iqtidorly | Неотсортированное

Telegram-канал iqtidorly - iQtidorly

6184

@iQtidorly - yoshlarning ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish va ularni tizimli qoʻllab-quvvatlash platformasi! https://t.me/boost/iqtidorly

Подписаться на канал

iQtidorly

📌 Navbatdagi STEM zakovat Nukus shahrida boʻlib oʻtadi.

Roʻyhatdan o’tish uchun
izohlarda + belgisini qoldiring!

❗️ Yodda tuting, g‘oliblarni qimmatbaho sovgʻalar kutmoqda!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

💡 Sizda startup g‘oya bor, lekin uni qanday monetizatsiya qilishni o'ylayapsizmi?

🎙 20 yildan ortiq xalqaro va milliy tashkilotlarda faoliyat yuritgan, BMT bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan Usmon Rakhimjanov bilan birgalikda startuplar va biznes yaratishning nozik sirlarini o‘rganing.


Ushbu seminar orqali siz:

Raqamli dunyoda muvaffaqiyatli biznesni qanday yaratishni bilib olasiz.

Innovatsion g‘oyalaringizni qanday rivojlantirishni o‘rganasiz.

Xalqaro tajribadan qanday foyda olish mumkinligi haqida foydali maslahatlar olasiz.

📅 Sana: 17-oktabr
🕣 Vaqt: 20:00
💻 Platforma: Zoom (Havola)

🤝 Shu sohada bilim olishni maqsad qilgan do'stingizga ham ulashishni unitmang!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

🚀 STEM zakovat endi Qoraqalpog‘istonda!

Fizika bo‘yicha bilimlaringizni sinashga tayyormisiz? Ilm-fanga qiziqadiganlar va yangi bilimlarni oluvchilar uchun bu musobaqa ayni muddao!

📅 Sana: 2024-yil 20-oktabr.
📌 Manzil: Nukus shahar, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

🏅 Mukofotlar:
1-o‘rin – 700,000 so‘m
2-o‘rin – 500,000 so‘m
3-o‘rin – 300,000 so‘m

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Hoziroq siz ham roʻyxatdan oʻting!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

00:00:10 Azizbek Muxtorov kim?
00:01:27 Miya ilmi haqida qisqa.
00:03:48 Ingliz tilini 10 yil o'rganishimiz shartmi? 5 yoshda 4 til! (Jamshidbek Miya ilmiga qanday kirib keldi)
00:09:03 Neuroscience nima?
00:12:19 Miya qanday boshqariladi?
00:15:14 Miyani "kuchaytirish" mumkinmi?
00:21:08 G'azab va uni nazorat qilish haqida aktual savol.
00:26:27 O'zbekistonda birinchi olimpiada haqida qisqacha.
00:28:45 Miya ilmi — tibbiyotmi yoki psixologiya?
00:32:28 'International Brain Bee' (IBB) olimpiadasi haqida batafsil.
00:37:00 IBB'da qatnashish uchun talablar.
00:40:15 IBB'dagi savollar darajasi.
00:46:07 Miyashunos loyihasi va O'zbek Miyashunoslar Jamiyati haqida.
00:51:29 Miya ilmini o'rganishga 'motivatsiya' qayerdan keldi?
00:54:29 Bu sohani o'qib qanday kasb egasi bo'lish mumkin?
00:58:15 Tinglovchimizdan juda ajoyib savol - IBB Olimpiadasida qatnashishning nima foydasi bor?
01:03:14 Suhbat yakuni.

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

🙌 Ovozli chatimizni boshladik.

🧠 Savolaringizni bu yerda qoldirishingiz mumkin.

Читать полностью…

iQtidorly

🧠 Payshanba mehmoni - Ovozli chat 🎙

🆙 Bu payshanba kuni kechga sizlarni Miya ilmi (Neuroscience) va Erta yoshdagi ta'lim bo'yicha haqiqiy bilimdonlar – yosh tadqiqotchilar Azizbek Muxtorov va Jamshidbek Izzatulloh bilan qiziqarli ovozli chatga taklif qilamiz!

Suhbat davomida quyidagi qiziq mavzularni muhokama qilamiz:

🟢 Miya ilmi (Neuroscience) ning naqadar muhimligi;
🟢O‘zbekistonda ilk marotaba rejalashtirilgan Neuroscience bo‘yicha olimpiada;
🟢Miyashunos jamiyati va boshqa dolzarb yangiliklar;

🤝 Va albatta, sizlarning barcha savollaringizga javob beramiz! Savollaringizni hoziroq qoldiring, biz ularni albatta ovozli chatda ko‘rib chiqamiz.

Ovozli chatimizni do‘stlaringiz bilan ulashing va siz kabi iqtidorli yoshlar jamoasini qo'llab-quvvatlang.

Payshanba, soat 18:00 - 19:00
🔗 Havola!

☄️ Sizni kutamiz! ☄️

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

🤔 Aql va tanangizni qayta quvvatlashga tayyormisiz?
🚀 Sizni unutilmas sayohat kutmoqda!

🌟 IQtidorly jamoasini yaqindan tanish uchun ajoyib imkoniyat!

🌟 Sayohatda sizni nimalar kutmoqda?

1️⃣Quyosh Fizikasi Institutiga ekskursiya – quyosh energiyasi va ilm-fanni o‘rganing.
2️⃣ So‘qoq o‘rmonida sayr – tabiat qo‘ynida dam oling.
3️⃣ So‘qoqda tushlik – mazali va maroqli hordiq.

Bu sayohatda siz tengdoshlaringiz bilan ajoyib jamoa yaratish imkoniga ega bo‘lasiz.

📅 Sana: 6-oktabr, yakshanba
Jo‘nab ketish: 7:30
📌 Manzil: Toshkent, Alisher Navoiy ko‘chasi, 11

💸 To‘lov: 229 000 so‘m (transport, institutga kirish, gid, tushlik).
📸 BONUS: Professional fotosessiya.

🎟️ Joylar cheklangan! Hoziroq ro‘yxatdan o‘tish uchun izohlarda “+”qoldiring.
👉 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

😉 Xoʻsh, yangilikka tayyormisiz?

👨‍💻 Ko’p mehnat qilib, o’z ustingizda ishlab, charchagan bo’lsangiz kerak.

🎉 Bizda esa ajoyib taklif bor!
Sog’ tanda sog’lom aql deganlaridek, barcha iqtidorli yoshlarimizni bir joyga jamlagan holda, ham bilim, ham orom oladigan 3 tasi birda boʻlgan sayohatga sizni taklif qilmoqchimiz. Avvaliga, Fizika quyosh institutiga ekskursiya, undan so’ng So’qoq o’rmonida sayr. Bu esa dam olish uchun ayni muddao. Ha aytgancha, do’stlaringizni ham taklif qilish esdan chiqmasin.🙃

📍 Manzillar:
1. Fizika-Quyosh instituti;
2. Soʻqoqda tushlik;
3. Soʻqoq oʻrmonida sayohat.

📅 Sana: 6-oktabr, yakshanba
Joʻnab ketish: 7:30
📌 Manzil: Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 11

💳 To’lov: 229 000 so’m
Ichiga oladi:

1. Qulay transport;
2. Quyosh institutga kirish puli;
3. Gid xizmati;
4. Tushlik.

💬 Bonus:
1. Professional fotosessiya.
2. Quvnoq jamoa muhiti.
Narx ichiga kirmaydi:
1. Shaxsiy harajatlar.

❗️Joylar soni cheklangan!
Hoziroq havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://docs.google.com/forms/d/1Pv-I80dHOSuLSAXCk-QrvkbyUfAPpRinnaZrbhFQtRQ/edit

😉 Sizni oldinda ajoyib sayohat kutmoqda!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

Bilganingizdek, iQtidorly loyihasi tomonidan STEM zakovat tashkil qilindi. Jarayonlarni video orqali koʻrishingiz mumkin.

🤔 Keyingi zakovat oʻyini qaysi fandan boʻlishini xohlaysiz?

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

📸 STEM Zakovat: Kimyo tadbiri suratlari

Loyihaning barcha suratlarini bir faylga jamladik. Ushbu havola orqali tadbir taassurotlari bilan tanishishingiz mumkin.

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

STEM Zakovat sovrindorlari uchun mukofotlarni eslatib oʻtamiz:

🥇1-o'rin: 700 ming soʻmlik pul mukofoti
🥈 2-o'rin: 500 ming soʻmlik pul mukofoti
🥉 3-o'rin: 300 ming soʻmlik pul mukofoti

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

Salom, «iQtidorly»lar! Bugun 22-sentabr, STEM Zakovat: Kimyo yoʻnalishi tadbiri boʻlib oʻtishini eslatib oʻtmoqchimiz. Sahifamizda tadbirga oid yangiliklarni ulashib boramiz.

Jamoalarni bugun soat 10:00 da Kimyo xalqaro universitetida kutib qolamiz.

Yuqorida manzil va oʻtkaziladigan binoni topish boʻyicha yoʻriqnoma qoldirdik. Tadbirda koʻrishguncha 👋

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

⚡️ STEM Zakovat: Kimyo yoʻnalishi boʻyicha yangiliklar bilan oʻrtoqlashamiz

Yoshlarimizning kimyo sohasida o‘z bilimlarini jamoaviy tarzda sinovdan o‘tkazishga maydon vazifasini oʻtovchi STEM Zakovat: Kimyo yoʻnalishi oʻtkazilishi boʻyicha muhim yangiliklarni eʻlon qilamiz.

Tadbir tafsilotlari:

📆 Sana: 22-sentabr
Vaqt: 10:00
📌 Manzil: KIUT (Yodju) universiteti

Tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan hamkorlarimiz Qurbonov School va Toshkent Xalqaro Kimyo Universitetiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz bu tadbirni yanada yuksak darajada o‘tishiga sabab bo‘lmoqda.

🔬 Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz, tadbirda koʻrishguncha!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

📊 iQtidorly Amaliyot/Ambassador dasturi raqamlarda

Loyihaga qiziqish bildirgan va hujjat topshirgan barcha harakatchan yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildirgan holda, iQtidorly Amaliyot/Ambassador dasturiga arizalar qabuli yopilganini eʻlon qilamiz.

👇 Quyida dastur doirasidagi raqamlar bilan tanishishingiz mumkin:

Umumiy hujjat topshirgan nomzodlar soni: 89 ta (ulardan 78 ta amaliyot
11 ta ambassador dasturiga)

Top yoʻnalishlar:
- Data Analyst (15)
- No-code Devs (10)
- Lawyers (10)
- Project Manager/Coordinator for STEM Zakovat (9)
- Partnership Manager (8)
- Boshqa soha tanlaganlar(13)

Loyihani yoshlar orasida keng targʻib qilishga yaqindan yordam bergan quyidagi Karyera markazlariga minnatdorchilik bildiramiz:

✔️ Yangi O'zbekiston Universiteti
✔️ Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitet
✔️ Toshkent Shahridagi Webster
✔️ Toshkent Shahridagi Inha Universiteti
✔️ British Management Universiteti
✔️ ITStarsAsia hamjamiyati

Ikkinchi - suhbat bosqichiga muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga xabarnomalar yuborildi. Dasturga qiziqish bildirgan va hujjat topshirgan barchaga tashakkur aytamiz. Har biringiz o‘z kelajagingiz uchun ulkan qadam qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldingiz!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

🎓 Amaliyot – karyerangiz uchun muhim qadam!

Salom, iQtidorly yoshlar! 👋

Muvaffaqiyatli karyera qurish zamirida boy tarjiba va amaliyot yotishi hech kimga sir emas. Amaliyot dasturlari nafaqat tajriba orttirish uchun, balki sizni kasbiy jihatdan rivojlantirish uchun ham oʻta muhim!

🔑 Stajirovkaning asosiy afzalliklari:

1️⃣ Amaliy tajriba: Oʻqishda olingan nazariy bilimlarni real hayotda sinab koʻrish imkonini beradi. Bu orqali siz mutaxassislik boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlasiz va o‘z sohangizni yaxshiroq tushunasiz.

2️⃣ Tarmoq yaratish: Amaliyot vaqtida siz sohaga oid mutaxassislar bilan tanishib, kelajakda ish topishda yordam beradigan professional aloqalar oʻrnatasiz.

3️⃣ Qobiliyatlarni rivojlantirish: Real ish muhitida muammolarni hal qilish, tezkor qarorlar qabul qilish va jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirasiz.

4️⃣ Ishga joylashish imkoniyati: Koʻplab kompaniyalar muvaffaqiyatli amaliyotchilar uchun doimiy ish taklif qilishadi. Amaliyot sizni kelajakda barqaror ish topishga tayyorlaydi.

5️⃣ Rezyumeni boyitish: Rezyumeda amaliyot ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu sizning ishga qabul qilinishingiz uchun katta ustunlik beradi, chunki ko‘pgina ish beruvchilar real ish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlarni tanlashadi.

Nega amaliyot muhim?

Amaliyoy – bu ish qidirish jarayonida sizga sezilarli ustunlik beradi. Bozorda ish beruvchilar amaliy tajribaga ega bo‘lgan nomzodlarni izlashadi, shu sabab amaliyot bu tajribani orttirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

📆 Biz bilan amaliyot oʻtash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Ro‘yxatdan o‘ting va kelajakdagi karyerangiz uchun birinchi qadamni qo‘ying.

🧑‍💻 Ro’yxatdan o’tish

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

Tilimizga hurmatni OʻZIMIZDAN boshlaylik!

Ushbu rolik 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Mutolaa" jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇
Telegram | Instagram | Facebook | Ilova

Читать полностью…

iQtidorly

⭐️ Salom, «iQtidorly»lar! Bugun yaxshilik qilish va atrofimizdagilarga yordam berishning ahamiyati haqida gaplashamiz. Yaxshilik qilsangiz, hayotingizda ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.

Yaxshilikning asosiy jihatlari:

Yordam qo‘lini cho‘zing: Atrofingizdagilarga yordam berishga harakat qiling. Bu nafaqat boshqalarga foyda keltiradi, balki sizning ham hayotingizni boyitadi.
Ehtiyotkorlik va mehribonlik: Har doim boshqalar bilan ehtiyotkor va mehribon bo‘ling. Bu sizning munosabatlaringizni mustahkamlaydi.
O‘z-o‘ziga yaxshilik: O‘zingizga nisbatan ham mehribon bo‘lishni unutmang. O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish orqali boshqalarga ham ko‘proq yordam bera olasiz.

☀️ Kun iqtibosi:

"Yaxshilik qil, natijasini o‘ylama. Yaxshilik - o‘zi eng katta mukofotdir." - Mahatma Gandi


Shu hafta boshqalar uchun yaxshilik qilish va dunyoga biror narsa qo‘shish yo‘lida harakat qiling!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

iQtidorly loyihasi tomonidan Fizika quyosh instituti va soʻqoq oʻrmoniga boʻlgan sayohatdan lavhalar.

🔥 Bu videoda siz ham atmosferani his qilishingiz mumkin. Xoʻsh, keyingi sayohatimiz qayerga boʻlishini xohlaysiz?

Izohlarda oʻz fikringizni yozib qoldiring.😊

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

STEM Zakovat endi Qoraqalpogʻistonda!

Sizga yana bir ajoyib yangilikni eʼlon qilamiz! Bu safar STEM Zakovat turniri Fizika faniga bagʻishlanadi va Qoraqalpogʻiston hududida boʻlib oʻtadi!

📅 Sana: 2024-yil 20-oktabr
📍 Manzil: Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Fizika boʻyicha bilimlaringizni sinovdan oʻtkazishga tayyor turing! 🚀🔬 Agar siz ilm-fanga qiziqsangiz yoki shunchaki qiyinchiliklarni yoqtirsangiz, bu imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🏅 Mukofotlar:
1-o‘rin: 700,000 soʻm
2-o‘rin: 500,000 soʻm
3-o‘rin: 300,000 soʻm

🔸 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Fizikaga qiziqqan barcha yoshlar va oʻquvchilar Qoraqalpogʻiston boʻylab ishtirok etishlari mumkin.


🔸 Jamoalar tarkibi:
5 kishidan iborat jamoalar, ammo agar yakka tartibda roʻyxatdan oʻtsangiz, biz sizga jamoa topib beramiz!


Bu imkoniyatni qoʻldan boy bermang – oʻzingizni sinovdan oʻtkazish, oʻrganish va fizika fani bilan qiziqarli vaqt oʻtkazish uchun biz bilan Nukusda boʻling! 💡

📣 Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

📢 iQtidorly jamoasi tomonidan Webster universiteti talabalari uchun tashkil qilingan xakaton mentorlik ma’ruzasiga qo‘shiling!

📖 Ma’ruzada GlobalMove IT kompaniyasining asoschisi va CEOsi, Toshkentdagi Google Developers Group (GDG) yetakchisi Nuruddin Iminoxunov ishtirok etadi.

🚀 Ushbu sessiya xakatonlarda muvaffaqiyatli MVP yaratish bo‘yicha qimmatli bilimlar hamda innovatsiyon gʻoyalarni yaratuvchilar uchun juda zarur bo‘ladi.

📆 Sana: 4-oktyabr
🕐 Vaqt: 15:00
📌 Joy: NH 412

Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, ko‘nikmalaringizni oshiring va oʻz loyihalaringizni yangi bosqichga olib chiqing!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

🔥 Doʻstlar, sizlar uchun ajoyib chegirma qilmoqchimiz?

❗️
Sayohat uchun belgilangan narx barcha uchun 229 ming 💸. Agarda siz iQtidorly loyihamizning birorta mashgʻulotida yoki oromgohga borgan boʻlsangiz, sizlar uchun 10% lik chegirma e’lon qilamiz. Agar loyihalarimizda ishtirok etmasdan yangi jamoaga qoʻshilib, bu sayohatga doʻstlaringizni taklif qilsangiz sizlar uchun yana 10% lik chegirma mavjud. Ushbu imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

😉 Hoziroq roʻyxatdan oʻting va unutilmas xotiralarga boy sayohatni biz bilan oʻtkazing!

👉 Havola!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

💐 Kasb bayramingiz muborak boʻlsin. Sizning mehnatingiz va sabr-toqatingiz har bir avlodning kelajagini yoritadi. Yosh avlodga bilim berishda hech ham toliqmang.

Ushbu bayramda sizga mustahkam sog'lik, cheksiz baxt va faoliyatingizda doimiy zafarlar tilaymiz!

iQtidorly jamoasi nomidan barchangizni muborokbod etamiz!


🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

😊 Xoʻsh, iqtidorli yoshlar dam olish kuningiz qanday oʻtmoqda?

Loyihamiz tomonidan sizlar uchun ajoyib yangilik bor. Qanday yangilik deb oʻylaysiz?
Izohda oʻz fikringizni qoldiring.
👇

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

🤖 Webster x iQtidorly

Toshkentdagi Webster Universitetida ta’lim olayotgan iQtidorly yoshlar bormi oramizda?

Biz yangi o’quv yilida yurtimizdagi Top oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ymoqdamiz.

Tez orada sizning ham oliygohingizda ko’rinish beramiz. Taklif qilasizlarmi?

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

📣 Kuni kecha tashkil etilgan STEM Zakovat loyihamiz natijalari bilan boʻlishamiz!

Bu tadbir nafaqat bilimlarni charxlash, balki yangi doʻstlar orttirish va bir-birlarini ragʻbatlantirish uchun ajoyib maydon vazifasini oʻtab berdi, degan umiddamiz. Har bir jamoa birgalikda munosib ishtirok etdilar.

Quiz gʻoliblarini bilan tanishing:

🥇-oʻrin: Aurum jamoasi – 700,000 soʻm pul mukofoti;
🥈-oʻrin: Sirius jamoasi – 500,000 soʻm pul mukofoti;
🥉-oʻrin: Stomatologlar jamoasi – 300,000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ushbu tadbirni koʻtarinki ruhda tashkillashtirishga yaqindan yordam bergan Qurbonov School va Kimyo xalqaro universitetiga, koʻngillilar va universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

Hurmatli STEM Zakovat ishtirokchilari!

Tadbir boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. Tez fursatda kelishingizni soʻrab qolamiz.

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

📣 Neuroscience olimpiadasi jamoasiga qoʻshiling!

Oʻzbekistonda ilk bor Yoshlar ishlari agentligi va iQtidorly loyihasi hamkorligi bilan tashkil etilayotgan International Brain Bee musobaqasining milliy bosqichini (National Brain Bee) oʻtkazish uchun jamoa tuzilmoqda.

🐝 International Brain Bee - oʻsmirlar uchun miya ilmiyoti(neuroscience)ga doir boʻlgan eng nufuzli xalqaro musobaqa hisoblanadi. 

Agar siz miya ilmini oʻrganishga, olimpiada va musboqalarni tashkilashtirishga va eng muhimi yurtimizdagi birinchi Yosh Neuroscienctistlar hamjamiyatiga qoʻshilishni istasangiz, arizani toʻldiring! 
 
🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

Ulug‘larimiz aytganlaridek, o‘g‘il bolani o‘qitsak, bir kishi savodli bo‘ladi. Qiz bolani o‘qitsak, butun oila, butun jamiyat bilimli bo‘ladi!”

- Shavkat Mirziyoyev.

👍“Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlagan video rolikni albatta tomosha qiling!

@ibratfarzandlari

Читать полностью…

iQtidorly

☀️ «iQtidorly»larga samarali va barakali hafta tilab qolamiz!

Ushbu hafta innovatsion fikrlash va uning ahamiyatiga e’tibor qaratamiz. Innovatsion fikrlash o‘z sohangizda yangilik qilish va o‘z salohiyatlaringizni kengaytirish imkoniyatini beradi.

💡 Innovatsion fikrlashning asosiy jihatlari:

Kreativlik: Yangicha fikrlash va yangi g‘oyalar yaratishga intiling. Bu sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Qiyinchiliklarni imkoniyat sifatida qabul qilish: Har qanday qiyinchilikni imkoniyat sifatida ko‘rib chiqish innovatsion yechimlarni topishga yordam beradi.
Doimiy ravishda yangi narsalarni o‘rganing: O‘zingizni doimo yangiliklarga ochiq tuting va yangi narsalarni o‘rganishga intiling.

Kun iqtibosi:

"Innovatsion fikrlash - bu kelajakni yaratishning asosiy yo‘li" - Stiv Jobs


Innovatsion fikrlash bilan hayotingizni va kelajakni o‘zgartiring! Shu hafta yangi g‘oyalarni amalga oshirishga intiling!

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…

iQtidorly

⚡️ iQtidorly'dan yoshlar uchun noyob imkoniyat!

Bugungi kunda muvaffaqiyatli karyera qurish, oʻz xohish-istak va koʻnikmalariga mos ish oʻrni topish yoki orzudagi ish oʻrniga munosib kadr boʻlish aksariyat yoshlarning ogʻriqli nuqtalaridan biri hisoblanadi.

🤔 Sizning ham hayolingizdan qachon, qayerga, qanday qilib kabi savollar kelgan boʻlsa kerak?


Biz, iQtidorli jamoasi, aynan shu boʻshliqqa yechim sifatida jamiyatga nafi tegishini va bu orqali ijtimoiy koʻnikmalarini shakllantirishni istagan koʻngilli yoshlarga/maktab bitiruvchilari, oliygoh talabalari hamda xorijiy top universitetlarga kirish ishtiyoqida boʻlgan yoshlar uchun iQtidorly amaliyot/ambassador dasturlarini taklif etamiz!

Biz nimalarni taklif qilamiz?

Keng imkoniyatlar: O'z ijtimoiy koʻnikmalaringizni oshiring va jamoaviy ishlash tajribasini orttiring.
Rasmiy tasdiqnoma: Loyihalarda ishtirok etganlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjatga ega boʻling.
Boy rezyume: Oʻz rezyumeyingizga orttirilgan tajriba va koʻnikmalaringizni qoʻshing.
Kuchli maqsadlar: Jamiyat uchun foyda keltiruvchi loyihalarda ishtirok etib, oʻz yoʻlingizni toping.

Jamoamizga siz kabi haqiqiy o‘zgarishlarni yaratishga kuch va xohishi baland yoshlar kerak! Sizni safimizga chorlab qolamiz!

📲Roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

🌟 Telegram | Instagram | Linkedin

Читать полностью…
Подписаться на канал