magistratura_qabul2020 | Неотсортированное

Telegram-канал magistratura_qabul2020 - Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

9283

👋 Guruhimizga xush kelibsiz! 📆Bugun: 29-Aug 2022-yil ⏰Soat: 20:00 📅Hafta kuni: Dushanba 🛡Guruhimiz: @magistratura_qabul2020 👥Guruh a'zolari: 10563 📰 Kun yangiligi:

Подписаться на канал

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Umra faoliyatini tashkil etish uchun litsenziya talablari ma’lum qilindi

📃 “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 12.10.2024-yildagi 668-son Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

✅ Qarorga ko‘ra, quyidagi litsenziya talab va shartlari joriy etilmoqda:

➖ Ziyoratchilarga guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash;

➖ shtatida diniy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;

voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik;

💰 1 mln AQSH dollari miqdordagi mablag‘ni “Ziyorat” jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish;

➖ o‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;

➖ ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistoni Podshohligining faqat “Umra” vizasini rasmiylashtirish;

Bunda, "Umra" vizasidan tashqari viza bilan fuqarolarni olib borish noqonuniy faoliyat hisoblanadi.

➖ “Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish hamda ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;

➖ Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish;

➖ xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega hamda ushbu davr mobaynida yo‘lovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniyalar bilan hamkorlik qilish;

➖ ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish-kelish aviachiptalarini xarid qilish;

➖ ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashtirish;

➖ “Umra” xizmatini uchinchi davlatlar orqali ko‘rsatmaslik;

➖ “Umra” xizmatini litsenziyada ko‘rsatilgan manzildan boshqa joyda joylashgan vakolatxona va filial orqali amalga oshirmaslik;

✅ Shuningdek, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln so‘m) etib belgilangan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️ 1-kurslar uchun yangi tizim: ular faqat 1 yillik grant bilan talaba bo'lgan

▪️ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
 
Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
 
Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
 
O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

✅Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);
Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);
Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);
Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);
Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);
Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);
Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);
Jismoniy tarbiya, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog, Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);

Shuningdek, Musiqa adabiyoti va tarixi, Musiqa nazariyasi, Sanʻat tarixi, Amaliy sanʻat, Etika va estetika, Akademik xonandalik, Anʻanaviy ijrochilik (cholgʻu ijrochiligi, xonandalik), Anʼanaviy cholgʻular ijrochiligi, Arxitektura dizayni, Axborot texnologiyalari asoslari, Badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi, Badiiy kashtachilik usta-rassomi, Badiiy kulolchilik usta-rassomi, Badiiy naqqoshlik usta-rassomi, Badiiy yogʻoch oʻymakorligi usta-rassomi, Baxshichilik sanʼati, Charm buyumlari dizayneri, Damli cholgʻular ijrochiligi, Damli va zarbli cholgʻular (gaboy, fagot, tuba , trombon), Dastgohli rangtasvir rassomi, Drama teatri va kino aktyorligi, Estrada cholgʻulari ijrochiligi, Estrada xonandaligi, Folklor ijrochilik sanʼati, Fortepiano ijrochiligi, Grafika rassomi, Haykaltaroshlik, Interyer dizayni, Kino va televideniya rassomi, Kompozitsiya, Kompyuter grafikasi va dizayn, Konsertmeyster (Joʻrnavoz), Lak miniatyurasi rassomi, Landshaftlar va atrof muhit dizayneri, Liboslar dizayni, Mahobatli rangtasvir rassomi, Musiqiy teatr aktyorligi, Mutaxassislikka kirish, Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissori, Qalamtasvir, Rangtasvir, Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi, Rangtasvir va amaliy sanʼat asarlarini qayta tiklash rassomi, Rassom-fotograf, Sanoat dizayni, Sirk sanʼati (jismoniy yoʻnalish), Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Tarixiy teatr liboslari sanʼati rassomi, Tasviriy sanʻat (chizmatasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik), Teatr sanʻati, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi, Teatr sanʼati butafori rassomi, Texnogen sanʼati, Torli cholgʻular ijrochiligi, Umumiy fortepiano, Vokal sanʻati, Xalq cholgʻulari ansambli, Xalq raqsi ijrochisi, Xonandalik, Xor dirijyorligi, Xoreografiya (Xalq sahna raqsi), Zarbli cholgʻular fanlaridan — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Chet tili fani oʻqituvchilari uchun malaka sinovlari qanday shaklda oʻtkaziladi?

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibining 37-bandiga ko‘ra, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari uchun tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish koʻnikmasini baholashga qaratilgan ijodiy sinovlar shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani malaka sinovlari chet tili fani oʻqituvchilari, madaniyat va sanʼatga, jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari hamda taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya va chet tili fani oʻqituvchilari uchun test sinovlari shaklida ham tashkil etilishi ham belgilangan.
Nizomning 31-bandida:
– pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida toʻxtatilishi;
– vakolatli vazirliklar tomonidan maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda pedagogik mahoratini baholash;

– oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili 10-mart va 10-oktyabrga qadar tasdiqlanib, ularning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda SMS-xabarnoma orqali pedagog kadrlarga yuborilishi belgilab qoʻyilgan.
Eslatma! Chet tili (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilari uchun malaka sinov shakli (test yoki tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish koʻnikmasini baholashga orqali amalga oshirilishi) har yili yanvar iyun oylari attestatsiyasi uchun 10-martga qadar, avgust dekabr oylari attestatsiyasi uchun 10-oktyabrga qadar eʼlon qilinadi!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Endilikda bog'cha xodimlariga ham vazir jamg'armasidan ustamalar beriladi

Prezidentning 2024-yil 30-sentyabrdagi PF-152-son Farmoni bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlariga ham vazir jamg'armasi hisobidan ustama olishga ruxsat berildi.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/880

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
➡️ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ Huquq ta'limi fani o‘qituvchisi;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ direktor:
➡️ laborant;
➡️ kabinet mudiri;

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️ Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo'ldi

📄 Bunga oid hukumat qarori bor.

Unga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritishning foydali jihatlari

Milliy qonunchiligimiz biznes bilan shug‘ullanish uchun fuqarolarimizga juda ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi. Shulardan bir yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritishdir.

Quyida esa ushbu faoliyatning bir qancha qulaylik jihatlarini yoritib o‘tamiz:
1️⃣ Birinchidan, aniq belgilangan faoliyat turlari — YaTT Vazirlar Mahkamasining 6-sonli qaroriga ko‘ra belgilab berilgan 89 ta faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. 

2️⃣ Ikkinchidan, faoliyatini tekshirishdagi kafolatlar — YaTT faoliyati Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyekti hisoblanadi. Bu degani ushbu subyektni faoliyatini nazorat qiluvchi organlari tomonidan tekshirish uchun (misol uchun soliq organlari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-374- sonli qaroriga asosan Biznes ombudusmandan ruxsat olish kerak. Ruxsat olmasdan o‘tkazilgan tekahiruvlar haqiqiy hisoblanmaydi hamda mansabdor shaxslarning javobgarligiga sabab bo‘ladi.

3️⃣ Uchinchidan, xodim yollash huquqi —YaTT tashkil qilgan shaxs 5 nafargacha xodimni mehnat shartnomasini tuzgan holda ishga yollashi mumkin. Bu holatni bir oila misolida oladigan bo‘lsak, oilaning 5 nafar a’zosi staj asosida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Faqatgina ular mehnat faoliyati davomida Mehnat kodeksining 512-moddasiga binoan ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lishlari kerak.

4️⃣ To‘rtinchidan, soddalashtrilgan tartibda mehnat shartnomasini bekor qilish —YaTTning xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishi ham odatdagidan farq qiladi, ya’ni ish beruvchi bo‘lgan YaTT mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha buyruq chiqarmaydi. Mehnat kodeksining 511-moddasiga asosan YaTT xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishda, xodimni soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq organining ro‘yxaidan chiqarib yuboradi hamda 3 kunlik muddat ichidan bu haqida xodimni xabardor qiladi.

5️⃣ Beshinchidan, faoliyatini to‘xtatib turgan davrdagi kafolatlar — Mehnat kodeksining 511-moddasiga ko‘ra YaTT ning faoliyati to‘xtatib turgan holatlarda xodimlarning o‘rtacha ish haqi ikki hafata mobaynida saqlanadi. Agar bu vaqt tugagandan keyin ham YaTT faoliyatini davom ettirmasa, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan miqdordagi kompensatsiya summasini to‘lagan holda mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

6️⃣ Oltinchidan, Soliq kodeksining 237-moddasiga ko‘ra, YaTT ning bir yillik daromadlari 1 milliard so‘mdan oshgandan so‘nggina u qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydi. Shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tashkil qilingan YaTT lar uchun belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘lashadi.

7️⃣ Yettinchidan, YaTT ham bir vaqtning o‘zida kichik tadbirkorlik subyekti hisoblangani bois, u ham davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratiladigan imtiyozlar olish huquqiga ega.

💁‍♂️ Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati kichik biznesga qiziqadigan va ortiqcha qog‘ozbozlikdan qochadigan insonlar uchun juda qulay tadbirkorlik faoliyatining shaklidir.

Shunga o‘xshash foydali maqolalarni Yuristpro.uz loyihamizdan ham topishingiz mumkin.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

➖ davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dual taʼlim shakli joriy etiladi;

➖ davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda maktabgacha taʼlim yo‘nalishining sirtqi va kechki taʼlim shakli bo‘yicha har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi va ularga maktabgacha taʻlim yoʻnalishida kamida besh yil ish stajiga ega pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

2024-yil 1-oktabrdan boshlab:

➖ jismoniy shaxs bir paytning oʻzida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida mehnat faoliyatini yuritayotgan boʻlsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi boʻyicha toʻlash amaliyoti joriy etiladi;

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ qamrov darajasi past boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boʻsh turgan yer uchastkalarida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, ushbu Farmon asosida:

➖ Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maktabgacha taʻlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari ham ragʻbatlantiriladi;

➖ davlat oliy taʻlim muassasalariga ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida maktabgacha taʻlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

🛡 Telegram was built to protect activists and ordinary people from corrupt governments and corporations — we do not allow criminals to abuse our platform or evade justice.

🛡 Telegram был создан для защиты активистов и простых людей от коррумпированных правительств и корпораций — мы не позволяем преступникам злоупотреблять нашей платформой или избегать правосудия.

🛡 Telegram faollar va oddiy odamlarni korrupsiyalashgan hukumatlar va korporatsiyalardan himoya qilish uchun yaratilgan — biz jinoyatchilarga platformamizni suiisteʼmol qilishlariga yoki adolatdan qochishlariga yoʻl qoʻymaymiz.

Pavel Durov

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Eslatma

Bugundan boshlab o’qituvchilar oylik maoshini oshirlgan miqdorda hisoblash boshlanadi


Ma’lumki, Prezidentining tegishli farmoniga ko’ra, pedagog xodimlarning oylik maoshlari 1-oktyabrdan 15 foizga oshirildi.

Xo'sh, umumta’lim maktabi pedagog xodimlari hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari bugundan boshlab aynan qancha maosh oladilar?

Quyida siz har bir lavozim shtat birliklariga tegishli bo'lgan maoshlar miqdori bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/801

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Sarkazm

Olovdan qo'rqqan tariq ekmaydi....
🤣
Maqolniyam buzvordik
😁

Bu postni yaqinda agrarda bo'lgan voqealarga umuman aloqasi yo'q
🔥🔥🔥

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📌 Magistraturadagi o’qish mehnat stajiga o’tadimi?

Savol: Magistraturaning 2 yil o’qish muddati “trudovoy”ga o’tadimi? Magistraturani kontraktda o’qib, 2 yillik “trudovoy”imga yozilgan mehnat staji bilan diplomni olish mumkinmi? Magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagandim ham.

Javob: O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi taʼlimda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, sizning magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davringiz mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davringiz ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da diplom olish uchun “mehnat staji shart”ligi talabi ko‘rsatilmagan.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Ўқитувчилар ҳақида қалбларни титратувчи шеър

Азиз устоз ва мураббийлар учун!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Тиббиёт ходимларининг ойлиги оширилди - ВМ қарори тасдиқланди

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг «Тиббиёт ходимлари меҳнатига ҳақ тўлашнинг такомиллаштирилган тизимини тасдиқлаш тўғрисида» 2005 йил 21 декабрдаги 276-сон қарорига ўзгартириш киритиш ҳақида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 10.10.2024 йилдаги 661-сон

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Фойдали

❗️Энди Сунъий интеллект сизга ўзбек тилида Презентация тайёрлаб беради
Сайт номи
👉 gamma.app

Талабаларга жуда керакли сайт

👉🏻@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Alfraganus universiteti “Yoshlar kelajagi va ta’limda tadbirkorlik” mavzusidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda

10-11-oktabr kunlari Toshkent shahrida YuNESKOning Bankokdagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Yoshlar kelajagi va ta’limda tadbirkorlik” mavzusida 10-Ta’limda tadbirkorlik UNESCO-APEID (YuNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim innovatsiyalarini rivojlantirish tarmog‘i) Kengash yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanga Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan Alfraganus universiteti mezbonlik qilmoqda.

Anjumanda dunyoning 34 davlatidan 100dan ortiq ekspertlar, yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadbirkorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, 200dan ortiq mamalakatimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari, akademiklar, professor-o‘qituvchilar, yetakchi tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Фан олимпиадалари маркази ташкил этилади

“Иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-346-сон) қабул қилинди

Қарорга кўра, Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги ҳузурида давлат муассасаси шаклида Фан олимпиадалари маркази (Марказ) ташкил этилади.

Қобилиятли ҳамда фанларни чуқур ўрганишга қизиқадиган ёшларни аниқлаш ва селекция қилиш, улардаги иқтидорни янада ривожлантириш учун зарур шарт-шароитлар яратиш Марказнинг асосий фаолият йўналишларидан бири этиб белгиланди.

2025 йилдан Марказ томонидан:

5–8-синф ўқувчилари ўртасида олимпиадаларда юқори натижаларни қайд этган иқтидорли ўқувчилар базаси шакллантирилади ва уларни халқаро олимпиадаларга мақсадли тайёрлаш йўлга қўйилади;

➖ ҳар бир фан йўналиши бўйича ўқув дастурлари, адабиётлар, методик тавсиялар, қўлланмалар ва журналлар яратилиб борилади;

➖ ўқувчиларни фан олимпиадаларига тайёрловчи тренер-ўқитувчиларнинг узлуксиз касбий ривожланиши учун зарур шароитлар яратилади, уларга янги методикалар ўргатиб борилади;

➖ фан олимпиадалари бўйича миллий терма жамоаларнинг хорижий давлатлар терма жамоалари билан қўшма йиғинлар ўтказиш амалиёти йўлга қўйилади;

➖ ўқувчилар учун халқаро олимпиадаларда руҳий босимни енгиш бўйича семинарлар ҳамда мотивацион тренинглар ташкил қилинади;

➖ иқтидорли ёшлар учун “интеллектуал оромгоҳлар” ташкил этилади.

@magistrlarofficial
@magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Биласизми

❗️Нуфузли хорижий олий таълим муассасаларида таҳсил олган ёшларга устама тўланади

Батафсил инфографикада👆

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish bo'yicha to'liq videoqo'llanma

Nodavlat oliy ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish huquqiga ega.

🔰 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
➖ o‘z mablag‘lari;
➖ jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
➖ yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.

Buning uchun soliq organi yoki qaysidir tashkilotga borish shart emas, uyda o'tirib ham buni bajarish mumkin)

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

MULTILEVEL OKTABR HAMDA NOYABRDA OYLARIDA TOPSHIRUVCHILAR UCHUN TUSHAYOTGAN VA TUSHADIGAN MATERIALLAR BERIB BORILADIGAN KANALNI TOPDIK👇👇

MULTILEVEL OKTABR SAVOLLARI
MULTILEVEL OKTABR SAVOLLARI


KANALGA ULANING VA B2 HAMDA C1 NATIJALARNI QO'LGA KIRITING👆👆

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Davlat siyosatida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni qanday?

50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)

Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.


31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun)
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.


Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y)
Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.


Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi.

Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi.


Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)
Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.


Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)
Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📌 Savol: Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Javob: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertasiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi. Magistratura talabalarining magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertasiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.

Kanalimiz: @magistrlarofficial
Guruhimiz: @magistratura_qabul2020

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#ДИҚҚАТ

2024 йил 1 октябрдан Ўзбекистон Республикаси ҳудудида ойлик, пенсиялар ошди ва қуйидагича

🔹меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 1 155 000 сўм;
🔹базавий ҳисоблаш миқдори – 375 000 сўм;
🔹пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 428 000 сўм;
🔹ёшга доир энг кам пенсия – 834 000 сўм;
🔹ногиронлик пенсиялари, жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – 920 000 сўм;
🔹меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 920 000 сўм;
🔹белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (834 000 сўмдан) 920 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари – 920 000 сўм;
🔹зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа – 745 000 сўм;
🔹иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 745 000 сўм.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

👩🏻‍🏫 Professional TOEFL Trainer Gulnoza Kamilova bilan tanishing!

TOEFL iBT testlariga samarali tayyorlash bo’yicha pedagog-ustoz Gulnoza Kamilova’ning onlayn kurslariga sizni taklif qilamiz.

Ushbu kursning afzalliklari nimada?

4 ta ko’nikma bo’yicha maxsus strategiyalar bilan darslar natijaga asoslangan holda o’qitiladi;

B2/C1 darajaga erishish uchun asl narxi $500 AQSh dollari teng Global Exam platformasidan foydalaniladi;

Har oyda Bonus sifatida, bizni test markazda TOEFL iBT Mock Testni ham topshirish imkoniyatini yaratib beramiz;

🇺🇸 TOEFL iBT testini bizni markazda topshirishning afzalliklari:

✔️ TOEFL iBT sertifikati PhD doktoranturaga, Magistratura va Bakalavr bosqichlariga imtihonlarsiz maksimal ball bilan o’qishga qabul qilinadi;

✔️ Pedagog o’qituvchilar ishga kirishda va qo’shimcha 50% ustama haq olishda qabul qilinadi;

✔️ TOEFL iBT 95+ ball olgan nomzodlar to’liq imtihon to’lovi Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan 209-qarorga muvofiq to’liq qoplab beriladi.

💵Faqat bizni kursni tamomlagan o’quvchilarga TOEFL iBT testini topshirish uchun $20-40 chegirma Promo Kod taqdim qilamiz.

💡 TOEFL iBT’dan B2-C1 daraja sertifikatiga erishishni istasangiz hoziroq quyidagi link orqali ro’yxatdan o’ting ⬇️

➡️ Ro’yxatdan o’tish uchun havola

Testing for Success!
📞 71 200-80-04
👨‍💻 @toefladminuz1, @toefladminuz

📱 TOEFL Test Markazi

📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱TOEFL_UZBEKISTAN">YouTube | 📱Veb-sayt

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Эндиликда малака тест синовларида 86 ва ундан юқори балл тўплаган педагогларга қўшимча 70 фоиз устама тўланади - Президент

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Dissertatsiyaning asosiy natijalarini aks ettiruvchi ilmiy maqolalarni jurnallarda nashr etish bir qancha muammolarni hal qilishni talab qiladi.

🌍Ilmiy maqola nashr etishdan oldin, mualliflar ko'pincha jurnalni tanlash muammosiga duch kelishadi.

🚫Ba'zida, mualliflar soxta impakt faktorli jurnallarda yoki OAK ro’yxatiga kiritilmagan nashrlarda maqolalar chop qilishadi. Bu albatta dissertatsiyangiz himoyasi paytida juda katta muammolarni keltirib chiqaradi.

Jurnal tanlashning eng asosiy mezonlaridan biri bu jurnalni OAK ro'yxatiga kiritilganligidir.

OAK ro'yxatidagi jurnallarda chop qilingan ilmiy maqolalar dissertatsiyangiz himoyasi paytida ilmiy kengashlar va Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tan olinadi.

🌍Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida OAK ro'yxatidagi ayrim jurnallar ro'yxatini keltirmoqdamiz:

Fizika-matematika fanlari
Kimyo fanlari
Biologiya fanlari
Geologiya-mineralogiya fanlari
Texnika fanlari
Qishloq xoʼjaligi fanlari
Tarix fanlari
Iqtisodiyot fanlari
Falsafa fanlari
Filologiya fanlari
Geografiya fanlari
Pedagogika fanlari
Tibbiyot fanlari
Sanʼatshunoslik fanlari
Psixologiya fanlari
Yuridik fanlar

Kafolatli natijaga ega bo'lish uchun maqolalaringizni faqat OAK ro'yxatidagi jurnallarda chop qilishni tavsiya qilamiz.

👨‍💼Ishonchli OAK jurnallari haqida ma'lumotlar kerak bo'lsa, biz bilan bog'laning.

Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying.

📞Murojaat uchun:
@Science_technical_PhD

Guruhga  qo'shilish⤵️
/channel/OAK_jurnallari_N1

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Telegram shtab-kvartirasi BAA larida bòlganligi uchun, urush fonida ijtimoiy tarmoqda uzilishlar kuzatilmoqda...

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️ Rasman: davlat OTMlarida kontraklar narxi oshdi

◾️Qabul komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

➡️ Solishtirish uchun eski narxlar

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…
Подписаться на канал