🤩 Bugun SMM Pro guruhimiz trendda!
SMM Pro kursimiz ham oxirlab qoldi. Najot Ta'lim markazi HR menejeri Ali aka kuni kecha bizning telegram guruhga alohida gaplashadigan gaplari borligini, darsimizga kirib gaplashib olishimizni yozgandilar.
SMM Pro guruhimiz a'zosi, ham grafik dizayner ham "5 minuti kam" professional SMM mutaxassisi Sitora O'ktamova HR menejerimiz Ali akani alohida darsimizga taklif qilib, kreativ taklifnoma yasabdilar. Bugun Najot Ta'limda shu taklifnoma trend'ga chiqdi. Hatto, Najot Ta'lim asoschisi Temurbek Adhamov ham o'z kanallariga repost qilibdilar.
☝️ Guruhimizning bir a'zosi qilgan ish bugun butun Najot Ta'lim'ga tarqaldi, endi bu guruhimizning 14 nafar a'zolari birlashsa nima bo'lar ekana? Shu guruh a'zolari ichida men ham borligimdan xursandman. Najot Ta'lim'da o'tgan kunlarim meni hayotimni butunlay o'zgartirib yuborish arafasida. Bu reklama emas, lekin IT sohasida o'quv markazi izlayotgan bo'lsangiz Najot Ta'lim eng zo'ri deb bemalol ayta olaman!
Bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz tayyorlagan kadrlar erishgan natijalarga boq!
(Najot Ta'lim nomidan Izzatxo'ja Asomiddinov tomonidan yozilgan😉)
P.S: Bir hafta oldin ustozimiz Farrux Turg'unov guruh a'zolari 3 jamoaga bo'lib, Teamworking bajaradigan vazifa bergandilar, biz Sitora O'ktamova bilan bir jamoada edik va yakunda bizga topshirilgan vazifani Zilola Zokirova, G'ayrat Xudoyberdiyev, Azimjon Sattorovlar bilan birga qoyilmaqom qilib uddaladik😎
👉 @Izzatkhoja
Urreee profilim blokdan olindi, Facebook tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari yakunlandi va profilim aybsiz deb topildi, qonuniy asos sifatida shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etildi😅
Xudoga shukur, kechadan beri xayolim shunda edi.
👉 @Izzatkhoja
😎 Prezident matbuot xizmati meni kanallarimni doimiy kuzatar ekan, bilmagan ekanman!
😅 Kanalimga yozilgan muammolarning aksariyati ijobiy yechim topishining sababi ham shu ekan-da aslida, qoyilee...
P.S: Odamlar ham qiziq-da username, nickname'larni ajoyib-u g'aroyiblarini topishadi. Ba'zida o'zini tanishtirmay yozganlarni nickname'larini ko'rib na qiz bola, na o'g'il bola farqlay ham olmayman. Menimcha hamma o'z ism-familiyasini yozib qo'ygani yaxshi, shunday emasmi? Siz nima deb o'ylaysiz?
👉 @Izzatkhoja
Xayrli kech qadrli kanalim kuzatuvchilari! Mazkur postni #shunchaki rukni ostida qabul qilasiz.
👨💼 Hozirda juda bandman, virtual hayotdagi faoliyatim sekin-asta real hayotga ko'chib bormoqda. Yangidan-yangi g'oyalar "tiqilib yotibdi", lekin vaqt yo'q. Shu sababli kanallarimda obunachilarning tark etish holatlari o'zining eng yuqori pallasiga chiqqan. To'g'rida kerakli, qiziqarli ma'lumotlar bermaydigan, xohlasa 1-2 ta post yozib qo'yadigan, doimiy faol bo'lmagan kanalni kuzatib nima foyda?
Birinchi marta 2016-yilda @kelajakyoshlarniki sahifasini ochgan paytlarim, kuniga bitta odam chiqib ketsa ham kayfiyatim buzilardi, yanada qiziqarli ma'lumotlar berish, loyihalar o'tkazish bo'yicha rosa o'ylanardim. Hozir esa kuniga o'rtacha 200 nafar obunachi chiqib ketadi, meni esa parvoyim palak...
Ha hayotda seni kuzatuvchi insonlarning ko'p bo'lishi unchalik ahamiyatga ega emas, asosiysi 100 kishi kuzatsa ham ularning hurmatini qozonish, ishonchini oqlash muhim. Ba'zida atrofimdagilardan shunday fikrlar eshitamanki, beextiyor quvonaman, lekin hali ularning maqtovlariga munosib darajaga chiqishimga ancha "qovun pishig'i bor" (shunday ibora bormidi).😅
P.S: Bu postni davomi bor edi, lekin menimcha oshirib yubordim, maqtanchoqlikka o'xshab qoldi. Balki keyinroq ulasharman, hozircha arxivga joylab qo'ydim. O'zi shunday yarim kechasi ilhom keladi, ichimdagini yozib qo'ymasam ko'nglim taskin topmaydi. Ana endi hammasi joyiga tushdi, nimadir bo'lsa ham yozdim.
👉 @Izzatkhoja
#xushxabar
Juma namozi talabalar darsga kechikmasligi uchun 5 daqiqa vaqtliroq boshlanadi!
❗️Bugun Toshkent davlat texnika universitetidagi holat diqqatimiz markazida bo'ldi. Aytganimizdek universitetda talabalar va imom xatib bilan uchrashuv bo'lgan.
🕌 Bu universitetga eng yaqin masjid Mirza G'olib jom'e masjidi bo'lib, deyarli O'zMU va TDTUning aksariyat talabalari, ustozlari juma namoziga shu masjidga borishadi. Bugun mikrafonda ma'ruza vaqti domla juma namozini talabalar darsda kech qolmasliklari uchun 5 daqiqa oldinroq o'qiymiz, deb aytibdi. Masha'Alloh eshitib juda xursand bo'ldim, endi talabalar juma namozini ado etib, darslariga ham kechikmay borishlari mumkin. Ancha oldin boshqa bir masjidda ham aynan talabalar, maktab o'quvchilari kechikmasdan darsga yetib borishlari uchun juma namozini 5 daqiqa oldin o'qiymiz deb domla aytgandilar. Alloh davomli qilsin. Eshitib ko'zimga yosh keldi. Ana shunaqa Alloh barcha narsaga qodir zot, ustozlarimiz kechiksak darsga kiritmaydi deb menga yozishgandi, gaplari samimiy ekan Alloh bu muammoni ham bir zumda oson qilib qo'ydi.
🤲 Men talabalarga jumaga boring deyman, chunki birinchidan bu farz, ikkinchidan domlaning ma'ruzasini eshitib oq-qora, harom-halolni yanada yaxshiroq tushunamiz. Alloh barchamizning ham dunyoviy, ham diniy ilmimizni ziyoda qilsin, Amiyn!
❗️O'zMU va TDTU talabalariga yuborib qo'ying, endi jumaga borishsa darsga kechikishmaydi!
P.S: Bu barcha masjidlarda vaqtli o'qiladi degani emas, faqatgina Mirza G'olib jom'e masjidida shunday.
👉 @Izzatkhoja
❗️Bugun internetda tarqalgan xabar yuzasidan Toshkent davlat texnika universiteti Mashinasozlik fakulteti dekan muovini Bahrom Ibragimov bilan bog'lanib, yuqoridagi xabarga aniqlik kiritdim.
Hozirda barcha OTMlarda imom xatiblar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bugun soat 14:00da Mashinasozlik fakulteti talabalari bilan Hazrati Imom jom'e masjidi imom xatibi ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi. Unda namoz o'qish, soqol qo'yish hamda hijob o'rashning tartib-qoidalari, nima mumkin-u nima mumkin emasligi shariat hukmi bo'yicha imom xatiblar tomonidan batafsil tushuntiriladi. Bunday uchrashuvlar barcha OTMlarda reja-grafik asosida tashkil etib kelinmoqda.
P.S: Bu uchrashuvlardan maqsad menimcha nimanidir cheklash yoki taqiqlash emas, balki diniy me'yorlarga amal qilgan holda bajarish, noto'g'ri yo'llarga kirib ketmaslik bo'yicha talaba-yoshlarga tushunchalar berishdir. Shuning uchun bundan xabarlarni noto'g'ri tushunmaslikni so'rab qolardim. Juma ayyomi barchangizga muborak bo'lsin!
👉 @Izzatkhoja
Ahad Qayum aytar, biling ey do'stlar.
Ikki dushmani bor erkak kishini:
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til.
To'xtatadi yurib turgan ishini.
Hamma gapirishi mumkin, aytishi mumkin, lekin amalda bo'lmasa hammasi bir tiyinligini isbotladi, Ahad Qayum!
Bir gapirdi mayli, ikkinchisiga ham mayli, endi buyog'i juda oshib ketdi. Bir yaxshilab aqlini kiritib qo'yish kerak, har hafta prezident bilan uchrashadigan okamizzi...
👉 @Izzatkhoja
❓Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy sahifalariga obunachilar majburiy jalb qilinmoqdami?
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda edu.uz sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga aʼzolikni koʻpaytirish boʻyicha OTMlarga alohida kunlar belgilangani haqidagi NamDU xodimi yozgan xabar tarqaldi. NamDU rasmiy kanali ham o'z navbatida vazirlik kanalini rejaga ko'ra 17-fevral kuni targ'ibot qilgan (rasm pastda berilgan).
🌐 Vazir Abduqodir Toshqulov rektorlar bilan zoom orqali o'tkazgan majlisida bu masalaga to'xtalib o'tgandilar, ya'ni ma'lumotlarni blogerlardan oldin yoritish, talabalar va ularning ota-onalari asosli ma'lumotlarni tezkor tarzda vazirlik rasmiy sahifalaridan olishlari kerakligini aytgandilar. Vazirlik sahifalarini har kuni reja-grafik asosida OTM sahifalarida targ'ibotini olib borish ta'kidlangan. Bu vazifa berilgani rost, lekin menimcha avval vazirlik sayti va sahifalari faoliyatini qayta ko'rib chiqish kerak.
Ma'lumotlarni qanchalik sir saqlashga harakat qilishmasin baribir u tarqaladi. Deylik bu yilgi nomdor stipendiya sohiblari ro'yxati nega vazirlik sahifasida @talabayoshlar sahifasidan roppa-rosa 25 soat kech e'lon qilindi? E'lon qilinganda ham umumiy ro'yxat emas, shunchaki nechta talaba stipendiant bo'lgani haqida ma'lumot berilgan xolos. Aslini olganda necha kishi stipendiant bo'lishi 1 yil oldin aniq bo'lgan, ya'ni kvota e'lon qilingan edi. Bu kvotani ham @talabayoshlar sahifasi edu.uz'dan oldin e'lon qilgan! Bu shunchaki dengizdan tomchi, ijtimoiy tarmoqda oliy ta'lim tizimini yoritib boruvchi @talabayoshlar kabi tezkor kanallar ko'plab topiladi.
📝 Vazirlik matbuot xizmatida atigi 3 kishi faoliyat olib boradi: matbuot kotibi (hozir kimligi noma'lum, ma'lumotlarga ko'ra Farhod Babashev vazifasidan ozod qilingan), sahifalarga ma'lumot joylaydigan mutaxassis va fotograf. Menimcha 3 kishi ancha kamlik qiladi.
☝️ Vazirlik matbuot bo'limi aslida OTM sahifalarini ham nazorat qilishi shart, Respublikada 132 ta OTMdan 40tasida hatto telegram sahifasi yo'q. Borlarida ham aksariyatida keraksiz bo'lgan hisobotlar berib boriladi. Yaxshi faoliyat olib boradiganlari umumiy hisobda 30% ham chiqmasa kerak.
Vazirlik sahifasidagi videoroliklarning aksariyatini vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimlari tayyorlab beradi, lekin ular aslida o'zlariniki bo'lmagan shu qo'shimcha ishni qilib ham arzimagan 1.3 million oylik oladi (xodimlarning barchasi oliy ma'lumotli), vazirlik matbuot xizmati xodimlari esa kamida 5 million atrofida oylik olishsa kerak. Men bu yerda adolatni ko'rmayapman. Ishlayotganlar chetda qolib ketmoqda!
⚜️ Qisqacha aytganda vazirimiz Toshqulovning fikrlariga qo'shilaman, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida aloqador barchani (talabalar, ota-onalar, abituriyentlar, kollej, litsey, texnikum o'quvchilarini) sahifaga jalb qilish zarur. Ammo ular buni majburiy tarzda qilinsin deb topshiriq berganlar deb o'ylamayman, bu "innovatsion g'oya" vazirlikdagi "sallasini olib kel desa, kallasini olib keladiganlar"dan chiqqan bo'lsa kerak. Avvalo vazirlik matbuot tizimini qayta yo'lga qo'yish kerak. Matbuot xizmati vakillari sonini oshirish lozim. Kerak bo'lsa biz kabi kuzatuvchisi ko'p bo'lgan, faol, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash tajribasiga ega talaba blogerlarni ishga olishsin.
🤦♂️ Bir haftadan beri vazirimiz bilan aloqaga chiqishga urinaman, vazirga murojaat botiga yozdim, ammo u botga yozadiganlar kuniga 1000lab topiladi va vazirimiz jismonan ham bir o'zlari o'qib ulgurmaydilar. Telefon raqamlarini ham tanishlarimdan surishtiryapman, vazirimizga alohida aytiladigan takliflarim bor.
❗️Sizlardan shu postni tarqatishingizni so'rayman, balki vazirimizga yetib borsa, ular bilan uchrashishga muyassar bo'larman. Men aniq bilamanki, talabalarda barcha muammolar uchun optimal yechimlar bor va ta'lim tizimini isloh qilishda biz birga harakat qilishimiz zarur.
👉 @Izzatkhoja
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
Bahor kelmadi, lekin Toshkentda ham daraxtlar gulladi. Yurtimizda bahoriy ob-havo va sizlarni ham quvnoq, iliq yaxshi kayfiyat tark etmasin.
P. S: Qo'shiq boshida "kanallarni dodasi" deb mening kanalimni aytgan😅
👉 @Izzatkhoja
Bugun soat 20:30da “Milliy” telekanalida «Mendirman Jaloliddin» seriali namoyishi boshlanadi
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
Najot ta'limdan SMM kursi bo'yicha grant yutib oldim degandimda ko'pchilik SMM o'zi nima ekanligini so'ragan edi.
Kechagi darsda SMM Pro kursimizdagi barchaga zamonaviy kasblar bo'lib berildi va har bir kasb bo'yicha prezentatsiya tayyorlab, gapirib berish vazifasi berildi.
Menga 13-raqamda SMM menejer kasbi tushdi. Vazifani tayyorlab gapirib berdim, endi sizlarga ham ulashaman.
Slaydni ko'rib, aslida SMM nima ekanligi haqida biroz bo'lsa-da tushunish mumkin.
👉 @Izzatkhoja
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Arab tili yo'nalishini 3-kurs kunduzgi ta'lim shaklida tahsil oladigan talabalar bo'lsa iltimos @IzzatkhujaAsomiddinov profiliga murojaat qilsangiz. Yordamingiz kerak edi!
👉 @Izzatkhoja
Telefonimga 18-yanvardan beri Fargo'dan 5 6 marta sms kelardi, hech e'tibor qilmasdim, bugun yana sms keldi, ochib qarasam kimdir menga narsa yuborgan ekan.
Hozir kelib oldim, hazilomuz sovg'a yuborishibdi, yuborgan odamning nomeriga telefon qilsam umuman boshqa odamga tushib qoldim. Kim yuborgan ekana...🤔🤔🤔
🤔 Ha aytgancha, sovg'a Farg'onadan yuborilgan.
👉 @Izzatkhoja
#Stipendiya2021
2020-2021 o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi nomdor (Navoiy, Beruniy, Ulug'bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) davlat stipendiyalariga sazovor bo'lgan talabalar ro'yhati e'lon qilindi!
👉 Manba
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
"Kim o'zini baxtsiz his qiladi?"
❓Nega uzoqni yaqin qiluvchi, og‘irni yengil qiluvchi turli vositalar rivojlansa-da, insonlar tobora o‘zini baxtsiz his qilmoqdalar? Nega insonlararo mehr-oqibat yo‘qolmoqda? O‘ylab ko‘rganmisiz? Nega?
🐒 Tailandda maymunlarni tutish uchun ajoyib tuzoq qo‘yish usullari bor. Uzun zanjirning bir uchini daraxtga bog‘lab, boshqa tarafiga kokos yong‘og‘i bog‘lanadi. Kokosni kichkina teshib, ichiga shirinlik qo‘yiladi. Maymun shu shirinlikning hidiga keladi. Qo‘lini zo‘rg‘a kokos teshigiga tiqadi. Shirinlikni ushlagan vaqti qo‘li musht holatida bo‘lgani uchun tashqariga chiqarolmaydi. Ovchilar yaqinlashganida, maymun dovdirab qocholmaydi. Aslida, maymunni hech narsa ushlab turmaydi. U bu vaziyatda shirinlikni qo‘yib, qo‘lini kichkina teshikdan chiqarishi kerak edi.
🙉 Lekin maymunlarda ochko‘zlik kuchli bo‘lgani uchun kamdan-kam maymunlar bu tuzoqdan qutulib qoladilar.
☝️ Bizlarni ham tuzoqqa tushirgan va qopqonda qolishimizga sabab bo‘layotgan narsa bu zehnimizga o‘rnashgan hirs va ochko‘zlik emasmi? Ellik yil avval ham insonlarda pul bor edi. Do‘konlarda ehtiyojiga yetadigan o‘nta mahsulot bo‘lardi. Odamlarning puli esa o‘nta mahsulotning beshtasiga yetardi. Ya’ni, ehtiyojining yarmini ololardi. Bugun ham insonlarda pul bor. Odamlarning puli esa ularning yuztasiga yetadi. Bu yuztasi ehtiyojidan ham ortiqcha. Lekin inson to‘ymayapti, ehtiyoji bo‘lmasa ham boshqa narsalarni ololmagani uchun o‘zini baxtsiz his qilyapti.
📚"Qadam" kitobidan.
👉 @Izzatkhoja
Yo'q, bu to'yga taklifnoma emas
Grantchilarimiz meni darslariga g'ayritabiiy va o'z o'rnida kreativ tarzda taklif qilishibdi. Xijolat bo'ldim bir jihatdan, ajoyib! Lekin rahmat kattakon e'tibor uchun 🔥
Jamoa ahil ekanligidan xursandmiz. Kelgusi o'quvchilarimiz ham xuddi shunday ahil bo'lishlarini istaymiz!
@alizairov
Bugun 24-fevral kuni kanallarimdagi o'chirilgan profillar, kamida bir oydan buyon telegramga kirmagan nofaol akkountlarning barchasini, jami 3292 nafar obunachilarni o'chirib yubordim.
@TalabaYoshlar kanalimdan 1300dan ortiq obunachi "qurbon bo'ldi", lekin endi sifat ortadi, nofaol obunachilar bilan kanalimni to'ldirishni xohlamayman.
☝️ Siz ham kanalingizni tozalamoqchi bo'lsangiz @deadKillerBot'dan foydalaning!
👉 @Izzatkhoja
❗️2021-yil 23-fevral kuni g'ayrioddiy harakatlarni sodir etganligi tufayli, hech qanday qonuniy asosga ega bo'lmagan Facebook foydalanuvchisi Izzatxo'ja Asomiddinov profili bloklandi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli profil akkounti vaqtinchalik "hibs"da ushlab turilibdi. Surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, so'nggi xulosani birinchilar qatorida xabar beramiz😅
P.S: Facebook juda "strogiy" platforma bo'lib, odatda profillarning vaqtinchalik bloklanish holatlari ko'p uchrab turadi. Shuning uchun Facebook'ni yaxshi tushunmasangiz, har joyini ham titkilayvermaslikni tavsiya qilaman.
👉 @Izzatkhoja
#MendirmanJaloliddin 2-qism (21.02.21)
Filmning 1-qismi premyerasidan so'ng, menimcha barcha qolgan qismlarini ham intiqib kuta boshladi.
Bugungi qismi ham o'ziga xos emotsiyalari bilan yodimizda qoldi. Ortiga qaytayotgan elchilarga hujum va jang sahnasida 7 kishi aqlni ishlatib tahminan 50ga yaqin otliqni yengdi. Yana bir diqqatimni tortgan joyi to'yga tayyorgarlik maslahati bo'ldi. O'ziga xos dabdabali to'ylarimiz o'sha davrlarda ham bo'lgan ekan, ayniqsa "og'zidan olov purkaydigan ajdaho" deganini ko'rib Mahallada duv-duv gap filmini esladim. Ikki kundoshning "kosa tagida nimkosa" so'zlashuviga shunchaki gap yo'q. Ma'nosini tushungan bo'lsangiz so'z qudratiga tan berasiz.
👉 @Izzatkhoja
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
Toshkent davlat texnika universiteti talabalari va imom xatib ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
🎓 Talabalardan quyidagicha savollar bo'lgan:
❓Juma namoziga chiqqan kunimiz darsga biroz kechikamiz, lekin o'qituvchilar darsga kiritmaydi. Biror joyda namozni qo'yib darsga kirish kerak deb qat'iy belgilanganmi?
✅ Imom: Yo'q bunaqa joyi yo'q, hech kim taqiq ham qo'yolmaydi.
❓Soqol qo'yish sunnat, lekin institut tomonidan mumkinmas. Shuni nimadir qilsak bo'ladimi?
❎ Savolga dekan va yoshlar yetakchisi javob berishgan, lekin aniq javob bo'lmagan.
❓ Dekan imomdan "Siz nima deysiz? Dars vaqti namoz o'qishi kerakmi yoki darsda o'tirish kerakmi?"
✅ Imom: Men bunga hech narsa deyolmayman, hech qanday fatvo ham berolmayman.
✅ Soqolga ta'qiq borligini, ro'molga esa hech qanday ta'qiq yo'qligini aytib o'tishgan. (Tushunadigan o'qituvchilar tomonidan soqolli talabalarga ta'qiq qo'yilmagan)
❗️Juma namozi vaqtidagi murabbiylik soatini olib tashlashni iltimos qilishgan, lekin prorektor "yo'q bizga murabbiylik soati kerak, barcha yangiliklar aytiladi" deb javob bergan.
Talabalardan biri "yuqori qavatdan talabalar o'zimiz pul ajratib namozxonalar tashkil qilaylik" deb taklif bergan. Prorektor "bu mening qo'limda emas" deb javob bergan.
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
🤔 Bu dolzarb muammo, izlagan imkonini topadi albatta. Lekin shu o'rinda soqol va hijobni shunchaki boshqa maqsadda niqob qilayotganlar ham bor. Soqol qo'yib oladi, tanaffusda sigaret tutatadi, hijob o'rab olib, tor shim kiyib yuradi. Besh qo'l barobar emas, lekin dilimizdagini bilguvchi faqatgina Allohdir.
☝️ Men doim ta'kidlayman, islomni bilgan, amal qilgan odam pora ham olmaydi, Alloh doim ko'rib turishini his qiladi va gunohlardan tiyiladi.
Ham dunyoviy ham diniy faoliyatni teng olib borish kerak, chunki ular qushning ikki qanoti kabidir, bir qanot bo'lmasa qush ucha olmaydi, xuddi shu kabi insonlarni ham yashashidan ma'no bo'lmaydi. Ilm olish, halolda rizq topish uchun mehnat qilish ham aslida ibodatdir.
👉 @Izzatkhoja
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
🌙 Qalblarga taskin beruvchi qo‘shiq.
Juma ayyomingiz muborak bo'lsin, do'stlar
👉 @Izzatkhoja
🌸 Talabalar shaharchasidagi eng qiyg'os gullagan daraxt...
Ushbu rasmning hajmi 20 mb, HD 48 mpx kamerada olingan. Original ko'rinishini maksimum yaqinlashtirib his qilishingiz uchun komentga tashlab qo'yaman.
👉 @Izzatkhoja
👉 Zulfiya mukofoti sohibasi 13 yilga qamaldi...
👉 "Yil talabasi" g'oliblari kimningdir tanishimi?
👉 Bloger aslida kim va "men blogerman" deb maqtanish haqida, muammolarga yondashuv...
Mazkur audioda yuqoridagi mavzular haqida shaxsiy fikrlarimni aytib o'tdim.
👉 @Izzatkhoja
#MendirmanJaloliddin 1-qism (14.02.2021)
Nizomulmulk: Jaloliddin, o'zingizga o'xshagan arslon ovlabsiz, tasanno...
Jaloliddin: Adashasiz, agar u menga o'xshaganida qafasga tushmagan bo'lar edi!
Bugun premyera, 1-qismni ko'rdik. Filmga shaxsan men maksimum ball berdim. Serialni ko'rib o'zbek bo'lganimizdan faxrlanib ketdim. O'zbek kinosida yangi davr boshlanganidan, aktyorlarimiz xalqaro maydonlarga chiqayotganidan juda xursandman. Endi yosh ukalarimiz, men Jumong yoki Jangbogoman deb emas, men Jaloliddinman deb ulg'ayishadi, tariximizni kitobdan o'qib emas, filmlar orqali tasavvur qilib o'rganishadi.
🤲 Bu hali boshlanishi va bu ishlarni davomli bo'lishini Allohdan so'rab duo qilamiz.
Mayli bosh rolni turk aktyori o'ynasin, mayli filmni turk kinokompaniyasi olsin, asosiysi, bu film o'zbek sarkardasi, madaniyati va tarixi haqida!
🇺🇿 O'zbek xalqi uchun juda xursandman, mendirman Jaloliddin!
👉 @Izzatkhoja
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
Toni Sheyning Baxt ulashing kitobida shunday gap bor edi: "Men nimani xohlayotganimni aniq bilmayman, lekin nimani xohlamayotganimni aniq bilaman, men bu tashkilotda ishlashni xohlamayabman. Ishdan ketsam qayerga ishga borishimni ham bilmayman, lekin xohlamagan joyimda ishlamayman ham..."
Bekorga kitobdagi bu gapni eslamadim, ha menda ham aynan shunday holat yuz beryabdi va ishdan bo'shash uchun ariza yozishga qaror qildim, lekin haligacha keyingi ish joyim aniq emas.
Yana Baxt ulashing asariga qaytamiz, aynan zappos.com asoschisi, milliarder Toni Shey o'zi xohlamagan ishdan ketadi, agar qolganida yiliga $150mln'ga yaqin (1.5 trillion so'm) oylik olgan bo'lar edi. Tasavvur qilyabsizmi qancha pul? Nevara, evara, chevara va undan keyingi avlodlaringizga ham yetib ortadi (buncha pul topish uchun har oy 130million so'm oylik olib 1000yil ishlashingiz kerak). Shunga qaramay Toni Shey ishdan ketdi va o'zi xohlagan ishi bilan shug'ullandi, qaytadan qiyinchiliklardan iborat yo'lni bosib o'tadi va yuqoridagi summadan bir necha barobar ko'proq daromad qildi va milliarderga aylandi.
Bu bilan nima demoqchiman, men ham o'zim xohlamagan ishdan ketish arafasidaman, men ham qayerga borishimni hal qilmadim, qandaydir o'xshashlikni sezmadingizmi...😅
☝️ Kattalar aytganidek: Хорошая слова - половина корова! (Menimcha tushundingiz)
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
O'z qilayotgan ishingni sevib, chin dildan xohlab qilmasang baraka, muvaffaqiyat va ishingda unum bo'lmaydi. Shuning uchun avvalo o'zingiz xohlaydigan va seni qadrlaydigan jamoa bilan birga bo'lish kerak. Rizqni Alloh beradi, ba'zida 10mln oylik oladiganlar, 3mln oylik oladiganlardan kambag'alroq yashaydi, nega-ki baraka yo'q...
Alloh taolo o'zi suygan bandalarini hech qachon qiyin ahvolda qoldirmaydi va ana shu bandalari safida o'zimni his qilayotganim uchun Yaratganga shukronalar aytaman.
👉 @Izzatkhoja
Assalomu alaykum, kanalimizning aziz kuzatuvchilari!
🌙 Siz azizlarga ajoyib tuhfa, endi kanalimiz orqali arab tilini o'rganishingiz mumkin.
Darslarimiz mutlaqo bepul!
"Arab tilining o'zi Islomning bir qismidir va arab tilini bilish - Qur'on va sunnatni anglashning farzidir va ularni arab tilini bilmasdan anglab bo'lmaydi. Demak vazifani bajarish uchun zarur bo'lgan vositalar ham vojibdir."
(Ibn Taymiyya)
Biz nafaqat Qur'onni o'qiy olish, balki dunyo tillaridan birini o'rganish maqsadida kanalimiz a'zolari uchun videodarsliklar orqali birgalikda arab tilini o'rganishni niyat qildik!
👉 Ushbu darslar har kuni ertalab soat 7:00da @Diniy_tafakkur kanalimizga joylanadi va kechki soat 20:00da berilgan o'sha mavzu bo'yicha @diniybarkamollik guruhida test savollari bo'lib o'tadi. Avval o'rganamiz, so'ngra savol-javob orqali o'rganganimizni mustahkamlaymiz!
Do'stlaringizni ham taklif qiling va biz bilan birgalikda arab tilini o'rganing.
🌙 @Diniy_tafakkur sahifasiga a'zo bo'ling!
https://t.me/joinchat/SIxXnLEgHUC5X5_4
Nimaligiga qiziqqanlarga: (2 juft rang-barang 🧦 bn 🍫)😬🤦♂
Odatda hazilomuz sovg'alar berib turishadi, lekin kimdanligini aytishmagan holat bo'lmagan edi shu paytgacha...
Bir voqeani aytib beraman, ingliz tili o'rganayotgan vaqtim (5yil oldin) o'quv kursida ustozimiz Olimkhuja Askarov boshchiliklarida "Gift exchange party" qilgandik. (Qog'ozlarga ismlar yoziladi, hamma qog'oz tanlaydi, kimni ismi chiqsa o'sha o'quvchiga sovg'a beradi). Beginner level bo'lgani uchun guruhda 12 yoshdan 20 yoshgacha o'quvchilar bor edi. Menga Shahnoza ismli qiz chiqqan (maktab o'quvchisi, 5 yosh kichik). Meni ismim Visola ismli o'zimdan 2 yosh katta qizga tushgan.
Visola Real Madrid muxlisasi edi, meni bilsangiz kerak Barcelona'ga muxlislik qilaman. Party kuni keldi, Visoladan sovg'ani oldim. Odatda sovg'ani olishim bilan ochmayman, uyga borib ko'raman. U esa oldida ochib ko'rishimni so'radi, men rozi bo'lib sovg'ani ochdim. Chiroyli o'ralgan qog'ozni asta ochdim, karton quticha, ustida bokalni rasmi va Barcelona jamoasining emblemasi turibdi. Sovg'a bokal ekanligini tushunib, rahmat dedim. U kulib yo'q karobka'ni oxirigacha oching dedi, hayron bo'lib ochib qarasam ichidan Real Madrid emblemasi tushirilgan bokal chiqqandi. Rosa kulganmiz, ataylab qilgan-da.
Xullas bunday esda qolarli holatlarni eslaganda doim yuzingizga beixtiyor tabassum yuguradi. Shunday do'stlar, yaqinlarning boriga shukur!
👉 @Izzatkhoja
2019-yil 2-oktabr kuni yuqoridagidek ro'yxatda mening ham ism-familiyam bor edi. Bu yilgi natijalar ancha kechikdi, lekin shunday bo'lsa ham nomdor stipendiya sohibi bo'lganlarni tabriklayman. Yutuqlaringiz bardavom bo'lsin.
P. S: Nomdor stipendiya sohiblari o'qishni tamomlagach bir yil ichida o'zining yo'nalishi bo'yicha magistratura bosqichiga imtihonsiz grand asosida qabul qilinadi.
😅Aytgancha, @TalabaYoshlar @eduuz dan bir qadam oldinda...
👉 @Izzatkhoja
🎼 Ulug'bek Rahmatullayev - Ota-onam hoji qilaman
👉 Qo'shiq matni
Barchamizga aziz ota-onalarimizni hoji qilish nasib qilsin!
Baxtimizga ularning umrlari uzoq, sog'-salomat bo'lib yurishsin!!!
👉 @Izzatkhoja
Xayrli kun do'stlar!
Menga biroz vaqtingiz kerak, quyidagi linkni bosib, so'rovnomani to'ldirib yuboring, so'rovnoma yaratish uyga vazifa edi.
Sizlarning fikrlaringiz kerak:
👉 http://bit.ly/3pLwr5V
Yana bir gap, kechasi atigi 2 soat uxlaganimga uyqusirab yuribman, 17:00da SMM kursim bor. Uyquni qanday o'chirish mumkin tavsiyalaringiz bormi? Komentda kutaman
👉 @Izzatkhoja