq kabi.

Ota-bobolarning xotiralarin
Bir sukut singari saqlaydi bu yer.
Faqat maftun etar shoir xayolin
Qo’ynidagi ko’klam, manglay to’kkan ter.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 8-may kungi Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan maxsus sonida:

👉 Vatanimizning eng keksa muallimi
👉 Yangiqo‘rg‘on yalovbardori
👉 Milliy tilshunoslik fidoyisi
👉 Qalbdan joy olish baxti
👉 “Umrlar bo‘ladiki, mangulikka tirikdir!”
👉 Toshga naqshlangan bolalik
👉 Tog‘amning “xazina”si
👉 E’tirofga sazovor olim
👉 Yoqubning jasorati
👉 Qiztepadan taralgan yog‘du
👉 Pafos


Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova  hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo  sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Mediada moliyaviy barqarorlik va samarali boshqaruv

Forum doirasida Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi tomonidan moderatsiya qilinadigan "Mediada moliyaviy barqarorlik va samarali boshqaruv" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatining asosiy spikerlaridan biri France24 telekanali bosh muharriri A.Kormeri so‘zga chiqdi.
Forumning asosiy maqsadi Markaziy Osiyodagi zamonaviy jurnalistika masalalarini hal qiluvchi jurnalistlar, media ekspertlari va rasmiy vakillarni birlashtirish va hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

#Mutolaa

ODAM VA TULPOR

Ko‘ngli bu dunyodan sovigan odam
Kasalga chalingan tulporga o‘xshar.
Odam qiyo boqmas siymu zarga ham,
Tulpor arpasiga tashlamas nazar.

Undayin odamga ikki dunyo bir,
Chayla va qasrning farqi yo‘qdir, bas.
Undayin tulpor ham hamisha dilgir,
Poygalarga zarra rag‘bati bo‘lmas.


@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Ma'naviy yuksalish - Nurli kelajak

Angren shahar 14- sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida fizika fani o‘qituvchisi G.Unarova tomonidan "Ma'naviy yuksalish- nurli kelajak " mavzusida ma'naviy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda 7-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar 5 tashabbus doirasida o‘z iqtidorlarini namoyin etishdi.Bo‘sh vaqtlarini foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib,erishgan natijalarini, iqtidodorlarini ko‘rsatib berishdi.
O‘quvchilarning iqtidorini ko‘satib berish ustozdan katta mahorat, mehnat talab etadi.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

"G‘alaba bog‘i" yodgorlik bog‘i majmuasida festival

👉O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-apreldagi "9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi qarori, Oliy ta'lim, fan va innovatsoyalar vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 3/15-160-sonli xati, hamda Toshkent viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsoyalar boshqarmasining 2024-yil 29-apreldagi 01-12-375-sonli xatini ijrosini ta'minlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabning jamoasi shu yilning 3-may kuni "G‘alaba bog‘i" yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib olam-olam yangiliklar bilan qaytishdi.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Rasman: 5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli boshlandi

▪️ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:
✔️ Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
✔️ Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
✔️ O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.

❓ Kimlar tavsiyanoma ololadi?

➖ o'rta ma’lumotli;
➖ OTMda o'qimagan;
➖ 5 yil staji borlar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

9-may xotira va qadrlash kuni

Falsafa ilmining fidoyi olimi

2024-yil 1-may kuni professor Haydar Aliqulov tavalludining 85 yilligi hamda bugungi kun falsafasining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Inson – jamiyat – davlat: ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot omillari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman homiylari – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi. Anjuman BDU islohotlar markazida bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

Bolaligimni gazeta bilan eslayman...
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyevdan eksklyuziv intervyu.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

Telegram      ✅ Instagram
Facebook     ✅ Mobil ilova

Читать полностью…
Подписаться на канал