itspecuz | Неотсортированное

Telegram-канал itspecuz - IT specialist

16672

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Подписаться на канал

IT specialist

#operatsion_tizim

SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️

SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.

3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.

4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.

4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash.

5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.

❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

🚀 Python dasturlash tilini o'rganishni xohlaysizmi?

Endi bepul va jonli darslar orqali Python'ni noldan o‘rganish imkoniyati mavjud! Pyshere kanalida har kuni eng tushunarli va amaliy darslar o‘tkazilmoqda.

🔥Sizga mos keladimi?
✅Dasturlashni yangi boshlayotganlar uchun
IT sohasiga qadam qo‘ymoqchi bo‘lganlar uchun
Python’da real loyihalar yaratmoqchi bo‘lganlar uchun

🏆Nima uchun aynan biz?
✨Barcha darslar BEPUL!
✨Jonli mashg‘ulotlar va amaliy topshiriqlar!
✨O‘rganish jarayonida to‘liq qo‘llab-quvvatlash!

⏳Vaqtni boy bermang! Hoziroq qo‘shiling!
👩‍💻IT dunyosiga ilk qadamni biz bilan qo‘ying!

📞Hoziroq kanalga qo‘shiling: Kanalga o'tish

Читать полностью…

IT specialist

Endi dasturlashni loyihalar tayyorlab o'rgana olasiz

👀 Hozirda IT kompaniyalar tajribaga ega, portfolio shakllantirgan va real loyihalarda ishtirok etgan dasturchilarga ko'proq e'tibor qaratishadi. Shu sababli ham, dasturlash kurslarini endi tamomlagan juniorlar ish topishda ancha qiynalishadi.

🔥 Endi bu muammoni yo'q qilish vaqti keldi. Najot Ta'lim markazi yangi formatdagi Veb Praktikum kursini ishlab chiqdi. Unda dasturlashni to'liq amaliyot qilib o'rganasiz. Kurs davomida kamida 4 ta real loyiha tayyorlab, kuchli portfolio shakllantirish imkoniyati bo'ladi.

✅ Kurs imkoniyalari
— Real loyihalar tayyorlash
— IT kompaniya muhitida jamoaviy ishlash
— Bepul HR suhbatlari kursi
— Frilans ishlash va mijoz topish bo'yicha videodarslik

📌 Agar siz dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz, Veb Praktikum kursi eng yaxshi yechim bo'la oladi. Kursga IQ test va ingliz tilidan imtihon asosida qabul qilinadi. Agar ingliz tilidan sertifikatingiz bo'lsa, ingliz tili imtihonidan ozod etilasiz.

Imtihon ertaga 15-mart soat 15:00 da bo'lib o'tadi. Imkoniyatdan foydalanib, imtihonga qatnashing va dasturlashni amaliyot qilib o'rganing!


Imtihonga ro'yxatdan o'tish

@itspecuz

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

Windows'ning “Проводник” fayl menejeri oynasi bilan ishlash uchun tezkor klaviatura birikmalari 📝

* — tanlangan papka tarkibiga kiruvchi barcha papkalarni ko‘rsatish;

+ — tanlangan papkaning tarkibini ko‘rsatish (раскрыть содержимое);

- — tanlangan papkaning tarkibini berkitish (скрыть содержимое);

ALT + D — manzil satrini tanlash;

ALT + P — ko‘rish sohasini ko‘rsatish / berkitish;

ALT + ENTER — tanlangan elementning xususiyatlari (Свойства) oynasini chaqirish;

ALT + — asosiy papkaga qaytish;

ALT + (ALT + ) — oldingi / keyingi papkaga o‘tish;

BACKSPACE — oldingi papkani ko‘rish;

CTRL + F — qidiruv maydoniga o‘tish;

CTRL + N — yangi oynani ochish;

CTRL + SHIFT + E — joriy papka qaysi papkalar tarkibida joylashganligini ko‘rsatish;

CTRL + SHIFT + N — yangi papkani yaratish;

CTRL + W — faol oynani yopish;

F4 — manzil satriga o‘tish;

F6 — oyna yoki ishchi stolidagi elementlar o‘rtasida siklik o‘tish;

F10 — faol ilovadagi menyu satriga o‘tish;

F11 — faol oynani butun ekranga yoyish (развернуть) / vazifalar paneliga tushirish (свернуть);

HOME — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning dastlabkisiga o‘tish;

END — faol oynadagi elementlar (fayllar va papkalar)ning so‘nggisiga o‘tish.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
Punto Switcher dasturi
Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#excel

Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli

Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, foydalanuvchi tomonidan keraksiz ma’lumotlar o‘chirilganidan keyin bo‘sh yacheykalar qolib ketadi. Oradagi hosil bo‘lgan ushbu bo‘shliqlarni olib tashlash esa unchalik murakkab emas:

— 1-qadam
Bo‘sh yacheykalari o‘chirilishi lozim bo‘lgan ustun yoki satrni belgilang.

— 2-qadam
Menyu satrining Главная varaqa (вкладка)sida Найти и выделитьВыделить группу ячеек tugmalari ustiga bosing. So‘ngra yuzaga kelgan oynada Пустые ячейки variantini tanlab, OK tugmasini bosish orqali tasdiqlang. Buning natijasida barcha bo‘sh yacheykalar belgilanadi.

— 3-qadam
Belgilangan yacheykalardan istalgan birining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va УдалитьЯчейки, со сдвигом вверх bandlari bo‘ylab o‘ting, tayyor.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlarimiz: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#excel

⌨️ Funksional klavishlar (1-qism)

F1Справка Excel vazifalar sohasini dastur oynaning o‘ng tomonida aks ettiradi;
CTRL + F1 birikmasi menyu satri ostidagi tasmani berkitadi va qayta ko‘rsatadi;
ALT + F1 birikmasi belgilangan sohadagi matnli va sonli ma’lumotlar asosida ishchi listi tarkibida tezkor diagramma hosil qiladi (alohida list ko‘rinishida diagramma hosil qilish uchun F11 klavishidan foydalaniladi);
ALT + SHIFT + F1 birikmasi ishchi kitobi tarkibiga yangi ishchi listini qo‘shadi.

F2 — faol yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tkazib, kursorni uning tarkibidagi matn yoki sonning oxiriga joylashtiradi;
SHIFT + F2 birikmasi yacheykaga izoh qo‘shadi yoki mavjud izohni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi;
CTRL + F2 birikmasi Печать varaqa (вкладка)sida chop etish oldindan ko‘rish (предварительный просмотр) sohasini aks ettiradi.

F3Вставка имени oynachasini aks ettiradi (faqatgina foydalanuvchi tomonidan ishchi kitobida alohida yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga nisbatan nomlar qo‘llanilganidagina faol bo‘ladi);
SHIFT + F3 birikmasi ekranga Вставка функции muloqot oynasini chaqiradi.

F4 — so‘nggi buyruq yoki harakatni qayta qo‘llash (agar ilgari qo‘llanilgan bo‘lsa);
– Agar formulada biror yacheyka yoki diapazon havolasi belgilangan bo‘lsa, F4 bosilganida havola turi o‘zgaradi;
CTRL + F4 birikmasi tanlangan ishchi kitobining oynasini yopadi (Excel dasturi ishlashda davom etadi);
ALT + F4 tanlangan ishchi kitobi oynasi va Excel dasturini birga yopadi.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌
2-qism | 3-qism

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hardware #software

Windows 10, 8.1 va 7'da disk harfini o‘zgartirish 🔄

Agar sizni Windows tomonidan avtomatik ravishda disklarga nisbatan belgilangan harflar qoniqtirmasa yoki ular tizimning qayta o‘rnatilishi/yangilanishidan keyin o‘zgarib qolsa, ularni osongina o‘zgartirishingiz mumkin. Bu qattiq disklarga ham, SSD-disklarga ham (aniqrog‘i, ulardagi bo‘lim (раздел)larga), boshqa USB-saqlash qurilmalariga ham tegishli.

Ushbu ko’rsatmada operatsion tizimning ichki vositalari yordamida Windows'da disk harfini o‘zgartirishning ikki oddiy usuli haqida so‘z yuritiladi.

👉🏻 Batafsil...

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🚗⚡️ Finlyandiyada 687 ta Tesla elektromobillari Darude'ning – Sandstorm mem qo‘shig‘ini ijro etish uchun birga jamlandi

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
Ilon Mask va Tesla haqidagi postlar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hardware #internet

Onlayn klaviatura trenajyorlari ⌨️

Onlayn klaviatura trenajyorlari — bu hech qanday qo‘shimcha dasturiy ta’minotlarsiz, brauzer oynasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini orttirish uchun xizmat qiluvchi saytlardir.

1️⃣ Клавогонки (Klavopoygalar) — o‘yin rejimidagi klaviatura trenajyori. O‘yinning mazmuni — boshqa ishtirokchilar bilan matn kiritish tezligi borasida musobaqalashish. Matnni qanchalik tez tersangiz — mashina yoki boshqa transport vositangiz shunchalik tez harakat qiladi.

2️⃣ Ratatype — qaramasdan (mos tarzda rus va ingliz tillarida) matn kiritishni o‘rgatuvchi chiroyli trenajyor. Saytda siz noldan turib bir nechta darslarda ishtirok etishingiz, o‘z mahoratingizni oshirishingiz va natijalaringiz tushirilgan chiroyli sertifikatni olishingiz mumkin.

3️⃣ Klavarog — zamonaviy dizayn ko‘rinishidagi ko‘p tilli bepul klaviatura trenajyori. Dasturchilar uchun maxsus belgilarni kiritish mashqlari va klaviaturaning raqamli blokini o‘zlashtirish imkoniyati mavjud.

4️⃣ VerseQ Online — bu VerseQ klaviatura trenajyorining onlayn versiyasi. Mualliflar trenajyorda qaramasdan matn kiritishning mutlaqo yangi texnologiyasidan foydalanilganligi haqida xabar berishgan.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Klaviaturaga qaramasdan tezkor matn kiritish ko‘nikmasini shakllantirish (Ratatype)
Klaviaturada tezkor matn kiritish uchun Stamina xizmati
Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
“СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Punto Switcher dasturi
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Klaviatura bilan ishlashga oid yana boshqa mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #hardware #maslahat

⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash

Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.

2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.

Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.

📝 Manba: @komputeer

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🪞 Biz endigina 2025-yilni qarshi olgan bir paytda, Janubiy Koreya allaqachon 2030-yilda yashamoqda

Bu yerda siz sartaroshxonalarning o‘zida mijozning yuz shaklini skanerlab, mos keluvchi soch turmaklarini taklif etuvchi aqlli oynalarni uchratishingiz mumkin.

📝 Manba: @aiaiai

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android

📋 To-do List — vidjetli eng oddiy vazifalar menejeri. Pro-versiya.

📎 To-do List v1.02.71.1231 mobil ilovasini yuklab olish.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
Ishlarimizni rejalashtirib borish va monitoring qilish uchun 3 mobil ilova
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

IT sohasiga endi kirib kelayotganlar hamma narsani Google, YouTube va ChatGPT'dan olishlari mumkin, lekin bir narsani internetdan topish qiyin. Bu esa tajribadir!

2020-yildan beri o'zining loyihalari orqali ko'pchilikka ilm ulashishga intilayotgan Valijon Maxmudovning kanalida esa shu kunga qadar olingan tajribalarni kuzatib borishingiz mumkin.

✅ Birovning xatosidan ibrat olish dononi ishi: @Maxmudovning_tajribasi

Читать полностью…

IT specialist

Dastur o'rnatish sanʼati
#tavsiya

ℹ️ Kompyuterga biror dasturni o'rnatishni o'zi ham bir san'at hisoblanadi. Ko'pchilik dastur o'rnatish vaqtida dasturni xohishlarini e'tiborga olmaydi, shu sababli bu bo'yicha ma'lumot ulashishga qaror qildim!

❗️Demak biror dasturni o'rnatishda:

Antivirusni vaqtincha o'chirib turish (sababi ba'zi dasturlarni antivirus virus yoki xavfli dastur deb o'ylaydi, agar antivirus yoniq qolsa dasturimizni biror faylini o'chirib tashlaydi, masalan, uTorrent dasturi bilan antiviruslar do'st emas);

Internetni o'chirib turish kerak (ko'pchilik dasturlarni crack versiyasini ishlatishimiz sababli agar o'rnatish paytida internet yoniq bo'lsa dastur internet orqali biz qilayotgan ish yolg'onligini va kiritayorgan kalitimiz haqiqiy emasligini bilib qoladi);

Belgilanadigan joylarga e'tiborli bo'lish (✅ ni belgilashda e'tiborli bo'lish kerak, ba'zi dasturlarni "dumi" bo'ladi ya'ni ular o'ziga qo'shib boshqa keraksiz dasturlarni ham o'rnatib olishmoqchi bo'lishadi; bundan tashqari dasturni avtozagruskaga qo'shilishiga ruxsat berishimiz (✅) kompyuter ishlashini sekinlashtiradi);

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

SHUTDOWN buyrug‘i ⚙️

SHUTDOWN buyrug‘i foydalanuvchining faol seansini yakunlash, kompyuterni qayta yuklash, uni uyqu rejimiga o‘tkazish yoki umuman o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Tegishli ruxsatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, buyruq masofada turgan tizim uchun ham qo‘llanilishi mumkin.

Ushbu buyruqni Buyruq satri (Командная строка, Command Line) hamda WIN + R birikmasini bosib, Выполнить (Run) oynasi orqali qo‘llash mumkin. Buyruqning bajarilish usullarini ko‘rib chiqamiz.

1️⃣. shutdown /s – kompyuterni 30 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

2️⃣. shutdown /s /t 0 – kompyuterni darhol o‘chirib qo‘yish.

3️⃣. shutdown /h – kompyuterni gibernatsiya rejimiga o‘tkazish.

4️⃣. shutdown /l – joriy foydalanuvchining faol seansini yakunlash.

4️⃣. shutdown /r – kompyuterni qayta yuklash.

5️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\COMP7 – COMP7 nomli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

7️⃣. shutdown /s /t 60 /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni 60 soniyadan so‘ng o‘chirib qo‘yish.

8️⃣. shutdown /r /m \\192.168.0.1192.168.0.1 IP-manzilli kompyuterni qayta yuklash.

❗️Post ostida ilova qilinayotgan dastlabki ikki mavzu orqali ham ushbu buyruq bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. 👇🏻

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim

Gibernatsiya rejimini faollashtirish 💤

Boshlanishiga bu o‘zi qanday rejim ekanligi borasida to‘xtalib o‘tsak. Gibernatsiya (Гибернация) – avvalambor noutbuklar uchun mo‘ljallangan, kompyuter energiyasini saqlash holatidir.

Mazmunan bu Uyqu rejimi (Спящий режим), farqi esa shundaki, Гибернация vaqtida siz kompyuter yoki noutbukni elektr manbasidan to‘liq uzib qo‘yishingiz mumkin. Qurilmaning keyingi ishga tushirilishida barcha ma’lumotlar va ochilib turgan dasturlar, Спящий режим bilan bo‘lgandagi kabi o‘z ishchi holatiga tiklanadi.

Ushbu rejimni Windows 10'dagi Пуск menyusiga qo‘shish uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

1️⃣. Панель управления ishga tushiriladi ( WIN + R -> control -> ENTER).

2️⃣. Электропитание bandi tanlanadi.

3️⃣. Elektr ta’minoti (Электропитание) sozlamalari oynasining chap tomonida Действия кнопок питания bandi ustiga bosiladi.

4️⃣. So‘ngra o‘ng tomondagi asosiy paneldan Изменение параметров, которые сейчас недоступны tanlanadi.

5️⃣. Shundan keyin Режим гибернации'ni faollashtiring va Сохранить изменения tugmasi ustiga bosing.

6️⃣. Natija sifatida sizdagi Пуск menyusida Гибернация bandi paydo bo‘ladi.

📝
Manba: @pcTeapot

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
Windows 10’da gibernatsiya
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
SHUTDOWN buyrug‘i
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#learn_english_with_software #smartfon #android

🌐📱Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+. Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin).

📎 Duolingo Max v6.14.3 ilovasini yuklab olish.

❗️Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi! 😉

📌 P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

ℹ️ Tavsiya etiladi:
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Endi Sun’iy intellekt asoslari kursini Uzbekcoders.uzʼda BEPUL o’rganishingiz mumkin!

🧾"Cloud Computing" tomonidan ishlab chiqilgan 6 ta moduldan iborat ushbu kurs "Generativ Ai" nima ekanligi, undan qanday foydalanilishga qaratilgan boshlangʻich darajadagi bilimlarni beradigan onlayn kurs hisoblanadi. 

🏷Shuningdek, ushbu kursda oʻz "Generativ Ai" ilovangizni ishlab chiqishda yordam beradigan "Google Tools"ni ham oʻrganishingiz mumkin.

➡️Hoziroq uzbekcoders.uz portaliga kiring!

Shuningdek, kelajakda yaxshi daromad topish uchun internetdagi vaqtingizni chet tili va zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishga sarflang!

Uzbekcoders.uz, https://it-istedod.uz/online-resources.html va https://100imkoniyat.uz/ saytlari orqali ma’lumotlarga ega bo‘ling hamda ko‘plab bepul kasblarni bepul o‘rganing.


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺digitaluz">Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

Читать полностью…

IT specialist

UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va shaxsiy rivojlanish hamda o'z biznes g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan foydalaning: t.me/uenteruz

Читать полностью…

IT specialist

🎫 Talab yuqori bo‘lgan kasblar olamiga bepul chiptalar!

🚀 Kiberxavfsizlik bo‘yicha martaba maslahatlariga
keling va quyidagilarni bilib oling

▪️ Kiberxavfsizlik sari yo‘lni nimadan boshlash kerak
▪️ Talabgir mutaxassis bo‘lish uchun qanday ko‘nikmalar zarur?
▪️ Munosib daromadni tezroq olish usullari


🛡️ Zamonaviy raqamli dunyoda kiberxavfsizlik eng talabgir va istiqbolli sohalardan biriga aylanib bormoqda. Ushbu soha mutaxassislari axborotni himoya qilish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.


📆 Qachon: hafta oxirigacha, faqat yozuv bo‘yicha
📍 Manzil: Toshkent shahri, DiHunter o‘quv markazi, Bo‘zbozor ko‘chasi, 48-uy
💸 Narxi: bepul


️⚡️Markazning kanalidagi izohlarda "+" belgisini qoldirib, yozilish uchun ro‘yxatdan o‘ting

Читать полностью…

IT specialist

2025 yil qaysi dasturlash tilini o'rganish kerak?

1. Dasturlashda qanday yo'nalishlar bor?
2. O'zbekistonda qaysi dasturchilarga ish o'rinlari ko'p va ular qancha maosh olishadi?
3. Qanday o'rganish kerak?
4. Time management va muvaffaqiyatga erishish formulasi
5. Nimadan boshlash kerak?

To'liq videoni quyidagi xavola orqali ko'ring 👇
👉 https://www.youtube.com/watch?v=DNER5Eh2PKM

@QudratAbdurahimov - kanali

Telegram | Instagram | QudratAbdurahimov">Youtube

Читать полностью…

IT specialist

📢 Java, backend va loyihalar haqida yangiliklar!

Do‘stlar, men Telegram kanalimda Java, backend dasturlash, botlar va turli loyihalar haqida foydali ma'lumotlar ulashib boraman. Agar siz ham backend dasturlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz yoki yangi loyihalarimni kuzatishni istasangiz, kanalga qo‘shiling!

🔗 Kanalga qo‘shilish 👉 @azamats_portfolio

Dasturlash olamida birga rivojlanamiz! 🚀

Читать полностью…

IT specialist

#word #maslahat

Saqlab qo‘ying, kerak bo‘lib qoladi! ⌨️😉

Matnli hujjatda raqamning joylashuvi (satr usti yoki satr osti indeksi)ni tezkor o‘zgartirish usuli.

ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya

🚘📍Avtomobilning harakatiga qarab xaritani aylantiruvchi dastlabki GPS-navigator, 1930-yil

📌 P.S.: Bu ham hayotimizga Internet kirib kelib, ushbu texnologiyaning bugungi kunda qanchalik rivojlanganiga yana bir dalil. ☺️

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

TBC Bank × payme bilan karyerangizni boshlang!

Texnik oliygohlar bitiruvchilari va talabalarini boshlang'ich darajadagi Android va iOS dasturchilari uchun mo'ljallangan maosh to'lanadigan amaliyotga taklif qilamiz.

Sizni quyidagilar kutmoqda:
• Mentorlar bilan ishlash
• Dasturlashning amaliy tajribasi
• Sertifikat va ishga joylashish imkoniyati

Amaliyot formati:

• Davomiyligi — 3 oy, 2025-yilning mart oyida boshlanadi
• Jadval — 10:00 dan 19:00 gacha
• Manzil — TBC Bank × payme ofisi

Batafsil ma'lumot oling va ariza yuboring:
iOS dasturchilari uchun
Android dasturchilari uchun

Читать полностью…

IT specialist

📢 UEnter 3D texnologiyalardan foydalanish bo'yicha intensiv treningga navbatdagi qabulni e'lon qiladi.

💡Trening 3D ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha dasturlarni qo‘llash bo‘yicha nazariy qismni va 3D-printerlar, 3D-skanerlar, 3D-ruchkalar va boshqa innovatsion vositalarni ishlatish bo'yicha amaliy qismni o‘z ichiga oladi.

✅ Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan.

Dastur bilan tanishish.

Ishtirok etish uchun ariza yuborish.

🗓 Sana: 2024-yil 11-yanvar
⏱️ Vaqt: 14:00-16:00
🌐 Til: o'zbek
📍 Manzil: UEnter

@uenteruz

Telegram | Instagram | Facebook | Website

Читать полностью…

IT specialist

#smartfon #android #learn_english_with_software

📲🇬🇧 “English Grammar in Use” mobil ilovasi qarshi oling!

📚 Cambridge University Press — ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘quv adabiyotlari nashriyoti. Ilovaning tarkibidagi kontent ushbu sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan yaratilgan.

Raymond Murphy tomonidan yaratilgan “English Grammar in Use” rasmiy ilovasi. Hayotning barcha jabhalari uchun qo‘l keluvchi, ingliz tilining o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasini mashq qilishda yordam beradi. Boshlang‘ich to‘plami grammatikaning oltita bo‘limidan (hozirgi va o‘tgan zamonlar) iborat bo‘lib, tushuntirishlar va interaktiv mashqlar, glossariy va qaysi grammatika bo‘limini o‘zlashtirishingiz lozimligini aniqlashda yordam beruvchi uslubiy qo‘llanmani o‘z ichiga oladi.

💸 Dunyo bestselleri

Raymond Murphy’s English Grammar in Use
— Cambridge University Press tomonidan nashr qilingan, tilning o‘rtacha darajasini o‘zlashtirayotganlar uchun ingliz tili grammatikasi bo‘yicha dunyo bestselleri. Ushbu ilovaga kitobning 4-nashrida keltirilgan 145 grammatika bo‘limi va sizga mashq qilish hamda o‘z ko‘nikmalaringizni yaxshilashda ko‘mak beruvchi yuzlab interaktiv mashqlar kiritilgan. Siz barcha 145 bo‘limni xarid qilishingiz yoki ular orasidan faqat keraklilarini tanlashingiz mumkin.

🤗 Har qayerda va har qachon

Grammatik tushuntirishlar va mashqlar Raymond Murphy tomonidan smartfon va planshetlar uchun maxsus yozilgan bo‘lib, grammatikani istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘zlashtirish imkonini beradi.

✅❌ Avtomatik baholash

Grammatika mashqlariga javoblar avtomatik ravishda baholanadi, agar xato qilsangiz to‘g‘ri javobni darhol ko‘rsatadi. Mustaqil o‘rganish uchun ayni muddao.

🎧 Namunalarning eshittirilishi

Namunali jumlalarning audio yozuvlari sizga tinglash ko‘nikmalari hamda grammatikani yaxshilashga yordam beradi.

📥 English Grammar in Use v1.11.18 mobil ilovasini yuklab olish.

✅ Ilovada jami 145 ta unit mavjud, ulardan dastlabki 6 ta unit ilova bilan birga kelgan bo‘lib, foydalananish uchun ochiq bo‘ladi. Qolgan Unit'larga murojaat etishingiz bilan ochiluvchi ogohlantiruvchi oynada OK tugmasi bosiladi va qolgan 139 ta unit yuklab olinishi jarayoni boshladi. Barchasi yuklab olinganidan so‘ng ilovadan erkin foydalanaverasiz! 😉

🤝 Texnik qo‘llab-quvvatlash: ptsupport@cambridge.org

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tomosha qilish, tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Darslarni onlayn tomosha qilish uchun “Cambridge University Press ELT” YouTube kanali
“Grammar in Use”ning 30 yilligi uchun Raymond Murphy bilan maxsus intervyu
“Basic Grammar in Use” kompyuter dasturi
“Basic Grammar in Use 3rd Edition” elektron kitobi
“English Grammar in Use 5th Edition - 2019” elektron kitobi
“English Grammar in Use Supplementary Exercises 5th Edition - 2019” elektron kitobi
Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

#mulohaza_uchun #texnologiya #IT_humor

IoT (Arduino Uno) kreativi endi to‘ylarda ham qo‘l kelmoqda... 💍😉

📌 P.S.: Asosiysi texnolog yoshlar baxtli bo‘lishsin! 🥳

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…

IT specialist

Umid qilamizki, siz yana donlarni yig'ishga ulgirdingiz 💵, chunki Biz yangi sovrinli o'yinni boshlaymiz!
Mujim qoidani esdan chiqarmaymiz: Sizda Yandex Plus faol obunasi bo'lishi shart!

- iPhone 16 Pro 256GB
- AirPods 2 USB-C
- Yandeks Stansiya Midi
- Yandeks Stansiya Mini
- Yandeks Stansiya Light

Oyin shartlari o'sha-o'sha:

1. Albatta, donlarni 💵, chiptalarga 🎟 almashtirish.

1ta chipta narxi 10 000 don. Qancha ko'p chipta bo'lsa, shuncha ko'p g'alabaga imkoniyat paydo bo'ladi. Yandex ID'da avtorizatsiyasiz donlarni chiptalarga almashtirish ilojisi yo'q.

2. Yandex Plus'ga obuna bo'lish. Agar obuna bo'lmasa, 30 kunlik bepul obunani shu yerda ulash mumkin.

3. Telegramda aktiv nikneym (@ nik, huddi @qlyukerbot botimizdagi nikneym kabi)bo'lishi.

20-dekabr kuni bizning halol superkompyuterimiz kabutar yordamida shu telegram kanalida kimga omad kulib boqqanini e'lon qiladi.

Donlarni yig'ing, chiptalarga almashtiring va g'alabaga ishoning
@qlyukerbot

Shu yerda sababli va sabasiz uchrashamiz, kanalimizdagi yangiliklarni kuzatib boring!

Читать полностью…

IT specialist

#operatsion_tizim #security

🗑 Fleshkadan o‘chirilgan fayllarni Корзина'ga yuborish

Barchamizga ma’lumki, fleshkadan biror fayl yoki papka o‘chirilsa, u Корзина'ga yuborilmay, tiklash imkonisiz o‘chiriladi. Biz buni to‘g‘rilashimiz va ishchi stolimizdagi Корзина'ni USB saqlash qurilmalari uchun moslashtirishimiz mumkin.

Buning uchun WIN + R'ni bosing va ochilgan Выполнить oynasiga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Редактор реестра oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynadagi chapki panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:

Компьютер\HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\Explorer.

Agar Explorer bo‘limi mavjud bo‘lmasa, uni dastlab yarating. So‘ngra ushbu bo‘lim tarkibida (o‘ng tomondagi panelda) RecycleBinDrives nomli 32-bitli DWORD parametrini yarating. Parametr uchun o‘n oltilik sanoq tizimida ffffffff qiymatini tayinlang. ShK'ni qayta yuklang.

Fleshka kompyuterga ulanganida, unda, aslida Корзина hisoblanuvchi ko‘rinmaydigan $RECYCLE.BIN papkasi yaratiladi, Fleshkadan fayllar o‘chirilganida, ular ishchi stolidagi Корзина'ga joylashtiriladi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash
Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
Mustaqil ravishda Windows 10 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish — rasmiy usul
Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?
“Файл слишком велик для конечной файловой системы” xabarining chiqishi boisi va uni bartaraf etish
Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
Microsoft Windows operatsion tizimini kompyuterimizga o‘rnatish uchun UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
Ventoy dasturi
Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
USB-saqlash qurilmasining ishini tezlashtiramiz
Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar
Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!
Leonardo da Vinchidan fleshka
Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
Windows 10'da qidiruv indeksatsiyasini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin?
Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija

Читать полностью…
Подписаться на канал