🗣BUGUNGI O‘QUVCHI – ERTANGI KASB EGASI
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining l ilovasi, 23-bandiga muvofiq maktab o‘quvchilarini professional ta’lim muassasalariga jalb etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘z vaqtida olib borish belgilangan edi. Ana shu Milliy dasturga asosan Toshkent iqtisodiyot va sanoat texnikumida joriy yilning 3-mayida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahrining Sergeli va Yangihayot tumanidagi o‘ndan ortiq umumta’lim maktablarining 342 nafar 11-sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Bu esa yoshlarda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqilarini sezilarli oshirdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🗣Farmasevtika ta’lim va tadqiqot institutida “Ma’naviy barkamol yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkori,” deb nomlangan talabalar ilmiy jamiyatining “Ta’lim tadqiqotga, tadqiqot taraqqiyotga yetaklaydi” mavzusidagi 3-ilmiy anjumani o‘z ishini boshladi
Anjumanni institut rektori Do‘stmatov Aziz Fayzamatovich ochiq deb e’lon qildi, hamda barcha ishtirokchilarni tabriklab, omad tiladi.
Shundan so‘ng so‘z navbati anjuman mehmoni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamovga berildi. Otabek Mahkamov institut bilan tanishish jarayonida olgan taasurotlari haqida so‘zlab, bunday sharoitlardan unumli foydalanish lozimligini ta’kidladi. Talabalar ilmiy anjumanlarining ahamiyati borasida to‘xtalib o‘tdi.
Jami 130 ta ma’ruzachi qatnashdi , ma’ruzalar bevosita hamda onlayn tarzda ham tinglandi.
Anjuman oltita:
Kimyo fanlari bo‘limi;
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi va dori turlari texnologiyasi bo‘limi;
Tibbiy-biologik fanlar bo‘limi;
Farmasevtika ishini tashkil qilish bo‘limi;
Farmakognoziya bo‘limi;
Ijtimoiy fanlar bo‘limi
shoʻbalarida faoliyat olib boradi.
Har bir shoʻbada rais, kotib va ilmiy rahbar mavzuga xos ma’ruzalarni tinglandi va baholab borildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🗣«Oltin qalam» XVIII Milliy mukofoti xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
Kecha, 14-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
UzReport telekanali “Oltin qalam” Milliy tanlovida jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot gʻolibi deb topildi
Mukofot sifatida Prezident sovg’asi — “Tracker” avtomobili taqdim etildi.
Asosiy nominatsiya g’oliblari:
🗣 Eng yaxshi jurnalistik material uchun (televideniye)
1-o‘rin – Go‘ro‘g‘liyev Elyor Ro‘ziqulovich, “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot tahliliy dasturi muxbiri
2-o‘rin – Aliyev Anvarjon Orifjonovich, “O‘zarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi
3-o‘rin – Abduraxmonov Jasurbek Qosimjon o‘g‘li (Jasur Rahmon), “Renessans TV” telekanali bosh muharriri
💬💬
🗣 Eng yaxshi jurnalistik material uchun (radio)
1-o‘rin – G‘afforova Umida Abdusalom qizi, “Mahalla” radiokanali bo‘lim mudiri
2-o‘rin – Jumagaliyeva Qundiz Yaqipbay qizi, “Qoraqalpog‘iston” radiokanali bosh muharririyati muharriri
3-o‘rin – Umrzoqova Shoira Abdurazzoqovna, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri
💬💬
🗣 Eng yaxshi jurnalistik material uchun (bosma nashrlar)
1-o‘rin – Butayev Shoyim Primkulovich, “Jadid” gazetasi bo‘lim mudiri
2-o‘rin – Usmanov Nurlan Oktamovich, “Narodnoye slovo” gazetasi mas’ul kotibi
3-o‘rin – Jalilov Norqobil Qodirovich (Norqobil Jalil), “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri
💬💬
🗣 Eng yaxshi jurnalistik material uchun (internet nashrlari)
1-o‘rin – Avalboyev Ikrom Xolyigitovich, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshlig‘i o‘rinbosari
2-o‘rin – Shokirjonov Shuxrat Shokirjonovich, “KunUz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri
3-o‘rin – Saidaliyeva Nargis Anvarovna, “Dunyo” AA tahririyat xizmati boshlig‘i.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️Ayni vaqtda “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boshlanish arafasida. Batafsil keyingi lavhalarimizda! Bizni kuzatishda davom eting!😊
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🗣Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi
Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.
Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak:
● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
✅ O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.
Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱Telegram 📱 Instagram
📱Facebook 📱 Mobil ilova
#Xotira
✏️Ustoz xotirasi
Xalq orasida qadr topgan, el-yurt oldidagi mas’uliyatli burchini a’lo darajada uddalagan jonkuyar inson O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi Xoldigul aya Bo‘riyeva xotirasi uning fidoyiligi bilan barhayotdir. Ziyo ulashishni sharaf deb bilgan ustoz 1934-yildan 1978-yilga qadar ilm maskanida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga saboq bergan.
Benazir ustozga o‘sha bilim dargohining direktori Xalil Nazarov maktabga ilk qadam qo‘ygan bolajonlarga yosh, tajribasiz o‘qituvchilar sayoz bilim bermasinlar deb, har yili birinchi sinfga ta’lim berish vazifasini Xoldigul ustozga yuksak ishonch bilan topshirgan. Muallim bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddalaganini bugungi kunda jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan shogirtlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Xoldigul ayaning samimiy va dilkashligini nuroniy shogirtlaridan biri shunday xotirlaydi:
🗣‘’1934-yili 1-sinfda Xoldigul opaning qo‘lida o‘qiganman. Sodda, xushfe’l, juda yosh bo‘lishiga qaramay nihoyatda bilimdon ustozni biz, sinfdoshlar o‘zimizning tug‘ishgan opamizdek ko‘rardik. Bog‘cha ko‘rmagan, qalam ushlashniyu daftar tutishni bilmaydigan yigirmata "chug‘urchuq"qa o‘qituvchimiz onalardek mehribonchilik qilardi”.
Ustozning xotirasini yanada shod etish maqsadida farzandlari Shuxrat ota Rajabov har yili aya faoliyat olib borgan Bektemir tumanidagi 348-umumta’lim maktabining bir qator eng faol namunali o‘qituvchilari va o‘quvchilariga o‘z hisobidan pul mablag‘i bilan mukofatlaydi. Bu rag‘bat maktabda ta’lim sifati ortishi va sog‘lom raqobat kuchayishiga turtki bo‘ladi. El yurt taqdiri, xalq ishonchi yo‘lida kamarbasta bo‘lgan shunday fidoiylarimiz, shubhasiz, o‘z xalqining taqdirida ham nurli iz qoldiradi.
SAYYORA NAZARBEKOVA, O‘zJOKU mustaqil tadqiqotchisi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
❗️Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:
— 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;
— maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;
— mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;
— faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;
— yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;
— maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
“Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovida ustozlar ham bor
Marg‘ilon shahridagi 8-Bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan shahar hokimligi hamkorligida “Siyosatchi ayol” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovni shahar hokimi Sh.Nisbatxonov hamda Xalq deputatlari shahar kengashi deputati M.Mirzayevlar kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarga omad tiladi.
“O‘zbekiston 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston XDP saylovoldi dasturida belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishda partiya safidagi xotin-qizlar salohiyatidan samarali foydalanish, yuksak siyosiy bilim va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan ayollarni aniqlab, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda 11nafar ishtirokchilar turli shartlar bo‘yicha o‘z iste’dod va bilimlarini namoyish etdilar. Tanlov ishtirokchilari orasida uztoz-murabbiylar ham borligi kishini quvontiradi.
Tanlov yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng munosiblar shahar hokimligining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maftuna XALILOVA,
Margʻilon shahridagi 3-maktabning
boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#Mutolaa
Muslim bo‘ldik arabdan ortiq,
O‘ris bo‘ldik rusdan ziyoda.
Birni topsak yorug‘ dunyoda,
O‘n karrani qilganmiz tortiq.
Ichdik, chekdik, sho‘ro yurtida
O‘zdik barcha og‘alardan ham.
Yuzsizlikdan oshmasak bo‘ldi
Ovropalik tog‘alardan ham.
✍ Erkin VOHIDOV
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
O‘zbekistonda eng ko‘p o‘qituvchilarning mehnat huquqlari buzilmoqda
O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi maʼlumotlariga koʻra, respublika bo‘yicha joriy yil yanvar - aprel oyi davomida mehnat qonunchiligini eng ko‘p buzilishi quyidagi sohalarda qayd etilgan:
🔘Xalq ta’lim muassasalari –5 612 ta;
🔘Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 173 ta;
🔘Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 215 ta;
🔘Qurilish tashkilotlari – 266 ta;
🔘Qishloq xo‘jaligida – 452 ta.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#tanlov
Bugungi kunda bolalarni mutolaaga, o‘zbek va jahon adabiyotiga kichik yoshidanoq qiziqtirish oson bo‘lmayotgani haqida ko‘p gapiramiz. Ammo maktablarimizda shunday mohir pedagoglarimiz borki, ular har bir o‘quvchini adabiyotga oshno qilishga qodir.
⚡️Yangihayot tumanidagi 331-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Yulduzxon Jabborova tashabbusi bilan 3-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Javondagi javohirim" kitobxonlik tanlovi tashkil etilgan edi. Bugun shu tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda jajji kitobxonlar 4 shart asosida bilimlarini namoyish etishdi.
⭐️ Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#talim_yangiliklari
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga davlat oliy taʼlim muassasalariga 500 ta kvota ajratiladi.
✍ Ayni paytda talabgorlardan ariza olish jarayonlari davom etmoqda.
🧐 Kimlar ushbu tavsiyanomani olishi mumkin?
✅ o‘rta ma’lumotli,
✅ OTMda o‘qimagan,
✅ 5 yil staji bor (xotin-qizlar).
⏳ Tavsiyanomaning amal qilish muddati — 3 yil. Ya’ni uni olgan talabgor o‘qishga kirolmagan taqdirda, jami 3 yilgacha undan foydalanishi mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#foydali ma'lumot
Viloyatingiz qachon tashkil topganini bilasizmi?
♻️ Qashqadaryo – 1924-yil 1-noyabr
♻️Toshkent viloyati – 1938-yil 15-yanvar
♻️ Samarqand – 1938-yil 15-yanvar
♻️ Xorazm – 1938-yil 15-yanvar
♻️ Farg’ona – 1938-yil 15-yanvar
♻️ Buxoro – 1938-yil 15-yanvar
♻️ Andijon – 1941-yil 6-mart
♻️ Namangan – 1941-yil 11-mart
♻️ Surxondaryo – 1941-yil 6-mart
♻️ Sirdaryo – 1963-yil 16-fevral
♻️ Jizzax – 1973-yil 28-dekabr
♻️ Navoiy – 1982-yil 20-aprel
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Talabalari eng ko‘p xorijda o‘qiyotgan davlatlar qatorida O‘zbekiston 5-o‘rinda
❕Birinchi o‘rinda Xitoy — xitoylik 1 mlndan ko‘proq talaba chetda o‘qiydi.
O‘zbekistonning esa 110 mingga yaqin yoshlari xorijda o‘qimoqda.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
🗣"Ma'naviy yuksalish-nurli kelajak "
Angren shahar 14-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida fizika fani o'qituvchisi G.Unarova tomonidan "Ma'naviy yuksalish- nurli kelajak " mavzusida ma'naviy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda 7-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar 5 tashabbus doirasida o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi. Bo‘sh vaqtlarini foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan shug‘illanib,erishgan natijalarini, iqtidorlarini ko‘rsatishdi.
O‘quvchilarning iqtidorini ko‘rsatib berish ustozdan katta mahorat, mehnat talab etadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
⚡️ 1 005 nafar Pedagog 9 oy davomida ustama oladi
✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar ro‘yxati tasdiqlandi.
❗️Unga ko‘ra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdori (hozirda 5 775 000 so‘m) har oylik ustama to‘lab boriladi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
🗣“WomenInTech”: Parijda bo‘lib o‘tgan muhim xalqaro summitda O‘zbekiston vakillari ilk bor ishtirok etdi
Parij (Fransiya)da o‘tkazilgan Jahon texnologiya hamjamiyatining “WomenInTech” Global sammitining eng muhim voqealardan biri – O‘zbekistonning ilk ishtiroki bo‘ldi.
⭐️ O‘zbekiston uchun “WomenInTech” sammitida ishtirok etish katta istiqbolga ega. Mamlakat o‘zining raqamli infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsiyalarni yuksaltirishga intilayotgani sababli bunday tadbirlar mamlakatning IT salohiyatini targ‘ib qilish orqali xalqaro platformada xorijiy IT kompaniyalari uchun O’zbekiston IT potensialining jozibadorligini oshirish, bilim almashish, tarmoq va hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratadi.
✔️“Ma’rifat” gazetasining 2024-yil 15-may kungi Ona tiliga bagʻishlangan maxsus sonida:
👉 Grammatika ikkinchi darajali emas
👉 Siz nima deysiz? Tilshunoslikdagi ajabtovur ishlar
👉 O‘zbek tilida xorijiy so‘zlar
👉 So‘z ichida so‘z yoxud “O‘zbekiston”dagi 250 “bahodir”
👉 Tilshunoslik ─ ta’lim-tarbiyada temperament tashxisi (til-tafakkur taraqqiyoti)
👉 Ikki yonli ma’noli so‘zlar
👉 Stakanmi yoki tustag‘on?
👉 Evfemizm va disfemizm: o‘quvchini chiroyli nutqqa o‘rgataylik
👉 Ona tili va adabiyot darslarida interaktiv metodlar
👉 Ustoz o‘kinchi
Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
✏️ Innovatsion dars
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim va uning samaradorligi muhim o‘rin tutadi. Bunda, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limning mamlakatimizda tutgan o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. Shu munosabat bilan boshlang‘ich ta’lim o‘rta ta’limning asoslaridan biridir.
Shayxontoxur tumanidagi 186-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Iroda Shahobiddinova 4-A sinfda "So‘z turkumlari" mavzusida innovatsion ochiq dars o‘tkazdi.
Dars tabiatshunoslik, tarbiya, o‘qish va tasviriy san’at fanlari bilan o‘zaro bog‘lanib o‘tildi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
Xotira — muqaddas, xotira — avlodlarga ibrat
Kuni kecha Shayxontohur tumanidagi 19-maktabda "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 2023-yil 11-martdagi 92-sonli qarori asosida yoshlarni ma’naviy, go‘zallik ruhida tarbiyalash, ularga keksa avlodning ibratli ishlari haqida ma’lumot berish ustuvor vazifalardan biri ekanligi uqtirildi. O‘quvchilar urush yillari haqida sahna ko‘rinishlari, musiqiy chiqishlar qildilar. Tadbirga Shayxontohur mahallasi, faollari, taniqli olimlar qatnashdi. O‘quvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
O‘zbekistonning 14 ta chekka tumani va 1 ta shahrida IT-shaharchalar tashkil etiladi
O‘zbekistonning 15 ta chekka hududida IT-shaharchalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yoshlar IT, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi.
«Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak», — dedi prezident.
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va sohada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan taqdimotda shular haqida so‘z bordi.
Gap Chimboy, Gʻijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qo‘shrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toshloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod shahri haqida ketmoqda.
Taqdimotda ta’kidlanishicha, hozirda IT-xizmatlar va eksportning asosiy ulushi soha mutaxassislarining 80 foizi yashaydigan Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.
«Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak. Bu sohada xizmatlar uchun ham, eksport uchun ham eng asosiy resurs bu — malakali mutaxassislar. IT-shaharchalar bu yo‘lda yoshlarga qanot bo‘ladigan, zamonaviy kasblarga o‘rgatadigan tizim bo‘lishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
#izohsiz
✅ Siz qaysi xatolarni aniqladingiz?
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
“Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda
Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko‘tariladi?
Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.
Joriy yilda barcha yo‘nalishlar uchun minimal o‘tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o‘qishga kirish imkoni bo‘lmaydi.
Keyin yilda esa, o‘tish bali yanada oshiriladi.
✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.
✅ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o‘quv yili uchun o‘tish ballari:
• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;
• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
✅ Magistratura uchun til sertifikati qanchalik muhim?
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
HARAKATGA UNDOVCHI 4 SABAB
💠 Maqsadingizning natijasini tasavvur qiling. Uni yozing.
💠 Agar kamchilik sezsangiz, maqsadingiz yo‘lidagi harakatlaringizga o‘zgartirishlar kiriting.
💠 O‘zingizni rag‘batlantiring. Biror ishni qilib bo‘lsam, mana shu narsani olaman deb va'da bering o‘zingizga.
💠 Agar erinchoqlik ustun bo‘lsa, maqsadga erisha olmasangiz nima bo‘lishini tasavvur qiling. Hozir erinsangiz, ertaga ortda qolasiz.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#Mutolaa
Kamtarlik haqida
Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan.
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan.
1956. Erkin Vohidov
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 75 yoshda!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) 1949-yili Toshkent chet tillari pedagogika instituti nomi bilan faoliyatini boshlagan.
Faoliyatining ko‘p yillik tarixi davomida universitet ilmiy bilimlarning turli sohalarida butun dunyoda tan olingan muhim yutuqlarga erishdi, yuqori malakali mutaxassislar tayyorladi.
Kuni kecha universitet 75 yillik yubileyini nishonladi. Oʻzbekiston xalq artisti Erkin Komilov, yozuvchi va shoira Nazira as-Salom kabi taniqli sanʼat vakillari oʻz ishtiroki bilan tadbirga koʻrk bagʻishladi.
Yubiley ko‘tarinki ruh va yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ruxshona IBODULLAYEVA,
O‘zDJTU talabasi
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Assalomu alaykum, aziz ma’rifat ahli!
Boshlangan kuningiz xayrli bo‘lsin.
Kuningizni “Ma'rifat” gazetasi bilan boshlang!
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova