Buni barcha do'stlaringgizga ulashing!
Zero,yaxshilikning (savobning) o'lchovi yo'q!
Inqirozga qarshi choralarning eng asosiy jihatlaridan biri – bu transport yo’llari va kommunikatsiyalar, avvalambor, sotsial infratuzilmani, jumladan, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi tarmoqlarini,xizmat sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarda yangi qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish va shularning hisobidan biz
uchun o’ta dolzarb vazifa bo’lmish yangi ish o’rinlarini barpo etish
masalalari e’tiborimiz markazida turganini ta’kidlash kerak.
Joriy etilayotgan dasturdan eng katta o’rin olgan asosiy
maqsadlarimizdan biri mamlakatimizning moliya-bank, kredit tizimini
yanada mustahkamlash, ularning real sektorga ijobiy ta’sirini kengaytirish,xorijiy investitsiyalarni, avvalo, to’g‘ridan-to’g‘ri investitsiyalarni
yurtimizga olib kelish uchun kerakli sharoit tug’dirib berish va
rag’batlantirish masalalaridir, desak, hech qanday xato bo’lmaydi-Islom Karimov
2009-yil, 1-sentabrdagi nutqdan
Bobom Hikmatlari kanali
Chetdan turib bizga turli xildagi puch tavsiyalarni o'tkazishga qaratilgan har qanday urinishlardan voz kechib, o'z aql zakovatimizni ishlatib, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lini
tanlaganimiz ayni muddao bo'ldi. Ya'ni, boshqacha qilib aytganda, sirti yaltiroq ichi qaltiroq, shok
terapeyasiga o'xshagan, bizga nomaqul bo'lgan usullarga berilmasdan,
chetdan maslahatchilarni olib kelmasdan, oqibatini o'yab, yangi jamiyat,
yangi iqtisodiyotni qurishda vazminlik bilan, shoshilmasdan siyosat olib bordik-Islom Karimov
2009-yil, 1-sentabrdagi nutqdan
Bobom Hikmatlari kanali
Diqqat❗️
Ko'pchilikning talabiga binoan marhum yurtboshimiz Islom Karimovga bag'ishlangan kanal ochildi!
U yerda siz:
Vatanimizning mustaqillikga erishishdagi qiyinchiliklari haqida
I.A.Karimov fikrlari
I.A.Karimov kitoblari
Hamda ko'pgina ajoyib maqolalar sizni kutyapti!
@BobomHikmatlari
🔅U L A N I S H
Mana shunday yorug‘ kunlarga yetib kelishda o‘zini ayamasdan, fidokorona mehnat qilgan, O‘zbekistonning og‘ir yukini o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan barcha-barcha yurtdoshlarimizga, mo‘tabar keksalarimizga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan tashakkur bildirishni ham qarz, ham farz, deb bilaman. -Islom Karimov
2009-yil, 26-avgustdagi nutqdan
Bobom Hikmatlari kanali
Yurtimizda yangi jamiyat barpo etishda biz tanlagan va bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirilyotgan islohotlar modeli ayni shu kunlarda, yani butun dunyo boshidan kechirayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida amalda naqadar tog'ri ekanini va xalqimizning manfaatlariga to'liq javob berayotganini hayotning o'zi tasdiqlab bermoqda.
Buning yaqqol isboti oxirgi yillarda va shu yilning oxida iqtisodiyotimizning barqaror sur'atlar bilan o'sib, yangi marralarga
ko'tarilib, yurtimizning qiyofasi tobora o'zgarib, yanada obod
bo'layotganida, aholimizning hayot darajasi, oylik va daromadlari uzluksiz
yuksalib borayotganida yorqin namoyon bo'lmoqda.
-Islom Karimov
2009-yil, 31-avgustdagi nutqdan
Bobom Hikmatlari kanali
E'lon!
Ko'rayotganinggizdek auditoriyamiz kengaymoqda.
Bunga o'zining ulkan hissalarini qo'shgan:
@Latifa_uz
@Tabassum
@Hangoma_Tv
@BuyuklikSirlari
Kanallari adminastorlariga o'z jamoamiz nomidan chin yurakdan rahmat deymiz!
Bugun hech kimga sir emaski, ozodlik va erkinlikka, o‘z taqdirini o‘z
qo‘liga olishga intilgan dunyodagi bironta xalq mustaqillik degan ulug‘ va
bebaho ne’matni, siyosiy va iqtisodiy tobelik va qaramlik zanjirlaridan
ozod bo‘lishni hech qachon osonlik bilan qo‘lga kiritgani yo‘q.
Bu azaliy haqiqatni biz o‘z tariximizda angladik, boshimizdan
o‘tkazdik. -Islom Karimov
2009-yil, 31-avgust dagi nutqdan
Bobom Hikmatlari kanali
Buni barcha do'stlaringgizga ulashing!
Zero,yaxshilikning (savobning) o'lchovi yo'q!
''Yillar,asrlar sinovida toblangan,ko'pni ko'rgan,bugun erkinlik xavosidan nafas olib yashayotgan, o'z qadr-qimmatini, insoniy sha'nini, ne-ne ulug' zotlarning vorislari ekanini o'zligini anglagan, milly g'urur va iftixorini tiklagan,xalqaro maydonda o'ziga munosib o'rin egallab borayotgan,o'z kuchi va ertanggi kuniga ishongan,o'z yurti,o'z farzandlarining kelajagi farovon bo'lishiga intilyotgan bizning xalqimizni xech qanday kuch to'xtatolmaydi"- I.A.Karimov
(Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir)
Bobom hikmatlari kanali
Aziz do'stlar, birodarlar, bugun manashunday hal qiluvchi damlarni boshimizdan kechirayotgan ekanmiz, ertangi kunimiz yanada obod bo'lishi, O'zbekistonimizning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi
uchun puxta o'ylangan dasturlarni qabul qilayotgan ekanmiz, hech qachon qo'lga kiritgan yutuqlardan boshimiz aylanib, oyog'imiz yerdan
uzilmasligi kerakligini, bu yo'lda har bir qadamni haqiqatan ham yetti
o'lchab bir kesgan holda qo'yish lozimligini unutmasligimiz zarur-I.A.Karimov
2009-yil, 1-sentabrdagi nutqdan
Bobom Hikmatlari kanali
Mustaqillik degan ulug' ne'mat uchun katta rahmat sizga,bobojon!
@BobomHikmatlari kanali
Do'stlaringizga ham ulashing kanal manzili: 👇
https://telegram.me/joinchat/ABDyVD80MGLRYVimwavIeg
"Tarixni unutgan xalq, jamiyat o'z yo'lini yo'qatadi.Bunday xalq va jamiyatning kelajagi yo'q"-I.A.Karimov
Bobom Hikmatlari kanali
Hayotimizning ma'no mazmuni, maqsadlari o'zgarishi bilan xalqimizning, avvalo, yoshlarimizning ongu tafakkuri, dunyo qarashi,
fikrlashi, siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligi yuksalib borayotganini va bunday ijobiy o'zgarishlar bugungi va ertangi yutuqlarimizga mustahkam zamin tug'dirayotganini katta mamnuniyat
bilan takidlaymiz-Islom Karimov
Bobom Hikmatlari kanali
"Marrani katta qo'yinglar!"
Siz aytgan har bir so'zinggizga amal qilamiz,bobojon!
/channel/BobomHikmatlari/468
Men bir narsaga aminman – bizning hayotimizga, avvalo, farzandlarimiz, bolalarimizning ongi va qalbiga hech qanday chegarani,hech qanday g‘ov-to‘siqni bilmaydigan musiqa sadolari, mumtoz kuy va qo‘shiqlar qanchalik chuqur kirib borsa, bu o‘z navbatida xalqlarni bir-biriga yaqin qilishga, hamkorlik va do‘stlikka da’vat etadi va tom ma’noda yengilmas kuchga aylanib qoladi.
-Islom Karimov
2009-yil, 26-avgustdagi nutqadan
Bobom Hikmatlari kanali
Nega milliy ong,milliy g'urur,milliy mafkura haqida jon kuydirib gapiramiz?Buning sababi shuki,biz O'zbekistonimizni buyuk davlatlar qatoriga qo'shishga axdu paymon qildik.Bolalarimizni,yigit-qizlarimizni shu g'oyaga qattiq ishonadigan buyuk davlat fuqoralari,buyuk davlatga munosib farzandlar etib tarbiyalashimiz lozim.
Milliy timsollar va ramzlarning xar biri buyuk g'oyaga,milly g'ururimizni yuksaltirishga xizmat qiladi.Ularning xar biri- katta bir darslik,kuchli tarbiya vositasidir.
-Islom Karimov
Bizdan ozod va obod vatan qolsin kitobidan
Bobom Hikmatlari kanali
САМАРҚАНДДА УЛУҒБЕК КЎЗЁШИГА ЧЎМДИМ МЕН
Самарқандда Улуғбек кўзёшига чўмдим мен,
Лавҳул Маҳфузни ўйлаб,
Ҳақ амрига кўндим мен.
Ер усти бойликларин тортар экан ер ости,
Хизр ёнига нодир хазинамни кўмдим мен.
Яна тонглар отиб кун кулгайми-кулмагайми,
Кимни бой берди дунё, билгайми-билмагайми?
Сайёралар юз йилда ёзаркан бир дастурхон,Бундай меҳмон минг йилда келгайми-келмагайми?
Юрт бошига тош тушса, Юртбошига тегар тош,
Юртдошидан тош учса, Юртбошига тегар тош.
Мана, тошюраклар ҳам эриди сел-сел бўлиб,
Мана, кўзи қизариб, елкасилкиб эгар бош.
Регистон майдонида туш кўргандай юрдим мен,
Уйғонай деб юзимга кўзёшдан сув урдим мен.Шоҳизинда ёнида фариштадай оқсоқол«Етим қолдим, отам»лаббўзлаганин кўрдим мен.
Ширин жонин буғдойдайерга сочган отам-а,
Маънавият дурларин дилга сочган отам-а.
Сўнгги нафасигача юртим деб ёнган олов,
Умрини харжлаб-харжлаб, элга сочган отам-а.
Йиғласанг ҳам мунғайма, ғаним хандон бўлмасин,
Ўзингни йиғ, бардам бўл,қаддинг камон бўлмасин.
Тўн кийиб бел боғласа, курашга киргай ўзбек,
Ўзбекистон, жигарим, кўнглинг ёмон бўлмасин.
Чақмоқдек мусибатга тоғу тошдек бардош бор,
Елкангга бошин қўйган қавми инсон, қардош бор.
Отанинг ғоялари қоялардек мангулик,
Шери мардга муносиб арслонпанжа издош бор.
Юракларга қувватдир ёниқ шону шукуҳи,
Бирлаштирди ҳаттоки элни қайғу-андуҳи.
Ёди ҳамиша ёдда, исми тилларда дуо,
Ҳумоқушга айланиб, ёғду сочади руҳи.
Бу ҳаёт абадийдир, жилға сойига етди,
Жаннат барпо этган зот жаннатжойига кетди.
Ўзи бизга қайтарган даҳоларнинг ёнига,
Буюк Соҳибқироннинг қурултойига кетди!
Иқбол Мирзо,Ўзбекистон халқ шоири