kitobxorr | Неотсортированное

Telegram-канал kitobxorr - Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

559

Aloqa uchun @ismoil_psixolog

Подписаться на канал

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

-4 yil bakalavr, 2 yil magistratura o‘qib nimani o‘rganding, nima yangilik kiritding?
Men: 👇

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги 2023 йилнинг дастлабки 6 ойи бўйича Ўзбекистонда камбағаллик даражаси бўйича статистикани эълон қилди. 

Унга кўра, Қорақалпоғистон камбағаллик даражаси энг юқори бўлган ҳудуд ҳисобланади (19,7 фоиз). Ундан кейин Сирдарё (19,5 фоиз) ва Хоразм (19,1 фоиз) вилоятларида камбағаллик даражаси юқори экани қайд этилган.

Шунингдек, мамлакатда камбағаллик даражаси энг паст бўлган ҳудуд этиб Тошкент шаҳри (8,5 фоиз) ва Навоий вилояти (9,2 фоиз) белгиланган.

Республика бўйича 1,3 млн камбағал оилалар мавжуд бўлиб, камбағаллик даражаси 14,1 фоизни ташкил этаркан.

Маълумот учун, қўшни Қозоғистонда камбағаллик даражаси 5.2 фоиз экан.

@nurbekalimov

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Eng omadli kun

2016 yil 8-fevralda repititorga pulini to‘lash uchun uyga yordam bo‘lsin deb med kollej diplomi bilan tuman tibbiyot birlashmasiga ekstrenniy laboratoriyaga kechqurungi smenada turish uchun ishga kirgandim. Bir yildan keyin o‘qishga kirganimda oyligimni kontraktim uchun yo‘naltirib qo‘ygandim. 4 yil davomida ancha yordam bo‘lgan. Yakshanba kuni 15 soatlik dejurdan chiqib darsga kirish qiynardiku lekin kontrakt pulim kamaygani sari yengillik his qilardim. Keyin magistraturaga kirdim va kontrakt uchun shu oylikni o‘tkazish davom ettirdim. Magistraturani tugatishim bilan ishdan bo‘shab ketaman deb reja qilib yurgandim (kuchli charchoq toliqtirdi anchagina) va bugun o‘z xohishimga ko‘ra ishdan bo‘shashga ariza yozib hammaga rahmat aytib sekin chiqib ketdim. O‘tgan hafta argos orqali bitta lavozimga ariza yuborib 78ta nomzod ichidan hujjatim keyingi bosqichga o‘tib testga kirib chiqib 58 ball to‘pladim (100dan). Bugun keyingi bosqichga o‘tolmadingiz degan xabar keldi. Kechki payt ishdan charchab uyqum kelib uyga kelsam yangi muvofiqlashtirish qaroriga ko‘ra shtatim sakrasheniyaga tushib turibdiku🤣

Huddi bir hammasi kutib turgandek, ataylab reja tuzvolgandek go‘yo. Butun boshli tizim ishingni yig‘ishtirib doktoranturaga topshir degandek tuyulyapti😁

Hullas bugun shunaqa kun bo‘ldi. Bunda ham bir hayr bor.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Shoshilib asabiylashib turgan paytingda bankomatdan pul yechvolay deb kelsang va bitta aka uzcard'ga humoni kartasini tiqib keyin enter tugmasini bosmasdan angrayib turib vaqtni bekor ketkazib, enterni bosib berganingdan keyin ham shuncha odamni kuttirib balans'ni ko‘rvolib, pul yechgandan keyin qancha pul qoldikan yana balans'ni ko‘rvolay deydiganlarga qonunchilikda qandaydir jazo chorasi bormi?😏

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

"G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q"
E. M. Remarkning qalamiga mansub bu asar sovuq jahon urushi davri voqealarini hikoya qiladi. Asar o‘zida urushda qatnashgan askarlarining jasorati hamda ularning bo‘rtirilgan vatanparvarlik ruhi haqida emas, aksincha urush tufayli oddiy insonlar va biz fashistlar deb atagan nemis xalqi(oddiy tinch aholi va urushga safarbar etilgan yosh askarlar) ning frontdagi umidsizlik va qiyin hayotiy vaziyatlarni boshidan kechirishini guvohi bo‘lamiz. Asardagi qahramonlar bu mudhish urush sabab, dunyoni qaytadan anglagani va o‘z yoshlariga nisbatan erta ulg‘ayganini, bu urushda hech kim g‘alaba qozonmasligi, barcha qiyinchilik yana oddiy xalqning boshiga muammo solishini to‘laqonli anglab yetadilar.

Remark asarlarida o‘ziga xos falsafiy fikrlar mavjud. "Qora haykal" asarini o‘tgan yili (men uchun biroz og‘ir damlar edi) o‘qigan edim, unda keltirilgan mashxur iqtibos: "Sen orzu qilib yetisha olmagan har qanday narsa, sen uchun baxtdek tuyuladi" , buni men Universitetga kirganimda anglab yetdim, men o‘qish, izlanish, har doim nimanidir o‘rganish insonga baxt olib keladi deb o‘ylardim va doim o‘qishga kirishni o‘zimning eng oliy maqsadim etib belgilar edim, qaysidir ma'noda, oilali bo‘lganimda ham, mening ba'zi bir muammolarim yechimi bo‘lishiga umid bog‘lar edim. Ollohga shukr hammasi yaxshi, kutganimdan ham, lekin talaba bo‘lishni o‘zi baxt bo‘la olmasligini, bir maqsadga erishgandan so‘ng yana boshqa maqsadlar va shunga yarasha to‘siqlar paydo bo‘lishini tushunib yetdim.

"G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q" asarida esa barcha qurolli mojarolarning paydo bo‘lish sababi davlat boshqaruvidagi insonlarning o‘zaro katta boylik, katta hududga ega bo‘lish, dunyoni qaytadan bo‘lib olish va boshqa moddiy manfaatlarni ko‘zlagani uchun yuzaga kelishini isbotlaydi. Qahramonlarning o‘zaro suhbati jarayonida ham ko‘rishimiz mumkin-ki: Davlat rahbarlarining o‘zi shu masalani hal qilib qo‘ya qolsa bo‘lmaydimi, ikta davlatdan vakil bo‘lib o‘zaro qo‘l jangiga kirishsa, yutgan g‘olib, yutqizgan mag‘lub bo‘lib, yutganni shartlarini bajarsa bo‘lmaydimi, degan jumlalardan anglab olishimiz mumkin.
Remarkning falsafiy olamiga sayohat ajoyib bo‘ldi. O‘zimga sovg‘a qilgan "Uch og‘ayni asarini boshlash uchun biroz tanafus qilishga qaror qilgan holda, Erix Fromning " Ozodlikdan qochish" kitobini o‘qishni boshladim.@kitobxor_ona

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Shuni bugun o‘zim sinab ko‘rdim, deklaratsiyani to‘ldirib kontrakt to‘lovidan 12%ini qaytarib olsalaring bo‘ladi. To‘lovni 15 kun ichida qaytaradi.

Faqat sayt ozroq qotib ishlaydi.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

6 yillik orzuimni ushalgani haqida

Avval ham yozgandim shekilli bakalavrga kirmasimdan va bo‘ydoqlik davrimda huddi shunaqa rasmga tushishni orzu qilardim. Orzu qilganimdanda ortiqroq yetishdim xudoga shukr. Kecha dissertatsiyamni zo‘r natija bilan himoya qildim. Jarayonni o‘zidan mazza qildim o‘zim. Tadqiqot uchun o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomada respublika bo‘yicha 203 nafar respondent qatnashib, ularning javoblari 3ta kategoriyaga bo‘lingan holda (turmush qurgan, turmush qurmagan va ajrashgan) tahlil qilindi. So‘rovnoma o‘tkazish niyat bo‘lsa eski versiyadan-qog‘ozga olmasdan onlayn oling umumiy baza shakllanadi va natijasi diagramma bo‘lib ko‘rinadi.

Orzu/harakat qilish va kitob o‘qishdan to‘xtamang do‘stlar.

Buvam yaqinda o‘qishing tugasa bo‘ldimi endi ishlaysanmi faqat deganlarida yo‘q yana davom ettirmoqchiman desam uffffff sen bola qachon mindey bir odamga o‘xshab hotirjam ishlaysan desalar bo‘ladimi?🤣

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

https://www.youtube.com/watch?v=_OnBV5WexEY

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Eslaringda bo‘lsa oprosnik o‘tkazgan edik. Shu oprosnikda 203 nafar respondent qatnashdi va bildirilgan fikrlardan oqilona foydalangan holda dissertatsiyani tadqiqot qismini zo‘r qilib grafiklar bilan yozdim. Jarayonni o‘zida mazza qilyapman. Grafalarni ham avtomatik chiqarib % ko‘rsatkichlarigacha hisoblab berdi. Men tahlil qildim halos. Menimcha bu bobda xatolik ketmadi. Xatolik bo‘lsa comment yozing to‘g‘irlayman hali vaqt bor.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ilmiy raxbarim bilan dissertatsiyamni yakuniy qismini yozmoqdamiz. Yonimdan bir daqiqa ham jilmay zarur maslahatlarni bermoqdalar. Himoyaga ham oz qoldi.

Qisqa fursatlik tanaffusdan so‘ng alangalik salom.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Betarbiya ota-onalar

Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarlik/jinoyatchilik/qotilliklarda asosiy aybdor ta'lim tizimidagilar deb topilishi va tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi bu muammoni yuzaga keltiruvchi omillar bilan ishlash emas shunchaki ochilgan deloni tezkor tartibda yopishga o‘xshaydi (aslida ham huddi shunday). Ba'zi holatlarda ota-ona bolasini maktab uchun tuqqan shekilli, ertaga huzur halovatini ham maktab ko‘rsa kerak deb o‘ylab qolasan.

Voyaga yetmagan shaxslarni tarbiyalovchi maskanlar bor va u yerdagi sharoit ko‘pchilik aholimizning uyidagi sharoitlardan ancha yaxshi va qulay. Issiq va shinam. Ma'lum bir muddat ushbu maskanda tarbiyachi/pedagog/psixologlarning mehnati singib tarbiyalanib chiqqan o‘quvchi o‘z uyiga ya'ni buzuq, bo‘g‘iq muhitga qaytib boradi shuncha qilingan harakatlar bir tiyin bo‘lgani qoladi xolos. Ota-onani o‘zi betarbiya bo‘lsa farzandini qanday qilib tarbiyalasin. Inson o‘zida yo‘q bilim/ko‘nikma/malakani qanday qilib bersin. O‘zi psixologik travmalarga uchragan bo‘lsa va farzandiga shaxs sifatida qarashni bilmasa nima qilsin? O‘zi o‘zgarishni, o‘sishni xohlamagan va farzandini ham kelajagini ko‘ra olmaydigan ota-ona qanday qilib orzu/maqsad qo‘yish/istaklar haqida gaplashadi fikr yuritadi? O‘zi umuman kitob o‘qimaydigan, oila qurishga psixologik, ijtimoiy tomondan umuman tayyor bo‘lmagan ota-ona qanday qilib farzand tarbiyalaydi sizningcha? Shunchaki o‘zi qanday tarbiya qilingan bo‘lsa shuni proyeksiya qiladi.

Dars qil eshak, iflos odam bo‘lmaysan deb emas, o‘zimiz ham farzandimiz ko‘z o‘ngida kitob o‘qib o‘rnak bo‘laylik. O‘zimizni isloh qilaylik. Jinoyatchilik, qotillik urug‘ini uyimizda jajji farzandlarimizni pok qalbiga qadab hamma chappasiga ketganidan keyin afsuslanib o‘tirmaylik. Unda ancha kech bo‘lgan bo‘ladi.

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ish jarayonimda Prokuratura, IIV bilan hamkorlikda ishlashga ham to‘g‘ri keladi. Ba'zi holatlarda mendagi tajriba va bilim yetishmasligini his qilib shu yo‘nalishda kitob o‘qib chiqishni reja qilib yurgandim bugun shu kitobni qarzga😁 xarid qildim. O‘ylaymanki o‘zimdagi ikkilanishlarga javob topaman. @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

-Kitob o‘qish senga nima beradi?
Men:

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ro‘za ramazon oyida uyalmaydiyam sharmanda😱😱😱

Tuman obodonlashtirish bo‘limi qayerga qarayapti😡 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Qilar ishni qilib aytgan gapini qareylar bu kishimni😒 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Sirdaryoda ajrim soni nimaga ko‘payib ketdi, psixologlar otti kallasiday oylikni olib ishlamayapti ayollar bilan degan savol/fikrga aniq javob bo‘libdi.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Orqa fonda qo‘ltiqtayoqda turgan aka mahallamiz yetakchisi (shu holatda yana tadbir tashkillashtiribdi bugun), ismi Elyor. Shu aka mahalladagi yoshlarni ancha munchasini birlashtirib har hil sport turlarida yuqori o‘rinlarni olib kelyapti. Viloyat bosqichida ko‘p marta 1-o‘rinni oldi. Omadini bersin.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

"ЛитРес" O‘zbekiston bozoriga kirib keldi

Elektron va audio kitoblar xizmati O‘zbekiston aholisi uchun Litres.uz veb-sayti hamda iOS va Android operatsion tizimlari uchun mobil ilovasini ishga tushiradi. Qolaversa, u .uz domenida o‘zbek tilida veb-sayt ochish bilan cheklanib qolmay, O‘zbekistonning 13 ta nashriyoti, jumladan, “Asaxiy kitoblar”, “Sharq”, “Adabiyot”, “Yangi asr avlodi” bilan shartnomalar tuzgan.

ЛитРес - 2005 yildan beri faoliyat yurituvchi rus elektron va audio kitoblar xizmati. Mualliflik huquqiga ega kitoblar bozoridagi ulushi bo'yicha u MDHdagi eng yirik gigantlardan biri hisoblanadi.

Litres.uz’dagi katalogga o‘zbek tilidagi 1500 nomdagi, shuningdek, rus va boshqa tillardagi kitoblar kiritiladi.

2023-yil oxirigacha assortimentni 4000 ta elektron va audio kitoblarga yetkazish rejalashtirilgan.

@panda_books

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kitobda aytilishicha hukumat katta tadqiqotlar o‘tkaziladigan laboratoriyalarni o‘zi qurmasligi, shunchaki laboratoriyada olib borilayotgan tadqiqotlarni moliyalash ishlarini o‘z zimmasiga olishi kerak degan g‘oya ta'kidlanmoqda. Ya'ni universitet/institutlarga erkinlik berilishi kerak. AQSh innovatsion texnologiyalarni moliyalashtirish ortidan GPS, internet, tranzistor, kompyuter va mikrochiplar dunyo yuzini ko‘rgan ekan.

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Bayram muborak bo‘lsin do‘stlar. Sog‘lik salomatlik va ruhiy hotirjamlik tilayman.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

⚡️Talabalar kontrakti uchun qilingan to’lovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

➡️ kontrakt;
➡️ nodavlat bog’cha va maktablar;
➡️ ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Shuncha gapni o‘ziga telefon qilib aytsa bo‘masmikanaa😏

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Bunaqa ijtimoiy so‘rovnomalardan hokimiyat, agentliklar tomonidan o‘tkaziladigan xatlov jarayonida ham bemalol foydalanilsa bo‘ladi. Ayollar daftari uchun xatlov, yoshlar uchun xatlov jarayonida necha minglab qog‘oz va vaqtni tejaydi. Qog‘ozga olib keyin excelga kiritib o‘tirish shart emas, avtomatik baza shakllanadi. Foydalaninglar.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Men uchun uzr so‘rash qiyin vaziyat yoki murakkablik keltirib chiqaruvchi jarayon emas. Vaziyatni yumshatish, menga nisbatan jahli chiqib turgan insonni fikrini o‘zgartirish maqsadida foydalanaman desam ham bo‘ladi. Ya’ni uzr so‘raganimdan keyin otrovleniya bo‘lib o‘lib qolmaganman shu paytgacha (otrovleniyadan ham o‘lish mumkinmi o‘zi do‘xtirlar qani). Agar mendan xatolik o‘tgan bo‘lsa va shu orqali vaziyat yaxshilanishi bilsam albatta no problem, lekin shunchaki aybdor bo‘lib qoladigan vaziyatimda biroz sukut saqlab eshitaman, bor iddaosini aytib bo‘lgach mendan o‘tibdi uzr deyishim mumkin lekin buni ham bosh urib yalinish yoki boshqa narsa emas shunchaki nizoli vaziyatni tezroq hal qilib hotirjam davom etishni istayman. Bu sen yerga urilmaysan yoningda turgan darg‘azab odamni yuqoriga ko‘tarib tomosha qilib turasan qani nima bo‘larkin deb u esa baribir men yutdim deb o‘zidayoq hursand o‘z ishiga ovvora bo‘lib ketadi.

Shu postni dissertatsiyani 2-paragrafiga yozdim, o‘chirmasam ham hech kim indamasaaa😁

Siz uchun uzr so‘rash qiyin jarayonmi?

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ikki yil oldin yozgan postlarimni qayta o‘qib chiqyapman. G‘irt ma'naviyatsiz bo‘lgan ekanman😂

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Men 1,5 yoshdaman😂 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

O‘ylanib o‘tirib, nima qilarini bilmay o‘tirgan paytda yozilgan kitob😁 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Bookbloger Nurali Karimov shaxsiy kutubxonasi haqida ma'lumot ulashibdi. Juda-juda havasim keldi. Ish stoli, hujra va kutubxonasi hammasi ideal darajada. O‘zim uchun shaxsiy-oilaviy kutubxona yaratish istagi yanada kuchaydi, hozircha stenka polkasida turib tursin kitoblarimiz. Sizlarga ham nasib qilsin shunaqa go‘zal muhit yaratish.

https://telegra.ph/SANTUAGARA-OF-LIBRARY-03-26

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Osh pishsa chaqiraslar, men xonamda bo‘laman😁 @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ayollar huquqini himoya qilish.

Читать полностью…
Подписаться на канал