korestili_korestili | Неотсортированное

Telegram-канал korestili_korestili - Koreya_INFO

3213

Ushbu kanalda Janubiy Koreyaga oid Foydali maslahatlar ✔ Video dars, luģat va dialoglar Hamda eng so'ngi yangiliklarni 📣 ulashib boramiz OLDI-QOCHDI, KERAKSIZ HAR-XIL XABARLAR BILAN VAQTINGI Reklama va takliflar uchun, 📩 @Koreainfo_admin ga yozing

Подписаться на канал

Koreya_INFO

Xorijda o'qishni davom ettirish uchun diplomga "apostil" qo'ydirish tartibi hozir qanday? U qancha vaqt oladi?

Mazkur savolga Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Shavkat Xo'jaqulov javob berdi.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Bugun imtixonlarni topshirib chiqqanlarga omad tilaymiz!

🗓 Ertaga 4 smenada (4 xil vaqtda) imtixonlar oʻtkaziladi. qaysi vaqtda imtixonga kirishingizni yana bir bor koʻzdan kechrib chiqishingiz mumkin.

❗️Eslatma; Savvollar juda oddiy. Koreys tilini bilish darajangiz boshlangʻich va oʻrta daraja boʻlsa bas. Ishchilar koʻproq foydalanadigan jisimlarga doir soʻzlarni takrorlash maqsadga muofiq qatnashuvchilarga omad!

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🗓 9-iyul sanasidan Koreya hukumati Oʻzbekistonni karantin kuchaytrilgan mamlakatlar qatoriga kiritgan edi.

Shu sanadan boshlab Asiana Airlines Toshkentdan uchadigan Yoʻlovchilar sigʻimiga(60%) cheklov qoʻygan.
Bugun cheklov muddati 19-Noyabr kunigacha uzaytirildi.

19-Noyabrgacha Toshkent-Seul yoʻnalishi boʻyicha (Samalyot sigʻimiga koʻra) faqat 60%(180 ta odam) uchishi mumkinligi haqida xabar berilmoqda.

🇰🇷 t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

🎣Baliqchilik xo'jaligi milliy federatsiyasi Koreya hukumati vakillaridan chet ellik dengizchilarni (E-10 vizasi) Janubiy Koreyaga kirishini qayta tiklashni so'ramoqda. Hozirda 15 mingga yaqin ishchilar kerakligi aytilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, E-10 vizasi bilan Janubiy Koreyaga kelish E-9 vizasi bilan ishga joylashish tizimiga qaraganda ancha oson.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇰🇷 Janubiy Koreyada mehnat shartnomasini buzgan fuqarolar davlatdan chiqarib yuborildi.

Kanalimizga ulaning
👇👇👇
🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇰🇷 Janubiy Koreya ta'lim vazirligining ma'lumotiga koʻra Koreyaning 233 ta universitetiga 1 trillion von moliyaviy pullar beriladi.

Koreya mamlakati boʻylab 285 ta universitet moliyaviy yordam berish uchun tanlandi.
(136 ta universitet 97 ta kollej dasturda bor.)
Lekin 52 ta universitet yordam dasturidan rad etildi.

Xususan Sungshin ayollar universiteti, Inha universiteti, Sungkonho universiteti va qolgan universitetlar dastur qatoridan chetlashtirilgan universitetlar qatoriga kirdi.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Koreya Respublikasida ishlab qaytganlar uchun imtihon boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston va Koreya Respublikalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari oʻrtasida tuzilgan anglashuv memorandumiga muvofiq, Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib, qayta ishlash maqsadida ketish istagida boʻlgan fuqarolar uchun koreys tili boʻyicha maxsus test imtihoni 2021 yil 8-17 sentyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Maxsus test imtihonida ishtirok etuvchi fuqarolar diqqatiga:

1. Fuqarolik hamda xorijga chiqish pasporti, 24 AQSH dollari miqdoridagi qilingan toʻlov kvitansiyasi bilan kelishlari shart.

2. Test imtihon boshlanishidan 1 soat oldin koʻrsatilgan manzilga yetib kelishi va roʻyxatdan oʻtishi lozim. Belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar testga kiritilmaydi.

3. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga koʻra takror yoki qayta appelyatsiya maxsus test imtihonlari oʻtazilmaydi.

4. Fuqarolardan oʻzlari bilan 2 dona oq fondagi hajmi 3.5x4.5 boʻlgan fotosurat olib kelishlari soʻraladi.

5. Test imtihonida elektron vositalaridan (mobil telefon, har xil elektron soatlar, shpargalkalar va hakozo) foydalanish qatʼiyan man etiladi.

6. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talabiga muvofiq maxsus test imtihoni qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Maxsus test imtihoni chet el vakillari ishtirokida oʻtkazilayotganini inobatga olgan holda imtihon jarayonida navbatga rioya qilish, madaniyatli, tartibli, shovqin qilmasdan, boshqa fuqarolarning manfaatiga putur yetkazmasdan ishtirok etish soʻraladi.

Maxsus test imtihoni boʻlib oʻtadigan manzil: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Parkent koʻchasi 331-uy. “Ishga Marhamat” monomarkaz binosi.

Maʼlumot uchun:
+99871-200-00-61
+99871-202-33-55

👇👇
t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

Karantin idoralari yangi 13 davlatni roʻyxatga kiritdi va umumiy 36 ta davlatlar etib beligilandi. Yangi qoʻshilgan davlatlar👇
(Peru, Gana, Namibiya, Myanma, Ummon, Iordaniya, Yaponiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Tanzaniya, Turkiya va Pokiston.)

👇👇👇
http://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇺🇿 O'zbekistondagi 🇰🇷 J.Koreya Elchixonasi telefon raqami va manzili:
Tel : +998-71 252-3151
+998-71 252-3152
+998-71 252-3153
Manzil : O’zbekiston, Toshkent, Afrosiyob ko’chasi, 7.

https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

#TopikII_듣기 audio savollar (mp3 formatda)

👇👇
https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

#YANGIKLAR

​​Koreyada boʻlib turgan oʻzbekistonliklardan koʻpchilik boʻlib yigʻilmaslik soʻraldi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreya Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qator tavsiyalar bilan chiqdi.

Maʼlum qilinishicha, keyingi paytlarda Koreya Respublikasi hududida COVID-19 infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga chiqib bormoqda.
Mamlakat boʻylab joriy etilgan 3- va 4-darajali himoyalanish tartibi mamlakat aholisi hamda xorijiy fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashkil qilingan boʻlib, unga rioya qilish mamlakatda boʻlgan har bir shaxsning masʼuliyati hisoblanadi.
“Biroq mamlakat tomonidan qoʻllanilayotgan tartib-qoidalarga qaramasdan, pandemik holat yaxshi tomonga oʻzgarmayapti.
Bunga asosiy sabablardan biri oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmasdan odamlarning oshxonalarda, koʻngilochar joylarda, turli tadbirlarda koʻpchilik boʻlib yigʻilishida, deb qaralmoqda.
Shuningdek, odamlarning pandemik holat yomon boʻlgan hududdan boshqa hududga borish va u yerdagilar bilan yaqin muloqotda boʻlishi natijasida bu hududda ham kasallanishni koʻpayishiga olib kelmoqda”, deyiladi maʼlumotda.
Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi maʼlumotiga koʻra, birgina joriy yilning iyul oyida mamlakat hududida boʻlgan 43 nafar Oʻzbekiston fuqarolari (asosan migrant ishchilar) oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmaganliklari sababli COVID-19 infeksiyasiga chalingan.
Oʻzbekistonning Koreyadagi elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan barcha fuqarolarga, ayniqsa, shartnoma asosida ishlayotgan migrant ishchilarga mamlakatda pandemik holatning oldini olish boʻyicha oʻrnatilgan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilishni, dam olish va taʼtil kunlari oʻzi va atrofidagilar xavfsizligini oʻylab uyda qolishni, koʻpchilik boʻlib yigʻilmaslik hamda oʻta zarur boʻlmagan holatlarda bir hududdan ikkinchi hududga bormaslikni tavsiya etgan.
“Agarda sizda infeksiyaga chalinganlikni bildiruvchi belgilar paydo boʻlganda zudlik bilan oʻzingizni yakkalang, boshqalar bilan aloqa qilmang va tezda tekshiruvdan oʻting. Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi telefon raqami 02-577-3660”, deya yakunlangan.
https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

EPS TOPIK o'zi nima va nimaga kerak?

Janubiy Koreya
davlatida rivojlanish va o'sish surati juda yuqori darajaga chiqib ulgurdi. Kuniga yangi zavod va fabrikalar ochilmoqda. Bu yaxshi lekin bir muammo borda.

Yangi ochilayotgan zavodlar va fabrikalar ishchi kuchi talab qilishni boshlaydi. Vaholanki bu talabni o'zining axolisi bilan qondira olmaydi. Bu o'z-o'zidan chet eldan migrantlarni jalb qilishga majbur qiladi.

2018-yilning o'zida Osiyoning 16ta davlatidan 53855 nafar fuqaroning jalb qilgan. Shulardan 2250 nafar fuqaro O'zbekistondan jalb qilingan. 2019-yilda esa bu ko'rsatgich 51365 nafar fuqaroga tushgan.

2020-yil Pandemiya sharoitlari tufayli aviareyslar qatnovi to'xtatilgani uchun umumiy hisobda 6688 nafar chet ellik ishchilarni qabul qilib olgan va ulardan 94 nafari O'zbekistonliklar bo'lgan.

Bu ko'rsatgichlardan ko'rinib turibdiki.O'tgan yilgi pandemiya tufayli J.Koreyada ishchilarga bo'lgan talab oshib ketgan. Bu ehtiyojni 1yilda qondirish juda katta muammo. Bu yil ham biroz pademiya halaqit bermoqda. Shuning uchun EPS TOPIK imtihonlari ham biroz surilmoqda.

Ularda ishchi kuchi muammo bo'lib turgan paytda bizda ishsizlik muammo. Demak bunga yechim faqatgina Rossiya davlati emas. Janubiy Koreya hamdir.

🚀J.Koreya davlatiga qonuniy ishga ketish uchun kerak bo'ladigan vizalardan biri bu E-9 vizasidur bu vizani olish uchun esa EPS TOPIK imtihonlaridan o'tish kerak. @chosonacademy o'quv markazi imtihonga oz qolganligini bilib talabgorlarni imtihonlarga tayyorlashni boshlab yuborgan.

Siz ham imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Har yili bo'lganidak imtihonlarga oz vaqt qolganida e'lonlar chiqadi. Bu bilan siz shoshib qolasiz. Ertaroq harakat qilish esa ziyon qilmaydi.

Читать полностью…

Koreya_INFO

E-9 vizasi uchun 2021-yilning 2-tanlovi 7-maydan 12-maygacha boʻlib o'tadi!

DIQQAT! Faqat bazada tasdiqlangan nomzod tanlovda qatnashadi va nomzod tanlansa uning EPS-saytidagi shaxsiy kabinetida maʼlumot chiqadi!

Qoʻshimcha tanlov 20-maydan 25-maygacha.


@welcome_korea

Читать полностью…

Koreya_INFO

#문법

🛑거늘🛑

✅ Bu grammatika bahona yoki sababni ifodalaydi.
Ushbu qoshimcha ozbek tiliga -ganda axir qanday qilib deb tarjima qilinadi.

❗️동사/형사 + 거늘 (과거: 았/었/였거늘)
❗️명사+ 이거늘. (과거 : 이었거늘)


‌ 👉이렇게 바쁘거늘 너하고 영화 벌 시간이 어디 있어?

‌ 👉Bunday band bolganda axir qanday qilib sen bilan kino korishga vaqt topaman

‌ 👉어머님, 운동 좀 하고 오겠습니다.
아이고, 날씨가 이렇게 나쁘거늘 운동 하고 오겠습니까?

👉 Ona biroz mashq qilib kelaman.
Voy, ob havo bunaqa yomon bolganda axir qanday qilib mashq qilib kelasan?

👉‌그는 항상 지각하는 사람이거늘 , 그에게 무슨 부탁을 하겠습니까?

👉‌ U har doim kechikadigan odam bolganda axir qanday qilib unga biror iltimos qilish mumkin

Читать полностью…

Koreya_INFO

🔔🔔🔔🔔🔔🔔
📌Kanalimizda darslarni boshlaymiz hamma tayyormi unda boshladik, qo'ingizga daftar va ruchkani oling biz boshladik📌
🔺1 과 방학이 이렇게 빨리 끝날 줄 몰랐어요🔺
🗣Dialog🗣
바르너: 오래간만이에요, 안바르 씨. 방학 동안 어떻게 지냈어요?
안바르: 여행을 좀 갔다 왔어요. 그런데 방학이 너무 짧은 것 같아요.
바르너: 그래요. 방학이 이렇게 빨리 끝날 줄 몰랐어요. 방학 동안에 하고 싶은 게 많았는데……
안바르: 참, 2 급반 친구들은 모두 3 급반으로 올라갔나요?
바르너: 쇼후루흐 씨만 빼고 모두 진급했어요.
안바르: 쇼후루흐 씨는 어떻게 됐는데요?
바르너: 사정이 있어서 파리로 돌아갔다고 해요.
📝 Tarjima qilishni o'zingizga qoldirdim🤓

❗️bu mavzudagi yangi so'zlar❗️
🔺ㅡ(으) ㄹ 줄 몰랐다 ㅡni bilmagan edim
🔺참 - haaytgancha
🔺빼다 –dan tashqari
🔺진급(하다)- guruhdan guruhga o’tmoq
🔺사정 -sharoit, vaziyat, uzurli sabab
🔺ㅡ(으)ㄹ 줄 알았다ㅡni bilmoq
🔺편리하다 - qulay
🔺똑똑하다- aqlli
🔺오랜만에-uzoq vaqt davomida
🔺고추장- maydalangan qizil garimdorili soya pastasi
🔺갑자기 -birdaniga
🔺귀국(하다)- vatanga qaytmoq
🔺전공 —mutahassislik
🔺경제학 - iqtisod fakulteti
🔺경영학- menedjment fakulteti
🔺정문- bosh darvoza
🔺본문- boshlang’ich matn
🔺국적- fuqarolik
🔺직업- kasb
🔺앞으로 -kelajakda

🔔Endi gramatikaga o'tamiz bizning birinchi gramatikamiz 🔔
📌문법📌
📌Gramatika📌
1️⃣ A/Vㅡ (으)ㄴ/는/(으)ㄹ 출 몰랐다 [알았다] ㅡ sifat, fe’l + ni bilmaslik [bilmoq]

Bu narsa doim sifat va felga qoshiladi sifatga 은 yoki ㄴ felga doim 는 qoshiladi
Masalan: 무니사씨를 이렇게 거짓말하는 줄 몰랐어요.
부산 바다가 이렇게 예쁜 줄 몰랐어요.
Bu gramatika sifat va felga qoshilib biron bir narsani bilmaslik yoki bilishini bildiradi.
🔺misollar🔺
1️⃣지하철이 이렇게 빠르고 편리한 줄 몰랐어요- metro bunday tez bo'lib qulay bo'lishini bilmagandim.
2️⃣김 선생님이 미국에 가시는 줄 몰랐어요. 영국에 가신 줄 알았어요- Kim ustoz amerikaga borganlarini bilmagandim. Angliya borganlarini bilardim.
🖊Endi mashqlarda ko'ramiz
🔺보기🔺
1) 한국어 공부 / 재미있다
가: 한국어 공부가 재미있지오?
나: 네, 이렇게 재미있을 줄 몰랐어요


🔥Bizning kanal👇
🇰🇷🇰🇷@korestili_korestili

Читать полностью…

Koreya_INFO

Avval xabar berilganidek, Koreya Respublikasida ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini oʻrganish, ishchi vizalari bilan yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish, ish joyidan qochib ketgan fuqarolar masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Irmatov ushbu davlatda boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati masʼul xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda pandemiya sababli toʻxtab qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasiga ishchi vizalari bilan ishga yuborish jarayonini tiklash, qoʻshimcha kvotalar ajratish va oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining Koreyada noqonuniy qolish holatlarini oldini olish boʻyicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🗓 Bugun, 8 sentyabr kunidan Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida koreys tili boʻyicha maxsus test imtihonlarini quyidagi link orqali jonli kuzatishingiz mumkin
👇👇👇
https://youtu.be/qg4zDziGEEQ

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Keyingi oydan boshlab odatiy hayotga yaqinlashish boshlanadi

Koreya rasmiylarining ma'lumotiga koʻra emlash tasiri sezilayotkani tufayli oktabr oyidan boshlab odatiy hayotga qaytish boshlanadi.

Oʻzgarishlar ertaga 6-sentabrdan boshlab karantin qoidalari qisman yengilashtiriladigan boʻldi.
Bundan tashqari maktablar va bogʻchalarga boradigan oʻquvchilar deyarli barchasi oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtkazildi.

@Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Koreya Respublikasidagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Koreya Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini oʻrganish, Ye-8 va Ye-9 ishchi vizalari bilan yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish, ish joyidan qochib ketgan fuqarolar masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Irmatov ushbu davlatda boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida bugun mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda Puchon shahrida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yurtdoshlarimiz bilan ularning ish va yashash sharoitlari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida, xususan, Ye-8 va Ye-9 ishchi vizalari bilan fuqarolarni ishga jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan muzokaralar hamda joriy yilning oktyabr oyida oʻtkaziladigan Prezident saylovlarida faol ishtirok etishlari uchun saylov uchastkalari va unda ovoz berish haqida maʼlumot berildi.

Yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida muammolarga duch kelganda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari bilan Koreya Respublikasining boshqa shaharlarida ham ana shunday uchrashuvlar tashkil etish rejlashtirilgan.

t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

Oʻzbekistonda boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun pandemiya sababli joriy etilgan vaqtinchalik yengil tartib bekor qilindi.

Oʻzbekiston hududida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

DIQQAT TANLOV!

O'zbek tilini dunyoda keng targ'ib qilishda ishtirok eting!

Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan hurmatli o'zbekistonlik talabalar, aziz yoshlar!

O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e’tiborini tubdan oshirish, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida yurtimizda talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsa, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsa, bunga amin bo'ladi.

Yurtimizda o'zbek tilini ulug'lash va madh etish maqsadida ushbu mavzuga bag'ishlangan turli chellenjlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Sizlarni ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Davlat tilini ulug'lash va madh etishga yo'naltirilgan she’rlar, matnlar, g'azallarni ifodali o'qib, olingan videoroliklarni wayu.korea@gmail.com elektron pochtasiga 31-sentabrgacha yuborishingizni so’rab qolamiz.

Yil davomida faol ishtirok etgan vatandoshlarimiz 21 oktyabr` – O'zbek tili bayrami kuni tantanalarida qimmatbaho sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Ushbu tadbirda faol ishtirok etaylik va tilimizni jahon miqyosida keng quloch yoyilishida o'z hissamizni qo'shaylik.

🇰🇷 t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇰🇷 Koreya Respublikasidan 2 nafar yurtdoshimiz vizasi bekor qilinib, chiqarib yuborildi

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda Ye-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun respublikamiz viloyatlarida tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli oʻtganlar ishlash uchun joʻnab ketayotgani xabar qilingan edi.

Shartnoma shartlarini buzgan fuqaroga katta miqdordagi jarima qoʻllanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar koʻrilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.

Shunga qaramay yurtdoshlarimizdan ikki nafari shartnoma shartlarini buzganligi sababli ularning vizasi bekor qilinib, chiqarib yuborildi.

👇👇
t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

J.Koreyada 36 ta xafli davlatlar tanlab olindi va ular 1-sentabr kunidan boshlab Koreyaga kirgan payti majburiy 14 kunlik karantinni oʻtaydilar. Ular qatorida hozircha O'zbekiston ham bor!

30-Sentabr kunigacha Oʻzbekiston xafli davlatlar qatorida boʻladi.
Keyingi roʻyxat (oktabr oyi uchun)
Sentabr oyi oxirida yangilanadi.

👇👇
http://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

Koreys tilini 0 dan o'rganamiz! Grammatika,video dars,luģat va dialoglar 🇰🇷

https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

💠 Toshkentdagi "Koreya taʼlim markazi" bepul koreys tili kurslari uchun online registrstsiya boshlandi.

Qabul uchun quyidagi havolani bosing: https://education.tashkec.uz/uz/enroll/form

Registratsiyadan o’tish uchun sizga:
🔰 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat skaner jpg fayli (Pasport, ID yoki Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma)
👨‍💼 3x4 rangli rasmning jpg formati (oxirigi 6 oyda olingan rasm) kerak bo’ladi.

Agar siz 2-yoki bundan yuqori guruhlarga yozilmoqchi bo’lsangiz bu hujjatlarni oldiga:
⚜ TOPIK lll sertifikati, yoki Sejong maktabi sertifikati yoki Koreys tili markazi sertifikatining jpg formatdagi faylini web-saytga joylashingiz kerak.

1-kursga registratsiyadan o’tganlar uchun lotoreya 26-avgust kuni bo’lib o’tadi. Bu yili o’zbek guruhlari uchun 4 ta guruh ochilishi va darslar online bo’lib o’tishi koʼzda tutilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

bo'ginda unlilar odatda undoshlarga nisbatan yirikroq yoziladi masalan:가, 무, 브 

bo'g'inlar kombinatsiyasida tik unlilar oldiga hechqanday tovushga ega bo'lmagan (ㅇ) yoziladi lekin talaffuz etilmaydi 아 야 어 이 

agar bo'g'inda undosh tovush eshitilsa (ㅇ)o'rniga usha undoshni qo'yish mumkin 기 고 무 버 va boshqalar..

bo'g'inlar unli,undosh+unli , undosh+unli+undosh shaklida tashkil topadi agar bo'gin (ㅇ) bilan tugasa bu harf (ning) deb o'qiladi: 공 강 방 

Читать полностью…

Koreya_INFO

📌문법 Grammatika
① N에 대해(서) Haqida

♦️오늘은 한국 역사에 대해서 배웠어요.
Bugun Koreya tarixi to'g'risida o'rgandim.

♦️앙리 씨는 프랑스의 대학교에 대해 얘기했습니다.
Anri Fransiya Instituti haqida gapirdi.

♦️그 문제에 대해서 설명해 주세요.
U muammoni tushuntirib bering.

📌② A/V – (으)ㄹ 겁니다 kelasi zamon noaniq fe'l qo'shimchasi.

♦️시험은 쉬울 겁니다.
Imtixon oson bo'lsa kerak.
주말에 역사책을 읽을 겁니다. Dam olish kunlari tarix kitobini o'qisam kerak.

♦️박 선생님은 오후에 댁에 계실 겁니다.
Pak ustoz tushlikdan so'ng uylarida bo'lsalar kerak.

📌③ V – 나요? Fe`lning savol shaklidagi qo'shimchasi

♦️무엇을 준비해야 하나요?
Nima tayyorlashim kerak?

♦️- 불고기와 김치를 준비하면 돼요.
-Bulgogi va kimchi tayyorlasangiz bo'ladi.

♦️받아쓰기 시험도 보나요?
Diktant sinovi ham bo‟ladimi?

♦️- 물론이지요.
-Albatta

♦️* 책을 그렇게 비싼가요?
Kitob shunaqa qimmatmi?

♦️김치가 매운가요.
Kimchi acchiqmi.

#Grammatika



🔥Bizning kanal👇
🇰🇷🇰🇷@korestili_korestili

Читать полностью…

Koreya_INFO

📌문법 Grammatika

🖇① V – (으)ㄹ 건가요?
Fe'lning kelasi zamon qo’shimchasi.

🔅영숙 씨도 내일 선생님 댁에 갈 건가요?
♻️Young Suk ham ertaga ustozning uyiga boradilarmi?

🔅- 네, 저도 갈 거예요.
♻️-Ha, Men ham borsam kerak.

🔅지금 모두 점심을 먹을 건가요?
♻️Xozir hamma tushlik qiladimi?

🔅- 아니오, 학생들만 먹을 거예요.
♻️-Yo’q, faqat o’quvchilar qiladi.

🔅오늘 저녁은 뭘 먹을 거예요?
♻️Bugun kechqurunga nima tanovvul qilasang?

🔅- 비빔밥을 먹을 거예요.
♻️-Bibimpap yesam kerak.

🖇② N – 인가요? Otga qo’shiluvchi savol qo’shimchasi

🔅이 비행기는 직행인가요?
♻️Bu to’g’ridan to’g’ri boradigan samolyotmi?

🔅- 네, 직행입니다.
♻️-Ha, to’gridan to’g’ri boradi.

🔅여기가 시청역인가요?
♻️Bu Sichong bekatimi?

🔅- 아니오, 다음이에요.
♻️-Yo’q, keyin.

🔅저 분이 정 선생님인가요?
♻️U inson ustoz Chongmi?

🔅- 네, 맞아요.
♻️-Ha, to’g’ri.

#Grammatika


🔥Bizning kanal👇
🇰🇷🇰🇷@korestili_korestili

Читать полностью…

Koreya_INFO

MOMO - 나의 별 Good Bye 🎼
🗓 Chiqish sanasi: 2019.10.11


어디에 있니 보이지 않아
이 밤이 너무 밝아서
가득 채웠던 그 별을
다시 만날 수 있을까
um 점점 흐릿해져 가
내 앞을 비춰줘
내 맘을 알아줘
지치고 불안한 나를 안아줘
혼자 걷는 이 길에
네가 비춰주기 바라
Star

밤하늘의 수많은 꿈들이
지친 내 맘을 어루만져주길
새벽이 와도 찾을 수 있도록
늘 거기 있어 줘
나를 알아줘
Shine
더 밝게 나를 비춰줘
너의 위로가 내 맘을 안아줘 um
언제라도 볼 수 있게
꿈에서도 기다릴래 넌
나의 별이야 my star
my star

저 하늘의 수많은 별들이
지친 내 맘을 어루만져주길
새벽이 와도 찾을 수 있도록
늘 여기 있어 줘
나를 불러줘
shine
더 밝게 나를 비춰줘
너의 위로가 내 맘을 안아줘 um
언제라도 볼 수 있게
꿈에서도 기다릴래 넌
나의 별이야 my star


🔥Bizning kanal👇
🇰🇷🇰🇷@korestili_korestili

Читать полностью…

Koreya_INFO

📌문법 Grammatika

📝3) ☞※ N을/를 빼다 – Bu qoshimcha faqat otlarga qoshiladi va ozbek tilida ,, dan tashqari, -ni hisobga olmaganda " deb tarjima qilinadi
💬Misol uchun:
🔹50,000원에서 34,700원을 빼면 얼마지요?
🔸50,000 vondan 34,700 vonni hisobga olmasa qancha-a?

📌문법 Grammatika

📝2) ☞※ 참, S ㅡ ha aytgancha.
🔹참, 친구한테 전화를 걸어야 하는데 잊어버렸군요.
🔸Aytgancha dostimga telefon qilmoqchi edimda unutibman
🔹참 사랑하는 여자 하고 만나야겠어요
🔸Ha aytgancha sevgan qizim bilan uchrashishim kerak

#Grammatika

🔥Bizning kanal👇
🇰🇷🇰🇷@korestili_korestili

Читать полностью…
Подписаться на канал