kitobxorr | Неотсортированное

Telegram-канал kitobxorr - Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

559

Aloqa uchun @ismoil_psixolog

Подписаться на канал

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Buni ham ko‘rvorish joiz. https://youtu.be/HY3CcbPYm_o
@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Shu aka nima uchun tarixga qiziqmasligimni sababini tushuntirib beryaptilar😁
https://youtu.be/R9tAzp_N7oU

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Dunyoga sinchiklab tikilgan ko‘zlar
Mushkul bir holatni payqashga tushdi.
Qay tomonga boqmang, bari — yo‘lsizlar,
Tolelar ayqashu uyqashga tushdi.

Yetmish yil el yashab qur’on, tavrotsiz,
Erlar nochor qoldi, ayol avratsiz,
Zamon duradgori, asbob-yaroqsiz,
Ilma-teshik tomni yamashga tushdi.

Qor qora yog‘moqda, yomg‘ir za’faron,
Daryolar o‘rnida oqmoqda armon,
Har podsho o‘zicha chiqarib farmon,
Qolganlar bir-birin bulg‘ashga tushdi.

Yoqib bo‘lakeldik gazni, ko‘mirni,
Zimiston aylaymiz tez ona-erni,
Ko‘k yutar bundayin ulkan qabrni,
Odamning soyasi quyoshga tushdi.

Har yerda hokim haq, arboblar g‘olib,
Qonun shularniki, shularda qolip,
Eng katta aybdor bir yoqda qolib,
Jazoni boshqalar o‘tashga tushdi.

Na mayxona qoldi yurtda, na mehrob,
Na muqaddas qasr, na aziz kitob,
Ne-ne oltin boshlar ko‘rolmay oftob,
Nadomat tunida mudrashga tushdi.

Hayronman sen o‘zbek degan millatga,
Yeringni to‘ldirding maraz, illatga,
Ne javob aylarsan bunday kulfatga,
Qara, poydevoring nurashga tushdi?

Qani elni yaktan etgan donolar,
Qani uy fayzini tutgan momolar,
Qani «Birlash! Tiklan!» degan nidolar,
G’aflat og‘usimi yo oshga tushdi?!

Na shomda ishing bor, na tongda yoding,
Aroq, uyqu bo‘pti bor e’tiqoding,
Jahon sahnasidan o‘chmoqda oting,
Nomingdan boshqalar so‘zlashga tushdi.

Ko‘kda yo‘q Ulug‘bek ochgan yulduzlar,
Ko‘hna Urganchingni yemoqda tuzlar.
Yer osti ganjlaring begona ko‘zlar
Izlab, kovlab, tashib, gizlashga tushdi.

Nechun qoralaysan sen o‘z o‘tmishing,
Amir ham o‘z kishing, hon ham o‘z kishing,
Ko‘rarmanmi sening unib-o‘sishing,
Nechun parvonalar otashga tushdi?

Boyqarong qotilmish, Temuring xunxo‘r,
Manguberding zobit, xor, manglayi sho‘r,
Ne xarob millatsan, bormi biron zo‘r,
Ustunlar tiklanmay qulashga tushdi?!

Jannat O’zbekiston, jannating qani,
Shuncha mehnat qilding, mehnating qani,
Sig‘ingan, suyangan davlating qani,
Har daydi it seni talashga tushdi?

Hech kim o‘z moliga qo‘yolmas bahr,
Boru yo‘g‘imizni bilmaydi dunyo,
Hech kimdan so‘ramay-netmay ne yuho
Bu yurtdan qurbonlik yamlashga tushdi.

O’zing bo‘lsang eding o‘zingga qozi,
Har og‘ir-engilga bo‘lardik rozi,
Yetti yotlar qo‘yib nosoz tarozi,
Oqu qorangni kaj o‘lchashga tushdi.

Bilganing-ko‘rganing paxta bo‘libdir,
Aqling, tafakkuring axta bo‘libdir,
Yuz sariq, jigaring so‘xta bo‘libdir,
Nasling shajarasi butrashga tushdi.

O’zin, elin, tilin naqd sotgan kim u,
Bir tanda uch sotqin yashagani shu,
Buni sharaf bilib nechalar yohu,
Davrondan mukofot tilashga tushdi.

Davr devorida Qodiriy qoni,
Shimolga quladi janub Cho‘lponi,
Zahr ichdi billur jom tutgan Usmoning,
Qonli bazm soqiyni so‘rashga tushdi.

Xo‘sh, bugun-chi, yo‘qmi hech pok tiynat
O’n joyga xatlanar sal faol inson,
Kim u, har so‘qmoqqa qo‘yib yuz qopqon,
Har yo‘lni kim obdon bog‘lashga tushdi?!

Kimmish! O’zimizning bular palidlar,
Bular o‘zimizning abdullatiflar,
Yulduzlar ta’midan bebahra itlar
Oyni yaloq bilib uvlashga tushdi.

Kim emish! Barin goh sotgan o‘zingsan,
Bir-biringni g‘ajib yotgan o‘zingsan,
Kim bosh tiklasa tosh otgan o‘zingsan,
Axir, o‘z boshing ham shu toshga tushdi.

Keldi Mahtumquli aytgan bir zamon,
Unutdi «Yaxshilik» so‘zini yomon,
Obro‘ talashmoqda qurt bilan ilon,
Fillar pashsha bilan savashga tushdi.

Ilm, bu aslida tangrining nuri,
Hammaga teng ayon emasdir siri,
Ko‘pni olim etib qamchining zo‘ri,
Shogird ustoz bilan kurashga tushdi.

Kimning eri qattol, kimning ayoli,
Shundan bir-birida emas xayoli.
Rom etib o‘tkinchi tulporning yoli,
Ko‘plarning ko‘zlari o‘ynashga tushdi.

Aziz nimamiz bor ayoldan boshqa,
Kuyib bo‘lsalar-da ishda, quyoshda,
Nechun kirmakdalar yana otashga,
Qanday sharmandalik bu boshga tushdi?!

Tortilish kuchidan sobitdir olam,
Quyosh tegrasida sayyoralar jam,
Aslida mehrdan yaralgan odam
Burch yukidan bo‘yin tovlashga tushdi.

Inson bir tug‘ilar, qayta tug‘ilmas,
Azal bunyodkori qayta urinmas,
Asli rost narsalar qayta qurilmas,
Axir, suv boshqayu o‘t boshqa tushdi.

Ne ko‘rding Stalin bo‘lganda «otang»,
Ne berdi dovdirboy, parfe’l Nikitang,
Go‘yo Brejnev ham sening o‘z xatong,
Tirnog‘ingni kimlar kovlashga tushdi?!

Omon Matjon
@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ёмғирли кунларда деразадаги ёмғир томчиларига термулиб оҳиста дам олинг, барча муаммолар, ташвиш, иш-юмуш, уй-рўзғорни вақтинча унутиб мусиқани тингланг ва дам олинг)

Муаммолар бор ечими йўқ, муаммолар бор ечимига вақт керак ва муаммолар бор бироз тин олиб тиниқ мия билан тафаккур қилинса ечим келади. Ҳаёт аслида жуда осон ва завқли, биз олдимизга қўйган катта катта мақсадларимиз ортидан қувиб бугунги кун лаззатини англамаймиз.

#тингла
@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

https://youtu.be/m7NbkL2R6fY

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Men xudbinman, istaklarim ham
@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида пайпоқ ишлаб чиқариш🙃

Пайпоқ муаммоси ҳақида ёзадиган бўлсам. Қиролича Елизавета I (адашмасам шу) ўз ҳукмронлик даврида барчага тўқилган пайпоқ кийиб юришни жорий қилади. Бунинг натижасида кўплаб иш ўринлари яратилади, аҳолини бандлиги таъминланади. Бир куни битта ихтирочи уйга келса онаси билан синглиси уйқусираб пайпоқ тўқиб ўтирибди. Ихтирочи нега бир нечта игнани бир вақтда ишлатишни иложи йўқ деган саволни беради ва жавобини қидиради. Изланишлари натижасида пайпоқ тўқувчи ускунани ихтиро қилиб қироличани олдига патентлаб беринг деб югуриб қилган ишидан фахрланиб боради ва қиролича энсасини ҳам қотирмай биз аҳолини бандлигини таъминлаш мақсадида шунча қилган ишимизни бу ускунанг барбод қиладику, қанча одамзот бандсиз бўб қолишини тасаввур қиляпсанми бу бизага тўғри кемиди деб отказ беради. Ихтирочи кўп югурса ҳам бу ихтиросига патент ололмайди. Шу жойида китобда келтириб ўтилган бунёдкор бузғунчи ғоялар деган фикр зўр мос тушган. Шу жумла кўп ҳолатларни ёритиб берган.

Қиролича ростан ҳам аҳолини бандлигини ўйлаганми? Аслида бу муҳим критерия эмас. Агар шу ускуна патентланса ростан ҳам кўпчилик ишсиз қолиши мумкин лекин саноат ривожланиб аҳолида қўшимча бўш вақт бўлиши мумкин, кейин яна шунақа бунёдкор бузғунчи ғояларни эгаси янги янги ихтироларига патент сўраб келиши ва катта ўзгаришларни амалга ошириши мумкин бўлган. Ўз ўзидан бу қироличанинг ҳукмронлигига қора булут каби соя солишини эсаа улар билиб туриб ихтирочини кетига тепиб уйига жўнатовирган. Пайпоғинг қанча ўзгаришларни амалга оширганини кўрдингми,

@kitobxorr #мулоҳаза #иқтибос

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Bayram muborak bo‘lsin barchangizga❤️🌸🥳

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kotiba, Menejer va Raxbar birgalikda tushlik qilgani chiqishdi. Ular ko’chada eski moyli chiroqni ko’rib qolishdi. Chiroqdagi o’ymalar va rasmlarni ko’raman deb Menejer qo’li bilan chiroqni ustini tozalgan edi, kaaaatta bir jin paydo bo’ldi. Ularga qarab, “Tila tilagingni! Barchasini bajo keltiraman” dedi.

Kotiba “Men, men aytay birinchi, manylimi men! Axir ayol kishiman” qolganlar “hop” dedi.
Kotiba:
- Bogam orillaroda tez yurar katerlarda uchib, hech narsani o’ylamay yurishni istayman!
“Bajo keltirildi” dedi jin va kotiba yo’q bo’lib qoldi.
Menejer “Endi men! Maylimi?”
Raxbar “hop” dedi.
Menejer:
- Gavaya orollarida, go’zal qizlar davrasida, tugamaydigan ichimliklar ichida bo’lishni istayman!
“Bajo keltirildi” dedi jin va Menejer ham yo’q bo’lib qoldi.

Jin Raxbarga qarab, “Siz nima istaysiz?” dedi.

Raxbar o’ylab turdida:
- Ikkalasiyam obed vaqti tugashi bilan ish joyida bo’lsin. dedi.

Xulosa: O’zingizdan maqomda, martabada, yoshda va ilmda yuqorida bo’lgan, katta odam turganda oldinga o’tib ketmang. Bu har tomonlama siz uchun muammo bo’lib qaytadi.

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

#lifehack

Telegramda blog yurituvchilar uchun foydali tavsiya. Vaqtni tejash va xato, kamchiliklarsiz yozish uchun telefonizga klaviatura o‘rnating. Keyingi so‘zni avtomatika tavsiya qiladi, so‘zni ustiga bosib gap tuzib ketaverasiz xullas erinchoqlar uchun zo‘r dastur. Ruschada yozganda "йук", "хуп", "кисиб утир" kabi so‘zlarni ham xatosiz ravon yoza olasiz😁😂

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.ziipin.softkeyboard.uzbekistan

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

O'zbekistonda norasmiy "o'zbek kitobxonlar kuni" tashkil qilish kerak.

Keling, yoshlar bir kunni tanlashsin. Keyin o'sha kuni hamma ko'chalarda, internetda, kafe-restoranlarda qo'liga kitob ko'tarib yursin, talabalar tarmoqlarda rasmlar ulashsin, do'stlar bir-biriga "Happy Uzbek readers day!" deya kulib turgan emojilar bilan bezatilgan smslar yozishsin. Kitob do'konlarida super chegirmalar, tumonat odam bo'lsin. Milliy kutubxona oldida go'zal she'rxonlik kechasi tashkil qilinsin. Kitobxonlar kutubxonalarda bu bayramni pizza va sharbatlar bilan nishonlashsin... Va bayram oxir-oqibat sho'x-kuy qo'shiqlarga ulanib ketsin....

Mana shunga o'xshash pozitiv ommaviy ruh berish kerak yoshlarga...

Imho.

📱 @panda_books

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Rostan uchchala kitobini ham tarjima qilish kerak. Boykot e'lon qivoradimi, tevalaydimi baribir o‘qish kerak Harrarini kitoblarini. CHapGPT ommalashib turgan zamonda bu kitobni inkor qilish joiz emas.

/channel/Panda_books/4187

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Ular ilk marta uchrashganlarida 18 soat tinimsiz gaplashishdi, ana shu suhbat ikki ulug‘ psixologning taqdirini olti yilgacha mustahkam bog‘ladi. Freyd uni "Ishimni davom ettiradigan o‘g‘lim'' deb hisoblardi, shu sababli 1910-yilda ilk marta tashkil etilayotgan Dunyo psixoloanaliz uyushmasining birinchi prezidentligiga ham Karl Yung nomzodini ko‘rsatdi.

18 soat

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Bolaga kitob bering!

Mirzaobod tumani 3-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchi Asilbek Safaraliyev

@MirzaobodUz👇👇
/channel/+aRVf2yE50UM0N2Fi

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Oldin osmonga tosh otsang repititor bilan o‘quv markazini boshiga tushardi, hozir xususiy universitetlarni boshiga tushyaptikan😁

Nima bo‘lsa ham raqobat/tanlov imkoni bo‘lgani yaxshi. @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Yaqin davrlargacha o‘zimizda yosh ayollar/qizlar go‘sht yeyishi mumkin bo‘lmagan ekan. Prosta go‘sht kam bo‘lganligi va go‘sht sotib olishga aholining moddiy sharoiti yetmaganligi sababli ayol/qizlarga sen qariganingda go‘sht yeysan, hali senga bor, qiz bola go‘sht yesa uyat bo‘ladi kabi qarashlar bo‘lgan ekan.
@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

🎉🎉🎉 (#) @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

☕️Latte omili

Kitob bir kunda qancha miqdorda kofe ichish, qanday ichish, kofe ichish san'ati haqida bo‘lsa kerak deb o‘ylaganlar adashadi. Kitobni mutolaa qilish jarayonida kofeni o‘zing tayyorlab ichsang o‘lasanmi, zararli odatlaringdan voz kech, kashanda bo‘lmay har balo bo‘lgur kuniga 10k lik sigareting bir oyda 300k bo‘ladi, bir yilda 3,6 mln so‘m bo‘ladi yoki har kuni oliftagarchilik qilib 0,5 colani ko‘chada 500km joygacha ichmay ko‘tarib yurib reklama qilmasdan shuni pulini yig‘ib qarzingni ber insofsiz kabi fikrlar tinimsiz quloqlaring ostida jaranglab turadi va tabiiyki bu senga yoqmaydi. Atom odatlar kitobida kichik qadamlar bilan muntazam harakat qilish ortidan katta natijaga erishish mumkin degan g‘oya yotadi. Latte omilida ham huddi shu g‘oyani anglash mumkin. Senga zarur bo‘lmagan, ko‘pincha zarar keltirib qarzga kirib ketishingga sababchi bo‘ladigan holat/vaziyatlarni analiz qil va zarurlarini saqlab qol.

Bu kitobni mutolaasi orqali sen aslida sen o‘ylaganingchalik kambag‘al, qarzga botgan emasligingni anglab yetasan. Yo‘q o‘zi rostan qarzga botgansan, prosta kitob senga ozroq tasalli beradidaa😂

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Yakuniga yetgan ish haftasida shu kitoblarni mutolaa qildim. Ancha samarali mutolaa bo‘ldi. Latte omili tugadi, boshlanganiga 5 oy bo‘lgan Kitob bandasi 100 bet qoldi va Mamlakatlar tanazzuli esa qayta mutolaa jarayonida. Sizda nima gaplar? @kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kontrakt to‘lashim kerak, 2ta kredit bor, qo‘shimcha ozroq qarzlarim bor holda shu kitobni boshlavordim😁

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Умид бағишловчи китоб

Бу китобни ҳар қандай иқтисодий ва сиёсий билими бошланғич даражада бўлган ўқувчи қийналмай мутолаа қила олиши ва фикрлар оқимида сузиб мазза қилиши мумкин. Жуда ҳам кўплаб маълумотлар, сабаблар ва оқибатларни таҳлил қилиш ва нега деган саволга жавоб топишингиз мумкин. Ҳар ҳолда мен кўплаб саволаримга жавоб топдим.

Китоб муаллифлари экстрактив ва инклюзив йўналишлар орқали мамлакатларнинг ривожланиши ёки таназзули сабабларини таҳлил қилади. Экстрактив иқтисодий йўл монополиялар асосига қурилган, авторитар режим асосида бошқариладиган мамлакатларга ҳос бўлиб, у мамлакатларда элита қатлам бой бадавлат, халқ эса қашшоқликда ҳаёт кечиради. Ҳар қандай янгилик кучли қаршиликка юз тутади. Инклюзив йўналишда эса бойлик фақатгина элита қатлам қўлида тўпланмай балки халқ ҳам фаровонликда, қонун устуворлиги ва сўз эркинлиги таъминланган мамлакатда истиқомат қилади. Инклюзив сиёсий йўлни танлаш орқали инклюзив иқтисодиёт юксалади, инклюзив иқтисодиёт юксалиши ўз-ўзидан инклюзив сиёсий жараённи тўлдириб боради. Экстрактив иқтисодий сиёсий жараёнда ҳам шу жараённи кўриш мумкин.

Ривожланган давлатлар қонун устуворлиги, сўз эркинлиги таъминланган, халқ роҳат фароғатда яшаётгандек таассурот қолдириши мумкин. Англияда 700дан ортиқ монополия ҳукм сурган, АҚШ ҳам бир кунда ривожланган давлатга айланиб қолмаган. Ёки бошқа мисол: Халқ қашшоқ бўлишига қарамай Зимбабведа Зимбанк ташкил этган лотореяда ҳар йили Зимбабве президентига лоторея ютуғи чиқиши, қанчалик омадли инсон бўлганаа? Мао Цзедуннинг қарорлари оқибатида минглаб одамлар геноцид қилиниши. Либерия озод этилган қуллар учун шароит ва бошпана яратиш мақсадида ташкил этилган бўлсада у ерда истиқомат қилувчи аҳолининг чорак қисми қулдорликдан азият чеккан, қулдорлик шу даражага етганки қабилалардан бир нечтасида коҳинлик вазифасини бажарувчи коҳин худо билан суҳбатлашиб айбдор халқ вакилларини авф этишини сўрайман деб оммани манипуляция қилади. Катта бир ғорни ичига гунохкорларни киргизиб худо билан юзлашасан дея алдов ишлатиб ғорни нариги томонидаги йўлдан опчиқиб сотиб юборган. Шу ғор орқали 100минглаб маҳаллий аҳолини ғор ютиб юборган. Ҳар қандай жиноятчини қул қилиб сотиш авж олган. Ҳуллас қизиқарли ва мароқли мутолаани соғинганлар учун ажойиб китоб. Ўқинг, фикр қилинг.

@kitobxorr #тақриз

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Bahorning ikkinchi Jumasi muborak bo‘lsin.

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

#тезкор Хотин-қизлар байрамини нишонлаш қатъий таъқиқланди😱
@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Нега доим ҳам фаровонлик йўли танланмайди?

Ҳозирда Мамлакатлар таназзули сабаблари китобини ўқимоқдаман. Мендаги кўплаб стереотипларни синдиряпти деб айтгандим. Саволларимга жавоб топябман. Конго ҳақида қизиқарли маьлумотни келтириб ўтмоқчиман: Конго мустақилликка эришгач 1965-1997 йиллар мобайнида Жозеф Мобуту ҳукмронлиги даврида Конго узлуксиз иқтисодий пасайиш ва мунтазам қашшоқликни бошидан кечирган. Иқтисодий ўсиш бўлмаса демак ҳукмдори ҳам жаа мазза қиб яшамаган эканда деб ўйдаингми? Барча бойликлар саройга ва сарой атрофида тўпланган кланлар томон оқиб келаверган. Халқ ночор - ҳукмдор эса ўз туғилиб ўсган Гбадолите шаҳрида жуда катта аэропортга эга сарой қурдирган. Аэропортга Air France компаниясидан ижарага олиб турадиган Concord номли товушдан тез ҳаракатлана оладиган самолёти қўна олган ва шу самолёт орқали европага саёатлар амалга оширилган. Европада қасрлар, Брюсселда жуда катта ер майдонларига эгалик қилади. Аслида Мобутуда ҳалқ фаровонлигини таьминловчи қарорлар қабул қилиб, иқтисодиётни инқироздан олиб чиқувчи қарорларни қабул қилиши ва шу орқали Concordни арендага эмас сотиб олиши ҳам мумкин эди лекин у галварсни калласи шетга кеганда ишламай қоган😁

@kitobxorr #мулоҳаза

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Jamiyat erishgan taraqqiyot uchun belgilab berilgan, dasturlashtirilgan hayot tarzining o‘zi yetarli. Fuqarolar turli teleseriallar yoki turli yengil tomoshalarni, shoularni ko‘rib kun o‘tkazishadi. Ana shu seriallar va shoularni, har xil yengil-yelpi, mazmunsiz tomoshalarni berilib, qizg‘in muhokama qilishadi, ana shu ermaklar ta'sirida yashashadi, umrlarini behuda va samarasiz o‘tkazishadi. Ularning hayot mazmuni-mana shu ommaviy tomoshalar va dasturlardan iborat. Hech qachon kitob haqida, ota-bobolari haqida, xotira haqida, ilohiyot to‘g‘risida gaplashilmaydi. Boshqacha aytganda, xuddi hayvonday hayot kechirishadi.

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

#lifehack

Ish yoki o'qish jarayonida pdfni wordga o'girish yoki shunga o'xshash operatsiyalarga ancha vaqt sarflardim. Bitta sayt orqali hammasi oson ekan. Hozirgina kursdoshimdan o'rgandim😄😎

https://www.ilovepdf.com/ru

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Keldi bahooor ish fasli bu😂

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Kitob o‘qish kodeksi

Shunaqa nomli kodeks, va belgilangan qonunni buzganlarga ya'ni kitob o‘qimaganlarni javobgarlikka tortish sxemasi ishlab chiqilsa qanday bo‘lardi?

Tugatilmagan kitob uchun kitob o‘qish kodeksining 1-moddasiga ko‘ra 5 sutkalik majburiy kitob o‘qish jazosi bilan jazolansin.

Tugatilmagan kitobi turib qo‘shimcha yana yangi kitobni o‘qishni boshlagani uchun (bu holatda qo‘shimcha kitoblar soniga qarab javobgarlik ortib boradi) kitob o‘qish kodeksining 2-moddasiga ko‘ra har bir kitob uchun qo‘shimcha tarzda (1-modda asosida) 5 kunlik kitob o‘qish jazosi qo‘llaniladi.

O‘zidan kitobxo‘r yasavolib 4 oylab kitob o‘qimaslik ham kitobiy javobgarlik sababchi bo‘lib bunday holatda kitob o‘qish kodeksining 3-moddasiga ko‘ra tegishli tartibda kutubxona qamog‘iga olish va kunlik harajatlarini ham o‘ziga yuklagan holda 4 oy muddatga kitob o‘qishini ta'minlash.

Kitob o‘qishdan asossiz tarzda bosh tortish, kitobga nisbatan hurmatsizlik harakatini namoyish etish va uyida kitob to‘la javoni bo‘la turib ham ijtimoiy tarmoqlarda soatlab vaqt o‘tkazish kitob o‘qish kodeksining 4-moddasiga ko‘ra kitobiy javobgarlik sababchi bo‘lib kechqurungi soat 2:00da shirin uyquda uhlab yotgani xolatida uyg‘otib 5 oy muddat davomida kitob o‘qish jazosi bilan jazolansin. Bu holat takror sodir etiladigan bo‘lsa jarima jazosi qo‘llanilgan holda undirilgan mablag‘ kitob ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilsin.

Yangi nashrdan chiqqan kitobni pdfisi bormi, elektroni bo‘lsa tashlab bering, o‘zi sizdan rozi bo‘lsin deb o‘zgalar mehnatini bir tiyinga olmaydiganlarga kitob o‘qish kodeksining 5-moddasiga muvofiq hech qanday chora ko‘rilmasin. Chunki chora ko‘rganing bilan baribir foydasi yo‘q.


Yana qanaqa moddani qo‘shish mumkin va shu kodeks kuchga kirsa nechi yilga kesilib ketarding?😁

@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

Oiladagi konfliktlar bizgacha ham bo‘lgan, bizdan keyin ham bo‘ladi. Hech qaysi oila nizodan sug‘urta qilinmagan. Ko'pchilik sen psixologsan kelin bilan umuman urushmasalaring kerak-a degan g'alati savol beradi. Haa imo-ishoralar bilan gaplashamiz, bir-birimizni fikrimizni o'qib o'tiramiz deyman (🤣). Oila qurganimizni birinchi kunidan biror muammo chiqsa o'zimiz o'zaro muhokama qilib hal qilib olamiz, butun olamga jar solib you tubega video joylab like yig'masdan o'zimiz muzokaraga kirishib hal qilamiz deb kelishib olganmiz. Va shunga bugungi kungacha amal qilib kelamiz. Bu safargi sinovli vaziyat sal murakkablik qildi, tajriba ham, bilim ham ojizlik qilib ruhan ezilganimizni, vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmagach mutahassisga, tajribali psixologga murojaat qilishga kelishib bugun ayolim bilan bordik. O'zimni qarashim bo'yicha menda ayb kamroq edi. Ikki soatga yaqin davom etgan konsultatsiya natijasiga ko'ra mendan xatolik o'tgani, ma'lum vaziyatlarda vaziyatni to'g'ri tahlil qilolmaganim sababli ham vaziyat murakkablashib ketgani ma'lum bo'ldi. Konsultatsiyadan keyin ancha yengil tortdim. Hali natija kuzatildi zo'r bob ketti demaymanku lekin mo'ljalni o'zimiz uchun aniqlab oldik. Ayolim 150 yil baxtli birgalikda yashaymiz, siz qarib qolasiz men esa yosh bo'lib yonizda yurganimda haa bobo nevaraz bilan bozorga ketyapsizmi deydi odamlar keyin -beparasat bu nevaram emas ayolim bo'ladi deb so'kinib jahliz chiqib ketadi deydi. Xo'p mayli deymanda nima deyman boshqa, baxtli bo'lsak bo'ldiku to'g'rimi😁

Biror muammo yuzaga kelsa odamlar nima deydi, jinniga chiqaradi, uyalaman, gap so'z bob ketaman demasdan psixologga murojaat qiling. Psixolog sifatida tavsiya qilaman. Oila buzilib ketsa odamlar nima deyishi ham muhim bo'lmay qoladi.

Psixolog bilan bog'lanish fikri paydo bo'lgan bo'lsa +99899-807-46-45 yoki @academypsycho


@kitobxorr

Читать полностью…

Kitobxo‘r📚🌦🏃🏻

https://youtu.be/5j4msVDECkM

Читать полностью…
Подписаться на канал