Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
#operatsion_tizim
⚙️ Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?
Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi.
MemTest86 - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir.
Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin.
Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi.
Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin.
📎 MemTest86 dasturini yuklab olish.
📝 Manba: @bugfeature
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
• UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
Kompyuter dasturlari:
• MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset)
• Ventoy
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
⌨️ Windows (WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami (2-qism)
👉🏻 Ushbu ro‘yxatning 1-qismi.
• WIN + Z
– Ilovada to‘liq ekranli rejimda faollashtirilishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni ko‘rsatish;
• WIN + "."
| WIN + ";"
– Emodzi panelini ishga tushirish;
• WIN + ","
– Ish stoli namoyishini vaqtinchalik faollashtirish;
• WIN + PAUSE
– “Свойства системы” oynasini ochish;
• WIN + CTRL + F
– Kompyuterlar va tarmoqlarni izlash;
• WIN + 1…9
– Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatga joylashuvidagi tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etish/ishga tushirish;
• WIN + SHIFT + 1…9
– Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, uning yana bir nusxasini ishga tushirish;
• WIN + CTRL + 1…9
– Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, dastur/xizmatning so‘nggi faol oynasiga o‘tish;
• WIN + ALT + 1…9
– Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, dastur/xizmat uchun so‘nggi harakatlar ro‘yxati (kontekstli menyusi)ni ochish (dastur/xizmat belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosgandagi kabi);
• WIN + CTRL + SHIFT + 1…9
– Vazifalar paneliga biriktirilgan dastur yoki xizmatning joylashgan tartib raqami bilan mos ravishda murojaat etib, uning yana bir nusxasini administrator nomidan ishga tushirish;
• WIN + TAB
– Ochilib turgan dastur va oynalarning umumiy namoyishini ishga tushirish;←↑→↓
• WIN + ↑/↓
– Oynani butun ekranga yoyish/kichikroq holiga keltirish/vazifalar paneliga tushirish;
• WIN + ←/→
– Oynani ekranning chap/o‘ng yarmiga joylashtirish;
• WIN + HOME
– Joriy oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneliga tushirish, yoki barcha tushirilgan oynalarni joyiga qaytarish;
• WIN + SHIFT + ↑
– Oynani ekranning yuqori va pastki chetiga qadar kengaytirish;
• WIN + SHIFT + ↓
– Faol oynalarni ekranga yoyish yoki avvalgi kengligini saqlagan holda vertikal bo‘yicha vazifalar paneliga olish;
• WIN + SHIFT + ←/→
– Dastur yoki oynani bir monitordan boshqasiga o‘tkazish;
• WIN + PROBEL
– Klaviaturadan kiritish tili va raskladkasini o‘zgartirish;
• WIN + CTRL + ПРОБЕЛ
– Avvalgi tanlangan kiritish tiliga qaytish;
• WIN + CTRL + ENTER
– “Экранный диктор”ni ishga tushirish;
• WIN + "+"
– “Экранная лупа”ni ishga tushirish.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Operatsion tizim rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
🪄 Ixtiyoriy hajmdagi fayl yaratish
Ba’zida foydalanuvchilarda, masalan, fayllarni diskdan o‘qilishi, unga yozilishi tezligini yoki faylning serverga yuklanish tezligini sinash zarurati yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu maqsadlar uchun qo‘l ostidagi mavjud katta fayllardan foydalaniladi. Biroq bu har doim ham qulay emas, boz ustiga bunday fayllar ayni damda shunchaki mavjud bo‘lmasligi ham mumkin.
Muayyan o‘lchamdagi bo‘sh faylni yaratish uchun bizga operatsion tizim bilan birga keluvchi fsutil
yordamchi dasturi ko‘maklashishi mumkin. Ushbu dasturni qo‘llash uchun Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring (WIN
+
R
→ cmd
→ ENTER
) va unga fsutil file createnew Fayl_joylashihi_lozim_bo‘lgan_manzil O‘lchami
buyrug‘ini bajarish uchun yuboring.
Masalan, fsutil file createnew F:\File.txt 10000000
, bunda fayl o‘lchami baytlarda ko‘rsatiladi. Ushbu buyruq natijasida F: diski tarkibida 10000000 bayt (qariyb 10 Mb) hajmdagi fayl yaratiladi!
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
ID картангиз бўлса, энди my.gov.uz дан автомат рўйхатдан ўтиб, ҳеч қаерга овора бўлиб юрмай, фойдалана оласиз!
Ушбу роликда 1 дақиқада ундан қандай фойдаланишни тушуниб оласиз.
Марҳамат, танишларингизга ҳам тарқатинг! Улар ҳам қуйида кўрсатилган каби қатор давлат хизматларидан мобиль телефонлари орқали бемалол фойдалансинлар:
- Турли хил маълумотномаларни онлайн олиш (доимий яшаш жойи бўйича, доимий яшаш жойида рўйхатдан ўтиб яшовчилар тўғрисида, ҳисобланган иш ҳақи суммалари тўғрисида ва б.);
- UzAuto Motors AJ орқали автомобил сотиб олиш учун навбатни текшириш;
- Ижро ҳужжати бўйича қарздорликни текшириш;
- Автотранспорт воситалари ойналарининг тусини ўзгартиришга (қорайтириш) рухсатнома олиш;
- Оила маълумотларини таҳрирлаш учун ариза юбориш;
- Меҳнат дафтарчасидан кўчирма олиш;
- Кредит тарихини олиш;
- Пенсия (нафақа) ҳақида маълумот ва ҳ.к.
Рақамлаштириш вазирлиги буёғига айнан my.gov.uz ва унинг мобиль иловаси орқали кўпроқ оммабоп хизматларни жорий этиб, давлат хизматларини уйдан чиқмасдан фойдаланишга шароит яратиш устида ишлайди, шунинг учун мобиль иловадан рўйхатдан ўтишни осон йўлини билиб олганингиз албатта келгуси фаолиятингизда фойдали бўлади.
https://www.facebook.com/watch/?v=1384828778939170
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor
Menga bitta shunaqasidan 🖱😋
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Sichqonchaga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Klaviaturaga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security #software
❌ Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
Agar siz operatsion tizimingizni qayta o‘rnatgan bo‘lsangiz yoki shunchaki shaxsiy kompyuteringizni keraksiz fayllardan tozalagan bo‘lib, biror muhim faylni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz — u holda o‘chirib yuborilgan materiallarni “Recuva” dasturi yordamida qayta tiklashingiz mumkin.
Bu qanday amalga oshiriladi:
1️⃣. Ushbu yordamchi dasturni yuklab olamiz, o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.
2️⃣. O‘chirilgan fayllari qayta tiklanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasini tanlaymiz.
3️⃣. “Анализ” tugmasi ustiga bosamiz.
4️⃣. Jarayon tugallanishini kutamiz, kerakli fayllarni tanlaymiz, so‘ngra “Восстановить” tugmasi ustiga bosamiz.
❗️Muhim: tiklangan fayllarni ma’lumotlarni tiklashda ishtirok etgan diskning o‘ziga saqlamang. Aks holda ma’lumotlar buzilib qolishi va ularni ocha olmasligingiz mumkin.
📎 Recuva v1.53.2078 dasturini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• CyberShredder dasturi
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #hardware
⚠️ “Файл слишком велик для конечной файловой системы” xabarining chiqishi boisi va uni bartaraf etish
Bunday xabarga boshlang‘ich (tajribasiz) foydalanuvchilar USB-fleshkalarga biror ma’lumotni yozish vaqtida duch kelishlari mumkin. 99% holatlarda bu hajmi 4 Gb'dan katta bo‘lgan faylni tashlab olishga bo‘lgan urinishda yuz beradi.
Hozirgi vaqtda Windows tomonidan asosan ikki fayl tizimi qo‘llanilib keladi: FAT32 va NTFS. Windows'ning zamonaviy tizimlari uchun eskirgan hisoblanmish aynan FAT32 - 4 Gb'dan katta fayllar bilan ishlashga ruxsat bermaydi.
Muammoni hal qilish uchun dastlab saqlash qurilmasidagi barcha kerakli ma’lumotlaringizni ishonchli joyga nusxalab oling. So‘ngra Проводник (Этот (Мой) компьютер, WIN
+
E
) oynasida fleshka belgisi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan Форматировать bandini tanlang.
Файловая система bo‘limida NTFS'ni tanlang va Начать tugmasini bosing. Fayl tizimini formatlash va o‘zgartirish jarayoni tugashini kuting. Tayyor, endi katta hajmli fayllarni yozish cheklovi bo‘lmaydi. 😉
📝 Manba: @pcTeapot
📌 P.S.: Ushbu tavsiyamiz hajmi 8 Gb va undan katta bo‘lgan fleshkalar uchun o‘rinli.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#excel
📊 Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (3):
• Excelda jumla boshida keluvchi so‘zning dastlabki harfini katta qilish
• Oddiy ko‘rinishda yozilgan sanani qanday qilib oy nomlanishi ko‘rinishiga keltirish mumkin?
• Belgilash uchun qaynoq klavishlar bilan tanishamiz
• Muayyan yacheykalardan himoyani olib tashlash
• Matnni diagonal bo‘ylab ajratish
• Formulada list uchun havola qanday ko‘rsatiladi?
• Matnli diapazonlarni tezkor belgilash
• Belgilangan diapazonda keraksiz qiymatlar kiritilishini cheklash
• Excel'da F4 klavishidan foydalanish
• Jadvalning sarlavhasini “qotirib qo‘yamiz”
• Sanalarni saralashda shartli formatlashdan foydalanish
• Ishchi kunlar bo‘yicha avtoto‘ldirish
• Yacheykalardagi qoldirilgan izohlarni chop etish
• Yacheykaning kengligi va balandligi qanday sozlanadi?
• MS Office dasturlarida hujjatni saqlashda rasm sifatini sozlash
• Katta jadvallarni chop etish
• Excel hujjatiga YouTube videosini joylashtirish
• Hujjatni parol bilan himoyalash
• Jadvalni funksiya yordamida transponirlash
• Kasr sonlarning ustun bo‘ylab avtoto‘ldirilishiga oid maslahat
• Uzun jadvallar bilan ishlash
• Word va Excel'da himoyalangan ko‘rish (Защищенный просмотр)ni o‘chirib qo‘yish
• Kasr sonlarni jadvalga kiritishda nuqta (.) va vergul (,) belgilarining ahamiyati
• Faqat yacheyka formatini boshqa yacheykaga nisbatan qo‘llash
• Obyektlarni bir listdan boshqasiga olib o‘tkazish
• Excel hujjati foniga suvli belgi (водяной знак)ni qo‘shish
• Diagramma va jadvallarni oq-qora printerda chop etish
• “Объединение ячеек” har doim ham yaxshi emas!
• Excel'da satr va ustunlarni belgilash
• Alohida son yoki formulalar guruhini belgilash
• Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
• Sonni tezkor darajaga oshirish
• Nostandart ro‘yxatlar bo‘yicha saralash
• Oddiy sahifaga chop etilgan ma’lumotlarni Excel'ga kiritishning ideal usuli (mobil Excel ilovasi orqali)
📌 P.S.: Kanalga MS Excel dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi.
🔠 Agar MS Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!
😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#mulohaza_uchun #texnologiya
🏓 Maxsus robot (AI) vs. stol tennisi bo‘yicha jahon chempioni.
📌 P.S.: AI - Artificial Intelligence, sun’iy intellekt.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet
💡 YouTube URL-manzillari bilan foydali tryuklar
1️⃣. URL-manzil boshlanishiga ss
'ni kiriting va ENTER
'ni bosing. SaveFrom xizmati saytiga yo‘naltirilasiz, videoning URL-manzili esa avtomatik ravishda videoni yuklab olish maydoniga joylashtiriladi.
2️⃣. URL-manzil boshlanishiga gif
'ni kiriting va ENTER
'ni bosing. Natijada video avtomatik ravishda gifs.com muharriri serveriga yo‘naltiriladi, uning yordamida siz osonlik bilan klipning kerakli fragmentidan GIF yarata olasiz.
3️⃣. YouTube'da videoroliklarni foydalanuvchi qayd yozuviga kirmasdan tomosha qilishda odatda yosh bo‘yicha cheklovlarga duch kelish mumkin. URL-manzil boshlanishiga nsfw
'ni kiriting va cheklov o‘rnatilgan videoni avtorizatsiyadan o‘tmagan holda tomosha qiling.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• YouTube'ga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
👀 Fayllarni berkitish va berkitilgan fayllarni ko‘rsatish
Ishimizda qo‘llaydigan fayllar va papkalardan tashqari, tizim tomonidan berkitilgan elementlar ham mavjuddir. Ushbu postimizda har qanday ma’lumotlarni qiziquvchan ko‘zlardan berkitish, shuningdek berkitilgan fayllarni ko‘rinadigan qilib sozlash xususida to‘xtalib o‘tamiz.
1️⃣. Fayllar yoki papkalarni berkitish uchun ularning xususiyatlari oynasida Скрытый atributini qo‘llash lozim bo‘ladi. Buning uchun kerakli elementning Свойства muloqot oynasini oching (ALT
+
ENTER)
. Ochilgan oyna ostidagi Атрибуты bo‘limida Скрытый bandini faollashtiring, OK tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni tasdiqlang, tayyor!
2️⃣. Berkitilgan elementlar ko‘rinib turishini sozlash uchun Панель управления'ni ishga tushiring (WIN
+
R
→ control
→ ENTER)
. Ochilgan oynada Параметры проводника bo‘limiga o‘ting (yoki WIN
+
R
→ control
folders
→ ENTER)
. Ochilgan muloqot oynasining Вид varaqa (вкладка)sida – berkitilgan fayllarni ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik kabi bandlardan birini tanlash orqali faollashtiring, OK tugmasini bosib, ushbu o‘zgartirishni saqlang, tayyor!
Windows 10/11 uchun papka parametrlarini istalgan ishga tushirilgan Проводник oynasi orqali chaqirish mumkin. Buning uchun oyna yuqorisidagi menyu satrining Вид varaqa (вкладка)siga o‘tib, Параметры tugmasiga bosiladi.
📌 P.S.: Oddiy foydalanuvchilar shunchaki Total Commander dasturining qadriga yetishmaydi. Virus tufayli berkinib qolgan fayl va papkalarni Windows'dagi Проводник dasturi ko‘p holatlarda ko‘rsatib bera olmaydi, Total Commander esa doim ushbu ma’lumotlarni (agar ular chindan ham fleshkada va berkitilgan holatga o‘tib qolgan bo‘lsa) doim ko‘rsatib kelgan.
Total Commander'da berkinib qolgan fayllarni ko‘rsatish uchun tartib: Yuqoridagi menyuda satridagi Вид → Расширенные настройки (birinchi turadi) → Показывать скрытые и системные файлы: вкл/выкл (ro‘yxatda pastdan beshinchi, sariq undovchali belgisi bor).
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tizimdagi berkitilgan elementlarni ko‘rsatish
• Windows'da berkitilgan faylni yaratish
• Windows ishchi stoli (Рабочий стол)da ilovalar yorliqlarini qanday berkitish mumkin?
• Vazifalar panelida ishga tushurilgan dasturlar belgilariga tegishli yozuvlarni chiqarish/berkitish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar
• Windows uchun Fences dasturi
• "Лист"ni super ko‘rinmaydigan qilib berkitish
• Formulalarni qanday qilib berkitish mumkin?
• Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
• Excel jadvalidagi xatoliklar va nollarni qanday berkitish mumkin?
• Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish
• Excel'da ishchi kitobi tuzilmasini himoyalash
• Berkitilgan ustunlardagi ma’lumotlar hisob-kitoblarda qatnashadimi? (Excel, test)
• Qaysi klavishlar birikmasi yordamida belgilangan ustunlarni berkitish mumkin? (Excel, test)
• Photoshop'da qaysi klavishlar birikmasi yordamida setkani ko‘rsatish / berkitish mumkin? (Test)
• Matndagi orfografik/grammatik xatoliklarni qanday berkitish mumkin?
• Hujjatdagi matnni qanday berkitish mumkin?
• Guruhlardagi anonim administratorlar
• Spoyler formatlanishi
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Tatilda bolajonlar bilmini mustahkamlang!
🏆 @FikrLab loyihasi 3-6 sinf o'quvchilari uchun Mantiqiy fikrlash bo'yicha 2-Respublika nazorat imtihonini elon qiladi!
Yakshanba 22-yanvar kuni soat 13:00 dan soat 21:00 gacha oliygoh.uz platformasida Matematik mantiq bo'yicha onlayn test bo'lib o'tadi.
📄 Natijalar ro'yxati sinflar kesimida elon qilinadi!
🏆 Faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi!
👩🏫 Masalarning yechimi va videotahlili @fikrlab kanalida elon qilinadi.
➡️ Testda qatnashish uchun @fikrlab_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Maksimal tarqating, sinfdoshlaringiz ham qatnashsin: @fikrlab
#operatsion_tizim
🔑 Windows 8.1, 10, 11'ni tezkor aktivatsiya qilish
Windows 8.1, 10 yoki 11'ni aktivatsiya qilish uchun KMS-aktivatorlar yoki tarkibida virusli fayllar bilan kelish ehtimolligi yuqori bo‘lgan boshqa dasturiy ta’minotlarni yuklab olish shart emas.
Microsoft tomonidan taqdim etiluvchi ko‘p marotaba o‘rnatiluvchi kalitlardan foydalanib aktivatsiyani Командная строка'da bir daqiqa mobaynida amalga oshirish mumkin. Saytga o‘ting va o‘zingizdagi Windows versiyasi (WIN
+ R
→ winver
→ ENTER
) uchun kalitni nusxalab oling.
Командная строка (Buyruq satri)ni administrator nomidan ishga tushiring va quyidagi buyruqlarni ketma-ket bajaring:
• slmgr /ipk SAYTDAN_OLINGAN_KALIT
• slmgr /skms kms.digiboy.ir
• slmgr /ato
❗️Buyruq satrini administator nomidan ishga tushirish uchun Пуск (Start) menyusining qidiruv satriga “Командная строка” (“Command Line (Prompt)”) matnini kiriting va hosil bo‘lgan dastlabki natija ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosib, “Запуск от имени администратора” (“Run as administrator”) menyu bandini tanlang.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Mini KMS Activator Ultimate dasturi
• Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?
• Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash
• Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi?
• Аntivirus va viruslarga oid postlar
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
🤔 UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?
Qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha operatsion tizimlarda mikrodastur turi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ichki vositalari mavjud bo‘ladi.
Kerakli ma’lumot deyarli har doim ichki “Сведения о системе” dasturida mavjud bo‘ladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, noutbuk egalari u yerdan izlanayotgan ma’lumotni topa olmasliklari mumkin.
Sizda qanday quyi tizim qo‘llanilayotganini aniqlash uchun WIN
+
R
tugmalari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga msinfo32
buyrug‘ini kiritib ENTER
'ni bosing. Ochilgan “Сведения о системе” oynasining shu nomdagi (chap paneldagi dastlabki band) bo‘limida “Режим BIOS” parametrini toping va uning qiymatini tekshiring.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
• BIOS bilan bog‘liq IT-hazil
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
ES File Explorer — Google Play’da ortiq mavjud bo‘lmagan o‘sha mashhur fayl menejeri. Android 4.2+. Barchasi blokdan chiqarilgan, ortiqcha elementlar olib tashlangan.
📎 ES File Explorer v4.2.9.5 mobil ilovasini yuklab olish.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
❌ KillApps
🛠 SD Maid Pro
🎨 Colorize It
📋 Tasks
📲 Auto Move
🧭 Компас
↔️ Photo & Picture Resizer
👤 Reface (Doublicat)
👨🏻 Anyface
📽 ADV Screen Recorder
📽 AZ Screen Recorder
⏺ AudioLab
🎞 Intro Maker
🎞 MX Player
🎞 NewPipe (YouTube)
🎞 Snaptube (YouTube)
🎞 YouTube Vanced
🎞 VideoShow
🎞 VivaCut
🎞 GIF Maker
🎞 Film Maker Pro
🎞 YouCut
🎞 FilmoraGo
🎞 ActionDirector
📻 MyTuner Radio
🎙 Smart Recorder
🎼 SoundHound
🏟 365 Scores
🤸🏻♂️ Height Increase
🚴🏻♂️ BikeComputer Pro
🥗 Lifesum
🖱 Remote Mouse
📐 Геометрия
🔢 Математические хитрости
🧮 Photomath
⌨️ SoloLearn
⌨️ Mimo
⌨️ Основы HTML и CSS
🇬🇧 Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
📌 Foydali mobil ilovalar ro‘yxatining 1-qismi.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #game
🎮 Google'da sirli minio‘yinlarni faollashtiramiz
Google o‘z qidiruv tizimida biror yuz bergan voqea yoki tadbirlarga nisbatan munosabat bildirib eslatishni xush ko‘radi va bugun biz ushbu imkoniyatlar sarasiga kiruvchi ayrim minio‘yinlar haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Chrome brauzerida saytlarga o‘tish va ma’lumot izlash bilan bir qatorda, turli o‘yinlar o‘ynab, gohida vaqtichog‘lik qilish mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi.
Pac-Man. Sharpalardan qochib, missiya bajarish uchun qidiruv tizimiga “Google Pacman
” so‘rovini yuborib, ENTER
'ni bosing. “Играть” tugmasiga bosing. O‘yin mazmuni quyidagicha: barcha nuqtalarni yeyishingiz va sizni ta’qib etayotgan sharpalar iskanjasiga tushmaslik lozim.
Solitaire. “Solitaire
” so‘rovi bo‘yicha qidiruvni amalga oshiramiz. va “Играть” tugmasiga bosamiz. So‘ngra o‘yinning murakkablilik darajasi tanlagan holda kartalarni yoyamiz. Asosiysi – ko‘p muddat o‘tirib qolmaslik, chunki hammamizga ma’lumki, pasyans o‘yinchini o‘ziga rom etadi.
Tic-tac-toe. Qidiruv satriga “Tic-Tac-Toe
”ni kiritamiz. Barchamizga ma’lum bo‘lgan krestik-nolik o‘yini ochiladi. Murakkablilik darajasini tanlagan holda kompyuterga qarshi yoki do‘stingiz bilan o‘ynashingiz mumkin.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Google Chrome'ni bir zumda tozalash
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome brauzeri oynasini belgilangan kenglik va balandlikda ochish
• Chrome orqali Super Mario'ni o‘ynaymiz
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Google Chrome yangi kengaytmalar platformasi – Manifest v3'ga o‘tmoqda
• Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Brauzer ishlashini tezlashtirish
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• Kesh nima?
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#internet #maslahat
🗒 Google Keep onlayn-bloknoti
Google Keep — eng mashhur bepul onlayn-bloknotlardan biri bo‘lib, unda soddalik va ilg‘or sozlamalar mujassamlashgan.
Birinchidan, shunchaki oddiy qaydlar emas, balki cheklistlar, biriktirilgan fayllar, rasmlar va ovozli fayllar bilan qaydlar yaratish mumkin.
Ikkinchidan, odatiy vazifalarni almashish funksiyasidan tashqari, bu yerda siz (taqvim bilan sinxronizatsiya qilingan) eslatmalarni nafaqat vaqt, balki joylashuv bo‘yicha ham o‘rnatishingiz mumkin. Masalan, ishga kelishingiz bilanoq, eslatma eshigingizni taqillatadi.
Onlayn xizmatdan tashqari, shuningdek Android va iOS uchun ilovalar, Google Chrome uchun kengaytma mavjud.
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #tarmoq
📺 Windows 10'da noutbukdagi ekran tasvirini Wi-Fi orqali televizorga uzatish
Buning uchun avvalambor televizor va noutbukingizni ishga tushiring va har ikki qurilmada Wi-Fi adapterlari faolligiga ishonch hosil qiling.
Endi Windows 10'da Пуск → Параметры (WIN
+
I
) → Система → Дисплей ketma-ketligi bo‘ylab o‘ting va oynaning katta o‘ng panelining ostidagi “Подключиться к беспроводному дисплею” bandi ustiga bosing.
Televizoringiz modeliga mos ravishda belgilangan nomdagi tarmoqni tanlang, tayyor!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
🖥 32 va 64 bitli Windows'lar o‘rtasidagi farq
Windows operatsion tizimi razryadligining ikki versiyasi mavjud: 32 bitli va 64 bitli, ularning belgilanishlari esa quyidagicha: 32-bit (x86) va 64-bit (x64). 64 bitli tizim, 32 bitli operatsion tizimga qaraganda katta hajmdagi hisoblashlarda samaraliroq hisoblanadi. 64 bitli Windows'da, shunga o‘xshash 32 bitli tizimga qaraganda resurslarga talabchan bo‘lgan dasturlar ishlashi uchun kamroq vaqt sarflanadi.
Umumiy ish faoliyatini yaxshilashdan tashqari, ushbu ikki turdagi tizimlar orasidagi asosiy farq, ma’lum miqdordagi xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashidadir. Windows'ning 32 bitli versiyasida, tizim arxitekturasining o‘ziga xos xususiyati tufayli, kompyuterda o‘rnatilgan 4 Gb'dan kam, 64 bitli versiyasida esa 16 TB'gacha RAM (tezkor/operativ xotira) ishlatiladi
❗️Ikki razryaddan birini tanlash uchun ham bu asosiy mezon sifatida xizmat qiladi, kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira 3 GB'dan kam bo‘lsa — 32 bitli tizim, 4 Gb va undan katta bo‘lsa — 64 bitli tizim o‘rnatiladi.
Windows x64'da 64 va 32 bitli, x32'da esa faqat 32 bitli dasturlarni o‘rnatish mumkin. Windows uchun yaratilgan dasturlarning aksariyati 32 bitli razryadlikni qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu dasturlarni istalgan razryadlikdagi kompyuterlarga o’rnatish mumkin.
📌 P.S.: Kompyuterdagi 32-bitli tizimni faqat qayta o‘rnatish (Переустановка Windows) orqaligina 64-bitli tizimga va aksincha o‘zgartirish mumkin!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android #maslahat
🔙 Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
Ba’zida qurilmamizning ichki xotirasida to‘plangan axlatlar shunchalik ortib ketadiki, ulardan to‘liq xalos bo‘lish shunchaki imkonsiz bo‘ladi. Bu asosan Android-smartfonning anchadan buyon qo‘llanilayotgani bilan bog‘liqdir. Bir yilning o‘zida smartfonda juda katta miqdorda tizim axlatlari to‘planadi, Android uchun yaratilgan turli cleaner ilovalar bunda yordam bera olmay qoladi. Bunda eng to‘g‘ri yechim — qurilmani zavod sozlamalariga qaytarish hisoblanadi.
Android'dagi sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklash
1️⃣. Dastlab “Настройки” menyusiga, so‘ngra undagi “Восстановление и сброс” bo‘limiga o‘ting.
2️⃣. Agar sizda “Сброс настроек” (Reset Settings) opsiyasi mavjud bo‘lsa — bu sozlamalarni ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda tiklashingiz mumkinligini anglatadi. Agarda sizda “Сбросить телефон” (Reset phone) deb yozilgan bo‘lsa, u holda shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi.
3️⃣. Ko‘p hollarda dastlabki variant qo‘llaniladi, shuning uchun sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib olishingiz lozim bo‘ladi.
Sozlamalarni qayta tiklash oldidan ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish
Maʼlumotlarni yoʻqotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashni istasangiz, Gmail qayd yozuvi (akkaunt)ingiz bilan sinxronizatsiyani albatta faollashtiring:
1️⃣. Qurilmangizning “Настройки” bo‘limidagi “Учетные записи Google” bandiga o‘ting.
2️⃣. Google serverlarida saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtiring, masalan, kontaktlar, ilovalar, hujjatlar va boshqalar.
3️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting. “Последняя синхронизация...” va uning qachon amalga oshirilgani haqidagi xabarni ko‘rasiz.
4️⃣. Shuningdek fotosurat, video va boshqa ma’lumotlarni ham sinxronizatsiya qilish tavsiya etiladi.
5️⃣. Qurilmangizni zavod sozlamalariga qaytarish jarayonini boshlang.
6️⃣. Sozlamalar bilan bog‘liq jarayon yakunlanib, smartfon qayta yuklanganidan so‘ng, sizga Google-akkauntingiz yordamida avtorizatsiyadan o‘tish tavsiya etiladi. Wi-Fi tarmog‘iga ulaning, shundan so‘ng shaxsiy ma’lumotlaringiz qurilmangizga qaytariladi.
7️⃣. Shuningdek sozlamalar qayta tiklanganidan so‘ng qaytarilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar qarshisidagi surgichlarni faollashtirish uchun yana “Настройки” — “Учетные записи Google”ga murojaat etishingiz mumkin.
8️⃣. Sinxronizatsiya jarayoni tugallanishini kuting.
📌 P.S.: Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda sozlamalarni qayta tiklashning yana bir usuli, bu muhim fayllarni SD-xotira kartasiga, kompyuterga yoki bulutli xotira papkasiga saqlashdir.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
• Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#word
📄 Word'ning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 sirli xususiyati
Ma’lum bo‘lishicha, barchaga yaxshi tanish bo‘lgan Word matn muharririda juda ko‘p foydali kichik xususiyatlar yashiringan bo‘lib, ular bir jihatdan hayotni sezilarli darajada soddalashtirsa, ikkinchi tomondan esa eng keng tarqalgan muammolar va foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ba’zi xatolarning oldini oladi.
Ushbu postimizda biz ular orasidan eng qiziqarli 5 tasini keltirishga qaror qildik:
1️⃣. Sana va vaqtni joylashtirish
Bugungi sana va vaqtni tezkor ravishda oddiy klavishlar birikmasi yordamida joylashtirish mumkin, boz ustiga ushbu hujjat saqlangan holda har kuni ochib foydalanilsa, sana/vaqt ham mos ravishda yangilanib boradi.
Ushbu vaziyatda hujjatga sanani kiritish uchun SHIFT
+
ALT
+
D
(day), vaqtni kiritish uchun esa SHIFT
+
ALT
+
T
(time) birikmasi bosiladi.
2️⃣. Satr osti va satr usti ko‘rinishida matn kiritish
Ko‘pchiligimiz hujjatda formulalarga ro‘baro‘ bo‘lganda satr osti va satr usti simvollarini kiritishni qulaylashtirish borasida bosh qotirganimiz aniq.
Buni amalga oshirish juda oson! Satr usti simvollari uchun SHIFT
+
CTRL
+
=
, satr osti simvollarini kiritish uchun esa CTRL
+
=
klavishlari birikmasini bosish kifoya.
Ushbu birikmalarni qayta bosish evaziga oddiy matn kiritish rejimiga qaytiladi.
3️⃣. Sonlarni so‘z ko‘rinishda keltirish
Agarda hujjatda qo‘shimcha tarzda so‘z ko‘rinishida keltirilishi lozim bo‘lgan sonlar ko‘p bo‘lsa (hisob-kitob va shartnomaviy hujjatlar), ushbu ishni ancha qulaylashtirish mumkin.
Buning uchun CTRL
+
F9
'ni bosamiz, figurali qavslar ichiga sonni ushbu formatda kiritamiz: =4589\*cardtext
. F9
'ni bosamiz va tenglik belgisidan keyin turgan son hujjatda so‘z ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
4️⃣. Harf katta-kichikligi (registri)ni tezkor almashtirish
Agarda ehtiyotsizlik bilan matnning aksariyat qismini “Caps Lock”
faollashgan holatda kiritganingizga guvoh bo‘lsangiz, bundan fojia yasab matnni o‘chirishga shoshilmang.
Shunchaki hujjatda o‘zingizga kerakli matn fragmentini belgilash va SHIFT
+
F3
birikmasini bosish orqali harf registrini katta harfdan kichik harf ko‘rinishiga o‘tkazing (va aksincha).
5️⃣. Ro‘yxat elementlari o‘rnini oson almashtirish
Siz ham ro‘yxat elementlari tartibini o‘zgartirishda matnni belgilab, kesib olib, so‘ngra kerakli satrga joylashtirasizmi? Unda ushbu tavsiyamiz aynan Siz uchun!
Yuqorida keltirilgan an’anaviy harakatning o‘rniga satr tarkibini belgilang va SHIFT
+
ALT
+ ↑
/↓
klavishlarini bosib, ro‘yxat elementlarini mos tarzda yuqoriga/pastga qaratib siljiting.
📝 Manba: @tech_lifehacks
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• MS Word’da o‘zbek tilining lotin yoki kirill alifbosida matn kiritilganida yuzaga keladigan “orfografik xato” hoshiyasidan halos bo‘lish
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim
📈 Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
Bunda bizga hattoki eski tizimlarda ham qulay ishlash imkonini taqdim etuvchi ShiftDown yordamchi dasturi yordamga keladi.
Dasturni o‘rnatish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Uni GitHub'dan yuklab oling va qattiq diskning operatsion tizim o‘rnatilgan qismiga (odatda bu C diski) joylashtiring.
2️⃣. Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiring.
3️⃣. sc.exe create ShiftDown binpath="С:shiftdown.exe" start=auto buyrug‘ini bajaring.
4️⃣. Yangi xizmatni ishga tushirish uchun sc.exe start ShiftDown
buyrug‘ini ishga tushiring (Copy/Paste, Enter
).
Ushbu harakatlar bajarilganidan keyin ShiftDown tizim ishga tushishi bilan birga avtomatik ravishda faollashadigan bo‘lib sozlanadi — u protsessorga yuklamani kamaytirish uchun ishga tushirilgan jarayonlar uchun prioritetlarni o‘zgartirib turadi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Windows'da bajarilayotgan jarayon uchun prioritet belgilash
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• Windows 10 bo‘yicha maslahatlar: har kunlik qo‘llaniluvchi vazifalarni tezroq va qulayroq bajaramiz!
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?
• Kompyuterning to‘liq qotib qolishi
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #operatsion_tizim #hardware
Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak? ⌨️😣
Siz ham kompyuteringiz qotib qolganda asab buzilib, ketma-ket turli tugmalarni beixtiyor bosib chiqasizmi? Tugmalarni tartibsiz bosishning o‘zi katta xato hisoblanadi, chunki bunda kompyuterga bir vaqtning o‘zida ko‘pgina buyruqlar yuboriladi va ularni qayta ishlay olmay, tizim butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Xo‘sh, o‘zi kompyuter qotib, sichqonchasi ishlamay qolganda nima qilish kerak?
• Escape (Esc) tugmasini bosib ko‘rish zarur, u oxirgi berilgan buyruqni bekor qiladi va ayrim hollarda yordam berib qolishi mumkin;
• ALT + F4’ni bir vaqtda bosish bilan qotib qolishga sababchi bo‘lgan dasturni to‘xtatadi, lekin oxirgi ma’lumotlar o‘chib ketishi ehtimoli bor;
• Agar kompyuter o‘yin o‘ynayotganda yoki video tomosha qilayotganda qotib qolsa, SHIFT + CTRL + WIN + B tugmalarini birgalikda bosib ko‘rish kerak. Bu bilan videokarta drayveri qayta yuklanadi;
• Ba’zan sichqonchaning o‘ng va chap tugmalarini ketma-ket bosish yordam berishi mumkin;
• CTRL + SHIFT + ESC’ni bosib, qotib qolgan dasturni “Диспетчер задач” yordamida to‘xtatish mumkin;
• Agar bu yordam bermasa, CTRL + ALT + DEL tugmalarini bosish bilan “Диспетчер задач”ga kirish mumkin. Ayrim hollarda uchala tugmaning bosilishi kompyuterning yana ishlab ketishiga sabab bo‘ladi;
• Bulardan tashqari ALT + TAB’ni bir paytda bosish bilan boshqa oynaga o‘tish sabab, kompyuter yana ishlab ketishi ehtimoli bor;
• Qotib qolgan kompyuterni yana qayta ishga tushirib yuborishga universal yechim yo‘q, 5 daqiqa kutib turish ham yordam berishi mumkin;
• Yuqoridagi ko‘rsatmalar yordam bermagan taqdirda kompyuterning “RESET” tugmasini bemalol bosib, kompyuterni qayta yuklash mumkin.
🤝 @featureuz blogi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
📌 P.S.: Kompyuteringiz qanday konfiguratsiyada bo‘lishidan qat’i nazar, u dastlab ishga tushirilgan payt ham imkon qadam uning “nafasini rostlab olishiga”, ya’ni barcha kerakli dasturlarni yuklab olishiga 2-3 daqiqa vaqt berish kerak.
📝 DiMaX @terabaytuz
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Klaviaturadagi PrintScreen (PrtScr) klavishining bajaradigan funksiyasi haqida
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Bir yarim asr oldin tarixdagi ilk QWERTY-klaviatura qayerda qo‘llangan?
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri: 1-qism | 2-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan buyruqlar
• Microsoft Windows 7 | Windows 10 operatsion tizimida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Microsoft Word | Excel | PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Internet brauzerida tezkor ishlash uchun 38ta klaviatura birikmalari
• YouTube qaynoq klavishlari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura birikmalari
• Telegram Desktop dasturida ishni tezlashtirish va qulaylashtirish hamda matnni formatlash uchun tezkor klaviatura birikmalari
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#smartfon #android
🧹 Smartfonda joy bo‘shatish – tajribali foydalanuvchilardan oddiy usul
Telefonning ichki xotirasini qo‘lda bo‘shatishga harakat qildingiz: videolar, fotosuratlar va barcha keraksiz ilovalarni o‘chirdingiz, avtomatik tozalashni ishga tushirdingiz, biroq Android smartfoningizda hali ham xotira yetarli emasmi? Umidsizlikka tushmang! Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, qurilmaning ichki xotirasini 20% gacha bo‘shatishning yana bir usuli bor.
⚠️ E’tibor bering, ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishdan oldin, ilovalar va saytlarda avtorizatsiya uchun qo‘llanilgan ma’lumotlaringiz, ya’ni login va parollaringizni bilishingizga ishonch hosil qiling, chunki smartfon xotirasi tozalaganidan so‘ng ular qayta kiritilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi hollarda ilovalar uchun qo‘llaniluvchi kontentni qayta yuklab olishga to‘g‘ri keladi.
Android telefonidagi ichki xotirani bo‘shatish tartibi:
1️⃣. Google Play'ga o‘ting va Total Commander ilovasini qurilmangizga o‘rnating.
2️⃣. O‘rnatilgan ilovani ishga tushiring → Ichki xotira (Внутренняя память)ga o‘ting → Oynaning yuqori qismidagi Qidiruv (Поиск) belgisi ustiga bosing.
3️⃣. Qidiruv oynasiga “cach
”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting → Поиск tugmasiga bosing. Ilova qurilmaning ichki xotirasini skanerlaydi.
4️⃣. Qidiruv natijalari oynasining pastki chap burchagida Выделить (belgili tugma) → Выделить все'larga bosing.
5️⃣. Tozalashni yakunlash uchun oynaning pastki qismidagi Удалить (belgili) tugmasiga bosing → ogohlantirishga roziligingizni bildiring.
O‘chirish jarayoni tugallangandan so‘ng telefon xotirasida katta hajmdagi bo‘sh joy yuzaga keladi.
📝 Manba: @smartphonesecrets
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kesh nima?
• Keshni tozalash orqali smartfon xotirasini bo‘shatamiz
• Android’da xotirani bo‘shatishning 3 oddiy usuli
• Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
• Android-smartfonni tezlashtirish va tozalash uchun “.thumbnails” papkasini o‘chiramiz
• Barcha keraksiz mobil ilovalarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
• CCleaner mobil ilovasi
• Quloqchinlarni qanday tozalash mumkin?
• Smartfon dinamiklariga tushgan suvni tozalash
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• C diskidagi Temp papkalari bo‘yicha
• Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida
• Windows 10'da keraksiz tizim xatoliklari xotira dampini o‘chirish orqali joy bo‘shatish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
• Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Windows'ni bir klikda tezlashtirish
• Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish
• Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz
• Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
• Protsessorga bo‘lgan yuklamani kamaytirish va Windows ishini tezlashtirish
• “Загрузки” papkasidagi foydalanilmayotgan fayllarni avtomatik o‘chirish
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Google Chrome'ni bir zumda tozalash
• Chrome'ning ishlashini tezlashtiramiz
• Rasmlarni suv belgilaridan tozalash
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi
🙋🏻♂️🙋🏻♀️ Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:
💻 Kompyuter dasturlari:01.
Straighforward Macmillan Beginner;02.
Straighforward Macmillan Elementary;03.
Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;04.
Straighforward Macmillan Intermediate;05.
Straighforward Macmillan Upper Intermediate;06.
Straighforward Macmillan Advanced;07.
Basic Grammar in Use, Third Edition;08.
Cambridge Advanced Learners Dictionary;09.
ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);10.
WordWeb 10.02 Free (x86/x64);11.
Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.
📱Mobil ilovalar:01.
Duolingo;02.
Drops;03.
Memrise;04.
Busuu;05.
Полиглот 16/32 va boshqalar;06.
English LinDuo;07.
Rosetta Stone;08.
English Galaxy;09.
Lingvist;10.
IELTS Test;11.
English Level Checker;12.
English Tenses;13.
English Grammar in Use;14.
4 pics 1 word;15.
Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
📲 Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.
💡Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:
• Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar;
• CV nima? + Namuna;
• Kompyuterni yaxshi o'rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?
• Dasturlashni o'rganish uchun ingliz tilini bilish kerakmi?
• Udemy - onlayn taʼlim platformasi;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
• List of English & IELTS Channels to follow;
• Top 10 onlayn lug‘atlar;
• Interactive glossaries;
• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Filmdan parchani topish va yuklab olish;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
• Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film
🤝 Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi
📍Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!”
😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#bilasizmi #mulohaza_uchun #maslahat
🎓 DUNYONING ENG YAXSHI TOP UNIVERSITETLARI: AQSH01.
GARVARD UNIVERSITETI (HARVARD UNIVERSITY)02.
STENFORD UNIVERSITETI (STANFORD UNIVERSITY)03.
YEL UNIVERSITETI (YALE UNIVERSITY)04.
MASSACHUSETS TEXNOLOGIYA INSTITUTI (MASSACHUSETTS INSTITUTE OF TECHNOLOGY)05.
KOLUMBIYA UNIVERSITETI (COLUMBIA UNIVERSITY)06.
KALTEX INSTITUTI (CALIFORNIA INSTITUTE OF TECHNOLOGY)07.
PRINSTON UNIVERSITETI (PRINCETON UNIVERSITY)08.
MICHIGAN UNIVERSITETI (UNIVERSITY OF MICHIGAN)09.
KORNELL UNIVERSITETI (CORNELL UNIVERSITY)10.
PENSILVANIYA UNIVERSITETI (UNIVERSITY OF PENNSYLVANIA)11.
CHIKAGO UNIVERSITETI (UNIVERSITY OF CHICAGO)12.
JON HOPKINS UNIVERSITETI (JOHNS HOPKINS UNIVERSITY)
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Talabalar uchun tavsiyalar
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Psixolog va talabalar
• Ustoz haqida
• Talabalar uchun 10 ta bepul foydali mobil ilovalar
• Super insonning 6 odati
• O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati
• Top 10 onlayn lug‘atlar
• Materialning o‘zlashtirilish ulushiga turtki bo‘luvchi omillar
• Odamlar nima o‘qiyotganiga qarab tezroq yoki sekinroq o‘qiydilar
• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat
• Ingliz tilini serial va kinolar bo‘yicha o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun 5 maslahat
• Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Har kuni kitob o‘qish uchun 9 sabab + sovg‘a!
• Dasturlash tillaridan turli qiyinchilikdagi misollarni ishlash uchun 25 ta sayt
• Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova!
• Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar
• Dasturchilar qancha daromad topadi?
• O‘zbek dasturchilari Gigant kompaniyalarda | Microsoft, Google, Facebook, Amazon, Ebay
• Talabalar uchun talabgir qulaylik
• O‘qish vaqtida diqqatni jamlash bo‘yicha maslahatlar
• Taym menejment bo‘yicha 3 maslahat: 1-qism | 2-qism
• Muvaffaqiyatli kishilar qanday qilib barchasiga ulgurishadi?
• Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar
• Xitoy maqollari
• IT'ning turli sohalariga oid foydali video darslarni bepul ulashuvchi bot
• Ahror Abdullayev: “Dasturlash – hayotiy masalalar yechimi bilan bevosita bog‘liq”
• Ismoil Safarov: O‘n yillardan keyin, nafaqat talabalar, maktab o‘quvchilari ham dasturlashni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishadi
• “Dasturchilikni o’rganish uchun matematikani bilish kerak. Men esa tarixchi, biolog, sartarosh yoki jurnalist bo’lsam”, degan gaplar bilan tushkunlikka tushmang
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat
• “Qanday qilib frilanser bo‘lish mumkin“ligi to‘g‘risidagi to‘liq ko‘rsatmalar yoki hamyurtimiz hikoyasi
• “Oyiga 5 000 – 7 000 AQSh dollarigacha daromad topyapman!..” 23 yoshli frilanser Sardor Islomov bilan suhbat
• To‘rt ming dollarlik yuqori maosh – BPO yoshlar uchun qanday imkoniyatlar taqdim etmoqda?
• Ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik — XXI asr epidemiyasi
• “Qo‘llarim yo‘q bo‘lgani bilan aqlim bor” — Doniyor tengdoshlariga motivatsiya bera oladi
• Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasidan “Tahrirchi” mobil ilovasi
• Salomatlikka oid tavsiyalar keltirib o‘tilgan postlarimiz
• Farzandingiz nega axborot texnologiyalari mutaxassisi bo‘lishi kerak?
• Bolalar uchun qiziqarli YouTube kanallar
• Talaba va o'quvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#telegram
Android uchun Telegram'da tezkor ravishda barcha chatlarni “o‘qilgan” qilamiz 💬
Agarda Sizda Telegram-kanallar va chatlardagi o‘qilmagan xabarlar hisoblagichlarini tezkor ravishda nolga tenglashtirish zarurati yuzaga kelsa, u holda quyidagi qadamlar ketma-ketligi bajarish talab etiladi:
1️⃣. Android-smartfoningiz yoki planshetingizda Telegram ilovasini ishga tushiring.
2️⃣. Настройки (Sozlamalar) bo‘limining ostki qismida ilova versiyasi keltirilgan bandni toping, va matn ko‘rinishidagi smaylik paydo bo‘lguniga qadar ustiga bosib turing.
3️⃣. Yuqoridagi kabi yana bir bor versiya bandi ustiga bosib turing – sirli sozlamalarni o‘z ichiga olgan Меню отладки quyi menyusi ochilishi lozim.
4️⃣. Ochilgan oynada Прочесть все чаты bandi ustiga bosing.
ℹ️ Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #security
🔐 Kompyuterni dinamik bloklash
Agar kompyuteringizga parol o‘rnatib, uni bloklash (WIN
+
L)
xizmatidan foydalansangiz, u holda dinamik bloklash bunga ajoyib qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.
Bu Bluetooth-adapteri bilan jihozlangan kompyuterni, unga biriktirilgan qurilma (masalan, smartfon, smart soat yoki braslet) ma’lum masofaga uzoqlashgan taqdirda bloklash imkonini beradi.
Boshlanishiga qurilmani kompyuter bilan biriktiring. Bu Параметры (WIN
+
I)
oynasidagi Устройства -> Bluetooth и другие устройства bo‘limida amalga oshiriladi.
So‘ngra Параметры oynasidagi Учётные записи -> Варианты входа bo‘limiga o‘ting.
Sahifa bo‘ylab pastga qarab, Динамическая блокировка bo‘limiga qadar tushing va Разрешить Windows автоматически блокировать устройство в ваше отсутствие bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating. Tayyor, bu yog‘i amalda kompyuterdan uzoqlashib, bloklanish jarayonini sinash qoladi xolos! 😉
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
#operatsion_tizim #linux #maslahat
Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozim? 🤔
Hozirgi kunda Linux'ning juda ko‘plab versiyalari mavjud. DistroWatch.com saytida butun tarixiga ko‘ra ularning 700 dan ortiq turi sanab o‘tilgan. Ushbu rang-baranglik orasida tanlovni qanday amalga oshirish lozim? Bunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ikki bosh me’zon mavjud:
1️⃣. Distributivning mashhurligi
Distributivingiz qanchalik mashhur bo‘lsa, Internetda u bo‘yicha qo‘llanmani topishingiz shunchalik oson bo‘ladi. Agar distributivni o‘zlashtirishda muammoga duch kelsangiz, u bo‘yicha yuzaga kelgan katta hamjamiyat – forumlarda osongina yordam olishingiz mumkinligini anglatadi.
Distributiv qanchalik keng tarqalgan bo‘lsa, u uchun mo‘ljallab yaratilgan ilova va paketlar ham ko‘proq bo‘ladi. Qandaydir noma’lum distributivga doir yozilgan kodlar to‘plamlari bilan qiynalib ovora bo‘lib yurgandan ko‘ra, tayyor paketli asosga ega mashhur yechimlarni tanlagan afzaldir.
2️⃣. U bilan shug‘ullanuvchi dasturchilar jamoasi
Tabiiyki, Canonical Ltd., Red Hat yoki SUSE kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo’llab-quvvatlanuvchi yoki katta jamoalarga ega bo’lgan distrubutivlarga e’tibor qaratgan ma’quldir.
Shuni yodda tutish lozimki, hatto eng yaxshi Linux distributivlarining ham, ulardan unchalik kam bo’lmagan analoglari mavjud. Agar nashriyot tomonidan tanlangan versiyalar sizni qandaydir sabablarga ko‘ra qoniqtirmasa, ularning alternativ variantlarini qo‘llab ko‘rishingiz mumkin.
Xo‘sh, 2022-yilda Linux'ning qaysi distributivini tanlash lozim?
“Лайфхакер” nashri o‘z obunachilari uchun Linux operatsion tizimining 13 mashhur versiyasini tanladi: Linux Mint, Manjaro, Fedora, Arch, openSUSE, elementary OS, Ubuntu, Xubuntu, Debian, openmediavault, Ubuntu Studio, Kodi, Parrot Security.
🎞 Ushbu versiyalar bilan Kompyuter Akademiyasi kanalidagi quyidagi video post orqali yaqindan tanishishingiz mumkin.
📃 Linux'ning yuqorida sanab o‘tilgan versiyalari bilan atroflicha tanishtiruvchi matnli ma’lumotlarni har kuni alohida post ko‘rinishida kanalimizda ulashib borishga harakat qilamiz.
ℹ️ Linux operatsion tizimi eslatib o‘tilgan quyidagi postlarimiz bilan ham tanishing:
• Qaysi operatsion tizim sizga ko‘proq yoqadi?
• Endryu Tanenbaum 75 yoshda
• Linux operatsion tizimi haqida hazillar: 1-post | 2-post | 3-post | 4-post
• UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
• VirtualBox kompyuter dasturi
• Dasturchilikdagi 3 kunda o‘zlashtirsa bo‘ladigan ko‘nikmalar
• Python dasturlash tili haqida 5 fakt
• Barcha xakerlar yomonmi? Xakerlikning asosiy 5 turi
• Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
• Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
• Dasturlarning eski versiyalari portali
• “Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
• Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
• Qiziqarli faktlar to‘plami
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
#operatsion_tizim #bilasizmi
😴 Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterni uyqu holatiga o‘tkazganingizda, u to‘liq o‘chmaydi. Xotira faol holatda qoladi va Windows “uxlayotgan” mahalda ishlashda davom etadi. Ushbu rejim noutbuklarga juda mos keladi — undagi energiya ta’minoti shunchalik kamki, qurilma akkumulyatoriga deyarli bosim bo‘lmaydi.
Gibernatsiya rejimida xotira tarkibi qattiq diskka yoziladi: kompyuterni quvvat manbaidan uzgan taqdiringizda ham fayllaringizni yo‘qotmaysiz. Kompyuterning gibernatsiya jarayonidan so‘ng ishga tushishi uyqu rejimidan keyingi ishga tushishiga qaraganda biroz ko‘proq vaqt talab etadi, biroq ushbu jarayon Windows'ni oddiy ishga tushirishga nisbatan ancha tez kechadi.
Uyqu rejimiga o‘tganda barcha ochilib turgan hujjatlar va parametrlar operativ xotirada saqlanadi va kompyuter kam quvvat iste’moli rejimiga o‘tadi, gibernatsiya rejimiga o‘tganda esa barcha dasturlar qattiq diskdagi hiberfil.sys faylida saqlanadi va kompyuter o‘chiriladi.
📌 P.S.: Ushbu rejimlar qulay bo‘lishiga qaramasdan, xatoliklarning oldini olish maqsadida, kompyuteringizni kun ora qayta yuklash yoki oddiy o‘chirishni maslahat beramiz! 😉
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Kompyuterning uyqu rejimi va gibernatsiyasi haqida nimani bilish lozim?
• Gibernatsiya rejimini faollashtirish
• Windows 10’da gibernatsiya
• Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
• Kompyuterni o‘chirishni avtomatlashtirish
• Kompyuterni o‘chirish taymerini sozlash
• Kompyuterni ma’lum vaqtdan keyin qayta yuklash yoki o‘chirish
• SHUTDOWN buyrug‘i
• Buyruqlarni muayyan vaqtdan keyin bajarish
• Noutbukning ustki qismini yopgandagi amalga oshiriladigan harakatlarni sozlaymiz
• Noutbuk (laptop)ni tezkor quvvatlash
• Microsoft Edge'ning uyqudagi varaqa (вкладка)lari uchun umumiy taym-ayt vaqtini sozlash
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Batareyalarga oid mavzularimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija