OITSga chalinmaslik oldini olish maqsadida amalga oshirilgan gen injeneriyasi haqida
Xe Tsyankuy ismli Xitoylik olim CRISPRning ahamiyati ko‘lamini tushunib yetgach bir qator tajribalar o‘tkazishga kirishadi va OIV kasalligiga chalingan oilada jinsiy hujayralarga ma'lum bir ishlov berish orqali sog‘lom farzand dunyoga keltirish g‘oyasini amalga oshirib ilmni yangi darajaga olib chiqmoqchi va misli ko‘rilmagan shon-shuhratga erishmoqchi bo‘ladi. Erkak OIVga chalingan, ayol esa sog‘lom bo‘lgan oilalar bilan suhbat o‘tkazib tanlab olingan oilalarda tadqiqot ishi boshlanadi, ya'ni erkakning urug‘ hujayrasi genini OIV'dan tozalab ayolning tuxum hujayrasi bilan probirkada urug‘lantirib, hosil bo‘lgan zigota (1-ayolda egizak qiz, 2-ayolda qiz farzand) ayolga inplantatsiya qiladi. 7 oydan so‘ng muddatidan oldin egizak qizaloqlar dunyoga keladi va sog‘lom OIVga chalinmaganligi ma'lum bo‘ladi. Bu xabarni eshitgan olimlar tajribani inson ustida o‘tkazilgan qabih tajriba sifatida qabul qilib qarshi chiqishni boshlaydi. Va Olim Xe Tsyankuy genetik injeneriyada yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolari sababli 3 yil ozodlikdan mahrum qilinadi va 430ming dollar jarimaga tortiladi. Ya'ni tajriba so‘nggida sog‘lom qizaloqlar dunyoga kelgan, ammo o‘ziga yarasha xatoliklarga ham yo‘l qo‘yilgan. @kitobxorr
Taksida 2 ta abituriyent kitob o‘qib ketyapti, o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘rib. Men esa 4 yil bakalavr, 2 yil magistraturani o‘qib bitirib bir haftadan beri ishsiz yurganimni shu ikkalasiga aytaymi yoki aytmaymi? Nima deysizlar shu masalaga?😂
Читать полностью…Namangan shahridagi Shedevr Plaza mehmonxonasiga 4 kunga o‘qishga kelgandim, boyagina mehmonxonani liftiga chiqsam MFaktor'dagi akalar turibdi. Ozroq iliq suhbat qurdik, samimiy inson ekanlar. 22-sentabrda Sirdaryoga tashriflari bor ekan.
Читать полностью…Prezident matbuot kotibining kitob javoniga nazar
Bugun Prezident matbuot kotibi Sherzod aka Asadov davlat rahbari ish faoliyatiga doir rejalari bilan tanishtirdi.
Mening diqqatimni esa "krupniy plan"da ko'rsatilgan kitob javoni jalb qildi.
Demak, u yerda Prezident Shavkat Mirziyoyev qalamiga mansub ikkita asar, ko'p tomlik "O'zbekiston tarixi", "o'zbek tilining izohli lug'ati" kabi ish faoliyatida zarur kitoblardan tashqari badiiy adabiyotlar ham borligi juda quvonarli.
Masalan, Yual Hararining yaqinda ta'rif berganim 3 ta kitobdan iborat seriyasi va Baxtiyor Nasimovning "Столика с видом на планету" kitoblari ham javondan joy olgan.
Shuningdek, Shayx hazratlarining qimmatli "Ijtimoiy odoblar" kitobining borligi ham ajoyib. Qolaversa, biz endi matbuot kotibi Sa'diy Sheroziy she'riyatiga qiziqishini bilib oldik.
Menimcha, yuqori mansabli amaldorlarimizning tig'iz ish grafikidan vaqt topib, adabiyotga bo'lgan qiziqishi diqqatga sazovor va bemalol ko'pchilikka shaxsiy namuna bo'la oladi.
@panda_books
Buyruq chiqarish uchun hujjat asoslarini rasmga olib power pointga yuklab slayd qilib jo‘natadigan hodim faqat O‘zbekistonda bo‘lsa kerak🤣
Читать полностью…Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekslarga qo‘shimchalar faol muhokama qilinayapti, shaxsiy fikrimni yozaman…
Afsus, doimgidek, “og‘zingni och, ko‘zingni yop” usulida dumaloq-yostiq, trolling va xeytlar kam emas.
Bu cheklovlar bilan jamiyatimizning qadrli mezonlarini himoya qilishga umid qilayapmiz.
Oila, ayol, avrat, nikoh, farzand… hammamiz uchun, juda qadrli mezonlar!
Bugungi ahvolimizga qarang!
Kim qadrli mezonlarimizni xavf faktorlariga aylantirib yuborayapti!?
Masalan, dinimizda ayol kishining yuzi avrat emas, lekin e’tiqodni niqob qilib, yuzini tamoman yopib olgan “maqsadi nomaʼlum”, burqa kiyib olgan erkaklar qo‘lga tushdi, ular kimlar va maqsadlari nima?!
Avratni yopib yurish shart, lekin yuzingni ochib yur, Yaratgan yuzni avrat qilmadiku?
Jamiyat, qolaversa yaqinlarimizni xavfsizligi uchun bunga eʼtibor bermaslik mumkinmi?
*
Nikoh birinchi navbatda majburiyat!
Nikoh o‘qitib olib, uchta-to‘rttalab farzandni ko‘chaga tashlab ketayotgan “erkak”lar ko‘payib ketdi, bu statistika!
Davlatga ko‘rinmaydigan, qonunga asosan yordam berish mumkin bo’lmagan behujjat ayollar, bolalar keskin ortib ketdi, bu ketishda nima bo‘ladi?!
Nikoh, oila, farzand shunchalar beqadr bo‘ldimi?
Nikoh ta’qiqlanmadi, uni mustahkamlash uchun tartibga solinayapti: avval ro‘yhatdan o‘t, davlat har bir fuqaroni hisobini bilishi kerak!
Reklama birinchi bo‘lib qorni ochga taʼsir qilganidek, bitta oilani eplash qo’lidan kelmagan “qahramonlar”, dinimizda belgilangan aniq va juda og’ir shartlar va majburiyatlarga qaramay, bir kalla qand bilan nikoh o‘qitib olib, g‘o‘ddayib “alimentdan qochib yurishibdi”!
Bu nikohga isnod, ayolni ho’rlash emasmi!?
Farosat va diniy bilimi borlar tushunadigan cheklovni taʼqiq deb baqirayotganlar aynan shu “g‘o‘dayganlar” bo‘lib chiqsa hayron bo‘lmayman.
*
Nega kamsitishlarga jazo kuchayishi kerak!?
E’tiqod sababli kamsitish kabi sovet kasalidan qutulayapmiz, lekin milliy, etnik, “ko‘pchilik-ozchilik” niqobini kiyib olib, qolganlarni kamsitish, og’ziga urish, provokatsiya qilish, yo’q joyda nizo, adovat qo’zg’atishning maqsad-oqibatlari haqida soatlab yozish mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun huquqiy asos yaratilmoqda!
Oson bo‘ladimi huquqiy baho!? Albatta yo‘q, lekin qarab turmoqchi emasmiz! Amaliyot xato ko‘rsatsa, tuzatiladi, tahlillar to‘xtatilmaydi!
Albatta yozib, hammasini tushuntirish qiyin, ayniqsa o‘jarlik bilan ko‘zini ochishni rad etayotganlarga!
Lekin, bir narsani aniq aytaman, qonunlar ishlanayotganida mutaxassislar, soha bilimdonlari bilan maslahat qilinadi.
Siz tushunmayapsiz degani, xato degani emas! Muammolarni muhokama qilishni o‘rganishimiz kerak.
Qonunchilik palatasida xalq, millat, davlat, qadriyatlar haqida qarorlar yetmish marta o‘lchanadi, bu muhim qoida!
Gohida, hammaga ham yoqmaydigan, lekin hamma uchun zarur qarorlar ham qabul qilinadi, buni hammaga tushuntirib bo‘lmaydi!
Ba’zida himoya qilish ozor berish orqali bo‘ladi, davolash og‘riq bilan bo‘lganidek!
Harakatlar, qarashlar, fikrlar har-xil bo‘lishi mumkin, lekin maqsadimiz va O‘zbekistonimiz bitta!
Bir-birimizni asrashni o‘rganmasak el bo‘lolmaymiz!
@alisherQodir
Uch og‘ayni Remarkning qolgan asarlari kabi yo‘qotilgan bolalik, so‘ngan orzular, o‘lim xavfi va sovuq urush birlashtirgan askar birodarlarning birinchi jahon urushidan keyingi hayotini hikoya qiladi.
Otto Kester, Gotfirid Lens, Robbert Lokomp, ularning do‘stlari va ular uchun qadrli bo‘lgan Patritsiya Xolmon.
Asar do‘stlik, muhabbat hamda urushdan qolgan ko‘ngilsiz xotiralar, sevgan insoningni qayta ko‘ra olmaslik qo‘rquvi va baxtning aslida sarob bo‘lib chiqishi haqida. Robbert Lokompning aka ukasiday bo‘lib qolgan yaqin do‘stlari hamda uning hayotiga mazmun bag‘ishlagan Patritsiya Xolmon bilan o‘tkazgan qiziqarli sarguzashtlarini o‘qib zavqlanasiz. Qotib kulgan vaqtlarim ham bo‘ldi. Ammo oxirida Robbining do‘sti, sevgilisi bo‘lgan Patning o‘limini kuzatish judayam og‘ir bo‘ldi.
Balki Patning o‘limi ham asarda tasvirlangan muhabbatning qadr qimmatini bebaho darajaga yetkazgandir.
Mazmunli, chuqur o‘yga soladigan shu bilan hayotimizdan qoniqish hissini beradigan mutolaa bo‘ldi.
@kitobxor_ona
Ҳурматли вилоятимиз аҳолиси ҳамда меҳмонлари диққатига!
26-27 август кунлари Ўзбекистон Республикаси Давлат Мустақиллигининг 32 йиллиги муносабати билан "Янги ҳаёт учун - янги Ўзбекистон учун" шиори остида Ўзбекистон, Қозоғистон ва Тожикистон давлатларининг иқтисодий ва маданий форуми ўтказилади.
Шунингдек форум доирасида Сирдарё вилояти ташкил этилганлигининг 60 йиллигига бағишланган турли маданий-маърифий тадбирлар, қовун сайли, таомлар кўргазмаси, саноат ва савдо ярмаркаси, турли миллат вакиллари иштирокида бадиий кечалар ташкил этилади.
Юртимиз ҳамда хорижлик меҳмонларни форум ва сайлларга таклиф этамиз!
👉/channel/sirdaryoyangiliklari
Bizni davrimizda qonli jang bo‘lardi. Bitt jon berilardi, shunda ham foydalanolmasang onangni emgurlarni "haqiqat yo‘q, boydi bolasi kiradi faqat" degan gapiga va testda xato belgilangan javoblaring azobiga chidashing kerak edi😁
Читать полностью…🎊 Tez kunda yangi kitob!😍 🎊
"Sovuq urush" davridan keyin yaratilgan eng ahamiyatga molik kitoblardan biri
Samuel Fillips Hantington , 📕«Sivilizatsiyalar to'qnashuvi va yangi dunyo tartibi»
"Sivilizatsiyalar to'qnashuvi va yangi dunyo tartibi" kitobi, siyosatshunoslik nuqtayi nazaridan, ogohlikka chorlaydi. Hantington, bugungi siyosiy jihatdan uyg'oq dunyoda boshqa sivilizatsiyalarning o'ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlarimiz bizdan sivilizatsiyalararo ittifoqlarga birlashishni, boshqa millatlar bilan aloqalarda o'zaro hurmat va bosiqlikka rioya qilishni talab qiladi. Shu sababdan ham Hantingtonning ushbu kitobi nafaqat intellektual jihatdan yangilik ulashadi, balki chinakam siyosiy donolik alomatlarini ham o'z ichiga oladi.
(Zbignev Bjezinskiy)
Ushbu kitob uchun "Yangi asr avlodi" nashriyoti mualliflik huquqiga ega!
Tarjimon: Javlon Qodirov
Nashriyot: «Yangi asr avlodi»
Muqova: Qattiq
😊 Bizni kuzatib boring!
📚 @bookuzbekistan — yangi kitoblar
Аргос ҳақида
Давлат хизматларини ривожлантириш агентлиги (Аргос) зўр ишлаб чиқилган тизимлардан бири. Кўп фойдаланганман. Йўналишизга мос ваканцияни аниқлаб резюме жўнатасиз, мутахассислик тўғри келса номзодлар сони камроқ бўлса суҳбат босқичига, кўпайиб кетса тест босқичига ўтасиз. Резюме топшириш жараёнида ҳам стаж сўралади ва етарлича (адашмасам 3йил) стаж бўлмаса тизим қабул қилмайди. Тест босқичида 4та йўналиш Иқтисодий соҳа, Маънавият, Ҳуқуқий билим ва Акт йўналиши бўйича (баъзида 5-мутаҳассислик йўналиши ҳам қўшилади) умумий 40та савол ва 50 дақиқа вақт берилади. Яқинда 1-марта тестга кириб 57,5 балл билан тестдан йиқилгандим Иқтисодий ва Акт'дан кўп хато қилганман, бугун ҳам ҳудди шундай 57,5 балл тўплаб суҳбатга ўтмадим, лекин Акт (100%), Мутахассислик (60%), Ҳуқуқий (72%) тўплабман. Иқтисодий (14%) ва Маънавий (48%) дан кўп хатолик қилганман. Лекин қандайдир кўнглим тўлди. Тавсия қиламан, қатнашиб кўринглар, қизиқарли ва ҳаяжонли жараён. https://vacancy.argos.uz
Диплом маълумотлари ва асосий маълумотларни my.argos.uz орқали ўзингиз киритасиз ва сиз ҳақизда онлайн обективка шаклланиб туради. Магистратура дипломини эса университет кадрлар бўлими томонидан киритилади. Акс ҳолда танловда устуворлик берилмайди. Барчага омад🤝
P. S) ҳозирги ишимга номзод кам топширганлиги боис фақат суҳбат босқичи бўлган ва шундан ўтгач буйруқ чиққанди.
Guliston shahridagi Yuksalish akademiyasiga Navoiyshunos olim Akrom Malik hamda Mahalla radiokanali bo‘lim boshlig‘i Umida G‘affarova tashrif buyurar ekan.
P.S) borganda Kitobxo‘r kanalidan keldik deb aytsalaring oldinroqdan joy qilib berisharkan😁
Bugun televizorni otvorgin keladi😁https://youtu.be/lC6dIjIWZXw?si=pV_VSf_8hE1J-B4E
Читать полностью…Yakshanba kuni kursdoshlar bilan dam olish uchun Zominga bordik. Ishdagi charchoq, miyadagi bosim, tushkun kayfiyat umuman hamma-hammasi 2400 m balandlikka chiqib baqirish, havoning o‘ziga hos tozaligi, tabiatning go‘zalligini ko‘rib unutildi. Uzun Kanat qurilibdi, shishali ko‘prik qurilishi boshlanibdi. Keyingi safar oilaviy boramiz nasib qilsa, ungacha Kanat ham ishlab qolsa zo‘r bo‘lar edi😊
Читать полностью…Xalq bankidan ta'lim krediti olish uchun shanba-yakshanba kunlari ham murojaat qilish mumkin ekan. Bu zo‘r yangilik.
/channel/xalqbankinfo/3729
“Ziyo nashr – matbaa” XKda ustozimiz, tarix fanlari nomzodi, Turon fanlar akademiyasining faxriy akademigi Orif Ayupovning “Dunyo-siyosat-jamiyat” kitobining 13-nashri dunyo yuzini ko‘rdi.
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan qo‘llanma ma’lumotnoma 1000 nusxada chop etilgan.
Kitob o‘ngso‘zida keltirilishicha: “...13-nashriga 244 o‘zgartirish, to‘ldirish, aniqlik kiritish, yangilash amalga oshirilgan”.
P. S) qo‘llanma hajman kichik bo‘lsada ichida ancha ma'lumotlarni o‘zida jamlagan. Rasmiy lavozimlarga tayinlov uchun bo‘lib o‘tadigan suhbatdan oldin tanishib chiqilsa foydali bo‘ladi.
''Begona"
Аsar qahramoni Merso haqiqatdan ham begona edi, u jamiyat tomonidan o‘rnatilgan tartib qoidalari-u, rasm rusumlarga, insonlar tomonidan o‘ylab topilgan soxtaliklarga begona bo‘lgan inson edi.
Agar sen atrofdagilar o‘ylaganidek o‘ylamasang yoki ulardan ajralib tursang seni tushunishni ham va hatto eshitishni ham istashmaydi.
Kichik hajmli, ammo o‘zida juda chuqur falsafiy qarashlarni namoyon etgan asar ekan.
Merso onasi o‘lganida yig‘lamagani uchun insonlar nazdida toshbag‘ir, qotillik sodir etgani uchun ashaddiy jinoyatchi bo‘ldi. Men Mersoni yomon inson sifatida ko‘rmadim, chunki uning o‘zi to‘g‘ri deb bilgan fikri mavjud edi. Jamiyatning yillar davomida to‘plangan va standartlashtirilgan qoidalariga mos kelmagani uchun uni qatl etishdi.
@kitobxor_ona
Shu darajada ko‘p ma'lumot, xisobot, xabarlarni qabul qilib qayta ishlash oqibatida hozirgi kunda kitob o‘qiy olmaydigan bo‘b qolganman. Ish stolimda 1ta kitob turibdi, uyga qaytib Kod buzarni varaqlab qo‘yaman ha zamonda, undan tashqari yana qo‘shimcha o‘qib chiqishim kerak bo‘lgan kitoblar bor shularni ham tezda o‘qishim kerak lekin xohish yo‘q. Informatsiyadan ro‘za tutishim kerak shekilli, avvallari ora-orada shu usulni qo‘llash orqali sal bo‘lsada diqqatimni jamlab, hotirjamlikka erishardim, hozir miya faqat zudlikda kelgan topshiriqlarni bajarishga ustanovka bo‘b qolyapti.
Читать полностью…Xullas, nimadur xato: yo biz qandaydir omadsiz insonlarmiz, yoki mehnatimiz qadri yo'q.
Читать полностью…Bitaga biz yut
Qizimni ertalabki motivatsiyasi (tarjimonni aytishicha birgalikda biz yutamiz degan ma'noni berarkan😆)
Otalik so‘zi
Bola injiqlik qilib yig‘laganda dadasi ko‘ndirish uchun "yig‘lamasang katta bo‘lib uylanganingda to‘yingga Shoxjahonni karobkaga tiqib obkelaman" degan ekan.
Onam bilan otamdan so'rаgim kelmas yoshini
Bugun bollar bozorda maktabda kiyingani
Ona vatan bo'lmadi menga bu o'gay ayol.
https://youtu.be/q5rQmHjB4Rg