O‘monning “Sohar International” banki O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda. 29-noyabr kuni Markaziy bank rahbariyati bilan bank vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, Sohar International bankining mamlakat moliya bozoriga kirish rejalari muhokama qilindi. Bank vakillari O‘zbekistonning bank tizimining yuqori investitsion salohiyatini ta’kidlab, bozorda o‘z o‘rnini egallash istagini bildirishdi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasi (O‘zRVB) o‘zining moliya bozoridagi ma’lumotlarini endi Bloomberg terminalida taqdim etishni boshladi. Bu yangilik chet el investorlariga O‘zbekistonning valyuta, pul va davlat qimmatli qog‘ozlari bozorlari haqida real vaqt rejimida aniq ma’lumotlar olish imkonini beradi. O‘zRVB ma’lumotlari orqali bozordagi tendensiyalarni tahlil qilish, xatarlarni baholash va investitsiya qarorlarini yaxshilash imkoniyatlari yaratildi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
2024-yil 21-noyabrda O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri bojxona to‘lovlarini to‘lashni ta’minlashning bosh kafolatini qo‘llash tartibini belgilovchi yangi nizomni tasdiqladi. Endilikda, bir shaxs bir nechta bojxona operatsiyalarini amalga oshirganida, to‘lovni ta’minlash uchun bank kafolati, sug‘urta polisi yoki tovarlarni garovga qo‘yish imkoniyati yaratiladi. Mazkur tartib 2025-yil 23-fevraldan kuchga kiradi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekiston fuqarolari Janubiy Koreyaning «Hyundai» kompaniyasida ishlash uchun jalb qilinadi. Buning uchun o‘quv markazlari tashkil etilib, malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Yaxshi ko‘rsatkichlar bilan ishlagan ishchilar uchun viza turi o‘zgartirilishi va Koreyada uzoq muddat ishlash imkoniyati yaratilishi mumkin.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan ekspertlar guruhi, Turkiyadan jalb qilingan yettita mutaxassis bilan birgalikda, mamlakat tibbiyot tizimini transformatsiya qilish borasida ish olib bormoqda. Ushbu tashabbus, Prezident Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash tizimining jahon standartlari darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qo‘ygan vazifalari doirasida amalga oshirilmoqda.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Toshkentda jamoat transporti xizmati tun-u kun ishlash rejimiga oʻtkazilishi kutilmoqda. Bu qaror poytaxtdagi tungi transport xizmatlari yetishmasligini bartaraf etish va tungi iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O’zbekistonning Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi, yil boshidan buyon, onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o’yinlar bilan bog’liq reklama saytlari ustidan nazorat olib bormoqda.Joriy yil davomida, qo’mita 42 ta bukmekerlik saytini bloklash uchun tegishli takliflar kiritdi, va ulardan 30 ga yaqini belgilangan tartibda bloklandi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O’zbekistonda to’lov terminallari uchun yangi MCC-kodlari (Merchant Category Code) joriy etilishi haqida qaror qabul qilindi. Bu kodlar savdo nuqtalarining faoliyat turini tasniflash va to’lovlarni aniqlashda qo’llaniladi. Yangi tizim banklarga to’lov operatsiyalarini samarali boshqarish, mijozlarga esa yangi xizmatlar va bonuslar taqdim etishga imkon yaratadi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
2024 yil fevralida ko‘p qavatli uylarga investitsiya daromadliligi o‘rtacha 32,4%ni tashkil qilgan bo‘lsa, oktyabr oyiga kelib bu ko‘rsatkich 12,2%gacha tushdi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Raqobat qo‘mitasi biologik faol qo‘shimchalar (BFQ)ning chalg‘ituvchi reklamasi sababli yuzaga kelayotgan muammolar haqida ma’lum qildi. Joriy yilda mazkur mahsulotlar bilan bog‘liq 1000 ga yaqin murojaat o‘rganilib, iste’molchilarga 118 mln so‘mlik moddiy zarar qoplab berilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Prezidentning Senatdagi nutqida kam ta’minlangan aholining ulushini qisqartirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan yirik dasturlar haqida so‘z bordi. Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar va yangi tizimlar orqali aholi turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy himoya choralarini kengaytirish rejalashtirilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Yaxshi hamki men odamman — Behzod Hoshimov.
Nyu-York universiteti professori Behzod Hoshimov bilan intervyuning to‘liq variantini YouTube sahifamizda tomosha qiling.
Telegram • Instagram • Facebook
Volkswagen hushdan ketgan haydovchilarni qutqaruvchi xavfsizlik tizimi yaratdi
Taqdim etilgan yangi funksiya sun'iy intellekt asosida ishlaydi. Tizim haydovchining tibbiy holatini kuzatib boradi va u hushidan ketsa yoki o‘zini yomon his qilsa, avvaliga keskin tormozlash orqali uni hushiga keltirishga harakat qiladi. Bu yordam bermasa, mashinani avtomatik ravishda yo‘l chetiga olib, to‘xtatadi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
7-noyabr uchun valyuta kurslari
⬆️ AQSh dollari — 12 786,98 so‘m (+12,00 so‘m)
⬇️ Yevro — 13 753,68 so‘m (-160,83 so‘m)
⬆️ Rossiya rubli — 130,27 so‘m (+0,13 so‘m).
🔹 Banklarga dollar sotish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Poytaxt bank — 12 770 soʻm
SQB — 12 770 soʻm
Universal bank — 12 770 so‘m
🔸 Banklardan dollar sotib olish bo‘yicha eng yaxshi kurslar:
Poytaxt bank — 12 800 so‘m
Octobank — 12 800 so‘m
Agrobank — 12 800 soʻm
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda 2026-yil yakuniga qadar chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi 8 ta yangi korxona quriladi. Bu orqali yiliga 2,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda 152 million kub/metr tabiiy gazni tejash rejalashtirilgan. Shuningdek, loyihalar davomida 1200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekiston Xitoy bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. 28-noyabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijasida, Xitoy mamlakatni qo‘llab-quvvatlagan yigirma ikkinchi davlatga aylandi. O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lishni rejalashtirib, bu jarayonni tezlashtirish uchun huquqiy islohotlar o‘tkazmoqda.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarga beriladigan bank kartalari sonini tartibga solishni rejalashtirmoqda. Yangi chora-tadbirlar orqali firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida kartalar sonining cheklanishi ko‘zda tutilgan. 1-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 54,9 milliontani tashkil etgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda «Shaffof shaharlar» va «Halol tumanlar» dasturlari orqali davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar boshlanmoqda. Loyihalar korrupsiyaning oldini olish va idoralarda halollikni ta’minlashga yo’naltirilgan bo‘lib, dastlab Toshkent, Jizzax va Buxoroda sinovdan o‘tkaziladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
«Adolat» partiyasi fraksiyasi deputati Muhammad Valiyev, so‘nggi oylarda propan gazining narxi keskin oshgani bilan bog‘liq ravishda davlat organlariga murojaat yo‘lladi. Deputat, narxlarning oshishiga sabab bo‘lgan omillarni, bozordagi narx barqarorligini ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotganini va narx shakllanishining shaffofligini nazorat qilish borasidagi savollarni o’rtaga qo’ygan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Samarqand shahrida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida «Ph.l.» MChJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. tomonidan 6,4 milliard so‘m mablag‘ning noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirilgani aniqlanib, ushbu mablag‘ qimor o‘yinlarida yutqazilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Yangi farmonga ko‘ra, mahallalardagi faol nuroniylarga har oy rag‘bat puli ajratiladi. 2025-yil uchun «Nuroniy» jamg‘armasiga 504 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni temiryo‘l va aviatsiya sohasidagi davlat kompaniyalarida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda O‘zbekiston havo yo‘llari (Uzbekistan Airways) va aeroportlar tizimining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
1-dekabrdan uy-joy ta’miri uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha onlayn arizalar qabul qilinadi. Fuqarolar 120 million so‘mgacha bo‘lgan kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lib, jarayon “Onlayn mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
“U aniq Nobel oladi”
Iqtisodchi Behzod Hoshimov yaqin yillar ichida Nobel mukofoti laureati bo‘lishi mumkin bo‘lgan yosh iqtisodchi olimlar haqida gapirdi.
📹To‘liq intervyu
Telegram • Instagram • Facebook
Dunyoni bo‘lish shart emas — Behzod Hoshimov
Iqtisodchi Behzod Hoshimov qaysi hududda palov mazaliroq tayyorlanishi haqidagi savolga kutilmagan javob berdi.
📹To‘liq intervyu
Telegram • Instagram • Facebook
Suv havzalarida cho‘milib turishni yoqtiraman — Behzod Hoshimov
Iqtisodchi Kommers.uz bilan suhbatda shaxsiy qiziqishlari va hobbilari haqida aytib o‘tdi.
📹To‘liq intervyu
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oltin narxining o‘sishi (unsiyasi uchun 2780 dollargacha) tufayli ketma-ket to‘rtinchi oy rekordlarni yangilab, tarixiy maksimumga yetdi. Zaxiralar qoldig‘i 1-noyabr holatiga ko‘ra, 43,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda 2025-yilning 1-fevralidan boshlab, davlat idoralari, savdo va biznes markazlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi avtoturargohlarga 32 mingdan ortiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 22 kilovattgacha quvvatga ega stansiyalar yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylarning avtoturargohlarida ham o‘rnatiladi.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi narxi sentyabr oyida 2,8 foizga ko‘tarilgan bo‘lsa, oktyabrda narxlarning o‘sish sur’ati 1,3 foizgacha qisqargan. To‘liq ta’mirlangan uylar ijarasi narxi ham sentyabr oyidagi 1,4 foizlik o‘sishdan so‘ng oktyabrda 0,2 foizga oshgan. Ijara uylar uchun eng qimmat narxlar Mirobod tumanida, eng arzoni esa Sergelida taklif qilinmoqda.
👉 Batafsil
Telegram • Instagram • Facebook
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi pasayib ketayotgani qanchalik xatarli?
Kommers.uz Nyu-York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov bilan O‘zbekistonning ayni paytdagi demografik holati, inson kapitalining mamlakatlar rivojlanishidagi roli va boshqa bir qator mavzular xususida suhbatlashdi.
📹 To‘liq intervyuni tomosha qilish
Telegram • Instagram • Facebook