🇰🇿🥋12-13-oktyabr kunlari Qozogʻistonning Aktau shahrida Turar Joldibayev xotirasiga bagʻishlab o`tkaziladigan Osiyo Ochiq kubogining barcha qur`a natijalari...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Bugun Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turnirida 4 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
🇦🇪11-13-oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi.
Dunyoning 4 qitʼasi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham medallar uchun tatamiga chiqadi.
Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turnirida 16 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi. Bugun ulardan 4 nafari medallar uchun bahslarga kirishadi.
🇺🇿🥋Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
✅-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov - Ismael Diyego (Braziliya)
✅-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Luka Modebadze (Gruziya)/Felipe Dakruz (Livan)
✅-66 kg: Muhriddin Tilovov - Luka Kajjiano (Italiya)/Adilbek Berikuli (Qozogʻiston)
✅-66 kg: Ismoil Nishonboyev - Rashad Yelkiyev (Ozarbayjon)
⏰Bugungi bellashuvlar bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi...
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇦🇪🥋Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turniriga qurʼa tashlandi
Xabar berganimizdek, 11-13-oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi.
Dunyoning 4 qitʼasi 29 mamlakatidan jami 219 (150 erkak, 69 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham medallar uchun tatamiga chiqadi.
Mukofot jamgʻarmasi 154 000 yevroni tashkil qiluvchi Abu-Dabi “Katta Dubulgʻa” turnirida 16 nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi. Biroz avval musobaqaga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🇺🇿🥋Dzyudochilarimiz uchun qurʼa natijalari:
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov - Ismael Diyego (Braziliya)
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Luka Modebadze (Gruziya)/Felipe Dakruz (Livan)
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Luka Kajjiano (Italiya)/Adilbek Berikuli (Qozogʻiston)
-66 kg: Ismoil Nishonboyev - Rashad Yelkiyev (Ozarbayjon)
-73 kg: Muhriddin Gʻiyosov - Yermek Amangeldi (Qozogʻiston)
-73 kg: Shavkat Saitqulov - Karen Galstyan (IJF)
-81 kg: Suhrob Tursunov - Israel Nzange (Kot DʻIvuar)
-81 kg: Zulfiddin Usmonov - Viron Jon Ferrer (Filippin)
-90 kg: Nurbek Murtozoyev - Ken Dakasin (Filippin)
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov - Mixail Latishev (Moldova)
-100 kg: Zufarbek Oʻrolov - Niyaz Bilalov (IJF)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev - Jahongir Majidov (Tojikiston)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov - Tamerlan Bashayev (IJF)
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev - Madi Yedilbayev (Qozogʻiston)
🥋AYOLLAR
+78 kg: Fotima Quramboyeva - Karen Stivenson (Niderlandiya)
+78 kg: Durdona Nizomaddinova - Koraliye Hayme (Fransiya)
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Bir necha yildan beri sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali psixolog, “Shuhrat” medali sohibasi Lola Agzamova kuni kecha dzyudo boʻyicha terma jamoalarimiz murabbiylari bilan psixologik suhbat oʻtkazdi. Unda kelgusi musobaqalarda ham terma jamoa murabbiylar shtabi bilan hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashda davom etish masalasi muhokama qilindi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇰🇿🥋Qozog'iston - 2027 yilgi Jahon chempionati mezboni!
🇭🇺Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida joylashgan IJF shtab-kvartirasida Qozog'iston dzyudosi uchun tarixiy voqeylik ro'y berdi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi 2027 yilgi kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini Qozog'iston poytaxti Astana shahriga ishonib topshirdi. Shartnoma IJF prezidenti Marius Vizer hamda Qozog'iston Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabossinov tomonidan imzolandi.
🇺🇿🥋Eslatib o'tamiz, poytaxtimiz Toshkent shahri 2022 yilgi kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Jahon chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan xorazmlik dzyudochilarimiz Urganch temiryo'l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Jahon chempionati sovrindori Despina Bochkova munosib kutub olindi
🇹🇯Xabaringiz bor, 2-7 oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati bo`lib o`tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Terma jamoamiz safida tatamiga chiqqan Jizzax viloyati Paxtakor tumani sport maktabining dzyudo bo'limi tarbiyalanuvchisi Despina Bochkova ham bor edi.
Yosh dzyudochimiz tuman hokimligi mutasaddilari o’zi o’qigan 2-sonli umumta’lim maktabida o’quvchi yoshlar ishtirokida tantanali kutub olindi. Jahon chempionatida dunyoning 5 qit’asi 67 mamlakatidan jami 531 nafar dzyudochi ishtirok etdi. Terma jamoamiz dunyo birinchiligida umumjamoa hisobida 4-o`rinni band etgandi.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Murodil Murodillayevga jahon chempionatining bronza medalini taqdim etgan usul...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Ikki dzyudochimiz jahon chempionatining bronza medali uchun tatamiga chiqadi
-60 kg: 🇺🇿Murodil Murodillayev (O`zbekiston) - 🇺🇸Jonatan Yang (AQSH)
-66 kg: 🇺🇿Zamoxshari Bekmurodov (O`zbekiston) - 🇮🇹Alessio De Luka (Italiya)
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🤝🇹🇯Tojikiston mezbonligida o`tayotgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida federatsiyamiz yetakchi mutaxassisi Abbos Yunusxo`jayev ham faoliyat yuritmoqda. IJF`da hamyurtlarimizning ko`payib borayotgani quvonarli holat...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏Murodil Murodillayev (-60 kg) jahon chempionatining 1/2 finalida! U 13 soniya davom etgan 1/4 finalda italiyalik Vinchenso Manferlottini taslim etdi. Endi Murodil final chiptasi uchun mezbon dzyudochi Loiq Kudbudinovga qarshi tatamiga chiqadi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🇹🇯🥋📸Murodil Murodillayev (O`zbekiston) - Hayrullo G`anizoda (Tojikiston) bellashuvining sara suratlari...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏Nizomiddinxoʻja Toshpoʻlatov ham jahon chempionatidagi ishtirokini g`alaba bilan boshladi. -66 kg vazndagi dzyudochimiz ikkinchi davrada IJF bayrog`i ostida kurashgan Kiril Vitkovskini ippon bahosi evaziga mag`lubiyatga uchratdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Zamoxshari Bekmurodov (-66 kg) ham g`alaba bilan boshladi. U jazoirlik Ayub Benlaribidan ustun keldi. Afsuski, Laziza Haydarova (-48 kg) jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋📚Ana shunday bayram tadbiri Urganchda ham o`tkazildi
Xorazm viloyati Urganch dzyudo sport mahorati maktabida ham 1 oktabr - “O`qituvchi va murabbiylar kuni”ga bagishlab tadbir tashkil etildi. “Ustoz - otangdek ulug`, ustozning qadami qutlug`” deb nomlangan ma`naviy- ma`rifiy tadbirda faxriy ustoz va trenerlarimizga yuksak ehtirom ko`rsatildi.
Ustozlar kasb bayrami bilan muborakbod etilib, esdalik sovg`alar topshirildi. Bayram tadbirida sportchi o`quvchilar tomonidan kuy va qo`shiqlar ijro etildi.
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Oʻn besh nafar dzyudochimiz Aktau Asian Open 2024 musobaqasida tatamiga chiqadi
🇰🇿12-13-oktyabr kunlari Qozogʻistonning Aktau shahrida Turar Joldibayev xotirasiga bagʻishlangan turnir boʻlib oʻtadi.
“Halyk Arena” mezbonlik qiluvchi ushbu Osiyo Ochiq turniri Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan boʻlib, unda Ozarbayjon, Gonkong, Hindiston, Eron, Qirgʻiz Respublikasi, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Qozogʻistondan jami 200 nafarga yaqin sportchi medallar uchun bahslarga kirishadi.
Yurtimiz sharafini 15 nafar dzyudochimiz himoya qiladi. Biroz avval Osiyo Ochiq kubogiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Musobaqa chempionlari oʻz hisoblariga 100 reyting ochkosini qoʻshib qoʻyishadi. Kumush medal egalari 70, bronza medal sohiblari esa 50 ochkoni qoʻlga kiritishadi.
🇺🇿Oʻzbekistonlik dzyudochilar uchun qurʼa natijalari:
🥋ERKAKLAR
-60 kg: Imomaddin Karimov - Aman Bakitjan (Qozogʻiston)
-73 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov - Kanat Abituli (Qozogʻiston)/Iriskeldi Jumabekov (Qirgʻiz Respublikasi)
-81 kg: Ravshanbek Ollamov - Orazgeldi Uralov (Qozogʻiston)
-81 kg: Muhammad Mamadaliyev - Nurbek Murat (Qozogʻiston)
-81 kg: Muhammadali Rashidov - Karim Allahverdiyev (Ozarbayjon)
-81 kg: Behruz Homidov - Sayat Seytkaliyev (Qozogʻiston)
+100 kg: Abdulloh Xudoyorov - Yerassil Nugumat (Qozogʻiston)
+100 kg: Temirlan Ibrayev - Shinggiz Yerjanuli (Qozogʻiston)
+100 kg: Asadbek Shixnazarov - Rahul (Hindiston)
🥋QIZLAR
-48 kg: Fotimaxon Tursunaliyeva - Ayana Duysenbay (Qozogʻiston)/Ayaulim Turdike (Qozogʻiston)
-48 kg: Ulbusin Hakimova - Jibek Jaksibay (Qozogʻiston)
-52 kg: Yulyana Maksetbayeva - Nurbala Zaynul (Qozogʻiston)
-52 kg: Farangiz Rahimova - Meruyert Sarsenova (Qozogʻiston)
-63 kg: Sevinch Isoqova - Karligash Telman (Qozogʻiston)/Saniya Ray (Hindiston)
-70 kg: Shinar Ibrayeva - Anastasiya Mayakova (Qozogʻiston)
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇦🇪🇺🇿🥋11-13-oktyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boʻlib oʻtadi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🎁🎂Anvar Irchayevni tabriklaymiz!
🇺🇿🥋Bugun Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Toshkent shahar boʻlimi raisi Anvar Irchayev uchun unutilmas kun.
U kishi oila aʼzolari, yaqinlari, hamkasblari davrasida oʻz tavallud kunlarini nishonlayaptilar. Bugungi tugʻilgan kun sohibi poytaxtimizda turli darajadagi musobaqalarning oʻtkazilishi, dzyudo klublarining faoliyatini muvofiqlashtirish, hakamlar va murabbiylar tayyorlash boʻyicha keng koʻlamdagi ishlarga bosh-qosh boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Anvar Irchayevni bugungi shukrona kun bilan muborakbod etadi. Anvar akaga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Murabbiylar bilan psiloxologiya yoʻnalishida suhbat oʻtkazildi
Sir emas, psiloxologiyaning har bir yoʻnalish, xususan sportda ham oʻrni beqiyos hisoblanadi.
Sportchilarimizning nufuzli musobaqalar, shu jumladan yaqindagina oʻzbek sporti tarixiga zarhal xarflar bilan bitilgan Parij-2024 Olimpiadasidagi yorqin natijalarida ham psixologik tayyorgarlik muhim omillardan biri boʻldi.
Sportdagi yutuq nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki koʻp jihatdan sportchining bellashuv davomida oʻz kuchini qanday boshqarishiga bogʻliq. U oʻzini qanchalik biladi, qanday sokin va xotirjam tutadi, raqibini eng maqbul daqiqada magʻlub eta olish qobiliyatini aniqlashga qodirmi? Bu savollarga aynan psixologiya javob beradi.
Yapon amaliyotida qoʻllaniladigan bir usul bor. Bu har bir inson tashqi psixologiya mohiyatiga oʻzgalar yordamisiz erishishi mumkin boʻlgan ong bilan ishlash, savollar va kichik vazifalar orqali yechim topishdan iborat.
Sportda psixologiya muvaffaqiyatning deyarli yarmi hisoblanadi. Sportchi bahsga jismonan tayyor boʻlishi mumkinki, lekin ruhiyat bilan muammo yuzaga kelsa, natija kutilgan darajada boʻlmaydi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi shu holatlarni inobatga olgan holda terma jamoa aʼzolari uchun psixologik mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻygandi.
Bir necha yildan beri aynan sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali psixolog, “Shuhrat” medali sohibasi Lola Agzamova kuni kecha dzyudo boʻyicha terma jamoalarimiz murabbiylari bilan psixologik suhbat oʻtkazdi. Unda kelgusi musobaqalarda ham terma jamoa murabbiylar shtabi bilan hamkorlikda, hamjihatlikda ishlashda davom etish masalasi muhokama qilindi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Jahon chempionatida g'olib va sovrindor bo'lgan xorazmlik dzyudochilarimiz Urganch temiryo'l vokzalida tantanali ravishda kutib olindi...
Obuna boʻling👉 Telegram
📹"SPORT" telekanalining informatsion dasturi ijodkorlari Dushanbe shahrida o`tkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatidan qaytib kelgan terma jamoamiz delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimidan reportaj tayyorlashdi...
🤲E`tibor uchun tashakkur!!!
Оbuna bo'ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Bugun O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o'rinbosari Alisher Narbayev boshchiligidagi mas'ullar 14-20 oktyabr kunlari poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan dzyudo bo'yicha Harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlikni ko'zdan kechirishdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋🥉Murodil Murodillayev jahon chempionati bronza medali sovrindori. U bronza medali uchun kechgan bellashuvda AQSH vakili Jonatan Yangni mag'lubiyatga uchratdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋📸Zamoxshari Bekmurodov (O`zbekiston) - German Kobets (IJF) bellashuvining sara suratlari...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏Murodil Murodillayev 13 soniyada italiyalik Vinchenso Manferlottini mag`lub etdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🇭🇺🥋👏Zamoxshari Bekmurodov vengriyalik Sebastyan Kollarni mag`lub etib, 1/4 finalga yo`l oldi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋👏Murodil Murodillayev (-60 kg) 1/4 finalda! U jahon chempionatining nimchorak finalda mezbonlar vakili Hayrullo G`anizodani taslim etdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🇩🇿🥋📸Zamoxshari Bekmurodov - Ayub Benlaribi (Jazoir) bellashuvininig sara suratlari...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Jizzaxlik murabbiylar bilan viloyat dzyudosi istiqbollari muhokama qilindi
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasining maxsus ishchi guruhi Jizzaxda boʻlib, viloyat dzyudosi bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, Federatsiya raisi yordamchisi Alisher Arziqulov, federatsiyaning hududlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Baxtiyor Yoʻldoshev, federatsiyaning Jizzax viloyati boʻlimi ijrochi direktori Abbos Toxmanov ishtirokida viloyat murabbiylari boʻlib oʻtgan yigʻilishda erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar va ularning yechimi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, trenerlarga dzyudochilar bilan zamonaviy metodlar asosida ishlash, kyuni oʻrgatish, viloyat terma jamosini kuchaytirish, noyabr oyida oʻtkaziladigan kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatiga puxta tayyorgarlik koʻrish lozimligi aytildi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Jizzax viloyatida dzyudo bilan shugʻullanayotganlar soni 1000 nafardan oshgan. Ularga Nargiza Azimova, Nigora Hidirova, Saodat Haydarova, Marhabo Kironboyeva, Iroda Abdurahmonova, Mahkamboy Tojiyev, Islom Jumanov, Jahongir Ashurov, Jasur Nizomov singari sertifikatga ega murabbiylar dzyudo sir-asrorlarini oʻrgatib kelishmoqda.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋📚Denovda O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi
Surxondaryo viloyati Denov dzyudo sport mahorat maktabida 1 oktabr - "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Unda sport sohasini rivojlantirishda, yosh avlodni jismonan sog'lom va ma'nan yetuk qilib tarbiyalashda o'z hissasini qo'shgan bir qator faxriy sportchi ustoz-murabbiylar ishtirok etishdi.
Ularga ehtirom ko'rsatilib, tadbir davomida esdalik sovg'alari topshirildi. Tadbirda o'quvchilar o'zlari tayyorlagan kuy-qo'shiqlar va she'rlar bilan yig'ilganlarni xushnud qildilar.
Obuna boʻling👉 Telegram