#БАЙРАМ_МУБОРАК
ВАТАН ФАРЗАНДИ
Гоҳо ёш болага ўхшайди Ватан,
Содда, норасида, пок ва беғубор.
То озор етмасин унга дафъатан,
Бегона кўзлардан асрамоқ даркор.
Ватан улуғ пирга ўхшайди гоҳи,
Қўллагай, аритгай кўздан ёшларни.
Юрса, товонига ботмасин токи,
Йўлдан олиб қўйинг ҳар хил тошларни.
Ким унинг хизматин этолса адо,
Икки дунёда ҳам бўлмагайдир кам.
Ўзини тамасиз қилдими фидо,
Ўша зот Ватанга фарзанд чинакам.
✍АБДУЛЛА ОРИПОВ.
@maktabda_kimyojurnali
Bugun 1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan barcha bolajonlarni va ularning ota - onalarini bayram bilan muborakbod etamiz 😍
Bayram muborak !
Bolajonlarga beģuborlik, sixat - salomatlik, baxt, yangi bilimlarga chanqoqlik , ota - onalarining doimiy mehri va e'tiborda bõlishliklarini tilab qolamiz ! 🥰
@maktabda_kimyojurnali
Ushbu muhim sana munosabati bilan “Maktabda kimyo” jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha kimyogar olimlarni, muhandis-texnologlarni, kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni, kimyo sanoati korxonalarida mehnat qilayotgan barcha-barcha ishchi-xodimlarni, mutaxassis va rahbarlarni chin dildan tabriklaymiz. Ishlaringizga muvaffaqiyat, bexatarlik va rivoj tilaymiz!
Hayot yo'lingizda muvaffaqiyatlar hamroh bo'lsin
@maktabda_kimyojurnali tahririyati
Ushbu bayram, rasman 1965-yildan buyon nishonlanib kelinadi. Moskva Davlat Universitetida talabalari tomonidan 1966-yilda taklif etilgan g‘oyaga ko‘ra, kimyogarlar kuni, har yili Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi elementlardan biri nomi ostida nishonlanishi an'anasi yuzaga kelgan edi. o‘sha yili, kimyogarlar kuni, davriy jadvaldagi 1-element, ya'ni, Vodorod nomi ostida bayram qilingan. Bu tartibga ko‘ra nishonlanib kelinmoqda
@maktabda_kimyojurnali
📣📣📣DIQQAT TANLOV!!!
"YILNING ENG FAOL O'QITUVCHISI" TANLOVIGA BARCHA PEDAGOGLARNI TAKLIF ETAMIZ!!!
✅Kimlar uchun: Barcha pedagoglar uchun:
Sana: 25-may 20.00
📲Tanlov shakli: onlayn tarzda maxsus platforma orqali aniqlanadi
👩🏫Tanlovda qatnashish uchun avval @Respublikamuallimlari kanaliga a'zo bo'ling va ushbu tanlov e'lonini 5 nafar pedagog va 5 nafar ta'limga oid guruhga yuboring.
✍Yuborganlarizni darhol skrinshot qiling va @Respublika_tanlovi_bot ga yuboring.
To'liq yuborganlar avtomatik ro'yxatga olinadi.
♻️Ushbu e'lonni targ'ib qilgan ishtirokchilargina tanlovda ishtirok eta oladi.
📑TANLOV ISHTIROKCHILARI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI "YILNING ENG FAOL O'QITUVCHISI" DIPLOMI BILAN TAQDIRLANADI
Tanlovda faol ishtirok eting va o‘z mahoratingizni namoyon qiling!
Xizmatlar: 📑UUT-0152-sonli Davlat tomonidan berilgan litsenziya asosida
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Respublika muallimlari" telegram kanaliga albatta obuna boʻling!
/channel/Respublikamuallimlari
Endilikda shunday hayrli va barokatli oyda turganimiz uchun yuqoridagi barcha kitob(baza, qo'llanmalar)ni 50% aksiya bilan teng yarim narxiga beramiz
Anorganika Organika
80 000 ❌ 80 000❌
40 000 ✅ 40 000 ✅
Qo'llanma(baza)lar haqida to'liq ma'lumot kanalda:
@Kimyobaza
Shoshilib qoling ustozlar
Admin: @Talaba571
21-МАРТ
💐 Барча юртдошларимизни бугунги айём билан чин қалбимдан табриклайман, янгиланиш фасли НАВРЎЗингиз муборак!...
@maktabda_kimyojurnali tahririyati
Assalomu Alaykum
Sizlarni go'zal diyorimizga qutlug' qadamlar ila kirib kelgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yosharish, ezgulik va mehr oqibat ayyomi - Navro'zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz !
Navro'z Ayyomingiz Muborak Bo'lsin !!!
@maktabda_kimyojurnali
🎉 Т А Б Р И К Н О М А
Қадри баланд меҳрибон, ориятли, оқибатли кимёгарлар,гуруҳимиз йигитлари.
Мен сизларни 14-январь Ватан ҳимоячилари куни билан самимий муборакбод этаман!!
Тилагим:
Ҳамиша қаддингиздан қадрингиз баланд бўлсин. Элни юртни жонажон Ўзбекистонни ҳамиша
ишончли фахри бўлиб юришларингизни Аллохдан сўраб қоламан!!!
Доимо омон бўлингизлар!!!!!
Ҳурмат ила Н.Бобоева
@maktabda_kimyojurnali
Ijodiy ishlardan lavhalar
Samarqand viloyati Samarqand tumani 46-maktab Kimyo fani o'qituvchisi Norbekova Marjona Sharofiddin qizining fan yuzasidan olib borgan ajoyib metodlari.
Norbekova Marjona ijodlaridan:
O‘z kasbimni sevaman
Kasbim mening faxrimdir!
Shu tanlovda marrani
Zabt etmoqlik ahdimdir.
To‘xtamasman men illo,
Ishonganim, ul Xudo.
Siz qanday bilmadim,
Ilm bermoq bu ZIYO.
O'quv yili davomida eng ko'p ovoz (layk) yiqqan bir nafar metodik material muallifi @xalqtaliminfo tahririyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
❕Sizda ham shunday media materiallar bo'lsa, uni @mediamaorifbot'ga yuboring va boshqa hamkasblaringizga o'z metodingizni ulashing.
👉@media_maorif
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bayrami bilan barchangizni tabriklaymiz!
🇺🇿" Maktabda kimyo jurnali" jamoasi barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik va xotirjamlik tilaydi.
🎉 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
@maktabda_kimyojurnali
Assalomu alaykum aziz ustozlar bayramlar davomli bo'lgani qanday yaxshi😃😃😃 bugun siz orqali barcha bolajonlarimizni ajoyib bayramlari bilan muborakbod etamiz. Ilohim doimo bolalar ko'zlari baxtdan porlasin
@maktabda_kimyojurnali
Kimyo shubhasiz eng muhim amaliy fan sohalaridan biridir. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etilishi borasida ham kimyo oldiga tushadigani yo‘q bo‘lsa kerak. Nobel mukofoti topshiriladigan eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida ham bejizga ushbu soha alohida qayd etilmagan.
Kimyogarlar ishlab chiqargan mahsulotlar orqali iqtisodiyotning yana ko‘plab boshqa sohalari ham ish yuritadi. Xususan, kimyo zavodlarida ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlardan foydalanib, dehqonlarimiz mo‘l hosil oladi va oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shadi, farmatsevtlar dori-darmonlar tayyorlaydi, sun’iy tolalardan esa turli matolar to‘qiladi. Polimer mahsulotlarning esa bugungi kundagi ahamiyatini alohida ta’kidlashga hojat yo'q. Qisqasi kimyo fani kirib bormagan bironta soha mavjud emas.😊
@maktabda_kimyojurnali
Ushbu bayramni, nafaqat kimyo sanoati xodimlari, balki, kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, ushbu sohada izlanish olib borayotgan tadqiqotchi, aspirantlar, qo‘yingki, hayoti kimyo fani bilan bog‘liq bo‘lgan hamma-hamma keng nishonlaydi. Ayniqsa bu bayram talabalar davrasida boshqacha nishonlanadi. Ilmiy seminarlar, konferensiyalar, kimyo olimpiadalari, bayramga bag‘ishlangan madaniy tadbirlar va ajoyib-qiziqarli kimyoviy tajribalar namoyishlari bilan o‘tadigan bayram, yakunda kimyogar talabalar ijrosidagi feyrverklar bilan kulminatsion nuqtaga chiqariladi. MDHdagi, yirik kimyo sanoati hududlari va kimyo korxonalari atrofida shakllangan shahar va aholi punktlarida, kimyogarlar kuni, mahalliy yirik bayramga - "Shahar kuni"ga aylanib ham ketgan. Masalan, Rossiyadagi Sayansk va Ukrainadagi Severodonetsk shaharlari shular jumlasidandir.
@maktabda_kimyojurnali
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar.Sizlarni kimyogarlar kuni bilan tabriklayman.Sizlarga sihat salomatlik, pedagogik faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.
Bugungi muhim xushxabar, yangilik biz "Maktabda kimyo"jurnali ijodkorlari oʻz faoliyatimizni yana davom ettirmoqdamiz.Bilasiz yil boshida obunachilar soni kamligi uchun nashr va sarf harajat qoplanmagani uchun faoliyatimiz toʻxtatilgan edi.Lekin homiylarimiz harakati va talablarga koʻra yana ishni boshladik.Tez kunlarda jurnal yana qoʻlingizda boʻladi.
Shu oʻrinda biz ikkinchi yarim yillik uchun obuna boʻlib jurnalimiz faoliyatiga hissa qoʻshishingizni soʻrab qolaman.
Maktabda kimyo jurnali bosh muharriri N.Boboyeva
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ
СИЗНИ ва СИЗ орқали Барча оила аъзоларингизни ҲАЙИТ байрами билан муборакбод этаман Оллохим Барча эзгу ниятларингизни руёбга чиқишида мададкор бўлсин Ўзингизга ва оилангизга тинчлик хотиржамлик, қут-барака тилайман Рамазон ойида қилган барча дуоларингиз ва тилакларингизни ОЛЛОХИМ даргохида қабул қилсин😊🤲🕋
СИЗГА ҳурмат ила Н.А.Бобоева
Assalomu alaykum aziz ustozlar.Charchamasdan ishlab yuribsizlarmi? Oxirgi chorakni yaxshi boshlab oldingizmi.Bizni bir birimizni tanishga,oʻzaro fikr almashib turli metodlar, dars ishlanmalar yaratish,masalalar yechish va qiziqarli maʼlumotlari bilan koʻpchilik orziqib kutishiga ha ha orziqib kutishiga menimcha munosib boʻlgan "Maktabda kimyo"jurnalimiz yetarli darajada obunachilarga ega boʻlmagani uchun bugun oʻz faoliyatini toʻxtatdi.Biz barcha tahririyat aʼzolari Respublikamizda yagona boʻlgan bu jurnalni faoliyat yuritishi uchun rosa harakat qildik lekin afsuski ...Mamlakatimizda 8000 dan ortiq kimyo oʻqituvchisi boʻlaturib 2023yili bor yoʻgʻi 40ga yaqin kishi obuna boʻlishdi.Bu koʻrsatkich na nashr ,na xizmatchilar mehnatini qoplayoladi.
Mart oyi yakuniga yetmoqda agar jurnal 6 oygacha nashr etilmasa qonun asosida yopiladi.
Nega jurnal bizga yetib kelmayapti deb murojaat qilayotgan ustozlarga uzrimizni aytib obuna pullarini qaytarib olishlarini soʻrayman.Agar muammo boʻladigan boʻlsa obuna boʻlgan pochta va telefon raqami bilan bizga murojaat qiling .
Sizlarga cheksiz hurmat ila (bosh muharrir)Nigora Boboyeva
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!
🌿 ЯНГИЛАНИШ, ЯШАРИШ БАЙРАМИ - НАВРЎЗИ ОЛАМ МУБОРАК !
🌿 Барчангизга тинчлик- ҳотиржамлик, хонадонингизга қут-барака, ишларингизга ривож тилаймиз! Ўйлаган тилакларингиз энг чиройли тарзда ижобат бўлсин
Хурмат билан Мактабда кимё журнали бош мухаррири Н.А.Бобоева
@maktabda_kimyojurnali
Ассалому Алайкум!
14 январь «Ватан ҳимоячилари» куни муносабати билан Ўзбекистоннинг барча мард ва жасур йигитларини муборакбод этамиз!
Бахтимизга соғ бўлинглар!
✈️ 🇺🇿 🛩 🇺🇿 🛰 🇺🇿
Бирингиз ўғилсиз, бирингиз ёрсиз,
Бирингиз инимиз, ишда хамкорсиз.
Оғиримиз енгил қилиб доимо,
Яхши хамки бахтимизга сиз борсиз.....
Мухтожлик сезамиз химоянгизга,
Ва лек чидолмаймиз киноянгизга.
Ер ва кўкка сизни ишонмай,
Доим айланурмиз хамсоянгизга!
@maktabda_kimyojurnali
14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan barcha erkaklarni tabriklaymiz !
-Erkaklar boʻlmasa, aytilmas aʼzon,
-Erkaklar boʻlmasa, qaynamas qozon,
-Erkaklar boʻlmasa, chaqaloq qayda,
-Erkaklar boʻlmasa, shapaloq qayda,
-Erkaklar boʻlmasa, moʻylov qaydadir,
-Erkaklar boʻlmasa, kuyov qaydadir,
-Dunyo turguncha tursin erkaklar,
-Doimo hurmatda yursin erkaklar !
@maktabda_kimyojurnali