itspecuz | Неотсортированное

Telegram-канал itspecuz - IT specialist

16672

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Подписаться на канал

IT specialist

#smartfon #android #learn_english_with_software

📲🇬🇧 “English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling!

📚 Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan.

Raymond Murphy tomonidan yaratilgan “English Grammar in Use” rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi.

💸 Dunyo bestselleri

Raymond Murphy’s English Grammar in Use
— Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning 4-nashrida keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin.

🤗 Har qayerda va har qachon

Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi.

✅❌ Avtomatik baholash

Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao.

🎧 Namunalarning eshittirilishi

Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi.

📥 English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini yuklab olish.

✅ Ilovada jami 145 ta unit mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki 6 ta unit oldindan ilovaga yuklab olingan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi, qolgan Unitlarga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz! 😉

🤝 Texnik qo‘llab-quvvatlash: ptsupport@cambridge.org

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Darslarni onlayn tomosha qilish uchun “Cambridge University Press ELT” YouTube kanali
“Grammar in Use”ning 30 yilligi uchun Raymond Murphy bilan maxsus intervyu
“Basic Grammar in Use” kompyuter dasturi
“Basic Grammar in Use 3rd Edition” elektron kitobi
“English Grammar in Use 5th Edition - 2019” elektron kitobi
“English Grammar in Use Supplementary Exercises 5th Edition - 2019” elektron kitobi
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #software

🗑 Keraksiz dasturlarni tag-tugi bilan izsiz o‘chirish

Uninstall Tool — kompyuterga o‘rnatilgan keraksiz dasturlarni to‘liq o‘chirish, tizim komponentlari va Microsoft Store do‘konidagi ilovalarni o‘chirish uchun yordamchi dastur. Dasturiy ta’minot tarkibida kuchli qo‘shimcha vositalar: Мастер удаления (O‘chirish ustasi) va Монитор установки ПО (Dasturiy ta’minotlar o‘rnatilishi monitori) mavjud.

Монитор установки ПО funksiyasi dasturning kompyuterda o‘rnatilishini, shuningdek operatsion tizimdagi barcha o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi. Dastur jarayonlarni kuzatish uchun yadro drayveri rejimidan foydalanadi.

Ushbu usul dasturni kompyuterga o‘rnatishning barcha parametrlarini to‘liq kuzatish imkonini beradi. Keyinchalik ushbu nazorat qiluvchi modul muayyan dasturga tegishli barcha ma’lumotlarning tizimdan to‘g‘ri o‘chirilishiga yordam beradi.

📎 Uninstall Tool v3.5.10.5670 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @computer_life

📌 P.S.: Operatsion tizim va drayverlar o‘rnatilishi bilan dastlab ushbu dasturni, keyin qolganlarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdir!

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗 Ushbu videoda mashinani pult orqali boshqarishning afzalligi bo‘yicha hozirgi ob-havo sharoitiga mos juda zo‘r misol keltirilgan 😎

📝 Manba: Good Master

📌 P.S.: Barcha obunachilarimizga shunday boshqaruvdagi zamonaviy avtomobillar nasib etsin, boshlangan yangi hafta barchamiz uchun xayrli amallarga boy bo‘lsin! 🤲😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim

HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak? 🤔

Dastlab qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlashini ko‘rib chiqamiz:

HDD (Hard Disk Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma’lumotlar o‘qiladi.

SSD (Solid State Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U asosan mikrosxemadan tashkil topgan bo‘lib, ma’lumotlarni HDD kabi metall disklarda emas, balki flesh xotiralarda saqlaydi. Ishlash prinsipi bo‘yicha fleshkani eslatib yuborsa-da, biroq undan tezroq va ishonchliroqdir.

↔️ Endi ularning farqlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:

📌 Tezlik. SSD qurilmasi HDD'ga qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo‘lmaydi, barchasi mikrosxemalarda bajariladi.

📌 Narx. HDD arzonroq, lekin SSD'larning ham narxlari tushib bormoqda.

📌 Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat (tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo‘lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta (o‘z tajribamizda bo‘lgan vaziyat), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin HDD'larda mavjud bo‘lgan mexanik disklar va ularni o‘quvchi kallaklar (головки) SSD'larda bo‘lmagani evaziga biroz ishonchliroqdir.

📌 Shovqin. HDD disklarda metall distlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda disklar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin.

📌 Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HDD disklarda esa metall disklarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur.

📌 Hajm. Hajm bo‘yicha ikkalasida ham muammo yoq desa ham bo‘ladi, turli xil variantlari bor, lekin shunday bo‘lsa-da, HDD'larda bu borada variant ko‘proq.

📌 Form faktor (tashqi ko‘rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o‘lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish uchun ham qulaydir.

📌 Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta’sirlar bo‘lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklarga ma’lum bir marotabagacha yozish va o‘qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, bu chegara asosan serverlar uchun muhimroqdir.

📊 Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi birini tanlash kerakligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak:

✅ Geymerlar, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta o‘z kompyuterida tezkor ishlashni xohlovchilar uchun – SSD yaxshi variant.

✅ Katta hajmdagi video fayllarni saqlovchilar, arxiv ma’lumotlari bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma’lumotlarini saqlovchilar, asosan ofis ishlari bilan shug‘ullanuvchlar uchun ma’lumot saqlashda – HDD'dan foydalanish mumkin.

✅ Optimal variant – aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun, uni SSD'ga o‘rnatib, ma’lumotlarni saqlash uchun HDD'dan foydalansa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD'ni tayinlab, qolgan dasturlarni HDD'ga o‘rnatish mumkin, bular endi o‘zingizdagi fantaziya, ish sharoiti va albatta moddiy imkoniyatlar bilan bog‘liq.

🦅 SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'ga nisbatan tizimingiz 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi.

☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, mablag‘ bo‘lsa istalgan odam uchun SSD qulay. Bunda bitta farq – ma’lumotlar bazasi bilan (serverlarda) ishlashda tanlov ustida shoshmagan ma’qul, chunki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.

📝 Manba: @planetait

📌 P.S.: Xo‘sh, sizchi, shaxsiy kompyuter yoki noutbukingizda ushbu qurilmalarning qaysi biridan foydalanasiz?

ℹ️
Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #security

🔄 Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish

Windows'dagi “Защита системы” funksiyasi operatsion tizimni avvalgi holatiga tezkor qaytarish maqsadida tiklash nuqtalarini yaratish uchun mo‘ljallangan va u har doim ham qoida bo‘yicha faollashtirilmagan bo‘ladi.

Tizimning xususiyatlari (“Свойства системы”) oynasida “Защита системы” funksiyasini faollashtirish tartibi quyidagicha:

1️⃣. WIN + R birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga sysdm.cpl buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi “Защита системы” varaqa (вкладка)siga o‘ting.

2️⃣. “Защита системы” varaqasida disklar ro‘yxati va ular uchun himoya holatini ko‘rishingiz mumkin. Muayyan diskka nisbatan tizim himoyasini faollashtirish zaruratiga ko‘ra ular orasidan keraklisini tanlaymiz va “Настроить” tugmasini bosamiz.

3️⃣. Keyingi oynada “Включить защиту системы” bandini faollashtiramiz va tiklash nuqtasini yaratish uchun diskda qancha hajmdagi soha qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatamiz.

4️⃣. “OK” tugmasini bosamiz. Tayyor – tanlangan disk uchun tizim himoyasi faollashdi!

📝 Manba: @trojan_anonym

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

OCHIQ SUHBAT | 💥

🇬🇧 Britaniya standartlari bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lib rivojlangan mamlakatlarda kamida 3.000$ maoshlik ishda ishlashni istaysizmi?

Unday holda IDU universitetiga marhamat!

🗣Biz sizni IDU asoschisi - Ibrohim Xurramov bilan ochiq suhbatga taklif etamiz!

Suhbat dovimida:

📌IDUning xususiyatlari qanday va u o’z talabalari uchun qanday eshiklarni ochadi?
📌Nima uchun aynan IT sohasini tanlash kerak?
📌Qanday qilib 100 ta grant sohiblaridan biri bo'lib IDU universitetida oliy ma'lumotga bepul ega bo’lish mumkin?
📌Qanday qilib universitetni ikkinchi kursidan 500$ dan ortiq daromadga chiqish mumkin?


🔎 Barcha savollarga javobni batafsil 20-dekabr saot 19:00da bo’lib o’tadigan ochiq suhbatimiz davomida olasiz. O’tkazib yubormang!💫

Ochiq suhbat uchun havola (link) ertaga
👉 @idu_uz telegram kanalimizda, bir soat oldin (18:00)da joylanadi

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hardware

Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?

Bunda bizga diskni tozalash uchun xizmat qiluvchi DISKPART opsiyasini qo‘llash usuli yordam berishi mumkin.

Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiramiz, so‘ngra navbat bilan ushbu buyruqlarni kiritamiz:

1️⃣. diskpart – maxsus buyruq bilan ish boshlanadi;

2️⃣. list disk – ushbu buyruqning bajarilishi natijasida formatlanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasining raqamini eslab qoling, keyingi o‘rinlarda bu — N;

3️⃣. select disk N – raqamiga qarab kerakli diskni tanlash;

4️⃣. clean – tanlangan saqlash qurilmasidagi ma’lumotlarni tozalaymiz;

5️⃣. create partition primary – asosiy bo‘limni yaratamiz;

6️⃣. format fs=fat32 quick (yoki fs=ntfs quick) – tanlangan saqlash qurilmasini FAT32 yoki NTFS fayl tizimida formatlaymiz (quick qo‘shimchasi jarayonni tezlashtirish uchun xizmat qiladi);

7️⃣. Agar 6-banddagi buyruq bajarilib, formatlanish jarayoni tugallanganidan so‘ng Windows'ning Проводник (WIN + E) oynasida saqlash qurilmasi paydo bo‘lmasa, 8-bandni qo‘llang, aks holda uni o‘tkazib yuboring;

8️⃣. assign letter=Z – bu yerda Z — fleshka yoki xotira kartasi uchun tayinlamoqchi bo‘lgan harfimizdir;

9️⃣. exitDISKPART opsiyasi ishini yakunlaymiz.

Shundan keyin buyruq satri oynasini yopishingiz mumkin.

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #maslahat

🗂 Рабочий стол'imizda 5 daqiqada shaffof (ko‘rinmaydigan) papka yaratamiz

Agar ushbu maqolamizga muvofiq Рабочий стол (Ishchi stol)ingizdagi ma’lumotlarni D diskida saqlanadigan qilib sozlab olgan bo‘lsangiz, endi unda ma’lumotlarni qo‘rqmasdan saqlayversangiz bo‘ladi.

Tizim ma’lum sabablarga ko‘ra buzilib qolib, ishga tushmay qolgan taqdirda ham siz C diskini formatlab, unga yangi tizimni o‘rnatasiz, D diskidagi ma’lumotlaringiz esa saqlanib qoladi! (bu ham sizning ehtiyotkorligingizga boq‘liq, albatta!) 😉

Endi Ishchi stolida doimiy qo‘llab keladigan fayllaringizni shaffof (ko‘rinmaydigan) papkada saqlasangiz ham bo‘ladi, buni amalga oshirish qadamlari bilan tanishamiz:

1️⃣. Shaffof ikonkani yuklab olamiz.

2️⃣. Ishchi stolida yaratilgan (CTRL + SHIFT + N) papkani ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyu ostidagi “Свойства” bandini tanlaymiz.

3️⃣. Ochilgan muloqot oynasida papkaning nomini belgilab, ALT klavishini bosib turgan holda klaviaturaning raqamli blokida 255'ni kiritish orqali ko‘rinmas probelni hosil qilamiz va barmog‘imizni ALT klavishidan olamiz.

4️⃣. Ushbu oynaning o‘zida “Настройка” varaqa (вкладка)siga o‘tamiz → oyna ostidagi “Сменить значок” tugmasiga bosamiz → oynaning yuqori o‘ng burchagidagi “Обзор” tugmasiga bosamiz → yuklab olingan ikonka joylashgan manzilni ko‘rsatamiz.

📎 Tayyor! Endi papkaning rasmi (ikonkasi) shaffof bo‘ladi va uni hech kim ko‘rmaydi! Biroq shuni inobatga olish lozimki: Ishchi stolidagi barcha elementlar belgilanganida (CTRL + A) papka sezilib qolishi mumkin.

Mayli, hechqisi yo‘q, hech bo‘lmaganda sizni “xaker” deb hisoblab, “Buni qanday qilding?” deb qiziquvchilar ortadi! 😉

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #software

Kompyuterni o‘chirish uchun oddiy taymer dasturi

Ba’zida bizda biror dasturiy ta’minot yoki apparat tugmalariga murojaat etgan holda kompyuterni qo‘lda o‘chirish uchun imkoniyat, vaqt yoki shunchaki xohish bo‘lmasligi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda Shutdown PC Timer yordamchi dasturi bizga yordamga keladi.

Shutdown PC Timer — bu taymer orqali kompyuterni o‘chirish uchun eng oddiy yordamchi dasturdir. Uning yordamida tizimni muayyan vaqtdan so‘ng osongina o‘chirish, qayta yuklash yoki uyqu rejimiga yuborish mumkin.

Kompyuterning o‘chirilishi bunga hali tayyor bo‘lmagan foydalanuvchini ajablantirmasligi uchun yordamchi dastur uni avval o‘n daqiqa qolganida, keyin esa bildirishnomalar yordamida bir daqiqa qolganida ogohlantiradi.

Shutdown PC Timer sozlamalarida ushbu dasturni boshqa oynalar ustidan ko‘rinib turadigan qilish, bildirishnomalar chiqishini cheklash va dasturni to‘liq yopish o‘rniga uni tizim soati yonidagi treyga tushib turadigan qilib sozlash mumkin.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Gibernatsiya rejimini faollashtirish
Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
Windows 10’da gibernatsiya
Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
SHUTDOWN buyrug‘i
Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Original Windows'ni yuklashni o'rganamiz! Nega faqat original Windows faylidan foydalanish kerak?
#videodars / #windows

ℹ️ Nega aynan original windows'dan foydalanish kerak?
Ekspertlarning fikricha windows'ni turli dasturchilar tomonidan sborka qilinishi har doim ham xavfsiz emas ekan. Ba'zi sborkalarda kerakli funksiyalar olib tashlangan, ortiqcha fayllar (ba'zan viruslar) hamda windows "chala" tayyorlangan bo'lishi mumkin ekan.

✅ Bugungi darsimizda original windows'ni microsoft.com saytidan va bir ajoyib dastur yordamida windows va MS Office dasturlarining turli versiya, yangilanish va redaksiyalarini yuklashni o'rganamiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

⏳: 06:44 💾: 22.5 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha videokurs
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh

Читать полностью…

IT specialist

#word #maslahat

📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (2-qism)

Ushbu postimizda Microsoft Word'da ishingizni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan ba’zi layfxaklar haqida ma’lumot berishni boshlagandik. Bugun hujjatni bezatish va tayyor matnning o‘qilishini yaxshilash borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

5️⃣. Bir nechta alohida matn bo‘laklarini ajratish

Ketma-ket kelmagan matn bo‘laklarini ajratish imkonini taqdim etuvchi juda foydali funksiya. Bunda CTRL klavishini bosib turgan holda hujjatning turli qismlari sichqonchaning chap tugmasi bilan boshqariluvchi kursor yordamida belgilanadi.

6️⃣. Ichki almashinish buferi (Буфер обмена)

Word
barcha nusxalayotgan narsalaringizni eslab qoladi va ushbu elementlarning istalganini kengaytirilgan almashinish buferidan topish mumkin.

Ushbu opsiya post ostidagi rasmda👇🏻 ko‘rsatilgan “Буфер обмена” tugmasini bosish orqali chaqiriladi va hujjatni ishga tushirib, uni yopguningizga qadar bo‘lgan tahrirlash davomidagi nusxalashlaringiz tarixini o‘ziga yozib borishi mumkin.

Agar “Параметры” menyusidagi mos keluvchi opsiya faollashtirilsa, uni istalgan vaqtda CTRL + C klavishlari birikmasini ikki marta bosish orqali ekranga chaqirish mumkin.

7️⃣. Satr oxiridagi uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish (Расстановка переносов)

Uzun so‘zlarni bo‘laklarga ajratish – ularning o‘qilishini yaxshilaydi, shuningdek so‘zlar orasida uzun intervalli bo‘shliqlar qoldirilishining oldini oladi.

Siz ularni birma-bir qo‘lda o‘rnatib chiqishingiz (matnning kerakli qismiga borib, CTRL + - klavishlari birikmasini bosish orqali, bunda harflar yuqorisida joylashgan “minus” belgisi nazarda tutilgan) yoki buni kompyuterning o‘ziga topshirishingiz mumkin.

Buning uchun menyu satrining “Макет” varaqa (вкладка)siga o‘ting, “Расстановка переносов” tugmasi bosish orqali uning ro‘yxatini oching va “Авто” variantini tanlang.

📌 P.S.: Ushbu usul ko‘proq rus va ingliz tilidagi matnlar bilan ishlashda qo‘l kelishi mumkin, o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda dastur xatolik bilan yondashadi, ammo o‘zbek tilidagi uzun so‘zlarga nisbatan yuqorida keltirilgani kabi bo‘g‘inlarga qo‘lda ajratish usulini bemalol qo‘llayverishingiz mumkin.

8️⃣. Ajralmas probellar

Ba’zida abzatsda familiya va ismning bosh harflari kabi so‘zlar qatnashsa va ular muayyan satrning oxiriga kelib qolsa, familiyalar yuqori satrning oxirida, ismlarning bosh harflari pastki satrning boshiga o‘tib ketadi, bunga sonlardan o‘lchov birliklarining keyingi satrda ajralib tushib qolishini ham misol o‘rnida keltirish mumkin (masalan: 5 sm, 10 kg, 25 l).

Bunday holatlarda hujjatdagi matnning o‘qilishiga jabr yetmasligi uchun – ajralmas probellarni qo‘llash qulay va to‘g‘ridir. Ular tufayli matn elementlari bir-biriga “yelimlanadi” va ushbu usulda biriktirilgan ikki so‘z hech qachon turli satrlarga ajralib qolmaydi.

Buning uchun ikki so‘z o‘rtasidagi oddiy probelning o‘rniga CTRL + SHIFT + PROBEL birikmasi bosiladi. Ajralmas defis (chiziqcha) ham xuddi shu tamoyilda qo‘llaniladi va bunda CTRL + SHIFT + - (harflar yuqorisidagi “minus” belgisi) birikmasi bosiladi. Misol uchun: ketma-ket, qop-qora, zim-ziyo, qarama-qarshi, birma-bir va shu kabi boshqa juftlikda keluvchi so‘zlarda.

📌 P.S.S.: Ushbu foydali opsiya haqida ushbu postimizda ham qo‘shimcha ma’lumot keltirilgan:
Ajratib yozaymi yo qo‘shib?

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#word #maslahat

📄 Microsoft Word uchun layfxaklar (1-qism)

Word bilan hamma ishlaydi, biroq har kim ham undagi ishni ancha osonlashtiruvchi fishkalari haqida bilmaydi. E’tiboringizga har kuni bajariluvchi vazifalarni avtomatlashtirish va matnni tayyorlashni tezlashtirish bo‘yicha bir nechta sir-asrorlarni havola etmoqchimiz.

1️⃣. Hujjatga sana va vaqtni tezkor joylashtirish

Joriy kun, oy va yilni hujjatga tezkor joylashtirish uchun SHIFT + ALT + D klavishlari kombinatsiyasini qo‘llash mumkin. Sana KK.OO.YYYY formatida aks etadi.

Vaqt bilan ham xuddi shu amalni SHIFT + ALT + T birikmasi yordamida amalga oshirish mumkin.

📌 P.S.: Hujjatga ushbu usul yordamida joylashtirilgan sana va vaqt – hujjat har safar qayta ishga tushirilganida yangilanib boradi 🔄.

2️⃣. Registrni tezkor almashtirish (harf katta-kichikligini boshqarish)

Agarda tasodifan matnni mos kelmagan registrda kiritib qo‘ygan bo‘lsangiz, ushbu matn bo‘lagini belgilang va SHIFT + F3 klavishlari birikmasi yordamida registrni kattadan kichikka va aksincha o‘zgartiring.

3️⃣. Kursorni so‘zlar bo‘ylab o‘tkazish

Agarda kursorni klaviatura strelkalari yordamida boshqarsangiz, u har bir simvol bo‘ylab siljiydi. Ushbu siljishni “tezlashtirish” uchun strelkalarni bosish oldidan CTRL klavishini bosib turing. Kursor so‘zdan-so‘zga o‘tish orqali tezkor siljiydi.

📌 P.S.S.: CTRL + SHIFT va strelkalarni bosish orqali so‘z hamda abzatslarni tezkor belgilashingiz mumkin.

4️⃣. Ro‘yxat elementlari/jadval satrlari o‘rnini o‘zgartirish

Agarda ro‘yxat elementlari/jadval satrlari tartibini o‘zgartirish zarurati yuzaga kelsa, o‘rni almashtirilishi lozim bo‘lgan satrga kursorni joylashtiring va SHIFT + ALT birikmasini bosib turgan holda mos ravishda va strelkalarini bosing.

Davomi keyingi postda... 😉

📝 Manba: @bugfeature

ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android #game

💣 Bomber Friends – yo‘lingizda uchragan hamma narsani portlating va o‘zingizni portlatib yubormaslikka harakat qiling, o‘yinda fantastik janglar bo‘lib o‘tadigan ko‘plab bosqichlar va lokatsiyalar mavjud. Skinlar blokdan chiqarilgan.

📎 Bomber Friends v4.69 mobil o‘yinini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘zida jamlagan postimiz
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #security

⤴️ O‘chirilgan fayllarni tiklash

Agar tasodifan qandaydir kerakli fayllar o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, xafa bo‘lishdan boshqa hech narsa kutilmasligi tayin. Misol uchun, fleshkadan o‘chirishda fayllar Корзина'ga borib tushmaydi, balki darhol o‘chiriladi. Biroq fleshka uchun Корзина'ni sozlashning usuli mavjud.

O‘chirilgan fayllarni tiklash uchun Microsoft'ning Windows File Recovery dasturidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Dasturni Microsoft Store yoki microsoft.com saytidan yuklab olish imkoniyati mavjud.

Dasturni o‘rnatgandan so‘ng fayllarni tiklash uchun papka yarating. Ushbu papka fayllar tiklanayotgan diskdan boshqa diskda joylashgani maqsadga muvofiq.

Ilova konsol oynasi bilan ishlaganligi bois, Командная строка ishga tushirilishi lozim (WIN + RcmdENTER). Ochilgan konsol oynasida winfr G: D:\recover buyrug‘ini ishga tushiring – bu yerda G - fayllar tiklanayotgan disk harfi, D:\recover esa - tiklangan fayllarni saqlash uchun oldinroq yaratilgan katalog (papka) manzili.

support.microsoft.com sayti orqali yordamchi dasturning imkoniyatlari haqida batafsilroq tanishish mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)
Kompyuterning ishga tushishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
CyberShredder kompyuter dasturi
DiskDigger mobil ilovasi
Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash
Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
“Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
“iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #operatsion_tizim #security #maslahat

⤴️ Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash

Smartfonlar operatsion tizimlarining so‘nggi versiyalaridagi fayl menejerlarida, agar ulardan fayllar o‘chirilguday bo‘lsa, ularni ehtiyot shart “Корзина”ga yuborish imkoniyati qo‘shilgan. Bu bizga keyinchalik ushbu fayllarni qayta tiklash imkoniyatini taqdim etadi, ammo bunday imkoniyat barcha smartfonlarda ham mavjud emas. Shunday noma’qul vaziyat yuzaga kelganida bizga maxsus Wondershare Recoverit dasturi yordamga keladi.

Ushbu yordamchi dasturdan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Dasturni yuklab olamiz va kompyuterga o‘rnatamiz.

2️⃣. Uni ishga tushiramiz.

3️⃣. Saqlash qurilmasini shaxsiy kompyuterga ulaymiz.

4️⃣. O‘chirilgan fayllarni izlashni ishga tushiramiz
└ Dastur barcha o‘chirilgan fayllarni topadi va ularni turli toifalar bo‘yicha papkalarga ajratadi.

5️⃣. Bizga kerakli fayllarni tanlaymiz.

6️⃣. Ma’lumotlarni boshqa saqlash qurilmasiga saqlaymiz.

Tayyor! Smartfonlar, planshetlar, foto-, videokameralar, qattiq disklar – bularning barchasi Wondershare Recoverit dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xalqimizda: “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman” kabi maqol mavjud. Shunday ekan, avvalambor qurilmadagi fayllardan doim back-up olib turishga, ularni saqlashda bulutli texnologiyalardan foydalanishga odatlanmog‘imiz lozim.

📝 Manba: @GooogleTM

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Tiklash mavzusiga doir barcha postlarimiz ro‘yxati.
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #dasturlash #software #IT_humor

Ayniqsa kompyuteringizning operativ xotirasi hajmi kichik bo‘lganida 🙈

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #rasm_bilan_ishlash #texnologiya

Photoshop bir chetda dam olmoqda 😅

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

👨🏻‍💻
@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#internet #maslahat

“Internet Download Manager” dasturida yangilashni o‘chirib qo‘yish 🚫

Aytaylik, saytlardan turli ko‘rinishdagi fayllarni va eng asosiysi — videolarni yuklab olish uchun xizmat qiluvchi “Internet Download Manager” dasturining kalit talab etmaydigan versiyasini o‘rnatdingiz.

Dastur o‘rnatilganidan so‘ng, brauzerlarni ishga tushirdingiz va ushbu dasturning kengaytmalarini o‘rnatdingiz, barchasi joyida, dastur yaxshi ishlab turibdi.

Muammo shundaki, dastur Internetga ulanganingizni sezgani zahoti o‘z bazasiga murojaat etadi va yangi versiya yuklab olish uchun mavjudligini sizga taklif etadi, bilmay qolib, shoshilinchda kichik oynadagi “Обновить” tugmasini bosib yuborsangiz dastur yangilanadi, lekin login va parol talab etuvchi oynani chiqaradigan bo‘lib qoladi.

Bu esa aksariyat hollarda dasturni kompyuterdan o‘chirishni, kompyuterni qayta yuklashni va o‘rnatish uchun dastlab foydalangan versiyangizni kompyuterdan topib, qaytadan o‘rnatishga sizni majbur qiladi. Xo‘sh, dasturning versiyasini yangilash bilan bog‘liq ushbu muammoni bartaraf etish mumkinmi? Ha, albatta!

Buning uchun klaviaturada Win + R klavishlari birikmasini bosasiz va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit buyrug‘ini kiritasiz va Enter klavishini yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosasiz.

Ochilgan “Редактор реестра” oynasida quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha tegishli bo‘limlarga o‘tasiz: HKEY_CURRENT_USER → Software → DownloadManager → LstCheck (REG_SZ) oynachadagi kodni 31/12/99’ga o‘zgartirasiz → “OK”ni bosasiz.

📎 Bu haqida batafsilroq esa ushbu post ostida biriktirilgan rasm orqali bilib olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #maslahat

Windows operatsion tizimida hafta kunlari nomini soat oldiga chiqarish 🗓

Odatda, Windows operatsion tizimining quyi o‘ng tomonida soat va sana ko‘rinib turadi, misol uchun:
19:10
04.09.2020

Biz shu ma’lumotga hafta kunlarini ham qo‘shishni ko‘rib chiqamiz, ba’zan shu ma’lumot ham kerak bo‘lib qoladi. Windows operatsion tizimida qaysi tilni o‘rnatganingizga qarab, hafta kunlari shu tilda chiqadi.

Hafta kunlarini 2 xil ko‘rinishda chiqarish mumkin: qisqartirilgan (Чт) va to‘liq (четверг).

Ko‘pchilik tizimni rus tilida o‘rnatganligi sababli, hafta kunlarining o‘zbekcha tarjimasini eslatib o‘tamiz:
Dushanba - Понедельник (Пн)
Seshanba - Вторник (Вт)
Chorshanba - Среда (Ср)
Payshanba - Четверг (Чт)
Juma - Пятница (Пт)
Shanba - Суббота (Сб)
Yakshanba - Воскресенье (Вс)

Soat oldida qo‘shimcha hafta kunini chiqarish uchun quyidagi ko‘rsatmaga amal qiling:
1️⃣. Win + Rcontrol va Enter yoki ПускПанель управления;
2️⃣. Ochiluvchi menyu yoki oynadan “Региональные стандарты” tanlanadi.
3️⃣. Paydo bo‘lgan oynaning quyi qismidagi “Дополнительные параметры” tugmasi bosiladi.
4️⃣. Yuqorida oxirgi turgan “Дата” varaqa (вкладка)siga o‘tiladi.
5️⃣. “Форматы даты” bo‘limidagi “Краткая дата:” qarshisidagi maydonga quyidagini kiritamiz:
Qisqa format uchun: ddd, dd.MM.yyyy
To‘liq format uchun: dddd, dd.MM.yyyy
6️⃣. “Применить” va “OK” tugmalari bosiladi.

Shundan so‘ng vaqt va sana haqidagi ma’lumot bilan birga – hafta kunlari ham ko‘rinib turadi. 😉

☝️Windows 10 operatsion tizimida tekshirildi.

📝 Manba: @planetait

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash;
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #software #hardware #maslahat

☀️ Klaviaturadagi yorqinlikni boshqarish klavishlari ishlamasa nima qilish lozim?

Windows 10 parametrlaridagi yorqinlikni boshqarish opsiyasi ravon ishlab, ammo klaviaturadagi bu uchun mo‘ljallangan klavishlar ishlamasa, u holda qariyb har doim gap noutbuk ishlab chiqaruvchisining ushbu va boshqa funksional klavishlar ishlashi uchun xizmat qiluvchi maxsus dasturiy ta’minot (DT) yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bunday DT(lar)ni qurilma drayverlari bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining rasmiy saytidan (taxminan Drivers & Support, Драйверы и поддержка bo‘limi orqali) aynan qurilmangiz modeliga tegishli bo‘lganini yuklab olish muhimdir (bunda operatsion tizim versiyasi va razryadiga ham ahamiyat berishni unutmang).

Ushbu, odatda juda oz hajmdagi yordamchi dasturlarning nomlanishlari turlicha bo‘lishi mumkin, ba’zida esa bir emas, bir nechtasini o‘rnatishga to‘g‘ri keladi, quyida bunga misollar keltirilgan:

LenovoAIO Hotkey Utility Driver (monobloklar uchun), Hotkey Features Integration for Windows 10 (noutbuklar uchun);
ASUS ATK Hotkey Utility (va, ATKACPI o‘rnatilgani ma’qul).

📝 Manba: @computer_life

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android #learn_english_with_software

🇬🇧 Полиглот 16/32 va boshqalar — ingliz tili grammatikasini rus tili asosida o‘zlashtirish uchun puxta o‘ylangan, samarali va tezkor metodikani taqdim etuvchi mobil ilovalar. Android 4.0+. Barcha darslar va imtihonlar blokdan chiqarilgan.

📥 Yuklab olish uchun to‘plam:
Полиглот (01-16) v4.12
Полиглот (17-32) v3.12
Полиглот. Английские cлова v2.16
Полиглот. Артикли v2.03
Полиглот. Аудирование v2.18
Полиглот. Мой словарь v4.9

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi

🙋🏻‍♂️🙋🏻‍♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:

💻 Kompyuter dasturlari:

01. Straighforward Macmillan Beginner;
02. Straighforward Macmillan Elementary;
03. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;
04. Straighforward Macmillan Intermediate;
05. Straighforward Macmillan Upper Intermediate;
06. Straighforward Macmillan Advanced;
07. Basic Grammar in Use, Third Edition;
08. Cambridge Advanced Learners Dictionary;
09. ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);
10. WordWeb 10.02 Free (x86/x64);
11. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.

📱Mobil ilovalar:

01. Duolingo;
02. Drops;
03. Memrise;
04. Busuu;
05. Полиглот 16/32 va boshqalar;
06. English LinDuo;
07. Rosetta Stone;
08. English Galaxy;
09. Lingvist;
10. IELTS Test;
11. English Level Checker;
12. English Tenses;
13. English Grammar in Use;
14. 4 pics 1 word;
15. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:

Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar;
CV nima? + Namuna;
Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?
Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi?
Udemy - onlayn taʼlim platformasi;
Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
List of English & IELTS Channels to follow;
Top 10 onlayn lug‘atlar;
Interactive glossaries;
Uz-En, En-Uz lug‘at;
O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
Filmdan parchani topish va yuklab olish;
Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
Bu shunchaki imtihon!
Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
“Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
IELTS va TOEFL nima farqi bor?
Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film

🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi

📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!” 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

🖼 Windows 7/8/8.1'lardagi odatiy rasmlarni tomosha qilish vositasini Windows 10/11'ga qaytaramiz

Средство просмотра фотографий Windows
Windows 10'ga qadar bo‘lgan tizimlarda rasmlarni tomosha qilish uchun qoida bo‘yicha mo‘ljallangan vositadir.

Windows 10/11'lar uchun rasmlarni tomosha qilish uchun qo‘llanilayotgan Фотографии ilovasi chiqarilganidan so‘ng, eski “viewer” tizimdan g‘oyib bo‘ldi.

Biroq agar siz Средство просмотра фотографий Windows'ga odatlangan bo‘lsangiz, tizimdan o‘chirilgan ushbu ilovani osonlik bilan Windows 10/11'ga qaytarishingiz mumkin.

📥 Buning uchun shunchaki ushbu reyestr tvikini yuklab oling va arxivdagi tegishli fayl ustiga ikki marta bosish orqali ilovani faollashtiring yoki qayta o‘chirib qo‘ying.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Windows 10’ga standart rasmlarni ko‘rish dasturi qanday qaytariladi?
• Windows reyestri bilan bog‘liq mavzular ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Mutlaqo bepul kriptotreyding asosida daromad qilish bo’yicha video darslar

20-dekabrdan boshlab O’zbekistonliklar tomonidan tashkil qilingan Dubaydagi HBS Trading kompaniyasi tomonidan bepul darslar boshlanadi.

Darslar, faqatgina kanaldagi ishtirokchilarga taqdim qilinadi va barcha bilimlar Islom moliyasi bo'yicha o'rgatiladi.

Kanalga o’tib, darslar haqida batafsil ma’lumot oling. Tez orada qabul yopiladi!

Kanal - @hbstrading

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android

🩻 Human Anatomy Atlas 2023 – inson tanasining eng batafsil va sifatli atlasi. Android 5.0+. Barchasi blokdan chiqarilgan

📎 Human Anatomy Atlas 2023 v2023.02.001 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kengaytirilgan voqe'lik va kimyo
Yapon maktabidagi kimyo darsidan lavha
Kimyoni zerikishsiz o‘zlashtirish va kimyoviy tajribalarni laboratoriyasiz vizuallashtirish
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🏗 Lego kubikchalaridan Fransiya poytaxti Parij shahridagi Eyfel minorasi maketining yasalishiga oid video animatsiya effekti

📌 P.S.: Buni qurishni boshlab yakunlashga har kimning ham sabri chidamasa kerak 😣

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

11-sinfda o‘qib turib Xalqaro IT universitetning 1-kursida o‘qisa bo‘ladimi? 🧐

Ha, albatta bo‘ladi 🚀

IDU universiteti bu imkoniyatni barcha 11-sinf o‘quvchilariga taklif qiladi. 

Yaʼni maktabni tugatmay turib TALABAsiz, aqlbovar qilmaydi🔥

📩 Batafsil maʼlumot uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://forms.amocrm.ru/rlrlzxr

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #maslahat

🌬Charchagan paytingizda o‘zingizni biror ish bilan mashg‘ul bo‘lishga qanday undashingiz mumkin?

– O‘rningizdan turing va o‘qishingiz, ishingiz yoki uydagi biror yumush bo‘yicha aynan nima qilish lozimligi borasida bir to‘xtamga keling;

– O‘zingiz uchun qahva yoki choy damlab oling. Bu aynan nima bo‘lishi muhim emas, asosiysi, siz buning haqiqiyligiga ishonch bildirsangiz bas;

– Maqsad va vazifalaringiz haqida o‘ylang va yozing: agar juda charchagan bo‘lsangiz, unda sizga muayyan bir vaqt davomida bajarishingiz mumkin bo‘lgan kichik maqsadlar zarurroqdir;

To‘xtab qolmang: kerakli ritmga tushib olishingiz bilan, bajarayotgan ishingiz sizga osonroq bo‘lib tuyuladi. Muvaffaqiyat kaliti – bu asl charchoqni prokrastinatsiyadan farqlay bilishda va hattoki ishni keyinga qoldirish istagida bo‘lgan paytingiz ham, ishlashga o‘zingizni unday olishingizdadir.

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

📊 Excel dasturidagi 201 mohirliklar jamlangan kitob endi o'zbek tilida! Uni Qo'llanmalar bo'limidan olishingiz mumkin.

🔄 Bundan tashqari quyidagi yangilanishlar ham amalga oshirildi:

• Videodarslar bo'limiga Milliy ta'lim resurslarining kursiga havolalar qo'shildi;
• Dastur imkoniyatlarini oshirish uchun Kengaytmalar bo'limi ochildi va dasturchalar joylab borilmoqda;
Mavjud bo'limlarga turli formatdagi ma'lumotlar qo'shilmoqda.

😎 Hammasi yagona botda: @ExcelDarsBot

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #game

📺 Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish

FPS
(frame per second) — o‘yin jarayoni kadrlar buferidagi tasvirning yangilash chastotasini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligi. Windows 10'da esa faollashtirilishi oson bo‘lgan ichki o‘rnatilgan FPS hisoblagichi mavjud.

Buni amalga oshirish tartibi quyidagicha:

1️⃣. WIN + G klavishlari birikmasini bosamiz.

2️⃣. Game Bar'da “Производительность” bo‘limini ochamiz.

3️⃣. “FPS” bandi ustiga bosamiz.

4️⃣. “Запросить доступ”ga bosamiz.

5️⃣. Kompyuterni qayta yuklaymiz.

6️⃣. O‘yinni ishga tushiramiz va “Производительность” bo‘limini ochamiz.

Hammasi shunday iborat! Buning natijasida nafaqat FPS, balki GPU (videokarta), CPU (protsessor) va RAM (operativ xotira)ning ham yuklanganlik darajasi ko‘rinadigan bo‘ladi.

📝 Manba: @tech_lifehacks

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuteringizdagi “FPS” aslida nimaligini bilasizmi?
O‘yinlar tufayli kompyuterni eskirishdan qanday himoyalash mumkin?
Kompyuter qanday o‘yinlarni “ko‘tara olishini” aniqlaymiz
• O‘yinlar haqidagi mavzular, kompyuter dasturi va o‘yinlari hamda mobil ilova va o‘yinlar ro‘yxatini o‘ziga jamlagan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…
Подписаться на канал