Kechasi uxlamaganlar bormi?🙋♂ Men 2 soatgina uxladim. Kechasi bilan o'sha ijtimoiy fandan topshiriqni bajardim.
☝️Oltin qoida: agar qaysidir poraxo'r domla bilan tortishmoqchimisan? Bu tortishuvda yengib chiqish uchun kechasi bilan uxlamay bo'lsa ham o'sha domla aytgan vazifalarni vaqtida topshirib qo'yishing shart!
Buning ustiga aksiga olib o'qishga ham kechikyabman, yo'llar juda "probka". Ertalabdan esa syurpriz, kayfiyatimni buzishdi, yordam so'rashdi, hop dedim. Mehnatimga pul berishar emish.😏
Birinchidan, men yordam qo'lini moddiy manfaat ko'zlab cho'zmayman;
Ikkinchidan, yordam beradi degani bekorchi, hamma vazifani qilib beradi degani emas;
Uchinchidan, pulingiz ko'p bo'lsa bechoralarga bering.
P. S: Bu 3ta gap egasini topadi. Hammaga tegishli emas.
👉 @Izzatkhoja
🤦♂️Ijtimoiy fanlar va yana bir muammo...
Universitetdagi ijtimoiy fanlarni juda yomon ko'raman, men uchun aniq bir maqsadi yo'qdek tuyuladi. Qayoqdagi bekorchi gaplar bilan vaqt o'tadi, kamiga baho olish uchun konspekt yozib, bir nechta mustaqil ish topshirish kerak.
Boshqa universitetlarda balki holat yaxshidir, lekin Toshkent davlat texnika universitetida ijtimoiy fanlar deganda ko'pchilik pulga baho olinadigan, dars vaqti esa juda zerikarli o'tadigan fanlarni tushunadi. Menimcha bularning barchasi fan o'qituvchisiga bog'liq.
Oddiygina misol, 1-kurs paytim sotsiologiya degan fan o'tilgan. Fan o'qituvchisi professor Samarov Rustam aka nafaqat fan bo'yicha, balki hayotiy bilimlarni ham berganlar, mening hayotimdagi eng qadrli va vijdonli ustozlarim qatoridalar.
Ammo, madaniyat, ma'naviyat, demokratik jamiyat qurish asoslari, falsafa, psixologiya, huquq kabi fanlarni juda yomon ko'rib o'qiganman va aksar hollarda bunga poraxo'r ustozlar (agar ularni ustoz deyish mumkin bo'lsa) sababchi bo'lgan. Aslida psixologiya, huquq, madaniyat fanlari juda qiziqarli fanlar va bularni mustaqil o'rganishimga to'g'ri kelgan.
Magistraturada o'qishni boshlagach, endi bunday fanlardan qutuldim deb o'ylagandim, ammo chuchvarani xom sanagan ekanman. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi degan fan aslida ilmiy ish qilish arafasidagi magistrlar uchun eng muhim fanlar qatoridadir, ammo fan o'qituvchisi dotsent bo'lsa ham negadir fanini tushuntirib berishni xohlamaydi. Har dars shu ustoz bilan tortishaman va butun auditoriya bizni tomosha qiladi. Nima emish, talabalar o'zi mustaqil darslik majmuasidan o'qib o'rganishi kerak ekan. Qiziq, unda fan o'qituvchisi nega kerak? Hammaga insofni Yaratganning o'zi bermasa qiyin ekan.
Hozir shu fandan bir tiyinga qimmat vazifalarni qilayotgan edim, aslida hech kim varaqlab ham qaramaydigan konspektlar-u, falon so'm pulga chiqarilgan mustaqil ishlar (bugun o'zim 64000ga mustaqil ish chiqardim) nega kerak ekan-a degan o'ylar bilan kanalga yozgim keldi. Ko'ramiz sessiya yaqinlashmoqda, ITM domlamning stavkalari qancha bo'lishi menga qiziq emas, bir tiyin ham bermayman, fanlarini o'rgatishni xohlamasalar bunga majbur qilaman, Katta ketish emas-ku, o'ynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan. Men bu fanni kerak bo'lsa kitobdan ham o'qib o'rganib olaman, lekin auditoriyada mendan boshqa 90 ta magistr bor va hamma ham mustaqil o'rgana olmaydi. Bir tomondan ustoz ham davlatdan oyligini halollab olishi kerak. Yakunni ko'ramiz qanday bo'lar ekan...
@Izzatkhoja
❗️O‘zbekistonda koronavirusning yangi turi “britancha shtamm”i qayd etildi
10 yoshli poytaxtlik fuqaro Sh. (qiz bola) oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021-yilning 23-yanvar kuni Toshkentga qaytgan.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so‘ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o‘sha kunning o‘zida funksional-klinik tekshiruvlardan o‘tkazildi va unga “COVID-19”ning simptomsiz kechishi tashxisi qo‘yildi.
❗️Yurtdoshlarimizdan zarurat bo‘lmaganda chet el safarlariga vaqtincha chiqmay turishlarini so‘raymiz.
Aziz yurtdoshlar! O‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
Assalomu alaykum aziz va qadrli dindoshlar.
🌙 Muqaddas Islom dinimiz haqidagi bilimlarimizni yanada mustahkamlash, payg'ambarlar hayotlarini o'rganish maqsadida @Diniy_tafakkur kanalimizda "Din bilimdoni" tanlovining 4-mavsumiga start beramiz.
⚜ 4-mavsum mavzusi: "Payg'ambarlar tarixi"
(Bu savol faqat "Payg'ambarlar tarixi" kitobidan tuziladi degani emas, qaysi manbadan tuzish ixtiyoriy, manba aniq bo'lsa bo'ldi)
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
💠 Tanlov shartlari:
1️⃣ Payg'ambarlar tarixi, hayotiga oid test-savol tuzing va 4ta variant bilan birga to'g'ri javobi ko'rsatilgan holda, ism-familiyangizni yozib @DindanSavolBot manziliga yuboring (manbasini rasmga olib yuborish shart)
2️⃣ Siz yuborgan test @Diniy_tafakkur kanaliga joylanadi va kimning testi kamida 1000 kishi tomonidan ishlangan bo'lsa, o'sha ishtirokchilar 2-bosqichga o'tadi!
(Savolni kanal va guruhlarga tarqatish mumkin)
♻️ Qabul 22-fevralga qadar davom etadi.
2-bosqich savol-javob tarzida o'tadi, shartlar tez orada e'lon qilinadi!
🏆 G'olib "Hilol nashr" tomonidan chop etilgan ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining eng sara kitoblari bilan taqdirlanadi!
☝️Maqsadimiz: Muqaddas dinimizni birgalikda ko'proq o'rganish!
✍ Murojaat uchun: @DindanSavolBot
🌙 @Diniy_tafakkur sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/SIxXnLEgHUC5X5_4
Assalomu alaykum aziz do'stlar, dindoshlar!
Alloh taolo Ar-Rohman surasi 60-oyatida “Ehsonning mukofoti faqat Ehsondir” deb bandalarini ehson qilishga, qiynalganlarga yordam berishga chorlagan va bu amallar ila bandalarini gunohlarini avf qilib, yomonliklardan saqlashga va'da bergan.
Shu maqsadda bu xayriya guruhini ochishni maqsad qildik va Alhamdulillah bu ishni muborak Juma kuni arafasida boshlashni niyat qilgan edik.
Guruhimizning hozircha 3ta maqsadi bor:
1️⃣ Birinchisi, deylik sizda o'zingizga kichik kelib qolgan kiyimlar, ehtiyojingizdan ortiq narsalar bor va ulardan siz deyarli foydalanmaysiz. Ana shu narsalar kimgadir juda zarur lekin yangisini sotib olishga moddiy imkoni yo'q. Siz o'sha siz narsani, biror zaruriyati bor dindoshimizga hadya qilishingiz mumkin va biz shunday vaziyatlarda o'rtada vositachi vazifasini bajarishni niyat qilganmiz.
2️⃣ Ikkinchisi, ba'zida shunday vaziyatlar bo'ladiki, Alloh taolo o'z bandalarini turli sinovlar ila sinab ko'radi. Kimlarnidir moddiyat bilan sinaydi va bu barchamiz uchun sinovdir, ya'ni birodarimiz boshiga og'ir kun tushganda unga imkon qadar yordam berish har birimizning burchimizdir. Biz ana shunday birodarlarimizga imkon qadar yordam berishni niyat qilganmiz. Barcha musulmonlar Odam Ato va Momo Havoning zurriyotlari ekan, demak barcha bir-biriga qarindosh, aka-uka, opa-singil hisoblanadi.
3️⃣ Uchinchisi, guruhni tashkil qilgan yigit-qizlar har oyda biror mehribonlik uyi yoki qariyalar uyiga tashrif buyurib, ularni holidan xabar olish, ko'ngillarini ko'tarishni niyat qildik va siz ham safimizga qo'shilishingiz mumkin.
O'ylaymizki, maqsadimiz yo'lida sizlar bilan birlashib, ham dunyoyimiz ham oxiratimiz uchun foydali bo'ladigan amallarni bajaramiz.
Alloh yaxshi niyat ila boshlagan ishlarimizda o'zi qo'llab-quvvatlasin, Amiyn!
"Saxovat va Mehr" hayriya guruhimiz:
https://t.me/joinchat/GD-qUBvSrtPNxXId
"Najot ta'lim" SMM Pro kursida ajoyib tavsiya
⌨ Klaviaturada tez yozishni o'rgatuvchi sayt: typing.com
Videodarslar va o'yinlar orqali mashqlarni bajarib, tez yozish ko'nikmalaringizni yanada rivojlantiring. Buning uchun avval saytning students qismida ro'yhatdan o'tishingiz talab qilinadi.
O'z darajangizni bilish uchun har bir levelning so'nggida test topshirish funksiyasi bor va siz o'z darajangizni bilib, sertifikat ham olishingiz mumkin.
O'zingizni sinab ko'ring, test topshirib sertifikatlaringizni komentlar orqali yuboring, qani mendan kuchliroq, tezkorroq "typing"chilar bormikin...
👉 @Izzatkhoja
#Elektr #Lifehack
❗️Hozirda respublikamizda eng katta muammolardan biri bu elektr energetikasining yetishmasligidir.
☝️Keling, hamma narsaning yaxshi tarafini topishga harakat qilamiz.
😅Yuqoridagi rasmda agar uyingizda chiroq o'chsa sham yorug'ligida zerikmaslik uchun lifehack...
Uyingizda kichkina jiyanchalar, uka-singilchalar bo'lsa, ularni ham hayratga solishingiz uchun sizga ajoyib qo'llanma.
⏩ Uyida chiroq ko'p o'chadigan yoki umuman yonmaydigan do'stlarga yuboramiz...
❓Chiroq o'chganda shu ishni qilganmisiz???
👉 @Izzatkhoja
Xayrli kech do'stlar!
Bugun 14:00da Talabalar media maskanida o'zini ham savobli, ham foydali, asosiysi, yoshlarning bo'sh vaqtlarini bo'lar-bo'lmas ishlarga sarflashdan qaytaruvchi loyihalar tashkilotchisi sifatida sinab ko'rishni istagan yoshlar bilan yig'ildik. Tahminan 20 ga yaqin do'stlarimiz kelishdi (necha kishi kelganini sanamabman ham, rasmga ham tushmadik).
Loyihalar haqida gaplashdik, to'g'rirog'i deyarli faqat men gapirdim. O'ziyam naq bir yarim soat gapim tugamadi (bunday yig'ilish bir yildan beri bo'lmaganiga rosa sog'ingandim). Ko'p gapirganimdan shekili, tomog'im biroz og'rib qoldi.
Kelgan barchaga Sanjarxo'ja akamizning Qadam kitoblarini sovg'a qildim, bir vaqtlar faol do'stlaringizga, loyihangiz ishtirokchilariga berarsiz deb 150 kitob tashlab ketgan edilar.
Birma-bir tanishib chiqdik, hammada qandaydir hislat bor. Kuchli tomonlarimizni yanada rivojlantirib, birlashib harakat qilsak, Alloh imkon qilgani qadar mukammal, foydali va savobli loyihalar tashkil qila olamiz.
👉 @Izzatkhoja
XXI asrning 21-yilining 21-kuni muborak bo'lsin!
Bu sana XXXI asrgacha har 111 yilda bir marta kelarkan, undan keyin esa umuman kelmaydi.
Bu xabarga befarq bo'lmang, SMS orqali 10 ta odamga yuborsangiz baxtingiz ochiladi, 100 kishiga yuborsangiz hisobingizda pul tugaydi😅, shuning uchun bunday xabarlarga ishonmang.
P.S: Tagiga chizilgan va qalin yozuvdagi ma'lumot haqiqat lekin😉
😎 @Izzatkhoja
Yosh talantlar, iloyim ko'z tegmasin.
Ertalabdan odatda 20-30 minut YouTubega kirib chiqaman, kayfiyatni ko'tarish, o'ziga xos motivatsion roliklar ko'rish maqsadida, bir necha kundan beri rekomendatsiyaga "The Cover Up Kids" ko'rsatuvi chiqayotgan edi. Bu yosh bolalar bayram tadbirlaridagidek (Mustaqillik, Navro'z bayramlarida chiqishadi-ku) qo'shiqlar aytadi deb hech kirmasdim. Bir safar kirib ko'rib, ularning jonli ijrodagi qo'shiqlarini tinglab mazza qildim. Mana haqiqiy talantlar.
"The Cover Up Kids" bir tinglab ko'ring, asosiysi fonogramma emas.
Ibrohim Nurmatov - Oqqan daryo (Abdulla Qurbonov)
👉 https://www.youtube.com/watch?v=XPOBBm1pYZw
Firdavs Avezov - Asrasin (Ozoda Nursaidova)
👉https://www.youtube.com/watch?v=b8vYal35-ak&list=RDb8vYal35-ak&start_radio=1&t=17
👉 @Izzatkhoja
Xayrli kech, zo'r havo bo'lyabdi-ya.
Nomiga yomg'ir tomchilab, shamol esyabdi. Shunaqa havoda sayr qilish o'zgacha rohat bag'ishlaydi.
Ha aytgancha, men haqimda qanchalik bilasiz, quyidagi havola orqali testni ishlab ko'ringchi.
👉 https://dare2021.com/tb/quiz/15807495
👉 @Izzatkhoja
⚠️MCHS ogohlantiradi: Hurmatli talaba 18-yanvardan 10-fevralgacha barcha universitet hududida "SESSIYA" xavfi kutilmoqda. Ayrim fanlardan stavka tezligi 100 ming so'mgacha oshishi va buni eshitib sizni mazangiz qochishi mumkin. Pulsiz talabalar uchun QAYTAROPASNO bo'lishi mumkin.
❗️ESLATMA: harajatsiz harakat darajasi 0 ga teng. Iltimos universitet hududida pulsiz yurmang!!!
P.S: Bu shunchaki hazil, o'ylaymizki, hamma iymonli, vijdonli va pora gunoh, haromligini biladi. Kelajagimizni korrupsiyasiz quramiz. Talabalarda ham ayb bor, vaqtida o'qing, izlaning, shunda domlangiz ming poraxo'r bo'lsa ham (bunday domlalar juda kam) siz bahoyingizni olasiz.
👉 @Izzatkhoja
#Manaviyat_mashali
📚Ma'naviyat mash'ali loyihasining navbatdagi mehmoni Shuhrat Orif bilan bo‘lgan ijodiy uchrashuvdan reportaj 📹
🎞 Siz uchun Yoshlar telekanali "Yangi davr" informatsion dasturidan...
Va'damga binoan efirga ketgan video👆
👉 @Izzatkhoja
😇 Ajoyib hayolparast va ahmoqona orzular...
Orzu qilish, hayol surish sevimli mashg'ulotlarimdan desam ham bo'ladi, gapda hamma ishni mukammal bitirib tashlayman.
Ba'zida aslida amalga oshmaydigan
orzular og'ushiga tushaman, g'alati hissiyot, hayolingda orzuying amalga oshadiyu va sen butun vujuding bilan hayollaringda yashay boshlaysan.
🤔Tasavvur qilib ko'rganmisiz, hozir qayta tug'ilsam, lekin aqlim, ilmim, fikrlashim hozirgidek bo'lsa. Bir yoshga ham to'lmagan bolakay Energetika fakultetida magistr...
😅 Ha juda kulgili, lekin bu amalga oshmaydigan, lekin shu haqida hayol sursang mazza qiladigan ahmoqona orzu...
❓Tasavvur qiling, haqiqatda shunday bo'lsa nima qilardingiz?
🙋♂Men eng tug'ilishim bilanoq Qur'onni ma'nolari bilan to'liq yodlashga kirishardim, arabcha o'qiy olaman, bir yoshga to'lmagan bolakayning zehni juda o'tkir bo'ladi va qarabsizki juda tez Allohning muqaddas kalomini yod oladi. Keyin juda ko'p kitob o'qir edim, ilm o'rganar edim. Keyin barcha ilmimni insoniyatga foyda keltirish yo'lida sarflar edim...
Hali ham kech emas, o'tgan umrimga, ota-onam, yaqinlarim, ustozlarim sharofatlari orqali erishgan yutuqlarimga shukur qilmasam nohaqlik qilgan bo'laman, ozmi-ko'pmi ko'pchilik havas, kezi kelsa hasad qiladigan insonman. Birpasda 23 yil umrim ham o'tib ketdi, ba'zida uxlashdan oldin o'tgan umrimni sarhisob qilaman, qayerda adashdim, xato qildim, kimning ko'nglini og'ritdim, kimga nohaqlik qildim, barchasini o'ylab chiqaman va kech bo'lsa-da uzr so'rashga intilaman.
Hayotda shunday yashamoqchimanki, bir kun vafot etganimdan so'ng, qilgan ishlarimni eslab, haqimga duo qilib qo'yishsin...
Fikrlarim juda chigal yozilgan bo'lishi mumkin, lekin o'zim hayol surishdan to'xtamayman, chunki ahmoqona orzular og'ushida yashashning o'ziga yarasha zavqi bor.
✍Xo'sh sizdachi qanday hayollar va orzular bor, faqat to'g'risini aytishga kelishib olamiz.
👉 @Izzatkhoja
🎙 Ahror Po'latov - Allohga soldim
👉 Qo'shiq matni
Hayotimda ko'p marta tuhmatlar ichida qolganman, yaqinim deb o'ylagan insonlarim orqamdan pichoqlar urgan vaqtlar ham bo'lgan. Yaxshi kunimda birga bo'lib, yomon kunimda ustimdan kulganlar ham bor. Ba'zida barchasi uchun o'ch olgim keladi, lekin qalbimdagi iymonim Allohni o'zi jazolaydi, sen shunday yashaginki, ularni o'zi pushaymon bo'lsin deydi.
Ha, vaqt oliy hakam. Kecha menga nisbatan nohaqlik qilganlar, ustimdan kulganlarga qarata Allohga soldim deb ketardim, vaqtlar o'tib o'sha insonlar uzr so'rab ham kelgan. Uzr so'rashga or qilganlari esa haligacha to'qnash kelib qolganimizda ko'zini olib qochadi. Aytmoqchi bo'lganim, Allohga soling bo'ldi, qolganini eng oliy Zot o'zi ko'rsatib qo'yadi.
Ilohim, barchamizni quruq tuhmatdan, vafosiz do'stdan, ikkiyuzlamachi insonlardan Yaratganning o'zi asrasin...
👉 @Izzatkhoja
Vaqtning o'tishini qarang, yaqindagina 2021-yil kirib kelgandi, bugun esa fevral oyining ilk kuni...
2021-yil fevral oyida:
4ta dushanba, 4ta seshanba, 4ta chorshanba, 4ta payshanba, 4ta juma, 4ta shanba va 4ta yakshanba bor. Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi.
👉 @Izzatkhoja
🎙 Sardor Rahimxon - Onam
👉 Qo'shiq matni
Boshimga kulfat, muammo kelsa eng birinchi bo'lib qo'llab-quvvatlaydigan, dalda beradigan, duo qiladigan onajonimning umrlari uzoq, tanu-jonlari sog' bo'lsin.
Ba'zi vaqtlardan o'zimdan o'tganini o'zim bilganman. Muammolar girdobiga tushib qolgan vaqtlarim doim onajonim eng birinchi yordamga keladigan.
Oyijonim sizni juda yaxshi ko'raman, bularni o'zingizga aytolmasman, lekin siz hayotim mazmunisiz...
👉 @Izzarkhoja
💠 Maher Zain - Rest of my life
Qo'shiq matni
Xayrli kech, do'stlar!
Odatda biror ish qilsam, hattoki dars qilsam ham biror musiqa tinglab bajaraman.
Endi har kuni o'zimga yoqqan qo'shiqlarni sizlarga ham kanalim orqali qo'shiq matni bilan birgalikda ulashib borishga harakat qilaman.
👉 @Izzatkhoja
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda...!
Vujud tamom ila nomlandi hirsiy
Tobora g’ichirlar ostimda kursiy
Zuhddan dars bering Salmoni Forsiy
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Ko’ngil siltanmaydi ko’rsa ham tobut
Bu holda ertaga bo’laman nobud
Holimni izohlang Zayd ibn Sobit
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Tinmagay shayton deb tinmasdan sayra
Dunyo besh kunlikdir erinmay yayra
Kurashni o’rgating Abu Hurayra
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Ba’zan uyqu g’olib bobdod ham malol
O’rningdan tur debon yig’laydi hilol
Azonni his qilay o’rgating Bilol
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Zar qadrin biladir haqiqiy zargar
Solihlar dunyodan qildilar hazar
O’rgating asli ne taqvo Abu Zarr
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Qiyomat tonggida ne erur nasab
U kunda dars ketib portlagay asab
Dunyoga tupurish nedir ey Mus’ab
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Bevafo ko’ngildan charchadim noliy
Izladim Robbimni uzlatda holiy
Mardlikni o’rganay Hazrati Ali
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Vujudim titrasa o’qisam Qur’on
Ko’rganlar devona desinlar hayron
Bu holning siri ne ey shahid Usmon
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Qop-qora kechalar bo’lsin yop-yorug’
Shayton hujumidan tamoman forig’
Adlni o’rgating Umar-ul Foruq
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Najot topgan qavm bo’ldilar shokir
Bunda yo’q na nifoq yo’q erur makr
Iymondan dars bering ey Abu Bakr
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
Qalbimdan o’tganin biladi Alloh
Boshqasi kerakmas Allohim guvoh
Bir bora bo’lsa ham yo Rasullolloh
Ko’rgim kelayotir sizni tushimda..
©️ Hayrulla Hamidov
👉 @Izzatkhoja
💠"2020/2021-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Ibn SIno, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomlaridagi Davlat stipendiyalariga tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risida"gi 37-son buyrug‘i
👉Prezident va nomdor stipendiyalarga talabgor nomzodlar 1-4-fevral kunlari Toshkent shahrida imtihon topshiradilar;
👉Imtihonlar DTM tomonidan test shaklida "O'zbekiston tarixi", "Informatika", "Xorijiy tillar" fanlaridan bo'ladi;
👉Testlar O'zMU binosida bo'lib o'tadi;
👉Prezident stipendiyasi talabgor nomzodlari va ularga biriktirilgan shaxslarga 400.000 so'mdan pul ajratiladi, undan tashqari viloyatdagi nomzodlarning Toshkentga kelib-ketish yo'l harajatlari OTM hisobidan qoplanadi;
👉Viloyatdan kelganlar uchun TDAU yotoqxonasidan joy ajratiladi;
❗️Mazkur buyruq ijrosi shaxsan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov tomonidan nazorat qilinadi.👍
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM
#Сўраган_эдингиз
Хўжа ва хожа
Бу икки сўз форсча хожа сўзидан. Аслиятда обрў-эътиборли киши; хўжайин; савдогар; мураббий каби маъноларни англатади.
Тилимизда хўжа ва хожа маънодош ҳолатда ҳам, фарқли маъноларда ҳам қўлланади.
Хожа сўзи икки хил маънода ишлатилади:
1️⃣ Китобий услубда хўжа, хўжайин маъносида қўлланган. Лекин ҳозир бу маънода ишлатиш эскирган.
2️⃣ Тасаввуфда тариқат машойихларига бериладиган унвонлардан бири. Масалан: Хожа Юсуф Ҳамадоний, Хожа Абдухолиқ Ғиждувоний.
Хўжа сўзи эса:
1️⃣ Бирор кимсанинг ёки нарсанинг эгаси; хўжайин. Бу маънода қўллаш ҳозир эскирган.
2️⃣ Ўзларини чорёрларнинг авлодлари деб ҳисобловчи мусулмонларнинг фахрий номи.
3️⃣ Ўрта Осиёда илгари маълум имтиёзга эга бўлган оқсуяклар ва уларнинг авлодлари.
4️⃣ Хўжазода эркаклар исмига қўшилади.
Хўжайин сўзининг этимологияси ҳам қизиқ. Изоҳли луғатга кўра, хожа сўзи форсчадан рус тилига хозя шаклида ўтгач, бирор жамоага мансубликни билдирувчи -ин қўшимчасини қабул қилган. Хозяин сўзи эса ўзбекчага хўжайин бўлиб ўтган.
Бироқ рус олимлари бошқа фикрда. Масалан, машҳур Фасмер луғатига кўра, хўжайин сўзидаги хожа рус тилига туркий тиллардан ўтган. Қадимги рус тилида хўжайин маъносидаги ходжа сўзи ҳам ишлатилган.
@oriftolib
5yil oldin ingliz tilidan dars bergandim, o'quvchilarimga kitoblarni kurs narxi ichida berardim (boshqa kurslarda alohida sotilar ekan) O'qishim sababli ishimni to'xtatishimga majbur bo'lgandim. O'quvchilarim uchun tayyorlagan kitoblar bor edi, shular egasini topdi.
Xurshida opaga kerakmas minnatdorchilik posti desam ham boshqalarga o'rnak bo'ladi deb qo'yibdilar. E'tibor uchun rahmat!
P.S: Bugungi yig'ilish haqida kechroq✍...
👉 @Izzatkhoja
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari!
❓Siz quvnoq, shijoatli va kreativ jamoa bilan ijtimoiy loyihalar tashkilotchisi bo'lmoqchimisiz?
❓Talaba-yoshlarga xalqimizga har tomonlama manfaatli va savobli loyihalarda qatnashmoqchimisiz?
❓Xalqaro tanlovlarda biz bilan birgalikda ishtirok etishni xohlaysizni?
❓Mualliflik loyihalaringiz bormi? Qo'llab-quvvatlash kerakmi?
❓@TalabaYoshlar jamoasiga qo'shilishni istaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
☝️Biz oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz!
☝️Sizdan talab qilinadigan jihatlar harakat, sabr, kreativlik va shijoat!
Agar bizning safimizga qo'shilish istagi paydo bo'lgan bo'lsa, sizni 21-yanvar (ertaga) Toshkent shahrida soat 14:00da bo'lib o'tadigan yig'ilishimizga taklif qilamiz.
❗️ Yig'ilish onlayn bo'lmaydi, manzil murojaat qilganlarga alohida guruhda aytiladi.
✍Murojaat uchun @HamkorAdmin profiliga o'zingiz haqingizda ma'lumot va telefon raqamingizni yozib yuboring.
📌 @Izzatkhoja 📌 @TalabaYoshlar
Agar vafot etsam... Tafakkur qilamiz...
⚜️Agar vafot etsam, Alloh nasib qilsa, musulmonlar lozim bo‘lgan ishlarni qilishadi:
• kiyimlarimni yechib olishadi;
• jasadimni yuvishadi;
• kafanga o‘rashadi;
• tobutga solishadi;
• masjidda yoki uyimda menga janoza o‘qishadi;
• qabristonga olib borishadi;
• qabrga qo‘yishadi;
• ba’zi odamlar uyidan, ba’zilari ishxonasidan janozamni o‘qib, dafn qilish uchun kelishadi;
• meni dafn qilib bo‘lishgach, bir necha kishilar "Mulk" surasini tilovat qilishadi, qolganlar uni tinglashadi. Ba’zi himmat qilganlar "Yasin" surasini ham tilovat qiladilar.
• duolar qilingach, hamma tarqalishni boshlaydi.
⚜️Alloh nasib etsa, uyimda qoldiradigan kishilarim va narsalarim:
• ota-onam, aka-ukalarim, singlim, ahli oilam, farzandlarim, jiyanlarim, qarindoshlarim, do‘stu birodarlarim;
• uy, mashina va ularning kalitlari;
• kitoblarim;
• kiyimlarim, do‘ppilarim, poyabzallarim;
• pullarim.
🌙Vafot etganimdan so‘ng dunyo kelgan joyidan davom etaveradi.
🌙O‘tirgan kursimga boshqa kishi o‘tirib, ishni davom ettiradi.
🌙Molu davlatim merosxo‘rlarim orasida taqsimlanadi. O‘zim esa o‘sha molu davlatlar uchun hisob berayotgan bo‘laman.
⚜️Vafot etganimda eng avval ismimni tark etishadi.
• Meni yuvmoqchi bo‘lishganda, ismimni aytishmaydi, balki, "Jasad qayerda?" deyishadi.
• Kafanga o‘ralgan holda tobutda yotar ekanman, menga namoz o‘qimoqchi bo‘lganlarida, "Janozani olib kelinglar" deyishadi.
• Qabristonga olib borib, dafn etayotganlarida, "Mayyitni uzatinglar, tobutni tortib olinglar" deyishadi.
🌙Shunday ekan, men nasabimga, falonchilarning zurriyoti ekanimga, mansabimga, obro‘yimga aldanib qolmasligim kerak.
⚜️Vafotimdan keyin men uchun mahzun bo‘ladiganlar uch xil bo‘ladi:
• 1) Meni yuzaki taniydiganlar "Bechora vafot etibdi-da" deyishadi.
• 2) Do‘stu birodarlar bir necha soatdan to bir necha kungacha mahzun bo‘ladilar, eslab, duo qiladilar. So‘ng odatiy hayotlarini yashashda davom etadilar va yuzlarida kulgu ko‘rina boshlaydi.
•3) Uyimdagi mahzunlik bir yilgacha cho‘zilib, keyin ismim xotiralar qutisiga tashlanadi.
🌙Shu bilan odamlar orasidagi hikoyam nihoyasiga yetadi. Oxirat ostonasidagi haqiqiy hayot boshlanadi. Bu qabr hayoti.
🌙Qabrimda chiroyim ham, molim ham, farzandlarim ham, oila a’zolarim ham, aka-ukalarim ham, "domla", "qori aka" deb yurgan do‘stlarim ham, uy-joylarim ham, dafnda ishtirok etganlar ham qolmaydi.
🌙Qabrimda men bilan faqat amalim qoladi.
⚜️Savollar boshlanadi:
❓ Robbing kim?
— Robbim Alloh!
❓ Dining nima?
— Dinim Islom!
❓ Mana bu odam haqida nima deysan?
— Bu kishi Alloh taoloning risolatini biz ummatlariga yetkazgan, omonatni ado etgan sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar!
⚜️Alloh taoloning fazli bilan qabrimda menga yordam beradigan narsalar:
• o‘qigan farz namozlarim;
• tutgan farz ro‘zalarim;
• bergan zakotlarim;
• qilgan hajim;
• nafl ibodatlarim;
• maxfiy sadaqalarim;
• yetimning boshini silaganim;
• ota-onamga qilgan xizmatlarim;
• boshqa solih amallarim.
🌙Dunyoga qaytib, bir marta sajda qilish, bir marta tasbeh aytish orzusida yotgan milliardlab qabrlarda yotganlar bor.
☝️Birodarlar, bugun bizda imkonimiz bor, hali jonimiz tanamizda. Bandalik vazifalarimizni o‘z o‘rnida, vaqtida, ixlos bilan ado etaylik! Zulm qilganlarimizdan uzr so‘raylik, qazo namozlarimizni o‘qib, qazo ro‘zalarimizni tutib, odamlardan olgan qarzlarimizni to‘laylik!
🤲Robbimiz barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin! Amiyn!
👉 @Izzatkhoja
#Bilish_shart
🌙 Islom tarixidan saboqlar
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib o‘limni orzu qilgan?
Javob: Yusuf (alayhissalom).
❓Savol: Ummatning birinchi bo‘lib qaysi amallari ko‘tariladi?
Javob: Besh vaqt namoz.
❓Savol: Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning birinchi bo‘lib o‘qigan namozlari qaysi?
Javob: Peshin namozi.
❓Savol: Qiyomatda birinchi bo‘lib kimning ustidan yer ochiladi?
Javob: Muhammad sollallohu alayhi vasallam
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib jannat eshigini taqillatgan?
Javob: Muhammad sollallohu alayhi vasallam.
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib shafoat qiladi?
Javob: Muhammad (sollallohu alayhi va sallam).
❓Savol: Qaysi ummat birinchi bo‘lib jannatga kiradi?
Javob: Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning ummati.
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib osmonda azon aytganini bilasizmi?
Javob: Jabroil (alayhissalom).
❓Savol: Kim soatni 12 soatliligini birinchi bo‘lib aniqlagan?
Javob: Nuh (alayhissalom) kemalarida aniqlaganlar.
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib otga mingan?
Javob: Ismoil (alayhissalom).
❓Savol: Kim juma kunini “juma” deb nom bergan?
Javob: Ka’b ibn Luay.
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib “Subhana Rabbiyal a’la” deb aytgan?
Javob: Isrofil (alayhissalom).
❓Savol: Qaysi oyat Qur’oni karimdan birinchi bo‘lib tushgan?
Javob: Alaq surasining “Yaratgan Rabbing nomi bilan o‘qi” oyati.
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib qalamda yozgan?
Javob: Idris (alayhissalom).
❓Savol: Tavrotdan birinchi bo‘lib nima tushgan?
Javob: Bismillahir rohmanir rohim.
❓Savol: Kim birinchi bo‘lib Alloh yo‘lida jihod qilgan?
Javob: Idris (alayhissalom).
❓Savol: Qur’oni karimdagi eng buyuk oyat qaysi?
Javob: Oyatal Kursiy ("Baqara" surasi, 255)
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
👉"Fotiha" surasi -> ALLOHning qahridan saqlaydi ...
👉"Yasin" surasi -> Oxiratda chanqog‘ingizni qondiradi ...
👉"Voqea" surasi -> Kambag‘allikdan, ochlikdan saqlaydi ...
👉"Mulk" surasi -> Qabr azobidan saqlaydi ...
👉"Kafirun" surasi -> Jon taslim qilayotganda kufrdan saqlaydi ...
👉"Ixlos" surasi -> Ikkiyuzlamachi, yomonlardan saqlaydi ...
👉"Falaq" surasi -> Kulfatdan saqlaydi ...
👉"Nas" surasi -> Yomon hayollardan saqlaydi ...
👉"Yusuf" surasi -> Yurak siqilishi, mazlumlik, g‘am qayg‘uda foyda ...
©Manbalar asosida Isomiddin Ahrorov tayyorladi.
🎓 TalabaYoshlar sahifasiga ulaning
https://t.me/joinchat/R4A0yjXFePzL8eMM