M
Mevalari asal qand,
Mehri qalbimga payvand,
Mening g‘o‘zal chamanim,
O‘zbekiston vatanim.
K
Kitob menga do‘st,o‘rtoq,
Ko‘zlarim nuri har choq,
Uni o‘qib toymayman,
Qo‘llarimdan qo‘ymayman.
G
Gulman go‘zal gulzorda,
Ochilam bahorda,
Yurtim quyoshli,oyli,
Yaproqlarim chiroyli.
E
Ertaklarni sevaman,
Ertak jonu dilimdir,
Har narsaging kaliti,
Do‘stlarim bu bilimdir.
B
Bor bo‘l doim maktabim,
Buyuk bo‘lmoq maqsadim,
Bag‘ringda o‘qib albat,
Bo‘laman sodiq farzand.
Diqqat savol : Tug'ilmagan lekin o'lgan ?
O'lmagan lekin tug'ilgan ?
Javobni bilmasligingiz aniq
Chunki men topa olmadim😔
HARFLAR TILGA KIRDI
Barcha harf jam bo'ldilar,
Dildan suhbat qurgani.
Bolajonlar, soling quloq,
Oling hatto, o'rganib.
Tartib bilan so'zga chiqdi,
Har bir harf shoshmasdan.
Har birini o'rganingiz,
Bilim oling, qochmasdan.
Eng birinchi "A" harfi
So'zga chiqdi, turib tik.
Biz ular so'zlariga
Jim turib quloq tutdik:
A
Alifboda sardorman,
"Ayiq", "Asal"da boshman.
Agar so'rsangiz yoshim,
Albat, siz kabi yoshman.
B
Bolalar, bilim oling,
Besh baho ko'plab oling.
Bolari kabi tinmay,
Bilimni to'plab oling.
D
Do'lana dona-dona,
Donalar-chi, dugona.
"Do'ppi", Dazmol","Daraxtda"
Doim shayman men yana.
E
Eh, qandayin zo'r kitob,
Ertaklari ko'p kitob.
Ertakda echki, hatto,
Eshak ham o'qir kitob.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
HARFLAR TILGA KIRDI
R
Randa bilan yogochni
Rosa silliqlab Rustam
Rom yasadi uychaga
Rustam-chi, mohir usta.
S
Sabzi chizdi Salima,
So'ng sariqqa bo'yadi.
Suratdagi serka ham
"Sabzi ber"-deb qo'yadi.
T
Tovug'im tuxum qo'ydi,
Tulki-chi, ko'rib qo'ydi.
Tulkining tumshug'idan
Tosh bilan urib qo'ydim.
U
Uzumdan uzib oldi,
Umida qarang bir bosh.
Ukasiga ham berdi,
Uzum navidir- charos.
V
Varrak yasadi Vali,
Valijon mohir usta.
Vaqt o'tmadi uncha ko'p,
Varragi bo'ldi uchta.
X
Xo'rozboy xat yo'lladi,
Xorazmlik xo'rozga.
Xabarida yozdi u
Xurmo keltir, deb bizga.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
⚡️ Қайси ойда туғилгансиз. Танланг ва нима бўлишини билиб олинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEtDH9otm1qpyAf6sg
⚡️ Қайси ойда туғилгансиз. Танланг ва нима бўлишини билиб олинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEtDH9otm1qpyAf6sg
L
Lola,lola,lolajon,
Tog‘lardagi gul -alvon,
Iforlaring taratib,
Bog‘larimda bo‘l mehmon.
F
Fahrimsan aziz Vatan,
Fahrlarga to‘laman,
Unib o‘sib bag‘ringda,
Senga qalqon bo‘laman.
D
Dong taratgan dostonim,
Vatan bog‘u, bo‘stonim.
Dunyo turguncha turgin,
Doimo obod bo‘lgin.
А
Assalom aziz maktab,
Assalom mehribon qalb,
Assalom ey ustozim,
Avvalo sizga ta'zim.
⚡️ Қайси ойда туғилгансиз. Танланг ва нима бўлишини билиб олинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEtDH9otm1qpyAf6sg
⚡️ Қайси ойда туғилгансиз. Танланг ва нима бўлишини билиб олинг
https://t.me/joinchat/AAAAAEtDH9otm1qpyAf6sg
HARFLAR TILGA KIRDI
L
Laylak uchun osh suzdi,
Laganga oshpaz xo'roz.
Lof emasdir, qoldirmay
Laylakvoy urdi paqqos.
M
Maymun daraxt shoxidan
Mevalarni o'g'irlar.
Maymoqvoy uni lo'rib,
Menga ber deb vovullar.
N
"Non", "Nok" va "Nog'ora"
"N"dan boshlanar doim.
Nay sozini chalsangiz,
Navo chiqar muloyim.
O
Oy ko'rindi osmonda,
Oq bulutlar ortidan.
Oqshom tushgani shudir,
Oybek, Ozod oling dam.
P
Paxta gulli piyola
Peshtaxtada turibdi.
Piyolaning ichida
Paxta yog'i turibdi.
Q
Qalam olib qo'liga
Quyon rasmin chizdi Esh.
Qoyil qolib ustozi
Quyon uchun qo'ydi "besh".
HARFLAR TILGA KIRDI
Y
Yo'lbars o'rmonda yashar,
Yo'l-yo'l bordir chizig'i,
Yovvoyi hayvondir u,
Yong'oq yemas qizig'i.
Z
Zinadan chiqayotib
Zokirjon topdi zirak.
Ziyrakda u juda ham
Zuhraniki, der zirak.
O'
O'lkamga keldi bahor,
O't-o'lanlar qoplandi.
O'rik gulladi bog'da,
O'rdak suvga otlandi.
G'
G'ildiragin g'izillatar,
G'ani degan sho'x bola.
G'am neligin bilmaydi,
G'uncha kabi yosh bola.
SH
Shaxmat o'ynar edilar
Shavkat bilan Shohista.
"Shoh" bergan edi Shavkat,
Sham ham o'chdi ohista.
CH
Chumchuq topib chigirtka
Chaqirdi sherigini.
Chunki topgan edi u
Chigirtka yirigini.
NG
Qishlog'imda otdi tong,
Xo'rozlar-chi, urar bong.
Chiqmoqda quyosh qarang,
Quyosh nuri tilla rang.
' (TUTUQ BELGISI)
Alifboda o'rnim bor, bilib qo'y-ki,
Nomimni deyishadi - tutuq belgi.
Gar qo'ymasang "sa'va", "a'lo"larga,
Kulgi bo'lib qolasan bolalarga.
✍ RO'ZIMUROD BOLQIYEV
MIRZACHO'L TIMANI
Смотрите "To'g'ri yozishga o'rgatamiz. Bektemir tuman 289-IDUM boshlang'ich ta'lim fani ustozi Z.Ro'zmetova" на YouTube
https://youtu.be/4Ogz9EgFz-g
❗️Assalomu alaykum qadrli kanalimiz a'zolari sizlar uchun quyidagi fanlardan testlar hamda video roliklar joyladik
👨🎓 Boshlang'ich ta'lim 1-4 sinflar asosiy fanlari
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
👨🎓 ANIQ FANLAR (Matematika, informatika)
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
👨🎓 TABIIY FANLAR (Biologiya, geografiya, fizika)
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
👨🎓 Filologiya (Ona tili va adabiyot)
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
👨🎓 Xorijiy tillar (Rus tili, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili)
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
👨🎓 AMALIY FANLAR (Tasviriy san'at, texnologiya)
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
👨🎓 IJTIMOIY FANLAR (Tarix, MIG', DHA, IBA va h.k.)
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
👨🎓 BOSHQA FANLAR (yuqorida ko'rsatilmagan fanlar berilgan)
✅ TESTLAR 🎥 VIDEO ROLIKLAR
🎗 BIZ SIZ UCHUN UYDAMIZ, SIZ HAM UYDA QOLING❗️