izzatkhoja | Неотсортированное

Telegram-канал izzatkhoja - Izzatxo'ja Asomiddinov

1712

👉 SMM, loyiha (product) menejeri; 👉 @talabayoshlar, @kitobxonyoshlar sahifalari hamda @kitob_muhokamasi, "Birga kitob o'qiymiz" loyihalari muallifi; 👉 Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi; 👉 Eng asosiysi Allohning oddiygina bandasi.

Подписаться на канал

Izzatxo'ja Asomiddinov

📚 Kitobxonyoshlar sahifasida Telegramdagi kitobxonlikka oid kanallar ichida 1-o‘rinda e’tirof etildi!

🗣Yil yakunlariga ko‘ra Telegramning rasmiy TGStat platformasi har bir kanal muallifiga Yangi yil tabrigini yubordi. Tabriknoma bilan birga yuborilgan kanalning 2023-yilgi statistikasidan ko‘rinadiki, ko‘pchilik kitobxonlarning sevimli sahifalaridan biriga aylanib ulgurgan @kitobxonyoshlar kanalimiz O‘zbekistondagi kitobxonlikka oid sahifalar ichida №1, ya’ni 1-o‘rinda e’tirof etildi.

Biz qilayotgan mehnatimiz shuncha odamga manfaatli bo'layotganidan va sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizdan minnatdormiz! Yangi 2024-yilda ham yangi, ko‘pchilikka ibrat bo‘ladigan, manfaatli loyihalarni ko‘paytirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bildirgan ishonchingiz uchun kattakon rahmat!

Aytgancha, kanalimiz 2022-yil yakunida ham kitobxonlikk oid №1 kanal deb topilgan edi.

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

“Kitobxon yoshlar ligasi” o‘zi qanday tanlov?

📚 Bir necha yuz minglab talaba-yoshlarni kitobxonlikka targ‘ib qila olgan, qisqa vaqt ichida keng ommalashib, kitobxonlar orasida sog‘lom raqobatni yuzaga keltira olgan, onlayn tarzda tashkil etilsa-da, shaffoflikni ta’minlab, adolatli tarzda o‘tkazilishi bilan nom qozongan “Kitobxon yoshlar” onlayn kitobxonlik loyihasi haqida ko‘pchilikka tanish bo‘lib ulgurdi.

Yuqoridagi video orqali mana shu loyiha tashkilotchilari hamda g‘olib va sovrindorlarining fikrlarini sizlarga ulashishga qaror qildik.

📺Videoni sifatli formatda ko‘rish

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Kimdir kitob, kimdir zavq oldi

🤓 Kechagi qiziqarli o‘yinlar darslardan to‘liqqan talabalar va kitobxonlarga oz bo‘lsa ham kayfiyat ulashgan bo‘lsa, biz shundan mamnunmiz.

Sizda “Ildiz kitoblari” bilan bog‘liq shirin xotiralar bor bo‘lsa, biz ayni shular uchun harakatdamiz.

Yuzingizdan quvonch, qalbingiz ilm hech ham arimasin! 🥰

Sizning Ildiz’zingiz ❤️

Ildizkitoblari.uz

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

👉 Manzil lokatsiyasi

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz!

🔄Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi.

🔴3ta – zamonaviy smartfon;
🔴3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i;
🔴20ta – Smart watch;
🔴20ta – Quloqchin;
🔴20ta – Airpods;
🔴20ta – Powerbank;
🔴ko‘plab badiiy kitoblar;
🔴va pul yutuqlari yutib oling.

Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz!

📺talabayoshlar/?sub_confirmation=1">TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH⬅️

Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun Xalqaro buvijonlar kuni ekan. Shu kunda mani buvijonim vafot etdilar...

Haqlariga duo qilib qo'yinglar, Alloh rahmatiga olsin, savol-javoblari oson bo‘lsin.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣“Naqshi” kitoblar do‘koni hamda “Birga kitob o‘qiymiz” jamoasi yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @naqshiuzbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 21-sentabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari
🔴Rauf Jilasunning “Halol luqma” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

🔵Tanlovda test bo‘yicha 26 nafar, referal ball bo‘yicha esa 20 nafar g‘oliblar yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari

Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi va quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Mubinaxon qizimga singil, menga yana bir qiz farzand, oilamizga yangi mehmon nasib qilgan Allohga hamd-u sanolar bo'lsin.

Kelajakda soliha, qoriya, baxtli, taxtli, ko'zimizni quvnatadigan oqila qiz bo'lishingni Yaratgandan so'rab qolaman. Dunyoyimizga xush kelibsan, qizalog'im.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

«Эртага қанақа кийм кийсам экан?» деб ўйлаган пайтизда ҳеч ҳаёлизга кафан келганми?

Ўлганимиздан кейин нималар бўлишини тасаввур қилиб кўрамиз.

👉 @UnchaMuncha

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🏆 SMM yo'nalishi bo'yicha 60 nafar yigit-qizga grant e'lon qilamiz!

«Najot Ta'lim» jamoasi yoshlar uchun imkoniyatlar berishda davom etadi. ✊

💥 SMM sohasiga qiziqishi bor va oʻz kelajagini koʻra olgan 60 nafar yigit-qiz uchun grant e'lon qilamiz.

Grant g'oliblari suhbat orqali aniqlanadi va saralash «Najot Ta'lim» jamoasi a'zolari tomonidan onlayn tarzda o'tkaziladi.

📅 Grantga ro'yxatdan o'tish bugun — 17-may sanasidan boshlab, 25-maygacha davom etadi.

🏆 Grantlar soni: 60 ta
📰 Yosh chegarasi: 18 yoshdan 25 yoshgacha
🔍 Saralash: suhbat orqali
👤 Kimlar uchun: barcha uchun

🚀 SMM sohasini grant asosida o'rganish niyatida bo'lsangiz, imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

🪃 Grant uchun ro'yxatdan o'ting

P. S. Ushbu xushxabarni do'stlaringiz bilan ulashing!

📞
78-888-9-888 | @aloqa_ntbot

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Bugun Xalqaro qiz farzandlar kuni

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_xushxabar

Assalomu alaykum, biz "Yoshlar" radiosi bilan "Talabalar vaqti" radio-eshittirishi loyihasini efirga uzatish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'ydik. Agar siz radioga qiziqsangiz, bu siz uchun zo'r imkoniyat!

Ertaga 11-aprel kuni soat 11:00 da hamda 15:00 da yig'ilishga kelib, batafsil ma'lumot olishingiz mumkin bo'ladi.

Yig'ilishda radioga ketadigan loyihalarni va radioga borib stajirovkada qatnashish yana qo'shimcha yangi loyihalarni kelishib olamiz.

📍Manzil lokatsiyasi: /channel/Izzatkhoja/790

Mana shu rasmda ko'rsatilgan eshikdan kirib, 3-xonaga kirasiz.

Batafsil ma'lumot uchun ushbu guruhga qo'shiling:
👉 /channel/+YbKpVQI0K4IzMzMy

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Рамазон ойида намойиш қилинган ҳар қандай сериал ёки теледастур Рамазондан кейин ҳам қайтадан берилади. Лекин таровеҳ, тунги бедорлик, Қадр кечаси, раҳмат, мағфират ва дўзахдан озод бўлиш фақат Рамазонда бўлади, холос!
🌟 Ҳаракат қилиб қолинг! 🌟

@mehrob_uz

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#Ramazon_taqvimi2023

😀Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi!

Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin!

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

📚“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovi 2-mavsumi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlash marosimi videolavhasini tomosha qilib, ajoyib atmosferani o‘zingiz his qilib ko‘ring!

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:

🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari

Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Talabalar tanlovi” g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Ildiz kitoblari do‘konida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida super o‘yin g‘oliblari, shuningdek, tanlov davomidagi eng omadli ID egalariga sovg‘alar topshirildi.

➡️ G‘oliblar ro‘yxatini ko‘rish

🔵Taqdirlash marosimiga tashrif buyurgan tomoshabinlar o‘rtasida ham yutuqli o‘yin tashkil etildi. G‘oliblar va faol ishtirokchilarni do‘kon tomonidan hamda o‘zimni nomimdan kitoblar bilan taqdirladik.

Shu bilan yutuqli tanlovimiz rasman yakunlandi. Tez orada yangi kitobxonlik tanloviga start beramiz. Bizni kuzatishda davom eting.

✈️TalabaYoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Ildiz kitoblari do‘konidan yutuqli o‘yin!

📚 Barcha kitobxon yurtdoshlarimiz uchun @ildizkitoblari yutuqli lototron o‘yinini e’lon qiladi. Ushbu o’yinda ishtirok etish uchun Siz Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyurasiz va kamida 50 ming so‘m qiymatga ega bo‘lgan kitoblar yoki o‘zingiz istagan biror tovarni xarid qilasiz. Sizga taqdim etilgan xarid chekining orqa tomoniga ism-familiyangiz va telefon raqamingizni yozib qoldirasiz va chek qog‘ozini yaxshilab buklab, kassaning o‘ng tomonida joylashgan lototron ichiga solasiz.

🎁 Lototron uchun cheklar 18-noyabr kuni soat 14:00 ga qadar qabul qilinadi. Aynan shu kuni shu soatda Ildiz kitoblari do‘konida “Talabalar tanlovi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi va yangi kitob taqdimoti (qaysi kitob deb o‘ylaysiz?) bo‘lib o‘tadi. Ana shu marosim davomid lototron ichidan omadli 13 ta chek tanlab olinadi va chek egalari quyidagicha haydalarga ega bo‘lishadi:

🔴birinchi g‘olibga 100 ming so‘mlik vaucher;
🔴ikkinchi g‘olibga 200 ming so‘mlik vaucher;
🔴uchinchi g‘olibga 300 ming so‘mlik vaucher;
🔴qolgan 10 nafar g‘olibga kitob hadya qilinadi.

➡️ Do‘kon manzilini ko‘rish

Ildiz kitoblari do‘koniga tashrif buyuring va yutuqli o‘yinda ishtirok etib, omadingizni sinab ko‘ring.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

ЯХШИЛИК АЛОМАТЛАРИ

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бундай дедилар: «... Аллоҳ наздида ҳақиқий гўзаллик - ботин гўзаллиги ва хизмат гўзаллигидир».
Эй Али! Мўминнинг уч аломати бор:
1. Мол-дунёга муккасидан кетмайди.
2. Хотинга ўч бўлмайди.
3. Инсонлар шаънида гапиришни ёқтирмайди.

Ақлли инсоннинг учта аломати бор:
1. Охиратни қўлга киритиш учун дунёни ишлатади.
2. Жафога бардош беради.
3. Қийинчиликларга сабр қилади.

Олимнинг учта аломати бор:
1. Тўғри сўз бўлади.
2. Ҳаромдан тийилади.
3. Камтар бўлади.

Муттақийнинг учта аломати бор:
1. Ёлғондан ва ёмонликдан сақланади.
2. Ёмон дўстдан сақланади.
3. Ҳаромга яқинлашишдан қўрқиб, мубоҳдан ҳам сақланади.

Сиддиқнинг уч аломати бор:
1. Нафл ибодатини яширади.
2. Садақани яширинча беради.
3. Мусибатни яширади.

Обиднинг учта аломати бор.
1. Нафсига жаҳл қилади.
2. Нафсини тергайди.
3. Узоқ намоз ўқийди.

Солиҳнинг уч аломати бор:
1. Аллоҳ учун солиҳ амал қилади.
2. Динини амал билан ислоҳ қилади.
3. Ўзига раво кўрганини бошқаларга ҳам раво кўради.

Саъид (бахтли ва жаннат аҳли) кишининг уч аломати бор:
1. Ҳалол ейди.
2. Олимлар билан ҳамсуҳбат бўлади.
3. Беш вақт намозини жамоат билан (имом билан бирга) ўқийди.

Мўминнинг уч аломати бор:
1. Аллоҳга итоат этади.
2. Ҳаромлардан узоқ туради.
3. Ёмонлик қилганга яхшилик қилади.

Сахийнинг уч аломати бор:
1. (Ўч олишга) қурби етгани ҳолда афв этади.
2. Закотини беради.
3. Садақа беришни яхши кўради.

Ҳалим инсоннинг уч аломати бор:
1. Алоқани узган билан алоқа ўрнатади.
2. Бермаганга беради.
3. Зулм қилганни кечиради.

Сабрли кишининг уч аломати бор:
1. Аллоҳ таоло тоатига,
2. Мусибатга,
3. Қазо ва қадарга сабр қилади.

Тавба қилганнинг уч аломати бор:
1. Ҳаромдан сақланади.
2. Илм талаб қилишга интилади.
3. Сут кўкракка қайтмагани каби гуноҳга қайтмайди.

“Пайғамбаримизнинг соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳазрати Али розияллоҳу анҳуга насиҳатлари” китобидан.
@mehrob_uz

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

📚 “Naqshi” kitoblar do‘koni bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi!

6-oktabr kuni Naqshi do‘konida tanlovda test bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 26 nafar hamda “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi bo‘lgan 20 nafar g‘oliblarga sertifikat, diplom hamda sovg‘alar topshirildi.

➡️Tanlov g‘oliblari va sovg‘alar ro‘yxati

Respublikamizning viloyatlarida istiqomat qiluvchi g‘oliblarimizga sovrinlar pochta orqali yetkaziladi.
_____________________

Shu o‘rinda tanlov tashkilotchi jamoasi bilan tanishtirib o‘tmoqchiman (shu insonlarning mehnati bo‘lmaganida tanlov ham bo‘lmas edi):

🟠Yorqin Abduqaxxorov - dasturchi;
🟠Mirafzal Ozodov - media mutaxassis;
🟠Muxlisa Norboyeva - savollar muallifi;
🟠Izzatxo‘ja Asomiddinov - bosh tashkilotchi.

Doim tanlovni tashkil qilganingiz uchun sizga rahmat deb menga tashakkurlar aytiladi, lekin shu insonlar bo‘lmaganida men bir o‘zim bu ishlarni qila olmas edim.

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

😅 Shunaqasiyam bo'lib turadi...

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🗣Jarayon avjida!!!

Taqdimotga oz qoldi, siz kutgan tanlovni yangi mavsumini tez orada e'lon qilamiz...

✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo'ling

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🌙 Assalomu alaykum, sizlarni qutlug' ayyom "iyd ul-Adha" Qurbon Hayiti muborak bo'lsin!

Sizga salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat va mukammal iymon tilayman. Allohim uyingizga qut-baraka, oilangizga tinchlik-farovonlik, ahillik ato etsin. Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning O'zi madadkor bo'lsin.

👉 @Izzatkhoja

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Ana shunday e'lonlardan biri hayotimni o'zgartirgandi, yana bir imkoniyat foydalaninglar

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
🗣O‘zbegim yigit-qizlari uchun ajoyib yangilik!

🔴Siz nazm, nasr yo‘nalishlarida ijod qilasizmi?
🔴Monologlarni ta’sirchan, she’rlarni ifodali o‘qish qobiliyatingiz bormi?
🔴Ilhom kelganida, qalam tebratib, ijod qilasizmi?
🟢Agar yuqoridagi savollarga “ha” deb javob bersangiz, bu imkoniyat aynan SIZ UCHUN!

🖋 Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan ijodkor talaba-yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish va munosib rag‘batlantirish maqsadida “Mushoira klubi” tashkil etilmoqda!

Ushbu klub a’zolari taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etish, professional ovoz yozish studiyasidan bepul foydalanish, ijod namunalarini gazeta, jurnal va to‘plamlarda chop qilishga amaliy yordam olish kabi ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.

Barcha iste’dodli talaba-yoshlarni 10-may kuni soat 17:00 da “Mushoira klubi”ning ochilish marosimiga taklif qilamiz. Marosim davomida klub faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari Sizlarni yana ajoyib sovg‘alar ham kutmoqda.

📍Marosim manzilini ko‘rish

✈️Mushoira klubi rasmiy guruhi

Ushbu e’lonni barcha ijodkor do‘stlaringizga ulashishni unutmang! Iste’dodingizni yuzaga chiqarish vaqti keldi.

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

🌙Muborak Ramazon hayiti qutlugʻ bo'lsin!

Sizni Ramazon oyida qilgan ibodatlaringiz, ehsonlaringiz va tutgan ro'zalaringiz qabul bo'lishini tilagan holda Iyd ul-Fitr bilan tabriklayman.

🤲 Duolar qabul bo'ladigan musulmon ummatining ushbu muborak kunida qalbingizdagi barcha ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin. Alloh taolo siz-u bizdan solih amallarni qabul qilsin!

Kelasi yilgi Ramazonga tinchlikda, omonlikda, xursandchilikda yetishlik barchamizga nasib qilsin.

P.S: bayram shukuhi aks etgan ushbu rasmlar sun’iy intellekt tomonidan tasvirlangan.

👉 Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

🎙Yoshlar radiosi “Talabalar vaqti” radio eshittirishi eshiklari endi talabalar uchun ochiq!

🔵Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi Media jamoasi tomonidan radio faoliyatiga qiziquvchan, iqtidorli talaba-yoshlar hamda Yoshlar radiosidagi “Talabalar vaqti” radio eshittirishi ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida talabalarning radioda tajriba oshirishlariga imkon yaratish, o‘z loyihalari bilan Talabalar vaqti” radio eshittirishida ishtirok etishlari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

➡️Eslatib o‘tamiz, Yoshlar radiosidagi Talabalar vaqti” eshittirishi har juma kuni soat 10:10 da efirga uzatiladi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

#diqqat_muhim_xabar
❗️Assalomu alaykum do'stlar! Iltimos oxirigacha o‘qing!

☝️Xabaringiz bor, hozir openbudget.uz portalida loyihalarga ovoz berish boshlangan. Berilgan takliflar ichida men yashaydigan mahalladagi yo'llarni asfalt qilish taklifi ham berilgan. Bu uchun 1.2 mlrd so‘m pul ajratilishi kerak.

🟥Sizlardan, 2 daqiqa vaqtingizni ajratib, ovoz berishingizni so'rayman, chunki bu yo'llarda nafaqat mashinalar, yoshi ulug' keksalar, yosh bolalar ham qiynalishadi. Yo'llar asfalt bo'lsa , insha'Alloh savobi sizgayam tegadi.

👉Ovoz berish tartibi:
1️⃣ https://openbudget.uz/boards-list/1/42aab10e-8484-49ca-bb41-43431754bb8e shu ko‘k yozuv ustiga bosasiz va ekranni pastroqqa tushirib "SMS orqali" tugmachasini bosasiz (yuqorida 1-rasmda ko‘rsatilgan);
2️⃣ Telefon raqamingizni yozib, misolni ishlab, natijasini yozasiz va "SMS kodni yuborish" tugmachasini bosasiz (2-rasm);
3️⃣ Telefoningizga SMS keladi, shuni 3-rasmda ko‘rsatilgan joyga yozasiz va "Jo‘natish" tugmachasini bosasiz, bo‘ldi!

🤝 2 daqiqa vaqtingizni ayamay, ilitimosimga befarq bo'lmaysiz degan umiddaman. Hurmat bilan Izzatxo'ja Asomiddinov

Читать полностью…

Izzatxo'ja Asomiddinov

Қуръони каримнинг 16 ўрнида "Аллоҳ яхши кўради", деган жумла ва яна 16 ўрнида "Аллоҳ яхши кўрмайди", деган жумлар келган. Уни қуйидаги тартибда берилган.

Аввалгиси: Яхши кўрадиганлар:

1. "Аллоҳ эҳсон қилувчиларни яхши кўради" (Бақара сураси, 195‑оят).

2. "Албатта, Аллоҳ тавба қилувчиларни севади ва покланувчиларни севади". (Бақара сураси, 222‑оят).

3. "Бас, Аллоҳ тақводорларни яхши кўради". (Оли Имрон сураси, 76‑оят).

4. "Аллоҳ яхшилик қилувчиларни севади". (Оли Имрон сураси, 134‑оят).

5. "Аллоҳ сабрлиларни севади". (Оли Имрон сураси, 146‑оят).

6. "Аллоҳ гўзал амал қилувчиларни севади". (Оли Имрон сураси, 148‑оят).

7. "Албатта, Аллоҳ таваккал қилувчиларни севади". (Оли Имрон сураси, 159‑оят).

8. "Албатта, Аллоҳ яхшилик қилувчиларни севади". (Моида сураси, 13‑оят).

9. "Албатта, Аллоҳ адолат қилувчиларни севади". (Моида сураси, 42‑оят).

10. "Зотан, Аллоҳ эҳсон қилувчиларни севади". (Моида сураси, 93‑оят).

11. "Албатта, Аллоҳ тақводорларни севади". (Тавба сураси, 4‑оят).

12. "Албатта, Аллоҳ тақводорларни севади". (Тавба сураси, 7‑оят).

13. "Аллоҳ эса покланувчиларни севади". (Тавба сураси, 108‑оят).

14. "Аллоҳ адолат қилгувчиларни суяди". (Ҳужурот сураси, 9‑оят).

15. "Албатта, Аллоҳ адолат қилувчиларни яхши кўради". (Мумтаҳана сураси, 8‑оят).

16. "Албатта, Аллоҳ Ўз йўлида худди жипс бинодек бўлиб, сафда туриб уруш қиладиганларни яхши кўради" (Саф сураси, 4‑оят).

Иккинчиси хуш кўрмайдиганлар:

1. "Албатта, Аллоҳ тажовузкор бўлганларни хуш кўрмас" (Бақара сураси, 190‑оят).

2. "Ва ҳолбуки, Аллоҳ фасодни хуш кўрмас" (Бақара сураси, 205‑оят).

3. "Ва Аллоҳ ҳар бир кофир, гуноҳкорни хуш кўрмас" (Бақара сураси, 276‑оят).

4. "Аллоҳ, албатта, кофирларга муҳаббат қилмас" (Оли имрон сураси, 32‑оят).

5. "Ва Аллоҳ золимларни хуш кўрмас" (Оли имрон сураси, 57‑оят).

6. "Ва Аллоҳ золимларни севмайди". (Оли имрон сураси, 140‑оят).

7. "Албатта, Аллоҳ ўзини юқори тутувчи ва одамлар устидан фахр қилувчиларни хуш кўрмас" (Нисо сураси, 36‑оят).

8. "Албатта, Аллоҳ хиёнатчи ва гуноҳкор бўлган кимсани хуш кўрмас". (Нисо сураси, 107‑оят).

9. "Аллоҳ фасод қилгувчиларни севмас" (Моида сураси, 64‑оят).

10. "Албатта, Аллоҳ ҳаддидан ошувчиларни севмас" (Моида сураси, 87‑оят).

11. "Албатта, Аллоҳ хоинларни севмас" (Анфол сураси, 58‑оят).

12. "Албатта, Аллоҳ барча хоин ва кофирларни хуш кўрмас" (Ҳаж сураси, 38‑оят).

13. "Ҳовлиқма, албатта, Аллоҳ ҳовлиққанларни суймас" (Қасос сураси, 76‑оят).

14. "Албатта, Аллоҳ бузғунчиларни суймас" (Қасос сураси, 77‑оят).

15. "Албатта, Аллоҳ ҳеч бир мутакаббир ва мақтанчоқни севмас" (Луқмон сураси, 18‑оят).

16. "Аллоҳ барча димоғдор ва мақтанчоқларни суймайди" (Ҳадид сураси, 23‑оят).

Ўзимизга ўзимиз савол берайлик. Ҳақиқатда биз Аллоҳ севган амалларни бажариб, ёқтирмайдиган амаллардан четланмоқдамизми?

– Аллоҳ севадиган амалларни ўқинг ва уни ҳаётингизга татбиқ қилинг.

– Аллоҳ севмайдиган амалларни ҳам ўқинг ва улардан четланинг.

– Мана шу нарсаларни амалга оширсангиз, демак ахлоқингиз ва ҳаётингизга Қуръонни амалий татбиқ қилибсиз!

Каналимизга аъзо бўлинг!👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD-ZGmdHp-O75FyVsg

Читать полностью…
Подписаться на канал