khiso | Неотсортированное

Telegram-канал khiso - KHISO olimpiada

17246

KHISO olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali! Admin: @khiso_admin Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama

Подписаться на канал

KHISO olimpiada

Taqdirlash marosimi qachon boʻlib oʻtadi?

18-may kuni ikkita (KHISO va COPERNICUS) olimpiada oʻtkazildi. Xorazm viloyati va Nukus shahrida taqdirlash marosimlari 11-13 iyun kunlari oʻtkazildi.

Qolgan hududlarda 15-iyun kuni olimpiada boshlanishida oʻtkaziladi. Quyidagi istisno holatlari mavjud:

1) Zarafshon shahrida taqdirlanadiganlar seshanba kuni taqdirlanadi. Olimpiada o‘z vaqtida bo‘ladi.

2) Jizzax va Fargʻona viloyatlaridan COPERNICUS xalqaro olimpiadasida kumush medallarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar 25-iyunda taqdirlanadi. Oltin va bronza medallar, shuningdek #khiso_olimpiadasi ning barcha gʻoliblari ertaga (15-iyun) olimpiada ochilishida taqdirlanadi.

3) Toshkent shahrida COPERNICUS olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar (200 ga yaqin, eng ko‘p) 29-iyun kuni YOZGI MAKTAB ochilishida taqdirlanishadi. #khiso_olimpiadasi g‘oliblari esa ertaga (15-iyun) olimpiada ochilishida taqdirlanadi.

📊 15-iyun kuni bir vaqtda barcha hududda KHISO va ARCHIMEDES xalqaro olimpiadalari o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadalardagi #top_natija li o‘quvchilar "SUPER FINAL" olimpiadasiga yo‘llanma ham olishadi. Ro‘yxatdan o‘tishga kech qolmang: ➡️ t.me/khiso/4950

✔️ Ro‘yxatdan o‘tish 20:00 gacha uzaytirildi, bemalol ulgurasiz. Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil (qadamma-qadam) yo‘riqnoma tayyorladik: ➡️ t.me/khisofaq/45


®️ Qatnashuvchilar ro‘yxati 20:00 da e’lon qilinadi.

Barcha hududlarda olimpiadalar 9:00 da boshlanadi.

📍 Ertaga olimpiadamiz oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing. Barchasi bitta havolada: ➡️ https://khiso.taplink.ws/

Читать полностью…

KHISO olimpiada

😃 Qaysi hudud o‘quvchilari eng bilimdon?

Xabaringiz bor, biz 2020-yildan buyon butun respublika miqyosida onlayn olimpiadalar o‘tkazar edik. 2021-yildan Toshkentda, 2023-yildan Xorazmda va nihoyat 2025-yildan Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida oflayn olimpiadalarimizni yo‘lga qo‘ydik.

O‘tgan olimpiadaga ko‘ra eng yuqori ballarning o‘rtacha qiymati bo‘yicha hududlar reytingini aniqladik. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bu safar ham Xorazm viloyati, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Navbatdagi (15-iyun) olimpiadalarda ham barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

😊 Keyingi olimpiada reyting ballarini taqdim etuvchi eng so‘nggi olimpiada hisoblanadi.

📢 Olimpiada uchun offline.khiso.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14-iyun 16:00 gacha.

ℹ️ Platformadan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ YO‘RIQNOMA

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Xalqaro COPERNICUS olimpiadasida ishtirok etgan barcha o‘quvchining ishtirok haqidagi sertifikatlari (CERTIFICATE OF PARTICIPATION) ni e’lon qilamiz🤩


Quyidagi havola orqali bitta faylda barcha 927 nafar ishtirokchining sertifikatini yuklab olish mumkin. ➡️ HAVOLA

Texnik xatolik sababli kimningdir ism-familiyasi xato yozilgan bo‘lsa yoki ism-familiyasi chiqmasa @khiso_admin ga murojaat qilishingiz mumkin.

🥇 🥈 🥉 medallarining va HONORABLE MENTION (faxriy yorliq) diplomlari 15-iyun kungi olimpiadada taqdirlash marosimida beriladi. Bu haqida batafsil e’lon beriladi.


Darvoqe, yakshanba olimpiadasiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda: ➡️ /channel/khiso/4940

Читать полностью…

KHISO olimpiada

😃 Qaysi hudud o‘quvchilari eng faol?

Xabaringiz bor, biz 2020-yildan buyon butun respublika miqyosida onlayn olimpiadalar o‘tkazar edik. 2021-yildan Toshkentda, 2023-yildan Xorazmda va nihoyat 2025-yildan Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida oflayn olimpiadalarimizni yo‘lga qo‘ydik.

O‘tgan olimpiadaga ko‘ra ishtirokchilar soni bo‘yicha hududlar reytingini aniqladik. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bu safar Samarqand, Xorazm va Farg‘onalik o‘quvchilar yetakchilik qilmoqda. Navbatdagi (15-iyun) olimpiadalarda ham barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

😊 Keyingi olimpiada reyting ballarini taqdim etuvchi eng so‘nggi olimpiada hisoblanadi.

📢 Olimpiada uchun offline.khiso.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14-iyun 16:00 gacha.

ℹ️ Platformadan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ YO‘RIQNOMA

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Nega KHISO olimpiadasida qatnashish muhim?

KHISO olimpiadasi – bu shunchaki oddiy test sinovi emas. Bu olimpiada o‘quvchilarning bilimini oshirish, ilmga bo‘lgan qiziqishi va intilishini kuchaytirishni maqsad qilgan. KHISO olimpiadasidan so‘ng o‘quvchilar ustozlarimiz tayyorlagan maxsus video yechimlar orqali olimpiadada yecha olmagan savollarini o‘rganib chiqadi va kechagiga qaraganda ko‘proq bilimga ega bo‘ladi.

📢 Olimpiada uchun offline.khiso.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14-iyun 16:00 gacha.

ℹ️ Platformadan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ YO‘RIQNOMA

KHISO olimpiadasi – farzandingiz bilimini oshirish va rivojlantirishga mo‘ljallangan haqiqiy ilmiy musobaqa!

Читать полностью…

KHISO olimpiada

KHISO maktabidan navbatdagi platforma va navbatdagi olimpiada!

Endilikda barcha oflayn olimpiadalarimiz uchun offline.khiso.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Platformaning yangi imkoniyatlari va foydalanish qoidalari haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Onlayn olimpiada natijalarini e’lon qilamiz!

📊 8-iyun kuni o‘tkazilgan 5 ta onlayn olimpiadada 1000 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etishdi. Umumiy natijalarni quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

🤩 1-sinf o‘quvchilarining natijasi: ➡️ khiso.uz/olympic/2821/result

😇 2-sinf o‘quvchilarining natijasi: ➡️ khiso.uz/olympic/2822/result

🤩 3-sinf o‘quvchilarining natijasi: ➡️ khiso.uz/olympic/2823/result

😇 4-sinf o‘quvchilarining natijasi: ➡️ khiso.uz/olympic/2824/result

🤩 5-6 sinf o‘quvchilarining natijasi: ➡️ khiso.uz/olympic/2825/result

😇 7-8 sinf o‘quvchilarining natijasi: ➡️ khiso.uz/olympic/2826/result

🤩 9-11 sinf o‘quvchilarining natijasi: ➡️ khiso.uz/olympic/2827/result

📌 Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video qoʻllanma: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

🏆 Ertaga navbatdagi olimpiada va taqdirlash sanalari e'lon qilinadi. Bizdan uzoqlashmang!


✝️ Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso

Читать полностью…

KHISO olimpiada

‼️ Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida boʻlib oʻtadigan Copernicus xalqaro olimpiadasi global final bosqichining rasmiy kun tartibi (2025-yil 26–31-iyul):

📆 1-kun – 26-iyul:

- Yetib kelish;
- Mehmonxonaga joylashish
;
- Ro‘yxatdan o‘tish
;
- Faoliyatlar


📆 2-kun – 27-iyul:

- Ochilish marosimi;
- Matematika muzeyiga ekskursiya
;
- Dumbo Heights hududiga tashrif

📆 3-kun – 28-iyul:

- Imtihon;
- Markaziy bog‘ (Central Park) ga tashrif;

- 5-avenyuga tashrif;
- Times Square'ga tashrif
;
- Summit One Vanderbilt'ga tashrif


📆 4-kun – 29-iyul

- Ozodlik haykaliga tashrif;
- Apellyatsiya jarayoni


📆 5-kun – 30-iyul

- Xarid qilish / Bo‘sh vaqt
;
- Taqdirlash marosimi


📆 6-kun – 31-iyul

- Joʻnab ketish;
- Ixtiyoriy ekskursiyalar


👛 Narxga kiritilgan xizmatlar:

- Olimpiadada ishtirok;
- 2 kishilik mehmonxona (+nonushta)
;
- Kuniga 2 mahal ovqat
;
- Tashrif chiptalari
;
- Dastur davomida transport
;
- Medallar, sertifikatlar va sovrinlar


‼️ESLATMA:
Olimpiadada 1 000 nafar oʻquvchi ishtirok etadi. Joylar soni chegaralangan. Shunday ekan, hujjatlaringizni rasmiylashtirish uchun shoshiling!

📞 78-777-77-99 (9:00 dan 17:00 gacha)

🥇
18-may kuni o‘tkazilgan saralash bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi keyingi olimpiadamiz (15-iyun) kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


📱 Telegram |📱 Instagram
📱 Facebook |📱 KHISOUZ">You Tube

Читать полностью…

KHISO olimpiada

😀 Bolalar kuniga tuhfa - Bepul onlayn integratsion olimpiada!


1-iyun soat 10:00 dan 23:00 gacha khiso.uz plaftormasida 1-11 sinf o‘quvchilari uchun bepul integratsion olimpiada o‘tkaziladi.

Kun davomida o‘zingizga qulay vaqtda testga kirishingiz mumkin. Testni boshlaganingizdan keyin sizga 90 daqiqa vaqt beriladi.

🏆 Topshiriqlar matematika, IQ TEST va ingliz tili testlaridan iborat. Bepul onlayn testda qatnashing va bilimingizni sinovdan o‘tkazing.


📲 Hoziroq maxsus testda ishtirokni boshlang: ➡️ khiso.uz

🔖 Barcha ishtirokchilar sertifikat yuklab olishadi.

💡 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma: 👉 t.me/khisofaq/2

🚀 Olimpiadaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashing.

#muvaffaqiyat_yakshanbani_ham_oʻz_ichiga_oladi

Читать полностью…

KHISO olimpiada

🚀 18-may kuni 14 ta hududda o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi ning barcha natijalari e‘lon qilindi!


🏆 Xabaringiz bor, 18-may kuni #khiso_olimpiadasi Toshkent va Nukus shahar, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham bo‘lib o‘tdi. Jami 14 ta hududdan jami 2300 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi!

😀 Toshkent shahrida o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (164): ➡️ t.me/khiso/4928

👍 Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (198 ta): ➡️ t.me/khiso_nukus/1949

👍 Andijonda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (131 ta): ➡️ t.me/khiso_andijon/118

👍 Jizzaxda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (201 ta): ➡️ t.me/khiso_jizzakh/192

👍 Xorazmda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (248 ta): ➡️ t.me/khiso_khorezm/1197

👍 Buxoroda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (144 ta): ➡️ t.me/khiso_bukhara/403

👍 Sirdaryo o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (56 ta): ➡️ t.me/khiso_syrdarya/176

👍 Samarqandda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (525 ta): ➡️ t.me/khiso_samarkand/225

👍 Namanganda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (59 ta): ➡️ t.me/khiso_namangan/156

👍 Qashqadaryoda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (161 ta): ➡️ t.me/khiso_karshi/110

👍 Farg‘onada o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (248 ta): ➡️ t.me/khiso_fergana/112

👍 Navoiyda o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (54 ta): ➡️ t.me/khiso_navoi/42

👍 Surxondaryo o‘tkazilgan olimpiadamiz natijasi (42 ta): ➡️ t.me/khiso_surkhandarya/32

🥇 G‘oliblar o‘quv yili tugamasidan oldin medallar bilan taqdirlash rejalashtirilgan. Bu haqida batafsil ma’lumot beramiz.


👩‍🚀 COPERNICUS xalqaro olimpiadasining natijalari 2 kun oldin e’lon qilingan edi. Batafsil: ➡️ /channel/khiso/4925

Читать полностью…

KHISO olimpiada

COPERNICUS xalqaro olimpiadasining O‘zbekistondagi bosqichining yakuniy natijalarini e’lon qilamiz


Xabaringiz bor, 18-may kuni 1-11 sinf o‘quvchilar uchun O‘zbekistonda ilk marta COPERNICUS xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda 1000 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.

🏆 Oldinroq e’lon qilganimizdek taqdirlash quyidagicha taqdirlanishadi:

40% dan 49% gacha natija qayd etgan oʻquvchilar: Honorable Mention sertifikati
 
🥉  50% dan 74% gacha: Bronza medal
 
🥈  75% dan 90% gacha: Kumush medal + Global final bosqich ro‘yxatga olish to‘lovidan 5% chegirma
 
🥇  91% dan 100% gacha: Oltin medal + Global final bosqich ro‘yxatga olish to‘lovidan 10% chegirma bilan taqdirlanadilar


Taqdirlash marosimi sanalari haqida batafsil ma’lumot kanalimizda e’lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting. 40 ball va undan yuqori natijaga erishgan o‘quvchilar AQSh (Nyu York) da joylashgan Kolumbiya universitetida bo‘lib o‘tadigan Global final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga Finalda qatnashish shartlari va boshqa ma’lumotlarni berish uchun aloqa markazimiz xodimlari bugundan qo‘ng‘iroq qilishni boshlashadi.

ℹ️ #khiso_olimpiadasi natijalar bugun kun davomida hududiy kanallarimizda navbatma-navbat e’lon qilinadi.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

COPERNICUS xalqaro olimpiadasining dastlabki natijalarini e’lon qilamiz


Xabaringiz bor, 18-may kuni 1-11 sinf o‘quvchilar uchun COPERNICUS xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi butun Respublika bo‘ylab o‘tkazildi. Ushbu fayllardan dastlabki natijalar berilgan.

Baholash mezonini yana bir bor eslatib o‘tamiz: Har bir to‘g‘ri javob uchun +4 ball, har bir noto‘g‘ri javob uchun esa -1 ball ayriladi.


📊 Natijalar yuzasidan bugun 20:00 gacha murojaatlarni @khiso_admin orqali qabul qilamiz va yakuniy natijalarni e’lon qilamiz. Undan keyingi murojaatlar qabul qilinmaydi.

🎞 Bundan oldingi postda barcha kategoriyalarning video yechimlarini e’lon qilganmiz.

Izoh (comment) larga emas aynan @khiso_admin ga murojaat qoldiring!

ℹ️ #khiso_olimpiadasi natijalar 20-21 may kunlari e’lon qilinadi.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

COPERNICUS xalqaro olimpiadasining natijalari bugun e’lon qilinadi.


Ishlar toʻliq tekshirib boʻlindi, oxirgi tahlil qilish jarayonlari davom etmoqda. Bu haqida ushbu videoda batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Shuningdek, video davomida natijalar kechikishiga sabab boʻluvchi holatlar ekspertlar tomonidan koʻrsatib oʻtilgan.

Natijalar nasib qilsa bugun e’lon qilinadi, yana ozgina sabr qiling🙂



🥇 Darvoqe, #khiso_olimpiadasi natijalar 20-21 may kunlari e’lon qilinadi.

😀 Bizdan uzoqlashmang, sizni katta yangiliklar kutmoqda!

Читать полностью…

KHISO olimpiada

😀 Ertaga 14 ta hududda o‘tadigan #khiso_olimpiadasi uchun Toshkent shahridan 194 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!


📆 Ertaga soat 9:00 da bir vaqtda Nukus shahar, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ham bo‘lib o‘tadi. Jami 14 ta hududdan jami 2681 ta o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!

👍 Qoraqalpog‘istondagi olimpiadamiz ro‘yxati (241 ta): ➡️ t.me/khiso_nukus/1936

👍 Andijondagi olimpiadamiz ro‘yxati (130 ta): ➡️ t.me/khiso_andijon/109

👍 Jizzaxdagi olimpiadamiz ro‘yxati (241 ta): ➡️ t.me/khiso_jizzakh/180

👍 Xorazmdagi olimpiadamiz ro‘yxati (281 ta): ➡️ t.me/khiso_khorezm/1188

👍 Buxorodagi olimpiadamiz ro‘yxati (170 ta): ➡️ t.me/khiso_bukhara/394

👍 Sirdaryodagi olimpiadamiz ro‘yxati (60 ta): ➡️ t.me/khiso_syrdarya/168

👍 Samarqanddagi olimpiadamiz ro‘yxati (690 ta): ➡️ t.me/khiso_samarkand/216

👍 Namangandagi olimpiadamiz ro‘yxati (60 ta): ➡️ t.me/khiso_namangan/148

👍 Qashqadaryodagi olimpiadamiz ro‘yxati (201 ta): ➡️ t.me/khiso_karshi/100

👍 Farg‘onadagi olimpiadamiz ro‘yxati (293 ta): ➡️ t.me/khiso_fergana/103

👍 Navoiydagi olimpiadamiz ro‘yxati (60 ta): ➡️ t.me/khiso_navoi/26

👍 Surxondaryodagi olimpiadamiz ro‘yxati (60 ta): ➡️ t.me/khiso_surkhandarya/23

📍 Ertaga olimpiadamiz oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing. Barchasi bitta havolada: ➡️ https://khiso.taplink.ws/

Читать полностью…

KHISO olimpiada

😀 Qaysi hududdan "super final"chilar eng ko‘p?

Xabaringiz bor, biz 2020-yildan buyon butun respublika miqyosida onlayn olimpiadalar o‘tkazar edik. 2021-yildan Toshkentda, 2023-yildan Xorazmda va nihoyat 2025-yildan Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida oflayn olimpiadalarimizni yo‘lga qo‘ydik.

😀 Nasib qilsa geografiyamiz kengaymoqda: Bu safardan Navoiy va Surxondaryo viloyatida ham olimpiadamiz o‘tkaziladi.


O‘tgan olimpiadalarga ko‘ra hududlardan "SUPER FINAL" yo‘llanmasini olgan o‘quvchilar soni bo‘yicha infogafikani havola etamiz. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bu safar Xorazm va Toshkent shahar o‘quvchilari yaqqol yetakchilik qilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Andijon va Fargʻona viloyatlaridan ham “super final”chi oʻquvchilar borligi quvonarli.

Ertangi (18-may) olimpiadalarda ham barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

👍 Keyingi olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yopiladi. Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: ➡️ HAVOLA

Читать полностью…

KHISO olimpiada

😊 Yakshanba kuni #khiso_olimpiadasi va xalqaro ARCHIMEDES qoʻshma olimpiadasi oʻtkaziladi!


📆 15-iyun (yakshanba) kuni bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida o‘tkaziladi!

📌 Olimpiadada 1-2-3-4-5-6-7-8 sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi hamda savollar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida taqdim etiladi.

📢 Olimpiada uchun offline.khiso.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14-iyun 16:00 gacha.

ℹ️ Platformadan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ YO‘RIQNOMA

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

O‘z sinfida Respublika bo‘yicha eng yuqori natijali o‘quvchilar "SUPER FINAL" yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Telegram kanalga a’zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Yangi platformadan va olimpiadadan ro‘yxatdan o‘tish nega muhim?

Oldinroq xabar berganimizdek, endilikda barcha oflayn olimpiadalar uchun offline.khiso.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi va har bir ishtirokchiga o‘zgarmas shaxsiy kod (offline.khiso.uz platformasidagi id raqam) beriladi. Bundan keyin javoblar varaqasi ham yangilanadi va 8 talik shaxsiy kodingizni bilishingiz shart. U hech qachon o‘zgarmaydi.

📍 Olimpiadamiz oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing. Barchasi bitta havolada: ➡️ https://khiso.taplink.ws/

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Olimpiadalarimiz haqida yana bir o‘quvchining onasi bilan suhbatlashdik.

2-sinfligidanoq KHISO olimpiadasida ishtirok etib kelayotgan, o‘quv markazimizda o‘qib Prezident maktabi, Al Xorazmiy maktabi va Ixtisoslashtirilgan maktabga (100% lik natija, bunaqasi kamdan kam) qabul qilingan G‘aybullayev Asilbekning onasi Ruxsora opa KHISO olimpiadasi haqida samimiy fikrlarini biz bilan oʻrtoqlashdi.


Audioni oxirigacha eshitishingizni tavsiya qilamiz. Savollar quyidagicha edi:

1. 02:18 - Nega KHISO olimpiadasida badal toʻlovi boʻlsa ham, farzandingizni har safar ishtirok ettirasiz?

2. 02:58 - Olimpiada badal toʻlovi narxi oshsa ham, farzandingizni olimpiadada qatnashishi uchun imkoniyat qilib berarmidingiz?

3. 04:35 - KHISO olimpiadasida qatnashib boshlagandan beri farzandingizda qanday oʻzgarishlar kuzatdingiz?

4. 05:30 - Olimpiada savollari uchun tayyorlangan video yechimlar qay darajada farzandingiz uchun foydali boʻlmoqda?

5. 06:14 - KHISO maktabi ustozlari tomonidan yozilgan kitoblardan farzandingiz foydalanadimi?

6. 07:08 - Copernicus xalqaro olimpiadasi haqida farzandingizning fikri qanaqa boʻldi?

7. 07:47 - KHISO olimpiadasi oʻsib kelayotgan yosh avlodga qanday taʼsir koʻrsatmoqda?

8. 09:32 - Nima sababdan farzandingiz 3 yildan buyon KHISO olimpiadasida qatnashib kelmoqda?

9. 11:01 - Yaqin yillarda yana qaysi fanlardan KHISO olimpiadasi tashkil etilishini xohlagan boʻlar edingiz?

10. 11:47 - KHISO olimpiadasi farzandingiz dunyoqarashini oʻzgarishiga qay darajada taʼsir etmoqda?

11. 13:22 - KHISO olimpiadasi badal toʻlovi qimmatmi?

12. 14:04 - KHISO olimpiadasi badal toʻlovi qancha boʻlsa ham farzandingiz ishtirok etgan boʻlar edi?

13. 14:59 - Olimpiada yakshanba yaʼni dam olish kunida oʻtkazilib kelinayotgan boʻlsa ham, nega dam olish yoki boshqa koʻngilochar ishlar bilan mashgʻul boʻlish oʻrniga aynan KHISO olimpiadasida farzandingiz ishtirok etishi uchun maktabimizga har safar tashrif buyurmoqdasiz?

14. 16:16 - KHISO olimpiadasini boshqa ota-onalarga ham tavsiya qilarmidingiz?

Navbatdagi KHISO va Arximed xalqaro qoʻshma olimpiadasi 15-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu olimpiada Arximed xalqaro olimpiadasi saralash bosqichi ham hisoblanadi. Yangi olimpiada haqida batafsil: ➡️ /channel/khiso/4940

Читать полностью…

KHISO olimpiada

📣Olimpiada ishtirokchilari diqqatiga: Plaftormadan akkaunt ochish olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tganingizni anglatmaydi!

Yangi ishlab chiqilgan offline.khiso.uz saytidan shaxsiy akkaunt ochishingiz endilikda barcha olimpiadalarimiz uchun shu akkaunt orqali (barcha ma’lumotlaringiz va reyting ballaringiz yagona akkauntda jamlanib boradi) ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini beradi.

Buni xalq tilida quyidagicha tushunish mumkin: Siz ID guvohnoma oldingiz. Lekin ID guvohnoma olganingiz barcha poyezdga chipta olganingizni anglatmaydi. O‘z navbatida shu ID guvohnoma orqali poyezdlarga chipta olishingiz mumkinligini anglatadi. Shunday ekan, "poyezd"ga chipta olish (ya‘ni 15-iyundagi olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish) ni unutmang. Aks holda poyezdga chiqa olmay qolasiz😉


Ushbu videoda shaxsiy akkaunt ochganingizdan keyin olimpiadani o‘ziga qanday ro‘yxatdan o‘tish tushuntirilgan. Ma’lumot uchun platformamizda 1500 ga yaqin akkaunt ochildi, lekin olimpiadaga 300 ga yaqin o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Bu degani, hali ko‘pchilik "poyezd"ga chipta olmadi:)

Читать полностью…

KHISO olimpiada

😊 Bir oylik tanaffusdan keyin siz kutgan olimpiada: Bu safargi #khiso_olimpiadasi xalqaro ARCHIMEDES olimpiadasining saralash bosqichi sifatida o‘tkaziladi!


📆 Navbatdagi olimpiadalarimiz 15-iyun (yakshanba) kuni bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida o‘tkaziladi!

📌 Olimpiadada 1-2-3-4-5-6-7-8 sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi hamda savollar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida taqdim etiladi.

📢 Olimpiada uchun offline.khiso.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14-iyun 16:00 gacha.

ℹ️ Platformadan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ YO‘RIQNOMA

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

G‘oliblar medallar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

📊 O‘quvchilar reyting ballarni jamg‘arib borishadi va "YOZGI MAKTAB-2025" da bepul qatnashish imkoniyati uchun kurashishadi.

O‘z sinfida Respublika bo‘yicha eng yuqori natijali o‘quvchilar "SUPER FINAL" yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Telegram kanalga a’zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Barcha savollarga bitta videoda javob beraman!


Anchadan beri yigʻilib qolgan savollar boʻyicha batafsil video e’lon qildim. To‘liq ko‘rishni tavsiya qilaman, erinsangiz sizni qiziqtirgan savolga mos kelgan vaqtdan ko‘rishingiz mumkin.

1. 00:11 - Nega anchadan beri olimpiadalar toʻxtab qolgan edi?

2. 00:31 - Navbatdagi olimpiada va yangi platforma e’lon qilinadi.

3. 00:55 - Arximed xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi oʻtkaziladi.

4. 01:20 - “YOZGI MAKTAB-2025” qaysi kunlari oʻtkaziladi?

5. 01:42 - SUPER FINAL qaysi kuni oʻtkaziladi?

6. 02:33 - YOZGI MAKTABda kimlar (bepul) qatnashadi?

7. 02:38 - Nega Copernicus olimpiadasi taqdirlashi “kechikdi”?

8. 03:35 - Oʻzbekistonlik oʻquvchilar rekord sonda medallarni qoʻlga kiritgan.

9. 04:07 - Prezidentimiz islohotlari, ota-onalarning e’tibori natijasi

10. 04:52 - 9-iyun kuni medallarning bir qismi yetib keladi, qolgani esa

11. 05:02 - 18-maydagi #khiso_olimpiadasi gʻoliblari qachon taqdirlanadi?

12. 06:35 - 15-iyundagi olimpiadada barchangizni kutamiz!

13. 06:50 - ARCHIMEDES olimpiadasining Markaziy Osiyo finali mezbonimiz🚀

14. 07:00 - 25$ lik xalqaro olimpiadaga 4$ dan ham arzon narxda qatnashish imkoniyati faqat Oʻzbekistonliklarda😎

15. 08:15 - FINAL bosqichi ham Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan xalqaro olimpiada

16. 08:27 - COPERNICUS olimpiadasi Amerikadagi finali qachon boʻladi?

17. 08:40 - COPERNICUS olimpiadasi finalida qatnashish qimmatmi yoki arzon?

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Bu yakshanbani ham foydali o‘tkazing: navbatdagi bepul onlayn integratsion olimpiada!


8-iyun soat 10:00 dan 23:00 gacha khiso.uz plaftormasida 1-11 sinf o‘quvchilari uchun bepul integratsion olimpiada o‘tkaziladi.

Kun davomida o‘zingizga qulay vaqtda testga kirishingiz mumkin. Testni boshlaganingizdan keyin sizga 90 daqiqa vaqt beriladi.

🏆 Topshiriqlar matematika, IQ TEST va ingliz tili testlaridan iborat. Bepul onlayn testda qatnashing va bilimingizni sinovdan o‘tkazing.


📲 Hoziroq maxsus testda ishtirokni boshlang: ➡️ khiso.uz

🔖 Barcha ishtirokchilar sertifikat yuklab olishadi.

💡 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma: 👉 t.me/khisofaq/2

🚀 Olimpiadaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashing.

#muvaffaqiyat_yakshanbani_ham_oʻz_ichiga_oladi

Читать полностью…

KHISO olimpiada

🇺🇸 Amerikadan Oʻzbekistonlik oʻquvchilarga salom!

"Sizni ilk bor Copernicus olimpiadasi oilasida ko‘rib turganimizdan juda xursandmiz. Bu yozda sizni Nyu-York shahridagi mashhur Kolumbiya universitetida kutib qolamiz. Sizni ilm-fan va do‘stlikka boy unutilmas sayohat kutmoqda. Copernicus’ga xush kelibsiz, bu yerda dunyoning eng zukko yoshlari uchrashadi!"


📌 Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 25-31-iyul kunlari Copernicus xalqaro olimpiadasida ilk bor ishtirok etishadi. Ishonamizki, ushbu olimpiadadagi ishtirok yurtimiz yoshlarini ilm-fan va taraqqiyot choʻqqilariga olib chiqishda ilk qadam boʻladi.

🏆 Oʻzbekiston yoshlariga olimpiadada omad tilaymiz!

❗️ Eslatib o‘tamiz, finalga yo‘l olgan O‘zbekistonlik o‘quvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish davom etmoqda.

📞 78-777-77-99
(9:00 dan 17:00 gacha)

🥇
18-may kuni o‘tkazilgan saralash bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi keyingi olimpiadamiz (15-iyun) kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


📱 Telegram |📱 Instagram 📱 Facebook |📱 KHISOUZ">You Tube

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Ko‘pchilikni qiziqtirgan savol: Taqdirlash qachon o‘tkaziladi?

Javob:
➡️ VIDEODA

Shuningdek, video xabarda shanba-yakshanba kunlar boʻlib oʻtadigan onlayn (bepul) olimpiada haqida ma’lumot berilgan.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Nihoyat 18-may kungi #khiso_olimpiadasi natijalarini e’lon qilishni boshladik!


😀 Dastlab, poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi natijalarini e'lon qilamiz!

😇 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida o‘tkazilgan olimpiadalar natijalarini navbatma-navbat (barchasi kunning 1-yarmida) @khiso_nukus, @khiso_khorezm, @khiso_bukhara, @khiso_samarkand, @khiso_jizzakh, @khiso_syrdarya, @khiso_namangan, @khiso_karshi, @khiso_fergana va @khiso_andijon, @khiso_surkhandarya va @khiso_navoi telegram kanallarida e'lon qilinadi.

Gʻoliblar medallar va o‘quv markazimiz uchun ta'lim vaucherlarini qo‘lga kiritishdi. Boshqa har bir ishtirokchi elektron sertifikat bilan mukofotlanadi.

Barcha hududlarimizda natijalar e’lon qilingach, soat 13:00 dan boshlab elektron sertifikatlarni olish uchun @khiso_admin ga murojaat qilish lozim.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Hurmatli ota-onalar, ustozlar va oʻquvchilar!

Har bir murojaat koʻrib chiqiladi. Bejizga murojaat qilish uchun 20:00 gacha (14 soatdan oshiq) vaqt berilmadi. Keyin izohga emas (comment lar koʻrib chiqilmaydi) aynan @khiso_admin ga yozing deyildi. Murojaat yozgandan keyin kuting. Navbat bilan hammasi koʻrib chiqiladi.

Har qanday xalqaro olimpiadalarda apellyatsiya jarayonlar mavjud va eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. “Adminga yozdim javob bermayapti” deb oʻylash kerak emas. Ketma-ketlik bilan har bir murojaat oʻrganib chiqiladi va hal qilinadi, birinchi bor olimpiada oʻtkazishimiz emas doʻstlar!

Video yechimlarni e’lon qilishimiz, savollarni sizlarga berib yuborishimiz bizning shaffof va adolatli ishlashga maksimal harakat qilishimizni bildiradi. Aynan oʻzimiz bundan manfaatdormiz. Natijalar e’lon qilingani haqida (telefon raqam yozib roʻyxatdan oʻtgan) barchaga sms xabarnomani ham barcha maksimal xabar topishi uchun yubordik. Shunday ekan havotirga oʻrin yoʻq.


Yuqoridagi natijalar dastlabki natijalar, yakuniy natijalarl barcha murojaatlardan keyin e’lon qilinadi.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

COPERNICUS xalqaro olimpiadasida berilgan topshiriqlarning video yechimlarini e’lon qilamiz


🚀 Yakshanba kuni 1-11 sinf o‘quvchilar uchun COPERNICUS xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi butun Respublika bo‘ylab o‘tkazildi. Unda berilgan testlarning yechimlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin

🎞1-kategoriya (1-2 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/ras5m8x00Kw

🎞2-kategoriya (3-4 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/3dmT19VqXR8

🎞3-kategoriya (5-6 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/UopK5YpTZz4

🎞4-kategoriya (7-8 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/1sJ48QoIn-I

🎞5-kategoriya (9-11 sinf) topshiriqlarining video yechimlari: ➡️ https://youtu.be/7rE2-rjV2EQ

ℹ️ COPERNICUS xalqaro olimpiadasining dastlabki natijalari bilan ➡️ keyingi postda tanishishingiz mumkin. Bugun 20:00 gacha natijalar yuzasidan murojaatlarni @khiso_admin orqali qabul qilamiz va yakuniy natijalarni e’lon qilamiz.

ℹ️ #khiso_olimpiadasi natijalar 20-21 may kunlari e’lon qilinadi.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

🌟 COPERNICUS olimpiadasi uchun yakuniy ro‘yxat va titul raqamlarni e’lon qilamiz.

COPERNICUS xalqaro olimpiadasining O‘zbekistondagi saralash bosqichi uchun jami (18-may, 05:00 holatida) 919 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!


Ushbu olimpiada bugun 9:00 da boshlanadigan #khiso_olimpiadasi dan keyin Toshkent shahrida 12:00 da, Qoraqalog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda soat 11:00 da boshlanadi.

❗️ DIQQAT QILING: KHISO olimpiadasiga titul raqamingiz va COPERNICUS olimpiadasidagi titul raqamingiz bir-biridan farq qiladi.

📍 Bugungi olimpiadalarimiz oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing. Barchasi bitta havolada: ➡️ https://khiso.taplink.ws/

👋 Bugun bo‘lib o‘tadigan an’anaviy #khiso_olimpiadasi uchun COPERNICUS olimpidasi ishtirokchilar alohida to‘lov qilmaydi va bepul qatnashadi.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Ertaga olimpiadamiz oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing. Barchasi bitta havolada: ➡️ https://khiso.taplink.ws/

Eslatib oʻtamiz, #khiso_olimpiadasi 9:00 da, Copernicus olimpiadasi esa 11:00 da boshlanadi. Faqatgina Toshkent shaharda Copernicus olimpiadasi 12:00 da boshlanadi.

KHISO olimpiadalari uchun roʻyxatdan oʻtish yopildi, COPERNICUS olimpiadasi uchun roʻyxatdan oʻtish 21:00 gacha davom etadi.


Umumiy roʻyxat va titul raqamlari bugun kechgacha oʻz kanallarida e’lon qilinadi.

Читать полностью…

KHISO olimpiada

Nega Copernicus xalqaro olimpiadasida qatnashish muhim?

📹  Ushbu videoda Copernicus xalqaro olimpiadasida ishtirok etish va sovrinli o‘rinlarni egallash o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar berishi aytib oʻtilgan.

🏆  Xalqaro universitetlar oʻqishga qabul qilishda nafaqat reyting va ballarni, balki shaxsiy yutuqlarni ham inobatga oladi. Hattoki O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan saralash bosqichida yuqori natijaga erishgan o‘quvchilar ham xalqaro darajadagi medal va sertifikatlar bilan taqdirlanadi!


 ‼️ Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish bugun yopildi!

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

  💪 O‘zingizni xalqaro miqyosda sinab ko‘rish va iqtidoringizni namoyon etish vaqti keldi!

📞 78-777-77-99

📱 Telegram |📱 Instagram
📱 Facebook |📱 KHISOUZ">You Tube

Читать полностью…
Подписаться на канал