korestili_korestili | Неотсортированное

Telegram-канал korestili_korestili - Koreya_INFO

3213

Ushbu kanalda Janubiy Koreyaga oid Foydali maslahatlar ✔ Video dars, luģat va dialoglar Hamda eng so'ngi yangiliklarni 📣 ulashib boramiz OLDI-QOCHDI, KERAKSIZ HAR-XIL XABARLAR BILAN VAQTINGI Reklama va takliflar uchun, 📩 @Koreainfo_admin ga yozing

Подписаться на канал

Koreya_INFO

Ertalab uyg’onganingizda o’zingizdan so’rang:

“Men nima qilishim kerak?”
Tunda uxlashdan oldin:
"Men nima ish qildim?"

KUNINGIZ HAYRLI O'TSIN❗️

Safimizga qo'shiling 👇👇
http://t.me/+amDbreVgloVjZDQ6

Читать полностью…

Koreya_INFO

Amerikaning Time jurnali talqiniga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol 2022-yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritilgan. U haqidagi maqolada Yun AQSh bilan yaqin hamkorlik va Shimoliy Koreyaga nisbatan qat’iy pozitsiya tarafdori ekanligi qayd etilgan.

10-may kuni Yun to‘liq yadrosizlanish evaziga Shimoliy Koreya iqtisodiyotini mustahkamlash bo‘yicha “jasur reja”ni taklif qildi.

Manba: https://time.com/collection/100-most-influential-people-2022/#leaders-5

Safimizga qo'shiling 👇👇
http://t.me/+amDbreVgloVjZDQ6

Читать полностью…

Koreya_INFO

Pyeongchang Yongpyong kurorti, menimcha aynan siz izlayotgan dam olish joyi! 😃
Bu joyda hayajonli tezlikdan va tabiatning o'ziga hos manzarasidan bahramand bo'lishingiz mumkin ❗️

⏰ Ish vaqti: 10:00~17:00
Mavsum, 2022.10.16 gacha

Manzil: 강원 평창군 대관령면 올림픽로 715 레드탑승장

Safimizga qo'shiling 👇👇
t.me/+amDbreVgloVjZDQ6

Читать полностью…

Koreya_INFO

Janubiy Koreya - O'zbekiston: mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik (E-9 ishchi vizasi) haqida

👇👇👇
🎥 https://youtu.be/KthubtZ05xQ

Читать полностью…

Koreya_INFO

Avval xabar berilganidek, Koreya Respublikasida ishlayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini oʻrganish, ishchi vizalari bilan yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish, ish joyidan qochib ketgan fuqarolar masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Irmatov ushbu davlatda boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish xizmati masʼul xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda pandemiya sababli toʻxtab qolgan Oʻzbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasiga ishchi vizalari bilan ishga yuborish jarayonini tiklash, qoʻshimcha kvotalar ajratish va oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining Koreyada noqonuniy qolish holatlarini oldini olish boʻyicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🗓 Bugun, 8 sentyabr kunidan Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida koreys tili boʻyicha maxsus test imtihonlarini quyidagi link orqali jonli kuzatishingiz mumkin
👇👇👇
https://youtu.be/qg4zDziGEEQ

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Keyingi oydan boshlab odatiy hayotga yaqinlashish boshlanadi

Koreya rasmiylarining ma'lumotiga koʻra emlash tasiri sezilayotkani tufayli oktabr oyidan boshlab odatiy hayotga qaytish boshlanadi.

Oʻzgarishlar ertaga 6-sentabrdan boshlab karantin qoidalari qisman yengilashtiriladigan boʻldi.
Bundan tashqari maktablar va bogʻchalarga boradigan oʻquvchilar deyarli barchasi oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtkazildi.

@Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Koreya Respublikasidagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Koreya Respublikasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini oʻrganish, Ye-8 va Ye-9 ishchi vizalari bilan yurtdoshlarimizni ishga jalb qilish, ish joyidan qochib ketgan fuqarolar masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Irmatov ushbu davlatda boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida bugun mamlakatimizning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda Puchon shahrida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yurtdoshlarimiz bilan ularning ish va yashash sharoitlari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida, xususan, Ye-8 va Ye-9 ishchi vizalari bilan fuqarolarni ishga jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan muzokaralar hamda joriy yilning oktyabr oyida oʻtkaziladigan Prezident saylovlarida faol ishtirok etishlari uchun saylov uchastkalari va unda ovoz berish haqida maʼlumot berildi.

Yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida muammolarga duch kelganda, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari bilan Koreya Respublikasining boshqa shaharlarida ham ana shunday uchrashuvlar tashkil etish rejlashtirilgan.

t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

Oʻzbekistonda boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun pandemiya sababli joriy etilgan vaqtinchalik yengil tartib bekor qilindi.

Oʻzbekiston hududida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

DIQQAT TANLOV!

O'zbek tilini dunyoda keng targ'ib qilishda ishtirok eting!

Koreya Respublikasida istiqomat qilayotgan hurmatli o'zbekistonlik talabalar, aziz yoshlar!

O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e’tiborini tubdan oshirish, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida yurtimizda talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsa, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsa, bunga amin bo'ladi.

Yurtimizda o'zbek tilini ulug'lash va madh etish maqsadida ushbu mavzuga bag'ishlangan turli chellenjlar va ijtimoiy roliklar tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Sizlarni ham ushbu jarayonda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Davlat tilini ulug'lash va madh etishga yo'naltirilgan she’rlar, matnlar, g'azallarni ifodali o'qib, olingan videoroliklarni wayu.korea@gmail.com elektron pochtasiga 31-sentabrgacha yuborishingizni so’rab qolamiz.

Yil davomida faol ishtirok etgan vatandoshlarimiz 21 oktyabr` – O'zbek tili bayrami kuni tantanalarida qimmatbaho sovg'alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Ushbu tadbirda faol ishtirok etaylik va tilimizni jahon miqyosida keng quloch yoyilishida o'z hissamizni qo'shaylik.

🇰🇷 t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇰🇷 Koreya Respublikasidan 2 nafar yurtdoshimiz vizasi bekor qilinib, chiqarib yuborildi

Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda Ye-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun respublikamiz viloyatlarida tanlovlar tashkil etilib, muvaffaqiyatli oʻtganlar ishlash uchun joʻnab ketayotgani xabar qilingan edi.

Shartnoma shartlarini buzgan fuqaroga katta miqdordagi jarima qoʻllanishi, Koreya Respublikasi hududidan chiqarib yuborilishi kabi huquqiy choralar koʻrilishi haqida takror va takror ogohlantirilgan.

Shunga qaramay yurtdoshlarimizdan ikki nafari shartnoma shartlarini buzganligi sababli ularning vizasi bekor qilinib, chiqarib yuborildi.

👇👇
t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

J.Koreyada 36 ta xafli davlatlar tanlab olindi va ular 1-sentabr kunidan boshlab Koreyaga kirgan payti majburiy 14 kunlik karantinni oʻtaydilar. Ular qatorida hozircha O'zbekiston ham bor!

30-Sentabr kunigacha Oʻzbekiston xafli davlatlar qatorida boʻladi.
Keyingi roʻyxat (oktabr oyi uchun)
Sentabr oyi oxirida yangilanadi.

👇👇
http://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

Koreys tilini 0 dan o'rganamiz! Grammatika,video dars,luģat va dialoglar 🇰🇷

https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

💠 Toshkentdagi "Koreya taʼlim markazi" bepul koreys tili kurslari uchun online registrstsiya boshlandi.

Qabul uchun quyidagi havolani bosing: https://education.tashkec.uz/uz/enroll/form

Registratsiyadan o’tish uchun sizga:
🔰 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat skaner jpg fayli (Pasport, ID yoki Tug’ilganlik haqidagi guvohnoma)
👨‍💼 3x4 rangli rasmning jpg formati (oxirigi 6 oyda olingan rasm) kerak bo’ladi.

Agar siz 2-yoki bundan yuqori guruhlarga yozilmoqchi bo’lsangiz bu hujjatlarni oldiga:
⚜ TOPIK lll sertifikati, yoki Sejong maktabi sertifikati yoki Koreys tili markazi sertifikatining jpg formatdagi faylini web-saytga joylashingiz kerak.

1-kursga registratsiyadan o’tganlar uchun lotoreya 26-avgust kuni bo’lib o’tadi. Bu yili o’zbek guruhlari uchun 4 ta guruh ochilishi va darslar online bo’lib o’tishi koʼzda tutilmoqda.

👇👇👇
https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

bo'ginda unlilar odatda undoshlarga nisbatan yirikroq yoziladi masalan:가, 무, 브 

bo'g'inlar kombinatsiyasida tik unlilar oldiga hechqanday tovushga ega bo'lmagan (ㅇ) yoziladi lekin talaffuz etilmaydi 아 야 어 이 

agar bo'g'inda undosh tovush eshitilsa (ㅇ)o'rniga usha undoshni qo'yish mumkin 기 고 무 버 va boshqalar..

bo'g'inlar unli,undosh+unli , undosh+unli+undosh shaklida tashkil topadi agar bo'gin (ㅇ) bilan tugasa bu harf (ning) deb o'qiladi: 공 강 방 

Читать полностью…

Koreya_INFO

Korean Air Lines va Asiana Airlines xorijda birlashishga ruxsat olishga qiynalmoqda.

2020-yilda Korean Air Lines Asiana’ning 63,88% ulushini sotib olishini e’lon qilgan edi, bu esa uni havo sayohatlari bozori ulushi bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 10 ta tashuvchidan biriga aylantirishi mumkin.

Biroq, birlashish boshqa davlatlar (AQSh, Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Avstraliya) va Yevropa Ittifoqi tomonidan ma'qullanishi kerak. Mamlakatlar mega-tashuvchi mahalliy aviakompaniyalariga monopol xavf tug'dirishidan qo'rqib, kelishuv cho'zilmoqda. (Bizdan o'rganishsa bo'larkan qo'rqmaslikni)

Korean Air Lines uchun qolgan yagona umid - prezident Yun Seok-Yol ma'muriyatining xorijdagi monopoliyaga qarshi idoralarga rioya qilishni tezlashtirishga yordam berish haqidagi va'dasi.

Manba: https://koreajoongangdaily.joins.com/2022/05/16/business/industry/korea-koreanairlines-asianaairlines/20220516183054873.html

Safimizga qo'shiling 👇👇
http://t.me/+amDbreVgloVjZDQ6

Читать полностью…

Koreya_INFO

“Qoʻshma Shtatlar Qozogʻistonning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligi hamda uning islohotlar dasturini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Vashingtondagi uchrashuvda davlat kotibi Blinken Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Tleuberdiga Qozogʻistonning Ukraina xalqiga koʻrsatayotgan saxovatli gumanitar yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Ukrainaga qarshi asossiz urushiga javoban Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarning ittifoqdosh va hamkorlarga, jumladan Qozogʻistonga taʼsirini minimallashtirish tarafdori”.

Qozog‘istonda 108 ming koreys istiqomat qiladi va bu ularni aholi soni mamlakatda 9-o‘rinni egallaydibdegan gapdir. Ular asosan 1937-yilda deportatsiya qilinganlarning avlodlaridir.

Safimizga qo'shiling 👇👇
http://t.me/+amDbreVgloVjZDQ6

Читать полностью…

Koreya_INFO

#VAKANSIYA
⛓ Payvandlash (svarka) ishiga
Soat 8:00~17:00.
Ish haqi: 130.000 ~140.000 ₩
Chanob bor doim. Soati 20.000 ₩
Ovqatni hohlasa pulini oladi kunga 10.000 ₩
Wonrum uy bor. Uy pulini boshliq (sajang) bilan kelishuvga qarab
uyni tekin qilshni iloji bor.

Xizmat haqi yo'q yaxshi joy pul qiladigan joy svarkani zo'r bilmasa o'rgatadi
Manzil: #Yangsan shahri
📲 010-7386-3265 ishda bo'lib qolsam javob berolmayman sms qoldiring qaytib tel qilaman!

(Realni ishladiganlar tel qilinglar, bo'ldi boraman deb qolganlarni bekor qildirib keyin bormayman deydiganlar tel qilmang iltimos)

Читать полностью…

Koreya_INFO

Xorijda o'qishni davom ettirish uchun diplomga "apostil" qo'ydirish tartibi hozir qanday? U qancha vaqt oladi?

Mazkur savolga Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Shavkat Xo'jaqulov javob berdi.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Bugun imtixonlarni topshirib chiqqanlarga omad tilaymiz!

🗓 Ertaga 4 smenada (4 xil vaqtda) imtixonlar oʻtkaziladi. qaysi vaqtda imtixonga kirishingizni yana bir bor koʻzdan kechrib chiqishingiz mumkin.

❗️Eslatma; Savvollar juda oddiy. Koreys tilini bilish darajangiz boshlangʻich va oʻrta daraja boʻlsa bas. Ishchilar koʻproq foydalanadigan jisimlarga doir soʻzlarni takrorlash maqsadga muofiq qatnashuvchilarga omad!

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🗓 9-iyul sanasidan Koreya hukumati Oʻzbekistonni karantin kuchaytrilgan mamlakatlar qatoriga kiritgan edi.

Shu sanadan boshlab Asiana Airlines Toshkentdan uchadigan Yoʻlovchilar sigʻimiga(60%) cheklov qoʻygan.
Bugun cheklov muddati 19-Noyabr kunigacha uzaytirildi.

19-Noyabrgacha Toshkent-Seul yoʻnalishi boʻyicha (Samalyot sigʻimiga koʻra) faqat 60%(180 ta odam) uchishi mumkinligi haqida xabar berilmoqda.

🇰🇷 t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

🎣Baliqchilik xo'jaligi milliy federatsiyasi Koreya hukumati vakillaridan chet ellik dengizchilarni (E-10 vizasi) Janubiy Koreyaga kirishini qayta tiklashni so'ramoqda. Hozirda 15 mingga yaqin ishchilar kerakligi aytilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, E-10 vizasi bilan Janubiy Koreyaga kelish E-9 vizasi bilan ishga joylashish tizimiga qaraganda ancha oson.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇰🇷 Janubiy Koreyada mehnat shartnomasini buzgan fuqarolar davlatdan chiqarib yuborildi.

Kanalimizga ulaning
👇👇👇
🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇰🇷 Janubiy Koreya ta'lim vazirligining ma'lumotiga koʻra Koreyaning 233 ta universitetiga 1 trillion von moliyaviy pullar beriladi.

Koreya mamlakati boʻylab 285 ta universitet moliyaviy yordam berish uchun tanlandi.
(136 ta universitet 97 ta kollej dasturda bor.)
Lekin 52 ta universitet yordam dasturidan rad etildi.

Xususan Sungshin ayollar universiteti, Inha universiteti, Sungkonho universiteti va qolgan universitetlar dastur qatoridan chetlashtirilgan universitetlar qatoriga kirdi.

🇰🇷 @Koreya_INFO

Читать полностью…

Koreya_INFO

Koreya Respublikasida ishlab qaytganlar uchun imtihon boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston va Koreya Respublikalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari oʻrtasida tuzilgan anglashuv memorandumiga muvofiq, Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirib, qayta ishlash maqsadida ketish istagida boʻlgan fuqarolar uchun koreys tili boʻyicha maxsus test imtihoni 2021 yil 8-17 sentyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Maxsus test imtihonida ishtirok etuvchi fuqarolar diqqatiga:

1. Fuqarolik hamda xorijga chiqish pasporti, 24 AQSH dollari miqdoridagi qilingan toʻlov kvitansiyasi bilan kelishlari shart.

2. Test imtihon boshlanishidan 1 soat oldin koʻrsatilgan manzilga yetib kelishi va roʻyxatdan oʻtishi lozim. Belgilangan sana va vaqtdan kech qolgan fuqarolar testga kiritilmaydi.

3. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati shartlariga koʻra takror yoki qayta appelyatsiya maxsus test imtihonlari oʻtazilmaydi.

4. Fuqarolardan oʻzlari bilan 2 dona oq fondagi hajmi 3.5x4.5 boʻlgan fotosurat olib kelishlari soʻraladi.

5. Test imtihonida elektron vositalaridan (mobil telefon, har xil elektron soatlar, shpargalkalar va hakozo) foydalanish qatʼiyan man etiladi.

6. Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talabiga muvofiq maxsus test imtihoni qoidalarini buzgan fuqarolar 3 yil davomida test imtihonlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Maxsus test imtihoni chet el vakillari ishtirokida oʻtkazilayotganini inobatga olgan holda imtihon jarayonida navbatga rioya qilish, madaniyatli, tartibli, shovqin qilmasdan, boshqa fuqarolarning manfaatiga putur yetkazmasdan ishtirok etish soʻraladi.

Maxsus test imtihoni boʻlib oʻtadigan manzil: Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Parkent koʻchasi 331-uy. “Ishga Marhamat” monomarkaz binosi.

Maʼlumot uchun:
+99871-200-00-61
+99871-202-33-55

👇👇
t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

Karantin idoralari yangi 13 davlatni roʻyxatga kiritdi va umumiy 36 ta davlatlar etib beligilandi. Yangi qoʻshilgan davlatlar👇
(Peru, Gana, Namibiya, Myanma, Ummon, Iordaniya, Yaponiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Tanzaniya, Turkiya va Pokiston.)

👇👇👇
http://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

🇺🇿 O'zbekistondagi 🇰🇷 J.Koreya Elchixonasi telefon raqami va manzili:
Tel : +998-71 252-3151
+998-71 252-3152
+998-71 252-3153
Manzil : O’zbekiston, Toshkent, Afrosiyob ko’chasi, 7.

https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

#TopikII_듣기 audio savollar (mp3 formatda)

👇👇
https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

#YANGIKLAR

​​Koreyada boʻlib turgan oʻzbekistonliklardan koʻpchilik boʻlib yigʻilmaslik soʻraldi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreya Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qator tavsiyalar bilan chiqdi.

Maʼlum qilinishicha, keyingi paytlarda Koreya Respublikasi hududida COVID-19 infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga chiqib bormoqda.
Mamlakat boʻylab joriy etilgan 3- va 4-darajali himoyalanish tartibi mamlakat aholisi hamda xorijiy fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tashkil qilingan boʻlib, unga rioya qilish mamlakatda boʻlgan har bir shaxsning masʼuliyati hisoblanadi.
“Biroq mamlakat tomonidan qoʻllanilayotgan tartib-qoidalarga qaramasdan, pandemik holat yaxshi tomonga oʻzgarmayapti.
Bunga asosiy sabablardan biri oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmasdan odamlarning oshxonalarda, koʻngilochar joylarda, turli tadbirlarda koʻpchilik boʻlib yigʻilishida, deb qaralmoqda.
Shuningdek, odamlarning pandemik holat yomon boʻlgan hududdan boshqa hududga borish va u yerdagilar bilan yaqin muloqotda boʻlishi natijasida bu hududda ham kasallanishni koʻpayishiga olib kelmoqda”, deyiladi maʼlumotda.
Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi maʼlumotiga koʻra, birgina joriy yilning iyul oyida mamlakat hududida boʻlgan 43 nafar Oʻzbekiston fuqarolari (asosan migrant ishchilar) oʻrnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmaganliklari sababli COVID-19 infeksiyasiga chalingan.
Oʻzbekistonning Koreyadagi elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan barcha fuqarolarga, ayniqsa, shartnoma asosida ishlayotgan migrant ishchilarga mamlakatda pandemik holatning oldini olish boʻyicha oʻrnatilgan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilishni, dam olish va taʼtil kunlari oʻzi va atrofidagilar xavfsizligini oʻylab uyda qolishni, koʻpchilik boʻlib yigʻilmaslik hamda oʻta zarur boʻlmagan holatlarda bir hududdan ikkinchi hududga bormaslikni tavsiya etgan.
“Agarda sizda infeksiyaga chalinganlikni bildiruvchi belgilar paydo boʻlganda zudlik bilan oʻzingizni yakkalang, boshqalar bilan aloqa qilmang va tezda tekshiruvdan oʻting. Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi telefon raqami 02-577-3660”, deya yakunlangan.
https://t.me/joinchat/QSIWdc5aK6yvXBM9

Читать полностью…

Koreya_INFO

EPS TOPIK o'zi nima va nimaga kerak?

Janubiy Koreya
davlatida rivojlanish va o'sish surati juda yuqori darajaga chiqib ulgurdi. Kuniga yangi zavod va fabrikalar ochilmoqda. Bu yaxshi lekin bir muammo borda.

Yangi ochilayotgan zavodlar va fabrikalar ishchi kuchi talab qilishni boshlaydi. Vaholanki bu talabni o'zining axolisi bilan qondira olmaydi. Bu o'z-o'zidan chet eldan migrantlarni jalb qilishga majbur qiladi.

2018-yilning o'zida Osiyoning 16ta davlatidan 53855 nafar fuqaroning jalb qilgan. Shulardan 2250 nafar fuqaro O'zbekistondan jalb qilingan. 2019-yilda esa bu ko'rsatgich 51365 nafar fuqaroga tushgan.

2020-yil Pandemiya sharoitlari tufayli aviareyslar qatnovi to'xtatilgani uchun umumiy hisobda 6688 nafar chet ellik ishchilarni qabul qilib olgan va ulardan 94 nafari O'zbekistonliklar bo'lgan.

Bu ko'rsatgichlardan ko'rinib turibdiki.O'tgan yilgi pandemiya tufayli J.Koreyada ishchilarga bo'lgan talab oshib ketgan. Bu ehtiyojni 1yilda qondirish juda katta muammo. Bu yil ham biroz pademiya halaqit bermoqda. Shuning uchun EPS TOPIK imtihonlari ham biroz surilmoqda.

Ularda ishchi kuchi muammo bo'lib turgan paytda bizda ishsizlik muammo. Demak bunga yechim faqatgina Rossiya davlati emas. Janubiy Koreya hamdir.

🚀J.Koreya davlatiga qonuniy ishga ketish uchun kerak bo'ladigan vizalardan biri bu E-9 vizasidur bu vizani olish uchun esa EPS TOPIK imtihonlaridan o'tish kerak. @chosonacademy o'quv markazi imtihonga oz qolganligini bilib talabgorlarni imtihonlarga tayyorlashni boshlab yuborgan.

Siz ham imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Har yili bo'lganidak imtihonlarga oz vaqt qolganida e'lonlar chiqadi. Bu bilan siz shoshib qolasiz. Ertaroq harakat qilish esa ziyon qilmaydi.

Читать полностью…
Подписаться на канал