Bu qilgan ishimiz jinnilikka o‘xshab ko‘rinar balki arzimas harakatdir lekin baribir shu fleshmobni shogirdlar bilan qilib ko‘rdik. G‘oyani ekobloger @urik_guli da ko‘rib bizni ham kichkina bo‘lsada hissamiz qo‘shilsin degan ma'noda qildik.
Chiqindini lotok ichiga beparvolarcha tashab ketadigan, archani orasiga baklashka tiqib ketadigan baraka topgurlar o‘zgarmasligi mumkin, lekin biz o‘zimiz ko‘chaga chiqindi tashlamaslik odatini shakllantira olsak va atrofdagilarga o‘rgata olsak bu ham bir qadam.
Tozalik farishtalariga rahmat😇 @kitobxorr
#bugundushanba 37/366
Bugun marafonning 37-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 1000 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 08.02.24
Ob-havo: 6°
@kitobxorr
Erta tongdan yaxshi xabarni o‘qib kayfiyat juda ham ko‘tarildi. Ya'ni 1000 kitob loyihasi uchun dastlabki 10ta kitobga mualliflik huquqi olinibdi va jarayon ham boshlangan. Hammasi ilmiy ommabop kitoblar. Kitobxo‘rlarni qiynab kelgan/kelayotgan muammolarga davlat darajasida e'tibor qaratilayotgani o‘zgarishlar shabadasi esayotganini anglatmoqda, shu ijobiy o‘zgarishlar davomli bo‘lib shabada, shamolga aylansin.
2024-yil yangiliklarga boy bo‘lsin. Jarayonni kuzatib boring.
@kitobxorr
So‘rovnomada hozirga qadar 179 nafar respondent ishtirok etdi. Agar siz savollarga javob bermagan bo‘lsangiz ishtirok eting ilmiy ishga o‘z hissangizni qo‘shing.
https://forms.gle/QXwG1b1MoXW2EEf88
#bugundushanba 35/366
Bugun marafonning 35-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 1800 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 06.02.24
Ob-havo: 4°
@kitobxorr
Magistratura himoyasi uchun dissertatsiyamni yozish jarayonida menga juda ko‘p yordam bergan ustozim bor. Ya'ni qaysi qismida nima yoziladi, qanaqa xatoliklarni qilmaslik kerakligi haqida har doim ma'lumot berib savollarimga erinmasdan javob berib o‘rgatganlar. Shu inson tufayli himoyada hech qanaqa kamchiliklar bo‘lmagandi. Dissertatsiyamni muvaffaqiyatli yozib, himoyaga chiqqanimda tadqiqotimda 230 nafar O‘zbekistonni deyarli barcha viloyatlaridan respondentlar qatnashdi deganimda komissiya a'zolari qo‘ysangchi lof urma Xorazm, Qoraqalpoq, Buxorogacha bormagandursan😒 degan emotsiya bilan gapirishganda yo‘q men online o‘tkazdim deb grafalar yordamida tahlil qilib berganimda boshqacha hayron qolishgandi.
Endi yordam berish navbati menga keldi. Ustozim yaqin oylarda PhD himoyasiga chiqadilar va shu sababli online so‘rovnoma o‘tkazish istagi paydo bo‘libdi. Agar shu so‘rovnomada qatnashib, savollarga batafsil javob bersangiz ilm uchun o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lardingiz.
Telegramda shaxsiy blog yuritadigan do‘stlarim ham shu so‘rovnomani ommalashtirishda yordam berishingizni so‘rayman!
https://forms.gle/QXwG1b1MoXW2EEf88
P. S) rasmda 6 yillik kursdoshlarim Husniddin va Baxtiyor.
@kitobxorr
Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi, lekin juda zo‘r o‘ynadi komanda. Shaxsan men uchun yutqazmadi🇺🇿
Читать полностью…#bugundushanba 31/366 1/12
Bugun marafonning 31-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 2900 qadam
Kitob: o‘qilmadi.
Sana: 02.02.24
Ob-havo: 1°
@kitobxorr
#bugundushanba 30/366 1/12
Bugun marafonning 30-kuni. Birinchi oyni yakuniga yetkazib oldim. Instagram bir oylik stroylarni yig‘ib reels tayyorlab berdi😁
Yurish: 1000 qadam
Kitob: o‘qilmadi.
Sana: 01.02.24
Ob-havo: 1°
@kitobxorr
#bugundushanba 28/366
Bugun marafonning 28-kuni.
Yurish: 2800 qadam
Kitob: o‘qilmadi.
Sana: 30.01.24
Ob-havo: 1°
@kitobxorr
Siz gapirayotgan fikrni tinglovchi ham tushunishi va analiz sintez qilishi bu siz uni tushunib, unga tushunarsiz bo‘lmasligi uchun so‘zlarni tanlab saralash jarayonidan o‘tkazib keyin unga yetkazishingni anglatadi. Tinglovchi sizni tushunmayotgani va yopiq holatda o‘tirgani darajalar teng emasligini bildiradi, bunda sen pastroqqa tushub gapirishing kerak yoki tinglovchini tark etishing kerak. Ayb albatta sizda bo‘ladi bu holatda. Siz chiroyli va sodda tarzda tushuntirib bering, haaa bu oddiy ekanku deb sizni tushuntirish mahoratingizga emas vaziyatni oddiy ekanligiga hayron qolsin. Keyinchalik agar siz shuni xohlasangiz albatta uni darajasini sekin astalik bilan yuqoriga ko‘tarishingiz mumkin bo‘ladi, agar siz shuni xohlasangiz albatta. O‘zingizni agar yuksak ilmlar sohibi sanab, sizni tushunishmayotgani, sizdagi ilmni qadriga yetishmayotganidan noliyotgan bo‘lsangiz demak sizda ham xatolik ketyapti qayerdadir.
Ularni tushunmayotganliklarini tushunib yeting, keyin sodda tilda tushuntiring.
@kitobxorr
Bunis esa yaqinda, yangi nashrdan chiqqan "Baxtli bo‘lamizmi o‘zi, haa bo‘b qolarmiz, balki bo‘lmasmiz, yo‘q baxtli bo‘lamiz, bizdan nima ketdi harakat qilorayk" nomli ustiga bir dunyo jimjimador harflarda, oq fonda "Baxt nima o‘zi bilasanmi, yo‘q bilmayman, unda eshit, baxt bu gazdan, svetdan, chiqindidan, soliqlardan, odamlardan qarzing bo‘lmay, sekinga hisobingizni to‘ldiring degan sms kelmasa va sen ehhh gazim o‘chib qolarkan demasang ashini o‘zi baxt" degan epigrafli kitobni o‘qib tugatganidan keyin baxtli bo‘b qolishini kutib yashayotgan do‘sting😂
Adashib ketganlar yana qayta o‘qisin!
@kitobxorr
#bugundushanba 25/366
Bugun marafonning 25-kuni.
Yurish: 3434 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 27.01.24
Ob-havo: -1°
@kitobxorr
Shu qo‘shiqni klipini ko‘rgansizlaraaa, agar hozirgi holatda shu qo‘shiq tvda chiqsa qanaqa reaksiya bo‘lishi mumkin, rosa ma'naviyatsiz bo‘lgan ekan o‘sha paytdagi tv😁@kitobxorr
Читать полностью…Jinnimandaa jinniii, hozir vashshe kutilmagan holat bo‘ldi. Hozir ishdan qaytib darvozani oldiga kelib to‘xtasam ichkaridan oyoq tovushi eshitildi. Men ayolim deb o‘ylab tashqari tomonga qattiq tortib turaverdim ichkaridan ichkariga tortildi. Keyin bir payt eshik ochildi, qarasam dadam turibdiku😱 @kitobxorr
Читать полностью…#bugundushanba 36/366
Bugun marafonning 36-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 1000 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 07.02.24
Ob-havo: 8°
@kitobxorr
Mamlakatlar tanazzuli va uning sabablari.
Bu asarni qizalog‘im dunyoga kelishidan atiga 15 kun oldin o‘qishni boshlagan edim. Ba'zi sabablar bilan qo‘limga olib qayta o‘qiy olmadim.
Asarni o‘qib tugatib ertaroq o‘qimaganligimga qattiq afsuslandim. Ijtimoiy ish yo‘nalishida o‘qiyman, bundan xabaringiz bor bo‘lsa kerak. Ijtimoiy siyosat fanimizda rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar, boy va qashoq davlatlarni siyosati, ijtimoiy hayoti, davlatning aholini qay darajada ijtimoiy himoya qilishini o‘rganamiz. Ko‘plab savollarimga javob oldim. Mamlakatlarning rivojlanishini asosan ularni dengizga chiqa olganligi, rivojlanmaganligini esa yopiq suv havzasidagi davlatligi tufayli dengizga chiqa olmaganligi bilan baholab kelganmiz. Bu qanchalar noto‘g‘ri tushuncha ekanligini isbotlab berdi bu kitob. Davlatlarning rivojlanish yo‘lidagi bir qancha bosqichlarni bosib o‘tganligini ko‘rishimiz mumkin. Janubiy Amerikaning Shimoliy Amerikaga nisbatan qashoq ekanligi ko‘rsatilganda ularda olib borilgan markazlashgan hokimiyat davlatning rivojlanmaganligida va inklyuziv siyosat esa davlatning boyib borishi,uning taraqqiy etishini belgilab berganligi bir qancha misollar bilan isbotlab berilgan. G‘arbdan oldin Sharqda bir qancha tammaddun o‘choqlari bo‘lgani, ko‘plab ixtirolar yaratilgan bo‘lishiga qaramay sharq mamlakatlarining g‘arbga qaraganda ancha taraqqiyotdan ortda qolganini guvohi bo‘lamiz. Bunda ham inklyuziv siyosatni asosiy omil qilib keltirilgan. Men uchun katta yangilik Afrika qit'asi vakillarini oq tanlilarning zulmidan qullikka duchor bo‘lmaganligi, balkim qora tanli hukmdorlarning o‘zi ilohiyat, xudolar va xudolar bilan so‘zlashuvchi shamanlar amri deya ularni g‘orning ichiga kirib o‘z qilmishlariga yarasha jazo olishlari uchun qurbonlik marosimlarini o‘tkazib, g‘orning bu boshida esa ularni oq tanli kishilarga sotishlari bo‘ldi. Keyinchalik esa Afrika mamlakatlari mustamlaka qilib olinganda ham bu qit'a qullar bozoridagi yirik ta'minotchi vazifasini o‘taganligini ko‘ramiz. Afrikada ham inklyuziv jamiyat qurishga intilishlar bo‘ldi lekin ma'lum vaqtdan keyin ularni bozor iqtisodiyotiga kirishdan manfaat yo‘qligi aniqlandi. Tekin ishchi kuchining yo‘qligi va ularning oq tanlilar bilan raqobatlashishga urinish xavfi ortib borganligi tufayli, qora tanli aholi yana eski odatiy hayotiy faoliyat tarziga qaytarildi.
Ixtirolarning ko‘pi G‘arb mamlakatlarida yaratilishiga ham bosh sabab ularga bo‘lgan rag‘bat ekanligini ko‘rsatilgan. Ma'lum bir xalq dangasa yo ma'lum millat mehnatsevar bo‘lmagan shunchaki ularning harakat qilishi, yangiliklar yaratishiga kerak bo‘ladigan motiv bo‘lmagan.@kitobxor_ona
Hozirga qadar 23 nafar respondent ishtirok etdi😊👍
https://forms.gle/QXwG1b1MoXW2EEf88
#bugundushanba 34/366
Bugun marafonning 34-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 1000 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 05.02.24
Ob-havo: 0°
@kitobxorr
#bugundushanba 33/366 1/12
Bugun marafonning 33-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz. Videoda ozroq adashibman😁
Yurish: 2000 qadam
Kitob: ertalab 36 bet o‘qildi.
Sana: 04.02.24
Ob-havo: 1°
@kitobxorr
#bugundushanba 32/366 1/12
Bugun marafonning 32-kuni. Ikkinchi oyni ham sekin astalik bilan bosib o‘tamiz.
Yurish: 2700 qadam
Kitob: o‘qilmadi.
Sana: 03.02.24
Ob-havo: -4°
@kitobxorr
Yanvar oyida 3 ta kitobni mutolaa qilib tugatdim. Bu yil o‘qigan kitoblarimni yozib, yil davomida nechta kitob o‘qiganimni o‘zim uchun bilib bormoqchiman. O‘tgan yili kitob ham o‘qimadim, o‘qiganlarimni yozmadim ham. Shu sababli juda kam 13 dona kitob o‘qildi.
Yanvar oyi:
1. Mo‘minning me'roji
2. Folbinlik, jinkashlik haqida
3. Ruhiy tarbiya 1 kitoblarini mutolaa qildim.
Menga eng ko‘p foydali bo‘lgani albatta Ruhiy tarbiya kitobi bo‘ldi, keyinroq kitob haqida yozaman albatta. Hozir 2-juzini mutolaasini boshladim. 1-juzini 4 yil oldin mutolaa qilganimda ancha qiyinchilik tug‘dirgan edi, bu safargi mutolaa esa boshqa olamga olib kirdi.
#sarhisob
@kitobxorr
#bugundushanba 29/366
Bugun marafonning 29-kuni.
Yurish: 3000 qadam
Kitob: o‘qilmadi.
Sana: 31.01.24
Ob-havo: 1°
@kitobxorr
#bugundushanba 27/366
Bugun marafonning 27-kuni.
Yurish: 1000 qadam
Kitob: 5 bet o‘qidim.
Sana: 29.01.24
Ob-havo: 2°
@kitobxorr
#bugundushanba 26/366
Bugun marafonning 26-kuni.
Yurish: 2000 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 28.01.24
Ob-havo: 2°
@kitobxorr
Umrida kitob o‘qimagan tanishing shu kitob menga yoqdi 3 kunda o‘qib qaytaraman berib tur deb yo‘q bo‘lib ketganida kitobni kutgandagi holating😂😂
@kitobxorr
#bugundushanba 24/366
Bugun marafonning 24-kuni.
Yurish: 2800 qadam
Kitob: ertalab o‘qilmadi.
Sana: 26.01.24
Ob-havo: 1°
@kitobxorr
Boshiga har xil latta-puttani baylab olib, qo‘lni 🤙mindey qivolib radio bilan katta bo‘lgan avlod bo‘lsaz bu qo‘shiqni eshitib yoshlikni eslaysiz. Buvam bu o‘lgur nima deyapti so‘kyaptimi derdilar😂 @kitobxorr
Читать полностью…