O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! ➖➖➖➖➖ Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ
🇺🇿🥋Andijon “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasini o`tkazishga shay!
Ertaga Andijon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi o`tkaziladi.
Ushbu turkum musobaqalar hisob bo‘yicha to‘rtinchisi hisoblanadi. Mukofot jamg`armasi 200 million so`mni tashkil etgan va og`ir vaznlarda o`tkaziluvchi turnirga shu kungacha Buxoro, Navoiy va Namangan viloyatlari mezbonlik qilgan edi.
Андижан готов к проведению турнира Uzbekistan Judo Tour!
Уже завтра в Андижане состоится очередной этап турнира Uzbekistan Judo Tour, организованного в рамках исполнения постановления Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему развитию дзюдо».
Это четвёртый турнир серии, призовой фонд которого составляет 200 миллионов сумов. Соревнования пройдут в тяжёлых весовых категориях. Ранее этапы турнира принимали Бухарская, Навоийская и Наманганская области.
Obuna boʻling👉 Telegram
📺📹"O'ZBEKISTON 24" telekanali informatsion dasturi ijodkorlari Ulaanbaatar Grand Slam turniri yakunlari haqida lavha tayyorlashdi.
🤲E'tibor uchun tashakkur!!!
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥇🥈Ulaanbaatar Grand Slam 2025. O‘zbekiston kuchli to‘rtlikdan joy oldi
🇲🇳Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir yakuniga yetdi.
Uch kunlik musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston davlat madhiyasi Mo‘g‘uliston zaminida yangradi.
🥇Abdurahim Nutfulloyev (-66 kg) Ulaanbaatar Grand Slam 2025 chempioniga aylandi. Bu bilan u musobaqaning kichik shov-shuvi sababchisi bo‘ldi. Bu uning Grand Slam turkumiga kiruvchi turnirlardagi ilk medali edi. Hal qiluvchi final bahsida jahon reytingi peshqadamlaridan biri, Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori Denis Viyeru (Moldova) ustidan g‘alabaga erishdi. Bu muvaffaqiyati, ya’ni qo‘lga kiritilgan 1000 ochko evaziga yangilangan jahon reytingida 64-pog‘onadan 29-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
🥈Umar Bozorov (-90 kg) — Ulaanbaatar Grand Slam 2025 turnirining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. U yarim finalda ajoyib kambek evaziga rossiyalik Edilsultanovni mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda dzyudo vatani vakiliga imkoniyatni boy berdi. Bozorov 700 ochko sabab reytingda 23-o‘ringa yuqoriladi.
🥋O‘tkirbek To‘raboyev (+100 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda rossiyalik raqibga yutqazib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.
По итогам турнира сборная Узбекистана заняла 4-е место в общекомандном медальном зачёте — серьёзная заявка накануне олимпийских квалификаций
Государственный гимн Узбекистана прозвучал в Монголии — и путь к Олимпиаде продолжается!
На Ulaanbaatar Grand Slam 2025 наши дзюдоисты продемонстрировали высокую форму и олимпийскую мотивацию:
🥇Абдурахим Нутфуллоев (-66 кг) стал настоящей сенсацией турнира, завоевав золотую медаль и свою первую в карьере победу на этапе серии Grand Slam. В финале он одолел одного из лидеров мирового рейтинга — Дениса Виеру (Молдова), и поднялся с 64-го на 29-е место в мировом рейтинге, заработав 1000 очков в олимпийский зачёт.
🥈Умар Бозоров (-90 кг) — серебряный призёр, отличился невероятным камбэком в полуфинале против россиянина Эдилсултанова, а в финале уступил представителю Японии. Благодаря успешному выступлению он вошёл в топ-25 мирового рейтинга — 23-е место.
🥋Уткирбек Тўрабоев (+100 кг) финишировал пятым, уступив в малом финале за бронзу после сложнейшего турнирного пути.
📈Uzbekistan Judo Team продолжает уверенно набирать очки и громко заявляет о себе в олимпийской гонке. Следующие старты — уже скоро.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🏆🥇 Kun tarixi: Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioniga aylanganiga roppa-rosa 1 yil boʻldi
—
🏆 🥇История дня: Ровно год назад Диёра Келдиёрова стала Олимпийской чемпионкой.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇲🇳🥋Hozirning o`zida Ulaanbaatar Grand Slam 2025 turnirining uchinchi kungi FINAL bellashuvlarini tomosha qiling!
Прямо сейчас смотрите финальные поединки третьего дня турнира Ulaanbaatar Grand Slam 2025!
🟢JONLI EFIR UCHUN HAVOLA
👇👇👇👇
https://judotv.com/competitions/gs_mgl2025/live
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🇷🇺🥋Ulaanbaatar Grand Slam. To`raboyev tajribali Batchayevga qarhsi
Bizning vaqt bilan soat 14:00`da Ulaanbaatar Grand Slam 2025 turnirining so`nggi kun final dasturi boshlanadi
+100 kg vazndagi polvonimiz O‘tkirbek To‘raboyev bronza medali uchun kechadigan bellashuvda jahon reytingida 13-o`rinni egallab turgan rossiyalik Denis Batchayevga qarshi tatamiga chiqadi. O`tkirbek reytingning 24-pog`onasidan joy olgan.
Batchayev shu yil OTP Group Tashkent Grand Slam 2025 turnirida oltin medalni qo`lga kiritgandi. O`tgan yili Tojikistonda o`tkazilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida chempionlik shohsupasiga ko`tarilgandi. Hisobida Tokyo Grand Slam 2024 va Dushanbe Grand Slam 2024 musobqalarining 2 ta bronza medali ham bor.
Yoshlar o`rtasida jahon chempionati sovrindori hisoblangan O‘tkirbek To‘raboyev Abu Dhabi Grand Slam 2024 hamda Dushanbe Grand Slam 2025 turnirlarida bronza medalini qo`lga kiritgan. U yoshlar o`rtasida Osiyo chempionatining kumush medali sohibi hisoblanadi.
O`tkirbek To`raboyevga nomdor va sovrindor raqibiga qarchi kechadigan bellashuvda g`alaba va omad yor bo`lsin!
Ulaanbaatar Grand Slam. Турабоев — против Батчаева за бронзу!
Сегодня в 14:00 по ташкентскому времени стартует финальный блок заключительного дня престижного турнира Ulaanbaatar Grand Slam 2025.
В весовой категории +100 кг за бронзовую медаль на татами выйдет наш дзюдоист Уткирбек Турабоев. Его соперник — опытный россиянин Денис Батчаев, занимающий 13-е место в мировом рейтинге. Уткирбек находится на 24-й позиции.
Батчаев — победитель Tashkent Grand Slam 2025, чемпион мира среди молодёжи, двукратный бронзовый призёр турниров Tokyo и Dushanbe Grand Slam 2024.
Турабоев — призёр молодёжного чемпионата мира, обладатель бронзы Abu Dhabi Grand Slam 2024 и Dushanbe Grand Slam 2025, а также серебряный медалист чемпионата Азии среди молодёжи.
Впереди непростая схватка против одного из фаворитов весовой категории. Пожелаем нашему бойцу силы, решимости и красивой победы!
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
📺📺
ABDURAHIM NUTFULLAYEV ULANBATOR "KATTA DUBULG'A" TURNIRI G'OLIBI
#25iyul
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
🇺🇿🥋👏Ulaanbaatar Grand Slam. Bozorov oltin, To`raboyev bronza medali uchun tatamiga chiqadi
🇲🇳Mo`g`uliston poytaxtida o`tkazilayotgan Ulan-Bator "Katta Dubulg‘a" turnirining so`nggi kungi saralash bellashuvlari yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, bugungi murosasiz bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan har ikki dzyudochimiz kechki final dasturida musobaqa medallari uchun kurashish huquqini qo`lga kiritdi. -90 kg vazndagi Tbilisi Grand Slam g`olibi Umar Bozorov 1/2 finalda ajoyib kambek evaziga IJF bayrog`i ostida qatnashayotgan rossiyalik Ixvan Edilsultanovni ippon evaziga mag`lub etdi. Bozorov uchrashuv yakunlanishiga 6 soniya qolgan bir vaqtda yuko bahosi bilan yutqazayotgandi.
+100 kg vazndagi polvonimiz O‘tkirbek To‘raboyev esa teng kurashlar ostida kechgan 1/2 finalda yana bir IJF bayrog`i ostida kurashayotgan rossiaylik Artyom Zolotuxinga imkoniyatni boy berdi. Endi u final blokida jahon reytingida 13-o`rinni egallab turgan rossiyalik Denis Batchayevga qarshi tatamiga chiqadi. Umar Bozorovning oltin medal uchun bellashuvdagi raqibi yaponiyalik Riku Okada bo`ladi.
Ulaanbaatar Grand Slam Бозоров — в финале Турабоев — в борьбе за бронзу!
В Улан-Баторе завершились дневные схватки заключительного дня турнира «Большой шлем».
Оба наших дзюдоиста сегодня вышли в финальный блок и поборются за медали!
-90 кг | Умар Бозоров
В полуфинале Бозоров сотворил камбэк! Проигрывая по юко за 6 секунд до конца, он вырвал победу иппоном у Ихвана Эдильсултанова (IJF, Россия). В финале его соперник — японец Рику Окада.
+100 кг | Ўткирбек Турабоев
В упорной борьбе уступил Артёму Золотухину (IJF, Россия), но за бронзу сразится с 13-м номером мирового рейтинга — россиянином Денисом Батчаевым.
Поддержим наших парней — всё самое интересное впереди!
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏Ulaanbaatar Grand Slam. Har ikki dzyudochimiz 1/2 finalda!
Ulan-Bator "Katta Dubulg‘a" turnirining so`nggi kungi bellashuvlarida tatamiga chiqayotgan har ikki dzyudochimiz 1/2 final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.
-90 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Tbilisi Grand Slam g`olibi Umar Bozorov avvaliga mo`g`ulistonlik Dagvadorj Tserendulam, 1/4 finalda esa ruminiyalik Vlad Visanni mag`lub etishga muvaffaq bo`ldi. Endi Bozorov final yo`llanmasi uchun IJF bayrog`i ostida qatnashayotgan rossiyalik dzyudochi Ixvan Edilsultanovga qarshi bahs olib boradi.
+100 kg vazndagi polvonimiz O‘tkirbek To‘raboyev esa 1/4 finalda tojikistonlik Mansur Rahmonni ippon bahosi evaziga yengdi. Uning 1/2 finaldagi raqibi ham IJF bayrog`i ostida kurashayotgan rossiaylik Artyom Zolotuxin bo`ladi.
Medalga juda yaqin qoldi. Olg`a, O`zbekiston!!!
Ulaanbaatar Grand Slam. Оба наших дзюдоиста — в полуфинале!
Заключительный день престижного турнира серии «Большой шлем» в Улан-Баторе складывается для сборной Узбекистана как нельзя лучше — оба наших спортсмена вышли в полуфинал!
В весовой категории до 90 кг победитель Tbilisi Grand Slam Умар Бозоров уверенно начал турнир: в первом круге он одолел хозяина татами — монгольского дзюдоиста Цэрэндулэма Дагвадоржа, а в четвертьфинале оказался сильнее румына Влада Висана. В полуфинале Бозоров сразится за путёвку в финал с представителем России, выступающим под флагом IJF, — Ихваном Эдильсултановым.
В весе свыше 100 кг наш тяжеловес Ўткирбек Турабоев продемонстрировал мощную борьбу, выиграв четвертьфинальную схватку у представителя Таджикистана Мансура Рахмона чистой победой — иппоном. В полуфинале его ждёт противостояние с ещё одним россиянином под флагом IJF — Артёмом Золотухиным.
Наши парни уверенно идут к медалям. Вперёд, Узбекистан!
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🤲Ulaanbaatar Grand Slam. Bugun Bozorov va To`raboyevdan medal kutamiz. Ularga omad yor bo`lsin!
🇲🇳Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kungi bellashuvlariga ham yetib keldik.
Musobaqaning so`nggi kuni erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar -78 va +78 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingiga beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Bugungi bahslarda Umar Bozorov va O`tkirbek To`raboyev yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ularga g‘alaba va omad yor bo‘lsin.
Ulaanbaatar Grand Slam. Финальный день — в деле Бозоров и Турабоев!
Сегодня в Улан-Баторе завершается престижный турнир серии «Большой шлем».
На татами выходят тяжеловесы — мужчины до 90, до 100 и свыше 100 кг, а также женщины до 78 и +78 кг.
Узбекистан представляют Умар Бозоров и Уткирбек Турабоев. Ждём ярких схваток и, конечно, медалей!
🇺🇿Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-90 kg: Umar Bozorov - Dagvadorj Tserendulam (Mo‘g‘uliston)/Li Nam Xun (Koreya Respublikasi)
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboyev - Mansur Rahmon (Tojikiston)/Hangarid Gantulga (Mo‘g‘uliston)
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Butunjahon yozgi Universiada. Bronza medali yo‘lidagi raqibimiz - Braziliya!
Bugun Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining dzyudo musobaqasida aralash jamoaviy bellashuvlar davom etmoqda.
Nimchorak finalda Polshani 4:1 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston terma jamoasi yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda musobaqa favoriti yaponiyalik dzyudochilarga imkoniyatni boy berdi. Jamoamizga yagona g‘alabani Nurbek Murtazoyev taqdim etdi.
Endi dzyudochilarimiz bronza medali yo‘lidagi o‘tish bellashuvida Braziliya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
Всемирная летняя Универсиада. Битва за бронзу — впереди дуэль с Бразилией!
Продолжаются командные соревнования по дзюдо в рамках Всемирной летней Универсиады. Сегодня проходят поединки в престижном смешанном формате.
Сборная Узбекистана уверенно стартовала с победы над Польшей — 4:1 в 1/8 финала. Однако в борьбе за выход в полуфинал наша команда уступила одному из главных фаворитов турнира — сборной Японии. Единственное очко в копилку узбекистанцев принёс Нурбек Муртазаев, одержав достойную победу в своей схватке.
Теперь наши дзюдоисты получат шанс побороться за бронзовую медаль. В решающем утешительном поединке соперником сборной Узбекистана станет крепкая и техничная команда Бразилии.
Впереди — важнейшая схватка турнира. Удачи нашим спортсменам!
🇺🇿O‘zbekiston - 🇧🇷Braziliya (juftliklar)
-73 kg: Mardon Ravshanov - Gilerme De Oliveyra
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva - Luana Karvalo
-90 kg: Nurbek Murtazoyev - Luan Almeyda
+70 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Beatriz Freytas
+90 kg: Islombek Ravshanqulov - Gabriel Arevalo
-57 kg: Shukurjon Aminova - Beatriz Komanche
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Butunjahon yozgi Universiada. Bugun dzyudochilarimiz aralash jamoaviy bahslarda ishtirok etishadi
Germaniya davlatining bir nechta shahrida davom etayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining dzyudo musobaqasida bugun aralash jamoaviy bellashuvlari o‘tkaziladi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi davradan boshlaydi. Bu bosqichda talaba-dzyudochilarimizga Mo‘g‘uliston - Polsha uchrashuvi g‘olibi raqib bo‘ladi.
Musobaqa favoriti sifatida qaralayotgan Yaponiya terma jamoasi ham aynan biz joylashgan A guruhidan o‘rin olgan. Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari 1/4 finalda o‘zaro uchrashishlari mumkin.
Всемирная летняя Универсиада. Сегодня дзюдоисты Узбекистана выступят в смешанном командном турнире
В Германии продолжается Всемирная летняя Универсиада, в рамках которой сегодня состоятся поединки по дзюдо среди смешанных команд.
Сборная Узбекистана, согласно жеребьёвке, начинает выступление с 1/8 финала. Соперником нашей команды станет победитель встречи между сборными Монголии и Польши.
В этой же группе «А» находится и один из главных фаворитов турнира — сборная Японии. При благоприятном развитии событий Узбекистан и Япония могут встретиться между собой уже в четвертьфинале.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Ulaanbaatar Grand Slam. Bugun uch nafar dzyudochimiz medallar uchun bahslarga kirishadi
🇲🇳Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bellashuvlari boshlandi.
Bugun erkaklar -73, -81 kg, ayollar -63 va -70 kg vazn toifalarida medallar hamda jahon reytingiga beriladigan qimmatli ochkolar uchun bahs olib borishadi. Yurtimiz sharafini himoya qiladigan Hojiakbar Toshev, Murodjon Yo‘ldoshev va Amirbek Aminovga g‘alaba va omad yor bo‘lsin.
Ulaanbaatar Grand Slam. Сегодня трое наших дзюдоистов вступают в борьбу за медали
В скором времени — в 09:30 по ташкентскому времени — в столице Монголии стартуют поединки второго соревновательного дня престижного турнира серии «Большой шлем» — Ulaanbaatar Grand Slam 2025.
Сегодня на татами выйдут спортсмены в весовых категориях:
мужчины — до 73 кг и до 81 кг,
женщины — до 63 кг и до 70 кг.
За медали и важные очки мирового рейтинга будут бороться сильнейшие дзюдоисты планеты. В их числе — и наши парни: Хожиакбар Тошев, Муроджон Юлдашев и Амирбек Аминов.
Пожелаем им уверенных схваток, красивых побед и заслуженных наград!
🇺🇿Dzyudochilarimizning ilk raqiblari:
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Mate Beruashvili (Gruziya)/ Lin Gaoxuey (Xitoy)
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev - Abdul-Kerim Tasuyev (IJF)/Almazjan uulu Tegin (Qirg‘iz Respublikasi)
-81 kg: Amirbek Aminov - Kote Kapanadze (Gruziya)
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥇Bugungi kun qahramoni Abdurahim Nutfulloyev Ulaanbaatar Grand Slam 2025 chempioni!
Сегодняшний герой Абдурахим Нутфуллоев — чемпион Ulaanbaatar Grand Slam 2025!
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥇Abdurahim Nutfulloyev Ulaanbaatar Grand Slam 2025 chempioni!
Абдурахим Нутфуллоев — чемпион Ulaanbaatar Grand Slam 2025!
Obuna boʻling👉 Telegram
📺📺
Germaniyada boʻlib oʻtgan “Reyn-Rur 2025” XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari gʻolib va sovrindorlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
VIDEO BY: @sheyx5508
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
🇺🇿Universiadachilarimiz tantanali kutib olindi
🇩🇪Germaniyaning Reyn-Rur shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi yurtimizga qaytib keldi.
Sportchilarimizni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmanov, Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari kutib olishdi.
Ma’lumot uchun, Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida dunyoning 113 davlatidan 18 ta sport turi bo‘yicha 5 100 nafardan ortiq talaba sportchilar 234 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi musobaqa yakunlariga ko‘ra, 4 ta oltin, 4 ta kumush, 7 ta bronza, jami 15 ta medal bilan Universiadalar tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Ushbu muvaffaqiyatga dzyudochilarimiz Laziza Haydarova va Shukurjon Aminova o‘zlarining bronza medallari bilan munosib ulush qo‘shishdi.
Универсиада-2025: Узбекские спортсмены вернулись с историческим результатом!
Спортивная делегация Узбекистана, достойно выступившая на Всемирной летней Универсиаде в немецком городе Рейн-Рур, вернулась на родину.
В международном аэропорту Ташкента спортсменов торжественно встретили уполномоченный Президента Республики Узбекистан по вопросам спорта Одил Абдурахманов, представители Министерства спорта, Министерства высшего образования, науки и инноваций, руководство Национального олимпийского комитета, а также представители общественности и СМИ.
На Универсиаде приняли участие свыше 5100 студентов-спортсменов из 113 стран, которые соревновались в 18 видах спорта за 234 комплекта наград.
Сборная Узбекистана завершила соревнования с 15 медалями: 4 золотыми, 4 серебряными и 7 бронзовыми, продемонстрировав лучший результат в своей истории участия в Универсиадах.
Вклад в общий успех внесли и наши дзюдоисты — Лазиза Хайдарова и Шукуржон Аминова, завоевавшие бронзовые медали и достойно представившие страну на престижной международной арене.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇫🇷🥇Roppa-rosa bir yil oldin Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘lgan edi!
Diyora o‘zbekistonlik dzyudochilar orasida birinchi Olimpiada chempioni hisoblanadi. Ungacha Armen Bagdasarov (Atlanta-96) va Abdullo Tangriyev (Pekin-2008) Olimpiya o‘yinlarida kumush, Rishod Sobirov uch marotaba bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Diyorbek O‘razboyev va Davlat Bobonov hisobida ham bittadan bronza medali bor.
Keldiyorova ushbu natija orqali o‘zbekistonlik ayol sportchilar orasida yozgi Olimpiadalarda birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk sportchiga ham aylangandi. Bungacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan faqat trampolindan sakrash bahslarida Yekaterina Xilko (2008 yil, bronza) Olimpiada sovrindori bo‘lgan edi.
Ровно год назад Диёра Келдиева вписала своё имя в золотую историю узбекского спорта!
Первая в истории Узбекистана олимпийская чемпионка по дзюдо! До неё узбекские дзюдоисты не раз поднимались на пьедестал Олимпиад, но на самой вершине — впервые оказалась именно она.
🇺🇿Ранее олимпийскими призёрами становились:
🥈Армен Багдасаров — серебро (Атланта-1996)
🥈Абдулло Тангриев — серебро (Пекин-2008)
🥉Ришод Собиров — бронза на трёх Олимпиадах подряд: Пекин-2008, Лондон-2012 и Рио-2016
🥉Диёрбек Урозбоев — бронза (Рио-2016)
🥉Давлат Бобонов — бронза (Токио-2020)
Но именно Диёра Келдиева стала первой, кто добыл олимпийское золото для узбекского дзюдо!
Более того, она — первая женщина из Узбекистана, завоевавшая золотую медаль на летних Олимпийских играх! До этого из узбекских спортсменок лишь Екатерина Хилько становилась бронзовым призёром Олимпиады в Пекине-2008 году.
Гордость нации. История, написанная золотом
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥈Umar Bozorov Ulaanbaatar Grand Slam 2025 kumush medali sovrindori!
-90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Umar Bozorov Ulaanbaatar Grand Slam 2025 turnirining kumush medaliga sazovor bo`ldi. U hozirgina yakuniga yetgan final bahsida yaponiyalik Riku Okadaga imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Umar Bozorov kumush medal bilan birga jahon reytingi uchun taqdim etiladigan qimmatli 700 ochkoni ham qo`lga kiritdi.
Умар Бозоров — серебряный призёр Ulaanbaatar Grand Slam 2025!
В финале категории до 90 кг он уступил японцу Рику Окаде и занял второе место.
Бозоров заработал не только медаль, но и 700 очков в мировой рейтинг.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🇯🇵🥋Ulaanbaatar Grand Slam. Umar Bozorov yaponyalik raqibga qarshi!
Birozdan so`ng Ulaanbaatar Grand Slam 2025 turnirining uchinchi kungi final dasturi boshlanadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, terma jamoamizning -90 kg vazndagi dzyudochisi Umar Bozorov Ulaanbaatar Grand Slam 2025 oltin medali uchun yaponiyalik Riku Okadaga qarshi tatamiga chiqadi. Ayni paytda 25 yoshli Bozorov jahon reytingida 47, 23 yoshli Okada esa 108-o`rinni egallab turibdi.
Umar shu yil Tbilisi Grand Slam turniri g`olibi bo`lgandi. Bu hamyurtimizning uchinchi, dzyudo vatani vakili uchun esa birinchi Grand Slam musobaqasi hisoblanadi.
Umar Bozorovga birozdan so`ng boshlanadigan final bellashuvda g`alaba va omad yor bo`lsin!
Ulaanbaatar Grand Slam. Умар Бозоров — в финале против японца!
Совсем скоро стартует финальный блок третьего дня турнира Ulaanbaatar Grand Slam 2025.
В решающей схватке за золотую медаль в весовой категории -90 кг наш дзюдоист Умар Бозоров выйдет на татами против представителя Японии Рику Окады.
В мировом рейтинге 25-летний Бозоров занимает 47-е место, а его соперник, 23-летний Окада, располагается на 108-й позиции.
В этом году Умар уже успел отличиться — он стал победителем Tbilisi Grand Slam 2025. Для японца же это дебютный финал на турнирах серии Grand Slam.
Пожелаем Умару уверенности и победы в главной схватке дня!
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🎁🎂💐Diyetologimiz Gulchehra Hasanovani tabriklaymiz!
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining diyetolog-nutritsiologi Gulchehra Hasanova o‘z tavallud kunini nishonlayapti.
O‘z ishining ustasi bir necha yildan beri terma jamoamiz dzyudochilarining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda. To‘g‘ri taomlanish hamisha muhim va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalish hisoblangan. Gulchehra Hasanova bu borada samarali mehnat qilyapti. Qat`iy intizom, to`g`ri taomlanish va tiklanish tatamidagi g`alabalar omili hisoblanadi...
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Gulchehra Hasanovani tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.
Поздравляем с днём рождения диетолога Федерации дзюдо Узбекистана — Гульчехру Хасанову!
Сегодня день рождения отмечает высококвалифицированный специалист, посвятивший себя важнейшему направлению в спорте — рациональному питанию. Гульчехра Хасанова, диетолог-нутрициолог Федерации дзюдо Узбекистана, вносит весомый вклад в поддержание здоровья, выносливости и спортивной формы наших дзюдоистов.
Питание — основа энергии, восстановления и стабильных результатов. Благодаря таким профессионалам, как Гульчехра Хасанова, наши дзюдоисты уверенно двигаются к вершинам мирового спорта.
Федерация дзюдо Узбекистана сердечно поздравляет Гульчехру Хасанову с днём рождения и желает ей крепкого здоровья, долгих лет, семейного благополучия и новых профессиональных достижений!
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿👏1/2 final bellashuvi yakunlanishiga 6 soniya qolgan bir paytda ikkita yuko bahosi bilan yutqazayotgan Umar Bozorov muqarrar mag`lubiyatni g`alabaga aylantira oldi...
За 6 секунд до окончания полуфинального поединка Умар Бозоров, уступая по оценке юко, сумел превратить, казалось бы, неизбежное поражение в победу...
Obuna boʻling👉 Telegram
Bozorov is on terrific form - he's in the final! 🔥
Follow @ijudo
🇲🇳🥋Hozirning o`zida Ulaanbaatar Grand Slam 2025 turnirining uchinchi kungi saralash bellashuvlarini tomosha qiling!
Прямо сейчас смотрите отборочные поединки третьего дня турнира Ulaanbaatar Grand Slam 2025!
🟢JONLI EFIR UCHUN HAVOLA
👇👇👇👇
https://judotv.com/competitions/gs_mgl2025/live
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasiga Andijon mezbonlik qiladi
Yaqinda Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etiganldi.
Hisob bo‘yicha ushbu turkum musobaqalarning to‘rtinchisiga Andijon viloyati mezbonlik qiladi. 30 iyul kuni Zahiriddin Muhammad Bobur yurtida yurtimizning og‘ir vazn toifalaridagi eng kuchli dzyudochilari jam bo‘ladi.
Андижан встречает мастеров татами — впереди новый этап “Uzbekistan Judo Tour”!
В рамках реализации постановления Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему развитию дзюдо», продолжается серия масштабных турниров “Uzbekistan Judo Tour”, охватывающая все регионы страны.
После зрелищного и насыщенного этапа в Навои эстафету принимает Андижанская область — родина великого Захриддина Мухаммада Бабура. 30 июля здесь соберутся лучшие дзюдоисты страны в тяжёлых весовых категориях, чтобы определить сильнейших на татами.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏Butunjahon yozgi Universiada. Polsha mag‘lub etildi, navbat - Yaponiyaga!
Bugun Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining dzyudo musobaqasida aralash jamoaviy bellashuvlari o‘tkazilyapti.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini to‘g‘ridan to‘g‘ri ikkinchi davradan boshladi. Bu bosqichda talaba-dzyudochilarimiz Polsha terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. Yevropaliklar birinchi davrada mo‘g‘ulistonlik dyudochilardan ustun kelishgandi.
Endi dzyudochilarimiz 1/4 finalda kutilganidek, Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Dzyudo vatani vakillari 1/8 finalda Ozarbayjon terma jamoasini 4:0 hisobida dog‘da qoldirishdi.
Всемирная летняя Универсиада. Польша повержена — следующий соперник — Япония!
В рамках Всемирной летней Универсиады продолжаются поединки по дзюдо. Сегодня проходят жаркие командные схватки в смешанном формате.
Сборная Узбекистана стартовала с 1/8 финала и уверенно вышла в следующий раунд. В первом своём поединке наши студенты-дзюдоисты одолели команду Польши со счётом 4:1. Напомним, что поляки ранее переиграли сборную Монголии и считались непростым соперником.
Теперь наших дзюдочистов ждёт настоящая проверка на прочность — четвертьфинальное противостояние с командой Японии. Представители страны восходящего солнца — признанные мастера дзюдо — в предыдущем раунде разгромили сборную Азербайджана со счётом 4:0.
Впереди — захватывающая битва с одним из фаворитов турнира!
🇺🇿O‘zbekiston - 🇯🇵Yaponiya (juftliklar)
-57 kg: Shukurjon Aminova - Moa Ono
-73 kg: Anvarjon Ibrohimov - Kairi Kentoku
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva - Rin Mayeda
-90 kg: Nurbek Murtazoyev - Komei Kavabata
+70 kg: Irisxon Qurbonboyeva - Miki Mukunoki
+90 kg: Islombek Ravshanqulov - Yuta Nakamura
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇫🇷🤝🇺🇿 Fransiyaning “Judo Club Cellois” murabbiylari endi Buxoroda!
Toshkent va Samarqanddagi iliq uchrashuvlar hamda samarali mahorat darslaridan so‘ng, Fransiya delegatsiyasi o‘z safarini qadimiy va maftunkor Buxoro shahrida davom ettirmoqda.
📍 Mehmonlar **“Buxoro Dzyudo Klubi”**ga tashrif buyurib, bu yerning yosh va iqtidorli dzyudochilari 🥋 bilan uchrashishdi va o‘z bilim hamda tajribalari bilan bo‘lishishdi.
👨🏫 Mahorat darslarini yana:
▫️ M. Aurélien Couston 🇫🇷
▫️ Manon Thiessort 🇫🇷
olib bormoqda. Ular yosh sportchilarga jang uslublari ⚔️, texnikalar hamda xalqaro maydondagi tajribalarini amaliy ko‘rsatmalar orqali etkazishmoqda.
🌐 Bunday tashriflar yosh sportchilarimiz uchun juda katta ahamiyatga ega — ular sportga yangicha nigoh bilan qarashni o‘rganmoqda, chet ellik murabbiylardan ilhom olib, o‘z maqsadlariga yanada qat’iyat bilan intilishmoqda.
🇺🇿🥋Ulaanbaatar Grand Slam 2025. Birinchi kungi bahslardan so‘ng Top-3'damiz!
Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘tkazilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kungi bahslari yakuniga yetdi.
Abdurahim Nutfulloyevning oltin medali sabab O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 28 davlat orasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yaponiya 3 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan peshqadamlik qilmoqda. IJF bayrog‘i ostida kurashayotgan dzyudochilardan iborat jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 2-pog‘onadan joy olgan.
Bugungi bellashuvlarda Mo‘g‘uliston, Xorvatiya, Moldova, Koreya Respublikasi va Xitoy delegatsiyalari ham kamida bittadan bronza medaliga ega chiqishdi.
Ulaanbaatar Grand Slam 2025. По итогам первого дня — Узбекистан в тройке сильнейших!
В столице Монголии завершились поединки первого соревновательного дня престижного турнира серии «Большого шлема».
Благодаря золотой медали Абдурахима Нутфуллоева, сборная Узбекистана поднялась на третью строчку в общекомандном медальном зачёте среди 28 стран-участниц. Лидирует сборная Японии, в активе которой 3 золотые, 1 серебряная и 1 бронзовая награда. На втором месте — команда, выступающая под флагом Международной федерации дзюдо (IJF), завоевавшая 1 золото, 1 серебро и 3 бронзы.
В сегодняшних схватках медали также завоевали дзюдочники из Монголии, Хорватии, Молдовы, Республики Корея и Китая — каждая из делегаций пополнила копилку как минимум одной бронзой.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥇🎶Ulaanbaatar Grand Slam 2025 chempioni Abdurahim Nutfulloyev oltin medalini qabul qilib oldi. Uning sharafiga Mo`g`uliston zaminida O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Bu uning faoliyatidagi birinchi "Katta Dubulg`a" turniri oltin medali va o`ylaymizki, Abdurahim hali ko`p marotaba chempionlik shohsupalariga ko`tardi.
Чемпион Ulaanbaatar Grand Slam 2025 — Абдурахим Нутфуллоев! Он уверенно завоевал золотую медаль, и в его честь на монгольской земле торжественно прозвучал Государственный гимн Республики Узбекистан.
Это первая победа Нутфуллоева на турнире серии «Большого шлема», и, без сомнений, не последняя. Абдурахим только начинает свой путь к вершинам мирового дзюдо — и впереди у него ещё множество пьедесталов!
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥇Abdurahim Nutfulloyev Ulaanbaatar Grand Slam 2025 chempioni!
Yoshlik shijoati tajribadan ustun keldi. -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nutfulloyev Mo`g`ulistonda o`tkazilayotgan "Katta Dubulg`a" turniri chempioniga aylandi. U 8 daqiqadan sal ko`proq davom etgan hal qiluvchi final bellashuvida moldovalik tajribali raqib, Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Denis Viyeruni mag`lubiyatga uchratdi.
Abdurahim Nutfulloyev oltin medal bilan birga jahon reytingiga beriladigan qimmatli 1000 ochkoni ham qo`lga kiritdi.
Bu Abdurahimning faoliyatidagi ikkinchi "Katta Dubulg`a" musobaqasi medali bo`ldi. Nutfulloyev shu yil mart oyida Tbilisi Grand Slam 2025 turnirida bronza medaliga ega chiqqandi.
Абдурахим Нутфуллоев — чемпион Ulaanbaatar Grand Slam 2025!
Молодость, решимость и бесстрашие взяли верх над опытом. В весовой категории до 66 кг узбекистанский дзюдока Абдурахим Нутфуллоев завоевал золотую медаль на престижном турнире серии «Большой шлем», проходящем в Улан-Баторе.
В напряжённой финальной схватке, длившейся чуть более восьми минут, наш спортсмен одолел титулованного соперника — призёра Олимпийских игр и чемпионата мира, представителя Молдовы Дениса Вьеру.
Победа принесла Нутфуллоеву не только золотую награду, но и 1000 рейтинговых очков, столь важных в борьбе за олимпийскую квалификацию.
Для Абдурахима это уже вторая медаль на турнирах Grand Slam: в марте он поднялся на пьедестал почёта в Тбилиси, где завоевал бронзу. Сегодня же в Монголии — его звёздный час и первая победа на турнирах такого уровня.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram