magistratura_qabul2020 | Неотсортированное

Telegram-канал magistratura_qabul2020 - Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

9283

👋 Guruhimizga xush kelibsiz! 📆Bugun: 29-Aug 2022-yil ⏰Soat: 20:00 📅Hafta kuni: Dushanba 🛡Guruhimiz: @magistratura_qabul2020 👥Guruh a'zolari: 10563 📰 Kun yangiligi:

Подписаться на канал

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Your Top Agent o’quv markazidan yangilik! ☺️

Bugun soat 19:30 da iTEP imtihoniga tayyorgarlik kusimizning bepul webinariga sizni taklif qlamiz🙌

Pastdagi havola orqali webinarga qoshiling:

/channel/+jTnzkiK5t38xMTRi

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Qo'shimcha qabul orqali o'qishga kirgan talabalar yaqin kunlarda kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborishingiz mumkin.
Shu orqali sizlarga
kontrakt.edu.uz platformasidan qo'shimcha kontrakt shartnomasi shakllanadi.

Bu bo'yicha tez orada batafsil ma'lumot beramiz.
Bizni kuzatishda davom eting.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari sun’iy intellektga bepul o’qitilib, yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi — Sherzod Shermatov

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Future AI talents dasturi yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi.

Ushbu dastur doirasida mintaqaviy yoki milliy darajadagi aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda, masalan, Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) yoki shunga o‘xshash tanlovlarda sovrindor bo‘lgan yoshlar sun’iy intellektga bog‘liq kurslarda bepul o‘qitilib, kelajakda sun’iy intellekt sohasida kuchli iqtidor egasi sifatida yuqori daromadli ishga ega bo‘lishi mumkin.

Boshlash uchun quyidagi formani to‘ldirish lozim:
https://forms.gle/LdbjPyUZruKhaaQw5

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

🗓 11 ноябрь - Ўзбекистон Касаба уюшмалари куни!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Kuzgi ta'til tugadi, ertadan barcha ta'lim muassasalarida II chorak boshlanadi

Maktab o'quvchilari uchun 4-noyabrdan boshlangan kuzgi ta'til nihoyasiga yetdi. Ertaga, 11-noyabrdan maktablarda II chorak boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, 11-noyabr Kasaba uyushmasi xodimlari bayrami bo'lsa-da, bu sana dam olish kuni deb e’lon qilinmagan. Ya'ni, ertaga odatdagidek dars jarayonlari bo‘ladi. Shu sababli, elektron (qog‘oz) jurnalga ham o‘zgartirishlar kiritish talab etilmaydi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️ Milliy sertifikat 2-qism: 2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga qanday ball beriladi?

❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Mahalliy va xalqaro jurnallar tahrir hay'ati a'zosi bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

👨‍💻Fan nomzodi / falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega bo'lgan xodimlar qo'shimcha haq to'lash tartibi to'g'risidagi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori 1-ilovasiga muvofiq quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladilar;

Mahalliy jurnallar tahrir hay’ati a’zoligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 % gacha qo‘shimcha ustama haq belgilanadi.

Xorijiy jurnallar tahrir hay’ati a’zoligi uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 % gacha qo‘shimcha ustama haq belgilanadi.

🗂 Kerakli hujjatlar ro‘yxati:

1⃣Pasport nusxasi
2⃣PhD yoki DSc diplom nusxasi
3⃣3×4 rasm


Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying.

📞Murojaat uchun:
@Science_technical_PhD

Kanalga ulanish:
/channel/Scopus_Web_of_science
Kanalga ulanish:
/channel/Publishing_Scientific_Journals
Kanalga ulanish:
/channel/OAK_jurnallari_N1
Kanalga ulanish:
/channel/Scientific_Publication1
Kanalga ulanish:
/channel/uz_conference

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#talabaga_qulaylik

TerDPI da qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o'qimoqchi bo'lgan talabgorlar uchun kontrakt summasi aniq bo'ldi.

Xabaringiz bor, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

Termiz davlat pedagogika institutida Kengash qaroriga binoan qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt narxi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobar etib belgilandi.

Batafsil

Murojaat uchun: 97 554 74 44

✍️  TerDPI matbuot xizmati

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#qabul2024
#magistratura_turdosh_mutaxassisliklar

⚡️ 2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi


Ushbu roʻyxat orqali qaysi taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasasi MAGISTRATURASI mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Tayanch doktoranturada akademik ta’til olish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga 2-Ilova Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 32-bandiga ko‘ra tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.

Shunga ko‘ra ushbu vaziyatda bu holatlardan biri mavjud va uni tasdiqlaydigan ma’lumotlar bo‘lganda o‘qish muddati uzaytirilishi mumkin.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Savolimbor
Ассалому алайкум хурматли устозлар, ходим 01.11.24 йилда ишдан бушаш хакида ариза ёзган, бушаш санаси 08.11.24 йилдан, хали 2 хафта отработка килмаган. МК 160-модда ходимнинг ташаббуси б-н бушатсам буладими?

Javob:
Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, хodim mehnat shartnomasini o‘n to‘rt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli.
Bu o‘n to‘rt kalendar kunlik muddat ish beruvchi uchun muhim vaqt hisoblanadi. Xususan,
a) ishdan bo‘shayotgan xodimning o‘rniga yangi xodim qidirish, topish yoki vazifalarini boshqa ishchiga topshirish;
b) ishdan bo‘shayotgan xodimning xodimning barcha ish haqi, kompensatsiyasi va boshqa moliyaviy hisob-kitoblarini aniq va o‘z vaqtida amalga oshirish;
c) ishdan bo‘shayotgan xodimning ish beruvchi oldidagi qarzlarini undirib olishga berilgan imkoniyatdir.


Bu o‘n to‘rt kalendar kunlik muddat ishdan bo‘shayotgan xodim uchun muhim. Masalan,
a) ishdan bo‘shayotgan xodim yangi ish joyini izlaydi yoki shunga tayyorlanadi;
b) ishdan bo‘shayotgan xodimning o’zing o’rniga kelayotgan xodimga ishlarni topshiradi, mehnat jamoasi bilan xayrlashadi;
c) eng asosiysi xodim mazkur muddat ichida arizasini chaqirib olishi, ishdan bo’shash haqidagi fikridan qaytishi mumkin
.

Mehnat kodeksi 160-moddasi 3-qismiga asosan, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin. Ya’ni agar siz aygan holatda xodim 2024-yil 1-noyabrda xodim ariza yozib, o’z arizasida shu yil 8-noyabrda ishdan bo‘shatishni so‘ragan bo‘lsa, bu vaziyatda ish beruvchi ikkita qarordan bittasini qabul qiladi.

Birinchisi, xodimga 14 kalendar kun ishlab berish majburiyatini qo‘yib 8-noyabrdan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi taklifni rad etadi.
Ikkinchisi, xodimning 8-noyabrdan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi taklifini qabul qilib, o‘sha kuni mehnat shartnomasini bekor qiladi.

Xulosa, sizning vaziyatingizda ish beruvchi rozi bo‘lsa xodim bilan mehnat shartnomasini u 14 kalendar kun “otrobotka” qilmasdan 8-noyabrdan berkor qilish mumkin.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️ Rasman: davlat OTMlarida kontraklar narxi oshdi

◾️Qabul komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

➡️ Solishtirish uchun eski narxlar

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#talabaga_yengillik

⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Биласизми

Ўзбекистонда фуқароларга 10 дан ортиқ нафақа ва моддий ёрдам турлари берилади

Ўзбекистонда фуқароларни ижтимоий ҳимоя қилиш мақсадида давлат бюджетидан ўндан ортиқ турдаги нафақа ва моддий ёрдам пуллари тўлаб келинади

🔘 Ҳомиладорлик ва туғиш нафақаси;
🔘 Дафн этиш учун нафақа
🔘 Фарзанд туғилганда бериладиган бир марталик нафақа (“Суюнчи пули”)
🔘 Ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд қонуний вакилга нафақа
🔘 Ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларга ногиронлик нафақаси
🔘 Болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга нафақа 
🔘 Ногиронлик нафақаси (I ёки II гуруҳ)
🔘 Етарли иш стажи бўлмаган кексаларга ёшга доир нафақа
🔘 Боқувчисини йўқотганлик нафақаси
🔘 Кам таъминланган оилаларга болалар нафақаси ва моддий ёрдам.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Bilasizmi?

O'qituvchi kech qolgan talabani darsga kirtimaslikka haqlimi?

✏️ O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan.

📔 O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.

💭 Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki tartib-qoidalarni va dars vaqtlarini oliy ta’lim muassasalarining o‘zi belgilaydi. Demak darsga kiritish yoki kiritmaslik, davomat masalalari har bir oliy ta’lim muassasalarida ichki qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#FarDU

🔥Farg'ona davlat universiteti magistatura mutaxassisliklariga qo'shimcha qabul uchun kontrakt narxlari

‼️ Boshqa oliygohdagi kontrakt narxlari bu narxlarga to'g'ri kelmaydi. Har bir oliygoh miqdorni o'zi belgilaydi

Qo'shimcha qabul orqali o'qishga kirgan talabalar kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin. Shu orqali sizlarga kontrakt.edu.uz platformasidan qo'shimcha kontrakt shartnomasi shakllanadi.

Sizda ham shu singari ma’lumotlar bo‘lsa kanal adminlariga yuboring:
@Magistrsupport
@Sherali_Toshniyozov

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Maqola_qabul

#Tezkor_nashr

Xalqaro ilmiy jurnalning 25-soni uchun qabul boshlandi.

📕Jurnal nomi: "International journal Science and Technology".

ISSN 3030-3443

📬 Maqola qabul qilish: 13-noyabr.

📤 E'lon qilinish sanasi: 15-noyabr.

💰 Maqola uchun to'lov 100 ming so'm.

✅ Har bir maqola Google scholar va Xalqaro bazalarda saqlanadi va indekslanadi.

Qabul tillari:
🇺🇿o'zbek tili;
🇷🇺 rus tili;
🇺🇸ingliz tili.

Qabul qilish yo'nalishlari:
Barcha sohalar bo'yicha.

✅ Xalqaro IMRAD talabi asosida qabul qilinadi.

🖼  Har bir muallifga  elektron sertifikat va to'plam taqdim etiladi.

Batafsil: /channel/Science_and_Technology_journal

💻Telegram murojaat: @Science_Technology_admin

Murojaat uchun tel: +998973344674

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

📣 Hurmatli ilm ahli! Sizlarga ilm-fanga yo'naltirilgan 4ta telegram guruh va kanallarimizni taklif qilamiz.

📖 Guruh nomi: Publication.
💬 Guruh tavsifi: Ushbu guruhda xalqaro va mahalliy impact factorli hamda OAK tan oladigan xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi jurnallar va konferensiyalar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Guruhga ulanish: /channel/articlepublication_uz

🌳 Kanal nomi: Nashrlar_uz.
💬 Kanal tavsifi: Ushbu kanalda barcha turdagi (Scopus, Web of science, Impact factorli, OAK) jurnallar va konferensiyalar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish: /channel/articlepublishing_uz

📓 Kanal nomi: Scopus & Web of science
💬 Kanal tavsifi: Ushbu kanalda nufuzli Scopus va Web of science xalqaro ilmiy bazalarda aktiv bo‘lgan jurnallar va konferensiyalar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish: /channel/scopus_web_of_science1

📕 Kanal nomi: OAK ro‘yxatidagi jurnallar.
💬 Kanal tavsifi: Ushbu kanalda Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan xalqaro va mahalliy jurnallar haqida e'lonlar va postlar joylab boriladi.
Kanalga ulanish: /channel/OAK_jurnallar_uz

👫 Ushbu telegram kanal va guruhlarimizga a'zo bo'lishingizni tavsiya qilamiz!

👨‍💻 Murojaat uchun:
📩 t.me/publish_assistant

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📌 Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming so'm stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

ITEP sertifikatiga tayyorgarlik kursimiz uchun hozirda yangi qabul boshlandi☺️

Kurs davomida biz bilan o’qigan holda o’zingizga kerak bo’lgan natijaga erishsangiz bo’ladi

Bizning ITEP boyicha kursimizda sizga taqdim etiladigan hizmatlarimiz: 📝

📌 Toliq ekzamenda kerak bo'ladigan bilimlar va materillar
📌Speaking va Writing dan individual tayyorlov
📌 Ustoz bilan online darslar


Va boshidan ohirigacha biz bilan 24/7 aloqagada bo’lib kerakli malumotlarga ega bo’lish imkoniyatini qo'lga kiritasiz🙌

Sizni mamnuniyat bilan taklif qilamiz! Kursga yozilish uchun havola orqali bepul webinarlarimizga ro'yxatdan o'ting!

Hurmat bilan YTA)🙌

Qoshimcha savollar boyicha ushbu raqamga qong’iroq qiling: +998971671511
+998990204815

t.me/iTEPyta_tashkent

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📌 Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.

Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

БУГУН, «ТИББИЁТ ХОДИМЛАРИ КУНИ»👨🏻‍⚕️🧑🏻‍⚕️

2006 йилдан буён ноябрь ойининг иккинчи якшанбаси Ўзбекистон Республикаси «Тиббиёт ходимлари куни» этиб белгиланган.

Шифокорларга тилагимиз: ҳамиша иммунитетингиз юқори, АТФингиз кўп, гемоглобинингиз баланд, қон босимингиз 80/120, кўзларингиз лочиндек ўткир, ўпкангиз гипокциядан, жигарингиз гепатитдан, ошқозонингиз гастритдан узоқ, ойлигингиз нерв ҳужайраларидек кўп, ҳаётингизда қўзғалиш тормозланишдан устун бўлсин! Соғлик саломатлик, оилавий ҳотиржамлик ҳамиша ҳамроҳингиз бўлсин!

Байрамингиз муборак бўлсин!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Может ли студент, получивший образовательный кредит, обучаться в магистратуре в зарубежных вузах?

Образовательный кредит погашается в течение 7 лет, начиная с седьмого месяца после завершения срока обучения (3, 4 или 5 лет).

Подробнее: https://uz24.uz/ru/articles/kredit-11-7

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

🇹🇷🇹🇷🇹🇷 🧑‍💻🧑‍💻🧑‍💻 TURK TILINI 3 OYDA  ONLINE  oʻrganib B2 va C1 darajani olishni maqsad qilganlar uchun katta yangilik !!!
Endi siz biz bilan arzon, qulay va samarali taʼlim olish imkoniga egasiz.

🧗‍♂🧗‍♂🧗‍♂ Endi boshlagan oʻquvchilarga 3 oyda B2 darajadagi ilm berish kafolatlanadi.

☝️☝️☝️ Agar hozirdan boshlasangiz qisqa vaqtda B2 va hatto C1 darajasida tayyor boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritishingiz mumkin.
👩‍🏫 Darslar malakali ustozlarimiz tomonidan telegram guruhida olib boriladi.

DASTLABKI IKKI DARS MUTLAQO BEPUL.🤑🤑🤑


Surxondaryo viloyati Termiz shahri "RAHMAT" OʻQUV MARKAZIDA 3 oyda B2 darajada tayyorlab berish kafolatlangan OFFLINE darslarimiz ham mavjud.
MOʻLJAL: Eski Yubileyniy savdo markazi qarama-qarshi tarafidagi Hamkor bankning chap tarafi gullar doʻkoni binosi
Murojaat uchun: 94 265 31 44

🏃‍♂‍➡️🏃‍♂‍➡️🏃‍♂‍➡️ Shoshiling oʻquvchilar soni cheklangan

Siz uchun imtihon haqida ajoyib kanalimiz xizmatingizga muntazir.

HOZIROQ QOʻSHILING:
👇👇👇
/channel/turkHP


Murojaat uchun:
@xolmurodov74

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📯📯📯

PUBLISHING
SCIENTIFIC
JOURNALS


Ilmiy maqolangizni yuqori reytingli va xalqaro darajada tan olingan jurnallarda chop etish istagingiz bormi? Endi bu imkoniyat siz uchun ochiq!
✍️

🔸😁😁😉😊😁😊😁
😊😁😉😁😊😁😊😉😉😊😊
Scopus, Web of Science kabi xalqaro ilmiy bazalarda indekslanuvchi nashrlarda chop etish imkoniyati;
Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini nashr qilishga tavsiya etilgan jurnallarni tanlash;
Xalqaro nufuzli ilmiy bazalarda indekslanuvchi hamda talab etilgan daeajada impact factorga ega jurnallarning tanlovi;
Tadqiqotingizni sifatli va xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlashda to‘liq ko‘mak;
Xalqaro va mahalliy ilmiy ommabop jurnallar tahririyat kengashi a’zoligiga ko’maklashish;
Adliya vazirligi xuzuridagi INTELEKTUAL MULK MARKAZI tomonidan beriladigan PATENT va GUVOHNOMALAR olish imkoniyati.

📈Bizning taklif:
✔️Ilmiy maqolalarni tayyorlash va muharrirlik xizmatlari;
✔️Nashr uchun sifatli tarjima va formatlash;
✔️Jurnal tanlash va chop etish jarayonida to‘liq qo‘llab-quvvatlash.

📚📚📚Tadqiqotlaringizni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim eting va ilmiy izlanishlaringizni global miqyosda taniting!

🏛🏛🏛Batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog‘laning yoki kanalimizga obuna bo‘ling!

⬆️⬆️⬆️ Ilmingizni dunyoga taqdim eting, biz sizga yordam beramiz!

📞Murojaat uchun:
@Science_technical_PhD

Kanalga ulanish:
/channel/Publishing_Scientific_Journals

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Ўзбекистон фуқароларининг охирги йилларда коррупциявий ҳолатларга дуч келиш даражаси:

➖2022 йил – 100 фоиз сўралганларнинг 15 фоизи;

➖2023 йил – 100 фоиз сўралганларнинг 19,9 фоизи;

➖2024 йил – 100 фоиз сўралганларнинг 21,2 фоизи.

P/S: Бу маълумотлар Коррупцияга қарши курашиш агентлиги тадқиқотлари натижасида тузилган. Кўриб турганингиздек, аҳвол яхши эмас.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Ilmiy maqolalaringiz Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tan olinuvchi jurnallarda chop eting!

Hurmatli tadqiqotchilar va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar!

Bizning Telegram kanalimiz orqali Oliy Attestatsiya Komissiyasi tasdiqlagan jurnallar haqidagi eng so‘nggi yangiliklar, e’lonlar va foydali ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

🕸Kanalimizda siz uchun nimalar mavjud? 🔍

-
🗂OAK jurnallari ro‘yxatining doimiy yangilanishlari – Yangi jurnallar, o‘zgartirilgan talablar va chop etish jarayonlari haqida ma’lumotlar.
-
⚡️Ilmiy maqola yozishda eng yaxshi tavsiyalar – Muhim qo‘llanmalardan foydalanib, ilmiy maqolangizni yuqori darajada tayyorlash uchun kerakli maslahatlarni olasiz.
-
✍️Maqolani qabul qilish shartlari va texnik talablar – Maqolangiz jurnal talablari asosida tayyorlangani uchun, uning qabul qilinish ehtimoli oshadi.
-
📊Obunachilarga maxsus savol-javob va maslahatlar – Ilmiy maqola yozish bo‘yicha savollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga berib, javob oling.

🌐Ilmiy yutuqlaringizni OAK jurnallarida e’lon qilishni rejalashtiryapsizmi? Shu jarayonda kerakli barcha yordam va ko‘rsatmalar bizning kanalimizda!

🌐Kanalga qo‘shiling va ilmiy maqolangizni muvaffaqiyatli nashr etish yo‘lidagi har bir qadamda biz bilan birga bo‘ling!

Kanalga ulanish:
/channel/Scopus_Web_of_science
Kanalga ulanish:
/channel/OAK_jurnallari_N1
Kanalga ulanish:
/channel/Scientific_Publication1
Kanalga ulanish:
/channel/uz_conference

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

💎 ATIGA 90 MINGGA TURK TILINI ENG KUCHLI EKSPERTLARDAN O'RGANING!

Hozirda turk tilini uydan o'tirgan holda o'rganishni xohlayotgan insonlar juda ham ko'p. Hozir sizga aytayotgan Yopiq Kanal aynan siz uchun!

📌 Bu kanalda 5 oy davomida 30 yilgacha tajribaga ega ustozlar bilan Jonli darslar olib boriladi. Siz 5 oy davomida A1, A2, B1, B2 darajalarni tugatasiz!

Har bir daraja tugagandan so'ng maxsus imtixon olinadi hamda eng kuchli 3 ta o'quvchi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

✔️ Shuningdek, kanalga har bir darsning yozib olingan videodarsi, kitoblar hamda vazifalar tashlab boriladi!

Sizdan faqatgina 1 marta 90 ming to'lov qilish talab etiladi xolos!

➡️ Kanalga qo'shilish uchun @turktili_menejer ga murojaat qiling!

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

🏆 "0 DAN MUVAFFAQIYATGACHA" 🏆

o'quv kursining 2-mavsumiga qabul boshlandi!!!

🔷 Loyiha maqsadi: Yoshlarni  davlat stipendiyalari va davlat mukofotlariga tayyorlanishlari hamda ilmiy rivojlanishlari uchun amaliy yordam berish.

📲Loyiha shakli: Onlayn


DARSNING QULAYLIGI DARSLAR OLDINDAN YOZIB OLINADI. Istalgan vaqttingizda kirib koʻrishingiz mumkin!

🔷 Loyiha tili: o’zbek


✅ Loyiha muallifi: ABDURAIMOVA MUAZZAMOY ABDUQODIR qizi 👇🏻👇🏻👇🏻

🔷"Islom Karimov" stipendiyasi sohibasi
🔷 "Kamoliddin Behzod" stipendiyasi sohibasi
🔷 "Yil talabasi-2022" gʻolibasi
🔷 "Yil talabasi-2023" goʻlibasi
🔷 "Xalqaro tanlovlar" goʻlibasi
🔷 "Respublika tanlovlar" gʻolibasi
🔷"Ilmiy kitoblar va Monografiyalar" muallifi

⏰ Kurs 7 kun davomida bo'lib otadi!

⚡️Har bir ishtirokchi bilan individual shug'ulaniladi!

💵 Kurs narxi: 160 ming so'm!

1-kun ichida murojaat qilsangiz 120 ming ✅✅✅

Yakka individual dars oʻtilsa 290 ming


Murojaat uchun:
@Muazzamoy_Abduqodirovna

Rasmiy kanalimiz:
/channel/Renesans_izlanuvchilar_1

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⭐️Xodimlarga 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan premiya bersa bo’ladi!

✅ Ha, albatta berish mumkin. Bu tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlariga bog’liq.

✅ MK 24-moddasiga ko’ra, ish beruvchi xodimlarni halol samarali mehnati uchun rag‘batlantirish huquqiga ega.

✅ MK 299-moddasiga ko’ra, ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

MK 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

MK 12-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
jamoa kelishuvlari;
jamoa shartnomalari;
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

⚠️ Diqqat! Agar tashkilotning ichki hujjatlarida faqat MK 208-moddasida nazarda tutilgan, 9ta ishlanmaydigan bayram kunidagina xodimlarni mukofotlash nazarda tutilgan bo’lsachi❓ Yoki tashkilotning ichki hujjatlarida xodimlarni umuman mukofotlash nazarda tutilmagan bo’lsachi❓

❗️Bu holatda ish beruvchi garchi ichki lokal hujjatlarda nazarda tutilmagan bo’lsada, xodimlarni rag’batlantirishi mumkin.

Chunki, yuqorida tahlil qilib o’tganimizdek, ish beruvchi o‘z vakolatlari doirasida yakka o‘zi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar — buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjat hisoblanadi!

Budjet tashkilotlari ham o’zlarining budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan xodimlarni 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan mukofotlashlari mumkin!

Hurmatli ish beruvchilar, xodimlarni bir xursand qilinglar!

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…
Подписаться на канал