kitab_district | Unsorted

Telegram-канал kitab_district - Kitob tumani hokimligi| RASMIY

8832

🇺🇿Kitob tumani hokimligi ☎️ 75-542-50-07. 🌐 www.kitobt.uz ➡️ fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati ➡️ instagram.com/kitabdistrict ▶️ www.youtube.com/c/kitobhokimligi Murojaat - @kitob_hokimiga_murojaat_bot Admin @Qahramonjon_Oqilov

Subscribe to a channel

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

8 январ — Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари ходимлари куни

Байрамингиз муборак бўлсин, азиз қонун посбонлари!

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

“Makrid” mahallasida yangi qiyofa sari qadam!

Kitob tumanida obodonlashtirish ishlari tobora yangi sur’at kasb etmoqda. Endilikda “Makrid” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichki yo‘llar yangicha qiyofa kasb etmoqda — 350 m uzunlikdagi ichki yo‘lga asfalt yotqizilmoqda.

Bu ishlar nafaqat qulay harakatlanish imkonini yaratadi, balki mahallaning ko‘rkini ochib, aholiga yanada yorqin kayfiyat ulashadi. Yangi yo‘llar bilan mahalla kelajakka ishonch bilan qadam qo‘ymoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

#Xushxabar

Qashqadaryo viloyatida pensiyalarini bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning kartalariga pensiya pullari to‘liq tashlab berildi

💰Yanvar oyi pensiyalari MOLIYALASHTIRILDI!

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2026-yilning yanvar oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 384 413 nafar pensiya oluvchilar uchun 610,4 mlrd so’m mablag‘ talab etiladi.

Aytish kerakki, pensiyalarni bank kartalari orqali oluvchi fuqarolarning bank kartalariga jami 511,9 mlrd so’m mablag‘lar yuklab berilishi ta'minlandi.

Pensiya pullarini naqd pulda oluvchilarga esa grafik asosida tarqatish uchun tijorat bankiga 98,5 mlrd so'm moliyalashtirildi va bu mablag'lar grafik asosida yetkazib beriladi.

❗️Belgilangan tartibga ko'ra to'lovlarni bank kartasi orqali oluvchilarga pensiya miqdorining 1 foizi miqdorida qo'shimcha pul mablag'i to'lab beriladi

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

/channel/Qashqadaryopensiya

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

⚡️Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmang!

Ertadan barcha mahallalarda “Mazmunli ta’til” dasturi start oladi.

Futbol, kibersport, shaxmat-shashka, “Zakovat”, milliy karaoke, “Quvnoq startlar” hamda onlayn viktorinalar — barchasi siz uchun!

🎁G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

Ishtirok etish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

🇺🇿 Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири бошланишига 12 кун қолди!

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

#2026_йил_1_январдан

🔹Тадбиркорларни давлат рўйхатидан ўтказишда бир вақтнинг ўзида бир нечта хизматлар кўрсатилади /channel/huquqiyaxborot/19080;

🔹“Энг яхши солиқ тўловчи маҳалла” номинацияси жорий этилади /channel/huquqiyaxborot/19083;

🔹 ЯТТларга фирма номига эга бўлишга рухсат берилади /channel/huquqiyaxborot/19100;

🔹 “НAMROН” дастури доирасида тадбиркор хотин-қизлар қўллаб-қувватланади /channel/huquqiyaxborot/19102;

🔹 “Келажак” марказларида ўқиганлик учун ота-оналар бадали тўлови миқдорлари /channel/huquqiyaxborot/19116;

🔹 АҚШ фуқаролари учун визасиз режим белгиланади /channel/huquqiyaxborot/19122;

🔹 “Бюрократияни бартараф этиш – 2030” дастури ишга туширилади /channel/huquqiyaxborot/19133;

🔹 Мактаб директори ва унинг ўринбосарларига КПИ натижасига кўра устамалар берилади /channel/huquqiyaxborot/19150;

🔹 Айрим тиббиёт ходимлари фарзандларининг контракт тўлови бир қисми қоплаб берилади /channel/huquqiyaxborot/19160;

🔹 “Сунъий интеллект йўналишида энг яхши стартап” танлови ўтказилади /channel/huquqiyaxborot/19161;

🔹 Айрим тиббиёт ходимларига пул мукофоти берилади /channel/huquqiyaxborot/19168;

🔹 Қурилиш соҳасидаги ёш олимлар учун илмий стажировка танлови эълон қилинади /channel/huquqiyaxborot/19170;

🔹 Ҳомиладорлик ва туғиш нафақаси проактив шаклда тайинланади /channel/huquqiyaxborot/19174;

🔹“А1” тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасини олиш учун тўғридан-тўғри имтиҳонларни топшириш ҳуқуқи берилади /channel/huquqiyaxborot/19175;

🔹 Камбағал оилаларнинг “аъло” баҳоларга ўқийдиган фарзандлари оромгоҳларда бепул дам олиши мумкин бўлади /channel/huquqiyaxborot/19182.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Moʻjiza nima?

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

🎄Китобда Янги йил шукуҳи!

Янги 2026-йил арафасида Китоб тумани марказий майдони байрамона қиёфа касб этди. Бош арча, ёрқин ёритиш чироқлари ва замонавий безаклар аҳолига кўтаринки кайфият улашмоқда.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kitob tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, viloyat hokimi maslahatchisi Shuhrat Tursunov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyaga tuman hokimi Rustam Gafurov raislik qildi.

Kun tartibiga muvofiq, Kitob tumanining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Inomjon Raxmonov axborot berdi.

Shuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisini saylash masalasi ham muhokama qilindi.

Ma’lumki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi belgilangan. Shu bilan birga, viloyat, tuman va shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘lishi mumkin emasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan, 2024-yilda ilk bor Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining birinchi tashkiliy sessiyalarida deputatlar orasidan Kengash raislari saylab olingan edi. Ushbu amaliyot 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shahar Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.


Qonunchilik talablariga muvofiq, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisi lavozimiga nomzodlarni tavsiya etish uchun siyosiy partiyalar vakillaridan iborat guruh tuzildi. Tavsiya etilgan nomzodlar bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisligiga tuman deputatlari orasidan 1-Mustaqillik saylov okrugi deputati Qodirov Sobirjon Hakimovich saylandi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

🎁Prezident sovg‘alarini kitoblik bolajonlarga topshirish davom etmoqda

Bugun Kitob tumanida mehr va e’tibor timsoliga aylangan yana bir xayrli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tumandagi mavjud 6 ta oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan jami 25 nafar bolajonlarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbirda Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov, shuningdek tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi vakillari ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan tabrikladilar hamda ularga samimiy tilaklar bildirdilar. Tadbir davomida murg‘ak qalb egalari uchun quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Quvonarli jihati shundaki, joriy yilda sovg‘a to‘plamlari tarkibida Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ochilgan omonat hisobvaraqlariga 500 AQSh dollaridan mablag‘ joylashtirilgani ham o‘rin oldi.

Mazkur mablag‘lar bolalar 18 yoshga to‘lgach, ularning murojaatiga asosan ochilgan ijtimoiy kartalariga hisoblangan foizlari bilan birga o‘tkazib berilishi belgilangan.


Bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rliklar davlatimiz tomonidan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning kelajagini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va hayotga mustahkam tayyorlashga qaratilgan ezgu siyosatning amaliy ifodasidir.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

🏆ҚАШҚАДАРЁДАГИ “ЭНГ ЯХШИ КАДАСТР БЎЛИМИ — 2025”

2025 йил давомида ер ва кўчмас мулк соҳасида
шаффофлик, хизмат сифати, аҳоли мурожаатларига тезкор ва адолатли ёндашув ҳамда фуқаролар билан самарали иш олиб боришда фаоллик кўрсатган
кадастр бўлимлари орасида энг муносибини биргаликда аниқлаймиз!

Танлов CYBERHIMOYA.UZ, ZIRH BOT ва QASHQADARYO24 ҳамкорлигида ўтказилмоқда.

🛡ZIRH BOT’ни гуруҳларга админ қилиб қўшинг — бот хавфли ҳавола ва файлларни автоматик равишда аниқлаб, ўчириб боради.

❗️Энг кўп овоз тўплаган кадастр бўлимлари алоҳида эътироф этилади.

Овоз бериш муддати: 29-декабр, соат 22:00 гача

➡️ Овоз беринг ва фикр билдиринг!

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Ёшларга уйлар калити

📌 Қашқадарёлик 25 нафар ёшлар "Ватан ичра кичик ватанли" бўлишди

Мамлакатимизда Президентимиз томонидан тизимли равишда олиб борилаётган инсонпарварлик ва халқчиллик сиёсати юртимизда яшаётган ҳар бир фуқаронинг дилидаги орзуларини рўёбга чиқармоқда.

Ҳар бир инсон, у қайси соҳа вакили ёки ким бўлишидан қатъий назар албатта, давлатимизнинг, шахсан муҳтарам юртбошимизнинг эътиборида, ҳурмат ва эъзозида эканини тобора ҳис қилмоқда.

Жумладан, бугун вилоят ҳокимлигида президентимиз ғамхўрлиги ва эътиборлари туфайли 25 нафар етим ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган уй-жойга муҳтож қашқадарёлик ёшларга "Президент совғаси", яъни, хонадон калитлари вилоят ҳокими Муротжон Азимов томонидан тантанали равишда топширилиши ҳам уларга катта қувонч бахшида этди.

Уй калитлари топширилар экан, вилоят ҳокими сўнгги йилларда давлатимиз раҳбарининг бу каби ғамхўрликлари ва эътиборлари туфайли ёшларимизнинг кўп йиллик орзулари ушалаётганини таъкидлаб, берилаётган уйларда барча шароитлар (жиҳозлари билан) яратилганини айтиб ўтди.

Муротжон Азимов:

Юртбошимиз таъкидлаганлари каби "Ўзбекистонда ҳеч ким меҳр ва эътибордан четда қолмайди. Миллати, тили ва динидан қатъи назар, инсон қадр-қиммати ва шаънини улуғлаш, ҳар бир фуқаро ҳақида қайғуриб, эътибор ва ғамхўрлик, меҳр-мурувват, саховат ва олижаноблик кўрсатиш биз қураётган Янги Ўзбекистон жамиятининг ҳаёт қоидаси бўлиб қолади".


Маълумот ўрнида, жорий йил "Ёшлар куни" муносабати билан 5 нафар ҳамда давлатимиз мустақиллигининг 34 йиллиги арафасида 20 нафар қашқадарёлик ёшларнинг ижтимоий ҳимоясини кучайтириш ва жамиятда ўз ўрнини топишига кўмаклашиш мақсадида "Президент совғаси" сифатида уларга хонадонлар калитлари тантанали равишда топширилган эди.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Har yili 1-dekabr sanasi butun dunyoda OITSga qarshi kurash kuni sifatida keng nishonlanadi va jamiyatni hushyorlikka chaqiradi.

Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Kitob tumani madaniyat bo‘limi ijodiy jamoasining hisobot konserti tomoshabinlarga taqdim etildi

Madaniyat vazirligi tomonidan so‘nggi yillarda yurtimiz bo‘ylab madaniyat markazlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ijodiy jarayonlarni yanada faollashtirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar natijasi Qashqadaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi madaniyat markazlarida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Kitob tumani 56-son O‘ lmas Saidjonov nomidagi madaniyat markazida tuman madaniyat bo‘limi ijodiy jamoasi hamda havaskorlik xalq unvoniga ega badiiy jamoalarning yillik hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida yakunlanayotgan yil davomida amalga oshirilgan ijodiy faoliyat, sahna ko‘rinishlari hamda milliy san’atimizning eng sara namunalari tomoshabinlarga havola etildi.

Mazkur tadbirda Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Isoq Turayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tuman ma’naviyat markazi bo‘limi rahbari ishtirok etib, jamoa tomonidan qilinayotgan ijodiy izlanishlar va madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdilar.

Hisobot konserti milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz va boy ma’naviy merosimizni o‘zida mujassam etgan sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Barcha ishtirokchilar tomonidan ta’kidlanganidek, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ularni kelajak avlodga yetkazish hamda yoshlar ongiga singdirish har birimizning sharafli burchimizdir.

Kitob tumanidagi ushbu madaniy tadbir nafaqat ijodiy jamoalar uchun muhim hisobot maydoni, balki mahalla ahlining ma’naviy hayotida ham muhim voqea bo‘lib, tuman madaniy muhitini rivojlantirishda navbatdagi ahamiyatli qadamlardan biri bo‘ldi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

🌍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan "Obod xonadon", " Obod ko‘cha", Obod mahalla" tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.


💬 @Kuranbayev_K
📹 Instagram.com/Kuranbayev_K

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

💰Payvandchilar uchun 15 million so'mgacha daromad

Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling?!

☎️ 88-7571117
97-4142623
99-3420540

✍ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

HURMATLI FUQAROLAR❗️

Joriy yilning 1-yanvar kunidan 31-yanvar kuniga qadar mamlakatimizda "Xavfsiz xonadon oyligi" o‘tkazilmoqda.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Шахсий маълумотингизни фирибгарларга берманг – онлайн рўйхатдан ўтинг!

🏢 Ҳурматли фуқаролар! Айни кунларда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказишга тайёргарлик ишлари олиб борилмоқда.

Маълумот учун, рўйхатга олиш жараёни 2 босқичда ташкил этилади:

1-босқичда 15-31 январь кунлари яъни, 17 кун давомида census.stat.uz сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони яратилади.

2-босқичда 4-28 февраль кунлари “Маҳалла еттилиги” аъзолари уйма-уй юриб, планшет орқали рўйхатга олиш жараёнларини ташкил этади.


🔻 Огоҳ бўлинг! Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш фақат “Маҳалла еттилиги” аъзолари томонидан ўтказилади. Бунда фуқаролардан ҳеч қандай СМС-код ёки пул маблағлари сўралмайди.

Шахсий маълумотлар телефон ёки ижтимоий тармоқлар орқали сўралмайди, онлайн рўйхатдан ўтишда махсус ишлаб чиқилган ягона расмий платформа орқали белгиланган муддатда рўйхатдан ўтиш саволномасини тўлдирасиз.


“Маҳалла еттилиги” аъзолари ўз маҳалласида белгиланган муддатда рўйхатга олиш тадбирини ифодаловчи махсус бейджикда ва энг муҳими махсус ишлаб чиқилган ягона расмий платформа census.stat.uz сайти орқали сизнинг маълумотларингизни хавфсиз маълумотлар базасига юборади.

🔐 Шахсга доир маълумотларнинг махфийлиги қонун билан кафолатланади ва бошқа идораларга тақдим этилмайди.

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Президент фармони билан давлат органлари ва ташкилотлари ходимлари census.stat.uz портали орқали онлайн рўйхатдан ўтади

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 19 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш тўғрисида”ги ПФ-173 сон фармони билан 2026 йил 15 январь — 28 февраль кунлари муҳим тадбир ўтказилади.

✅ Рўйхатга олиш жараёни 2 босқичда ташкил этилади:

1 босқич 15-31 январь
17 кун давомида census.stat.uz сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтиш имкони яратилади.

2 босқич 4-28 февраль
“Маҳалла еттилиги” аъзолари уйма-уй юриб, планшет орқали рўйхатга олиш жараёнларини ташкил этади.

❗️Шахсга доир маълумотларнинг махфийлиги қонун билан кафолатланади.


❗️Саволномадаги маълумотлар бошқа идораларга тақдим этилмайди.


Саволнома таркиби
Жами саволлар сони: 71 та
Аҳолига оид: 54 та
Қишлоқ хўжалигига оид: 17 та

✅ Президент фармони билан давлат органлари ва ташкилотлари 2026 йил 15 январдан 31 январга қадар ўз тизимида фаолият юритаётган барча ходимларнинг census.stat.uz портали орқали онлайн рўйхатдан ўтишини таъминлайди.

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

#Murojaatnoma Mahalla - milliy yuksalishning strategik poydevori ekanligi o'z isbotini topmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimligida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyati va belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga doir muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

Ta'kidlandiki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi davlat organlari uchun aniq amaliy vazifalarni belgilab bergan dasturiy hujjat bo‘lish barobarida, jamiyatni umumiy maqsadlar atrofida jipslashtirishga xizmat qiladi. Ushbu Murojaatnoma barchamiz uchun kutilgan, shu bilan birga barchamizdan milliy birdamlikni talab qiladigan siyosiy va xalqchil da’vat bo‘ldi.

Murojaatnomada mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy maqsadlari ham aniq belgilab berildi. Xususan, O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmini 240 milliard AQSH dollaridan oshirish maqsadi qo‘yilib, bu yangi rivojlanish bosqichiga o‘tish yo‘lida muhim strategik qadam sifatida baholandi.

Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashni asosiy vazifalardan biri sifatida ta’kidlab, 2026-yilda ushbu illatga qarshi kompleks chora-tadbirlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Murojaatnoma mamlakat taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo‘yilayotganini yaqqol namoyon etdi. Unda belgilangan maqsad va vazifalar iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy sohani izchil rivojlantirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda tashqi siyosatda muvozanatni saqlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.


Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Kitob tumanida yil sarhisobi!

Joriy yil davomida Kitob tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirish yo‘nalishlarida muhim ishlar amalga oshirildi. Tuman hududida qurilish va obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilib, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilandi.

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarida sifatli xizmatlar ko‘rsatish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli choralar ko‘rildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda investitsiyalarni jalb etish masalalari doimiy e’tiborda bo‘ldi.

Yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar kelgusida Kitob tumanining barqaror rivojlanishini ta’minlashga mustahkam zamin yaratdi.


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

🎄Kitobda Yangi yil shukuhi!

Yangi 2026-yil arafasida Kitob tumani markaziy maydoni chinakam bayram maskaniga aylandi. Bosh archa, rang-barang yoritish chiroqlari va zamonaviy dekoratsiyalar maydonga alohida ko‘rk bag‘ishlab, aholi va mehmonlar uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

Maydonda bolajonlar uchun turli xil atraksionlar faoliyat ko‘rsatmoqda, Madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa bayram shukuhini yanada oshirmoqda. Qorbobo va Qorqizlar ishtirokidagi ko‘ngilochar dasturlar, quvnoq musobaqalar va tomoshalar ayniqsa kichkintoylar qalbiga quvonch ulashmoqda.


Bayramona bezatilgan markaziy maydon Yangi yil kunlarida kitobliklar uchun sayr qilish, dam olish va unutilmas lahzalarni birga baham ko‘rish uchun eng sevimli maskanlardan biriga aylanmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

#jarayon
Kitob tumani markaziy ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, Kitob tumanida muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilarmalari modernizatsiya qilinmoqda.

Jumladan, tuman markazidagi D-160 "Kitob - Shahrisabz" avtomobil yo‘lida keng ko‘lamli qurilish-ta'mirlash ishlari davom etmoqda. Ayni vaqtda "Yo‘l qurilish-ta'mirlash" MCHJ tomonidan mazkur ishlar doirasida navbatdagi asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

#таъзия
Бугун Китоб тумани “Бектемир” маҳалла фуқаролар йиғинида тадбиркорликни ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича ҳоким ёрдамчиси Камолов Ойбек Фахриддин ўғли 30 ёшда бу ёруғ оламни тарк этди.

Китоб тумани ҳокимлиги, Халқ депутатлари туман Кенгаши ҳамда кенг жамоатчилик вакиллари марҳумнинг бевақт вафоти муносабати билан оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор қилади.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

🎄 YANGI YIL BAYRAM KONSERTIGA TAKLIF ETAMIZ! 🎄

Hurmatli Kitob tumani aholisi va mehmonlari!

Yangi yil munosabati bilan bugun 29-dekabr kuni soat 17:00 da Kitob tumani markazida joylashgan tuman bosh Yangi yil archasi maydonida bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Bayram kechasi doirasida:


💥rang-barang konsert va tomosha dasturlari,
🎉qiziqarli sahna chiqishlari,
🎁bolajonlar uchun Qorbobo sovg‘alari
tashkil etiladi.

Mazkur tadbir Yangi yil shukuhi, quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashishga xizmat qiladi
.

Barchangizni ushbu bayramona kechada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

ДИҚҚАТ! МУҲИМ ЭЪЛОН!

Китоб туманида Янги йил байрами тадбирларини хавфсиз ва тартибли ўтказиш, аҳоли ҳаракатини қулай ташкил этиш ҳамда йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш мақсадида Китоб тумани ҳокимининг тегишли фармойишига асосан қуйидагилар маълум қилинади:

▪️2025-йил 1-декабрдан 2026-йил 10-январгача “Китоб–Шаҳрисабз” автомобил йўлининг собиқ Ёшлар ишлари агентлиги туман бўлими биноси олдидаги светофордан Қишлоқ хўжалиги бўлими биноси ёнидаги катта мониторгача бўлган қисмида автомобиллар ҳаракати вақтинча чекланади.

▪️ “Китоб – Тошкент”, “Китоб – Самарқанд”, “Китоб – Қарши” йўналишларида вилоятлараро йўловчи ташиш хизматини кўрсатувчи транспорт воситалари ҳам М-39 автомобил йўли ёқасидаги янги “Патир бозори” олдига кўчирилади.

Ҳурматли фуқаролардан вақтинчалик ноқулайликлар учун узр сўраламиз ҳамда белгиланган тартибларга риоя этиш сўралади.

Мазкур чекловлар Янги йил байрами тадбирларининг хавфсиз ва самарали ўтишига қаратилган.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

#Расман
#1_декабрдан
1 декабрдан нималар ўзгаради?

1️⃣ АИ-80 маркали бензин сотилишининг олдини олиш бўйича қатъий назорат ўрнатилади.

2️⃣ «Тадбиркорликни ривожлантириш компанияси» томонидан 5 мингта тадбиркорлик лойиҳалари амалга оширилади.

3️⃣ ФҲДЁ органлари никоҳланувчи шахсларнинг тиббий кўрик натижаларини онлайн тарзда олади.

4️⃣ Онлайн сейсмологик платформа ишга тушади.

5️⃣ Экология вазирлиги атроф табиий муҳитнинг давлат мониторинги тизими жамоатчилик учун очиқ бўлишини таъминлайди.

6️⃣ “Истеъмолчи–тадбиркор–нодавлат нотижорат ташкилотлар–давлат органлари” тизими жорий этилади.

7️⃣ Фуқаролар, адвокатлар, юристлар, судьялар учун норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни таҳлил қилиш платформаси ишга туширилади.

8️⃣ Иккиламчи ижарага бериладиган ерларни белгилаш, ижара шартномасини тузиш, давлат рўйхатдан ўтказиш ва тўловларни амалга ошириш хизмат тури жорий қилинади.

9️⃣ «Истеъмолчи мурожаати» электрон тизимини жорий этилади.

🔟 Халқаро ва миллий тўлов тизимлари орқали туристик хизматлар учун тўловларни амалга ошириш имконини берувчи платформа тўлиқ ишга туширилади.

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

Yurt obod, bozorlar to`kin!

Bozorlarimiz to’kin-sochinligi xalq farovonligining eng muhim omili, narx-navo barqarorligini taʼminlash esa, xalq roziligiga xizmat qiladi. Bu yo`nalishda ham Kitob tumanimizda ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun erta tongdan tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas'ul rahbarlarimiz "Kitob dehqon bozori" MCHJda navbatdagi o`rganish olib bordi. O`rganishlar davomida savdo-sotiq jarayonlari, iste`molchilarning talab-istaklari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining joriy narx-navo holati e`tibor markazida bo`ldi. Kuzatuvlar davomida bozordagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining joriy narxi hamda zahira miqdorlari o‘rganildi.

✔️ Shundan so‘ng, bozor ma'muriyatiga narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube

Читать полностью…

Kitob tumani hokimligi| RASMIY

"Obod xonadon", "Obod ko'cha" va "Obod mahalla" tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi

O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan e'lon qilingan "Obod xonadon, obod ko'cha, obod mahalla" tanlovi Qashqadaryoning 776 ta mahallalarini qamrab oldi. Tanlovning shahar va tuman bosqichlarida eng namunali deb topilgan xonadon, ko'cha va mahallalar viloyat bosqichida g'oliblik uchun belgilangan shartlar asosida bellashdilar. Har bir nominatsiya bo'yicha 1-,2-, 3- o'rin sohiblari aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

"Obod xonadon" nominatsiyada Kitob tumani "Bog'bon" MFY Berdievlar xonadoni g'olib deb topildi. Qarshi shahridagi "Otchopar" MFY "Mustaqillikning 24 yilligi" ko'chasi "Obod ko'cha" nominatsiyasida 1-o'rinni egalladi. Koson tumanining "Esaboy" MFY "Obod mahalla" nominatsiyasi g'olibi bo'ldi.


🔹Rasmiy telegram kanal
/channel/qashqadaryo_mahallalari

Читать полностью…
Subscribe to a channel