ilmziyonur | Неотсортированное

Telegram-канал ilmziyonur - Ilm ZIYO

358

📌 Maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar uchun: 📕 Elektron darsliklar. 📝 Barcha fanlardan ish rejalari. 📇 Fanlarga oid ko‘rgazmalar. 📽 Video va taqdimotlar. 📲 Kanalimizga ma’lumot joylashni hohlaysizmi, marhamat..! 👉 @Master_IlmZIYO 👈

Подписаться на канал

Ilm ZIYO

📌 Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani
🏢 56-sonli umumta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi
👩‍🏫 Xusan Samatov.
📆 «Noyabr» Fan oyligi uchun
Rus tili fanidan tayyorlagan

🎥 Videoroligi.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

📄 Tasviriy san'at va chizmachilik
ATTESTATSIYA SAVOLLARI
✄...........................................
➣ Яқинларга тарқатинг !
➫ «Ilm ZIYO» каналига уланинг👇
➥ Ⓜ️анзил: @ilmziyonur

Читать полностью…

Ilm ZIYO

2020 yil 21 sentyabr attestatsiya savollari va yechimlari.pdf
✄...........................................
➣ Яқинларга тарқатинг !
➫ «Ilm ZIYO» каналига уланинг👇
➥ Ⓜ️анзил: @ilmziyonur

Читать полностью…

Ilm ZIYO

✄...........................................
➣ Яқинларга тарқатинг !
➫ «Ilm ZIYO» каналига уланинг👇
➥ Ⓜ️анзил: @ilmziyonur

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Молия мактабларни текширса конспект ёзмаган ўқитувчига жарима солишга ҳаққи борми?

Халқ таълими вазирининг молиявий-иқтисодий масалалар бўйича ўринбосари Темур Комилов жавоб берди

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

15-февраль 2021-йил куни Музработ туманидаги 21- умумий урта таьлим мактабида шох ва шоир Захириддин Мухаммад Бобур таваллудининг 538 йиллигига багишланган тадбир булиб утди. Утказилган тадбирдан лавхалар.

Читать полностью…

Ilm ZIYO

#Сўраган_эдингиз

ЎҚУВЧИЛАР ИЖАРАГА БЕРИЛГАН ДАРСЛИКЛАРНИ ЙЎҚОТИБ ҚЎЙСА ЕТКАЗИЛГАН ЗАРАР ҚАНДАЙ ҚОПЛАНАДИ?

#Савол
Ассалому алайкум. Мен 9 синф раҳбариман. Бир ҳафтадан буён икки нафар ўқувчим мактабга айрим дарсликларни олиб келишмаётганди. Суриштирсак улар ижрага берилган дарсликларни йўқотиб қўйишган экан. Кутубхоначи энди ушбу дарсликлар пулини тўланг, сиз назорат қилиб туришингиз керак эди деяпти. Ўқувчилар дарсликларни асраб ишлатишини таъминлаш учун синф раҳбар масъулми? Ўқувчилар томонидан ижарага берилган китоблар йўқотиб қўйилса, етказилган зарар ким томонидан қопланиши керак?

#Жавоб
“Умумтаълим мактабларини дарсликлар ва ўқув-методик қўлланмалар билан таъминлаш тартиби тўғрисидаги низом”га мувофиқ дарсликлар ёки ўқув-методик қўлланмалардан фойдаланиш усулидан қатъи назар, улар йўқолган ёки фойдаланишга яроқсиз ҳолатга келиб қолган тақдирда, ўқувчининг ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар ёхуд ҳомийлар ёки ўқитувчилар зарарни ҳудди шундай дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалар билан қоплайди ёхуд унинг бирламчи ҳужжатларда (ҳисоб-фактурада, юк хатида) кўрсатилган қийматини қуйидаги миқдорларда тўлайди:

👉1 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун — унинг бир баравари миқдорида;

👉2 - 4 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун — унинг икки баравари миқдорида;

👉5 - 11 синф ўқувчиларининг ҳар бир дарслик ёки ўқув-методик қўлланмалари учун — унинг тўрт баравари миқдорида.

Умумтаълим мактаби кутубхона жамғармасидаги дарсликлар ва ўқув-методик қўлланмалар ҳисобининг юритилиши, улардан фойдаланилиши, уларнинг сақланиши, улар бўйича тўлов ҳужжатларининг мавжудлиги ва ҳаракати, шунингдек ўқувчилар орасида дарсликларни авайлаб-асраш туйғусини ривожлантиришга йўналтирилган тарбиявий ишлар умумтаълим мактабларининг кутубхоначилари томонидан олиб борилади.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

⚡️ XAYFSAN OLGAN XODIMGA MUKOFOT PULI BERISH MUMKINMI?

Mukofotlar – mehnat sohasida miqdor va sifat jihatidan yuqori natijaga erishilganda xodimlarni qoʻshimcha tarzda ragʻbatlantirish shakli hisoblanadi. Mukofotlarni davriy va bir yoʻla beriladigan mukofotlarga boʻlishimiz mumkin. Davriy mukofotlarning koʻpchiligi mehnatga haq toʻlash tizimiga kiritilib qoʻyiladi va ular ish haqi tarkibiga kiradi.

▪️ Ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi (MK-180 moddasi. 3-qismi). Demak, xayfsan olgan xodimga mukofot berilishi mumkin. Chunki mukofot puli muassasada oʻrnatilgan mehnat haqi tizimi boʻyicha toʻlanadi.

🔰 Mukofot pulini olish mumkin boʻlsa unda xodimga “Xayfsan” nima uchun beriladi, “Hayfsan” olgan xodimga aslida qanday imtiyozlar berilmaydi deyishingiz mumkin.

▪️ “Hayfsan” olgan xodimga XTB tomonidan beriladigan faxriy yorliqlar yoki davlat mukofotlari, esdalik koʻkrak nishoni yoki muassaning mehnat haqi tizimiga kiritilmagan qoʻshimcha toʻlovlar (mahalliy hokimiyat organi tomonidan beriladigan qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirishlar) berilmaydi.

🔰 XODIMGA MUKOFOT BERISH TARTIBI QANDAY?

▪️ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 29-bandiga muvofiq umumtaʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini umumtaʼlim muassasasini rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi va oʻz faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli toʻlash yoʻli bilan moddiy ragʻbatlantirish mumkin. Ushbu toʻlovlar Jamgʻarma mablagʻlari doirasidan kelib chiqqan holda, yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin.

🔰 “XAYFSAN” INTIZOMIY JAZOSINI MUDDATIDAN ILGARI BEKOR QILISH MUMKINMI?

▪️ Mehnat kodeksining 183-moddasiga muvofiq intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Lekin, bu degani intizomiy jazo chorasi xodimdan bir yilgacha olib tashlash mumkin emas degani emas. Intizomiy jazoni qoʻllagan ish beruvchi oʻz tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga koʻra jazoni bir yil oʻtmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Mexnat kodeksining 184-moddasiga muvofiq mehnat nizosini koʻrib chiqayotgan organ sodir etilgan nojoʻya xatti-harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning oldingi xulq-atvorini, mehnatga boʻlgan munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning ogʻirlik darajasiga qanchalik mos kelishini, ish beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya qilganligini hisobga olib, xodimga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazoni gʻayriqonuniy deb topish va uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.

▪️ Xulosa qilib aytadigan boʻlsak XTB yuristining xati-harakati noqonuniy. Bu masalada siz yuqori turuvchi organlarga shikoyat bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Ⓜ️ Xalq taʼlimi info

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

⚡️ SINF RAHBARI OʻQUVCHILARNING UYIGA BORISHGA MAJBURMI?

Sinf rahbarlari oʻquvchilarning ijtimoiy axvolini bilish maqsadida ular yashayotgan uyga borishi hususida “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomda aniq bir band keltirib oʻtilmagan.

Faqat mazkur nizomning bir bandida sinf oʻquvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagan oʻquvchilarning ota-onalari bilan telefon orqali bogʻlanib, darsga kelmaganlik sabablarini oʻrganish, natijalari boʻyicha maktab rahbariyatiga axborot kiritishlari lozimligi aytilgan.

Lekin, sinf rahbari taʼlim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida oʻziga biriktirilgan sinf oʻquvchilarining amalda belgilangan taʼlim va tarbiya olishlarini tashkil etishi lozim.

Shuningdek:
👉 Sinf rahbarlari oʻquvchilarning oʻsib-ulgʻayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat etish, yordamga muhtoj oʻquvchilarga yakka holda yondashishlari;

👉 “Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi faoliyatini keng tadbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini oʻtkazib borishi;

👉 Oʻquvchilarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, ota-ona qarovisiz qolgan, vasiylik va homiylikka berilgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilishlari lozim.

Shu sababli sinf rahbarlari oʻquvchilarni ijtimoiy axvolini bilish maqsadida taʼlim muassasasi rahbariyati orqali voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishlari lozim.

Yuqoridagilarga qoʻshimcha sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oʻquvchilarning rivojlanishidagi (aqliy, jismoniy, hissiy), turli koʻrinishdagi ijtimoiy rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularni psixologik-pedagogik jihatdan tuzatish ishlarini amalga oshirish maktab psixologining vazifasi hisoblanadi.

Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak sinf rahbari oʻquvchilarining ijtimoiy axvolidan ham xabardor boʻlib turishi lozim. Bu ishlarni MFY xodimlari, profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda yoki telefon orqali amalga oshirishi sinf rahbarining oʻz ish uslubiga bogʻliq. Muhimi oʻquvchilarning ijtimoiy axvolidan xabardor boʻlib, oʻlarga yaqindan yordam berish hisoblanadi.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

#metodik_xizmat
🔹Metodbirlashma a'zolarining vazifalari nimalardan iborat?

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

​Aqlli inson hech qachon 5 baho olishga harakat qilmaydi, chunki u 5 baho hech narsaga arzimasligini yaxshi biladi.

© Natali Portman

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

#мактаб_битирувчиларига
📹 Бу йил кириш имтиҳонида максимал балл қанча бўлади?

▪️«2 та мутахассислик ва 3 та мажбурий фандан максимум 280,5 балл тўплаш мумкин», – дея маълумот берди ДТМ бош бошқарма бошлиғи Фарҳод Мирзаев Хpress.uz га берган интервюсида.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

#мактаб_битирувчиларига
Бу йилги тестларда саволлар ўтган йилгидек осон бўлмайди. Мантиқий саволлар кўпайтирилади

Бу ҳақда ДТМ бош бошқарма бошлиғи Фарҳод Мирзаев Xpress.uz га берган интервьюсида маълум қилди.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Ш.Мирзиёев: «Болаларимизни телефон тарбиялаяпти»

Президент бу масалага жиддий эътибор қаратиш зарурлигини қайд этди.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

​​Эслатиб ўтамиз ҳозирда ФЕВРАЛЬ фан ойлиги яъни:
📌 Математика
📌 Информатика ва ахборот технологияси
фан ойликлари ўтказилмоқда.
Барча ўқитувчиларни фан ойликларида бажараётган ишларингиз учун омад тилаймиз.
Каналимизга маълумот жойлашни истасангиз


👉 @ilmziyo_xizmati 👈

га мурожаат қилишингиз мумкин.

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Sirdaryo_test
📗Tasviriy_sanat
📗Chizmachilik
✄...........................................
➣ Яқинларга тарқатинг !
➫ «Ilm ZIYO» каналига уланинг👇
➥ Ⓜ️анзил: @ilmziyonur

Читать полностью…

Ilm ZIYO

📄 Tasviriy san'at va chizmachilik
ATTESTATSIYA SAVOLLARI
✄...........................................
➣ Яқинларга тарқатинг !
➫ «Ilm ZIYO» каналига уланинг👇
➥ Ⓜ️анзил: @ilmziyonur

Читать полностью…

Ilm ZIYO

✔️Rus tili
✔️2-toifa
1-variant
Attestatsiya savollar
✄...........................................
➣ Яқинларга тарқатинг !
➫ «Ilm ZIYO» каналига уланинг👇
➥ Ⓜ️анзил: @ilmziyonur

Читать полностью…

Ilm ZIYO

✔️Rus tili
✔️2-toifa
2-variant
Attestatsiya savollar
✄...........................................
➣ Яқинларга тарқатинг !
➫ «Ilm ZIYO» каналига уланинг👇
➥ Ⓜ️анзил: @ilmziyonur

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 56-sonli umumta’lim maktabida Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Битирувчиларнинг баҳоларини ОТМга кириш имтиҳонида инобатга олиш тартиби эълон қилинди

Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий ўрта, ўрта махсус таълим муассасалари ва касб-ҳунар мактаблари битирувчиларининг баҳоларини олий таълим ташкилотига кириш имтиҳонларида инобатга олиш тартиби тўғрисида”ги қарори лойиҳаси эълон қилинди.

Қарор лойиҳаси Президентнинг “Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан соҳаларини ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” 2020 йил 6 ноябрдаги ПФ–6108-сон фармонида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш ҳамда абитуриентларни олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишда кириш имтиҳонларини такомиллаштириш мақсадида ишлаб чиқилди.

Фармоннинг 10-бандига мувофиқ, 2022/2023 ўқув йилидан бошлаб умумий ўрта, ўрта махсус таълим муассасалари ва касб-ҳунар мактаблари битирувчиларининг шаҳодатномаси (диплом иловаси)га мажбурий 11 йиллик таълимнинг сўнгги 6 йиллик баҳолари ўртача кўрсаткичи киритилади ва ушбу кўрсаткич 2023/2024 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотига кириш имтиҳонларида инобатга олинади.

Ўрта, ўрта махсус таълим муассасалари ва касб-ҳунар мактаблари битирувчиларининг баҳоларини олий таълим ташкилотига кириш имтиҳонларида инобатга олиш тартибини Давлат тест маркази Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳамда Халқ таълими вазирлиги билан биргаликда 2021 йил 1 июнга қадар ишлаб чиқиши белгиланган.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

#Биласизми

МАКТАБ ПСИХОЛОГИДА ҚАНДАЙ ҲУЖЖАТЛАР БЎЛИШИ КЕРАК?

🔰Умумий ўрта таълим мактаби (мактаб-интернат) психологлари ўқувчиларни муассасаларда тарбиялаш ва ўқитиш жараёнида руҳий, жисмоний (соматик) ва ижтимоий фаровонлигини муҳофаза қилишга йўналтирилган касбий фаолиятни амалга ошириб, улар қуйидаги ҳужжатларни юритиши керак:

1. Йиллик режаси ва ҳисоботлари;

2. Дарсларни кузатиш юзасидан психологик таҳлил ва тавсиялар;

3. Психологик профилактик ишларини қайд этиш дафтари;

4. Индивидуал ва гуруҳий психологик-педагогик ташхис ишларини қайд этиш дафтари;

5. Коррекцион-ривожлантирувчи машғулотларни қайд этиш дафтари;

6. Вояга етмаганлар ўртасида жиноятчилик, ҳуқуқбузарлик ва ўз жонига қасд қилишни олдини олиш бўйича иш режаси ва ҳисоботлар;

7. Психологнинг индивидуал ва гуруҳий маслаҳатларни қайд этиш дафтари;

8. Касб-ҳунарга йўналтириш бўйича чора-тадбирлар режаси ва ҳисоботлар.

Эслатиб ўтамиз, умумий ўрта таълим мактаби (мактаб-интернат) психологларининг иш ҳужжатлари Республика ташхис марказининг 2020 йил 29 сентябрдаги 01/10-01-256-сонли хатига асосан 27 та папкадан 8 тага қисқартирилиб, ихчамлаштирилган.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

⚡️ ATTESTATSIYADAN OʻTA OLMAGAN XODIMNI ISHDAN BOʻSHATISH MUMKINMI?

▪️ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 392-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 67-bandi v kichik bandiga muvofiq ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr baholash mezonlarining har biridan:
▫️ 65 foiz va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
▫️ 64 foizdan 60 foizgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
▫️ 60 foizdan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilsin” (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno).

💁‍♂ Shu qoidaga koʻra siz 2 malaka toifasiga tushirilgan hisoblanasiz.

Endi qarang! Nizomning 68-bandiga muvofiq attestatsiya komissiyalari mutaxassis, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadrlar boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ular navbatdan tashqari malaka oshirish kurslariga yuboriladi hamda keyingi yilda qayta attestatsiyaga jalb etiladi.

❗️Shuningdek, attestatsiya komissiyalari qayta attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar boʻyicha “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas” qarorini qabul qilsa, ish beruvchi tomonidan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat haqidagi qonunlarda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

☝️Yuqoridagi qoidalardan koʻrinib turibdiki, siz mutaxassis toifasidagi atesstatsiyadan oʻtmagan taqdiringizda, sizlarni navbatdan tashqari malaka oshirishga yuborish kerak edi.

❗️Malaka oshirishdan soʻng keyingi yil siz qayta attestatsiyadan topshirishingiz kerak. Shundan keyin yana oʻta olmasangizgina sizni ishdan boʻshatish mumkin boʻladi.

✅ Shunday ekan, siz bu vaziyatda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasiga murojaat qilishingiz lozim.

Manba

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

#metodik_xizmat #fan_oyligi #tavsiya
🔹Aniq fanlar fan oyligini tashkil etish boʻyicha tavsiya

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

ХТВ ноҳақликка дуч келган ўқитувчилардан 1006 рақамига мурожаат қилишни сўради

Халқ таълими тизимидаги ходимлар иш ҳақидан ёзма розиликсиз ёки мажбурий ушлаб қолишлар, умуман, халқ таълими тизимидаги ходимларга қилинган ноҳақликлар кузатилганда, 1006 ёки +998999881006 рақамлари мурожаат қилишлари мумкин.

👉 https://kun.uz/46810751

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Бу йил кириш имтиҳонларида 5та фандан тест олинадими?

«Ҳа. Абитуриентлар бу йилги имтиҳон учун 2та мутахассислик ва 3та мажбурий фандан тайёргарлик кўриши лозим», – деди ДТМ бош бошқарма бошлиғи Фарҳод Мирзаев Xpress.uz'га берган интервьюсида.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Aбитуриентлар 5та эмас, исталганча йўналиш танлаши мумкин бўладими?

ДТМ бош бошқарма бошлиғи Фарҳод Мирзаев берган интервьюсида маълум қилишича, ҳозирча бу – таклиф. Лекин маъқулланса, абитуриент ўзи имтиҳон топширган фанлар тўғри келадиган барча йўналишлар танловида қатнашиш имконига эга бўлади.
манба

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Мактабдаги баҳолар кириш имтиҳонларида қандай тартибда ҳисобланади?

ДТМ бош бошқарма бошлиғи Фарҳод Мирзаев Xpress.uz'га берган интервьюсида шу ҳақда маълумот берди.

«Ilm ZIYO» канали

Читать полностью…

Ilm ZIYO

📌 Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani
🏢 56-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
👩‍🏫 Xojiqulova Dilbar.
🖇 2-sinflar uchun
📆 Matematika fanidan «6 ga ko‘paytirish jadvali.» mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsi.
📌 Fotolavhasi.

Читать полностью…

Ilm ZIYO

Smartbook arab tili hamda Tedbook rus va ingliz tili pdf kitobi va audiosini sotib oladiganlar bo'lsa 50 ming so'mdan.
Shuningdek Rus tilini to'liq videodarslar orqali o'rganishni istasangiz 60 ming so'm evaziga 600 ga yaqin o'zbek tilidagi videodarslarga ega bo'ling.
Oladiganlar 👉 @Ruslitadmin

Читать полностью…
Подписаться на канал