kitobxorr | Неотсортированное

Telegram-канал kitobxorr - Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

559

Aloqa uchun @ismoil_psixolog

Подписаться на канал

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kitob o‘qishga umuman qiziqishi bo‘lmagan farzandni majburan kitob o‘qishga da'vat qilish (jalb qilish emas da'vat qilish) hech qanday samara bermaydi. Balki bola amaliy mashg‘ulotlar, nimadir yasashga qiziqar. Qiziqishiga yo‘naltirgan holda o‘zi tanlagan sohani ozroq o‘rgangach shu bo‘yicha o‘quv kursi yoki shu tematikada kitobga yo‘naltirsa effektivligi ancha yuqori bo‘ladi. @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Tinch yurtda tug‘ilganimga va hotirjam uyg‘onganimga shukr.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Huddi shu usulda so‘zlarni ketma-ketlikda, birma-bir qanday chiqarsa bo‘ladi? Buning uchun 6 ta slayd varaqasi kerak bo‘ladi va keyingi varoqga o‘tilganda bitta ko‘paytirib qo‘yiladi, eng so‘nggi varoqda to‘liq hamma jumla ko‘rinadi. F5 knopkani bosib, to‘liq slayd namoyon bo‘lganida keyingi o‘tkazish knopkasini bosilsa so‘zlar bittaga ko‘paygandek taassurot qoldiradi. @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kitoblar qanday o‘qiladi?😁 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Hammaga salom🤚SHu kitobni kichik bir fragmentiga videokontent olyapman😁

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Boyagina miyamga bitta zo‘r marketing plan kep qolgandi. Qanday bo‘larkin deb o‘ylanib kitob o‘qishni boshlavorsam shu paragraf boshlanib qoldi😂

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Farzand otasi bilan uyda qolganda degan video🤣🤣🤣🤣

O‘tgan hafta yakunida olingan edi.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

#kun_hikmati

Bugun kitob o‘qigan odam ertaga televizor ko‘rgan 10 ta bolani boshqaradimi yo‘qmi bilmadim-ku, lekin kitob o‘qigan odam ham kam oylikka ishlashi va hattoki ishsiz qolishi mumkin.
So bo‘lasla😁

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Qaysi kitobdan? @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ertaga soat 10:30da Book.uz kitoblar do‘konida tarjimon Ibroxim G‘ofurovning yangi tarjima asari - Fyodor Dostoyevskiyning "Ayrilmas er" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tarkan.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kod buzar kitobida olimlar, tadqiqot o‘tkazayotgan doktorantlar olti oy, bir yil muddat davomida tadqiqot o‘tkazib keyin natijasini maqola qilib chiqarishi haqida o‘qib o‘tirgan paytimda turmush o‘rtog‘im telefon qilib shu bir haftani ichida 2 ta maqola chiqarishim kerak ekan, yozib berasizmi deb qoldi. Mayli dedim keyin😁 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Niyat qilishda ehtiyot bo‘ling😁 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Goldenbooks'ga yangi hodim kelibdi😁

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

1984'da biz bolali bo‘lolmaymiz chunki partiya shuni xohlaydi degan joyi bor edi shekilli😁 (#)

Mobodo bilmasdan shu ta'qiqlangan ishni qilib qo‘ysa rektor nomiga tushuntirish xati yozdirib, ota-onasi chaqirtirilib "yoshlarning ma'naviy axloqiy qadriyatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi'' deb rasmga tushurib protokolga tikib qo‘yilsa kerak.

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Baqirtirmaydigan bolalar kitobini yozyapti😁 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

#videokontent

Kitob o‘qish bizga nima beradi?

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Bugungi kunda Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga ta'lim olishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishida va boshqa turdagi bir qator qulaylik va imkoniyatlar yaratilayotgani jamiyat uchun ham, bu insonlarga ham foyda keltiradi. Integratsiya jarayonini tezlashtiradi. O‘tgan yili Guliston shahrida zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar maktabi "Nurli maskan'' faoliyatini boshlagan edi. Shu maskan o‘quvchilari o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini o‘tkazilibdi.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Shu saytdan foydalanib slaydlarni oson tayyorlashingiz mumkin, taqdimot uchun kerak bo'ladigan ikonka (nishon, belgi)larni ham topsa bo'ladi. Har xil mavzularda tayyor shablonlar mavjud.
@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

#videokontent

Qaysarlik qilib tortishishni oqibatlari haqida

Robert Grinning - Hokimiyatning 48 qoidasi kitobidagi qisqa fragment haqida videokontent oldim. Xato va kamchiliklar bo‘lsa to‘g‘irlayman. Jarayondan mazza qildim. Yana yangi videolar olish rejada bor)

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Sen mutolaa qilayotgan kitobingda seni fikrlaring/qarashlaringni qo‘llovchi fikr-mulohazalar borligi o‘zgacha bir kuch beradi odamga. Ehheee meni gapimku devorasan.

Harakatga undaydi. Kitob huddiki sen uchun yozilgandek tuyuladi. @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Havo juda ham toza☺️

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Assalomu aleykum do'stlar. Ozroq kutish va qisqa tanaffusdan so'ng hususiy sektorda ish boshladim. Mendan yangi idea berish, tinimsiz kitob o'qish va yangi g‘oyalarni sinab ko‘rish talab qilinyapti. Bir paytlar kitob o‘qib o‘tirsang, senga pul to‘layverishsa deb o‘zimcha niyat qilgandim shunga erishdim😁) Ish boshlaganimga 1 hafta bo‘ldi va muhit juda ham yoqyapti.

Og‘rimagan boshlaringni har xil postlar bilan og‘ritgan va qaysidir ma'noda kayfiyatingizga ta'sir qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. Va rahmat aytaman.

Hozir Robert Grinni "Hokimiyatning 48 qoidalari" kitobini o‘qiyapman. Ajoyib qoidalari bor ekan. Videokontent olishni reja qilib yuribman. Batafsil shunda gapirib beraman😇

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Intellektual mulk o‘g‘rilari bu qilmishlari chinakam o‘g‘rilik sanalishini, buning uchun Yaratgannning oldida ham javob berishlarini, plagiat orqali topilgan luqma harom ekanligini bilmasmikan?

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/11/plagiarism/?utm_source=push&utm_medium=telegram

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

ARGOS (DXRA)da suhbat jarayoni qanday bo‘lib o‘tadi?

Hujjat topshirish, undan keyingi saralash bosqichi va test bosqichidan yetarlicha ball (ballni ish beruvchi tashkilotlarni o‘zi belgilaydi, ba'zida 60, ba'zida 70)ni to‘plab o‘tgandan keyin shaxsiy kabinetga suhbat bo‘lib o‘tadigan joy va vaqti yozilgan ma'lumot kelib tushadi. Kecha bitta yo‘nalish bo‘yicha suhbatga qatnashdim va yaxshigina tajriba bo‘ldi men uchun. Testdan 75 ball to‘plagan edim va suhbatga tayyor bo‘lmasdan keldim. CHunki oldin testdan o‘tolmaganman va suhbat jarayonida aytarli qatnashmaganman. Qaysi soha bo‘yicha hujjat topshirib testdan o‘tilsa shu sohaga oid qaror, farmoyishlar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida 5 ta savol berilar ekan (men yuqori ball to‘plasa suhbatdan o‘tish oson bo‘ladi deb o‘ylaganman😁). Aytaylik Ijtimoiy himoya milliy agentligini boshqarmasiga testdan o‘tib suhbatga kirdingiz va suhbatda sizga ijtimoiy yo‘nalishga oid, agentlik qaysi qaror asosida qaysi sanadan tashkil topgani, tarkibiy tuzilmalari haqida savollar tushish ehtimoli bor. Bu savollarga javob berilganidan so‘ng qo‘shimcha savollar ham berilishi mumkin. Nomzodlar to‘liq suhbatdan o‘tib bo‘lgach shu vaqtni o‘zida natija e'lon qilinadi.

Suhbatga kelgan nomzodlardan hech qaysi biri savollarga aniq javob bera olmasa nima bo‘ladi? Unda nomzod topilmagan hisoblanib vakant o‘rin yana qayta argosga chiqariladi.

Suhbatda kimlar ishtirok etadi? Suhbat jarayonida tashkilot raxbari/bo‘lim boshlig‘i, inson resurslari bo‘yicha mutaxassis, kuzatuvchi va argosdan vakil ishtirok etadi.

Ba'zi holatlarda yo‘nalishlarga nomzodlar soni ko‘payib ketadi. IHMA vakant o‘rinlariga 200 ga yaqin nomzod hujjat topshirdi. Bu holatda havotirga tushmasa ham bo‘ladi birinchi saralash bosqichini o‘zidan (mutaxassislik to‘g‘ri kelmasligi sababli) tahminan 50%ga yaqin nomzodning arizasi rad etiladi. Keyin test jarayonidan ham ko‘pchilik o‘ta olmaydi. Ya'ni nomzod soni ko‘pligi havotirga qo‘ymasligi kerak.

(ARGOS'dan bittada o‘tib ketaman deganlarga yuborib qo‘ying😁)

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

✅Farzandingizning ijobiy qahramoni bo`ling!

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Hozir ustingdan kulib izdevatsa qilayotganlar.

Hozirgi holatingga qarab kelajagingni nol qiymatda o‘ylayotganlar.

Ustingdagi biroz eskirgan, o‘tgan yilgi kiyimingni ko‘rib ensa qotirib kulgichlar.

Yurishing, turish turmushingga palonim, odam bo‘lmaysan, 10yildan keyin ham shu ahvolda yurasan deb osmondan keladiganlar.

Cho‘ntagingdagi buklangan, yozni issig‘ida xo‘l bo‘lib siniqqan pullarni ko‘rib eee mol deb hulosa qiladiganlarni fikriga kotta qilib o‘zingcha tupurmasdan saaal o‘ylab ko‘r, bir narsani bilmasa bekorga gapirmayotgandir shularam🙃

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Guliston shahridagi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona dam olish va bayram kunlari ishlamaydi deb o‘ylagan ekanman. Har kuni ishlar ekan. Bir haftadan beri shu yerda kitob o‘qib o‘tirib e'tibor bermabman shunga😁

Tashrif buyurganlar bormi?

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Sevishib yursa ilmdan uzoqlashadi deb ataylab shu ishni qilgan bu institut, sen uyatsizlar heyt qilb kulasanlar😒 haa o‘qisinda balo bormi sevishib😏

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Qiyinchilik paytda senga qarab turadiganlarni ham, yordam beradiganlarni ham ko‘rasan. @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Qayerlardan ish qidirish kerak?

O‘qishni bitirib diplom olsam hamma tashkilotlar "men seni ishga olaman" deb yalinib keladi deb o‘ylab yurganlar uchun eslatma: tezda bu fikringdan qayt. Ishni qayerdan qidirish kerak. Yoki qanday qilib biror tashkilotga ishga kirish mumkin.

1. "Katta tank'' seni bir og‘iz aytib ishga kiritib qo‘yadi va sen shu tanking uchib ketguncha mazza qilib erkalanib, yaltag‘lanib ishlaysan😁
2. Dastlab juda kam oylikka ishga kirib sekin tajribang ortgani sari oylik daromading, lavoziming ham oshib borishi.
3. Ilovalar, saytlar orqali ish izlash. Headhunter ilovasi (sal injiqroq ilova), ish.uz sayti, jobo.uz sayti, Uzjobs.uz sayti, linkedln'dan registratsiyadan o‘tish orqali mutahassislik bo‘yicha ish qidirish mumkin. Uzjobs.uz'da xalqaro tashkilotlardan vakansiyalar e'lon qilib boriladi va belgilangan muddatda shartnoma tuzish orqali yaxshi summaga ishga kirish mumkin, o‘zi yashaydigan hududida data collector bo‘lib ishlasa ham bo‘ladi. Ortiqcha hisobot, jadval talab qilishmaydi, rejadagi ishni amalga oshirsa va rejadan ortda qolmasa qo‘shimcha soat yozib oylikni yaxshi qilib berishadi.
4. Vacancy.argos.uz platformasidan. Staj va mutaxassislik diplomi zarur bo‘ladi, ma'qul deb topilgan vacansyga hujjatni onlayn topshirasan, keyin ko‘rib chiqib nomzodlar 8 tadan kam bo‘lsa suhbat bosqichiga, undan ko‘p bo‘lsa test bosqichiga o‘tiladi. Hozir davlat tashkilotlaridagi deyarli hamma lavozimga argos orqali o‘tiladi. Shu sababli universitetga kirgan kuningdan argos testini yechib praktika qilsang 4 yildan keyin testni yorib chiqadigan professional bo‘lib yetishasan.

Ish izlab yurganlarga jo‘natib qo‘yamiz😉 @kitobxorr

Читать полностью…
Подписаться на канал