magistratura_qabul2020 | Неотсортированное

Telegram-канал magistratura_qabul2020 - Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

9283

👋 Guruhimizga xush kelibsiz! 📆Bugun: 29-Aug 2022-yil ⏰Soat: 20:00 📅Hafta kuni: Dushanba 🛡Guruhimiz: @magistratura_qabul2020 👥Guruh a'zolari: 10563 📰 Kun yangiligi:

Подписаться на канал

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

🇹🇷🇹🇷🇹🇷 🧑‍💻🧑‍💻🧑‍💻 TURK TILINI 3 OYDA  ONLINE  oʻrganib B2 va C1 darajani olishni maqsad qilganlar uchun katta yangilik !!!
Endi siz biz bilan arzon, qulay va samarali taʼlim olish imkoniga egasiz.

🧗‍♂🧗‍♂🧗‍♂ Endi boshlagan oʻquvchilarga 3 oyda B2 darajadagi ilm berish kafolatlanadi.

☝️☝️☝️ Agar hozirdan boshlasangiz qisqa vaqtda B2 va hatto C1 darajasida tayyor boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritishingiz mumkin.
👩‍🏫 Darslar malakali va tajribali ustozlarimiz tomonidan telegram guruhida olib boriladi.

DASTLABKI IKKI DARS MUTLAQO BEPUL.🤑🤑🤑


👍👍👍Darsning samaradorligini oshirish maqsadida har darsda lug‘atlar so‘raladi va  o‘tilgan darslarning video va audiolari guruhga joylanadi.

Shoshiling oʻquvchilar soni cheklangan

Yana bir xushxabar endi siz uchun imtihon haqida juda ajoyib maʼlumotlar beriladigan kanalimiz ham xizmatingizda muntazir.
HOZIROQ QOʻSHILING:
👇👇👇
/channel/turkHP


Murojaat uchun:
@xolmurodov74

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

🏢 Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

👮‍♀️ harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

🤰 homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

💊 salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

💵 Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Биласизми

❗️Қонунчиликда ўқитувчиларга берилган айрим имтиёзлар:


🔹1 октябрь “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” этиб белгиланган ҳамда ушбу кун байрам (дам олиш) куни ҳисобланади.

🔹Болаларга таълим-тарбия берадиган барча педагог ходимлар доимий равишда бепул тиббий кўрикдан ўтказилади.

🔹Педагоглар учун 56 кунлик йиллик ҳақ тўланадиган узайтирилган таътиллар берилади.

🔹Педагоглар ходимлар учун иш вақтининг давомийлиги ҳафтасига кўпи билан 36 соат қилиб белгиланади.

🔹Мактаб ўқитувчиларига фаолиятни баҳолаш мезонлари асосида 10 фоиздан 40 фоизгача, кутубхоначи ва психологларга 10 фоиздан 20 фоизгача устама белгиланади.

🔹Фан олимпиадаси ғолибини тайёрлаган ўқитувчилар рағбатлантирилади.

🔹Ўқитувчилар касал бўлиб қолганида моддий ёрдам берилади.

🔹Олимпиада ғолиби бўлган ўқитувчиларга 150 фоизгача устама берилади.

🔹Ўзи дарс берадиган фани бўйича халқаро тан олинган ва миллий сертификатга эга бўлган ўқитувчиларга уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида ҳар ойлик қўшимча устама тўланади.

🔹“Хорижий тилларни ўқитиш бўйича энг яхши мактаб” танлови ғолиби бўлган мактабга ярим миллиард сўм берилади.

🔹Инклюзив синф ўқитувчиларига 40 фоизгача устама берилади.

🔹Олис ҳудудларда дарс бераётган ўқитувчиларга 50 фоизгача устама берилади.

🔹Математика, физика, кимё ва биология фанлари бўйича халқаро ва республика олимпиадалари ғолибларини тайёрлаган профессор-ўқитувчиларга пул мукофоти берилади.

🔹Кўп йиллик стажга эга педагоглар мажбурий аттестацияга жалб қилинмайди.

🔹Халқаро фан олимпиадаларини тайёрлаган ўқитувчиларга малака тоифаси аттестациясиз берилади.

🔹Республика фан олимпиадаси ғолибларини тайёрлаган ўқитувчилар малака тоифаси бир поғона оширилади.

🔹Тиббиёт соҳаси профессор-ўқитувчиларига даволаш-ташхис ишларини бажарганликлари учун қўшимча ҳақ тўланади.

🔹Таълим муассасаларининг чет тиллар фанлари ўқитувчиларига ойлик устамалар берилади.

🔹Ўқитувчиларнинг фаолиятига аралашганлик учун жавобгарлик бор.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

👨‍🏫 Muhtaram aziz ustozlar va murabbiylar!

“Magistrlarofficial” jamoasi ustoz va murabbiylar kuni bilan barchani samimiy tabriklaydi.
📚Ustoz va murabbiylar yosh avlod tarbiyasi uchun butun borlig‘ini baxsh etadigan fidoyi kasb egalaridir.

📢 Barchangizga uzoq umr, baxt-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka, jonajon vatanimiz yangi avlodini voyaga yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.

Hurmat va ehtirom bilan,
“Magistrlarofficial” jamoasi.


@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#ибрат

Устоз

Соҳибқирон ётар устоз пойида,
Жомийни пир тутган Навоий ҳазрат.
Устоз буюк деган буюк қоида
Бу қайтар дунёда азалий ҳикмат.

Афлотунга шогирд эди Арасту,
Ул шогирдга шогирд бўлди Искандар.
Бу олтин силсила давоми мангу,
Ўзи устоз бўлар устоз кўрганлар.

Борми мураббийдан бахтлироқ инсон,
Шогирдлари қилса юксакка парвоз.
Бошимизга тожсиз, бор бўлинг омон,
Табарруклар ичра табаррук устоз!

© Эркин Воҳидов

Байрамингиз муборак, азиз устозлар!

Устозларимизга юборамиз!

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📌 Qibray tumanida sodir boʻlayotgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot

Bugun, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin bartaraf etilmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Taʼlim kreditini my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin

Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025 oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

☑️ oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;

Taʼlim krediti:

➖ oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

➖ oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bunda taʼlim krediti:

👉 OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;

👉 professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

👉 Taʼlim kredit uchun onlayn ariza yuborish

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Davlat bog‘chalari ham to‘liq.
raqamlashtiriladi – Prezident
Xususiy bog‘chalar kabi 6 ming 800 ta davlat bog‘chalarida ham davomat, to‘lovlar, oziq-ovqat xarajatlarini shakllantirish to‘liq raqamlashtiriladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, shu tariqa yiliga 10 foiz mablag‘ tejaladi.

Iqtisod qilingan pullar “Ta’limni rivojlantirish” jamg‘armasiga yo‘naltirilib, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash va mahoratli o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga sarflanadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Shavkat Mirziyoyev:

"Dunyodagi mo‘tabar shaxs – o‘qituvchi maqomini alohida mustahkamlash, bu kasbni jamiyatdagi eng obro‘li ishga aylantirish mening necha yillik orzum, kerak bo‘lsa, armonim edi.

Chunki o‘zim ham ko‘p yillar shu sohada ishlaganman. O‘qituvchi mehnati qanchalik og‘ir va mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman".


Ayrim raqamlar:

— o‘tgan 7 yilda ta’limni rivojlantirishga jami 216 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi;

— moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun byudjetdan 19,5 trillion so‘m sarflanib, 6 mingta davlat maktabi va 3,5 mingta bog‘cha rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi;

— maktablarda – 800 mingta, bog‘chalarda – 535 mingta qo‘shimcha o‘rin yaratildi;

— xususiy maktablar soni 27 tadan 500 taga yetdi, nodavlat bog‘chalar 250 tadan 30 mingtaga ko‘paydi;

— xususiy maktablarga 100 ming o‘quvchi, nodavlat bog‘chalarga – 800 ming bola qamrab olindi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Тезкор

⚡️Грин карта учун навбатдаги мавсум

АҚШнинг 2026 йил учун грин карта лотереяси анкетасини тўлдириш жорий йил 2 октябрь соат 21:00да бошланиб, 5 ноябрь соат 21:00га қадар давом этади.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Farg'onada davlat oliygohlari tugatilishi kutilyapti!

Prezidentning «Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

🖥 Shu bilan birga Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universiteti tashkil etiladi.

🖊 Bundan tashqari, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali Fargʻona davlat universiteti tasarrufiga oʻtkaziladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Эртага, 1 октябрдан жарималар миқдори ҳам 10 фоизга оширилди

«Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони имзоланди

Фармонга кўра 2024 йил 1 октябрдан бошлаб:
➖базавий ҳисоблаш миқдори – 375 000 сўм этиб белгиланди. Ҳозирда БҲМ - 340 минг сўм.

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Maqola_qabul

#Tezkor_nashr

📕Jurnal nomi: "International journal Science and Technology".

ISSN 3030-3443

📬 Maqola qabul qilish: 3-oktyabr.

📤 E'lon qilinish sanasi: 5-oktyabr.

💰 Maqola uchun to'lov 100 ming so'm.

✅ Har bir maqola Google scholar va Xalqaro bazalarda saqlanadi va indekslanadi.

Qabul tillari:
🇺🇿o'zbek tili;
🇷🇺 rus tili;
🇺🇸ingliz tili.

Qabul qilish yo'nalishlari:
Barcha sohalar bo'yicha.

✅ Xalqaro IMRAD talabi asosida qabul qilinadi.

🖼  Har bir muallifga  elektron sertifikat va to'plam hamda online havola taqdim etiladi.

Batafsil: /channel/Science_and_Technology_journal

💻Telegram murojaat: @Science_Technology_admin

Murojaat uchun tel: +998973344674

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Bilasizmi

Pedagog xodimlarga beriladigan qanday ustama turlari bor?


Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog xodimlarining erishgan natijasiga qarab, ularga turli xil ustamalar belgilanadi.

Ustama turlari haqida batafsil ma'lumotlarni bilib olish esa foydadan holi bo'lmaydi. Biz ana shu ustamalarning ayrim turlari haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/510

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️O‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchiga hurmatsizlik qilib kamsitsa qanday chora ko‘riladi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug'i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 15-bandiga asosan o‘quvchilarga o‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni ko‘rsatishi taqiqlanadi.

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi.

Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Биласизми

🔰 Ҳозирги кунда Ўзбекистон ҳудудида:


🔹меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 1 155 000 сўм;

🔹базавий ҳисоблаш миқдори – 375 000 сўм;

🔹пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 428 000 сўм;

🔹ёшга доир энг кам пенсия – 834 000 сўм;

🔹ногиронлик пенсиялари, жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – 920 000 сўм;

🔹меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа – 920 000 сўм;

🔹белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (834 000 сўмдан) 920 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари – 920 000 сўм;

🔹зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа – 745 000 сўм;

🔹иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – 745 000 сўм.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Ilmiy maqola va tezislaringizni yetakchi tashkilot bilan nasht eting.

Worldly Knowledge tashkiloti Doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun ulkan chegirmalarni e’lon qiladi.

Barcha jurnallarimiz OAK tan oladigan ba’zalarda indexlanadi.

Jurnallarimiz:
IQRO jurnali - 60 ming so’m
International journal of scientific researchers - 60 ming so’m
Ilm fan xabarnomasi - 50 ming so’m
Ilmiy tadqiqotlar va ularning yechimlari jurnali - 40 ming so’m

America va India jurnallari - 80 ming so’mdan

Mahalliy konferensiyalar - 35 ming so’m
Xalqaro Konferensiyalar - 40 ming so’m

Tashkilot : https://orginfo.uz/organization/22899cb2e246
Rasmiy telegram kanal: /channel/iqro_jurnali
Berilgan maqolalar 1 kunda nashr qilinib mualliflariga taqdim e’tiladi.

Murojaat uchun: @doktorshoxabbos
@doktorshox

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

❗️Ойлик 1 октябрдан олдин тўланиши керак

Меҳнат кодексининг 253-моддасига асосан, иш ҳақи тўланадиган кун дам олиш кунига ёки ишланмайдиган байрам кунига тўғри келиб қолганда иш ҳақи ушбу кунлар арафасида тўланади.

Агар иш ҳақи ўз вақтида берилмаса нима бўлади?

Меҳнат кодексининг 333-моддасига кўра, иш берувчи иш ҳақи тўлаш кечиктирилгани учун ходим олдида моддий жавобгар бўлиши белгиланган:

▪️Ойлик тўлаш муддати жамоа шартномаларида белгиланади, аксарият жамоа шартномаларида ойлик бериладиган кун сифатида янги бошланган ойнинг 1-куни белгиланган, шундай ҳолатларда ойлик 1 октябрдан олдин тўланиши керак.

Ойлик олиш вақти кечиктирилса, кечиктирилган ҳар бир кун учун Марказий банк асосий ставкасининг 10 фоизи миқдорида компенсация тўланиши керак.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

Har yili «1-oktyabr «Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan o‘z sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan hamda o‘zlarining boy bilim va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan barcha ustozlar tabriklar qurshovida qoladi. Quyida mamlakatimiz qonunchiligida Ustozlarga belgilangan imtiyozlar bilan tanishitirib o‘tamiz.

1. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

2. O‘zbekiston Respublikasining 01.02.2024-yildagi O‘RQ-901-son Qonuniga asosan, davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.

3. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodekisiga muvofiq, pedagoglar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilangan.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga asosan, maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilangan.

5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining , 30.09.2019-yildagi 823-son Qaroriga muvofiq, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etgandaog‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022-yildagi PF-134-son Farmoniga asosan, o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021-yildagi 562-son Qaroriga binoan, “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi 638-son Qaroriga muvofiq, inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.01.2021-yildagi PQ-4940-sonli Qaroriga binoan, olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.

11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2023 yildagi 120-son Qaroriga asosan, pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddat qolgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.1994-yildagi 490-son Qaroriga asosan, tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

📌 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hodisa joyiga borgan.

Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Qibray tumanida sodir bo‘layotgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

✍️ Мамлакатимизда Рақобат (Монополия) қонунчилиги, Давлат харидлари ва истеъмолчилар соҳасида амалга оширилиб борилаётган ишлар билан боғлиқ бўлган охирги янгиликлардан хабардор бўлиш мақсадида, Рақобат қўмитасининг расмий саҳифаларига обуна бўлишингизни сўраймиз.

👉 Telegram (/channel/Press_Secretary_CC)

👉 Telegram (/channel/RaqobatGovUz)

💬 Facebook (https://www.facebook.com/RaqobatGovUz)

#reklama

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️“Oʻqituvchilar maoshi oshadi” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchining maoshi kelgusi yildan qay tarzda 12 millionga yetkazilishiga toʻxtaldi.

Muallimlarni qoʻllab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirishni albatta davom ettiramiz”, — degan davlat rahbari bugungi yigʻinda.

“Mana, 1-oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqini 15 foizga oshirdik. Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyiladi” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qoʻshimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya oʻqituvchisi oʻz fani boʻyicha xalqaro sertifikati boʻlsa – 50 foiz, direktor jamgʻarmasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Prezidentning qayd etishicha, shu tariqa oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming soʻmdan 12 million soʻmga yetadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

#Shunchaki

"O'qituvchini oyligini ko'taring, shunda o'z o'zidan qadri ko'tariladi. Balandparvoz gaplar bilan hech narsa o'zgarmaydi baribir"

🥷🏿Qoravoy admin

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Sirtqi taʼlim va super-kontrakt uchun taʼlim krediti

Oʻzmilliybank oʻz mablagʻlari hisobidan kechki va sirtqi ta'lim shakli hamda superkontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun tijoriy ta'lim kreditini taklif qilmoqda.

Kredit shartlari:

👉 bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun

• 36 oygacha yillik 22%;
• 60 oygacha yillik 24%;
• imtiyozli davr – 12 oy;

👉 magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun

• muddati – 36 oygacha;
• foiz stavkasi – 22%;
• kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida.

☎️ Koll-markazi raqami: 1344

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

❗️Бугун барча ходимлар ишдан 1 соат вақтли кетиши мумкин!

Меҳнат кодекси 187-моддасига биноан, байрам (ишланмайдиган) кунлари арафасида кундалик иш (смена) муддати барча ходимлар учун камида бир соатга қисқартирилади.

Эртага «1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни» муносабати билан бугун ишга чиққан барча ходимлар 1 соат вақтлироқ уйига кетишига қонуний ҳаққи бор.

@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

❗️Darsga kechikkan yoki formada bo'lmagan o'quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkin emas!

Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi o‘quvchini darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.

✏️ Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi ham mumkin emas.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Abduqodir Toshqulov ham deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi

Sobiq oliy ta’lim vaziri, Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Xamidovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Surxondaryo viloyati Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilibdi.

@magistrlarofficial

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

Туркиялик учувчи самолётда ўтирган ўқитувчисини кўриб қолгач, уни Ўқитувчилар куни муносабати билан табриклаб, алоҳида эҳтиром кўрсатди

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…

Magistrlar Official kanali rasmiy chat guruhi

⚡️Fizika va astronomiya yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
➡️ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarida;
➡️ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;
➡️ ommaviy axborot vositalari; davlat boshqaruvi organlari; ishlab chiqarish korxonalari;

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️Fizika va astronomiya fani o‘qituvchisi;
➡️ ishlab chiqarish sohasida fizik, astronom, muhandis-tadqiqotchi;
➡️ turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda akademik litsey, kasb-hunar maktablari direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’limda laborant, kabinet mudiri.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

@magistrlarofficial
@magistrlarofficial_group

Читать полностью…
Подписаться на канал