🗣Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda dzyudoni ommalashtirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar aks etgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
📑Musobaqaning asosiy maqsadi: faol dzyudo sporti ishqibozlari, federatsiyaning faol hududiy bo'linmalari, klublar hamda sport maktablarini aniqlash va munosib ragʻbatlantirishdan iborat.
🇺🇿🥋Murabbiylar yil soʻnggiga qadar boʻlgan musobaqalarga tayyorgarlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi murabbiylar shtabining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.
Terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov boshchiligida oʻtgan yigʻilishda murabbiylarimizdan Marko Spittka, Ulugʻbek Azizov, Nelli Kiyamova, Tohir Fayziyev, Iskandar Rasulov, Rahim Subhonov, Aziz Toshmatov ishtirok etishdi. Terma jamoa bosh murrabbiyi Ilias Iliadis yuzaga kelgan taʼtilni oila aʼzolari davrasida oʻtkazyapti. Tez kunda mutaxassis terma jamoa ixtiyoriga qaytadi.
Yigʻilishda oʻsmirlar, yoshlar va kattalar terma jamoasining joriy yil soʻnggiga qadar boʻlgan musobaqalarga tayyorgarligi, undagi ishtiroki muhokama qilindi. Hozirda barcha viloyat dzyudochilari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatiga tayyorgarlik koʻrishyapti.
Yoshlarimiz 2-6-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga hozirlik koʻrishayotgan boʻlsa, kattalar terma jamoamiz Parij-2024 Olimpiadasidan keyin taʼtilga chiqqan. Ular yil soʻnggiga qadar Abu-Dabi va Tokio “Katta Dubulgʻa” turnirlarida ishtirok etishadi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
Янги Ўзбекистонда тинимсиз меҳнат, букилмас ирода, матонат ва маҳорат албатта қадр топади
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun Sport vaziri A.Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Kasimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Kamilov hamda Olimpiya shaharchasini barpo etish bo‘yicha bosh pudratchi “China CAMC Engineering Co., LTD” Xitoy kampaniyasi vakillari ishtirokida Sport vazirligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Uchrashuvda, barpo etilayotgan ishnootlarning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishi hamda qurilishi rejalashtirilayotgan inshootlar to‘g‘risida muzokaralar olib borildi.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XVII летних Паралимпийских играх в городе Париже"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🥋Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi oʻrinbosari Alisher Narbayev jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan dzyudochilarimizning mashgʻulotini kuzatdi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋Mudofaa vaziri oʻrinbosari jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrayotgan dzyudochilarimizning mashgʻulotini kuzatdi
Xabar berganimizdek, 14-20-oktyabr kunlari poytaxtimiz dzyudo boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Shu kunlarda boʻlajak nufuzli musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoamiz aʼzolari poytaxtda oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga zoʻr berishgan. Mashgʻulotlarda qozogʻistonlik dzyudochilar ham ishtirok etishyapti.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi oʻrinbosari Alisher Narbayev dzyudochilarimizning tayyorgarligini bevosita kuzatish uchun mashgʻulotga keldi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🥋📸Osiyo chempionatiga jo’nab ketish arafasida turgan O`zbekiston o`smirlar va yoshlar terma jamoasi a`zolari safar oldidan fotosessiyada ishtirok etishdi...
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋 O`zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Osiyo chempionatiga jo’nab ketish arafasida turgan murabbiy va dzyudochilarimiz bilan uchrashib, ularning har biri bilan alohida-alohida suhbatlashdi...
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Azizjon Kamilov Osiyo chempionatiga jo’nab ketish arafasida turgan murabbiy va dzyudochilarimiz bilan uchrashdi…
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿“Mehnat shuhrati” ordeni muborak, Azizjon Yakubjanovich!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi FARMONI
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Kamilov Azizjon Yakubjanovich - Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋O`smirlarimiz ham Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko`rishyapti
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Buxoro shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazmoqda.
🇰🇷Ushbu mashgʻulotlar 29-30 avgust kunlari Koreya Respublikasining Mungyong shahrida oʻtkaziluvchi o`smirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga soʻnggi tayyorgarlik bosqich vazifasini oʻtab bermoqda.
Qitʼa birinchiligida toʻliq tarkib bilan ishtirok etuvchu kadetlarimiz ham tayyorgarlikka zo`r berishgan. O`zmirlarimizning o`quv-mashg`ulot yig`ini O`zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshidagi zalda tashkil etilmoqda.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХХХIII ёзги Олимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXIII летних Олимпийских играх в городе Париже"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🥋🥇🥉O‘zbekiston dzyudo terma jamoasining so`nggi uchta Olimpiya o`yinlarida umumjamoa hisobida egallagan o`rinlari...
Obuna bo`ling👉 Telegram
☝️ Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokiga oid #fakt
___
☝️#Факт об участии делегации Узбекистана на летних Олимпийских играх Париж-2024
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
🌐instagram | 📝telegram
🎞olympicuz8584?si=t8rJtBIq_vqNh22i">YouTube | 🌐 Olympic.uz
🇺🇿🥋Samarqandda an`anaviy "Marakand Ѵ" xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi o`tkazildi
Ko`hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha "Marakand Ѵ" xalqaro turniri bo`lib o`tmoqda.
Har yili an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan musobaqada yurtimizning yosh dzyudochilaridan tashqari qo`shni Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan 600 nafardan ziyod sportchi g‘oliblik uchun bellashmoqda.
Ishtirokchilar turli yosh guruhida o‘ttizdan ortiq vazn toifasida tatamiga chiqmoqda. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyat Sport boshqarmasi hamda O`zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etib, dzyudochilarga mas`uliyatli bellashuvlarda omad tilashdi.
Obuna boʻling👉 Telegram
"Қизларимиз Ўзбекистон ғалабасига муносиб ҳисса қўшганлари тўғрисида ҳар қанча ғурур ва ифтихор билан гапирсак арзийди"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🎁🎂Shahrullo Mahmudovni tabriklaymiz!
🇺🇿Bugun O`zbekiston Respublikasi Sport vaziri o`rinbosari Shahrullo Mahmudov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Shahrullo Mahmudov 1970 yil 13 sentabr kuni Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Hayotini og‘ir atletika sportiga bag`ishlagan tajribali mutaxassis uzoq yillar O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasida bosh kotib, 2013 yildan esa federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shahrullo Sharipovich bir vaqtning o‘zida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti hamda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining Ijroiya qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
Bugungi kun qahramoni 2002 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni, 2016 yil “Mehnat shuhrati”, 2021 yil birinchi darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordenlari bilan taqdirlangan.
🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Shahrullo Mahmudovni bugungi tavallud ayyom bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿🎖️“Shuhrat” medali muborak, Lola Saidabbasovna!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi psixologi Agzamova Lola Saidabbasovna “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi...
Obuna boʻling👉 Telegram
🇺🇿“Siz imkonsiz narsaning oʻzi yoʻqligini yana bir bor isbotladingiz” - Saida Mirziyoyeva paralimpiyachilarga minnatdorlik bildirdi
Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva paralimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Obuna boʻling👉 Telegram
Prezident topshiriqlari soha mutaxassislariga yetkazildi
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik loyihasi – Toshkent -2025 yoshlar Osiyo oʻyinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining qurilish ishlarini borib koʻrdi. Davlatimiz rahbari tashrif davomida majmuani xalqimiz uchun uzoq yillar xizmat qiladigan, zamonaviy talablarga mos tarzda barpo etish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan edi. Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida Sport vaziri Adham Ikramov ushbu vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Unda vazir oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va rais oʻrinbosari Azizjon Kamilov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi rahbariyati, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Yigʻilish davomida vazir davlatimiz rahbari tomonidan barcha yoʻnalishlarda berilgan topshiriqlarni masʼullarga yetkazdi. Xususan, obyektalarni energiya tejamkor xomashyolar bilan jihozlash, jarayonni yuqori darajada raqamlashtirish va unda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish, shaharchani hamyurtlarimiz uchun madaniy va koʻngilochar majmuaga aylantirish, shuningdek, Oʻyinlarning ochilish marosimiga puxta tayyorgarlik koʻrish borasidagi vazifalar masʼullar bilan muhokama qilib olindi. Qolaversa, musobaqa ramzlarini tasdiqlash, binolardan Oʻyinlardan soʻng samarali foydalanish, tashrif buyuradigan yurtdoshlarimizga barcha sharoitlar yaratish borasida ham fikr almashildi.
--
Поручения Президента, относительно сооружения Олимпийского городка обсуждены со специалистами сферы
Вчера Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства Олимпийского городка, который возводится для юношеских Азиатских игр Ташкент-2025. Во время своего визита, Глава Государства дал соответствующие поручения ответственным лицам, обратить особое внимание сооружению комплекса, который будет служить нашему народу долгие годы и учитывать современные требования. Сегодня в Национальном Олимпийском комитете Узбекистана во главе с Министром спорта Адхамом Икрамовым состоялось совещание по исполнению вышеупомянутых задач.
В мероприятии присутствовали заместитель Министра спорта Шахрулло Махмудов, Генеральный секретарь НОК Ойбек Касимов и заместитель председателя Комитета Азизжон Камилов, руководство Паралимпийского комитета страны и специалисты сферы.
Во время встречи Министр передал ответственным лицам все поручения, которые были даны Главой Государства. В частности, с руководителями обсуждены задачи, по оснащению комплексов энергосбережающими материалами, цифровизации процесса и максимального использования возможностей искусственного интеллекта, а также, по подготовке к церемонии открытия Игр, преобразованию городка к культурному и развлекательному центру для жителей страны. Более того, были рассмотрены такие актуальные вопросы, как, утверждение талисмана и логотипа Игр, эффективное использование зданий, после завершения соревнований и создания необходимых условий для наших соотечественников.
🇺🇿🎖Azizjon Kamilov III darajali “Namunali xizmati uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan mukofotga loyiq koʻrildi.
Maxsus buyruq asosida vazir tomonidan imzolangan III darajali “Namunali xizmati uchun” koʻkrak nishonini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri oʻrinbosari polkovnik Alisher Narbayev Azizjon Kamilovga tantanali ravishda topshirdi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna boʻling👉 Telegram
🎁🎂"Do‘stlik" ordeni sohibi Oybek Kasimovni tabriklaymiz!
🇺🇿Parij-2024 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz sababchilaridan biri, o‘zbek sporti rivojida o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelayotgan tajribali va jonkuyar mutaxassis, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi, "Do‘stlik" ordeni sohibi Oybek Kasimov bugun o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Oybek Kasimov aytib o'tganimizdek, Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamiz rahbarlaridan biri sifatida, O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijaning qayd etilishida o‘zining munosib ulushini qo‘shdi. Yurtimizda sportni rivojlantirish yo‘lidagi samarali xizmatlari uchun “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
🤲Hurmatli, Oybek Omilovich! Sizni bugungi shukrona kuningiz bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar hamda dzyudochilar nomidan tabriklaymiz. Sizga mas’uliyatli va mashaqqatli mehnat faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz. Farzandlaringiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz baxtiga hamisha sog‘ va salomat bo‘ling!
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Azizjon Kamilov Osiyo chempionatiga jo’nab ketish arafasida turgan murabbiy va dzyudochilarimiz bilan uchrashdi…
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋Azizjon Kamilov Osiyo chempionatiga jo’nab ketish arafasida turgan murabbiy va dzyudochilarimiz bilan uchrashdi
🇰🇷Xabar berganimizdek, 29 avgust - 1 sentyabr kunlari Koreya Respublikasining Mungyong shahrida o`smirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati bo’lib o’tadi.
Bir necha kundirki, har ikki terma jamoamiz bo’lajak qitʼa birinchiligiga tayyorgarlik ko’rmoqda. O’smirlarimizning mashg’uloti Toshkentda tashkil etilayotgan bo’lsa, yoshlarimiz Buxoro shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazib qaytishdi. Har ikkala terma jamoamiz ham toʻliq tarkibda Osiyo chempionatida qatnashadi.
O`zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov safar oldidan turgan dzyudochilarimiz va ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Suhbat chog’ida Azizjon Yakubjanovich murabbiylarning tayyorgarlik haqidagi fikrlarini tingladi va o’z tavsiyalarini berdi.
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida qit’amizning 17 davlatidan 400 nafarga yaqin dzyudochi medallar yo’lida tatamiga chiqadi.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🥋O`smirlarimiz ham Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko`rishyapti...
Obuna bo`ling👉 Telegram
🇺🇿🎖Bir guruh dzyudochi va murabbiylarimiz davlat mukofotiga loyiq koʻrilishdi
Parij shahrida boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi.
Mamlakatimizda olimpiya harakatini yangi bosqichga koʻtarish, xalqimiz oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qoʻshayotgan ulkan hissasi, yurtimizda sport sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, oʻzining azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib kelayotgani, xususan, Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida har tomonlama munosib qatnashib, Vatanimiz tarixida mislsiz natijalarga erishgani, Yangi Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy gʻurur va iftixor tuygʻulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan
Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan
Yusupov Alisher Xalimboyevich - Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Azizov Ulugʻbek Azim oʻgʻli - Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Kiyamova Nellya Esxatovna - Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
“Doʻstlik” ordeni bilan
Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir oʻgʻli - Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo boʻyicha murabbiysi, Xorazm viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Obuna bo`ling👉 Telegram
Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining masʼuliyatli lavozimiga tayinlandi
Dzyudo boʻyicha Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha maxsus vakili etib tayinlandi. Chempion sportchimiz bilan uchrashuvda Agentlik rahbari Mansurbek Olloyorov hamda uning birinchi oʻrinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovani qutlab, xizmat guvohnomasini tantanali ravishda topshirishdi.
Sh.Sh. Mirziyoyeva Diyoraning Olimpiadadagi gʻalabasi ilgʻor oʻzgarishlar uchun katalizator boʻlib, butun dunyoga Oʻzbekistonning teng imkoniyatlar va hadsiz salohiyatlar mamlakati ekanligini koʻrsatib berganini taʼkidlab oʻtdi. Oʻz navbatida, chempion sportchimiz oʻziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilishini qoʻshimcha qildi.
—
Диёра Келдиёрова назначена на ответственную должность Национального агентства социальной защиты
Чемпионка летних Олимпийских игр Париж-2024 Диёра Келдиёрова была назначена Социальным комиссаром Национального агентства социальной защиты при Президенте Республики Узбекистан по борьбе с гендерным неравенством и насилием в отношении детей. Во время встречи с Келдиёровой присутствовали руководитель Агентства Мансурбек Оллоёров и его первый заместитель Шахноза Мирзиёева, которые поздравили чемпионку с назначением на новый пост и торжественно вручили ей служебное удостоверение.
Ш.Ш. Мирзиёева отметила, что Олимпийская победа Диёры стала катализатором прогрессивных изменений, демонстрируя миру, что Узбекистан - страна равных возможностей и безграничного потенциала. В свою очередь, дзюдоистка выразила, что всеми силами постарается оправдать оказанное ей высокое доверие.
🎁Saken Polatovni tabriklaymiz!
🇺🇿🇺🇿🥊Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov o‘z tavallud kunini nishonlayapti.
Saken Polatov ixtisosligi bo‘yicha vrach-epidemiolog. U 2002 yilda Toshkent Davlat meditsina institutini tamomlagan. Sportga bo‘lgan qiziqish tibbiyotdan ustun kelgan. Saken Polatov bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, ham O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
🇺🇿🥋O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Saken Djetibayevichni bugungi unutilmas kun - tavallud ayyom bilan muborakbod etadi. Sportimiz fidoiysiga uzoq umr, sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt tilaymiz.
✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Obuna bo`ling👉 Telegram
🎁🎂Tavallud ayyom muborak, Nurali Qobulov!
🇺🇿Bugun "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohibi Nurali Qobulov yana bir yoshga ulg’aydi.
Ko'pchilikning xabari bor, bugungi kun qahramoni "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori, jahon va Osiyo chempioni Davlat Bobonovning murabbiyi hisoblanadi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bugun shukrona kunini nishonlayotgan Nurali Qobulovni unutilmas kun bilan muborakbod etadi. Bu tilaklarga yurtimizda faoliyat yuritayotgan murabbiylar, hakamlar, dzyudochilar hamda u kishining shogirdlari ham qo'shilishadi.
🤲Nurali O'ktamovich, Davlat Bobonov singari chempion shogirdlaringiz ko’payaversin.
✍️O’zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Оbuna bo'ling👉 Telegram