#bugundushanba 7/366
Bugun marafonning 7-kuni. 52 haftaning 1-haftasi boshlandi.
Yurish: 1000 qadam
Kitob: o‘qilmadi.
Sana: 09.01.24
Ob-havo: 4°
@kitobxorr
#bugundushanba 6/366
Bugun marafonning 6-kuni. Ertalabki sayrga chiqqanlar taassurotlaringizni izohda yozib qoldiring.
Yurish: 3700 qadam
Kitob: o‘qilmadi.
Sana: 08.01.24
Ob-havo: 7°
Post tahrirlandi: 4900 qadam yurdim-ilovani to‘xtatib qayta ishga tushirish esdan chiqibdi.
@kitobxorr
O‘zbek teleseriallarida ko‘rsatiladigan korxonalarda ish jarayonini borishi epizodlarini ko‘rib menda havas uyg‘onadi. Shu serial ichida yashagim, ishlagim keladi. Epizod tahminan mana shunday bo‘ladi: katta korxona chiroyli kiyingan hodimlar hali uni xonasiga kiradi, hali bunisini xonasiga kiradi opaaa deb yarim soat arzimagan shaxsiy masalani gaplashib o‘tiradimiyey, orada boshliqni xonasiga kirib meni xonamga anavi yangi hodimiz kirmasin, menga yoqmayapti deydi bittasi😂) keyin kimdandir qaysi biriga bir buket gul keladi ishxonadagi hamma ish qolib ketib butun boshli korxona shu gulni kim berganini aniqlash bilan ovvora bo‘b ketsa bo‘ladimi, tovba. Ularda bir boshliq yig‘ilish ham qilmaydiyey, Respublika zoom seminar qilib hammani yig‘volib o‘qitmaydiyam, malaka oshirish, kru bosib hammani vahima bosib keyin ko‘p oylik obqo‘yganlarni sen ko‘p oylik olib davlat mulkini talon taroj qilibsan deb to‘lattirmaydi, uzundan uzun jadvalni jo‘natib tezkor, zudlikda ham degan gap so‘z yo‘q. Xisobotni excelda qizil, sariq, yashil hududga ajratib tayyorlab, keyin shu excelni wordda gapirtirib, worddagi ma'lumotni powerpointga o‘tkazib taqdimot qilib sessiyada deputatlarga gapirib berasan demaydi hech kim qoyil qolamanda.
Shunaqa ish qayerda bor? @kitobxorr
Assalomu alaykum 5/366 kunni ham boshlash arafasida turibmiz. Sog‘lik salomatlik tilayman.
Читать полностью…Assalomu alaykum 4/366 kunni ham boshlash arafasida turibmiz. Sabr va matonat yor bo‘lsin.
Читать полностью…Odamzotni tabiati qiziqda sen ularni ishiga aralashmay, g‘iybat qilmasdan o‘zimni yo‘limdan yurib fokusni bitta joyga qaratib o‘say desang seni oilanggacha kirib kelib burnini tiqadi. Halovatingni buzadi. Sen aralashsang do‘zaxni kundasi bo‘lgur, uying kuygur deb yozg‘iradi. Shularni darajasiga tushib qolishdan o‘zi saqlasin. @kitobxorr
Читать полностью…Assalomu alaykum. 3/366 boshlandi. Ertalabki och qoringa iliq suv iching moddalar almashinuvini yaxshilaydi (adashmasam shunaqa), ertalabki sayr kayfiyatni ko‘taradi. Erta tongdan ehson qutisiga solingan pul barakali bo‘ladi.
Ertalabki sayrga chiqqan bo‘lsangiz izoh qoldiring😊
Assalomu alaykum. 2/366 boshlandi. Ertalabki sayrga chiqdim. Siz ham yurishga chiqqan bo‘lsangiz izoh qoldiring😊
Читать полностью…Qadamlarni xisoblash uchun ilova. Juda ham zo‘r. Yurganiz sari qiziqtirib rekordlarni yangilab darajangizni oshirib boradi.
https://play.google.com/store/apps/details?id=pedometer.steptracker.calorieburner.stepcounter
@kitobxorr
"Bugun dushanba-366 kunlik marafon"
2023-yilda men o‘rgangan eng foydali mashg‘ulot bu erta tongdan vaqtli uyg‘onib sayrga chiqish bo‘ldi. 2023-yil 13-noyabr sanasidan buyon har kuni ertalab 2000 qadam yuraman, kamida 10 bet kitob o‘qiyman. -20° sovuqda ham ertalabki sayrga chiqdim, faqat kamroq yurganman shu kunlari. (orada bir-ikki marotaba qisqa uzilishlar bo‘ldi lekin odat to‘xtab qolgani yo‘q!). Bu odat Upgrade 21 kunlik marafonida qatnashganimdan keyin shakllandi va haligacha to‘xtagani yo‘q xudoga shukr.
Endigi maqsad "Bugun dushanba-365 kunlik marafon"imni o‘zim uchun boshlamoqchiman.
Qoidalar:
1. Erta tongdan uyg‘onib 1000 qadam sayr qilish. Yengil yuraman.
2. Sayr davomida foydali audio eshitaman. Hotirjamlikka erishish uchun.
3. Kunni ehson bilan boshlayman. Ehson qutichamga pul solaman.
4. Kun davomida 30 betgacha kitob o‘qiyman.
5. Kunlik hisobotni telegram kanalimda yoritib boraman.
Agar siz ham yangi yilni boshidan hayotingizda burilish qilmoqchi bo‘lsangiz shu marafonda qatnashib ko‘ring. Kommentariyada izoh qoldiring. Guruh tashkil qilamiz va guruhda ham birgalikda o‘zimizni yangi darajaga olib chiqamiz. Guruhda nazoratchi-koordinatorlar tayinlanadi. Rejamiz ish bersa ma'lum bir kunlarda audio chatda darslar ham o‘tishimiz mumkin. Aytaylik siz targeting bo‘yicha mutaxassissiz va beg‘araz o‘rgatish istagingiz bo‘lsa dars o‘tib berasiz.
Ertaga 1-kun! #bugundushanba
Postni do‘stlaringizga ham ulashing. Ular uchun ham manfaatli bo‘lsin.
@kitobxorr
Bu buvijonni yoshlari 67 da ekan. Ertalabki sayrga chiqibdilar. Boshlaganlariga 2 kun bo‘libdi. Kuch quvvat bersin buvijonga. O‘rnak olish
kerak!😊
Nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilishi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi zarurligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda ushbu korxonalar 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Shuningdek, ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Prezidentimiz tarjimonlikdek mas’uliyatli mehnatni munosib rag‘batlantirish uchun ulug‘ shoir va tarjimon Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etishni taklif etdi.
Hududlardagi bolalar kutubxonalari bosqichma-bosqich bolajonlarimizning sevimli maskaniga aylantirilishi ta’kidlandi.
(#)
@kitobxorr
Rostdan ham bu mavzuda gapirish tabu, yoki gapirmaganimiz uchun tabuga aylangan yana yoki gapirmaganimiz uchun tabu deb o‘ylaymiz.
Kitob yengil o‘qiladi. Bir o‘tirishda 2 soatda tugatdim. @kitobxorr
Shu ijtimoiy rolikni shogirdlar bilan syomka qilgan edik. Videoni ko‘rib fikr-mulohazalaringizni qoldiring. G‘oya ideasi instagramdagi para.uz'dan olingan.
Читать полностью…Dasturxonga tikilgan investitsiya ikki dunyoda ham foyda keltiradimi yo‘qmi bilmadimku lekin oxirgi manzili hojatxona bo‘ladi. @kitobxorr
Читать полностью…Assalomu alaykum. Bugun marafonni boshlaganimizga 1 hafta bo‘ldi. Davomli bo‘lsin.
Читать полностью…#bugundushanba 5/366
Bugun marafonning 5-kuni. Ertalabki sayrga chiqqanlar taassurotlaringizni izohda yozib qoldiring.
Yurish: 1400 qadam
Kitob: erta tongdan 30 bet o‘qidim.
Sana: 07.01.24
Ob-havo: 7°
Post tahrirlandi: kun davomida 10k qadam yurdim, 50bet kitob o‘qidim.
@kitobxorr
#bugundushanba 4/366
Bugun marafonning 4-kuni. Ertalabki sayrga chiqqanlar taassurotlaringizni izohda yozib qoldiring.
Yurish: 3000 qadam
Sana: 06.01.24
Ob-havo: 3°
@kitobxorr
Men biror kitob o‘qisam va u kitobda zo‘r qoida yoki fikr bo‘lsa, menga shu fikr juda ham kuchli ta'sir qiladi va shuni ta'sirida 2-3 kun shu qoidani hayotimga tadbiq qilaman zo‘r qoida ekan natijasi zo‘r bo‘lar ekan deb yuraman, keyin ta'siri so‘nishni boshlagach haa dabdala qoida ekan, ish bermadi menda deyman. Rostan ish bermaydi-da, ish berganda nega menda hali shu qoidani boshlamasimdan oldin o‘zgarish kuzatilmadi. Demak o‘sha olim/yozuvchi/muallif aldab kitobiga yolg‘on ma'lumot qo‘shgan va odamlarni aldab soqqa qilyapti. Rostda mablag‘ ketkazib kitobni sotib olib, ko‘zim nurini ketkazib varaqlab, vaqtimni ketkazib o‘qib chiqsamu u qoida ishlamasa nima degan gap, demak men xato qilmayapman to‘g‘rimi? @kitobxorr
Читать полностью…#bugundushanba 3/366
Bugun marafonning 3-kuni. Ertalabki sayrga chiqqanlar taassurotlaringizni izohda yozib qoldiring.
Yurish: 2800 qadam
Sana: 05.01.24
Ob-havo: 6°
Post tahrirlandi: bugun 13k qadam yurdim, kitob o‘qilmadi.
@kitobxorr
#bugundushanba 2/366
Bugun marafonning 2-kuni. Kayfiyatlar yaxshimi? Ertalabki sayrga chiqqanlar taassurotlaringizni izohda yozib qoldiring.
Yurish: 2800 qadam
Sana: 04.01.24
Ob-havo: -1°
Post tahrirlandi: bugun 14k qadam yurdim, ertalab ehson qutisiga pul soldim, 30 bet Ruhiy tarbiya kitobidan o‘qidim.
@kitobxorr
#bugundushanba 1/366
Bugun marafonning 1-kuni. Oxirgi kungacha sabr va matonat, intizom bilan yaxshi tomonga o‘zgarib yetib borish nasib qilsin.
Yurish: 2500 qadam
Sana: 03.01.24
Ob-havo: 0°
P. S) marafonni boshlaganlar kommentariyada natijani yozib qoldirsangiz bo‘ladi.
@kitobxorr
Bu statistika keyingi yilgi natija bilan solishtirish uchun shu yerda tursin. Hech kim tegmasin😁)
Bu yil kanalga tashrif buyuruvchilardan ko‘ra tark etuvchilar ko‘p bo‘ldi. E'tibor bilan yuritilmadi o‘zi. Shu sababli bo‘lishi kerak.
31.12.23 holatiga ko‘ra kanalda 901 nafar obunachi bor.
Sizda ham telegram kanal bo‘lsa natijangizni kommentariyaga jo‘natishingiz mumkin. @kitobxorr
Men shu paytgacha qilgan ishlarimni kimlargadir yaxshi ko‘rinish, e'tirof etilish, yoqish uchun qilgan ekanman va bu meni eng katta qilgan xatoligim bo‘lgan. Ya'ni yaxshi ko‘rinish uchun yaxshi munosabatda bo‘lganman, yaxshi ko‘rinish va yaxshi kadr deb o‘ylashlari uchun harakat qilganman, yaxshi g‘oyalar berishga harakat qilganman (lekin paxtakorlik va laganbardorlik qilmaganman), lavozimim oshishi uchun yaxshi ishlashga va yaxshi e'tirof etishlariga harakat qilganman. Yaxshi ko‘rinishga harakat qilganman, mas'uliyatli deb o‘ylashlari uchun vazifalarni tezroq bajarishga harakat qilganman. Tushundinglarmi? O‘zi qolib bandaga yoqishga harakat qilganman. Shunaqa odamman men.
Sizda ham shunaqa holat bo‘lganmi? @kitobxorr
Qizim 20 daqiqadan beri o‘zim kiyinaman deb qaysarlik qilib jemperini yoqasidan qo‘lini chiqarib olyapti, keyin ortga qaytarolmay qaysarlik qilib chiyillab yig‘layapti. Kel yordam beray deb to‘g‘irlab chiqarib qo‘ysam o‘zim deb battar qaysarlik qildi. Keyin o‘zim ham jemperimni yoqasidan qo‘limni chiqarib ortga qaytarib ko‘rsatib berganimdan keyin ozroq qiynalib o‘rganvoldi😂)
@kitobxorr
#MeniEshiting #BolalarniAsraylik
Oilada farzandni tarbiyalash, unga asosiy e’tiborni qaratish va eshita olish — bolaning kelajakda kamol topishi va rivojlanishidagi muhim omil.
Bola har bir so‘zi va fikrini namoyish etar ekan, o‘z yaqinlari tomonidan uni tinglashayotgani, oilada unga nisbatan befarqlik hissi uyg‘onmaganligini ma’nan his qiladi, natijada undagi bor qobiliyat namoyon bo‘la boshlaydi, maqsadi sari intiladi.
Bolaga beparvolik, uning qadr-qimmatini oyoqosti qilish, salbiy muomala va jazo unga nisbatan zo‘ravonlikdir. Bugun bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga ko‘z yumishni to‘xtatish har qachongidan muhim ahamiyatga ega. Albatta, bolalarning huquq va erkinliklari, ularning manfaatlarini himoya qilish ham davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy himoya siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.
Aziz ota-onalar, hayotiy turmush va ruhiy holatingizdagi salbiy jarayonlar sabab o‘z farzandingizni umid ovozlarini eshitishni unutmang, murg‘ak qalbini sindirishga yo‘l qo‘ymang.
“Meni eshiting” PR-kampaniyasining ishga tushirilishida zo‘ravonlikka uchragan va undan aziyat chekayotgan bolalarning baralla yangraydigan ovoziga aylanishiga katta umid bog‘ladik. Bu orqali bola hayotida ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga, ular uchun xavfsiz muhit yaratishga sezilarli darajada hissa qo‘shishiga ishonamiz.
Keling, birgalikda har bir farzandimizga xavfsiz o‘sishi va rivojlanishi yo‘lida muhabbat va g‘amxo‘rlikka to‘la dunyoni taqdim etaylik. Bizni qo‘llab-quvvatlang — zo‘ravonliksiz mo‘jizakor bolalikni yarating!
#Ijtimoiy_rolik
Sizni farzandingiz ham har kuni shu holatlardan biriga tushishi mumkin.
"YUKSALISH" Sirdaryo filiali
Kitobxo‘rlarning qanaqa darajalari bor?😁
1) Embrion bosqichi😂 O‘zingiz ilk bora kitob o‘qishni maqsad qilgan bo‘lsangiz yoki farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtirmoqchi bo‘lsangiz oddiy va sodda, hajmi kichikroq bo‘lgan kitoblardan boshlang va boshlang‘ich kunlariga kam-kamdan lekin davomiy tarzda mutolaa qilib boring. Shu zaylda 1-kitobni yakuniga yetkazganingizdan so‘ng esa o‘zingizni mukofotlang. Nimadir sovg‘a qiling o‘zingizga/farzandingizga. Sekin asta qiziqish uyg‘ona boshlaydi.
2) Go‘dak bosqichida kitobni tugatish qiyin va mashaqqatli ish emasligini anglab yetasiz. 4-5 kitobni tugatgach sekin asta kitobga muhabbat paydo bo‘lishni boshlaydi sizda.
3) Ilk kitobxonlik davrida 9-10 kitobni mutolaasi ancha tezlashadi. Kitob hajmi qalinlasha boshlaydi va sizda endi o‘zizdan bir avliyoni yasab olgandek tuta boshlaysiz. O‘qigan kitobingiz atiga 4-5 ta lekin olamni ag‘dar to‘ntar qilgan ilmni o‘zlashtirgandek tuta boshlaysiz o‘zizni.
4) Soxta kitobxonlik davrida siz 10-15 ta kitobni o‘qib tugatgan va avliyolik qilishdan charchab huddiki har kuni kitob o‘qimasangiz bir narsa bo‘b qoladigandek tutasiz o‘zizni, uyqumda ham kitobni ko‘rdim degan story'larni qo‘yasizmiyey, yoki kitoblardan iqtibos keltiraverib odamni joniga tegasizmiyey hullasda.
5) Sof kitobxonlik bosqichida esa yuki og‘ir kitoblarga qiziqishiz ortib chala-chulpa tushunib og‘zizdan so‘lagiz oqib vaaaav zo‘r kitob ekan deb hammaga maqtab yurasiz, lekin aslida hech narsani tushunib yetmagan bo‘lib chiqasiz. Buni tushunish uchun keyingi bosqichga chiqish kerak bo‘ladi.
6) Ilk kitobxo‘rlik bosqichi. Bu bosqichda tanlab kitob o‘qish odati ilk bor namoyon bo‘la boshlaydi va kitob tavsiya qilish qanchalik qiyin ish ekanligini anglab yeta boshlaysiz.
7) Kitobxo‘rlik bosqichida esa siz oylab kitob o‘qimasligingiz, kitob tanlashda mashaqqatga uchrashingiz. Kitob to‘la magazinga kirib hech narsani his qilmasdan kitobsiz qaytib chiqishingiz va hattoki oldin inkor qilgan yo‘nalish va mavzularga aloqasi bo‘lgan kitoblarni harid qilishingiz, yangi yo‘nalishni kashf qilishingiz mumkin bo‘ladi.(bu bosqichni pastdagi gifda ko‘rishingiz mumkin😂)
Savol: siz hozir qaysi bosqichdasiz?
Kitobxo‘r do‘stimizga ulashib qo‘yamiz😉@kitobxorr