2025/2026-o‘quv yilidan kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratadi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
24-sentyabr uchun valyuta kurslari
AQSh dollari — 12 747,29 so‘m (+17,46 so‘m)
Yevro — 14 158,42 so‘m (-49,34 so‘m)
Rossiya rubli — 137,27 so‘m (-0,19 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
NBU — 12 720 soʻm
Hayot Bank — 12 710 soʻm
Agrobank — 12 710 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Tenge Bank — 12 760 so‘m
Hayot Bank — 12 760 so‘m
Mybank — 12 760 soʻm
Telegram • Instagram • Facebook
Oʼzbekistonda yiliga 150 trillion soʼmlik qurilishlar boʼlayapti
Bu mablagʼlarning uchdan birini qurilish materiallari tashkil etadi.
Xarajatlarning qolgan qismi elektrotexnika, mashinasozlik, toʼqimachilik, kimyo, metallni qayta ishlash sanoatlari, qurilish texnikalari, qurish-pardozlash, loyihalash va dizayner xizmatlariga toʼgʼri keladi.
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda bu yil sim karta, to‘lov kartasi va litiy batareyasini ishlab chiqarish boshlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida, umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, to‘lov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulyator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qo‘yildi.
Telegram • Instagram • Facebook
Booknomy kompaniyasidan til o‘rganuvchilar uchun yangilik!
Endi ingliz, rus, koreys, arab hamda turk tillarini birgina Booknomy Tab plansheti orqali atigi 6 oyda o‘rganib erkin avtomatik gapirasiz!
Planshetga maxsus ilova joylangan bo‘lib agar o‘rganayotgan tilingizda 6 oydan so‘ng erkin gapira olmasangiz pullaringiz 100% qaytariladi!
Batafsil: 1258
📲+998712030071
📲www.booknomy.uz
Reklama
O‘zbekiston BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini aks ettiruvchi Elektron hukumat indeksida 63-o‘ringa ko‘tarilib, juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Bu natija “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko’rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
19-sentyabr uchun valyuta kurslari
AQSh dollari — 12 739,95 so‘m (+7,39 so‘m)
Yevro — 14 191,03 so‘m (+9,50 so‘m)
Rossiya rubli — 139,14 so‘m (-0,23 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
NBU — 12 710 soʻm
Garant bank — 12 710 soʻm
Agrobank — 12 710 so‘m
Aloqabank — 12 700 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Mybank — 12 750 so‘m
Hayot Bank — 12 750 so‘m
Kapitalbank — 12 755 soʻm
Anorbank — 12 760 so‘m
Telegram • Instagram • Facebook
Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning 15-16-sentyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi davomida 8 ta ikki tomonlama hujjat, jumladan, migratsiya va mobillik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Kelishuv o‘zbekistonlik malakali ishchilar: avtobus va temiryo‘l haydovchilari hamda hamshiralar uchun Germaniya mehnat bozori ochilishini nazarda tutadi.
Biroq buning evaziga O‘zbekiston tomonidan qanday majburiyat olingan?
Kommers.uz shu haqda hikoya qiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollardan oshdi
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ma'lum qilishicha, 2024-yilning 2-choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 37 milliard dollardan oshgan. Shundan 30,9 milliardi tashqi qarz bo‘lsa, 6,1 milliardi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bugungi kunda mo‘tadil darajada hisoblanmoqda” – deydi Jamshid Qo‘chqorov.
Telegram • Instagram • Facebook
Yillik aylanmasi 1 million dollarga teng bo‘lgan o‘yinchoq fabrikasiga tashrif.
Korxona asoschisi bilan intervyu tez orada YouTube sahifamizda e'lon qilinadi.
Telegram • Instagram • Facebook
Kommers.uz odamlarning to‘lov tizimlaridan foydalanish bo‘yicha tanlovi bilan qiziqdi.
Xo’sh, bugungi kunda qaysi to’lov tizimlari ko‘proq afzal ko‘rilmoqda? Yuqoridagi video shu haqda.👆
Telegram • Instagram • Facebook
Oʻzbekistonda tibbiy sug‘urta tizimi qachon joriy etilishi ma’lum qilindi
Oʻzbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etiladi.
Buning uchun 2024-yil yakuniga qadar “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari yoʻlga qoʻyiladi.
Qolgan hududlarda esa 2026-yil yakuniga qadar mazkur tizimga toʻliq oʻtilishi kutilmoqda.
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekiston 984 mln dollarlik gaz import qildi
O‘z navbatida, birgina iyul oyining oʻzida 174,2 mln dollarlik gaz sotib olingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 174 barobarga ko‘p demakdir.
Ammo soʻnggi oylarda gaz sotish hajmi ham oshib bormoqda. Xususan, birgina iyun-iyul oyida 263 mln dollarlik gaz eksport qilingan.
Yuqoridagi video shu haqda.
Telegram • Instagram • Facebook
Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi konteyner tashuvlari yo‘lga qo‘yildi
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ tomonidan Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi multimodal yo‘nalishda konteyner tashuvlarini muvaffaqiyatli tashkil etildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
👆 Videoda batafsil shu haqda
Telegram • Instagram • Facebook
Endi ichimlik suvidan qarzi borlar kredit ololmasligi mumkin
“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, “O‘zsuvta'minot” kompaniyasi ichimlik suvidan qarzdorligi bo'lgan iste'molchilarga qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar har qanday turdagi kreditlarni bermaslikni taklif qilmoqda.
👉Videoda batafsil shu haqda.
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi. Bunda developerlar o‘zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi, uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri bankka topshiradi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Telegram foydalanish shartlari va maxfiylik siyosatiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda ilovadan jinoiy maqsadlarda foydalanganlarning ma’lumotlari: ularning IP-manzillari va telefon raqamlari rasmiy so‘rovga asosan davlat organlariga taqdim etiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bugungi kunga qadar Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Botir Zohidov vazir etib tayinlandi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
20-sentyabr uchun valyuta kurslari
AQSh dollari — 12 724,84 so‘m (-15,11 so‘m)
Yevro — 14 223,83 so‘m (+32,80 so‘m)
Rossiya rubli — 137,11 so‘m (-2,03 so‘m).
Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
NBU — 12 690 soʻm
Asia Alliance Bank — 12 690 soʻm
Garant bank — 12 690 so‘m
Agrobank — 12 690 so‘m
Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Mybank — 12 735 so‘m
Saderat Bank — 12 740 so‘m
Kapitalbank — 12 750 soʻm
Telegram • Instagram • Facebook
Malayziyaning “Meraque Group” kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya buning uchun 4,7 mln AQSh dollari sarmoya kiritishi va 1000 ta ish o‘rniga ega ishlab chiqarish korxonasini qurishi kutilmoqda.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
YouTube videohostingi obunachilari soni 500 mingdan kam bo‘lgan kichik va yangi kanallarni qo‘llab-quvvatlash uchun “hayp” tugmachasini ishga tushiradi. “Hayp” yetarli darajada ommalashmagan kanallar uchun katta va obunachilari ko’p bo’lgan kanallar bilan raqobatlashishda yordam beradi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Apple’ning iPhone 16 seriyasi sotuvlari 20-sentyabrdan boshlanadi. Ayni paytda O‘zbekistondagi ayrim savdo markazlarida iPhone 16 uchun oldindan to‘lovlar qabul qilinmoqda. Xo‘sh, yangi smartfon O‘zbekistonda necha puldan sotiladi? iPhone 16 sotib olish uchun o‘zbekistonliklar necha kun ishlashi kerak?
Kommers.uz shu haqda hikoya qiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
UzAuto Motors bosh direktori jarimaga tortildi
2021-yildan buyon UzAuto Motors kompaniyasining bosh direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan shvetsiyalik 71 yoshli Bu Andersson tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmagani uchun ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Unga nisbatan Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan intizomiy chora ko‘rilgan.
Telegram • Instagram • Facebook
Bozor katta boʻlgani bilan doimiy oʻsmasa, foydasi yoʻq — Alijon Yusupov
1 million dollarlik yillik daromadga ega "The Republic Of Toys" o’yinchoqlar fabrikasi asoschisi Alijon Yusupov bilan suhbat
To‘liq intervyuni tomosha qilish: 👉Youtube
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda millionga yaqin abituriyentning shaxsiy ma'lumotlari tarqalib ketdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil o'qishga hujjat topshirgan millionga yaqin abituriyentlarning shaxsiy ma'lumotlari tarqalib ketgan bo'lishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangradi. Bilim va malakalarni baholash agentligi bunga munosabat bildirdi.
Agentlik my.uzbmb.uz saytiga kiberhujumlar uyushtirilgani yoki abituriyentlarning shaxsiy ma'lumotlari uchinchi shaxslarga taqdim qilinganini rad etdi.
Telegram • Instagram • Facebook
Toshkentdan Samarqandga avtomobilda 2 soatda yetib borish mumkin boʻladi. Qanday qilib?
Bunday yoʻllarda 120-150 kilometr/soat tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi. Togʻli hududlarda esa 60-70 kilomet/soat tezlik cheklovi oʻrnatiladi. Pullik yoʻllardan foydalanish yengil avtomobillar uchun 5-6 dollar ekvivalentida boʻlishi kutilmoqda. Yuk mashinalari uchun esa bu miqdor taxminan 20 dollarni tashkil etadi.
Masalan, pullik yoʻldan foydalanmoqchi boʻlgan haydovchilar kelgusida Toshkentdan Angrengacha – 1,7 dollar, Angrendan Qoʻqongacha 2 dollar, Qoʻqondan Andijongacha 1,6 dollar toʻlashlari kerak boʻladi.
Toshkent-Samarqand pullik yoʻlining umumiy uzunligi 305 kilometr boʻlib, 6 tasmali avtomagistral 13 tonnagacha yuk koʻtarishi hamda xizmat qilish muddati 25 yilgacha boʻlishi belgilangan. Loyihaning umumiy qiymati esa 2 mlrd dollardan oshadi.
Telegram • Instagram • Facebook
Bugun, 4-sentyabr kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida “Birinchi qoʻngʻiroq” bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻquv yilida 719 mingdan ortiq bola birinchi sinfga qadam qoʻydi.
Shu munosabat bilan, Kommers.uz Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi rahbarlar, taniqli jamoatchilik faollari va tadbirkorlarning maktab davrlari haqidagi xotiralari bilan qiziqdi.
Telegram • Instagram • Facebook
UzAuto Motors rekord darajada foyda oldi
Kompaniya 2023-yilning 9 oyi davomida 1,9 trln so’mlik sof foyda olgan bo'lsa, Bu yil ushbu ko'rsatkichga erishish uchun 6 oy kifoya qildi. Shunga ko'ra, 2024 yil UzAuto Motors uchun tarixdagi eng muvaffaqiyatlisi bo’lishi kutilmoqda.
👉Yuqoridagi video shu haqda
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar bo‘yicha statistika ochiqlandi
“Taksi bozorida yashirin aylanmalar ulushini kamaytirish bu – haydovchilar va yo‘lovchilarning huquqlari qonun bilan himoyalangan adolatli va shaffof bozorni yaratish yo‘lidagi muhim qadam”, hisoblanadi.
Avvalroq, taksi agregatorlari orqali yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilarga tegishli bo‘lgan avtomobillarning 64 foizi Toshkent shahrida harakatlanishi ma’lum qilingandi.
Telegram • Instagram • Facebook
Oʻzbekistonga maishiy texnika importi keskin qisqardi
Statistika maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning oʻtgan 7 oyi davomida Oʻzbekistonga 127,7 million dollarlik maishiy texnika import qilingan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 27,5 foizga kam demakdir.
Maʼlumot uchun, 2024-yilning 1-fevralidan boshlab, mamlakatga 13 turdagi maishiy texnikani olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dileri boʻlish talabi qoʻyilgan edi.
Telegram • Instagram • Facebook