itspecuz | Неотсортированное

Telegram-канал itspecuz - IT specialist

16672

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Подписаться на канал

IT specialist

IT mutaxassis! Biz sizga kerakmiz!

🤓 Siz axborot texnologiyalari, ya'ni IT sohasida bo'lsangiz, bizning kanal sizga asqatadi.

📂 Unda siz o'z rezyumengizni joylashtirishingiz yoki e'lon qilingan vakansiyalarga murojaat qilishingiz mumkin.

Ish topganda suyunchisini unutmang-a! 😉

✅ Manzilimiz: @texnowork

Читать полностью…

IT specialist

#word

Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin? 🧾

Word'da sahifaga chiziq tortishning eng qulay usuli – 1 ustunli jadvaldan foydalanishdir. Buning uchun esa quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajariladi:

1-qadam
Разметка страницы
(Макет) menyu varaqa (вкладка)si Поля Настраиваемые поля bandlari bo‘ylab o‘ting va siz uchun qulay bo‘lgan maydonlarni o‘rnating. 1 santimetrdan katta bo‘lmasligini maslahat beramiz.

2-qadam
Вставка
menyu varaqa (вкладка)si → Таблица → Вставить таблицу bandlari bo‘ylab o‘ting va 1 ustunga 25-30 satrni tanlang.
Shundan keyin tanlangan jadvalga oid Работа с таблицами menyu guruhidagi Макет menyu varaqa (вкладка)si → Размер ячейки bo‘ylab o‘tib, satrlar uchun mos balandlikni tanlang (0,8-1 sm).

3-qadam
Tanlangan jadvalga oid Работа с таблицами menyu guruhidagi Конструктор menyu varaqa (вкладка)sida Границы vositasi yordamida jadvalning chap va o‘ng chegaralarini o‘chiring.

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#learn_english_with_software #smartfon #android

🌐📱Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+. Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin).

📎 Duolingo Super v5.87.4 ilovasini yuklab olish.

❗️Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi! 😉

📌 P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

ℹ️ Tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Ish beruvchi sendan stajing 10 yillik bo‘lishi lozimligini talab etsayu, yoshing hali 20 ga ham to‘lmagan bo‘lsa... 🙄

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🧹 Insonlar singari mashhurlikka erishishni astoydil istagan robot-changyutkich 5,8 mln ko‘rishlar soniga erishibdi.

📌 P.S.: Ushbu videoning aniq manbasini topishning imkoni bo‘lmadi, balki siz buni uddalay olarsiz... 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #ict_news

🎙 Bizda har bir bitiruvchi 100 foiz ish bilan ta’minlanadi!

“IT-motivatsiya” – Farobiy IT Academy asoschisi Farruh Boltayev.

Farruh Boltayev – 1993-yil 10-dekabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan:

— 2017-yil – “Marcos Soft” dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi;

— 2018-yil – TATUning bakalavr bosqichini tamomlagan;

— 2020-yil – TATUning magistrlik diplomiga ega bo‘lgan;

— 2020-yil – Xalq ta’limi vazirligida Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i;

— 2022-yil – “Farobiy” IT akademiyasi asoschisi.

🔤 Suhbatning batafsil matnli talqini.

🎞 Suhbatning batafsil video talqini.

📝 Manba: ict.xabar.uz

ℹ️
Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
“Toshkentga besh ming so‘m bilan kelib, Buxoroga mashina minib ketganman!” - Shahzod Magdiyev
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android #iOS #operatsion_tizim #tarmoq #internet

Smartfondan tarqatilayotgan Wi-Fi tarmog‘ining kompyuter tomonidan aniqlanmasligi 📱📶 🖥

Smartfonda Wi-Fi ulanish nuqtasini yaratib, unga keyinchalik noutbuk yoki Wi-Fi modulli ShK'ni ulashimiz mumkinligi hech kimga sir bo‘lmasa kerak. Ko‘pincha bu usul noutbuk uchun internet tarqatishda foydali sanaladi.

Foydalanuvchilar smartfonda maxsus yaratilgan ulanish nuqtasi – noutbukdagi mavjud ulanish nuqtalari ro‘yxatida ko‘rinmasligi vaziyatiga duch kelishlari mumkin. Ko‘pincha bu noutbukdagi Wi-Fi moduli faqat 2,4 GGs chastotasida ishlashi, zamonaviy smartfonlar esa 5 GGs chastotasida ishlashi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ushbu muammoni bartaraf etish uchun smartfondagi ulanish nuqtasini sozlash lozim. Bunda amalga oshiriladigan harakatlar quyidagicha:

1️⃣. Android uchun sozlamalarda Точка доступа Wi-Fi'ni topish va Настройка точки доступа'ga o‘tish lozim. Предпочтительная частота bo‘limida 2,4 GGs chastotasini tanlang.

2️⃣. iOS uchun Настройки -> Режим модема ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va Максимальная совместимость funksiyasini faollashtiring.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Wi-Fi tarmog‘i signalini tekshirish
Windows 10’da buyruq satri yordamida Wi-Fi parolini topish
Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz
O‘z routeringizdagi Wi-Fi parolini qanday aniqlash mumkin?
Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli
Wi-Fi tarmog‘ingizga kim ulanganligini bilish, uni tarmog‘ingizdan foydalanishga qarshi bloklash va qayta ruxsat berish
Windows 10’da mobil ulanish nuqtasi funksiyasi qanday o‘chiriladi?
Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?
Sharh: Ochiq Wi-Fi tarmog‘ida foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi
Umumiy ishlatiladigan Wi-Fi’dan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!
“Tarmoq bog‘lanishlari” oynasini tezkor ochish
NetCut — Wi-Fi tarmog‘ini skanerlash
IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?
Optik tolaning qanday ishlashi misolda
Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish
Noutbukka lokal tarmoq orqali keluvchi Internetni Wi-Fi orqali tarqatishning oddiy usuli
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin? 🖼

Agar sizga tezkor tarzda bir guruh rasmlar o‘lchamini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, unda Microsoft PowerToys dasturi yordamida buni operatsion tizim tarkibidagi Проводник (Этот компьютер) dasturining o‘zidan uzoqlashmagan holda amalga oshirish mumkin.

1. Microsoft PowerToys havolasi bo‘ylab o‘ting. Dasturning so‘nggi versiyasi odatda yuklab olish sahifasining yuqorisida keltiriladi.
2. EXE-faylni toping, masalan: "PowerToysSetup-0.67.0-x64.exe".
3. Ushbu faylni yuklab oling va ishga tushiring.
4. O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng PowerToys'ni ishchi stolingizdan ishga tushiring.
5. Yon tomondagi panelda "Image Resizer"ni ustiga bosing.
6. "Enable Image Resizer"ni faollashtiring.
7. PowerToys'ni yoping.
8. Bir nechta rasmlarni belgilang.
9. Sichq. o‘ng tugmasini, so‘ngra "Resize pictures"ni ustiga bosing.
10. Rasm uchun kerakli o‘lchamni tanlang.

Shundan keyin hajmi o‘zgartirilgan rasmlar asl rasmlar joylashgan papkaning o‘zida paydo bo‘ladi. Siz buni istalgan miqdordagi rasmlar ustida bajarishingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Let’s Enhance piksellari soni (разрешение) kam bo‘lgan fotorasmlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi
Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10'ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Photoshop'da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Photoshop dasturidan foydalanish bo‘yicha video darslar
Adobe Photoshop CS6 dasturi (kuchsiz kompyuterlar uchun)
• Adobe Photoshop CC 2018 (Portable) dasturi x32-(x86) / x64
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET'dan boshlaymiz!
Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
Neyron tarmog‘i yordamida realistik rasmlarni yaratish
Rasmda yuzni almashtirish - Reflect.tech
O‘z yuzingiz tushirilgan kupyurani yaratishni istaysizmi?
Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
Algoritm selfini “selfisizlantirdi”
Telegram'da post yuqorisida biriktirilgan rasmni o‘zgartirish
Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

"Excel - formula ustasi" bepul kursi
#excel / #excel_fu

1-dars. Havolalar (nisbiy, mutlaq,aralash) va ular bilan ishlash. Ko'paytirish jadvalini yaratamiz!
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: nisbiy, mutlaq, aralash havolalar; ko'paytirish jadvalini yaratish.

2-dars. Formulada nomlardan foydalanish!
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: formulada nomlardan foydalanish.

3-dars. Matematik funksiyalar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: СУММ, СУММЕСЛИ, СУММЕСЛИМН.

4-dars. Statistika formulalari
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: МИН, МАКС, СРЗНАЧ, НАИБОЛЬШИЙ, НАИМЕНЬШИЙ, СЧЁТ, СЧЁТЗ, СЧИТАТЬПУСТОТЫ, СЧЁТЕСЛИ, СЧЁТЕСЛИМН, СРЗНАЧЕСЛИ.

5-dars. Matn bilan ishlash uchun formulalar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: сцепить, сжпробелы, строчн, прописн, пропнач, левсимв, правсимв, найти, пстр.

6-dars. Sana bilan ishlash uchun formula va amallar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: сегодня, тдата, чистрабдни, долгода, целое, день, месяц, год, дата.

7-dars. Havola va massivlar bilan ishlash
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: впр.

8-dars. Mantiqiy funksiyalar
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube
📜 O'rganildi: если, и, еслиошибка, или.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #maslahat

Toza Windows 10'ni o‘rnatish 🖥

Ko‘pincha kanalning guruhi va boti orqali ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan Windows 10'ni o‘rnatish borasida savollar kelib turadi (undan pastroq versiyalari ham shunga monand tarzda o‘rnatiladi).

Siz uchun tizim arxitekturasini tanlash, yuklanuvchi fleshkani yaratish, fleshkadan yuklash prioritetini belgilash, tizimni o‘rnatish va sozlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha batafsil ko‘rsatma ishlab chiqdik.

👉🏻 Batafsil...

📎 “Windows 10 x86/x64 12 in 1 obrazini o‘z ichiga oluvchi arxiv fayllarini yuklab olish: 1-qism | 2-qism | 3-qism

📋
Yuklab olingan fayllarni arxivdan alohida .ISO faylga ajratib olish bo‘yicha ko‘rsatma.

📌 P.S.: Toza Windows 10'ni o‘rnatish deganda, eski Windows'ni to‘liq formatlab/o‘chirib tashlab, yangisini o‘rnatish nazarda tutilgan. Shunda tizimni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng C diskida Windows.old nomli papkani uchratmaysiz.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
Drayverlarni topish va o‘rnatish
Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Dastur ornatish sanati
Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
Operatsion tizim rukni ostidagi postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hardware #internet

⌨️ Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish

Bunda bizga 10 ta barmoqni butunlay qo‘llagan holda klaviaturaga qaramasdan matn kiritish usulini o‘zlashtirish imkonini beruvchi — Ratatype xizmati yordam berishi mumkin.

Bu qanday ishlaydi: o‘z matn kiritish tezligingizni aniqlab olish uchun siz dastlab testdan o‘tasiz. U yakunlanganidan so‘ng siz tasniflanasiz va ko‘nikmangizni tasdiqlovchi sertifikatni olasiz.

Keyingi qadamda ro‘yxatdan o‘tish, mos keluvchi kursni tanlash va ko‘nikmani shakllantirish uchun uning bosqichlaridan muntazam ravishda o‘tib borish talab etiladi.

📝 Manba: @iteach_tb

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Onlayn klaviatura trenajyorlari
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#bilasizmi #telegram

💻 Agar “Telegram Desktop” dasturida akkaunt ustiga sichqoncha kursorini olib borib, ALT + SHIFT + Sichq. o‘ng tugmasi bosilsa, barcha chatlarni o‘qilgan sifatida belgilash imkoniyati yuzaga keladi.

📌 P.S.: Bundan Sizning xabaringiz bormidi?

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#excel

Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬

Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.

Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).

📍Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.

ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #maslahat

🔍 Windows tizimli fayllarining butligini tekshirish

👉🏻 Buyruq satri (Командная строка)da administrator nomidan ishga tushiriluvchi sfc /scannow buyrug‘i Windows operatsion tizimiga tegishli barcha tizimli fayllarning butligini tekshirib, qandaydir xatoliklar aniqlangan taqdirda ularni to‘g‘rilashga urinib ko‘radi.

⚠️ Buyruq satrini administrator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка(“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора(“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hardware #internet

Onlayn klaviatura trenajyorlari ⌨️

Onlayn klaviatura trenajyorlari — bu hech qanday qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarsiz, brauzer oynasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini orttirish uchun xizmat qiluvchi saytlardir.

1️⃣ Клавогонки (Klavopoygalar) — o‘yin rejimidagi klaviatura trenajyori. O‘yinning mazmuni — boshqa ishtirokchilar bilan matn kiritish tezligi borasida musobaqalashish. Matnni qanchalik tez tersangiz — mashina yoki boshqa transport vositangiz shunchalik tez harakat qiladi.

2️⃣ Ratatype — qaramasdan (mos tarzda rus va ingliz tillarida) matn kiritishni o‘rgatuvchi chiroyli trenajyor. Saytda siz noldan turib bir nechta darslarda ishtirok etishingiz, o‘z mahoratingizni oshirishingiz va natijalaringiz tushirilgan chiroyli sertifikatni olishingiz mumkin.

3️⃣ Klavarog — zamonaviy dizayn ko‘rinishidagi ko‘p tilli bepul klaviatura trenajyori. Dasturchilar uchun maxsus belgilarni kiritish mashqlari va klaviaturaning raqamli blokini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud.

4️⃣ VerseQ Online — bu VerseQ klaviatura trenajyorining onlayn versiyasi. Mualliflar trenajyorda qaramasdan matn kiritishning mutlaqo yangi texnologiyasidan foydalanilganligi haqida xabar berishgan.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Punto Switcher dasturi
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#powerpoint

Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋

Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.

KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1 – Dastur ma’lumotnomasi
CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish
CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish
CTRL + C – Slayddan nusxa olish
CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish
CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish
CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish
CTRL + S – Slaydni saqlash
ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash
CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish
CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash
CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish
CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash
CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash
CTRL + K – Giperhavola qo‘shish
CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash
CTRL + W – Hujjatni yopish
CTRL + O – Hujjatni ochish
CTRL + P – Hujjatni chop etish
TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish
CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish
CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish
CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish
CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish
CTRL + F – Izlash
CTRL + H – Izlash va almashtirish
F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash
F12 – … sifatida saqlash
CTRL + F5 – Onlayn taqdimot

MATNNI FORMATLASH
CTRL + B – qalin shrift
CTRL + I – kursiv shrift
CTRL + U – ostiga chizilgan shrift
F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash
CTRL + [ – shriftni kichraytirish
CTRL + ] – shriftni kattalashtirish
CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish
CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish
CTRL + A – Barchasini belgilash
ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks
ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks
F7 – Imloni tekshirish
CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish
CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish
SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish

SLAYDLAR NAMOYISHI
F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash
SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash

SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N – keyingi slaydga o‘tish
P – oldingi slaydga o‘tish
B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
CTRL + P – Ruchkani tanlash
CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash
CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android

🗑 Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?

Hozirgi keltirayotgan ko‘rsatmamiz kanalga bundan oldin nashr qilingan postimizning davomidir, joriy ko‘rsatma bilan tanishish oldidan ushbu ko‘rsatmamizga amal qiling.

Endi esa telefon xotirasini qanday qilib keraksiz ilovalardan tozalash borasida gaplashamiz.

1️⃣. O‘rnatilgan mobil ilova menejerini ochamiz.
2️⃣. Ortiqcha (keraksiz) ilovalar joylashgan bandlar ustiga bosib turgan holda birma-bir belgilaymiz.
3️⃣. Savatcha belgisi ustiga bosamiz.
4️⃣. Tizim oynasida chiqqan xabarga javoban o‘chirishga roziligimizni tasdiqlaymiz.

✅ Sizning qurilmangiz tozalandi.

📌 Layfxak: aynan qaysi ilova ko‘proq joy egallayotganini anglash uchun qidiruv maydonidagi sozlamalar belgisi ustiga bosamiz va o‘lcham bo‘yicha saralaymiz.

ℹ️
Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#telegram #telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat

Telegram'da matnlarni ajratish 🔤

Matn qanchalik uzun bo‘lsa, uni o‘qish va idrok qilish shunchalik qiyinlashib boraveradi, ayniqsa bu reklama matni bo‘lsa.

Shu bois kopirayting sohasida matndagi ba’zi so‘z yoki jumlalarga jilo berish orqali mijozlar e’tibori tortiladi.

Quyida Telegram'da matnlarni ajratib ko‘rsatishning qanday usullari borligini ko‘rib chiqamiz:

1️⃣. Sarlavha, bandlar nomlari va boshqa muhim so‘zlarni yo‘g‘on yozish orqali ajratish mumkin: buning uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va B klavishlarini bosing.

2️⃣. So‘z yoki uning ma’nolarida, urg‘u berishda, qo‘shimcha izohlarda, og‘zaki nutqni ifodalash yoki boshqa hollarda matnni yotiq (qiya) shaklga keltirish mumkin: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va I klavishlarini bosing.

3️⃣. So‘zning ostiga chizish orqali ham unga o‘zgacha urg‘u berish imkoni bor: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va U klavishlarini bosing.

4️⃣. Matnni yozish jarayonida fikringiz o‘zgarib qolganini ifodalash uchun yoki hazil tariqasida so‘zni yo‘qotish o‘chirish funksiyasidan foydalanib tursangiz ham bo‘ladi: kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL, SHIFT va X klavishlarini bosing.

5️⃣. Reklama sohasida havola (link)siz ish bitmaydi. Uni so‘z ortiga yashirish uchun kompyuterda so‘z/jumlani belgilab, CTRL va K klavishlarini bosing, keyin kerakli havolani kiriting.

📝 Manba: @xatoliklar

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu ruknlar ostida joylashtirilgan boshqa postlarimiz bilan tanishing:
Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar
Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlari
Spoyler formatlanishi
Telegram'da matnga havola (ссылка) qanday biriktiriladi?
Post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari.
Telegram Desktop'da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar
• Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android

🧮 Symbolab – matematik masalalarni kamera orqali yoki qo‘lda kiritib yechish uchun WolframAlpha ilovasidan qolishmaydigan analogi. Android 5.0+

📎 Symbolab v10.0.2 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Matematika endi muammo emas!
Ushbu rukndagi boshqa mobil ilovalar:
Photomath
WolframAlpha

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android

🧮 WolframAlpha – matematik, kimyoviy, fizik va boshqa istalgan murakkablikdagi masalalarni yeshishda koʻmaklashuvchi ilova. Grafiklar yarata oladi va masalalarning batafsil yechimini chiqarib beradi. Android 5.0+. To‘liq versiya

📎 WolframAlpha v1.4.19.2022041167 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Matematika endi muammo emas!
Ushbu rukndagi boshqa mobil ilovalar:
Photomath

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #security

Windows Defender (Защитник Windows)ni tezkor o‘chirish 🛡🚫

Kanalimizda bundan ilgari tizimning standart usullari yordamida Защитник Windows'ni o‘chirib qo‘yish haqida yozgan edik.

Agarda sizda tizim bilan birga keluvchi ushbu antivirusni tez-tez o‘chirib-yoqish zarurati yuzaga kelsa, u holda sizga Defender Control ilovasini tavsiya etamiz. Ushbu yordamchi dastur sizga bir sichqoncha kliki yordamida Защитник Windows'ni o‘chirish va yoqishda yordam beradi.

Ilova interfeysi bir juft asosiy tugmalarda iborat, ulardan biri Windows Defender'ni o‘chirib qo‘ysa, ikkinchisi qayta ishga tushiradi. Shuningdek osonlik bilan Защитник Windows sozlamalariga o‘tish va dasturdan buyruq satri (Командная строка) orqali foydalanish mumkin.

📎 Defender Control v1.7 kompyuter dasturini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish
Windows brandmaueri (Firewall)ni o‘chirib qo‘yishning ikki usuli
Windows 10'da yangilanishlar o‘rnatilishini osongina cheklab qo‘yamiz
Windows'ga yangilanishlar kelib tushishi (Windows Update)ni faollashtirish
Windows 7, 8.1 va 10'ni tezkor aktivatsiya qilish
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#learn_english_with_software

Drops mobil ilovasi 📲

Lug‘aviy so‘z va jumlalarni zerikarli yodlashdan ko‘ra, buni samarali amalga oshirishni ta’minlovchi, adrenalin bilan to‘ldirilgan o‘yinni tasavvur etib ko‘ring. Drops - bu til o‘rganishda barcha zerikarli jarayonlarni bartaraf etuvchi mobil ilova. Foydali so‘z va jumlalar ajoyib minimalistik rasmlar va tezkor mini-o‘yinlar yordamida o‘zlashtiriladi.

Eng qizig‘i: bu kuniga atigi besh daqiqa vaqt oladi xolos. Rostini aytganda, bu siz uchun aynan kerakli bo‘lgan vaqtdir. Sizga g‘alati tuyulib, “Bu ish beradimi?”, deyishingiz mumkin. Ha, so‘zsiz!

📋 Mavjud tillarning to‘liq ro‘yxati:
🇰🇷 Koreys tili
🇯🇵 Yapon tili
🇨🇳🇭🇰 Xitoy tili (shimoliy xitoy tili va kantoncha dialekt)
🇪🇸🇲🇽 Ispan tili (kastilcha va lotin-amerikancha ispan tili)
🇺🇸🇬🇧 Ingliz tili (amerikancha va britancha ingliz tili)
🇫🇷 Fransuz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇳🇱 Golland tili
🇮🇹 Italyan tili
🇷🇺 Rus tili
🇵🇹🇧🇷 Portugal tili (yevropacha va brazilcha portugal tili)
🇮🇱 Ivrit tili
🇸🇦 Arab tili
🇹🇷 Turk tili
🇵🇭 Tagal tili
🇻🇳 Vyetnam tili
🇮🇩 Indoneziya tili
🇩🇰 Daniya tili
🇸🇪 Shved tili
🇳🇴 Norvegiya tili
🇮🇸 Island tili
🇭🇺 Venger tili
🇮🇳 Hind tili
➕ Esparanto tili.

🏆 Ha, aytgancha, ushbu ilova 2018-yilning eng zo‘r ilovasi deb topilgan. Ilova sizga manzur kelsa, uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang. Birgalikda o‘zlashtirish esa yanada qiziqroq! 😉

📎 Drops Premium v35.86 mobil ilovasini yuklab olish.

📍P.S. Siz uchun taqdim etayotgan versiyamiz aslida Premium versiyasi bo‘lib, unda 5 daqiqalik cheklanma olib tashlangan, ilovadan xohlagan vaqtingizda va istaganingizcha foydalanishingiz mumkin, til o‘rganishda omad sizga yor bo‘lsin!

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash #internet #word #maslahat

Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin? 🤔

Agar siz ko‘pincha grafika, matnlar bilan ishlasangiz yoki saytlar yaratsangiz, u holda chiroyli shriftlar yordamiga tayanishingiz aniq. Internetda bepul yoki pullik shriftlarni yuklab olish uchun saytlar ko‘p.

Ammo ba’zida shunday vaziyat bo‘ladiki, internetda turli resurslarga murojaat etish chog‘ida, masalan, biror matn sarlavhasi shriftiga ahamiyat berasiz va ichingizda: “Menga aynan shu shrift kerak edi”, deysiz. Xo‘sh, uning nomini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun brauzerlar (Chrome, Safari, Firefox) uchun maxsus kengaytma – Fonts Ninja'dan foydalanishni tavsiya etamiz. Ishlash tartibi juda sodda, o‘rnatilganidan so‘ng plaginni faollashtirish va kursorni matn ustiga olib borishning o‘zi yetarlidir. Izlanayotgan shrift sizga mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun, o‘sha shrift ko‘rinishidagi biror jumlani kiritish, o‘lchami va harflar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirish imkonini beruvchi maydon ham mavjud.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Microsoft Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
Microsoft Word'da qo‘llanilgan nostandart shriftni hujjatga biriktirish
Microsoft Word dasturida shrift o‘lchami qanday o‘lchov birligida o‘rnatiladi?
Microsoft Word dasturida matn bilan ishlash bo‘yicha foydali maslahat (Shift + Enter, Ctrl + Shift + Probel) + video
Microsoft Word dasturida matn ostiga chiziq chizish bo‘yicha foydali maslahatlar
Microsoft Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
Calibri shrifti soxta hujjatlarni aniqlashda yordam berdi
Windows’da shriftni kattalashtirish
Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#telegram #desktop #maslahat

🖼🎞👀 Telegram Desktop video va fotoni ko‘rsatmagan taqdirda nima qilish lozim?

1️⃣. Kompyuterdagi Telegram menyusi bo‘ylab Настройки (Settings) bandiga o‘ting;

2️⃣. “Продвинутые настройки” (Advanced) bandiga bosing;

3️⃣. “Графический движок ANGLE” (ANGLE graphics backend) bandini oching;

4️⃣. Tanlov elementini “Автоматически” Auto'dan Direct3D versiyalaridan biri (yaxshisi — eng mos keladiganlaridan biri sifatida 9-versiyasi)ga o‘zgartiring;

5️⃣. Agar ushbu variant yordam bermasa, boshqa opsiyalarni sinab ko‘ring yoki ANGLE grafik dvijogini o‘chirib qo‘ying — “Отключен” Disabled.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

🚀 Photoshop'ning ishlashini tezlashtirish

Xotira sozlamasi: Ko‘pchiligimizga ma’lumki, dastur uchun qancha ko‘p xotira ajratilsa, u shunchalik tez ishlaydi va bu Photoshop dasturi uchun ham taalluqli. Xotira sozlamalarida dastur qo‘llashi uchun ajratilgan xotira aks etadi.

Ajratilgan xotira hajmini o‘zgartirish uchun ushbu ketma-ketlik bo‘yicha o‘tiladi:

1️⃣. Windows: Edit (Редактирование) > Preferences (Настройки) > Performance (Производительность);

2️⃣. Mac OS: Photoshop menyusi > Preferences (Настройки) > Performance (Производительность).

Imkon qadar ishingiz uchun xotirani 100% gacha ajratish imkonini beruvchi Photoshop'ning 64-bitli versiyasini qo‘llash tavsiya etiladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

↕️ Faqat faol turgan oynani ekranda qoldirish

Oynaning sarlavha satrini sichqonchaning chap tugmasi bilan ushlab turgan holda, o‘ngga-chapga sekin tez-tez siljitish orqali joriy oynadan tashqari barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish va yana ekranga qaytarish mumkin.

⌨️ Ushbu vazifa uchun WIN + HOME klavishlari birikmasini qo‘llash mumkin. Qayta bosilganida barcha tushirib turilgan oynalar ekrandagi o‘z o‘rniga qaytariladi.

📌 P.S.: Ushbu postimizda buni amalga oshirishga video misol keltirilgan.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows'da oynalarni boshqarishga oid mavzular ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#telegram #android #iOS #desktop

🆕 Profil rasmlari konstruktori, chatlar tarjimasi, emoji turkumlari va boshqalar — Android va iOS uchun Telegram messenjeri 9.4, Telegram Desktop esa 4.6 versiyasiga qadar yangilandi

Yangi versiyaga qo‘shilgan yangilanishlar:

📌 Profil rasmlari konstruktori — endi istalgan stikerlar va animatsiyali emojilarni shaxsiy akkaunt, guruh yoki kanal uchun profil rasmiga oson aylantirish mumkin.

📌 ⭐️ Chatlar tarjimasi — endi Premium-foydalanuvchilar avtomatik ravishda butun chatlar, guruhlar va kanallarni xorijiy tillardan o‘z tillariga tarjima qilishlari mumkin. Buning uchun ekranning yuqori qismidagi “Перевести” tugmasiga bosish yetarlidir.

📌 Qabul qilingan medialarni avtomatik saqlash — sozlamalarda medialari qurilma galereyasiga avtomatik saqlanishi lozim bo‘lgan chatlar turini tanlash, shuningdek saqlanayotgan mediafayllarning o‘lchami va turini belgilab o‘tish mumkin.

📌 Media yuborilishiga ruxsat berish — guruh administratorlari alohida ishtirokchilar uchun 9 turdagi medialar — shu qatorda rasmlar, ovozli va videoxabarlar yuborishiga ruxsat berishlari yoki taqiqlashlari mumkin.

📌 ⭐️ Yillik Premium obunasi — endi Siz Telegram Premium obunasiga oldindan yillik to‘lov qilishingiz — va 40% ga qadar chegirma bilan eksklyuziv funksiyalardan foydalanishingiz mumkin.

📌 Apple va Google ID orqali kirish — o‘z akkauntidan chiqqan foydalanuvchilar Apple yoki Google ID yordamida SMS kodini kiritmasdan oson qayta kirishlari mumkin. Agar ikki bosqichli autentifikatsiya paroli o‘rnatilgan bo‘lsa, uning kiritilishi avvalgidek talab etiladi.

📌 Yangi interaktiv emojilar va boshqalar.

👉
Batafsil ma’lumot esa bu yerda.

📥 Yangilanishni yuklab olish:
Android:
Google Play.
iOS: App Store.

📝 Manba: @NovostiUZ | @TeleUz

ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

IT sohasiga qiziqasizmi? Unda IDU - Xalqaro Raqamli Universitetiga marhamat!

ITning eng zamonaviy va ko'p talabga ega yo’nalishlarini IDU universitetida o’rganing va universitetni bitirib xalqaro dimplomni qo’lga kiring!

☑️ Britaniya standartlari asosida ta'lim
☑️ Qiziqarli talabalik hayoti
☑️ Bitiruvchilar uchun nufuzli kompaniyalarda ish

Kirish imtihoni sanasi: 18-fevral

Grant o’rinlari, imtihonlar va o'quv jarayoni haqida ko'proq ma'lumot olish uchun ariza qoldiring.

👉 Ariza qoldirish

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android

🧮 Photomath – Shartlarni kamera yordamida skanerlash orqali har qanday matematik masalalarni yechish uchun qulay mobil ilova. Android 5.0+. Plus-versiya

📎 Photomath Plus v8.13.0 mobil ilovasini yuklab olish.

📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Matematika endi muammo emas!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #maslahat #texnologiya

🔌 Elektr simlarini payvandlash bo‘yicha layfxak

Bizning sohamizda ko‘pincha tarmoqda aloqani hosil qiluvchi kabellarga konnektorni ulash bo‘yicha layfxaklar nisbatan dolzarb bo‘lsa-da, ba’zida kompyuterni elektr ta’minotiga ulashda qo‘llaniluvchi kabellar kaltalik qilib qolganida ularni uzaytirish zarurati ham yuzaga kelib turadi.

Ushbu videoda esa buni oqilona amalga oshirish bo‘yicha tavsiya berib o‘tilgan. 👆🏻🎞

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…
Подписаться на канал