4-oktyabr uchun valyuta kurslari
⬇️ AQSh dollari — 12 741,02 so‘m (-16,92 so‘m)
⬇️ Yevro — 14 062,26 so‘m (-63,33 so‘m)
⬇️ Rossiya rubli — 134,38 so‘m (-068 so‘m).
🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Universal bank — 12 730 soʻm
NBU — 12 710 so‘m
Asia Alliance Bank — 12 710 soʻm
🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Asakabank — 12 750 soʻm
Hayot Bank — 12 750 so‘m
NBU — 12 760 so‘m
Telegram • Instagram • Facebook
Qirg‘iziston Issiqko‘l sohilidagi pansionatlarni 2016-yilda milliylashtirgandi. Kelishuv bilan barcha to‘rtta pansionat 49 yilga ijaraga berilishi asosida O‘zbekiston ixtiyoriga qaytarilmoqda.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Sentyabr oyida Qirg‘iziston bozorlarida go‘sht narxining keskin oshishi kuzatildi. Qirg‘iziston Qishloq xoʻjaligi vazirligi respublikadan goʻsht olib chiqishni vaqtinchalik taqiqlash taklifi bilan chiqqan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
3-oktyabr uchun valyuta kurslari
AQSh dollari — 12 757,94 so‘m (+24,57 so‘m)
Yevro — 14 125,59 so‘m (-130,46 so‘m)
Rossiya rubli — 135,06 so‘m (-1,77 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
NBU — 12 730 soʻm
Mybank — 12 730 so‘m
SQB — 12 720 soʻm
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Asakabank — 12 760 soʻm
Saderat Bank — 12 760 so‘m
Hayot Bank — 12 770 so‘m
Telegram • Instagram • Facebook
Muhim oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg‘i narxi sezilarli darajada oshgan. Dori-darmonlar, shuningdek, o‘quv yili boshlanishi hisobiga ijara narxlari qimmatlashgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Kirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlarga tijorat banklari tomonidan 10 yil davomida 2 yillik imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi. Kredit liniyasi bitta kompaniya uchun 25 mlrd so‘mgacha miqdorda bo‘ladi. Bunda imtiyozli kredit olish uchun turoperatorlarga ma’lum talablar qo‘yiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh taʼlim sohasi xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda bundan buyon har yili oʻqituvchilar oʻrtasida mukofotga 3 xonali uy beriladigan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi oʻtkazilishi aytildi. Shuningdek, soʻnggi yillarda oʻqituvchilarga beriladigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirilgani taʼkidlandi.
Telegram • Instagram • Facebook
“Meduza” nashri Kremlga yaqin manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya hukumati jamoatchilik e’tiborini boshqa muammolar: urush va narxlarning qimmatlashuvidan chalg’itish maqsadida mehnat migrantlariga nisbatan choralarni kuchaytirmoqda.
Ayni paytga kelib mamlakatning 20 ta hududida xorijlik ishchilarning faoliyatiga cheklovlar o’rnatilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi. Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgacha byudjetdan to‘lab beriladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Ikki YouTube blogeri oʻz blogida ayni paytdagi smartfonlarning quvvati toʻxtamay ishlatganda qanchaga yetishini test qilib koʻrdi. Natijalar test metodologiyasiga qarab ikki blogerda turlicha chiqqan. Eng yuqori koʻrsatkich 18 soat 6 daqiqani tashkil etgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Oila qurish uchun qancha pul kerak?
Kommers.uz odamlar to‘y uchun qancha pul sarflashi bilan qiziqdi. Javoblar qanday bo‘lganini yuqoridagi videoda ko‘rishingiz mumkin👆
Telegram • Instagram • Facebook
27-sentyabr uchun valyuta kurslari
🔻 AQSh dollari — 12 736,48 so‘m (-21,17 so‘m)
🔻 Yevro — 14 193,53 so‘m (-74,63 so‘m)
🔻 Rossiya rubli — 137,60 so‘m (-0,45 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
NBU — 12 700 soʻm
Tenge Bank — 12 700 soʻm
Hayot Bank — 12 700 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Mybank — 12 740 soʻm
Saderat Bank — 12 750 so‘m
NBU — 12 760 so‘m
Telegram • Instagram • Facebook
Ijtimoiy tarmoqlarga fermer xoʻjaliklari qoʻshimcha shartnoma imzolashga majburlanayotgani haqida xabarlar sizdirildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta yetishtiruvchilarning shartnomasini bekor qilish, fermerlar hamda klasterlar oʻrtasidagi munosabatlar boʻyicha hududiy boshqarmalar va ularning rahbarlariga hech qanday topshiriqlar berilmagani ma’lum qilindi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Ilon Mask kompaniyasi Marsga beshta kosmik kema uchirmoqchi
Biznesmen, shuningdek, “geometrik progressiyada” SpaceX kosmik kemalarini ishlab chiqarish va Marsga parvozlarni amalga oshirishning o‘sishini prognoz qilmoqda.
"Biz kosmik sayohatchi bo‘lishni istagan har bir inson Marsga borishini istaymiz! Bu siz, oilangiz yoki do‘stlaringiz — buyuk sarguzashtlarni orzu qilganlarning barchasini anglatadi. Oxir-oqibat Marsga minglab Starship kemalari jo‘natiladi va bu ajoyib tomosha bo‘ladi! Tasavvur qilyapsizmi?", — deydi Mask.
Telegram • Instagram • Facebook
Apple kompaniyasining sobiq yetakchi dizayneri Joni Ayv OpenAI bosh direktori Sem Altman bilan sun’iy intellekt imkoniyatlariga ega yangi smartfon ustida ishlamoqda. Loyihaga 1 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Sentyabr oyida O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari avgustga nisbatan 20,8 foizga, xarajatlari esa 21,4 foizga o‘sishi kuzatildi. Byudjet defitsiti 37,3 trillion so‘mniyil davomida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,05 trln so‘mga qisqardi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda ishlab chiqarish muhiti to‘g‘risidagi 155-sonli Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi ishlab chiqarish jarayonidagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar, ish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishga qaratilgan xalqaro standartlarni joriy etishga xizmat qiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘tgan yili Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazish hajmi 154,3 ming tonnani tashkil qilgan, 2024-yil oxirigacha hajmni 500 ming tonnadan oshirish rejalashtirilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonning ikki viloyatida quruqlik porti qurilishi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) ishlab chiqiladi. Shu yilning 9-avgustida boshlangan loyiha 13 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, 2025-yil 12-sentyabrda yakunlanadi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Nijniy Novogorod viloyatiga vizasiz mamlakatlar, jumladan, O‘zbekistondan kiruvchi shaxslarga mehnat patentini berish 1-oktyabrdan to‘xtatildi. Patentni avvalroq olgan migrantlar faoliyatini davom ettirishi va zarur bo‘lganda uni qayta rasmiylashtirishi mumkinligi ma’lum qilindi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
2-oktyabr uchun valyuta kurslari
AQSh dollari — 12 739,99 so‘m (+24,57 so‘m)
Yevro — 14 256,05 so‘m (+65,64 so‘m)
Rossiya rubli — 136,83 so‘m (-0,17 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
SQB — 12 720 soʻm
NBU — 12 710 soʻm
Hayot Bank — 12 700 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Saderat Bank — 12 730 so‘m
Asakabank — 12 750 soʻm
Mybank — 12 750 so‘m
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
1⃣ O‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi 15 foizga, qolgan byudjet tashkilotlari xodimlariniki esa 10 foizga oshiriladi;
2⃣ Bazaviy hisoblash miqdori va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham oshiriladi;
3⃣ Parranda go‘shti importiga imtiyoz bekor qilinadi;
4⃣ Zargarlik buyumlari importi 3 yilga bojdan ozod qilinadi.
Telegram • Instagram • Facebook
Yanvar-avgust oylarida 3 mingga yaqin korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 13,1 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan. 7 mingdan ortiq korxona 22,5 trln so‘m miqdorida QQS “nol” stavkasini qo‘llagan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh taʼlim sohasi xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda bundan buyon har yili oʻqituvchilar oʻrtasida mukofotga 3 xonali uy beriladigan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi oʻtkazilishi aytildi. Shuningdek, soʻnggi yillarda oʻqituvchilarga beriladigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirilgani taʼkidlandi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
30-sentyabr uchun valyuta kurslari
AQSh dollari — 12 715,42 so‘m (-21,06 so‘m)
Yevro — 14 190,41 so‘m (-3,12 so‘m)
Rossiya rubli — 137,00 so‘m (-0,60 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Tenge Bank — 12 690 soʻm
NBU — 12 680 soʻm
Hayot Bank — 12 680 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Asakabank — 12 720 soʻm
Saderat Bank — 12 730 so‘m
Mybank — 12 730 so‘m
Telegram • Instagram • Facebook
Tencent tomonidan ishlab chiqilgan Honor of Kings o’yinida 25-sentyabrdan boshlab yangi mavsum start oldi. O’yinga bir qator yangilanishlar, xususan, yangi qahramon Dyadia qo’shilgan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar tomonidan sovrinli o’yinlar hamda geymerlar uchun boshqa yangiliklar e’lon qilindi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
2025-2030-yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbog‘” va “yashil bog‘lar” tashkil qilinadi. 2030-yildan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish bo‘yicha taqiq o‘rnatiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
26-sentyabr uchun valyuta kurslari
AQSh dollari — 12 757,65 so‘m (+2,82 so‘m)
Yevro — 14 268,16 so‘m (+65,66 so‘m)
Rossiya rubli — 138,05 so‘m (+0,84 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
NBU — 12 720 soʻm
SQB — 12 720 soʻm
Hayot Bank — 12 720 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Tenge Bank — 12 760 so‘m
Mybank — 12 770 soʻm
Hayot Bank — 12 770 so‘m
Telegram • Instagram • Facebook
2030 yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. Xususan, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida pullik avtomobil yo‘llari, “Toshkent – Samarqand”, “Samarqand – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Tojikistonda elektr ta'minotida cheklovlar o‘rnatildi
Tojikistonda 22-sentyabrdan boshlab elektr energiyasi ta'minotida cheklovlar joriy qilindi. Mamlakatda ayni paytda qishloq joylarida aholiga 8 soatdan 10 soatgacha elektr uzatilmoqda.
Ayrim hududlarda ertalab 05:00 dan 08:00 ga qadar, kechqurun esa 17:00 dan 22:00 gacha elektr berilmoqda.
Elektr ta'minotidagi yetishmovchilikka yog‘ingarchilikning kam bo‘lgani va buning oqibatida Vaxsh daryosida suv sathi past ekani sabab qilib keltirilmoqda.
Ma'lumot uchun, Tojikiston yil boshidan buyon qo‘shni mamlakatlarga 82 mln dollarlik elektr sotgan.
Telegram • Instagram • Facebook