«Коррупция»
Ютуқларга ўзингиз эришинг бегоналарни қўлига қараб иш қилманг келажагингизга болта урманг!
Хулоса эса ўзинглардан...
17-июнь сайёралар паради кузатилади.
Қуёш тизимининг 5 та сайёраси, яъни Сатурн, Нептун, Юпитер, Уран ва Меркурий 17-июнь куни бир сафда тизилади. Бу ҳодисани ўзбекистонликлар ҳам кузатишлари мумкин.
❗️Мактаб ўқувчиларига планшет ва ноутбуклар тарқатилади.
Шавкат Мирзиёев келгуси 7 йилга мўлжалланган ижтимоий-иқтисодий ривожланиш режаларини тақдим этди. Унга кўра, 1-босқичда Хоразм вилоятидаги 110 дан ортиқ мактаб танлаб олинади, уларнинг бошланғич синф ўқувчиларига планшет ва ноутбуклар берилади.
👉 @Uzbekistan24 - энг тезкор хабарлар каналига аъзо бўлинг!
DIQQAT
Агар сиз таълим соҳасида ишласангиз, пастдаги таклифни ўтказиб юборганингизга афсусланасиз.
Асосий ишингиздан ташқари ҳафтасига 4 кун 3-4 соатдан ишлаб қўшимча 3-7 млн. топишга нима дейсиз?
Ментал арифметикани ўрганинг ва болаларга пулли курс ўтинг. Ustozpro жамоаси бу янги даромадгир соҳани бепул ўрганишингизга ёрдам бериш мақсадида 2 кунлик бепул онлайн марафон ўтказмоқда.
• Хўш, ушбу дарс ким учун?
- Ментал арифметикага қизиқадиган барча учун.
• Дарсни ким ўтади?
- Дарсларни минглаб шогирдлар чиқарган, 4 йиллик тажрибага эга Муҳаммад Ҳусайн устоз
• Марафонда қатнашиш неча пул?
- Мутлақо БEПУЛ!
• Қандай қатнашсам бўлади?
- Мана шу ҳавола орқали рўйхатдан ўтасиз ва сизга марафон бўлиб ўтадиган ёпиқ канал ҳаволаси берилади.
⏺ Бу галги мини-курсимиз 10-11 июн кунлари соат 21:00да онлайн шаклда бўлиб ўтади.
Курс якунида фаол қатнашган иштирокчилар сертификат ва совғалар билан тақдирланади.
Устига босинг 👉 https://ustozpro.uz/p/minikurs-iyun/
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌Maktab hayoti
Maktablar hududi o‘ralmagan, kiraverishda qo‘riqchilar yo‘q. Aksariyat maktablarning kirish darvozasi avtomatik tizimga ega, binoga darslar jadvali asosida kirish mumkin.
Darsda bolalar parta va stolda o‘tirishi shart emas, polda (gilamda) o‘tirish ham mumkin. Ba'zi maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan. Kichik maktab inshooti gilamchalar bilan ta'minlangan.
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
⁉️Baho kimga kerak?
Mamlakatda 10 ballik tizim qabul qilingan, ammo 7-sinfgacha faqat so‘zda baho qo‘yiladi: o‘rtadan pastroq, qoniqarli, yaxshi, a'lo. 1-3 sinflarda umuman hech qanday ko‘rinishdagi baholar yo‘q.
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 6-sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir o‘qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tadi (maktabning tanlovi asosida). Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek o‘qitilmaydi, bu ko‘proq shunchaki o‘qishni eslatadi.
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌Nima o‘rganiladi?
1–2 sinf:
Ona (fin) tili va o‘qish, matematika, tabiat, din (e'tiqodiga qarab) yoki hayotiy tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, tasviriy san'at, mehnat va jismoniy tarbiya. Bir darsda biryo‘la bir necha fan o‘tilishi mumkin.
7 - tamoyil
✅Mustaqillik
Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi - mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatishi kerak deya hisoblanadi. Shu bois u yerda fikr yuritish va o‘z xohishiga ko‘ra bilim olishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi yangi mavzularni so‘zlab o‘tirmaydi - barchasi kitobda bor. Yod olingan formulalar emas, ma'lumotnomadan, matndan, internetdan, kalkulyatordan foydalanish - joriy muammolar yechimini topish uchun kerakli resurslarni jalb qilishni bilish muhim.
Shuningdek, maktabdagi pedagoglar o‘quvchilar o‘rtasidagi mojarolarga ham aralashishmaydi, ularga hayotiy vaziyatlarga mustaqil tayyorlanish va o‘zlari uchun javob berish mas'uliyatini rivojlantirish imkoni beriladi.
Finlyandiya maktablari bir xil bo‘lsa-da, ulardagi o‘quv jarayonlari turlicha tashkil qilingan.
5- tamoyil
✅Ishonch
Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, o‘quvchilarga ta'lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q. Mamlakatda ta'lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi.
Ikkinchidan, bolalarga bo‘lgan ishonch: darslarda o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan ish bilan shug‘ullanishi mumkin. Masalan, adabiyot darsida o‘quv filmi namoyish etilayotgan bo‘lsa-yu o‘quvchiga buning qizig‘i bo‘lmasa, u kitob o‘qib o‘tirishi mumkin. O‘quvchi o‘zi uchun nima foydali ekanini o‘zi tanlaydi.
3- tamoyil
✅Individuallik
Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta'lim materialiga ham tegishli.
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌O‘quvchilarni bir-biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq bolalar ham "o‘ziga xos" hisoblanib, barcha bilan birga o‘qishadi.
Kanalga ulanish uchun
👇👇👇
@korgazma
✅Finlandiya taʼlim tizimi
📌Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda, masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi
Kanalga ulanish uchun
👇👇👇👇👇
@korgazma
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌O‘qituvchilarga juda yaxshi maosh to‘lanadi: fan o‘qituvchisi - 5000 yevrogacha, yordamchi - 2500 yevrogacha.
Kanalga ulanish uchun
👇👇👇👇
@korgazma
Yozni UstozPro bilan takrorlanmas shaklda o'tkazing!
Yoz - bu barcha uchun asosiy ishdan dam olish va o'z ustida ishlash vaqti. Shuningdek, qo'shimcha daromad topish ham ziyon qilmaydi. UstozPro bilan bo'lsa bularning barchasining imkoni bor!
Shuningdek, sizga:
▪️ Bizning kasbga tayyorlov kurslarimizda o’qib, kurs yakunida imtihonlarni 95-100% natija bilan ko’rsatsangiz, naqd 50% to’lovingiz o’zingizga qaytarib beriladi.
▪️ Kursimizni yuqori natijalar bilan yakunlagan bitiruvchilarimiz ish bilan ta’minlanishi kafolatlanadi.
▪️ Viloyatlarda ta'lim beruvchilar uchun dastlabki o'quvchilarini yig'ib olishda ko'maklashiladi.
Qanday qulay fursat, shunday emasmi?!
Hoziroq kurslarimizga ro'yxatdan o'ting va imtiyozlarga ega bo'ling:
+998 99 0028303
@ustozpro_admin
✅ @ustozpro_uz - o’qituvchilar kasbiy rivojlanish markazi
Ҳиндистонлик кино усталаридан ўқитувчилар ҳақидаги филмдан парча, кўриб ўзимиздаги ўқитувчилар ҳақида ўйладим, ўхшаш томонларимиз бор экан.
😊😊😊
Turkiy davlatlar tashkiloti Ta’lim vazirlarining VII uchrashuvi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturini amalga oshirishda O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yana bir yangi va muhim sahifani ochib berdi.
Turkiy davlatlar uchun ahamiyatli va muhim bo‘lgan ushbu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirdik desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
2 kun davomida ko‘hna Samarqand zaminida Turkiy mamlakatlardan tashrif buyurgan ta’lim vazirlari va mas’ul vakillari ishtirokida maktabgacha va maktab ta’limidan tortib, oliy ta’limga bo‘lgan muhim masalalar qamrab olindi. Manfaatli muzokaralar olib borildi, keng qamrovdagi ijobiy tashabbuslar ilgari surildi.
Jumladan, O‘zbekiston tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish borasida bir nechta takliflarni ilgari surdik.
Delegatsiya a’zolari tomonidan YUNESKO Toshkent deklaratsiyasi doirasida belgilangan vazifalar va maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish zaruriyati muhim ekanligi e’tirof etildi.
Kun tartibidagi muhim masalalardan biri bu qardosh maktablar o‘rtasida hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘ldi. Xususan, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini joriy etish orqali tajriba almashish va ta’lim sifatini oshirish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim vazirliklari bilan Turkiy davlatlar Kengashi Orxun almashinuv dasturida hozirda 49 ta universitet o‘rin olganligi va ushbu dasturni yangi pog‘onaga olib chiqish masalasini ko‘rib chiqdik.
Shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro olimpiadalarni o‘tkazish tajribasi shakllanganini e’tiborga olgan holda 2024-yilda Turkiy davlatlar Kengashi doirasida Toshkent shahrida Xalqaro Al-Xorazmiy yosh matematiklar olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish mas’uliyatini o‘z zimmamizga oldik.
Ikki kun davom etgan uchrashuvda ta’lim sohasida Turkiy davlatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va fan salohiyatini rivojlantirish uchun ilmiy bilimlar almashish vazifalarini belgilab oldik.
Bugun har bir mamlakat ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangicha format yaratmoqda. Davlatlar o‘rtasida munosabatlarni yanada rivojlantirish orqali esa yosh avlodni dunyoga tenglasha oladigan qilib tarbiyalashimiz mumkin.
Qardosh davlatlar bilan do‘st va hammaslak bo‘lsak, albatta, ta’lim sifatini rivojlantirib, yuqori bosqichga olib chiqamiz. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki har bir davlat taraqqiyoti uchun juda muhim va zarur bo‘ladi.
Imkoniyatlarimiz teng huquq va teng imkoniyatli boʻlishi zarur. Bolani tug‘ilgandan boshlab o‘qitishga erisha olsak, muvaffaqiyatga erishamiz.
Qoyil qolganim uchun sizlarga ham ulashdim.
P.S. Reaksiyalrni bosib tashelarchi. Mutlaqo tekin😁
Daftarga qalam bilan yozish va qancha xohlasa, shuncha o‘chirish mumkin. O‘qituvchi ham vazifani qalamda tekshirishi mumkin.
Читать полностью…✅ Finlandiya taʼlim tizimi
Finlyandiyada barcha maktablar «Wilma» davlat elektron tizimiga ulangan, bu elektron maktab kundaligidek gap, har bir ota-ona unga kirish uchun shaxsiy kodga ega. Pedagoglar baho qo‘yib, davomatni belgilab, bolaning maktabdagi hayoti haqida xabar berib borishadi; shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, "kelajak o‘qituvchisi", feldsher ham u yerda kerakli ma'lumotni qoldiradi.
Fin maktablarida baholar xavotir uyg‘otmaydi, ular faqat o‘quvchining o‘zi uchun kerak, qo‘yilgan maqsadga erishishda bolaga motivatsiya berish va o‘zini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Baholar o‘qituvchi, maktab nufuziga ta'sir ko‘rsatmaydi va hech qanday ko‘rsatkichlarini buzmaydi.
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌Fan o‘qituvchilari faqat 7-sinfdan kira boshlaydi.
7–9 sinflar:
Fin tili va adabiyoti (o‘qish, o‘lka madaniyati), shved, ingliz tili, matematika, biologiya, geografiya, fizika, kimyo, salomatlik asoslari, din (yoki hayotiy tushunchala musiqa, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, tanlov asosidagi fanlar va mehnat (o‘g‘il va qiz bolalar ajratilmaydi). Barcha birdek sho‘rva tayyorlashni va arralashni o‘rganadi. 9-sinfda ikki hafta davomida "mehnat hayoti" bilan tanishiladi. Bolalar o‘zlari uchun istagan "ishchi o‘rni"ni topib, katta ishtiyoq bilan "ishga" borishadi
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌3–6 sinflar:
Ingliz tili o‘rgatila boshlanadi. 4-sinfda - tanlov asosida yana bir chet tili: fransuz, shved, nemis yoki rus tillari. Qo‘shimcha fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir maktabda har xil): klaviaturada ishlash tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan ishlash, xor ijrosi. Deyarli barcha maktablarda musiqiy asboblarda o‘ynashni o‘rgatishadi, bolalar 9 yillik ta'lim davomida barcha musiqiy asboblarida o‘ynashni mashq qilib ko‘rishadi.
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
⁉️Qachon va qancha vaqt o‘qiladi?
Finlyandiyada o‘quv yili avgustda boshlanadi, ya'ni 8 avgustdan 16 avgustgacha, yagona kun yo‘q. O‘quv yili may oyi oxirida yakunlanadi. Kuzgi yarim yillikda 3-4 kunlik ta'til bor, shuningdek Rojdestvo munosabati bilan 2 haftalik ta'til beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi "chang‘i" ta'tilini ham o‘z ichiga oladi, bunda fin oilalari, qoidaga ko‘ra, oilaviy chang‘i uchishga borishadi. Bundan tashqari, bahorgi yarim yillikda Pasxa ta'tili ham bor.
Ta'lim - besh kunlik, faqat kunduzgi smenada. Juma - qisqartirilgan kun.
6-tamoyil
✅ Istak-xohish
O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e'tiborini qaratishga harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo‘lmasa, darrov "ikki" baho bilan "siylashmaydi", bolani kelgusida uncha murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi. Hamma ham samolyot ixtiro qilishi shart emas, avtobuslarni ham kimdir boshqarishi kerak-ku, axir!
4- tamoyil
✅Amaliyot
"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test sinovlari - o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi. Umumta'lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test o‘tkaziladi. Shunisi diqqatga sazovorki, o‘qituvchilar uning natijalari uchun alohida qayg‘urishmaydi, test natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi, bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik ko‘rishmaydi: boriga baraka.
2- tamoyil
✅Bepul
O‘qishning o‘zidan tashqari quyidagilar bepul:
– tushlik;
– ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
– bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2 kilometrdan uzoqda bo‘lsa;
– o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet-noutbuklar.
Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlanadi.
✅ Finlandiya taʼlim tizimi
📌O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi navbatda, zarurart tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish taqiqlangan.
Kanalga ulanish uchun
👇👇👇
@korgazma
✅Finlandiya taʼlim tizimi
📌Finlyandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili:
📌1. Tenglik
– Maktablar
Mamlakatda na elita va na "bo‘shroq" maktablar bor. Finlyandiyadagi eng yirik maktabda 960 nafar o‘quvchi ta'lim oladi. Eng kichigida esa - 11 nafar. Barcha maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar - davlat maktablari bo‘lib, o‘nlab xususiy maktablar bor
Kanalga ulanish uchun
👇👇👇👇👇
@korgazma
✅Finlyandiya ta'lim tizimi
📌"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - deydi finlar
Kanalga ulanish uchun
👇👇👇👇👇
@korgazma
#ТЕЗКОР #РАСМАН
⚡️Энди "Районо" ва "Гароно" мактабларни текширмайди. Ваколати расман тугатилди
Фармонга кўра, 2023 йил 1 сентябрдан туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлимларининг мактаб фаолиятини текшириш ва таълим сифатини баҳолаш бўйича ваколатлари бекор қилинади